Научная статья на тему 'ARAB TAHLIL MARKAZLARIDA O‘ZBEKISTON MAVZUSI: STEREOTIPLAR VA TRANSFORMATSIYA'

ARAB TAHLIL MARKAZLARIDA O‘ZBEKISTON MAVZUSI: STEREOTIPLAR VA TRANSFORMATSIYA Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
401
54
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O‘zbekistonning eng yangi tarixini arab davlatlari ilmiy va tahlil markazlarida yoritilishini o‘rganish / hamda tadqiqotlaridagi zamonaviy arab-o‘zbek hamkorlik aloqalari dinamikasi asosida shakllanayotgan mulohazalarni taxlil kilish mazkur maqolaning maksadi hisoblanadi. Maqolada mavzuning adabiyotlar tahlili / tahlil markazlarning tavsifi va axamiyati / arab tahlil markazlarining Yaqin Sharq mintaqasi siyosiy jarayonlaridagi o‘rni / markazlarda O‘zbekistonning eng yangi tarixiga oid materiallarning umumiy xususiyatlari va mavzu yo‘nalishlari singari masalalar ko‘rib chiqilgan. Uslubiy jihatdan tahlil markazlarning materiallari tarixshunoslik kontekstida o‘rganildi / asosiy metod sifatida kontent tahlil metodi qo‘llanildi shuningdek / yerdamchi metodlar sifatida tizimli va qiyosiy tahlil / hamda xronologik-muammoviy metodlar tanlandi. Tadqiqotning yangiligi O‘zbekiston va Arab davlatlari hamkorlik aloqalarining tarixshunoslik rakursida o‘rganilganligi / ob’ekti sifatida hamkorlik aloqalariga xar tomonlama ta’sir ko‘rsatish qobiliyatga ega tahlil markazlarining tadqiqotlari tanlanganligida. Tadqiqot natijasi / arab davlatlarida O‘zbekiston haqidagi kontentning chegaralangan ekanligini va ulardagi mavjud tendensiyalar / stereotiplar hali hamon o‘zgarmasdan kelayotganligini / mavzular yo‘nalishi tor va bir yoqlama xususiyatga egaligini ko‘rsatdi. Xulosada arab tahlil markazlari tomonidan O‘zbekistonni o‘rganishda yanada chuqur / doimiy va tizimli tahliliy yondashuvlarining zarurlig ko‘rsatilgan / bu esa nafaqat o‘zaro munosabatlarni o‘sishiga ijobiy ta’sir qilishi balki ikkitomonlama va ko‘ptomonlama munosabatlarni rivojlanishiga / shuningdek / xorijda mamlakatimizning ijobiy qiyofasini shakllantirishga turtki bo‘lishi ko‘rsatib o‘tilgan / Uzbekistan / Arab analytical centers / content / image / problem historiography.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Ikromov, Shavkat Iskandarovich

O‘zbekistonning eng yangi tarixini arab davlatlari ilmiy va tahlil markazlarida yoritilishini o‘rganish, hamda tadqiqotlaridagi zamonaviy arab-o‘zbek hamkorlik aloqalari dinamikasi asosida shakllanayotgan mulohazalarni taxlil kilish mazkur maqolaning maksadi hisoblanadi. Maqolada mavzuning adabiyotlar tahlili, tahlil markazlarning tavsifi va axamiyati, arab tahlil markazlarining Yaqin Sharq mintaqasi siyosiy jarayonlaridagi o‘rni, markazlarda O‘zbekistonning eng yangi tarixiga oid materiallarning umumiy xususiyatlari va mavzu yo‘nalishlari singari masalalar ko‘rib chiqilgan. Uslubiy jihatdan tahlil markazlarning materiallari tarixshunoslik kontekstida o‘rganildi, asosiy metod sifatida kontent tahlil metodi qo‘llanildi shuningdek, yerdamchi metodlar sifatida tizimli va qiyosiy tahlil, hamda xronologik-muammoviy metodlar tanlandi. Tadqiqotning yangiligi O‘zbekiston va Arab davlatlari hamkorlik aloqalarining tarixshunoslik rakursida o‘rganilganligi, ob’ekti sifatida hamkorlik aloqalariga xar tomonlama ta’sir ko‘rsatish qobiliyatga ega tahlil markazlarining tadqiqotlari tanlanganligida. Tadqiqot natijasi, arab davlatlarida O‘zbekiston haqidagi kontentning chegaralangan ekanligini va ulardagi mavjud tendensiyalar, stereotiplar hali hamon o‘zgarmasdan kelayotganligini, mavzular yo‘nalishi tor va bir yoqlama xususiyatga egaligini ko‘rsatdi. Xulosada arab tahlil markazlari tomonidan O‘zbekistonni o‘rganishda yanada chuqur, doimiy va tizimli tahliliy yondashuvlarining zarurlig ko‘rsatilgan, bu esa nafaqat o‘zaro munosabatlarni o‘sishiga ijobiy ta’sir qilishi balki ikkitomonlama va ko‘ptomonlama munosabatlarni rivojlanishiga, shuningdek, xorijda mamlakatimizning ijobiy qiyofasini shakllantirishga turtki bo‘lishi ko‘rsatib o‘tilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE SUBJECT OF UZBEKISTAN IN ARAB ANALYSIS CENTERS: STEREOTYPES AND TRANSFORMATION

The purpose of this article is studying the contemporary history of Uzbekistan in scientific analytical centers of the Arab countries and also the analysis of the views formed by the dynamics of development of modern Arab-Uzbek cooperation. The review of literature on this subject, characteristic and value of analytical centers, role of the Arab analytical centers in political processes in the Middle East, the general features and subjects of materials on the contemporary history of Uzbekistan in analytical centers is for this purpose submitted. Methodologically materials of analytical centers in the Arab countries were studied in the context of a historiography, as the main method the content analysis method and also systematic and comparative analysis, chronological and problem methods was used. Novelty is studying of cooperation of Uzbekistan with the Arab countries in a historiographic foreshortening, researches of the Arab analytical centers capable to make comprehensive impact on the level of partnership of the parties act as an object of a research. The research revealed limitation of knowledge about Uzbekistan in the Arab countries, stability in them the existing trends and stereotypes, narrowness and unilaterality of the current discussions. In the conclusion need of deeper, continuous and system studying of approaches of analytical centers of the Arab countries across Uzbekistan is emphasized that it will not only influence positively growth of their mutual understanding, improvement of the bilateral and multilateral relations, but will also stimulate increase in image of our country abroad.

Текст научной работы на тему «ARAB TAHLIL MARKAZLARIDA O‘ZBEKISTON MAVZUSI: STEREOTIPLAR VA TRANSFORMATSIYA»

Scientific Journal Impact Factor

ARAB TAHLIL MARKAZLARIDA O'ZBEKISTON MAVZUSI: STEREOTIPLAR VA TRANSFORMATSIYA

Ikromov Shavkat Iskandarovich

ToshDShU o'qituvchisi xorihiysharq@mail .ru

ANNOTATSIYA

O'zbekistonning eng yangi tarixini arab davlatlari ilmiy va tahlil markazlarida yoritilishini o'rganish, hamda tadqiqotlaridagi zamonaviy arab-o'zbek hamkorlik aloqalari dinamikasi asosida shakllanayotgan mulohazalarni taxlil kilish mazkur maqolaning maksadi hisoblanadi.

Maqolada mavzuning adabiyotlar tahlili, tahlil markazlarning tavsifi va axamiyati, arab tahlil markazlarining Yaqin Sharq mintaqasi siyosiy jarayonlaridagi o 'rni, markazlarda O 'zbekistonning eng yangi tarixiga oid materiallarning umumiy xususiyatlari va mavzu yo 'nalishlari singari masalalar ko 'rib chiqilgan.

Uslubiy jihatdan tahlil markazlarning materiallari tarixshunoslik kontekstida o 'rganildi, asosiy metod sifatida kontent tahlil metodi qo 'llanildi shuningdek, yerdamchi metodlar sifatida tizimli va qiyosiy tahlil, hamda xronologik-muammoviy metodlar tanlandi.

Tadqiqotning yangiligi O'zbekiston va Arab davlatlari hamkorlik aloqalarining tarixshunoslik rakursida o'rganilganligi, ob'ekti sifatida hamkorlik aloqalariga xar tomonlama ta'sir ko'rsatish qobiliyatga ega tahlil markazlarining tadqiqotlari tanlanganligida.

Tadqiqot natijasi, arab davlatlarida O 'zbekiston haqidagi kontentning chegaralangan ekanligini va ulardagi mavjud tendensiyalar, stereotiplar hali hamon o 'zgarmasdan kelayotganligini, mavzular yo 'nalishi tor va bir yoqlama xususiyatga egaligini ko 'rsatdi.

Xulosada arab tahlil markazlari tomonidan O 'zbekistonni o 'rganishda yanada chuqur, doimiy va tizimli tahliliy yondashuvlarining zarurlig ko 'rsatilgan, bu esa nafaqat o 'zaro munosabatlarni o 'sishiga ijobiy ta 'sir qilishi balki ikkitomonlama va ko 'ptomonlama munosabatlarni rivojlanishiga, shuningdek, xorijda mamlakatimizning ijobiy qiyofasini shakllantirishga turtki bo 'lishi ko 'rsatib o'tilgan.

Tayanch so'zlar: O'zbekiston, Arab davlatlari tahlil markazlari, kontent, imij, muammoli tarixshunoslik.

ABSTRACT

The purpose of this article is studying the contemporary history of Uzbekistan in scientific analytical centers of the Arab countries and also the analysis of the views formed by the dynamics of development of modern Arab-Uzbek cooperation.

The review of literature on this subject, characteristic and value of analytical centers, role of the Arab analytical centers in political processes in the Middle East, the general features and subjects of materials on the contemporary history of Uzbekistan in analytical centers is for this purpose submitted.

Methodologically materials of analytical centers in the Arab countries were studied in the context of a historiography, as the main method the content analysis method and also systematic and comparative analysis, chronological and problem methods was used.

Novelty is studying of cooperation of Uzbekistan with the Arab countries in a historiographic foreshortening, researches of the Arab analytical centers capable to make comprehensive impact on the level of partnership of the parties act as an object of a research.

The research revealed limitation of knowledge about Uzbekistan in the Arab countries, stability in them the existing trends and stereotypes, narrowness and unilaterality of the current discussions.

In the conclusion need of deeper, continuous and system studying of approaches of analytical centers of the Arab countries across Uzbekistan is emphasized that it will not only influence positively growth of their mutual understanding, improvement of the bilateral and multilateral relations, but will also stimulate increase in image of our country abroad.

Keywords: Uzbekistan, Arab analytical centers, content, image, problem historiography.

АННОТАЦИЯ

Целью данной статьи является изучение новейшей истории Узбекистана в научно-аналитических центрах арабских стран, а также анализ взглядов, сформированных динамикой развития современного арабо-узбекского сотрудничества.

Для этого представлен обзор литературы по этой теме, характеристика и значение аналитических центров, роль арабских аналитических центров в политических процессах на Ближнем Востоке, общие черты и тематика материалов по новейшей истории Узбекистана в аналитических центрах. .

Scientific Journal Impact Factor

Методологически материалы аналитических центров арабских стран изучались в контексте историографии, в качестве основного использовался метод контент-анализа, а также систематический и сравнительный анализ, хронологический и проблемный методы.

Новинка - изучение сотрудничества Узбекистана с арабскими странами в историографическом ракурсе, объектом исследования выступают исследования арабских аналитических центров, способных оказать всестороннее влияние на уровень партнерства сторон.

Исследование выявило ограниченность знаний об Узбекистане в арабских странах, устойчивость в них существующих тенденций и стереотипов, узость и односторонность текущих дискуссий.

В заключении подчеркивается необходимость более глубокого, непрерывного и системного изучения подходов аналитических центров арабских стран по Узбекистану, что это не только положительно повлияет на рост их взаимопонимания, улучшение двусторонних и многосторонних отношений, но и будет стимулировать их рост. в образе нашей страны за рубежом.

Ключевые слова: Узбекистан, арабские аналитические центры, содержание, имидж, проблемная историография.

So'nggi yillarda O'zbekiston Respublikasining ijobiy imijini jahon miqyosida ilgari surish va mustahkamlashga oid siyosat shakllanmoqda. "O'zbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imijini mustahkamlash konsepsiyasi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori mazkur masala nechog'li ahamiyatli ekanining isbotidir. Qarorda qayd etilishicha, davlat va jamoatchilik darajasida O'zbekistonning xalqaro imijini shakllantirish va targ'ib qilishning yaxlit tizimi ishlab chiqilib, kompleks va tizimli davlat siyosati shakllantiriladi. O'zbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imijini mustahkamlash siyosatining asosiy vazifalaridan biri sifatida xorijiy mamlakatlarning davlat va nodavlat tuzilmalari, xalqaro tashkilotlar hamda moliya institutlari tomonidan O'zbekistonning izchil rivojlanayotgan, zamonaviy demokratik huquqiy davlat sifatida yaxlit va ijobiy qabul qilinishini kuchaytirish belgilangan. Shunga ko'ra, xorijiy nodavlat tuzilmalarda O'zbekiston mavzusidagi materiallarni kuzatish va ulardagi talqinlarni tahlil qilish muhim ahamiyatga egadir.

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

o

Mazkur maqolada XXI asrga kelib, jahon siyosati, iqtisodi va xavfsizlik tizimlariga ta'sir ko'rsatish darajasida rivojlangan Think tank - tahlil markazlarida O'zbekiston mavzusidagi materiallarning tavsifi ko'rib chiqiladi. Tadqiqot obe'kti sifatida Arab davlatlaridagi tahlil markazlari tanlangan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Mazkur masala bo'yicha adabiyotlarni quyidagicha klassifikatsiyalash mumkin - O'zbekistonda, arab va arab bo'lmagan musulmon mamlakatlarida yaratilgan manbalarning turli shakllari. Bu manbalarning mavzuga nisabatan yondashuvlari bir biriga yaqin yoki o'xshash bo'lganligi uchun qiyosiy tahlilga imkon yaratadi.

O'zbekistonda XX asrning 90-yillaridan xorijiy tadqiqotchilarning respublika siyosiy hamda iqtisodiy hayotida kechayotgan jarayonlarni o'rganishi natijasida, O'zbekiston tarixi tarixshunosligining xorijiy kontenti vujudga keldi. Tarixshunoslikining xorijiy kontenti orasida arab davlatlarida yaratilgan tadqiqotlar ham salmoqli o'ringa ega. Arab mualliflarining O'rta Osiyo va O'zbekiston haqidagi izlanishlari o'zbekistonlik tarixchi, siyosatchi va iqtisodchilari tomonidan tahlil qilingan Z.Munavvarov, Sh.Yovqochev, S.G'afurov, tadqiqotlarida Misr va Fors ko'rfazi arab davlatlarining global va mintaqaviy siyosatini tahlil qilish orqali uning O'zbekiston bilan munosabatlari masalalariga ham e'tibor qaratilgan. Jumladan, XX asr xalqaro munosabatlar tizimida Saudiya Arabistonining o'rni va ahamiyatini ko'rsatib beruvchi tadqiqotda qirollik tashqi siyosatining XX asrdagi dinamikasi o'rganilgan. Saudiya Arabistoning musulmon dunyosi shu jumladan Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik aloqalaridagi istiqbolli yo'nalishlar, muammoli vaziyatlar hamda g'oyaviy qarama qarshiliklar tahlil qilingan [Z.I.Munavvarov:213]. Fors ko'rfazi arab davlatlari va O'zbekiston Respublikasining mintaqaviy va umumjahon xavfsizlikni ta'minlashdagi mavqei masalalari, O'zbekiston va Fors ko'rfazi arab davlatlarining hamkorlik aloqalaridagi ustuvor yo'nalishlar, ularni bog'lab turuvchi manfaatlar, aloqalarning tarixiy ildizlari masalalari ham o'zbek tadqiqotchilari tomonidan o'rganilgan [S.M.G'afurov:244]

Fikrimizcha, xorijiy tadqiqotchilarning mustaqillik yillari O'zbekistonda amalga oshirilyotgan islohotlarga bag'ishlangan tadqiqotlari respublika olimlari tomonidan ko'p marotaba o'rganilgan bo'lsa-da biroq xorijiy tahliliy markazlarning materiallari tarixshunoslik kontekstida alohida tadqiqot ob'ekti sifatida tadqiq qilinmagan.

Arab davlatlarida O'zbekiston haqidagi tadqiqotlar XX asrning 90 yillaridan boshlangan. 1992 yil fevral oyida Misr Arab Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi diplomatik tadqiqotlar Instituti tomonidan O'rta Osiyo davlatlari bilan

Scientific Journal Impact Factor

o

hamkorlik aloqalariga bag'ishlangan simpozium tashkil qilingan. 1993 yil mart oyida Qohira universitetining Iqtisod va siyosiy fanlar fakulteti qoshidagi Siyosiy tadqiqotlar Markazi arab dunyosining Rossiya va O'rta Osiyo bilan o'zaro munosabatlariga bag'ishlangan simpozium o'tkazgan. 1993 yilda Qohira universitetida ham mana shunday simpozium tashkil qilingan. [S.M.G'afurov:244] Mazkur davrda Fors ko'rfazida kechayotgan chuqur inqiroziy vaziyat o'zaro hamkorlik aloqalarining shakllanishida salbiy ta'sir ko'rsatuvchi omillardan biri bo'ldi. Keyinchalik islom va dunyoviy davlat masalasidagi g'oyaviy qarama qarshiliklar o'zaro munosabatlarning sovuqlashuvi yoki turg'un bir holatga olib keldi. Bu esa O'zbekiston xaqida yozilayotgan kontentda o'z aksini topdi. Arab mualliflarining O'zbekiston haqidagi tadqiqotlarining asosiy mavzulari islom va dunyoviy davlat, islom terrorizmi, geosiyosiy hamda iqtisodiy tahlillardan iborat bo'lib qolmoqda. Tadqiqotlar orasida O'zbek xalqining tarixiy ildizlari, mustaqillik davri islohotlari, davlat siyosiy hayotida sodir bo'layotgan transformatsiya shuningdek o'zaro munosabatlar dinamikasiga juda kam e'tibor qaratilgan. Tadqiqotlarda davlat yoki davlatlar guruhining siyosiy irodasining aks etishi, chuqur ilmiy tahlilning yetishmasligi kabi holatlar ko'zga tashlanadi.

Markaziy Osiyo mintaqasida ta'sir doiralari uchun o'zaro raqobatlashayotgan musulmon mamlakatlari jumladan, Turkiya, Eron hamda Pokiston davlatlarida ham so'ngi yillarda O'zbekistondagi siyosiy transformatsiya va ijtimoiy modernizatsiya haqidagi tadqiqotlardan iborat katta kontent shakllandi. Jumladan, Turkiya Respublikasida o'zaro munosabatlardagi tiktonik o'zgarishlarga qaramasdan O'zbekistonni kompleks o'rganishnga qaratilgan fundamental tadqiqotlar amalga oshirib kelinmoqda. Turkiyadagi Sahipkiran Stratejik Araçtirmalar Merkezi -SASAM, Türk Asya Stratejik Araçtirmalar Merkezi - TASAM va Orta Asya Araçtirmalari Merkezi kabi tahliliy markazlar materallari va Bayram Balci, Necati iyikan kabi tadqiqotchilarning tadqiqotlarida mavzuga oid ma'lumotlarni uchratish mumkin.Xulosa qilib aytganda O'zbekistonda mustaqillik yillari amalga oshirilayotgan transformatsiya haqidagi xorijiy kontentning umumiy xususiyati quyidagicha: tadqiqotlar asosan jurnalistlar va siyosatshunoslarning izlanishlaridan iborat; ular o'ta siyosiylashtirilgan, shu sababli bunday tadqiqotlarda ko'pincha jiddiy ilmiy tahlilning yetishmasligi ko'zga tashlanadi. Tadqiqotlarda O'zbekiston xaqidagi mavjud stereotiplar hali hamon o'zgarmasdan kelmoqda, ulardagi mavzular yo'nalishi ham juda tor va bir yoqlama xususiyatga ega. Jumladan, arab davlatlarda O'zbekiston tarixiga oid shakllanayotgan kontentda, ilmiy tahlilning yetishmasligi

holati, stereotip qarashlar va mavzular ko'lami "o'ta qoliplashtirilgan" holatda aks etadi.

Mazkur maqolani tayyorlashda uslubiy jihatdan Arab davlatlaridagi tahlil markazlarbning materiallari kontent tahlil asosida o'rganilib uning xulosalari tadqiqotga jalb qilindi. Tadqiqotda materiallar tizimli tahlil qilindi, qiyosiy o'rganildi hamda xronologik-muammoviy usul asosida tizimlashtirildi. Shuningdek, tahliliy markazlar materiallarini tarixshunoslik kontekstida o'rganish amaliyotida mavjud bo'lgan fanlararo yondashuv usuli imkoniyatlaridan foydalaniladi. Jumladan, siyosatshunoslik, xalqaro munosabatlar, geosiyosiy tadqiqot usullari hamda tarix fanining zamonaviy usullari, tadqiqot ob'ekti bo'lgan manbalarni atroflicha o'rganish imkoniyatini yaratdi.

NATIJALAR

Think tank - tahlil markazlari tushunchasi. Dastlab tahlil markazlari tushunchasiga biroz to'xtalib o'tamiz. Think tank - tahlil markazlari, siyosiy muammolarga javob topish uchun fanlararo yondashuv asosidagi tadqiqotlarni tashkil qiluvchi turli xil institutlar, korporatsiyalar yoki alohida guruhlardir. Tahliliy markazlar amaliy siyosiy jarayonlar va fan o'rtasidagi bog'lovchi vazifasini bajaradi. AQSh va Yevropa mamlakatlaridagi tahlil markazlari tayyorlagan dasturlar shu qadar keng qamrovliki, ular jahonning geosiyosiy manzaralariga ta'sir eta olish darajasidagi qudratga ega. Tahlil markazlarining doimiy "mijozlari" hukumat, nodavlat tashkilotlar va alohida shaxslar bo'lishi mumkin. Markazlar faoliyatini moliyalashtiruvchi va "ilhomlantiruvchi"lar ham hukumat, nodavlat tashkilotlar va alohida shaxslardir. Tahlil markazlari faoliyatining natijasi bo'lmish axborot va tahliliy materiallar ekspert baholovi, ya'ni, tahliliy bilim, jarayonlarga nisbatan professional qarash, muammolarni chuqur ilmiy tahlil qilishi bilan ajralib turadi. Odatda, tahlil markazlarida kuchli intellektuallardan iborat resurs shakllantiriladi va ular siyosat hamda siyosiy bilimlarni birlashtirgan holda siyosiy jarayonlarga ta'sir eta olish, strategik muammolarni hal qilish hamda ularni boshqarib borishga qaratilgan materiallarni shakllantiradi. O'tgan asrdan boshlab faollik bilan rivojlangan bu turdagi institutlar bugungi kunga kelib, xalqaro munosabatlarning aktori maqomiga ko'tarildi.

Nega aynan arab tahlil markazlari? Avvalambor, shuni tan olish kerakki, o'tmishda bo'lganidek, hozir Arab davlatlari jahon manzaralariga mustaqil ravishda katta o'zgarishlar kirita olish imkoniyatiga ega emas. Bir zamonlar jahon poytaxti goh Damashq, goh Bog'dod bo'lgan bo'lsa, hozir bu yerlar oxiri ko'rinmas ixtiloflar, Yaqin Sharq mintaqasining boyliklariga ega chiqish uchun kurashayotgan xalqaro

kuchlarning bellashuv maydoniga aylanib qolgan. Biroq, shu g'avg'olar ichida ham Arab davlatlarining iqtisodiy va geosiyosiy imkoniyatlarini kuchsiz deb baholab bo'lmaydi. Misol uchun, Misrning strategik qulay joylashuvi, yuqori darajadagi harbiy va intellektual salohiyati yoki Saudiya Arabistonining jahonda ikkinchi o'rinda turuvchi ulkan neft zaxiralari haqida ko'p aytilgan, yozilgan.

Agar gap arab tahlil markazlari haqida borsa, ular orasida bu borada ham yetakchilar borligini e'tirof etish lozim. Masalan, jahon tahlil markazlarining 2020 yil uchun tuzilgan reytingida kuchli yuztalikka Arab davlatlaridan Saudiya Arabistoni, Misr, Efiopiya va arablarning qo'shnisi bo'lmish Isroilning bir qancha tahlil markazlari kiradi. Hozirgi davrda Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika hududidagi tahlil markazlari jadal rivojlanmoqda. Pensilvaniya Universitetining jahon tahlil markazlarining 2020 yilgi faoliyatiga oid hisobotiga ko'ra, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mintaqasida tahlil markazlarining umumiy soni 1294 tani tashkil qiladi. Tahlil markazlari soniga ko'ra, mintaqada Eron, Isroil, Turkiya, Misr, Iroq va Livan davlatlari yetakchilik qiladi. Ularning xalqaro e'tirof etilishi bo'yicha ko'rsatkich va ta'sir darajasiga ko'ra esa Misr, Turkiya, Isroil hamda Qatardagi markazlar yetakchidir.

1 shakl.

Mintaqalar TM soni Mintaqalar TM soni

G'arbiy Yevropa 5835 Markaziy va Sharqiy Yevropa 1596

Markaziy Osiyo va Kavkaz 1129 Shimoliy Amerika 4510

Yaqin Sharq va Shimoliy 1294 Afrika 2438

Afrika

Osiyo 3957 Markaziy va Janubiy Amerika 2797

2 shakl.

Davlat TM soni Davlat TM soni Davlat TM soni Davlat TM soni

Eron 87 Isroil 78 Turkiya 53 Misr 47

Falastin 39 Iroq 35 Livan 35 Iordaniya 32

Yaman 29 Marokash 29 Tunis 24 Kuvayt 16

BAA 16 Bahrayn 15 Saudiya Arabistoni 13 Qatar 15

Jazoir 11 Suriya 10 Liviya 4 Ummon 3

Scientific Journal Impact Factor

Arab davlatlaridagi tahlil markazlarining materiallari jahon tillaridan uchtasida - arab, ingliz va fransuz tillarida tayyorlanadi. Hozirgi kunda arab tili 310 million aholining ona tili ekanligi hamda 270 million aholining ikkinchi tili ekanligini hisobga olsak, bu markazlar materiallarining qamrovi nechog'li keng ekanini tushunib olishimiz mumkin.

Vashington instituti qoshidagi Yaqin Sharq siyosati bo'yicha tadqiqotlar olib boruvchi markazning kuzatuvlariga ko'ra, Arab davlatlaridagi tahlil markazlari moliyaviy jihatdan mustaqil bo'lmasa-da, ular o'zini avtonom va mustaqil fikrlovchi nodavlat tashkilot sifatida namoyon etadi. Ular yillar davomida siyosiy elita qabul qiladigan qarorlar borasida o'zgarishlarga erishgan, ularni siyosiy jarayonlarni anglashda mafkura va axloq me'yorlarini birlamchi omil sifatida ko'rmaslikka o'rgata olgan, buning o'rniga siyosatni muayyan xarajatlar va foydalar bilan bog'liq variantlar nuqtai nazaridan baholashga chaqirgan. Qisqacha aytganda, bugun Arab davlatlarining siyosiy hamda iqtisodiy elitasi strategik qarorlar qabul qilishda tahlil markazlari xulosalarini hisobga oladi, ular bilan eng muhim masalalarda maslahatlashadi.

MUHOKAMA

O'zbekiston - Arab tahlil markazlari nigohida. XX asrning 90-yillaridan O'zbekiston Arab dunyosi bilan ishonchli va do'stona munosabatlarni yo'lga qo'yishga muvaffaq bo'ldi. O'z navbatida, Arab davlatlari ham mamlakatimizga istiqbolli investisiya bozori, islom madaniyatining vorisi sifatida katta qiziqish bildirmoqda. Mazkur qiziqish natijasi sifatida Arab davlatlari ilmiy-tadqiqot muassasalari va media-makonida O'zbekiston mavzusi turli ko'rinish va shakl-shamoyilda zohir bo'ldi. E'lon qilingan materiallar, xususan, ilmiy adabiyotlar, ilmiy ommabop maqola va xabarlarning yillar hamda mamlakatlar kesimidagi tahlili shuni ko'rsatadiki, ularda mazmun jihatidan ayrim umumiyliklar kuzatilsa-da, janr jihatidan farqlar mavjud. Xususan, oddiy xabar, maqola, suhbatdan tortib, chuqur ilmiy tahliliy monografiya va dissertatsiyalargacha bor. Kuzatuvlar yana shuni ko'rsatmoqdaki, Misr, BAA, Saudiya Arabistoni va Ummon kabi davlatlarning ilmiy-tadqiqot muassasalari va ommaviy axborot vositalarida O'zbekiston mavzusiga tez-tez murojaat qilinsa, Tunis, Jazoir, Iordaniya, Marokash singari davlatlar matbuoti hamda ilmiy doiralarida bunday chiqishlar ko'p emas. Umuman olganda, Arab davlatlarida O'zbekiston mavzusidagi tadqiqotlar va yirik tahliliy materiallar katta kontentni tashkil qilmaydi. Ularning aksariyatida "O'zbekiston" kalit so'zi G'arb va Rossiya, Eron va Turkiya, Saudiya Arabistoni va Eron, Isroil va Arab davlatlari o'rtasidagi siyosiy iqtisodiy hamda mintaqaviy raqobat bilan bog'liq muammolar yoritilgan

tadqiqotlarda uchraydi. Shuningdek, Afg'onistondagi vaziyat, diniy radikal guruhlar faoliyati, narkotik moddalaming noqonuniy aylanishi, terrorizm xavfiga oid umumiy mavzularda ham mamlakatimiz nomi tilga olinadi. Shu o'rinda aytish joizki, Arab davlatlari tahlil markazlarida O'zbekiston imiji hali hukumatimiz istayotgan darajaga yetgani yo'q.

Bevosita Arab davlatlarining tahlil markazlaridagi O'zbekiston mavzusiga kelsak, bu mavzu bilan bog'liq materiallar 2000 yillardan boshlab Markaziy Osiyo kontekstidagi tadqiqotlar doirasida uchraydi. Dastlabki davrda tarixdagi buyuk Movarounnahrning vorisi sifatida Markaziy Osiyo mintaqasi yaxlit birlik sifatida qabul qilingan bo'lsa, taxminan so'nggi 5 yilliklarda mintaqa o'z yaxlitligini yo'qotib, har bir davlat o'ziga xos tarzda, o'z taraqqiyot modellari bo'yicha va turli xalqaro maqsadlarni ko'zlagan holda rivojlanayotgani to'g'risidagi qarashlar shakllanmoqda. Misol uchun, Arab davlatlarida Markaziy Osiyoga oid birinchi tadqiqotlarni olib borib, mintaqadagi siyosiy jarayonlarni baholagan Misrning "Al-Ahram" siyosiy va strategik tadqiqotlar markazi Markaziy Osiyo mavzusidagi jami 32 ta tahliliy maqolasidan 1 tasida, Qatarning "Al-Jazira" siyosiy tadqiqotlar markazidagi mavzuga oid jami 19 ta maqolaning faqat 1 tasida O'zbekiston mavzusi alohida tadqiqot ob'ekti sifatida o'rganilgan.

Quyida "O'rta Osiyo" va "O'zbekiston" kalit so'zlari bilan qidirilganda topiluvchi materiallarni e'lon qilayotgan tahlil markazlari shu mavzudagi materiallari soni hamda jahon tahlil markazlarining 2020 yilda e'lon qilingan reytingidagi o'rni (Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika (MENA) mintaqasi bo'yicha) ko'rsatilgan.

3 shakl.

Xalqaro

Materiallar soniga ko'ra TM ketma-ketligi Davlat reytingdagi

o'rni

Al-Ahram siyosiy va Al-Ahram Center for Misr 4

strategik tadqiqotlar Political and Strategic

markazi Studies (ACPSS)

Al Jazeera siyosiy Al Jazeera Centre for Qatar 11

tadqiqotlar markazi Studies (AJCS)

Istiqbolli tadqiqotlar Future Center for BAA 78

markazi Advanced Researches and Studies

Misr tashqi ishlar Egyptian Council for Misr 29

Scientific Journal Impact Factor

Kengashi (ECFA) Foreign Affairs (ECFA)

Ko'rfaz tadqiqotlar Gulf Research Center Saudiya 48

markazi (GRC) Arabistoni

Amirliklar siyosat Emirates Policy Center BAA 2

markazi (United Arab Emirates)

Qirol Faysal islom King Faisal Center for Saudiya 44

tadqiqotlari markazi Research and Islamic Studies (Saudi Arabia) Arabistoni

Rasanah: Xalqaro Eron Rasanah: International Saudiya 8

tadqiqotlari instituti Institute for Iranian Studies Arabistoni

Misr Iqtisodiy Egyptian Center for Misr 5

tadqiqotlar markazi Economic Studies (ECES) (Egypt)

Arab tahlil markazlarida O'zbekistonning imiji qay tarzda shakllanayotganligi masalasini o'rganish uchun biz bir qancha tahlil markazlarining materiallarini tah lil qilib ko'rdik. Shu o'rinda aytish lozimki, tahlil markazlaridagi O'zbekiston mavzusining xususiyati markazlar faoliyat olib borayotgan va moliviy jihatdan bog'liq bo'lgan davlatlarning O'zbekistonga nisbatan munosabatidan kelib chiqadi. Shuningdek, juda oz o'rinlarda bo'lsa-da, O'zbekiston mavzusi umumiy ma'noda boshqa bir tavsifda, xususiy ma'noda esa yana boshqa bir tavsifda zohir bo'layotganini ko'rishimiz mumkin.

"Al-Jazira" siyosiy tadqiqotlar markazi 2009 yildan buyon O'rta Osiyo kontekstida O'zbekiston mavzusini o'rganadi. Biz jami 19 ta maqolani tahlil qildik.

4 shakl.

Mavzular Yil Mavzular Yil

Mintaqada Turkiya tashqi siyosati 2009 Mintaqada Eron tashqi siyosati 2014

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Mintaqaning strategik ahamiyati 2013 Mintaqadagi mafkuraviy va siyosiy jarayonlar 2014

Mintaqada suv muammosi 2013 Rossiyaning mintaqadagi ta'siri 2014

Mintaqadagi faol diniy partiyalar faoliyati 2013 Mintaqada AQSh tashqi siyosati 2015

Mintaqadagi islom partiyalari va 2013 Evropa Ittifoqining mintaqadagi 2015

1] [2

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

davlat siyosati strategiyasi

Qozog'iston va N.Nazarboyevning ichki va mintaqadagi siyosati 2013 Hindistonning mintaqadagi yangicha tashqi siyosati 2015

Qirg'izistondagi inqilob tahlili 2013 Mintaqa davlatlari munosabatlari dinamikasi va xavfsizlik masalasi 2018

Tojikistonning mintaqaviy ahamiyati 2013 "Yangi O'zbekiston" parlament saylovlari 2020

"Al-Jazira"da O'zbekiston mavzusidagi tadqiqotlarni uch guruhga bo'lish mumkin: siyosiy islom, mintaqaviy xavfsizlik muammolari, geosiyosiy jarayonlar. Bu mavzular doirasida "O'zbekiston" kalit so'zi quyidagi jadvalda ko'rsatilgan kalit so'zlar bilan birgalikda keladi.

5 shakl.

Din va siyosat Mintaqaviy muammolar Geosiyosiy jarayonlar

Mintaqada Mintaqada Mintaqada

Siyosiy islom Integratsiya AQSh manfaatlari

Radikal islom guruhlari Suv muammosi Rossiya manfaatlari

Islomiy partiyalar Mintaqaviy xavfsizlik EI manfaatlari

Din va davlat munosabatlari Tojikistonning ta'siri Hindiston manfaatlari

Siyosiy partiyalar Qirg'izistonning roli Turkiya manfaatlari

O'zbekiston islom harakati Geosiyosiy kurash

IShID Eron ta'siri

Tolibon Xitoy ta'siri

Rossiya ta'siri

"Al-Jazira"da O'zbekiston mintaqaning eng yirik davlati, yetakchi kuch sifatida talqin qilinadi. Markaz ekspertlarining fikriga ko'ra, O'zbekiston etnik nizolar yuzaga kelishi mumkin bo'lgan mamlakat, unda diniy guruhlar faoliyati ta'qiqlangani sabab, ular muxolif sifatida xorijda faoliyat olib boradi va hozir Afg'oniston va Yaqin Sharq hududlarida bo'lib, mamlakat xavfsizligiga tahdid

solmasligi kafolatlanmagan. Shuningdek, mamlakat murakkab geosiyosiy jarayonlarga tortilgan, u xalqaro kuchlar manfaatini hisobga olishga majbur. 20102016 yillardagi materiallar o'rganilganda O'zbekiston ichki muammolarga boy, geosiyosiy jarayonlar ta'sirida qolayotgan, xavfsizlik masalalari hal qilinmagan yopiq bir mamlakat sifatida taassurot qoldiradi.

2018 va 2020 yillarda e'lon qilingan ikkita materialda esa mamlakatdagi islohotlarni e'tirof etish holati ko'zga tashlanadi. Xususan, 2020 yil "Yangi O'zbekiston" shiorlariga qaramay, parlament eski amaliyotni himoya qilishni davom ettirmoqda" sarlavhasi bilan e'lon qilingan katta tahliliy maqolada markaz eksperti Zaki Shayx saylov tizimida ko'zga tashlana boshlagan ayrim o'zgarishlar, demokratik erkinliklar hamda siyosiy hokimiyat uchun kechayotgan kuchsiz raqobatni tanqidiy tahlil qilgan. Zaki Shayx 2017 yilgacha bo'lgan mualliflardan farqli o'laroq, O'zbekiston mavzusida "islohotlar", "demokratiya", "erkin saylovlar", "matbuot va so'z erkinligi", "ochiqlik siyosati" kabi tushunchalarni keng qo'llaydi. Eng asosiysi, u O'zbekiston mavzusini O'rta Osiyo kontekstidan ajratib o'rganadi. Uning fikriga ko'ra, O'zbekistondagi siyosiy partiyalar davlat siyosiy hayotida katta ahamiyat kasb etmay kelayotgan edi, ularning faoliyati cheklangan va faqatgina amaldagi tizimni saqlab turishdagi vositalardan biri sifatida ahamiyatli bo'lgan. Uning asosini tashkil qiluvchi siyosiy partiyalar faoliyati esa bir so'z bilan aytganda, demokratik tamoyillarga mos emas edi. Biroq, endi bu holat o'zgarishlar sari yuzlanmoqda. Davlat siyosiy hayotining barcha jabhalarida kuzatilayotgan o'zgarishlar siyosiy partiyalar va saylov tizimida ham qisman aks etadi. Prezident Shavkat Mirziyoev yangi parlamentning mustaqil institut sifatida shakllanishi va tom ma'noda demokratik tajriba qaror topishi yo'lida ishlashini ta'minlashga intilmoqda1. "Al-Jazira" siyosiy tadqiqotlar markazi arab tahlil markazlari uchun fenomen emas, lekin u ko'tarayotgan masalalarni qolgan barcha tahlil markazlarining tadqiqot yo'nalishlari qatorida uchratish mumkin, jumladan, O'zbekiston va Markaziy Osiyo mavzularini ham.

Biz Markaziy Osiyo kontekstida O'zbekiston mavzusini tahlil qilayotgan yana bir qancha arab tahlil markazlari materiallarini mavzu xususiyatiga ko'ra guruhlashtirdik.

6 shakl.

Geosiyosiy Radikal O'zbekiston

Markaz nomi mavzular islom Ichki va Arab

1 https://studies.aljazeera.net/ar/article/4548

Scientific Journal Impact Factor

doirasida guruhlari siyosat davlatlari

Al-Ahram Center for Political 12 2 - 1

and Strategic Studies (ACPSS)

Al Jazeera Centre for Studies 11 4 4 -

(AJCS)

Future Center for Advanced 1 1 - -

Researches and Studies

Egyptian Council for Foreign 10 - - -

Affairs (ECFA)

Gulf Research Center (GRC) 2 1 - 1

Emirates Policy Center 10 - - -

(United Arab Emirates)

King Faisal Center for 3 4 - -

Research and Islamic Studies

(Saudi Arabia)

Rasanah: International 36 2 - -

Institute for Iranian Studies

Egyptian Center for Economic 2 - - -

Studies (ECES) (Egypt)

Guruhlashtirib o'rganish natijasida O'rta Osiyo, xususan, O'zbekiston ham Arab davlatlaridagi tahlil markazlari uchun murakkab geosiyosiy jarayonlarga tortilgan, xalqaro va mintaqaviy kuchlarning raqobat maydoni, radikal islom guruhlari faollashishi mumkin bo'lgan mintaqa sifatida taassurot qoldirayotganligi aniqlandi. Xususan, "Al-Ahram" siyosiy va strategik tadqiqotlar markazining 2021 yil yanvar oyida e'lon qilgan maqolasida markaz eksperti Ahmad Komil Al-Buxariy IShID Yaqin Sharqda o'z maqsadlariga erisha olmaganidan so'ng Markaziy Osiyoning ayrim davlatlarida faoliyatini kuchaytirishga e'tibor qaratmoqda, deb yozadi va bu holat bo'yicha o'z mulohazalarini bildiradi. Uning fikricha, mintaqadagi aksariyat mamlakatlarda ish va ta'lim imkoniyatlarining zaifligicha qolayotganligi, etnik guruhlar o'rtasida keskinlik mavjudligi, aholining katta qismi og'ir turmush sharoitlarida yashab, iqtisodiy va ijtimoiy muammolardan aziyat chekayotganligi hamda korrupsiya keng yoyilganligi, ustiga-ustak, mintaqada terroristik tashkilotlar faoliyati azaldan borligi kabi omillar shunday xulosaga kelishga undaydi.2

2 https://acpss.ahram.org.eg/News/17160.aspx

Birlashgan Arab Amirliklari "Amirliklar siyosat markazi"ning maqolalarida ham "O'zbekiston" kalit so'zi Afg'onistondagi vaziyat, yangi Tolibon hukumati, Eron va Turkiya tashqi siyosati hamda radikal islom guruhlari mavzusidagi maqolalar doirasida tahlil qilinadi. XULOSA

Qatarlik siyosatshunos Ibrohim G'aribaning yozishicha, arab kitobxonlariga Marv, Samarqand, Buxoro va Toshkent singari shaharlarning nomlari O'zbekiston, Qozog'iston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg'izistondan ko'ra ko'proq narsani anglatadi. "Arablar O'zbekiston haqida ko'p narsa bilmas, ehtimol, biroq, bu zaminda tug'ilib-o'sgan va ilm olgan al-Buxoriy, at-Termiziy, al-Xorazmiy, al-Farobiy va Ibn Sino kabilarning nomlari, ularning insoniyat tarixidagi ahamiyatini yaxshi bilishadi", deb yozadi muallif. Shunday ekan, O'zbekistonning Arab davlatlaridagi imiji Al-Buxoriy avlodlari, tinchlik va barqaror rivojlanish yo'lini tanlagan xalq sifatida shakllanishiga erishish lozim. Zotan, mamlakatimiz murakkab geosiyosiy jarayonlarga tortilgan davlat, radikal guruhlarning ehtimoliy tahdidi singari xavotirli va asoslanmagan axborotlar bilan tanilmasligi kerak.

FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. 2017 yil 7 fevral, PF-4947-son

2. Мунавваров,З.И. Страны аравийского полуострова в международных политических и экономических отношениях ХХ века. Т., 1997

3. G'afurov, S.M. Fors ko'rfazi arab davlatlari va O'zbekiston Respublikasining mintaqaviy va umumjahon xavfsizlikni ta'minlashdagi mavqei. Siyosiy fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. T., 2002

4. Ezzat, Ibrahim. Arab and american think tanks: new possibilities for cooperation? New engines for reform? The Saban center for Middle East policy at the Brookings institution. Washington, D.C. 2004 pp 34

5. Stella, Ladi. https://www.britannica.com/topic/think-tank

6. 1-30-2019 2020 Global Go To Think Tank Index Report. Pp. - 35.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.