Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON SHAROITIDA BOZOR IQTISODIYOTINING RIVOJLANISH JARAYONIDA RAQOBAT VA MONOPOLIYANING ROLI'

O‘ZBEKISTON SHAROITIDA BOZOR IQTISODIYOTINING RIVOJLANISH JARAYONIDA RAQOBAT VA MONOPOLIYANING ROLI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Iqtisodiyot / tizimlar / ehtiyoj / bozor / raqobat / monopoliya / resurslar.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Berdaliyev Javohir

Hozirgi kunda ko’plab mamlakatlarda amal qilayotgan tizim bu Bozor iqtisodiyotidir. Bozor iqtisodiyoti ham monopoliya, ham raqobatga asoslangan bo’lishi hammamizga ma’lum. Ushbu tezisda bozor iqtisodiyotida raqobat va monopoliyaning farqi, raqobatning monopoliyadan ustun jihatlari haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON SHAROITIDA BOZOR IQTISODIYOTINING RIVOJLANISH JARAYONIDA RAQOBAT VA MONOPOLIYANING ROLI»

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS ANO SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, o-8 MAv 2004 www.in-academy.uz

O'ZBEKISTON SHAROITIDA BOZOR IQTISODIYOTINING RIVOJLANISH JARAYONIDA RAQOBAT VA MONOPOLIYANING ROLI

Berdaliyev Javohir

O'qituvchi, Toshkent amaliy fanlar universiteti, Gavhar ko'chasi 1-uy, Tashkent 100149, O'zbekiston

(jberdialiyev@mail.ru) https://doi.org/10.5281/zenodo.13326021 Annotatsiya: Hozirgi kunda ko'plab mamlakatlarda amal qilayotgan tizim bu Bozor iqtisodiyotidir. Bozor iqtisodiyoti ham monopoliya, ham raqobatga asoslangan bo'lishi hammamizga ma'lum. Ushbu tezisda bozor iqtisodiyotida raqobat va monopoliyaning farqi, raqobatning monopoliyadan ustun jihatlari haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: Iqtisodiyot, tizimlar, ehtiyoj, bozor, raqobat, monopoliya, resurslar.

KIRISH

Tarixiy ma'lumotlarni o'rganish, ularni tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, insonlar har doim o'z ehtiyojlarini qondirish uchun harakat qilishgan. Ehtiyojlar nafaqat insonlar, balki oilalar, xonadonlar, kichik korxonalardan tortib katta firmalargacha harakatga keltiradi. Hatto katta mamlakatlar hukumatlari ham xalq ehtiyojlarini imkon qadar qondirishni o'z oldiga maqsad qilib olgan desak mubolag'a bo'lmaydi. Insonehtiyojlari turlicha va ular o'zgarib turadi. Inson ehtiyojlari cheksiz, ammo resurslar cheklangan. Ya'ni inson ehtiyojlarini har doim ham to'liq qondirib bo'lmaydi. Ehtiyojlarni qondirish uchun bo'lgan harakatlar davomida iqtisodiy tizimlar yuzaga kelgan. Iqtisodiyotda 3 ta asosiy tizim mavjud. Bular: An'anaviy iqtisodiyot, Ma'muriy buyruqbozlik iqtisodiyoti, Bozor iqtisodiyoti.Biz hozir ko'rib chiqadigan iqtisodiy tizim bu bozor iqtisodiyotidir. Bozor -bu sotuvchilar va haridorlar o'rtasida erkin ayirboshlash, sotish yoki sotib olish tizimi hisoblanadi. Bozor iqtisodiy tizimining ham ikki bo'g'ini mavjud bo'lib, bulardan birinchisi Erkin bozor iqtisodiyotidir.1 Erkin bozor iqtisodiyotida iqtisodiyotga davlatning hech qanday aralashuvi bolishi kerak emas,davlat faqat ijtimoiy masalalar bilan shug'ulllanishi kerak degan tushuncha mavjud edi lekin vaqt o'tishi bilan bu fikrlar tasdig'ini topmay qoldi, chunki erkin bozor iqtisodiyotida katta firmalar borgan sari kattalashib kichik firmalar yo'qolib keta boshladi. Oqibatda iqtisodiyotda tobora raqobat kamayib keta boshladi. Shundan so'ng esa Bozor iqtisodiyotining ikkinchi bo'g'ini bu Aralash bozor iqtisodiyoti vujudga keladi. Aralash bozor iqtisodiyotida davlat kichik korxonalar yo'q bolib ketmasligi uchun ko'maklashadi. Kattalarini imkon qadar rivojlanishini sekinlashtirib, kichiklarini unga yetkazib olishga urinadi.Bugungi kunda eng ko'p foydalaniladigan iqtisodiy tizim bu Aralash bozor iqtisodiyotidir. Aralash bozor iqtisodiyoti raqobatga asoslangan ammo bugungi kunda ham bozor iqtisodiyotida monopolistik korxonalar mavjud. Bunga ''O'zbekgidroenergo'', "Uzavto" Aksiyadorlik jamiyatini misol qilib olsak bo'ladi.Raqobat -bu

korxonalar o'rtasidagi sifatga, minimum narxga, servis xizmatiga, reklama, yangiliklarga bo'lgan intilish hisoblanadi. Monopoliya esa, biror bir soha yoki yo'nalishda bozorda yagona bo'lgan korxona hisoblanadi. Raqobatning foydali taraflari juda ham ko'p. Raqobatga asoslangan bozorda sotuvchilar ham haridorlar ham ko'pgina topiladi. Sotuvchilar ko'p bo'lganligi uchun ham ular har tomonlama ustun bo'lishga harakat qilishadi. Ham narxlarni arzonroq qilishga, ham sifatni takomillashtirishga, ham mahsulotning dizayniga ham e'tibor qaratishadi . Bundan ko'zlangan asosiy maqsad bozorda o'z o'rnini egallash va iste'molchilarini yo'qotmaslik hisoblanadi. Narxni talab va taklifning kesishish nuqtasi belgilaydi. Bunga misol qilib yurtimizdagi katta bozorlarni, masalan Qo'qon bozorini olsak bo'ladi. Chunki unda hamma tovarni turli xilidan, istaganinggizdan topa olasiz. Monopoliyada esa bundan boshqacharoq, ya'ni iste'molchilar soni ko'p lekin yetkazib beruvchilar soni bitta holos. Shuning uchun ham monopoliyada taklif bo'lmaydi, sifat va dizaynga ham unchalik e'tibor bermaydi. Bu turdagi iqtisodiyotda ham narxni aholi imkoniyatlaridan kelib chiqib belgilanadi. Aholida esa boshqa imkoniyat bo'lmaganligi sababli shu mahsulotni olishga majbur bo'lishadi. Mening fikrimcha bozor iqtisodiyoti raqobatga asoslangan bo'lishi yaxshiroq. Chunki avval boshida aytganimdek iqtisodiyot xalq farovonligini ta'minlashga harakat qiladi. Xalqimiz oldiga bir mahsulotning o'n xil turini qo'yib hohlaganingizni oling deyish, bizda faqat shu bor degan fikrdan ko'ra yaxshiroq deb hisoblayman. Xalq oldiga erkin tanlash huquqi berilishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Bundan tashqari raqobatga asoslangan bozorda korxonalar ko'p bo'ladi bu esa davlat iqtisodiyotiga foyda hisoblanadi. Ya'ni bo'sh ish o'rinlari yaratiladi, Yalpi ichki mahsulot soni ortadi. Bo'sh ish o'rinlari yaratilganidan so'ng xalq ish bilan ta'minlanadi. Olishgan maoshlariga servis hizmatlaridan foydalanishadi, ehtiyojlaridan kelib chiqib narsalar harid qilishadi. Qisqa qilib aytganda davlat iqtisodiyoti jadal rivojlanadi.

1 Sharipova Nargizaxon Abduqaxxorovna. O'zbekistonda

pedagogik bilim yurtlarining shakllanish jarayoni (1945-1965 a

yillar)/ Vol. 4 No. 1 (2023): SCIENCE PROMOTION ADABIYOTLAR: Confrence;

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS ID THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 21ST CENTURY

TASHKENT, e-8 MAY 2024

[1] Sharipova Nargizaxon Abduqaxxorovna. O'zbekistonda pedagogik bilim yurtlarining shakllanish jarayoni (1945-1965 yillar)/ Vol. 4 No. 1 (2023): SCIENCE PROMOTION Confrence;

[2] Sharipova Nargiza Xonabduqaxxorovna Ozbekistonda xorijiy tillarning o'qitilish tarixi/ vol. 4 no. 1 (2023): science promotion confrence;

[3] Sharipova Nargizaxon Abduqaxxorovna. XXasrning 40-80 yillarida Farg'ona vodiysi o'qituvchilarining jismoniy hordiq chiqarish imkoniyatlari/Vol. 2 No. 16 (2023): Educational Research in Universal Sciences (ERUS);

[4] Sharipova Nargiza, Ph.D. History of Teacher Training System in Uzbekistan and Changes init.//Modern Journal of Social Sciences and HumanitieslSSN: 2795-4846 Volume22 (Dec-2023)Available online: https://mjssh.academicjournal.io63-68;

[5] Sharipova Nargizaxon Abduqaxxorovna. Ozbekiston pedagogik oliy ta'limining rivojlanish /sohibqiron yulduzi. 2023 yil 4 son-256 bet

[6] www.antimongov.uz

[7] www.lex.uz

[8] www.stat.uz

www.in-academy.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.