Научная статья на тему 'MIRZO ULUG‘BEK – MA’RIFATPARVAR HUKMDOR'

MIRZO ULUG‘BEK – MA’RIFATPARVAR HUKMDOR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
108
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Kandaxarov A.X.

Dunyo astronomiya fani taraqqiyotida o‘rta asr Sharq astronomiyasi, jumladan, Markaziy Osiyo olimlarining faoliyati alohida o‘rin tutadi. Bu davrda, ayniqsa, Quyosh, Oy va sayyoralarning harakat nazariyasi, amaliy astronomiyaning vaqt va joyning geografik koordinatalarini aniqlashga doir masalalari bo‘yicha O‘rta Osiyo, xususan, o‘zbek allomalari juda boy meros qoldirdilar. Bu davrda musulmon mamlakatlarining yuzlab buyuk mutafakkirlari astronomiya, matematika va falsafa fanlari bo‘yicha tadqiqot ishlari bilan mashg‘ul bo‘ldilar. Ular ichida Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Nasr al-Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Umar Xayyom, Abu Mahmud Hamid al-Xo‘jandiy, Nasiruddin atTusiy, Mahmud al-Chag‘miniy, Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid Koshiy va Mirzo Ulug‘bek kabi mashur siymolar o‘z ijodlari, ilmiy meroslari bilan Markaziy Osiyo xalqlarininggina emas, balki dunyo xalqlarining boyligiga aylanib, bugun jahonning barcha ellari orasida hurmat bilan tilga olinadilar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MIRZO ULUG‘BEK – MA’RIFATPARVAR HUKMDOR»

MIRZO ULUG'BEK - MA'RIFATPARVAR HUKMDOR

Kandaxarov A.X. t.f.f.d. (PhD), dotsent.

O'zbekiston Milliy universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.11154052 Dunyo astronomiya fani taraqqiyotida o'rta asr Sharq astronomiyasi, jumladan, Markaziy Osiyo olimlarining faoliyati alohida o'rin tutadi. Bu davrda, ayniqsa, Quyosh, Oy va sayyoralarning harakat nazariyasi, amaliy astronomiyaning vaqt va joyning geografik koordinatalarini aniqlashga doir masalalari bo'yicha O'rta Osiyo, xususan, o'zbek allomalari juda boy meros qoldirdilar. Bu davrda musulmon mamlakatlarining yuzlab buyuk mutafakkirlari astronomiya, matematika va falsafa fanlari bo'yicha tadqiqot ishlari bilan mashg'ul bo'ldilar. Ular ichida Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg'oniy, Abu Nasr al-Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Umar Xayyom, Abu Mahmud Hamid al-Xo'jandiy, Nasiruddin at-Tusiy, Mahmud al-Chag'miniy, Qozizoda Rumiy, G'iyosiddin Jamshid Koshiy va Mirzo Ulug'bek kabi mashur siymolar o'z ijodlari, ilmiy meroslari bilan Markaziy Osiyo xalqlarininggina emas, balki dunyo xalqlarining boyligiga aylanib, bugun jahonning barcha ellari orasida hurmat bilan tilga olinadilar. Bosh astronomik asbobining aniqlik darajasi yuzasidan hammasidan ustun turadigan Ulug'bek rasadxonasi va uning maktabining ilmiy merosi o'rta asrlarda astronomiyaning fan sifatida shakllanishida muhim bir bosqichni boshlaganligini dunyo olimlari tan oladilar. Xususan, Buyuk Britaniyaning yirik siyosat arbobi, Parlamentning Lordlar palatasi a'zosi Muhammad Iltaf Shayx o'z ma'ro'zalaridan birida: "Agar Mirzo Ulug'bek hozir hayot bo'lganida, oyga o'zbeklar birinchi bo'lib safar qilgan bo'lardi. Al-Xorazmiy bo'lmaganida zamonaviy texnologiyalar ham bo'lmas edi. Ibn Sino asarlari asosida yevropa tibbiyotni o'rgangan. Biz radikallashuvga O'zbekiston madaniyati va ma'rifati bilan qarshi kurashishimiz kerak. Sizlar Imom Buxoriy hadislarini ingliz tiliga tarjima qilib, sharhlab bering. Biz bu kitoblar bilan jaholatga qarshi kurashamiz"[6, B. 3],- deb alohida ta'kidlab o'tishi xam bejiz emas, albatta. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda biz bugun ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan va bizgacha yetib kelgan bebaho tarixiy, ilmiy va ma'naviy meroslarimizni o'rganishimiz, tadqiq etishimiz va kelgusi avlodlarimizga ularning mazmun mohiyatini ochib berishimiz bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Bu masalada Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning: "Tarixiy merosni asrab-avaylash, o'rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish ham davlat

siyosatining eng muhim ustuvor yo'nalishlaridan biridir"[7, B. 2],- degan fikrlari muhim ahamiyat kasb etadi.

Ikkinchi Sharq Uyg'onish davri - XIV-XVI asrlardagi ikkinchi "Temuriylar Renessansi" dir. Bunda Mirzo Ulug'bek madrasasida matematika, astronomiya, fizika, kimyo, geodeziya, farmakologiya, tibbiyot, tarix, falsafa, adabiyot kabi ijtimoiy-gumanitar, aniq va tabiiy fanlarning o'qitilishi ikkinchi "Sharq Renessansi" ning vujudga kelishiga turtki bo'lgan. Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy, Ali Qushchi singari ko'plab mutafakkirlarimizning boqiy nomi va boy merosi nafaqat mintaqamizning ma'naviy rivojida, ayni vaqtda jahon sivilizatsiyasi tarixida muhim o'rin tutadi. O'rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining butun bir avlodi haqida so'z yuritar ekanmiz, Amir Temur va Temuriylar davri deb nom olgan davr haqida, nomi ilm-ma'rifat osmonida bamisoli yorqin yulduz bo'lib porlab kelayotgan Mirzo Ulug'bek xususida, ayniqsa uning ilmiy maktabi to'g'risida alohida tadqiqot olib borish ozim deb hisoblaymiz va ushbu fikrlar dissertatsiya mavzusining dolzarbligini belgilaydi.

Mirzo Ulug'bekning hukmronlik davri Vatanimiz tarixida O'rta Osiyo Uyg'onishi davrining ikkinchi bosqichiga to'g'ri keladi. Shu davrda hukmdor Amir Temur bunyodkorlik faoliyatining munosib davomchisi sifatida Mirzo Ulug'bek el hurmatini qozondi. Uning olim sifatida olib borgan faoliyatiga o'sha davrning olimlari ham yuksak baho bergan. Atoqli ijodkor Davlatshoh "Tazkirot ush-shuaro" nomli mashhur bayozida Mirzo Ulug'bekni olimlikning yuqori darajasiga ko'tarilganligi, ungacha hokimiyat tepasida podshoh-olim bo'lmaganligini ta'kidlanadi. Shuningdek Shamsuddin Ali ibn Jamolislom, Nizomiddin Shomiy, Shohobuddin Abdulloh ibn Lutfulloh al-Havofiy, Ibn Arabshoh, Sharafuddin Ali Yazdiy, Kamoliddin Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond va boshqa uning ilmiy faoliyatini yuksak baholaganlar.

Mirzo Ulug'bek o'sha davrning xususiyatlaridan kelib chiqib matematika, astronomiya, musiqashunoslik va tarix kabi fanlar sohalarida samarali ijod qilgan. Uning tarixiy qarashlari "Tarixi arba' ulus" (To'rt ulus tarxi) asarida bayon qilingan. Asar Mirzo Ulug'bekning ilmiy rahbarligi va shaxsan ishtirokida 1425 yilda yozilgan. Asarning yozilganligiga yarim asrdan ko'p vaqt o'tganligiga qaramasdan, tarixchi A.Ahmedovning fikriga ko'ra tadqiqotchilar tomonidan batafsil o'rganilamgan[1, B.41]. Buning asosiy sabablari asarning to'liq saqlanib qolmaganligi va qo'lyozma nusxalarining kamligi hisoblanadi. Bugungi kunga qadar ushbu asarning qisqartirilgan (majmu'a) matnda to'rtta nusxasi saqlanib qolgan. Ularning ikki nushasi Buyuk Britaniyada, birttadan nushalari Hindistonda va AQSh da saqlanadi[8, B.4].

Asar mo'g'illar saltanati (imperiyasi) tarixini o'rganishga bag'ishlanganlgi qayd etilgan. Lekin Temuriylar saltanati mo'g'illar davlati tarkibiga kirmaydi. Unda mo'g'illar va temuriylar saltanatlari tarixiga oid qimmatli ma'lumotlar mavjud desak to'g'ri bo'ladi. Shu bois, asar doimo tarixni o'rganiuvchilarning diqqat markazida bo'lib kelgan. Tarixchi olimlar Xondamir, Mirza Muhammad Haydar, Mahmud ibn Vali va boshqa tarixchilar undan keng foydalanganlar. Horijda ham Mirzo Ulug'bekning hayoti va faoliyati mavzusida Jon Grivs, Tomas Xayd, Frensis Beyli, L. Seydo, ye. Knobl, Yu.N. Marr, K.D. Dondua va boshqalar ilmiy asarlar va maqolalar chop etganlar.

Sovetlar davrida tarixga sinfiylik, partiyaviylik va marksistik mafkuraviylik asosida yondashuv Mirzo Ulug'bekning ijodiy faoliyatini holisona o'rganishga imkon bermadi. Mashhur rus tarixchisi V.V. Bartold "Tarix-i arba' ulus" asariga to'xtalib shunday yozadi: "Ulug'bekning bu asari bizgacha yetib kelmagan, lekin ba'zi manbalarda, xususan Xondamirning "Habib us-siyar" asarida undan olingan parchalar uchraydi. Bu parchalardan ko'rinib turibdiki, mo'g'ullar davlati tarixi muallif yashagan davrgacha bayon qilingan. Ammo muallif o'sha podshohliklar haqida to'la ma'lumot bermaydi, aksincha xonlarning nominigina qayd etish bilan kifoyalangan, xolos" Bundan tashqari asarning muallifi Mirzo Ulug'bek ekanligi ham shubha ostiga olingan»[3, B.163].

Sovetlar davri iskanjasi qanchalik shafqatsiz bo'lishiga qaramasdan milliy ziyolilarimiz tariximizni o'rganishda ilmiy tamoyillarga amal qilishga harakat qilgan. Ularning shijoati bilan Temuriylar saltanati tarixidagi "oq dog'lar" asta sekinlik bilan bartaraf etib borildi. Bunga I.Mo'minov, Ya.G'ulomov, A.Asqarov va boshqalarning ilmiy faoliyati yaqqol misoldir. Jumladan tarixchi olim B. Ahmedov asarning ilmiy ahamiyatiga yuqori baho berdi. "Mamlakatning Chingizxon istilosidan to Amir Temurning hokimiyatni egallagan davrga qadar kechgan tarixi biz uchun qorong'u. "Tarix-i arba' ulus"da keltirilgan ma'lumotlarni Sharafuddin Ali Yazdiyning "Muqaddima-yi Zafarnoma" va Mahmud ibn Valining "Bahr ul-asror"iga hamda arxeologiya fani qo'lga kiritgan ma'lumotlarga qo'shib o'rganilsa, shubhasiz, fandagi bu oq dog'ni yuvish mumkin"[8, B.14]. Bundan tashqari Mirzo Ulug'bekning tarixiy qarashlari, hozirgi davrgacha to'liq o'rganilmagan. Shu bois, mamlakatimizda yozilgan tarixiy manbalar qatorida "Tarix-i arba' ulus" asarining ahamiyati beqiyosdir.

Asarni ilmiy o'rganish orbiali hozirgi tarixiy manbalarda qayd etilgan ayrim ma'lumotlarga aniqlik kiritish mumkin. Masalan, O'zbekiston tarixi darsliklarida 1218 yilning bahorida Mahmud Yalovoch rahbarligidagi elchilar CHingizxonning Xorazmshohga yozgan maktubida "Sen menga farzanddek sanalgung" deb yozilgan. "Tarix-i arba' ulus" da 1219 yil "Uch elchi-yu besh yuz savdogar" dan tuzilgan

elchilikning Xorazmshohga olib borayotgan maktubida yuqorida qayd etilgan so'zlar yozilgan. Shuningdek manbalarda mo'g'ullar hujumi arafasida Xorazmshohlar davlati ichki ziddiyatlar keskinlashgan, ijtimoiy guruhlar oib borilayotgan siyosatdan noroziligi, markaziy hokimiyatning hududlarni nazoratini susaytirib yuborganligi, mahalliy hokimlar ichki boshqaruvda mustaqil ekanligi qayd etiladi. Mirzo Ulug'bek "Sulton Muhammad Xoazmshohning zamonida Movarounnahr mamlakati istilo qilindi. Eron va Turon davlati bag'oyat osoyishtalikda va solim edi" deb yozgan[8, B.126]. Yuqorida qayd etilgan ma'lumotlar asarni ilmiy o'rganish mo'g'ullar istilosi va hukmronligi davri tarixini yanada chuqurroq bilishimizga yordam beradi.

Mirzo Ulug'bek davlat boshqaruvida bobosi Amir Temur tomonidan shakllantirilgan tizimga deyarli o'zgarish kiritmagan bo'lsa-da, markaz va mahalliy boshqaruv tizimi yaxshilandi. Amir Temur davrida markaziy hokimiyatning mustahkamligi hukmdorning obro'siga tayangan bo'lsa, Mirzo Ulug'bek davrida u qonunchilik va musulmon huquqi an'analariga tayangan. E'tiborli jihati shundaki, qonunning ustuvorligi davlat idoralarining samarali faoliyat ko'rsatishiga shart-sharoit yaratgan.

Ayrim tarixiy manbalarda Mirzo Ulug'bekning siyosiy yetakchilik va sarkardalik iqtidoriga ega bo'lmagan olim hukmdor deb baholangan. Sovet tarixchisi V.V. Bartold Ulug'bekning iqtidori to'g'risida quyidagilarni qayd etgan, "Ulug'bekda, o'zining badiiy va ilmiy qiziqishlariga qaramasdan turkiylik hissi o'ta kuchli bo'lib, shuning uchun Temur davri harbiy-siyosiy an'analarini ko'z qorachig'iday asragan»[4, B.199]. Shohrux Samarqandni egallab Movarounnahrda Mirzo Ulug'bek hokimiyatni egallaganida uning hududi Samarqand, Nasaf va Buxoro viloyatlaridan iborat edi. U birinchi navbatda ulusni qayta tiklash uchun izchil kurash olib bordi. 1410 yilda Sirdaryoning o'ng sohilidagi yerlar, 1413 yilda Xorazm, 1414 yilda Farg'ona yerlarini qo'shib oldi, 1425 yilda Mo'g'iliston xoni SHermuhammadga zarba berib ulusning SHimoliy-SHarqiy chegaralarini kengaytirdi va xavfsizligini ta'minladi. Keyingi bosqichda uning faol tashqi siyosat olib bormaganligini mamalakatning hududiy yaxlitligi ta'minlanganligi bilan izohlash mumkin.

Mirzo Ulug'bek ma'rifatli hukmdor sifatida qo'shni davlatlar bilan yaxshi qo'shnichilik aloqalarini o'rnatgan. Mo'g'ilistonga 1420 yilda yurish boshlaganida to'satdan hukmdor Vaisxon nomidan Malik Islom boshchiligida mo'g'ul amirlari do'stlik aloqalarini o'rnatish uchun kelganligini hisobga olib Sirdaryodan o'tgan qo'shin chaqirib olinadi. Qo'shni davlatlardagi ichki vaziyat doimiy nazorat qilib borilgan. Yaxshi qo'shnichilik aloqalarini saqlab qolish uchun zarur bo'lsa, tinchlik aloqalarini saqlab qolishga xayrixoh talabgorning hokimiyatni egallashiga amaliy

yordam ko'rsatilar edi. Masalan, 1423 yilda Dashti Qipchoqda Baroqxonni taxtni egallashiga yordam berildi va qisqa muddat bo'lsa ham, mamlakatning shimoliy chegaralarida osoyishtalik o'rnatilgan[1, B. 9].

Mirzo Ulug'bek Samarqandda ilmiy maktab yaratib Movarounnahrning dovrug'ini jahonga yoydi. Bu maktab nafaqat o'quv muassasi, balki, o'sha davrning akademiyasi edi. Akademiyada 200 nafardan ortiq olimlar faoliyat olib borgan. Ularning qatorida fan rivojiga katta hissa qo'shgan Qozizoda Rumiy, G'iyosiddin Jamshid Koshiy va Alauddin Ali ibn Muhammad (ali-Qushchi) kabi mutafakkirlar bo'lgan. Samarqandda O'rta Osiyo tarixiga bag'ishlangan noyob tarixiy asarlar muallifi Hofizi Abro', mashhur tabib Mavlono Nasafiy, Sirojiddin Samarqandiy, Sakkokiy, Lutfiy, Badaxshiy kabi shoirlar yashagan[2, B.142].

Mirzo Ulug'bek asos solgan akademiyada matematika va astronomiya fanlari sohasida katta yutuqlarga erishildi. 1428 yilda Samarqandda ishga tushirilgan rasadxonada uning rahbarligida safdoshlari va shogirdlari tomonidan "Ziji Ko'ragoniy" (Ko'ragonning yangi astronomik jadvali) asari ijod qilindi. Asarda astronomiya faniga oid amalga oishirilgan ilmiy izlanishlar butun dunyo tomonidan tan olingan. Asar orqali Mirzo Ulug'bekning "fanlar abadiy, xalqlarning va dinlarning almashinuvi ularga ta'sir etmaydi" degan fikri qanchalik hayotiy ekanligi o'z isbotini topdi.

Mashhur ajdodimiz Mirzo Ulug'bekning Vatan oldidagi xizmatlari munosib taqdirlangan. "Bugun bizning mamlakatimizni, - degan edi Birinchi Prezident Islom Karimov, Mirzo Ulug'bekning 600 yilligini nishonlashga bag'ishlangan tantanali marosimda so'zlagan nutqida, - bizning salohiyatimizni tan olayotgan davlatlar va xalqlar bir narsani yaxshi anglamoqda: Ulug'bekday munosib farzandlari bo'lgan millat har qaysi zamonda va har qanday sharoitda ham yangidan-yangi g'oyalarni yaratishga va rivojlantirishga qodir xalqdir" [5, B. 199].

Mirzo Ulug'bekning 600 yilligi 1994 yili Parijda, keyinchalik Toshkent va Samarqandda keng nishonlandi, uning hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan xalqaro konferensiyalar o'tkazildi. Samarqand davlat me'morchilik-qurilish institutiga, Farg'ona davlat universitetiga, Toshkent davlat Milliy universitetiga Ulug'bek nomi berilgan. Samarqandda, rasadxona xarobalari yonida Ulug'bek nomidagi xotira muzeyi ishlab turibdi. Bu maskanda mutafakkirga bag'ishlab anjumanlar, tantanali marosimlar o'tkazilib turiladi.

Xulosa qilib aytganda, Mirzo Ulug'bek davlat arbobi, mutafakkir, olim sifatida Vatanimiz shuhratini jahonga namoyish qildi. Buyuk ajdodimiz bunyodkorlik, xalqlarga hurmat, tinchlik, ma'rifatparvarlik va ilm-fan taraqqiyoti sohasida erishgan beqiyos yutuqlari bilan xalqaro jamoatchilikning hurmatini qozondi.

Adabiyotlar:

1. Ahmedov A.Ulug'bek Muhammad Tarag'ay. - T., 2011.

2. Amir Temur jahon tarixida /Mas'ul muharrir X.Karomatov. - T., 2001.

3. Bartold V.V. Tyurki. Dvenadsat leksi po istorii tyuretskix narodov Sredney Azii. Almata. 1998.

4. Bartold V.V. Sochineniya, T 2. - M., 1964.

5. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T.2, - T., 1996.

6. Lord Muhammad Iltaf Shayx: "Agar Mirzo Ulug'bek hozir hayot bo'lganida, oyga o'zbeklar birinchi bo'lib safar qilgan bo'lardi. https://daryo.uz/2018/03/05/lord-muhammad-iltaf-shayx-ulugbek-hayot-bolganida-ozbeklar-birinchi-bolib-oyga-safar-qilardi/?utm source=FB/

7. Mirziyoev SH. Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi 43-sessiyasining ochilish marosimidagi nutqi // Xalq so'zi, 2016, 19 oktyabr.

8. Mirzo Ulug'bek To'rt ulus tarixi. - T., 1994.

9. Kandakharov, A. (2017). THE EDUCATION SYSTEM OF THE 16 TH CENTURY BUKHARA KHANATE. Himalayan & Central Asian Studies, 21(4).

10. Kandakharov, A. K. (2017). ANALYSIS OF SUFISM MISSION REPRESENTATIVES ACTIVITY OF CENTRAL ASIA IN THE XVI CENTURY BY THE SAMPLE OF WORK" LAMAHOT". Социосфера, (3), 25-3

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.