Научная статья на тему 'IQTISODIY ISLOHOTLARNING MILLIY XO‘JALIKLARDA NARXNI SHAKLLANISHIGA TASIRI'

IQTISODIY ISLOHOTLARNING MILLIY XO‘JALIKLARDA NARXNI SHAKLLANISHIGA TASIRI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
islohot / bozor / narx / kon'yuktura / mehnat sig‘imi / ishchi kuchi / malaka / inson kapitali / jamg‘arish / mehnat sig‘imi / ishlab chiqarish / talab / taklif / elastiklik.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Bababekova Gulchexra Baxtiyorovna

Maqolada iqtisodiy islohotlarning milliy xo‘jaliklarda narxni shakllanishiga ta'siri masalalari yoritilgan. Narxni shakllanish jarayonlari iqtisodchi olimlarning qarashlari va ma'lumotlar tadqiq qilingan. Tadqiqot jarayonida qo‘llanilgan tadqiqot metodlari berilgan. Tahlillar orqali milliy xo‘jaliklarda narxni shakllanishiga ta'siri masalalari o‘rganilgan. Tahlillar asosida tegishli xulosa va takliflar keltirib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IQTISODIY ISLOHOTLARNING MILLIY XO‘JALIKLARDA NARXNI SHAKLLANISHIGA TASIRI»

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT, e-s MAY 2024

IQTISODIY ISLOHOTLARNING MILLIY XO'JALIKLARDA NARXNI

SHAKLLANISHIGA TASIRI

Bababekova Gulchexra Baxtiyorovna

katta o'qituvchi, Toshkent amaliy fanlar universiteti, Gavhar ko'chasi 1-uy, Tashkent 100149, O'zbekiston gulchehrabababekova2023@mail.ru, ORCID ID: 0000-0002-1723-7309 https://doi.org/10.5281/zenodo.13318509 Annotatsiya: Maqolada iqtisodiy islohotlarning milliy xo'jaliklarda narxni shakllanishiga ta'siri masalalari yoritilgan.

Narxni shakllanish jarayonlari iqtisodchi olimlarning qarashlari va ma'lumotlar tadqiq qilingan. Tadqiqot jarayonida qo'llanilgan tadqiqot metodlari berilgan. Tahlillar orqali milliy xo'jaliklarda narxni shakllanishiga ta'siri masalalari o'rganilgan. Tahlillar asosida tegishli xulosa va takliflar keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: islohot, bozor, narx, kon'yuktura, mehnat sig'imi, ishchi kuchi, malaka, inson kapitali, jamg'arish, mehnat sig'imi, ishlab chiqarish, talab, taklif, elastiklik.

KIRISH

Iqtisodiy islohotlar sharoitida narxning shakllanish muammosi milliy xo'jalikning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi kuchayib borayotganini o'zaro ta'siri natijasi hisoblanadi. Bu ta'sir bir tomondan, global bozorlarning paydo bo'lishi, ikkinchi tomondan, milliy xo'jaliklarning ochiqlik darajasini ortib borishi tufayli istebmolning baynalminallshuviga olib kelmoqda.

O'zbekiston iqtisodiyotini jahon xo'jaligiga integratsiyalashuvi yildan - yilga kuchayib bormoqda. Bunda tovarlar va xizmatlar savdosi milliy xo'jalikni jahon bozoriga bog'lab turuvchi asosiy bo'g'in vazifasini bajarmoqda.

Jahon moliyaviy - iqtisodiy inqirozlari va pandemiya jarayonlarining milliy xo'jaliklarga ta'siri turli xil ko'rinishlarga ega bo'lgan bo'lsa-da, eng kuchli ta'sir shakli har doim eksport va import qilinayotgan tovarlar va xizmatlarning narxlarining keskin o'zgarishi bo'lib hisoblanadi. Jahon bozoridagi narxlarning o'zgarishi nafaqat xalqaro savdoda ishtirok etadigan tovarlar va xizmatlar narxini o'zgarishiga, hamda rivojlanayotgan davlatlarda umumiy narxlar darjasini o'zgarishiga ham olib keladi. O'zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar, birinchi navbatda sanoatlashtirish siyosati milliy xo'jalikni tarkibiy zaifligini susaytirib, uning xorijiy davlatlar iqtisodiyotiga qaramligini kamaytirib bormoqda. Bu jarayon yildan - yildan kuchayib, iqtisodiyot tarmoqlarini kengroq qamrab olmoqda. Bu esa o'z navbatida iqtisodiy islohotlar natijasida tarmoqlarning milliy iqtisodiyotda egallagan o'rnini o'zgarishi bilan birga bozor strukturasini o'zgartirmoqda hamda ishlab chiqarishni rivojlanishi va istebmolni rag'batlantirishga ta'sir qilmoqda. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va yaratilayotgan xizmatlarga bozor narxini shakllanishida miqiyos samarasi, korxonalarni tarmoqlarda jamlanishi va bozorning monopollashuvi, import tovarlar raqobati va narxlarning o'zgaruvchanligi bilan bog'liq bo'lgan muammolar esa ko'plab tarmoqlarda vaqtida o'zining yechimini topmayabdi. Ushbu muammolarni kelib chiqish jarayonida yuz berayotgan jarayonlarning ta'siri juda katta. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2020 yil 25 yanvarda Oliy Majlisga Murojaatnomasida so'zlagan nutqida quyidagilarni ta'kidlab o'tdi: "Davlat tomonidan 37

turdagi mahsulot va xizmatlar narxining tartibga solinayotgani erkin raqobatga salbiy ta'sir qilmoqda. Shuni hisobga olib, endi asosiy e'tiborni narxlarni belgilashga emas, balki korxonalar o'rtasida sog'lom raqobatni ta'minlash orqali narxlarni pasaytirishga va sifatni oshirishga qaratishimiz kerak.

Xalqaro tajribani o'rganib, raqobatni olib kirish mumkin bo'lgan monopoliya sohalariga xususiy sektor uchun yo'l ochish va shu orqali raqobat muhitini shakllantirish lozim. Bu borada tabiiy monopoliya va raqobat to'g'risidagi qonunlarni yangilash hamda iqtisodiyotda raqobat muhitini shakllantirish strategiyasini ishlab chiqish talab etiladi"[1]. Ushbu nuqtai narxlarning shakllanishiga dunyo miqiyosida iqtisodiy o'zgarishlarning narxni shakllantirish jarayoniga ta'siri qanday bo'lishini ko'rib chiqamiz.

2 TADQIQOT METODOLOGIYASI

Ushbu maqolaning metodologiyasi tizimli

yondoshuv, ilmiy tadqiqot jarayonida kuzatish solishtirish va hamda tendentsiyalarni tahlil qilish usullari qo'llanilgan.

3 MAVZUGA OID TAHLILI

Jaxon miqiyosida bozorlarni jiddiy va murakkab jarayon bo'lib, narxni shakllanishiga ta'siri tadqiqotchilar o'rganishgan. S.Tenreyroning fikricha, "rivojlanayotgan davlatlar tovar ishlab chiqarishining tarmoqlar bo'yicha juda zaif diversifikatsiyalashganligi ularning narx krizisi holatiga tushib qolishiga asosiy sabab bo'lib hisoblanadi" [2]. Ushbu holat bugungi kunda asosan ishchi kuchining malakasi va inson kapitali jamg'arish muammosiga bo'lgan yondashuv asosida tushuntirilmoqda. A.Kraay va J.Ventura o'tkazgan tadqiqot xulosasiga ko'ra, "malakasiz ishchi kuchiga ega mamlakatlar mehnat sig'imi yuqori, ilm sig'imi kam ishlab chiqarish sohalariga ixtisoslashadilar. Bu esa jahon bozorida talab elastikligi muammosini keltirib chiqaradi deb hisoblaydilar"[3].

I.Mints AQShning 1880-1963 yillarga oid eksport narxlarini o'rganish asosida tadqiqot o'tkazgan [4]. Ushbu fikrni D.Jak, K.O.Rourk va J.Villiamsonlar davlatlar guruhlari misolida 1960 yildan 2000 yilgacha bo'lgan davr oralig'ida ko'rib chiqqanlar[5].

ADABIYOTLAR

shakllanishi ancha milliy xo'jaliklarda jarayoni ko'plab M.Koren va

. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 21ST CENTURY

TASHKENT. 0-8 MAY 2024

4 TAHLIL VA NATIJALAR

Global bozorlarni shakllanishi ancha jiddiy va murakkab jarayon bo'lib, u asosan iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan davlatlargagina xos bo'lgan jarayondir. Lekin istebmolni baynalminallashuvi rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyotiga ham xos bo'lib, u istebmolchi hatti - harakatini o'zgartirib, narxlar shakllanishiga ham o'zining ta'sirini ko'rsatmoqda. Quyida narxlarning shakllanishiga iqtisodiy isloxotlar jarayoning ta'siri qanday bo'lishini ko'rib chiqamiz.

Jahon bozorida kontyuktura o'zgarishi natijasida iqtisodiy jihatdan qoloq mamlakatlar narx o'zgarishiga rivojlangan davlatlarga nisbatan ancha sezgir va ta'sirchan bo'ladilar. Bu xususiyat ularning iqtisodiyotini tarkibiy tuzilishi va ixtisoslashuvi bilan bog'liq. Bu muammoni ko'plab tadqiqotchilar o'rganishgan. Jumladan, M.Koren va S.Tenreyro 2007 yili iqtisodiy jihatdan kam taraqqiy etgan davlatlardagi narx o'zgarishlariga sezgirlik va ta'sirchanlik sabablarini tarkibiy qismlarga ajratib chiqqanlar va tushuntirib berganlar. Ularning tadqiqotlari natijasiga ko'ra, rivojlanayotgan davlatlarda tez-tez yuz berib turadigan "narx o'zgarishi falaj holati" iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi bilan bog'liq va bu ularning makroiqtisodiy barqarorlik holatidan inqiroz holatiga tushib qolishiga sabab bo'ladi.

1- jadval

Iste'mol tovarlari narxining rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida o'zgarishi

Iqtisodiy guruxlar Iste'mol tovarlari narxi indeksi Yillik o'sish tempi

2010=100 Foizda

2015 2020 2015 2020 2020

Dunyo 116 133 2,9 2,8

Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti 109 118 1,6 0,9

Rivojlanayotga ngan mamlakatlar iqtisodiyoti 128 161 4.7 5.4

Rivojlanayo tgangan mamlakat iqtisodiyoti: 148 274 12,9 17,8

Rivojlanayo tgangan mamlakat iqtisodiyoti: 137 200 7,9 7.7

Iqtisodiy Iste'mol tovarlari narxi indeksi Yillik o'sish tempi

guruxlar 2010 =100 Foizda

2015 2020 2015 2020 2020

Rivojlanayo tgangan mamlakatla r 123 145 3.3 3,7

iqtisodiyoti: Osiyo

Hozirgi kunda kunda barcha davlatlarda ishchi kuchining malakasi va inson kapitali jamg'arish muammosiga alohida ahamiyat qaratilib, malakasiz ishchi kuchiga ega mamlakatlarda mehnat sig'imi yuqori, ilm sig'imi kam ishlab chiqarish sohalariga ixtisoslashishi qayd etilmoqda.

Ushbu holat jahon bozorida talab elastikligi muammosini keltirib chiqarib, kam taraqqiy etgan, rivojlanayotgan davlatlar mahsulotiga talab tez o'zgaruvchan yoki elastiklik darajasi yuqori bo'ladi, taraqqiy etgan davlatlarda esa buni aksi bo'ladi. Ishchi kuchini malakasi yuqori bo'lgan davlatlarda esa ilm talab innovatsiyalar ishlab chiqarishga tez va ko'p joriy qilinadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning jahon bozoridagi kontyuktura o'zgarishlarida iste'mol tovarlari narxining indeksiga e'tibor qaratadigan bo'lsak, (1 jadval) dunyo bo'yicha yillik o'sish tempi 2015-2020 yillarda 2,9 foizni, 2020 yili bu ko'rsatkich 2.8 foizni tashkil etgan. Agarda rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida 2015 yili 109 foizni va 2020 yili 118 foizni tashkil etgan bo'lsa, o'sish ko'rsatkichi 20152020 yillarda 1,6 foizni, 2020 yili bu ko'rsatkich 0.9 foizni tashkil etgan. Shu o'rinda ushbu jarayonni rivojlanayotgan mamlakatlar kesimida tahlil etsak, 2015 yili 128 foizni va 2020 yili 161 foizni tashkil etgan bo'lsa, o'sish ko'rsatkichi 2015-2020 yillarda 4,7 foizni, 2020 yili bu ko'rsatkich 5.4 foizni tashkil etgan. Shuningdek, Afrika qit'asi bo'yicha bu ko'rsatkich 2015 yili 148 foizni va 2020 yili 274 foizni tashkil etgan bo'lsa, o'sish ko'rsatkichi 2015-2020 yillarda 12,9 foizni, 2020 yili bu ko'rsatkich 17.8 foizni tashkil etgan. Amerika Qo'shma shtatlarida qit'asi bo'yicha bu ko'rsatkich 2015 yili 137 foizni va 2020 yili 200 foizni tashkil etgan bo'lsa, o'sish ko'rsatkichi 2015-2020 yillarda 7,9 foizni, 2020 yili bu ko'rsatkich 7.7 foizni tashkil etgan. Osiyo davlatlarida esa bu ko'rsatkich 2015 yili 123 foizni va 2020 yili 145 foizni tashkil etgan bo'lsa, o'sish ko'rsatkichi 2015-2020 yillarda 3.3 foizni, 2020 yili bu ko'rsatkich 3.7 foizni tashkil etgan.

Bizning nazarimizda rivojlanayotgan

mamlakatlarning jahon bozoridagi kontyuktura o'zgarishlariga beriluvchanligi va o'sish tempining

. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 2IST CENTURY

TASHKENT. 0-8 MAY 2024

o'sishining yana bir sababi - ularning qishloq xo'jaligi va tog' - kon sanoatiga ixtisoslashuvdir.

I.Mints bundan 43 yil avval AQShning 1880-1963 yillarga oid eksport narxlarini o'rganish asosida o'tkazgan tadqiqot natijalariga ko'ra, AQSh eksportining xom ashyo, oziq-ovqat va yarim tayyor mahsulotlariga narx o'zgaruvchanligi tayyor mahsulot narxiga nisbatan yuqori bo'lgan. Ushbu fikrni D.Jak, K.O.Rourk va J.Villiamsonlar davlatlar guruhlari misolida 1960 yildan 2000 yilgacha bo'lgan davr oralig'ida ko'rib chiqqanlar. Ularning tadqiqotlarini asosiy natijasi shuki, rivojlanayotgan va kam taraqqiy etgan davlatlarda tashqi savdoning narx bo'yicha shart-sharotini o'zgaruvchanligi taraqqiy etgan davlatlarnikiga nisbatan uch baravar yuqori bo'lgan [5].

2- jadval"

Mintaqalar bo'yicha qiyosiy tashqi savdo shart-sharoiti o'zgaruvchanligi. [7]

Sha

Deka dalar Tara qqiy etga n davl atla rqiy Osi yo va Tin ch oke ani xav zasi Lo tin A me rik asi Yaqi n Shar q va Shi moli y Afri ka Jan ubiy Osi yo Saxr oi Kabi r Afri ka

1960 1.8 5.2 7.2 4.8 12. 8 7.2

1970 5.2 8.2 13 11.5 18 18.2

1980 3.5 6.1 11 9.0 10, 2 12.2

1990 2.1 1.9 8.1 7.8 7.8 10.8

O'rta 3.2 5.4 9.8 8.3 12. 12.1

cha (100 ) (16 9) (3 06) (250 ) 2 (38 1) (378 )

Janubiy Osiyo va Afrikaning Saxroi Kabir hududida joylashgan davlatlarda bu farq hattoki to'rt barobariga ham yetgan. Bu quyida keltirilgan 2- jadval ma'lumotlarida aks ettirilgan. Jadval ma'lumotlariga ko'ra, taraqqiy etgan davlatlarda tashqi savdo shart -sharoitining o'zgaruvchanligi 1970 - 1980 yillarda biroz yuqori bo'lgan holda 1990 yillarga kelib avvalgi holatiga yaqinlashgan yoki barqarorlashgan. Sharqiy Osiyo va Tinch okeani havzasi davlatlarida esa o'zgaruvchanlik 1970 yillarda keskin ko'tarilgan va keyingi o'n yilliklarda esa pasayib G'arb davlatlari daraj asiga yaqinlashgan. 2- j adval

Janubiy Osiyo davlatlarida bu jarayon pasayish tendentsiyasiga ega bo'lgan, lekin uning darajasi taraqqiy etgan davlatlarnikidan qariyib 4 barobariga yuqori. Qolgan hududlarda esa tashqi savdo shart -sharoiti 1970-1980 yillarda yuqori darajada o'zgargan holda 1990 yillarga kelib biroz pasaygan, lekin 1960 yillar darajasidan yuqoriligicha qolgan. Eng yuqori

o'zgarish Afrikaning Saxroi Kabir hududi davlatlariga tegishli. Davlatlar guruhi bo'yicha solishtirganda Sharqiy Osiyo va Tinch okeani hududlari davlatlarida o'zgarish ijobiy tomonga bo'lgan va bu yuqorida qayd qilingan M.Koren va S.Tenreyroning sanoat ishlab chiqarishini diversifikatsiyalash haqidagi fikrini tasdiqlaydi.

Jahon bozorida narxlarning shakllanishida iqtisodiy islohotlarning sub'ektlarini ishtiroki muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotchilar globallashuvning sub'kti sifatida milliy xo'jaliklar, transnatsional korporatsiyalar va xalqaro tashkilotlarni ko'rsatmoqdalar. Aynan ular global miqyosda narxlarning shakllanishiga asosiy ta'sir o'tkazuvchilar hisoblanadilar. Narxlarning

shakllanishida ularning har birini o'ziga xos funktsiyalari mavjuddir.

Xalqaro tashkilotlar narx shakllanishida bozor subbektlarining o'zini tutishning umumiy normalari, standartlari va qonun-qoidalarini aniqlab beradilar. Bu fikrni isboti; biznes bitimlarini tuzishning umumiy shaklini keltirish mumkin. Bu bitim dunyo mamlakatlarida andoza sifatida biznes bitimlarini tuzishda foydalanilishi mumkin. Chunki u tovarlarga va xizmatlarga narx belgilashning umumiy shartlari ko'rsatib beradi. Xuddi shuningdek, INKOTERMOS -2000 ham xalqaro biznes bitimlarini tuzishda transport harajatlarining turlari va ularni to'lash shartlarini aniqlashtirib beradi. Tomonlarning xuquq va majburiyatlarini ham aniqlashtirib, ko'rsatib qo'ygan.

Milliy hukumatlar narx shakllanish jarayonining faol sub'ekti bo'lib hisoblanadilar. Chunki hukumatlar narxni belgilashga oid xuquqiy normativ hujjatlarni ishlab chiqadilar va davlat siyosatini asosiy yo'nalishlarini belgilab beradilar. Narx belgilash siyosatining maqsadi bo'lib millatning farovonligini ta'minlash va iqtisodiy sub'ektlarning faoliyatini boshqarish bo'lib hisoblanadi.

Butun jahon michiyosida olib borilayotgan islohotlar davrida hukumat milliy xo'jalikni ochiq iqtisodiyot sifatida boshqaradi. Bu esa narx belgilashda xalqaro tashkilotlar tomonidan yaratilgan qonun-qoidalar, normalar va me'yorlarni, xalqning tarixiy an'analari va urf - odatlarini hisobga olishni taqozo etadi. Bu esa o'z navbatida milliy hukumatlardan tovarlar va hizmatlarga narx belgilashda "qanchasi xalqaro qoidalar va me'yorlar va yana qanchasi milliy qonunchilik normalariga asoslanadi" degan dilemmaga javob topishni taqozo etadi. Shu ma'noda, hukumat mamlakatga narx belgilash tizimiga globallashuvni kirib kelish darajasini milliy iqtisodiy qonunchilikka qanchalik ta'sir ko'rsatishi bilan aniqlab beradi. Bu shuni anglatadiki, olib borilayotgan iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy sohalarda olib borilayotgan islohotlar milliy hukumatlarning narx belgilash siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirish imkoniyatlarini cheklaydi. Shuning bilan bir vaqtni o'zida, narx belgilash qonun -qoidalarini xalqaro me'yorlardan kelib chiqib unifikatsiyalashuvi mamlakatni narx belgilash tizimini xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida tez takomillashtirishga va xalqaro talablarga mos keladigan holatga keltirishga imkon beradi.

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, o-8 may 2004 www.in~academy.uz

Iqtisodiy islohotlar sharoitida dunyo miqyosida narxlar darajasining konvergentsiyasi yuz bermoqda. Garchi mamlakatlar o'rtasida narxlar darajasida farq saqlanib qolayotgan bo'lsada, ularning bir-biriga yaqinlashuvi kuchaymoqda. Bu esa iqtisodiy islohotlarning muhim natijalaridan biri bo'lib hisoblanadi. Narx konvergentsiyasi istebmolga ta'sir etmoqda va istebmolchi hatti-harakatini umumiy qoidalarga asoslanishiga olib kelmoqda. Istebmolchi hatti - harakatining nazariy modeli tovar va xizmatlarga nisbatan bo'lgan individual afzal ko'rishlikning bir nechta bazaviy taxminlariga asoslanadi. Bu taxminlar nazariy jihatdan ko'pchilik insonlar va vaziyatlar uchun ta'sir kuchiga ega bo'lib hisoblanadi.

Istebmolchilarning istak va didi shakllanib bo'lgan, ular istebmol tovarlari va xizmatlarining barcha turlarini taqqoslashi va tasniflashi mumkin. Istebmolchi ikkita to'plamdan, ya'ni A va V tovarni birini afzal ko'rishi mumkin yoki ikkala tovardan ham bir xil qoniqishi mumkin. Bunda istebmolchi o'zining istak - didini intensivligini o'zgartirishi albatta shart emas. Istebmolchi qanday variantni eng yaxshi ekanligini bilishi yetarli.

Istak va didlar tranzitiv. Buning ma'nosi shuki, tranzitivlik holatida istebmolchi A tovarni o'rniga V afzal ko'rsa, V o'rniga Sni afzal ko'radi. Tranzitivlik holatida istebmolchi agarda A va V tovarlarni farqlamasa, V va S tovarlarni ham farqlamasligi kerak.

Hamma tovarlar xush ko'riladi, ya'ni istebmol uchun yoqimli. Istebmolchi har doim tovarlar miqdorini ko'p bo'lishini afzal ko'radi.

Yuqorida tilga olingan taxminlar istebmolchi istak va hohishlarini tushuntirib bermaydi, faqat ularni bayon qilib beradi xolos.

Bozor talabi ko'p sonli shaxslarning qabul qiladigan qarori asosida shakllanadi. Ular tovarni tanlashda o'z oldiga aniq bir maqsadni qo'yadilar: o'zining harid qilish quvvatidan kelib chiqqan holda shunday miqdor va proportsiyadagi tovarlarni sotib olishi kerakki, ular istebmolchiga maksimal umumiy qoniqish keltirsin. Istebmolchining bunday hatti - harakati istebmol nazariyasida "ratsional hatti - harakat" deb ataladi. Bunda bozor istebmolchining tanlov erkinligini ta'minlab beradi deb hisoblanadi. Ushbu muammo O'zbekiston Respublikasining ichki bozorida istebmolning iqtisodiy islohotlar sharoitidagi xususiyatlarini o'rganish va ularga baho berishda muhim bo'lib hisoblanadi.

Iqtisodchilar istebmolchi u yoki bu turdagi tovarni istebmol qilishdan oladigan qoniqishini belgilab olish uchun "naflilik" (U - utility) atamasidan foydalanadilar. Buning uchun istebmolchi tovarlar yoki ularni yig'indisidan olinadigan naflilikni taqqoslash, o'zaro o'lchash va tenglashtirib ko'rish qobiliyatiga ega bo'lishi kerak. Ushbu muammoni yechimini topish uchun ikkita yondashuv mavjud va ma'lum: miqdoriy yondashuv (kardinalistik); tartibli yondashuv (ordinalistik). XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, adib jamiyat Yuqorida bildirilgan fikrlardan kelib chiqib, globallashuvning milliy xo'jalikdagi narx shakllanishiga oid ta'siri haqida quyidagi xulosalarni qilish mumkin:

Ichki bozorda chet el korxonalarini faoliyat ko'rsatishi narxlarga ikki xil ta'sirga ega bo'ladi. Bu ta'sirning birinchi shakli - chet el korxonalari evaziga raqobatni kuchayishi tufayli narxlarni pasayishi va istebmolchilarning foydasini ortishi hisoblanadi.

Ikkinchi shakli, ichki bozorda xorijiy korxonalar raqobati o'ta kuchli bo'lganda mahalliy korxonalar bankrotga uchraydi va monopollashuv yuz beradi. Natijada narxlar oshadi va istebmolchilar foydasi kamayadi. Bu esa mamlakat hukumatidan ichki bozordagi narxlar darajasi ustidan nazorat o'rnatish va raqobat muhitini aholi turmush farovonligini pasayishiga olib kelmaydigan darajada ushlab turishni talab qiladi;

Iqtisodiy islohotlar sharoitida narxlarni o'zgarishini kamaytirish va barqarorlashtirish uchun iqtisodiyotning tarkibiy tuzilish va ixtisoslashuvi nuqtai - nazaridan M.Koren va S.Tenreyro metodologiyasi bo'yicha tahlil qilish va muammolarga javob izlash O'zbekiston iqtisodiyotining bugungi kundagi taraqqiyot darajasiga to'g'ri keladi. Chunki bu usul tovar bozori bilan moliya bozori o'rtasidagi disproportsiyani qisqartish orqali inflyatsiyani sur'atini pasaytirishga va narxlarning barqarorligini kuchaytirish imkonini beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

[1] O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti https://www.gov.uz/uz/news/view/26071

[2] Koren M., Tenreyro S. Volatility and Development. 2007. Quarterly Journal of Economics. 122.(1); 243-87. www.nber.org

[3] Kraay A., J. Venture . Comparative Advantage and the Cross Section of Business Cycles. 2007. Journal of European Economic association. 5(6);1300-1333. www.nber.org.

[4] Mintz, I. (1967), Cyclical Fluctuations in the export of USA since 1879. (New York; National bureau of Economic research). www.nber.org

[5] Jacks S.D, O.Rourke H.K, Williamson G.J, Table 1, Comparative terms of trade volatility by region 1960-2000.Commodity price volatility and world market integration since 1870. February 2009, www.nber.org.

[6] UNCTAD , Commodity Price Statistics https://hbs.unctad.org/prices/ (2021)

[7] Jacks S.D, O.Rourke H.K, Williamson G.J, Table 1, Comparative terms of trade volatility by region 1960-2000.Commodity price volatility and world market integration since 1870. February 2009, www.nber.org/papers/w14748

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.