"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr
O'ZBEKISTON TA'LIM TIZIMIDA MUSTAQIL TA'LIMNI FIN TA'LIM TIZIMI ASOSIDA TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH Shukurillo Yuldashev Abdulhoshim o'g'li
Xalqaro Nordik Universiteti ilmiy xodim https://doi.org/10.5281/zenodo.10159467 Annotatsiya. Mustaqil ta 'lim mustaqil ishi - muayyan fandan o'quv dasturida belgilangan bilim, ko'nikma va malakaning ma'lum bir qismini talaba tomonidan fan o'qituvchisi maslahatlari va tavsiyalari asosida auditoriyada va auditoriyadan tashqarida o'zlashtirilishigayo'naltirilgan tizimlifaoliyatdir. Ushbu tezisda mustaqil ta'limni tashkiletishdafin ta'lim tizimidanfoydalanish yo'llari haqidagi ma'lumotlar jamlangan.
Ka'lit so'zlar: mustaqil ta'lim. o'quv dastur, malaka, ko'nikma, model.
KIRISH. Hozirgu kunda respublikamiz ta'lim tizimda kredit modul tizimi joriy etilgan. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahakamasining 2020-yil 31-dekabrdagi "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonlarini tashkil etish bilan bog'liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori asosida "Oliy ta'lim muassasalarida o'quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to'g'risida" NIZOM tasdiqlangan. Mazkur Nizomda esa kredit-modul tizimiga oid asosiy tushunchalar berib o'tilgan [1]. Kredit-modul tizimi asosiy vazifalaridan biri bu - ta'lim jarayonida mustaqil ta'lim olishning usulini oshirish deb ta'kidlangan [2]. Mustaqil ta'lim mavzusi talabalar mustaqil o'rganadigan ma'ruza va seminar mashg'uloti mavzulalaridan iborat bo'ladi. Mustaqil ta'lim talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlashga mavzularni tushunishg qobiliyatini maksimal darajada rivojlanishiga, umumiy dunyoqarashlini kengaytirishga yordam beradi. Mutaxassislar tayyorlash tizimini tubdan qayta qurishda, o'quv-tarbiya jarayonining ahamiyatini oshirishda talabalarning mustaqil ishlari muhim o'rin egallaydi. Tahlillar shuni ko'rsatadiki, mustaqil ishlar deganda shunday o'quv faoliyati tushuniladiki, unda bilimlar egallanishi bilan birga, ko'nikmalar shakllantirish ham mustaqil tashkil etilishi ta'minlanadi. mustaqil ishlar o'qitishning eng muhim metodi bo'lib, unda talabalar mashg'ulotlarga tayyorlanish, olingan bilim, malaka va ko'nikmalarni mustahkamlash jarayonida ularning individual faolligi oshadi. Mustaqil ishlarni samarali tashkil etishning asosiy shartlari quyidagilardan iborat: mustaqil ishlarning ilmiyligi, uning tadqiqiy xarakteri; mustaqil ravishda o 'z bilimlarini yanada oshirib borishga bo 'Igan ehtiyojning shakllanishi; mustaqil ishlar vazifalarini individuallashtirish; mustaqil ishlarni tashkil etishga metodik rahbarlik qilish
Mustaqil ta'limning asosiy metodi adabiyotlar ustida individual ishlashdir. Bu metod axborotlar oqimida eng muhim axborotni topish, unga to'g'ri baho berish, ushbu axborotdan o'zining kasbiy faoliyatida foydalanish malakasini shakllantiradi. Qo'lga kiritilgan axborotlar asosida mustaqil mashq qilish metodlaridan foydalanish imkonini beradi. Bu metoddan foydalanish amaliy faoliyatida zarur bo'ladigan sifat ko'rsatkichlarini ta'minlaydi. Talaba mustaqil ravishda shug'ullansa va o'z ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o'zlashtirishi mumkin. Talabalarning asosiy bilim, ko'nikma va malakalari mustaqil ta'lim jarayonidagina shakllanadi, mustaqil faoliyat ko'rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish paydo bo'ladi. Mustaqil ta'limning asosiy maqsadi pedagog-xodimning rahbarligi va nazorati ostida talabada muayyan o'quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bo'lgan bilim va ko'nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdir. Mustaqil ta'limning vazifalari quyidagilardan iborat:
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr
- kerakli ma'lumotlarni izlab topish, bilim olish va uni mustahkamlashning qulay usullari va vositalarini aniqlash;
- axborot manbalari va manzillaridan samarali foydalanish;
- an'anaviy o'quv va ilmiy adabiyotlar, me'yoriy hujjatlar bilan ishlash;
- elektron o'quv adabiyotlar va ma'lumotlar banki bilan ishlash;
- yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o'zlashtirish ko'nikmalariga ega bo'lish;
- Internet tarmog'idan maqsadli foydalanish, berilgan topshiriqningratsional echimini belgilash;
- ma'lumotlar bazasini tahlil etish;
- ish natijalarini ekspertizaga tayyorlash va ekspert xulosasi asosida qayta ishlash, topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondoshish;
- ishlab chiqilgan yechim, loyiha yoki g'oyani asoslash va mutaxassislar jamoasida himoya qilish.
2020 yil 6 noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g"risida" [3]gi farmoni qabul qilingan edi. Farmonda maktab ta'limi bo'yicha ilg'or davlatlar tajribasini, xususan Finlyandiya ta'lim tizimining o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish vazifasi yuklatildi. Davlatimiz rahbari tomonidan aynan Finlyandiyani misol qilib ko'rsatilgani bejizga emas [4]. Ushbu mamlakat ta'lim sifatini baholash bo'yicha o'tkazilgan xalqaro tadqiqotlardagi o'z muvaffaqiyatlari bilan ajralib turadi. Fin o'quvchilari PISA tadqiqotidagi barcha yo'nalishlarda savodxonlik va ta'lim tengligi ko'rsatkichlari bo'yicha eng yaxshi natijalarga erishgan. Finlandiya ta'lim tajribasini o'rganish uchun yurtimizda qator seminar-uchrashuvlar tashkil etilgan. 2020-yil 25-noyabr kuni Onlayn uchrashuv bo'lib o'tgan. Xalqaro onlayn uchrashuvda, O'zbekistondan: bosh vazir o'rinbosari Behzod Musayev, Ta'lim inspeksiyasi boshlig'i Ulug'bek Tashkenbayev, Tashqi ishlar vazirligi, Maktabgacha ta'lim, Xalq ta'limi hamda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirliklari mutasaddilari ishtirok etishdi. Finlandiya tomonidan esa: Finlandiyaning O'zbekistondagi favqullotda va muxtor elchisi Liivala Marja xonim, Tashqi ishlar vazirligi ta'lim bo'yicha elchisi Sall Marana xonim, Ta'lim vazirligi va Milliy ta'lim agentligi mutasaddilari qatnashdi. Xalqaro onlayn uchrashuvda, bosh vazir o'rinbosari Behzod Musayev O'zbekistonda ta'lim tizimini isloh qilishda Finlyandiyadek bilan yaqindan hamkorlik qilish muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidladi. O'z navbatida, Finlyandiyaning O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Marja Liivala xonim uchrashuv tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirib, bu kabi tadbirlar Finlyandiya uchun ulkan g'urur baxsh etishini va ushbu hamkorlik ikki tomon uchun ham manfaatli ekanligini ta'kidladi. Shuningdek u : — Finlyandiya ta'lim sohasi uchun juda katta mablag' ajratdi, — dedi u, jumladan. — Bu jarayonda yuqori malakali o'qituvchilar muhim ahamiyat kasb etdi. O'qituvchilik Finlyandiya jamiyatida nufuzli kasblardan biri sanaladi. Yoshlarning juda ko'pchiligi ushbu kasbni egallashga intiladi. Ta'lim tikilgan mablag'lar mamlakatni noqulay iqlimiga qaramasdan, nochor davlatdan bilimga asoslangan iqtisodiyotga ega, yashash darajasi yuqori bo'lgan mamlakatlardan biriga aylantirdi. O'zbekistonda ham o'sib kelayotgan yosh avlod ijobiy o'zgarishlar va cheksiz cheksiz imkoniyatlarni namoyish qilmoqda [5]. Ta'lim sifatini baholash bo'yicha o'tkazilgan xalqaro tadqiqotlarda Finlandiya ta'lim tizimi har tomonlama eng yetuk deb tan olingan. Fin o'quvchilari ham ta'lim sifati bo'yicha eng yaxshi natijalarga erishib kelmoqda. Finlyandiyaning asosiy ta'lim to'g'risidagi qonunida (1998 yil) Finlyandiya ta'limining uchta asosiy maqsadi belgilab berilgan:
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr
- O'quvchilarga hayotda zarur bo'lgan bilim va ko'nikmalarni berish;
- Jamiyatda rivojlanish va tenglikni targ'ib qilish hamda;
- Butun mamlakat bo'ylab ta'lim sohasida tenglikni ta'minlash.
Fin tajribasi asosida yurtimizda yangi o'quv-qo'llanmalar va darsliklar chop etildi [6]. XULOSA. Hozirgi kunga kelib O'zbekiston ta'lim tizimida ko'plab o'zgarishlar sodir bo'ldi. O'rta-maxsus ta'lim tizimimiz uchun foydali bo'lgan, fin modeli asosida darsliklar foydalanish uchun topshirildi. Kelajak poydevorlari bo'lmish yosh avlodimiz darsliklar asosida yetuk kadrlar bo'lib yetishishiga ishonch bildirilmoqda.
Fin modeli asosida Oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun ham foydali jihatlari ancha katta hisoblanadi. Ushbu tezisning asosiy mazmuni ham shundan iborat. Oliy ta'lim muassasalarida talabalarning mustaqil ta'limni tashkil etishda fin ta'limini qo'llash ancha foydali demakdir. Finlandiya ta'lim tizimini o'rganish maqsadida Xalqaro Nordik Universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori O.A.Qo'ysinov boshchiligda ishchi guruh shakllantrildi. Respublikamiz olmlari bilan shakllangan guruh FInlandiya ta'lim tizimini o'rganish maqsadida Finlandiyaning yuqori reytinglarida turuvchi Oliy ta'lim muassasalari joylashgan shaharlarida bo'lib qaytishdi. O'rganilgan tajribalar asosida respublikamiz oliy ta'lim muassasalari talabalarinig mustaqil ta'limini Fin modeli asosida tashkil etish takliflari berildi. Finlandiyaning Kareli amaliy fanlari universitetida talabalarning mustaqil ta'limi uchun katta e'tibor qaratilgan. Mustaqil ta'lim topshiriqlari talabalarga kichik guruh sifatida taqdim etiladi. Bundan ko'rinib turibdiki, talabalar topshiriqlarni kichik guruhlar asosida bajarib kelishadi. Bu esa ularda jamoaviy harakatlanish, izlanish va jamoa bo'lib rivojlanish kompitentligini oshiradi. Baholash tizimi ham huddi shunday bo'lib, talabalarning bajarib kelgan topshiriqlari uchun jamoaviy baholanadi. Ya'ni guruh ichida dangasa talabani ham izlanishga va dars qilishga undaydi. Huddi shunday metodikani ham respublikamiz oliy ta'lim talabalariga ham qo'llash talabalar uchun katta qulaylik hamda keng imkoniyatlar olib keladi.
REFERENCES
1. O. R. V. M. qarori, «O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 31.12.2020 yildagi 824-son,» O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 31.12.2020.
2. M. S. Sherzod Mustafoqulov, «„Kredit-modul tizimiga o'tish nima uchun kerak? Maqsad, mohiyat va afzallik",» Xalq so'zi (05 avgust 2020)., 7-sentyabr 2023-yil..
3. O. R. P. 0. y. PQ-4884-son, «O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 06.11.2020 y. PQ-4884-son "Ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo„shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Qarori,» "Ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo„shimcha chora-tadbirlar to'g'risida, 06.11.2020.
4. I. S. Mamirovich, «Finlyandiya Va O'Zbekistonda Ta'Lim Tizimini Sifatini Solishtirma,» Miasto Przyszlosci, p. 347, 2022.
5. X. S. GAZETASI, «Узбекистан нима учун Финляндия таълим тажрибасини танлади? — Онлайн мулокот булиб утди. XALQ SO'ZI GAZETASI 26.11.2020,» XALQ SO'ZI GAZETASI, 26.11.2020 .
6. https://uz.wikipedia.org/wiki/Kredit-modul_tizimi#cite_note-:0-1.