Научная статья на тему 'MIRZO ULUG‘BEK – IKKINCHI RENESSANS G‘OYALARI ASOSCHISI'

MIRZO ULUG‘BEK – IKKINCHI RENESSANS G‘OYALARI ASOSCHISI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Ernazarov Sh.

Tarixiy shaxslarning faoliyatini, ularning ilmiy va ma’naviy merosini o‘rganish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Tarix fani oldida o‘zbek xalqining mashhur vakillari ma’naviy-tarixiy merosini qayta tiklash masalasi dolzarb bo‘lib qolmoqda. Bashariyat tamadduni taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk olim Mirzo Ulug‘bek (Muhammad Tarag‘ay 1394-1449)ning hayoti va ijodi ham shular jumlasidandir. Shu maqsadda jahon ilmiy tafakkuri rivojiga munosib hissa qo‘shgan mashhur olim, ajdodlar merosini ehtiyotkorlik bilan saqlagan o‘ziga xos hukmdor, davlat boshqaruvining ayrim yo‘nalishlarida o‘zining buyuk ajdodi Amir Temur an’analarini davom ettirgan Mirzo Ulug‘bek shaxsiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MIRZO ULUG‘BEK – IKKINCHI RENESSANS G‘OYALARI ASOSCHISI»

MIRZO ULUG'BEK - IKKINCHI RENESSANS G'OYALARI

ASOSCHISI

Ernazarov Sh.

katta o'qituvchi, f.f.f.d. (PhD), Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.11154413

Tarixiy shaxslarning faoliyatini, ularning ilmiy va ma'naviy merosini o'rganish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Tarix fani oldida o'zbek xalqining mashhur vakillari ma'naviy-tarixiy merosini qayta tiklash masalasi dolzarb bo'lib qolmoqda. Bashariyat tamadduni taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan buyuk olim Mirzo Ulug'bek (Muhammad Tarag'ay 1394-1449)ning hayoti va ijodi ham shular jumlasidandir.

Shu maqsadda jahon ilmiy tafakkuri rivojiga munosib hissa qo'shgan mashhur olim, ajdodlar merosini ehtiyotkorlik bilan saqlagan o'ziga xos hukmdor, davlat boshqaruvining ayrim yo'nalishlarida o'zining buyuk ajdodi Amir Temur an'analarini davom ettirgan Mirzo Ulug'bek shaxsiga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Mustaqillik yillarida ilm-fanda yangicha metodologik yondashuvlar qaror topdi. Keyingi o'n yilliklarda olimlar tomonidan mazkur muammo bo'yicha qator ishlar qilindi. Ayniqsa, Mirzo Ulug'bek tavalludini nishonlash tantanalari arafasida tadqiqot ishlari yanada faollashdi. Jumladan, Ulug'bekning "Ziji jadidi Guragoniy", "Tarixi arba'ulus" kabi asosiy asarlari tarjima qilinib, nashr etildi. Bundan tashqari, respublikamizda hamda xorijda olimning hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan bir qator xalqaro ilmiy anjumanlar o'tkazildi. Bu ma'lum darajada Mirzo Ulug'bekning olim va davlat arbobi sifatidagi faoliyati tarixshunosligi doirasini yanada kengayishiga imkon berdi.

Mirzo Ulug'bekning ilmiy merosi qay darajada muhim ekanligi haqida O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov shunday degan edi: "Mirzo Ulug'bekday benazir allomaning o'rta asrlar sharoitida namoyon etgan ilmiy jasorati bugungi kun olimlarini ham hayratga solmasdan qo'ymaydi... Mirzo Ulug'bek, avvalo, ilmiy farazlar bilan emas, balki sof amaliy uslubda ijod qildi. Minglab yulduzlarni jamlagan mukammal xarita va bugungi eng zamonaviy hisoblardan deyarli farq etmaydigan mukammal astronomik jadvalni yaratdi... "Ziji jadidi Ko'ragoniy" deb nomlangan Ulug'bek astronomik jadvali o'rta asrlarda lotin tiliga tarjima qilinib, Yevropa olimlari orasida keng tarqalgani bu fikrimizning yaqqol isbotidir" [1, B. 320].

Mirzo Ulug'bekning ilmiy-tarixiy merosini o'rganish an'anasi ko'p asrlik tarixga ega. Uning hayoti va faoliyatiga daxldor masalalar G'arbiy Yevropa, Rossiya

va O'zbekiston shrqshunoslik va tarix maktablarining vakillari olib borgan tadqiqotlarda o'z aksini topgan. Asosiysi uning Vatana, aynan O'zbekistonda XX asr davomida mazkur muammo bo'yicha salmoqli nashrlar e'ion qilindi. Bu davrdagi tadqiqotlar, bir tomondan, Mirzo Ulug'bekning ilmiy-tarixiy merosini o'rganish borasidagi muayyan yutuqlari bilan, ikkinchi tomondan esa tarixiy voqealarga noxolis baho berishlar bilan ham xarakterlanadi.

Mazkur dolzarb muammoning tarixini o'rganish nafaqat Mirzo Ulug'bekning hayoti va ijodi bilan bog'liq bo'lgan yo'nalishlardagi o'zgarishlarni kuzatishni, balki muayyan tarixiy tadqiqotning tarix fanining uzviyligini, turli davrlarda davlatchilikning siyosiy va mafkuraviy shakllaridagi umumiy jihatlarini ham namayon etadi.

XX asr boshlarida Mirzo Ulug'bek rasadxonasi o'rnini aniqlashdagi bahslar, uning ochilishi tarixi bilan bog'liq masalalar, mazkur me'moriy merosni o'rganishga arxeologiya fanida alohida e'tibor qaratilganligi bilan ham qiziqarlidir. Katta hajmdagi ilmiy adabiyotlarga kompleks tarzda yondashib o'rganish Mirzo Ulug'bek faoliyatining tarixiy manzarasini yaratish imkonini beradi hamda keyingi tadqiqotlar uchun aniq yo'nalishlarni belgilab olish uchun xizmat qiladi.

Mirzo Ulug'bekning ilmiy-tarixiy merosini tadqiq qilish bir necha yuz yillardan beri davom etmoqda. Shunday bo'lishiga qaramay, mazkur muammo dunyo olimlari nigohini o'ziga qaratishda davom etmoqda. XX asr boshidan to xozirgi kunga qadar O'zbekistonda ham Mirzo Ulug'bekni ham o'rganish bo'yicha katta hajmdagi ilmiy ishlar yaratildi. Bu davrdagi tadqiqotlar, bir tomondan, Mirzo Ulug'bekning hayoti va ijodini o'rganishdagi jiddiy yutuqlar bilan, boshqa tomondan zo'r mahorat sohibi bo'lgan olim bilan bog'liq ayrim voqeliklarni ba'zi o'rinlarda mustamlaka va sovet davri tarixshunoligida noto'g'ri talqin qilish va u yoki bu tarixiy jarayonni shubhali baholash bilan kechdi.

Amir Temurning nabirasi Mirzo Ulug'bek - astronom va matematik olim, davlat arbobidir. Temuriylar davrining buyuk shoiri Alisher Navoiy shunday degan edi:

Temurbek nalidin Sulton Ulug'bek,

Ki olam ko'rmadi sulton aningdek.

Darhaqiqat, 40 yilga yaqin hukmronlik qilib, rasadxona qurgan va 1018 ta yulduzning jadvalini tuzgan Mirzo Ulug'bekdek hukmdor jahon tarixida kam uchraydi. Uning asosiy ilmiy asari "Ziji jadidi Ko'ragoniy" bo'lib, 1437 yilda astronomik yilning uzunligini 365 kun, 6 soat 10 daqiqa 8 soniya o'lchamda aniqlagan, noaniqlik atigi 58 soniyani tashkil etadi. Shu o'rinda Ulug'bekning yulduzlar harakatiga oid hisob kitoblari bugungi kunda kompyuter yordamida tekshirib ko'rilganda, atigi bir necha daqiqaga farq qilishi aniqlandi.

Shuningdek, uning qalamiga mansub matematik asari «Bir daraja sinusini aniqlash haqida risola», astronomiyaga oid «Risolayi Ulug'bek» va tarixga doiг «Tarixi aгba' ulus» («To'rt ulus tarixi») asari hamda musiqa ilmiga bag'ishlangan 5 ta risola yozgan. Ulug'bek 6 ta: «bulujiy», «axloqiy», «tabгiziy», «shodiyona», «usuli ravon», «usuli otlig'» kuylaгini ijod qiladi. Turli davг mualliflaгi (Daгvishali Changiy, Fitгat va boshqalaг)ning ta'kidlashicha, Ulug'bek yoshligidan o'zga fanlar qatori musiqa ilmidan saboq olib, bir qator kuy va usullar yaratgan, bu sohaga oid risola ham yozgan.

Mashhaddagi binolarining birida Ulug'bek qalamiga mansub ushbu bayt topilgan:

Harchand mulki husn ba zari nigin tust

sho'xi makun ki chashmi bidon dar kamintust[5, B. 25].

Ma'nosi: Harchand husn mulki sening hukmingda bo'lsa ham, sho'xlik qilmagilki sen uning nazari ostidasen.

Navoiyning "Majolis un-nafois" va Abu Tohirxojaning "Samariya" asarlarida ham Mirzo Ulug'bek she'rlaridan namunalaг keltiгilgan. Uning davгida ko'pgina asarlar aгab va foгs tilidan eski o'zbek tiliga tarjima qilingan. Mirzo Ulug'bek tashkil etgan boy kutubxonada turli fanlarga oid 15 mingdan ortiq jildli kitob bo'lgan.

Mirzo Ulug'bek farmoni bilan 1417-1420 yillar madrasalar quriladi. 1420 yil Samarqandda madrasa qurdirib, islom olamining ko'plab astronom va matematiklarini taklif etadi. 1417 yil Buxoroda va 1433 yil G'ijduvonda ham madrasalar qurilgan. Ulug'bek tomonidan qurilgan madrasalar universitet vazifasini bajargan. Madrasalarda Qur'on, hadis, tafsir, fiqh (din va shariat qonun-qoidalari), riyoziyot (matematika), handasa (geometriya), ilmi hay'at (astranomiya), tibbiyot, tarix, jo'g'rofiya, ilmi aruz (nazm), arab tili va morfologiyasi (qofiya) o'qitilgan.

Samarqand madrasasi zamonasining dorulfunini edi, u 2 qavatli, 50 hujrali bo'lib, har bir hujra 3 xonaga: qaznoq (omborxona), yotoqxona va darsxonaga bo'lingan, madrasada 100 dan ortiq talaba yashagan va ta'lim olgan. Samarqand madrasasi ochilgan (1420) kuni birinchi darsni iqtidorli olim, yetakchi mudarris Shamsuddin Muhammad Havofiy o'qigan, 90 nafar talaba qatnashgan. Qozizoda Rumiy, G'iyosiddin Jamshid Koshoniy, Ulug'bek va uning shogirdi Alouddin Ali Qushchi turli fanlardan dars berganlar. Madrasada ilmi hay'at (astranomiya)dan Qozizoda Rumiy dars bergan. Madrasasida tolibi ilimlar kamida 15-16 yil o'qigan, fanlarni o'zlashtirib, imtihon topshirganlarga «sanad» (shahodatnoma) yozib berilgan.

Mirzo Ulug'bek 1424-1429 yy. Samarqandda Obirahmat anhori bo'yida rasodxona qurdirgan, balandligi 31 m. bo'lib ichki sahni sekstant va koridorlar bilan

3 qismga ajratilgan; rasadxona joylashgan bu mavze «Naqshi jahon» degan nom bilan mashhur bo'lgan. G'iyosiddin Jamshid boshchiligida rasadxonaning asosiy o'lchov asbobi - sekstant o'rnatilgan, u Sharqdagi sekstantlarning eng kattasi hisoblangan.

Mirzo Ulug'bek rasadxona qoshida tashkil etgan kutubxonada 15 ming jild kitob saqlangan; rasadxona tevaragida xujralar, 2 ta chorbog': Bog'i Maydon va Chinnixona barpo etiladi. Rasadxonada Ulug'bek bilan birga matematik va astranomlardan «Aflotuni zamon» deb nomi olgan Qozizoda Rumiy, G'iyosiddin Jamshid Koshoniy, «o'z davrining Ptolmeyi» nomi bilan shuhrat qozongan Ali Qushchi tadqiqot olib boradi. Ulug'bek rasadxonasida 1018 qo'zg'almas yulduzning o'rni aniqlanib, astranomik jadvali tuziladi. Ulug'bekning shoh asari «Ziji jadidi Ko'ragoniy» (Ko'ragoniyning yangi astranomik jadvali) 2 qismdan: keng muqaddima va 1018 qo'zg'almas yulduzlar o'rni va holati aniqlab berilgan jadvaldan iborat.

"Samarqand akademiyasi"ni fransuz faylasufi, yozuvchi va tarixchi olim Volter (1694-1778) e'tirof etgan, u "Ulug'bek Samarqandda bo'lib Akademiya (oliy ilmiy tashkilot)ga asos soldi, yer sharini o'lchashga buyurdi va astranomiya jadvallarini tuzishda ishtirok etdi" deb yozgan. "Samarqand akademiyasi" - 1004 yil Xorazm poytaxti Urganjda tashkil etilgan "Donishmandlar uyi" (Ma'mun akademiyasi) dan keyingi ikkinchi "Dor ul-ilm" edi. Samarqand akademiyasi -"Dorul ilm"ga 1429 yil asos solindi.

Mirzo Ulug'bek yoshligida Amir Temurning oldida o'tirib, buyuk tarixchilardan insoniyat tarixini, dunyo siyosatini eshitgan edi. Uning «To'rt ulus tarixi» insoniyat tarixiga bag'ishlangan bo'lib, bugungi kunda ham katta ahamiyatga ega. Bu asarda hozir Yevrosiyo mintaqasida yashayotgan xalqlarning ajdodlari, bir-biriga qarindosh ekanligini yozadi. YA'ni, Nuh payg'ambarning nevaralari, Yofasning o'g'illari: Turk, Xazar, Saqlab (slavyan), Rus, Ming, Chin, Kamari, Tarix aka-uka bo'lib, mintaqada yashayotgan xalqlarning ajdodaridir. Hozirgi globallashuv, integratsiyalashuv va geosiyosiy jarayonlarda bu qardoshlikni anglash muhim ahamiyat kasb etadi.

Mirzo Ulug'bekning hayoti va faoliyati haqida pyesa (M.Shayxzoda, «Mirzo Ulug'bek» tragediyasi), roman (O. Yoqubov, «Ulug'bek xazinasi»; S.Borodin, «Samarkand osmonida yulduzlar»), opera (A.Kozlovskiy, «Ulug'bek»), poema (M.Boboyev, «Ulug'bek»), balet (M.Bafoyev, «Ulug'bek burji»), film (Rejissor Latif Fayziyev «Ulug'bek yulduzi», 1965 yil) va boshqa asarlar yaratilgan.

Bugunga qadar olimlar tomonidan aniqlangan kichik sayyoralardan beshtasi mamlakatimiz nomi va tarixi bilan bog'liq holda atalgan. Bular, hususan: "O'zbekiston", "Avitsenna", "Ulug'bek", "Beruniy", va "Xorazmiy" nomidagi

kichik sayyoradir. E'tiborlisi, ushbu samoviy jismlar turli yillarda mahalliy olimlarimiz emas, aksincha xorijiy astronomlar tomonidan kashf etilgan.

XX asr oxiri, XXI asr boshlariga kelib, ilm-fan yana yuksak cho'qqiga chiqa boshladi. Yangi zamonaviy texnalogiyalar ishlab chiqarildi, ular yordamida barcha sohalar qatori astronomiya fani ham rivoj topa boshladi. O'zbek astronomlari ham rivojlangan mamlakatlar qatorida turib, yana bir noma'lum sayyorani kashf etishda mualliflik qilgani fahrlidir.

O'zRFA astronomiya instituti olimlari kichik sayyora bilan bog'liq katta kashfiyotga nom berish yuzasidan respublika rahbariyati taklifi bilan sayyoraga jahoning eng ko'hna va go'zal shaharlaridan biri astronomiya fanining "Oltin beshigi" sanalmish Samarqand shahri nomi berildi. Bu haqda 2010 yil 27 mayda chop etilgan Harvarddagi Xalqaro kichik sayyoralar markazining 70135 sonli sirkulyarida butun dunyo bo'ylab xabar tarqatildi.

1994 yilning 19 martida O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov ilm-fan oldidagi benazir xizmatlarini hisobga olib, "buyuk o'zbek olimi, astronom, matematigi, fizigi, ma'mori, Temuriylar sulolasining munosib davomchisi yirik davlat arbobi Muhammad Tarag'ay Ulug'bekning 600 yilik tavalludi munosabati bilan" 1994 yilni "Ulug'bek yili" deb e'lon qilish to'g'risidagi farmonga imzo chekdi [2, B. 20]. Ta'lim, fan va madaniyat bo'yicha BMTning tarkibiy qismi hisoblangan YUNESKO xalqaro tashkiloti Bosh konferensiyasining 27-sessiyasi kun tartibiga umumjahon miqiyosidagi tadbirlar qatorida Mirzo Ulug'bek yubileyi ham kiritildi.

O'tmishning tarixiy manzarasini tiklash borasida jamoatchilik keng qatlamlarining ehtiyojlari hamda O'zbekiston rahbariyatining va ilmiy-madaniy yo'nalishdagi bir qator xalqaro tashkilotlarning Mirzo Ulug'bek ilmiy tarixiy merosiga bo'lgan diqqat-e'tibori ma'lum darajada mazkur mavzuga bo'lgan qiziqishning ortganligini ko'rsatib turgan edi. Ushbu tarixshunoslik bosqichining birinchi yilida e'lon qilingan maqolalar, qaydlar, risolalar, to'plamlar va monografiyalar soni ancha ko'payib, ularda Mirzo Ulug'bekning ilmiy va davlat ishlaridagi faoliyati bilan bog'liq masalalar ko'rib chiqildi. Bundan tashqari, mutaxassislarning ilmiy izohlari bilan to'ldirilgan Mirzo Ulug'bekning asosiy ishlarini tarjimasi nashr qilindi.

Mirzo Ulug'bek tavalludi tantanalari YUNESKO tashabbusi ostida jahon miqyosida o'tkazildi. 1994 yilning 13-16 oktabr kunlari Toshkent va Samarqandda "Ulug'bek va uning jahon sivilizatsiyasiga qo'shgan hissasi" mavzusida xalqaro konferenyiya bo'lib o'tdi. Konferensiya ishida mamlakatimiz tadqiqotchilari qatorida AQSH, Fransiya, Hindiston, Turkiya, Germaniya, Rossiya, Ukraina, Markaziy Osiyo mamlakatlaridan olimlar qatnashdilar. Tadqiqotchilar o'z

chiqishlarida Ulug'bek va uning maktabi ilmiy faoliyatiga yuksak baho be^ilan ChiqisЫaг va ma'гuzalaг "Ulug'bekning 600 yilligi konferensiyasi materiallari" [3, B. 12] to'plamida o'z aksini topdi.

1994 yilning 15 oktabrida o'tkazilgan asosiy tadbiïda nutq so'zlagan O'zbekistonning biгinchi Pгezidenti I.Kaгimov shunday degan edi: "Bugun nasl-nasabimizni eslash va tiklash zamoni kelgan bir davrda, kelajagimizni qurayotgan Ыг vaqtda katta g'uirn va iftixor bilan aytishimiz mumkin: bizlarning tomirlarimizda Ulug'bek qoni bo^ yuгagimizda Ulug'bek rnhi baгhayotdiг". [4, B. 320].

Miïzo Ulug'bek tavalludining 600 yilligi 1994 yil aprelda Parijda, oktabrda Toshkent va Samarqandda tantanali ravishda nishonlandi va xalqaro konferensiyalar o'tkazildi. Shu yili Toshkentda Ulug'bek haykali o'matildi.

Miгzo Ulug'bek siymosi Pulkovo rasadxonasi, Moskva universiteti konferets zallarida dunyodagi mashhur olimlarning portretlari qatoridan joy olgan. Samarqandda Ulug'bekning memoгial muzeyi tashkil etilgan. Toshkentda O'zbekiston milliy univerateti, tuman, planetaгiy, ko'cha, mahalla, metгo stansiyasi, istiгohat bog'i, shaharcha Ulug'bek nomi bilan ataladi. Fa^'ona pedagogika universitetiga, Samarqand arxitektura qurilish institutiga, Kitob xalqaro kenglik stansiyasiga, qishloq, maktab va boshqalarga ham alloma nomi berilgan.

Xulosa qilib aytganda, Miгzo Ulug'bek jahon taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan buyuk alloma bo'lib, Temuriy^ davгida shakllangan Ikkinchi Rennessans g'oyalaгini amalga oshiгishda munosib hissa qo'shdi. Eng muhimi, TemuriylaT davrida Turkistondadagi tinch hayot taraqqiyotga shart-sharait yaratdi. Ya'ni urushlar deyarli Turkistondan tashqarida olib borildi. Bu esa ilm-fan taraqqiyoti uchun zamin bo'ldi.

Temrn- va temuriylaT davrida Sama^andda Miïzo Ulug'bek ilmi hay'at maktabi, Hiratda esa Boysung'uг akademiyasining musavvara janгi bo'yicha Hiгot, Samarqand, Buxoro maktablari va Akbar Badiiy akademiyasi turkiy milliy madaniyatning shon-shavkatini ko'reatar edi. Mafkuraviy jihatdan baholaganda, Amk Temuг va temuгiyzodalaгning tokiy til mavqeini ko'taгish uchun olib bo^an kuгashi, faqat ilmiy jihatdan, til, adabiyot, san'at jihatidan muhim bo'lib qolmay, millat sifatida shakllanishida, o'z taqdirini belgilash va milliy davlatchiligini yuksaltirishda favqulodda darajada muhim edi.

Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan Uchinchi Renessans poydevorini quгishda Miïzo Ulug'bek yaгatgan asarlaг g'oyaviy-ma'naviy asos bo'lib xizmat qiladi. Miïzo ulug'bekning ilmiy merasi yoshlami vatanpaгvarlik, tarixga huгmat, yurtga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalaydi. Shuningdek, uning tarixiy hayoti, shaxsi, asariari O'zbekistonni dunyoga mos ravishda rivojlantirishda, jamiyat a'zolarini

Yangi O'zbekiston g'oyasi asosida birlashtirishda tarixdagi bunyodkor g'oyalardan saboq olgan holda tarixiy bilimlarga e'tibor qaratishga undaydi.

Adabiyotlar:

1. Karimov I.A. Ulug'bek ruhi barhayot // Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-tom. Toshkent: O'zbekiston, 1996. 320 b.

2. Xalq so'zi. 1994, 20 mart.

3. Mirzo Ulug'bek tavalludining 600 yilligiga bag'ishlangan xalqaro ilmiy anjuman ma'ruzalarining materiallari. Toshkent-Samarqand, 1994 yil, 12-16 oktabr.

4. Karimov I.A. Ulug'bek ruhi barhayot // Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-tom. Toshkent: O'zbekiston, 1996. 320-bet.

5. Sanaqulov U., Handamova M., Mamaraimov Q. Amir Temur saltanatining donishmand varisi. - T.: "Navro'z", 2014. - 25 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.