Научная статья на тему 'MIRZO ULUG‘BEK – O‘RTA ASRNING SIRLI TILSIMLARINI OCHGAN OLIM'

MIRZO ULUG‘BEK – O‘RTA ASRNING SIRLI TILSIMLARINI OCHGAN OLIM Текст научной статьи по специальности «Клиническая медицина»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по клинической медицине, автор научной работы — Ergashev H.Y.

Ilm fan – mamlakat taraqqiyotida beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan, millatning ko‘zgusi va unda xalqning aql – idrokini o‘zida namoyon etgan sohadir. Uning rivoji va taraqqiyoti yo‘lida ko‘plab shaxslarning qilgan mehnatini bugungi kunda biz kundalik hayotda foydalanayotgan imkoniyatlar orqali bilishimiz mumkin. Bu esa aniq, tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlar rivojining mahsulidir. Ma’lumki, bir shaxs ham aniq ham ijtimoiy fan rivoji yo‘lida ilmiy faoliyatolib organ shaxslar nihoytada kam ekanligini alohida qayd etish joizdir, chunki bu fan sohalari bir – biridan tubdan farq qilishini ko‘rishimiz mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MIRZO ULUG‘BEK – O‘RTA ASRNING SIRLI TILSIMLARINI OCHGAN OLIM»

MIRZO ULUG'BEK - O'RTA ASRNING SIRLI TILSIMLARINI OCHGAN OLIM

Ergashev H.Y.

o 'qituvchi,

Mirzo Ulug'beknomidagi O'zbekiston Milliy universiteti. https://doi.org/10.5281/zenodo.11159794 Ilm fan - mamlakat taraqqiyotida beqiyos ahamiyatga ega bo'lgan, millatning ko'zgusi va unda xalqning aql - idrokini o'zida namoyon etgan sohadir. Uning rivoji va taraqqiyoti yo'lida ko'plab shaxslarning qilgan mehnatini bugungi kunda biz kundalik hayotda foydalanayotgan imkoniyatlar orqali bilishimiz mumkin. Bu esa aniq, tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlar rivojining mahsulidir. Ma'lumki, bir shaxs ham aniq ham ijtimoiy fan rivoji yo'lida ilmiy faoliyatolib organ shaxslar nihoytada kam ekanligini alohida qayd etish joizdir, chunki bu fan sohalari bir - biridan tubdan farq qilishini ko'rishimiz mumkin.

O'zbekiston tarixi davlatchiligida bunday shaxslardan biri Muhammad Tarag'ay ibn Shoxruh ibn Temur Ulug'bek Ko'ragon bo'lib, u mamlakat hukmdori bo'lishi bilan qatroda, ilm-fan rivojida o'zi bosh bo'lganligi esa o'rta asrlarda kamdan-kam kuzatiladi. Uning hayoti va ilmiy faoliyatiga to'xtalib o'tadigan bo'lsak, 1394 yil 22 martda Eronning g'arbidagi Sultoniya shahrida Amir Temurning harbiy yurishlari paytida tug'ilgan. To'rt yoshidan boshlab uning tarbiyasi bilan buvisi Saroymulkxonim va bobosi Temur shug'ullanadilar. 15 yoshli Mirzo Ulug'bek Samarqand hokimi bo'ladi. Otasi Shohrux Mirzodan so'ng Xuroson davlatini ham o'zi boshqaradi. U tarixda matematik, astronom, ilm-fan va madaniyat homiysi sifatida nom qoldirdi. Mirzo Ulug'bek riyoziyot, falakiyot, musiqashunoslik va tarix ilmlari sohasida qalam tebratgan olim. "Tarix-i arba' ulus" esa, u yaratgan asarlar orasida alohida o'rin tutadi. Ulug'bekning eng xayrli ishlaridan biri - bir vaqtning o'zida uchta shaharda - Samarqand, Buxoro va G'ijduvonda madrasa, ya'ni o'sha davrning oliy o'quv yurtini barpo etganligidir. Samarqandda buning uchun u bozor maydonini tanlaydi va 1417 yili bu yerda madrasa qurilishini boshlab, uni 1420 yili tugatdi.[1]

Rasadxonaning balandligi o'n qavatli imoratga teng, uning sekstanti - vaqtni aiq ko'rsatuvchi asbobi 175 ta pog'onadan tashkil topgan edi. Hozirgi zamon olimlarining fikriga qaraganda, Ulug'bek rasadxonasi o'zining kuzatish qobilyati va hisobi aniqligi bilan teleskop kashf qilinguiga qadar astronomiya fanida erishillgan yutuqlarning eng yuqori bosqichida turgan. Rasadxonada Ulug'bek, uning shogirdi Ali Qushchi, Chalabiy va boshqa olimlar chorak asrdan ziyod kuzatish yuzasidan ilmiy tekshirish ishlarini olib borganlar. Ulug'bek bir yilni 365 kun, olti soat, 8

minut, 12 sekund muddatida aniqlagan, hozrgi zamon hisobidan faqat 58 sekund miqdorda adashgan, xolos!

Mirzo Ulug'bekning yulduzlar harakatiga doir "Ziji Ko'ragoniy" asari o'rta asr ilmi nujum va handasa fanlari sohasidagi buyuk ilmiy yutuq hisoblanadi. Buyuk donishmand, olim va mutafakkirning bu asari "Din tuman kabi tarqalib ketadi, podshohliklar halokatga yuz tutadi, ammo olimlarning asarlari abadiy qoladi" degan otashin so'zlar bilan boshlanadi. Samarqandga kelib, olimning qurdirgan rasadxonasi va "Ziji Ko'ragoniy" asari bilan tanishgan Alisher Navoiy o'zining "Hamsa"sida Mirzo Ulug'bek nomini zo'r ehtirom bilan tilga oladi va u qoldirgan bu ilmiy obida haqida iliq so'zlar aytadi: Temurxon naslidin Sulton Ulug'bek Ki olam ko 'rmadi sulton aningdek Rasadkim bog 'lamish-zebi jahondir, Jahon ichra yana bir osmondir. Bilib bu nav' ilmi osmoniy Ki andin yozdi "Ziji Ko 'ragoniy". Qiyomatga dekincha ahli ayyom, Yozorlar aning ahkomidin ahkom [2].

Mirzo Ulug'bek fanning ko'p sohalari, xususan matematika, falakiyot, musiqashunoslik va tarix ilmlari bo'yicha zabardast olim, olm-fan, madaniyatning ulkan homisi sifatida adab ul - abad tarixda qoldi. Ulug'bek Samarqandda hokim bo'lishi bilan, Hirotda o'z atrofiga ruhoniylarni to'plab olgan otasi Shohruxdan farqli o'laroq, u Samarqandga olimlarni, shoir va me'morlarni to'playdi. Lekin bundan ilm-ma'rifat faqat Samarqandda bo'lgan, degan xulosa kelib chiqmaydi. O'sha davrning yetuk olimi Abdurazzoq Samarqandiyning aytishicha, Samarqand bilan nir qatorda Hirot ham Ulug'bek va Shohrux davrida Sharqning yirik madaniyat markaziga aylanadi. Albatta, bunda eng avvalo Ulug'bek hokimligi davridagi tarraqiyparvar yangiliklar butun o'rta asr madaniyati tarixida ulkan ahamiyat kasb etdi. U qadimgi yunon olimlaridan Platon (Aflotun), Aristotel (Arastu), Gippart (Ibbarxus) va Ptolomey (Batlimus)larning asralarini va o'z vatandoshlaridan Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Xorazmiy va Nasriddin Tusiylarning asarlarini tahlil qilgan edi. Rus akademigi V.V.Bartoldning aytishicha, "islom olamida Ulug'bekkacha hech bir podshoh olim bo'lmagan" Tarixda ko'p musulmon hokimlari olimlarga homiylik qilib, ularning ilmiy izlanishlariga sharoitlar yaratib berganligi ma'lum. Biroq, ularning barchasidan farqli o'laroq, Ulug'bekning o'zi jiddiy astronom va matematik bo'lib, o'z atrofîdagi olimlar bilan hamkorlikda ijod etgan. [3]

Ulug'bekning ilmiy merosini keyingi davrda ko'plab olimlar tomonidan o'rganilib borildi, xususan, Oksford universitetining professori Jon Grivs (16021652) "Ulug'bek zijji"ni Yevropada birinchi bo'lib tadqiq etdi. Astronom va matematik, Sharq xalqalri tillarini yaxshi bilgan Jon Grivs Yevropa yirik olimlarining - Kopernik, Regiomontan, Prubax, Tixo Brage, Kepler asarlari bilan bir qatorda yunon, arab va fors astronomlarining asarlarinin ham o'rgandi. Oksford universiteti professori kutubxonasi xodimi, sharqshunos va tarjimon Tomas Xayd (1636 - 1703) "Ulug'bek ziji"idan 1018 yulduzni o'z ichiga olgan to'la katalogni bosmaga tayyorlab, "Ulug'bek kuzatishlari bo'yicha qo'zg'almas yulduzlarning kenglama va uzunlamalari jadvallari" nomi bilan fors va lotin tillarida chop ettirdi. Xaydning ishi Grivs tadqiqotlariga bog'liq bo'lmagan holda amalga oshirilib, Oksford kutubxonalarida saqlanayotgan uchta qo'lyozmalarga asoslangan edi.[4]

Mirzo Ulug'bek tomonidan barpo etilgan rasadxona va unda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar o'z davri uchun katta yangilik edi, lekin oradan vaqt o'tib bunyod etilgan ushbu imoratlar o'z ahamiyatini yo'qotgan edi. Natijada, ulardan uzoq vaqt davomida foydalanilmagani sabab, u qum buhronlari ostida qolib ketib, tarix sahnasidan sekinlik chiqib bordi. Yuqorida qayd etilgan ma'lumotlar esa alloman ilmiy ishlarining ahamiyati ortib borishi natijasida rasadxonaning joylashgan o'rni va uning qay darajada ilmiy talablarga javob bera olganligi borasida ko'plab ishlar olib borldi. O'tgan asrning 30-yilaridan boshlab rasadxona joylashgan o'rnini topishga harakat qilganlar. Ularning ba'zilari Tillakori madrasasidagi silindirsimon gumbazni rasadxona qoldig'i deb xulosa chiqarishga moyil bo'la boshladilar. Bu madrasa Samarqandning Registon maydonidagi Ulug'bek madrasasining yonginasida edi. Atoqli venger sharqshunosi Arminiy Vamberi (1832 - 1913) turk darveshi qiyofasida 1863 yilda Samarqandga kelib, rasadxona Ulug'bek madrasasining ichida bo'lgan, deb taxmin qilgan Rasadxona o'rnini qidirishga rus tarixchi, shaqrshunos olimlari bilan birgalikda, 1873 yili tuzilgan Toshkent rasadxonasi astronomlari ham ishtirok eta boshladilar. Ulug'bek rasadxonasining joyini aniqlashdek murakkab masalani samarqandlik atoqli arxeolog V.L.Vyatkin (1869-1932) hal qildi [3].

Mustaqillik yillarida Mirzo Ulug'bekning ilmiy merosini o'rganish, tadqiq etish va ommalashtirish borasida ko'plab ishlar amalga oshirilib borilmoqda. Bu paytda tariximizning ko'plab shaxslarini o'rganish ishlari borilganligi va bu hozirga qadar davom etib kelayotganligi barchamiz ma'lumdir. 1994 yilda Ulug' o'zbek olimi, munajjim, matematik, fizik, me'mor, temuriylar sulolasining munosib davomchisi, yirik davlat arbobi Muhammad Tarag'ay — Ulug'bek (Mirzo Ulug'bek) tavalludiga 600 yil to'lishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasida Mirzo Ulug'bek yili deb e'lon qilindi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta'lim, fan va madaniyat sohasidagi tashkiloti (YUNESKO) Bosh konferensiyasining 27-sessiyasi qaroriga ko'ra Mirzo Ulug'bek yubileyi jahon qadriyatlari ro'yxatiga — 1994-yilda dunyo miqyosida nishonlanadigan bayramlar qatoriga kiritilgani va shu munosabat bilan tashkil etiladigan xalqaro tadbirlarni hamda respublikada olib borilgan ulkan xayrli ishlar amalga oshirildi [5].

Mustaqillik yillarida olim va davlat arbobi hisoblangan Mirzo Ulug'bekning nomini abadiylashtirish va uning ilmiy merosini o'rganish, uning ilmiy saviyasini xalqimizga tanitish borasida ko'plab ishlar olib borildi, xususan,

Respublikamizda nufuzli oliy o'quv yurti sanalgan Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O'zbekiston Milliy universiteti)ga birinchi prezidentimiz taklifi bilan Mirzo Ulug'bek nomini berilishi ham ushbu insonga hurmat va e'tibor na'munasidir. Bundan tashqari allomaning nomini abadiylashtirish maqsadida O'zMU Tarix fakultetning professor-o'qituvchilari tomonidan ham ko'plab ishlar olib borilmoqda. Jumladan, oliming hayoti va ilmiy faoliyatiga bag'ishlangan film hamsuratga olingan bo'lib, ushbu hujjatli film o'zbek va xorijlik kinoustalar tomonidan suratga olinganligi ham diqqatga sazovordir, aynan ushbu filming ssenariysini esa fakultetning "O'zbekiston tarixi" kafedrasi katta o'qituvchi Abror Muminovich Hidirov tomonidan yozib berilganligi katta ahamiyatga egadir. Ushbu film xorijda bo'lib o'tgan xalqaro kinofestevalda yuqori o'rinni egallaganligini eslab o'tish ham joizdir. Ushbu filming nomi esa "Osmon oqiga qo'yilgan narvo" bo'lib, oliming astronomik kuzatishlariga oid ma'lumotlar ham qayd etilganligi, ining yuqori ilmiy saviyasini ochib berishda xorijlik kinoustalarining ham mahoratidan foydalnish [6]. Darhaqiqat aynan Milliy Universitetning Mirzo Ulug'bek nomining berilishida ham bir ajib ma'no mavjudligidan dalola beradi. Universitetning Tarix fakulteti professor - o'qituvchilari, xususan, "O'zbekiston tarixi" kafedrasi tashabbusi bilan so'ngi yillarda allomaga bag'ishlab tashkillashtirilayotgan xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyalarning o'rni va ahamiyatini ta'kidlab o'tish joizdir. Bunda allomaning ilmiy mersosining bugungi kundagi ahamiyati va uni tadqiq etishning eng ilg'or usullaridan foydalanish borasida o'zaro kelishuvlarga erishilib borilayotganligi, alloma ilmiy merosini ommalashtirishda ham bobomizga bo'lgan hurmat va e'tibor belgisi desak mubolag'a bo'lmaydi

Adabiyotlar:

1. Мирзо Улугбек. Турт улус тарихи. Форс тилидан Б.Ахмедов, Н. Норкулов ва М. Х,асанийлар таржимаси. Тошкент. Чулпон нашриёти. 1994 й. - Б. 3.

2. Норкулов Н. Темурийлар даври маданияти тарихидан лавхалар. -Урганч. Хоразм нашриёти. 1996. - Б.13.

3. Ахмедов А. Улугбек (хдёти ва фаолияти) (1394 - 1449). - Тошкент. Узбекистон ССЖ. ФАН. 1991. - Б.49.

4. Шчеглов В.П. Улугбек расадхонаси. - Тошкент. Узбекистон ССР. Фан нашриёти. 1980. - Б.8.

5. https://lex.uz/docs/-196013/ /1994 йилни Мирзо Улугбек

йили деб эълон этиш тугрисида / Тошкент ш.,1994 йил 19 март, ПФ-796-сон. (Хужжат кучини йукотган 30.04.2021)

6. Toshkent Amaliy Fanlar Universitetining Tarix fakulteti dekani, katta o'qit. A.M.Hidirov bilan suhbatdan. 16.04.2024-yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.