Научная статья на тему 'AFG’ONISTON KONFLIKTINING HAL QILINISHI BO’YICHA O’ZBEKISTONNING PREVENTIV DIPLOMATIYASI'

AFG’ONISTON KONFLIKTINING HAL QILINISHI BO’YICHA O’ZBEKISTONNING PREVENTIV DIPLOMATIYASI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
302
51
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Preventiv diplomatiya / pandemiya / BMT / konferensiya / Afg’oniston / nizom / Xavfsizlik kengashi / diplomatiya / anjuman / konsepsiya / Preventive diplomacy / pandemic / UN / conference / Afghanistan / Charter / Security Council / diplomacy / conference / concept.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Fayzullayev, Aziz Husan O’gli

O’zbekiston Prezidenti tomonidan amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar aynan shu maqsadlarga erishishga qaratilgan va afg’onlararo yarashuvni rivojlantirish, kelajakda Afg’onistonda tinchlik o’rnatish uchun juda muhimdir. So’nggi vaqtlarda Afg’onistonda tinchlik o’rnatish masalasida yangi ijobiy jarayonlar paydo bo’lmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PREVENTIVE DIPLOMACY OF UZBEKISTAN ON RESOLUTION OF THE AFGHANISTAN CONFLICT

The efforts of the President of Uzbekistan are aimed at achieving these goals, and the development of inter-Afghan reconciliation is very important for establishing peace in Afghanistan in the future. Recently, there have been new positive developments in the peace process in Afghanistan

Текст научной работы на тему «AFG’ONISTON KONFLIKTINING HAL QILINISHI BO’YICHA O’ZBEKISTONNING PREVENTIV DIPLOMATIYASI»

AFG'ONISTON KONFLIKTINING HAL QILINISHI BO'YICHA O'ZBEKISTONNING PREVENTIV DIPLOMATIYASI

Fayzullayev Aziz Husan o'g'li

TDSHU o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

O 'zbekiston Prezidenti tomonidan amalga oshirilayotgan sa 'y-harakatlar aynan shu maqsadlarga erishishga qaratilgan va afg'onlararo yarashuvni rivojlantirish, kelajakda Afg'onistonda tinchlik o'rnatish uchun juda muhimdir. So'nggi vaqtlarda Afg'onistonda tinchlik o'rnatish masalasida yangi ijobiy jarayonlar paydo bo 'lmoqda.

Kalit so'zlar: Preventiv diplomatiya, pandemiya, BMT, konferensiya, Afg'oniston, nizom, Xavfsizlikkengashi, diplomatiya, anjuman, konsepsiya

АННОТАЦИЯ

Усилия Президента Узбекистана направлены на достижение этих целей, и развитие межафганского примирения очень важно для установления мира в Афганистане в будущем. В последнее время в мирном процессе в Афганистане произошли новые позитивные сдвиги.

Ключевые слова: Превентивная дипломатия, пандемия, ООН, конференция, Афганистан, Хартия, Совет Безопасности, дипломатия, конференция, концепция.

ABSTRACT

The efforts of the President of Uzbekistan are aimed at achieving these goals, and the development of inter-Afghan reconciliation is very important for establishing peace in Afghanistan in the future. Recently, there have been new positive developments in the peace process in Afghanistan.

Key words: Preventive diplomacy, pandemic, UN, conference, Afghanistan, Charter, Security Council, diplomacy, conference, concept.

KIRISH

Preventiv diplomatiya masalasiga XXI asr boshlariga kelib butun dunyo miqiyosida katta e'tibor qaratila boshlandi. K.A Annan BMTning 2000 yilgi hisobotida ta'kidlab o'tishicha: "Asosiy muammo - bu nizolarning oldini olishga qudratimiz yetmayotgani emas balki afkor ommani muammolardan erta ogohlantira olmayotganimizdir. Bu masalani Birlashgan Millatlar Tashkilotining shtab-

kvartirasida ham, joylarda ham kunlik dolzarb masalaga aylantirishimi kerak1". Ayni paytda, preventiv diplomatiya konsepsiyasining barcha jihatlari to'liq ko'rib chiqilmagan. Shu bilan birga, hayotiy ehtiyojlar dastlabki konsepsiyani amalga oshirish jarayonida yangi o'zgarishlar kiritmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Preventiv diplomatiya atamasi an'anaviy diplomatiya tushunchasidan biroz farq qiladi. Ananaviy diplomatiya atamasi, muzokaralar, xalqaro shartnomalarni tayyorlash va tuzish, xalqaro tashkilotlarda ishtirok etish, hukumat lavozimlarini yoritish va boshqalar kiradi. Preventiv diplomatiyaga kelsak, u nafaqat yuqorida aytib o'tilgan faoliyatni, balki boshqa dolzarb harakatlarni ham qamrab oladi, xususan: ko'p tomonlama va ikki tomonlama aloqalarda ishonchni mustahkamlash choralari, ma'lumot to'plash va ogohlantirishga asoslangan, shuningdek, preventiva diplomatiyaning maqsadi harbiy bo'lmagan hududlarni yaratish va boshqalar. Preventiv diplomatiya tinchlikni saqlash va tinchlikni saqlovchi institutlar bilan aloqalarni yuksaltirish masalasi bilan chambarchas bog'liqdir2. Preventiv diplomatiya doktrinasining shakllanishi ikki bosqichdan o'tdi. Ulardan birinchisi BMT Nizomi qabul qilingan 90-yillarning boshlarigacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. Ikkinchi bosqich 1992 yil 31 yanvarda Xavfsizlik Kengashi yig'ilishida Bosh kotib Butros Butros G'oliyning ma'ruzasini qabul qilish bilan boshlandi. G'oliy "Tinchlik uchun kun tartibining birinchi galdagi vazifasi bu Preventiv diplomatiya ya'ni tinchlikni saqlash va tinchlikni saqlovchi tashkilotlarning rolini oshirish» deb ta'kidlagan3. Ushbu bosqichda biz preventiv diplomatiya doktrinasi va uni yanada rivojlantirish haqida gaplashishimiz mumkin. Hozirgi vaqtda preventiv diplomatiya doktrinasi masalasiga mamlakatlar o'rtasidagi kelishmovchiliklarning oldini olish va mavjud nizolarni mojarolarga aylanib ketishiga yo'l qo'ymaslik yoki yuzaga keladigan nizolarning tarqalishini cheklashni ta'minlaydigan faoliyat sifatida qaralmoqda. Bunday tadbirlar ishonchni kuchaytirish choralarini o'z ichiga oladi, masalan, harbiy vazifalarni muntazam ravishda almashish; ochib oydin ma'lumot olish va chalkash vaziyatlarni aniqlashtirish uchun faktlar; salbiy hodisalarni bartaraf qilish kabi masalalarni qamrab oladi. Shu jumladan, BMT va boshqa kuchlarning o'zining preventiv loyihalarini tuzib chiqishi kerak. Yuqoridagilarning amaliy isboti o'laroq BMT doirasida nizolarning oldini olishning tashkiliy huquqiy mexanizmi ma'lum darajada rivojlandi.

1 Аннан К.А. Проблема вмешательства. Выступления Генерального секретаря. - Нью-Йорк: ООН, 2000 - СЛ

2 https://ru.wikipedia.org/wiki/Превентивная_дипломатия

3 Гали Б.Б. Повестка дня для мира. 1992. С.12. https://library.sakharov-center.ru/vse-fondy/488/view_bl/83423/povestka-dnya-dlya-mira.html?tab=getmybooksTab&is_show_data=1

209

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tahdid soluvchi muammolar to'g'risida erta ogohlantirish tizimi shu tarzda yaratildi. Ayni paytda, bunday tizim samaradorligini oshirish uchun preventiv diplomatiyani amalga oshirish bilan shug'ullanadigan xodimlar tarkibini kengaytirish uchun ancha katta xarajatlar talab etiladi albatta.

Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo'yicha mintaqaviy markazni yaratish. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo'yicha mintaqaviy markazi (UNRCCA) - bu Markaziy Osiyoda 5ta Markaziy Osiyo davlatlari hukumatlari tashabbusi bilan tashkil etilgan, bosh qarorgohi Turkmaniston, Ashxobod shahrida joylashgan BMTning maxsus siyosiy missiyasini amalga oshiruvchi byuro hisoblanadi. Markazning asosiy vazifasi Markaziy Osiyo davlatlariga tinchlik va barqarorlik uchun mavjud va yuzaga kelishi mumkin bo'lgan tahdidlarni aniqlash va yo'q qilishda yordam berishdir. Bundan tashqari, Markaz mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasidagi sheriklik aloqalarini rivojlantiradi. Mintaqaviy markaz tashkil etilishidan bir necha yil oldin Birlashgan Millatlar Tashkiloti o'rtasida maslahatlashuvlar bo'lib o'tdi va Markaziy Osiyo Mamlakatlari hukumatlari 2007 yilda muvaffaqiyatli yakunladilar. Xuddi shu yilning may oyida BMT Bosh kotibi Xavfsizlik Kengashiga Markazni yaratish niyati to'g'risida xabar berib, Markaziy Osiyo mamlakatlarining beshta hukumati BMTning Preventiv mintaqaviy markazini tashkil etish bo'yicha kelishuvga erishganligini ta'kidladi. Va Ashxabodda Markaziy Osiyo uchun preventive diplomatiya markazi (UNRCCA) muvaffaqiyatli ish boshladi. Ushbu jarayonning hal qiluvchi omili, Markaziy Osiyoning beshta mamlakati fikriga ko'ra, BMTning ijobiy qiyofasi bo'ldi. Va bir paytning o'zida muzokaralar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga va mintaqadagi barcha davlatlarning manfaatlarini hisobga oladigan kelishuvlarga erishishga qodir bo'lgan xolis organ sifatida BMT ro'yxatidan o'tdi4.

Ashxobod Preventiv markazini tashkil etish bo'yicha taklifni ilgari surish qo'shnilar o'rtasida yaxshi diplomatic aloqalarning shakllantirilishi, mintaqa hukumatlari hisobga olgan Markaziy Osiyo duch keladigan ko'plab tahdidlar, jumladan xalqaro terrorizm va ekstremizm, giyohvand moddalar savdosi, uyushgan jinoyatchilik va atrof-muhitning degradatsiyasi kabi masalalar bilan shug'ullanadi. Markaz Markaziy Osiyo mamlakatlari hukumatlari o'rtasida yuzaga keladigan muammolarga echim topish va yuzaga kelishi mumkin bo'lgan tahdidlarni bartaraf etish bo'yicha muloqotni rivojlantirish; mintaqada faoliyat yuritayotgan xalqaro

4 UNRCCA ning rasmiy ochilishi 2007 yil 10 dekabrda St

Scientific Journal Impact Factor

tashkilotlar bilan ularning tinchlikparvarlik sa'y-harakatlari va tashabbuslarini rag'batlantirish borasida doimiy aloqalarni ta'minlash; nizolarning oldini olish bo'yicha birgalikdagi sa'y-harakatlar to'g'risida muvofiqlashtirish va axborot almashish; barqaror rivojlanish va nizolarning oldini olish sohasida ishlaydigan BMTning boshqa agentliklari bilan hamkorlikni muvofiqlashtiradi.

Harakatlar dasturi UNRCCA-ning kelgusi uch yillik faoliyatiga rahbarlik qiladi. Dasturni amalga oshirishda Markaz Markaziy Osiyo davlatlari hukumatiga mintaqadagi mavjud muammolarni samarali hal etishga va yuzaga keladigan yangi muammolarga javob berishga tayyorlik darajasini oshirish maqsadida yordam beradi. O'tgan ikki yil ichida hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashdagi amaliyotlariga quyidagilar kiradi: terrorizm va uyushgan jinoyatchilik (xususan, giyohvand moddalar savdosi) kabi transmilliy tahdidlar; zo'ravonlik, ekstremizm; suv va energiya xavfsizligi; ijtimoiy-iqtisodiy zaiflik; millatlararo ziddiyat (lekin ular bilan chegaralanmaydi)

Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat rahbarlari parlamentlararo hamkorlikni biroz kuchaytirdilar, bu esa yaxshilanishi zarurati edi. Mintaqada o'zaro ishonch va yaxshi qo'shnichilikka asoslangan yangi siyosiy muhitni yaratish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi rahbariyatining sa'y-harakatlari Markaziy Osiyo mamlakatlarining davlatlararo va parlamentlararo aloqalarini faollashtirishga kuchli turtki bo'ldi. Qisqa vaqt ichida O'zbekiston mintaqadagi qo'shnilari bilan ko'p yillar davomida hal qilinmagan ko'plab masalalarni hal qilishga muvaffaq bo'ldi. Transchegaraviy daryolardan birgalikda foydalanish, mintaqa mamlakatlari iqtisodiyotini integratsiyalashtirish, transchegaraviy savdoni rivojlantirish bo'yicha umumiy yondashuvlarni ishlab chiqishni taklif qilib, O'zbekiston bu davlatlar bilan hamkorlikning yangi formatini qurishga qodir ekanligini isbotladi. Mintaqada birinchi galda qo'shma iqtisodiy farovonlik birinchi o'rinda turadigan. Markaziy Osiyo O'zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo'nalishiga aylandi. 2017 yil sentyabr oyida Sh.Mirziyoev BMTning yuqori minbaridan mintaqada yangi siyosiy atmosfera yaratilishini e'lon qildi va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining doimiy maslahat uchrashuvlarini tashkil etishga chaqirdi. Ushbu g'oyani amalga oshirish, mintaqa davlatlarining sa'y-harakatlarini muvofiqlashtirishda va hal qilinmagan muammolarni hal qilish muhim qadam bo'lishi mumkin. 2017 yil noyabr oyida Samarqanddagi BMT shafeligida o'tkazilgan xalqaro konferentsiyada mintaqaviy muammolar, shu jumladan Afg'oniston inqirozi muhokama qilinganligi ham yuqoridagi fikrlarning amaliy isbotidir. Bugun O'zbekiston Afg'onistonga nafaqat mintaqadagi xavfsizlik masalasiga tahdid soluvhi kuch sifatida qaramaydi, shuningdek, muhim sherik va

qo'shni sifatida. O'zbekiston Afg'oniston va Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyotini o'zaro aloqalar va hamkorlikni kengaytirish, xususan mintaqaviy infratuzilma, savdo, investitsiya, tranzit va transport loyihalarini amalga oshirish orqali birlashtirishni nihoyatda muhim deb biladi. O'zbekiston Afg'oniston muammosini tezroq hal qilishdan manfaatdor. Darhaqiqat, Afg'onistondagi vaziyat to'g'risida yangicha tasavvur paydo bo'ldi, bu Toshkentning preventiv diplomatiyasining natijasi edi.

Yurtboshimiz SH. Mirziyoev ta'kidlaganidek, jafokash Afg'oniston zaminidagi to'qnashuvlar, "urush olovi" afg'on xalqining o'z tanlovi emas, aksincha, chetdan tiqishtirilgan fitna natijasidir5. Ana shu notinchlikdan afg'on xalqi o'n yillar davomida jabr chekib kelmoqda, millionlab odamlar o'z uyini tashlab olis yurtlarda sarson-sargardon bo'lib yuribdi.

Afg'onistondagi keskinlik Markaziy Osiyo mamlakatlari jahon iqtisodiyotining faol integratsiya jarayonlaridagi ishtirokiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Misol uchun, tinch Afg'oniston savdo-iqtisodiy, transport-logistik imkoniyatlari bilan O'zbekistonga boshqa mintaqalarga dengiz orqali qisqa yo'l bilan chiqish imkonini berar edi.

Xalqimizda «Bir kun janjal bo'lgan joydan qirq kun baraka qochadi», degan naql bor. Afg'onistonda qariyb 40 yildan buyon davom etib kelayotgan mojaro afg'on xalqining hayotini o'nlab yillar orqaga surib tashladi. Bu hududda paydo bo'lgan inqiroz, aholining qashshoqlashuvi dunyo hamjamiyatidan allaqachon globallik kasb etgan ushbu muammoga birgalikda amaliy yechim topishni taqozo qilmoqda. Shu maqsadda keyingi yillarda qator loyihalar amalga oshirildi, muloqot guruhlari tashkil etildi. O'zbekiston 2017 yilda Afg'oniston muammosini hal etish bo'yicha o'tkazilgan turli formatdagi xalqaro va mintaqaviy anjumanlarda, jumladan, kengaytirilgan tarkibdagi Moskva uchrashuvi (apreF), "Kobul jarayoni" (iyun), Afg'oniston Islom Respublikasiga oid mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik konferentsiyasi (Ashxobod, noyabr), "Osiyo yuragi - Istanbul jarayoni" (Boku, noyabr - dekabr) va Xalqaro muloqot guruhi yig'ilishida (Oslo, dekabr) yuqori darajada qatnashdi.

Davlatimiz rahbari BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida Afg'onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish bo'yicha O'zbekiston pozitsiyasini bayon qildi, bu borada aniq takliflar bildirdi. Noyabr oyida Samarqand shahrida BMT shafeligida o'tgan "Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo'lidagi hamkorlik" mavzusidagi xalqaro konferentsiyada Afg'onistonning mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga qo'shilishi yo'lidagi tashabbuslar

5 2018 yil 28 mart Toshkentda o'tkazilgan xalqaro konferensiyadagi president nutqidan.

212

ilgari surildi. O'zbekiston va Afg'oniston Prezidentlarining oliy darajadagi uchrashuvlarida mamlakatimizning bu boradagi ijobiy pozitsiyasi o'zaro manfaatli kelishuvlar orqali yanada mustahkamlandi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur forum o'z formati va Afg'oniston muammosi bo'yicha aniq yechimlar topishga qaratilgani bilan ilgarigi xalqaro anjumanlardan farq qiladi. Shu bois uni o'tkazish tashabbusi dunyo hamjamiyati tomonidan keng qo'llab-quvvatlandi. Nufuzli xalqaro tashkilotlar, siyosatshunoslar va ekspertlar tomonidan Afg'onistonda tinchlik va xavfsizlikka erishish, shu orqali nafaqat Markaziy Osiyo, balki unga tutash mintaqalarda tinch taraqqiyotni ta'minlashga xizmat qiluvchi mazkur konferentsiya afg'on xalqining muammolarini hal qilish bo'yicha aniq takliflar ilgari surilishi bilan amaliy ahamiyatga ega, degan fikrlar bildirildi.

Jumladan, Afg'oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G'ani Afg'onistonda tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash yo'lidagi O'zbekiston tashabbusi g'oyat qadrli ekanini ta'kidladi. Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo'yicha Oliy vakili Federika Mogerini o'z nutqida Afg'onistondagi vaziyatni baraqarorlashtirishga oid tashabbusni qo'llab-quvvatlashini, bu masala Yevropa Ittifoqining doimo e'tiborida turishini qayd etdi.

Mazkur forumga Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan ham katta qiziqish bildirildi. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish konferensiya ishtirokchilariga videomurojaat yo'llab, ushbu anjuman Afg'onistonda tinchlikka erishish yo'lida alohida ahamiyatga ega ekanini ta'kidladi. Toshkent konferentsiyasi ishtirokchilarining rasmiy suratga tushish marosimidan so'ng anjuman shu'ba majlislarida davom etdi. Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov afg'on muammosini hal qilish tashabbusi mintaqa davlatlarining o'zidan chiqayotgani muhim ahamiyatga ega bo'lib, Toshkent konferentsiyasi o'z vaqtida amalga oshirilgan muhim jarayon ekani va undan xalqaro hamjamiyat ijobiy natijalar kutib qolishini ta'kidladi6.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlyut Chavusho'g'lu Toshkent konferentsiyasi Afg'onistondagi vaziyatni barqarorlashtirishda muhim o'rin tutishini, bu beqarorlikka sabab bo'layotgan kuchlarning o'zaro yarashuviga oid jarayonni tezlashtirishga yordam berishini qayd etdi7.

6 http://webtv.un.org/topics-issues/watch/a-message-from-the-secretarv-general-of-the-united-nations-to-model-uns/6252117444001/?term

7 https://www.state.gov/under-secretarv-for-political-affairs-thomas-shannon-travels-to-tashkent-uzbekistan/

213~

AQSH Davlat kotibining siyosiy masalalar bo'yicha o'rinbosari Tomas Shennon O'zbekiston Afg'onistonda tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash bo'yicha tashabbuslari bilan mintaqa davlatlari taraqqiyotiga, o'zaro hamkorlikni mustahkamlashga munosib hissa qo'shayotgani, shu jihatdan dunyo hamjamiyati mazkur konferentsiyaga muammoni hal qilishda amaliy yechim sifatida qarayotganini qayd etdi8.

Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Li Baodun Afg'onistonning sarmoya, savdo, transport imkoniyatlarini oshirish uchun uni qo'shni davlatlar qo'llab-quvvatlashi zarurligini ta'kidladi 9 . Pokiston Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Xavaja Muhammad Asif Afg'onistondagi notinch muhit bevosita qo'shni va uzoq davlatlardagi vaziyatga salbiy ta'sir etishini, shu bois barcha ushbu mamlakat tinchligi uchun hamjihatlikda harakat qilishi kutilgan natijani berishini qayd etdi10.

Anjumanda ta'kidlanganidek, ayrim geosiyosiy kuchlarning Afg'onistonda yuzaga kelgan vaziyatdan o'z maqsadlari yo'lida foydalanayotgani ushbu davlatda vaziyatni yaxshilash borasidagi intilishlarga to'sqinlik qilmoqda. Buning oqibatida terrorchi tashkilotlar jangarilarining Afg'oniston ichkarisiga tobora ko'proq kirib borishi va uni o'z poligoniga aylantirishiga yo'l ochilmoqda. Afg'oniston muhim transchegaraviy hududda joylashgan. Bu mamlakat bilan hamkorlikdan Markaziy Osiyo davlatlari eng ko'p manfaatdor. Anjumanda Markaziy Osiyo mamlakatlarining tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari tomonlar bu yo'lda barcha imkoniyatlarni ishga solishga tayyor ekanini qayd etdi.

Afg'onistonda tinchlik o'rnatish, ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani tiklash, uning mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga qo'shilishiga har tomonlama ko'maklashish to'g'risidagi taklif va tashabbuslar ilgari surildi. Konferentsiya ishtirokchilari anjuman yakuni bo'yicha Toshkent deklaratsiyasini imzoladilar. Mazkur hujjatda mintaqada tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash, barcha sohalarda hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, ahil qo'shnilik munosabatlarini yanada mustahkamlash kabi ezgu maqsadlar ko'zda tutilgan.

Tadbir yakunida o'tkazilgan matbuot anjumanida O'zbekiston tashqi ishlar vaziri A.Komilov va Afg'oniston tashqi ishlar vaziri S.Rabboniy nufuzli konferentsiyada erishilgan natijalar haqida ma'lumot berdi. Ta'kidlandiki, mazkur xalqaro konferentsiya dunyo hamjamiyatining Afg'onistonda tinch taraqqiyotni

8 https://uza.uz/oz/posts/afg-oniston-bo-vicha-toshkent-xalqaro-konferensivasi-deklara-27-03-2018

9 https://uza.uz/oz/posts/afg-oniston-bo-vicha-toshkent-xalqaro-konferensivasi-deklara-27-03-2018

10 https://uza.uz/oz/posts/afg-oniston-bo-vicha-toshkent-xalqaro-konferensivasi-deklara-27-03-2018

214

Scientific Journal Impact Factor

ta'minlashga qaratilgan sa'y-harakatlariga g'oyat muhim hissa bo'lib qo'shildi. Bunday anjumanlar kelgusida ham davom etadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti yetakchi ilmiy xodimi Bahodir Egamovning xulosalariga ko'ra mazkur Anjumanning bir qancha jihatlari bor. Ular quyidagilardan iborat:

Birinchidan, hammamizga ma'lumki, 2018 yilning mart oyida Afg'oniston bo'yicha Toshkent xalqaro konferentsiyasi o'tkazildi. O'zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu forum dunyo hamjamiyatining Afg'oniston Islom Respublikasida davom etayotgan qon to'kilishiga bo'lgan e'tiborini qaytardi.

O'sha paytda Prezident Ashraf G'ani, Afg'oniston taqdiriga befarq bo'lmagan deyarli barcha mamlakatlar tashqi ishlar vazirlari, yuqori martabali diplomatlar Toshkentdagi forumda jamlandi. Afg'onistondagi murosasizlikni tinchlik yo'li bilan hal qilishning asosiy tamoyillarini belgilab bergan Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi. Bir so'z bilan aytganda, forumda mamlakatda tinchlikni yanada mustahkamlash strategiyasi bo'yicha kelishuvga erishildi.

Afg'oniston inqirozini tinch yo'l bilan hal qilish uchun konferentsiyaning o'zi ham, O'zbekiston rahbariyatining sa'y-harakatlari ham alohida ahamiyatga ega ekanini tasdiqlash uchun Afg'oniston Prezidenti Ashraf G'anining shu yil mart oyi so'ngida aytgan quyidagi fikrlarini keltirish o'rinli: "Bundan ikki yil oldin O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan o'tkazilgan Afg'oniston bo'yicha Toshkent xalqaro konferentsiyasi Afg'oniston muammosini tinch yo'l bilan hal qilish uchun siyosiy jarayonni boshlash, manfaatdor tomonlar o'rtasida o'zaro maqbul muloqot shakllari va mexanizmlarini izlashda muhim voqea bo'ldi».

Ikkinchidan, Toshkentning Afg'oniston yo'nalishidagi yangilangan siyosati va tashabbuslari butun Afg'onistonda - oddiy xalq, rasmiy hukumat, turli siyosiy kuchlar tomonidan munosib kutib olindi. Shuni ta'kidlash joiz, O'zbekiston asosiy afg'on kuchlari va keng aholi orasida ijobiy obro'ga ega. Afg'oniston tomoni Toshkentga ishonadi va undan umidlari ham katta.

Pokiston Global va strategik tadqiqotlar markazi mutaxassisi Mahmud ul-Hasan bu muvaffaqiyatni «Toshkentning Afg'onistondagi siyosati boshidanoq amaliy ahamiyatga ega formulaga - Kobul bilan «iqtisodiy hamkorlik» orqali Afg'oniston fuqarolari qalbini zabt etish, transport va logistika ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish, loyihalar, shuningdek, ta'lim dasturlarini kengaytirishga asoslangan"i bilan izohlaydi11.

11 https://gk-usbekistan.de/uz

Prezident Ashraf G'ani bilan shaxsiy va ishonchli muloqotning o'rnatilgani, ko'plab masalalar bo'yicha to'liq o'zaro tushunishga erishilgani rasmiy Toshkent muvaffaqiyati sabablaridan biri bo'ldi. Bundan tashqari, O'zbekiston Afg'onistondagi boshqa ichki siyosiy kuchlar, jumladan, "Tolibon" orasida ham obro'ga ega. Masalan, harakatning Qatardagi vakolatxonasi rahbari o'rinbosari Abdul Salom Hanafiy Toshkent bilan hamkorlikka umidvorligini bildirib, «Toliblar o'z mamlakatlarida tinchlik, barqarorlik va xavfsizlik manfaatlari yo'lida tashabbuslarni ilgari surgan O'zbekiston Prezidentining sa'y-harakatlarini yuqori baholaydi», deya qayd etdi.

Pandemiyaning og'ir davrida O'zbekiston yana bir bor o'zini afg'on xalqining haqiqiy do'sti sifatida namoyon eta olgani, sinovli kunlarda va qiyinchiliklarda ularni yolg'izlatib qo'ymagani Afg'oniston e'tiboridan chetda qolmadi. Pandemiya sababli boshqa mamlakatlar Afg'oniston bilan chegaralarini yopgan bir paytda, O'zbekiston afg'onlarga nisbatan birodarlik munosabatini namoyish etdi. O'zbekiston Prezidentining qat'iy tutumi tufayli chegaramiz har doim barcha transport yuklari tashish uchun ochiq bo'lib keldi. Oziq-ovqat mahsulotlari, muhim mollar, xomashyo va yoqilg'i ortilgan yuk karvonlari Afg'onistonga jo'natilib, ushbu qiyin paytda mamlakatda me'yoriy hayotni ta'minladi.

Bundan tashqari, pandemiya davrida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev bir necha bor afg'on xalqiga gumanitar yordam ko'rsatish to'g'risida qaror qabul qildi. Afg'oniston shimolidagi Mozori Sharifga un, guruch, o'simlik moyi, shakar, bolalar kiyimlari, tibbiy himoya va gigiena vositalari va boshqa ko'plab mahsulotlar yetkazib berildi.

Uchinchidan, O'zbekiston Prezidentining siyosiy pozitsiyasi Afg'onistonga yangi nigoh bilan qarashga, uni keng miqyosli Markaziy Osiyoning ajralmas qismi sifatida ko'rib chiqishga imkon berdi. Amerikaning «The Diplomat» nashri sharhlovchisi Jeyms Dyursov O'zbekistonning Afg'onistondagi tinchlikka qo'shgan hissasiga bag'ishlab yozgan so'nggi maqolasida «O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2016 yilda hokimiyat tepasiga kelishi mintaqaning Afg'onistonga nisbatan qarashlarini o'zgartirdi va bu mamlakatni Markaziy Osiyoning bir qismi sifatida tan olinishiga hissa qo'shdi. Markaziy Osiyodagi mamlakatlarning Afg'onistonni mintaqa iqtisodiyotiga qo'shilishiga yordam berishi bu yerda hukumatni mustahkamlab, fuqarolar urushining oldini olishga imkon berishi mumkin», deya qayd etdi.

O'zbekiston rahbarining ushbu mamlakatni faqat tahdid manbai sifatida qabul qilishni to'xtatish va Afg'onistonga imkoniyatlar nuqtai nazaridan qarashni boshlashga chaqirig'i xalqaro miqyosda keng qo'llab-quvvatlandi. Hozirgi kunda

Scientific Journal Impact Factor

Afg'onistonni mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga jalb qilish zarurligi to'g'risida umumiy tushuncha mavjud. Ushbu g'oya Toshkent konferentsiyasi, shuningdek, 2017 yil noyabr oyida Ashxobodda bo'lib o'tgan Afg'oniston bo'yicha mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikning yettinchi konferentsiyasi va 2018 yil may oyida Dushanbeda bo'lib o'tgan terrorizm va zo'ravon ekstremizmga qarshi kurash bo'yicha xalqaro konferentsiya ishtirokchilari tomonidan qo'llab-quvvatlandi. Bundan tashqari, iqtisodiy rivojlanish dasturlari Afg'onistonda milliy yarashuvga erishish uchun birlashtiruvchi tamoyil bo'lib xizmat qilishi va Afg'onistondagi vaziyatni siyosiy jihatdan tartibga solish jarayonining ijtimoiy-iqtisodiy asosini tashkil etishi mumkin, degan tushunchaga erishilmoqda.

Xulosa qilib aytganda, Markaziy Osiyo bo'yicha yetakchi nemis mutaxassisi Gyunter Knabe ana shunday fikrda. Uning ta'kidlashicha, «O'zbekistonning Afg'oniston strategiyasi iqtisodiy va siyosiy muammolarni hal qilish uchun asos bo'lishi mumkin va urushlardan uzoq vaqt aziyat chekayotgan mamlakatda mojaroni tugatishga yordam beradi». Shu bois aytish mumkin, bugungi kunda paydo bo'layotgan vaziyatdan foydalanib, tinchlik jarayonining davomiyligi va taraqqiyotini ta'minlash, ziddiyatli tomonlarni yarashtirishga qaratilgan sa'y-harakatlar bilan bir qatorda, Afg'onistonning iqtisodiy kelajagiga sarmoya kiritishni boshlash, Afg'oniston ichidagi qarama-qarshilikning barcha ishtirokchilariga tinch ijodiy mehnat va mintaqaviy hamkorlikning haqiqiy samaralarini ko'rsatish juda muhimdir.

O'zbekiston Prezidenti tomonidan amalga oshirilayotgan sa'y-harakatlar aynan shu maqsadlarga erishishga qaratilgan va afg'onlararo yarashuvni rivojlantirish, kelajakda Afg'onistonda tinchlik o'rnatish uchun juda muhimdir. So'nggi vaqtlarda Afg'onistonda tinchlik o'rnatish masalasida yangi ijobiy jarayonlar paydo bo'lmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Аннан К.А. Проблема вмешательства. Выступления Генерального секретаря. - Нью-Йорк: ООН, 2000 - СЛ

2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Превентивная дипломатия

3. Гали Б.Б. Повестка дня для мира. 1992. С.12.

4. http: //webtv.un. org

5. https://www.state.gov

6. https://uza.uz

7. https: //gk-usbekistan. de/uz

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.