Научная статья на тему 'Davlat qarzini boshqarish masalalari'

Davlat qarzini boshqarish masalalari Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
647
171
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
davlat qarzi / davlat qarzini boshqarish / davlat fiskal siyosati / makroiqtisodiy barqarorlik / davlat qarzi bo'yicha majburiyatlar

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Sirojiddin Abdukayum O‘G‘Li Davlatyarov

Ushbu maqolada davlat qarzining mohiyati, davlat qarzining mamlakat moliyaviy holatiga ta’siri, davlat qarzlarini samarali boshqarish masalalari o‘rganilgan. Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining davlat qarzining hozirgi holati dinamikasi va qarzlarga xizmat koʻrsatish xarajatlari tahlil qilingan hamda davlat qarzlarini boshqarish mexanizmlarini jahon standartlariga olib chiqish va zarur boʻlgan strategiyalar ishlab chiqish yoʻllari boʻyicha mulohazalar yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Davlat qarzini boshqarish masalalari»

Davlat qarzini boshqarish masalalari

Sirojiddin Abdukayum o'g'li Davlatyarov Toshkent moliya instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada davlat qarzining mohiyati, davlat qarzining mamlakat moliyaviy holatiga ta'siri, davlat qarzlarini samarali boshqarish masalalari o'rganilgan. Shuningdek O'zbekiston Respublikasining davlat qarzining hozirgi holati dinamikasi va qarzlarga xizmat ko'rsatish xarajatlari tahlil qilingan hamda davlat qarzlarini boshqarish mexanizmlarini jahon standartlariga olib chiqish va zarur bo'lgan strategiyalar ishlab chiqish yo'llari bo'yicha mulohazalar yuritilgan.

Kalit so'zlar: davlat qarzi, davlat qarzini boshqarish, davlat fiskal siyosati, makroiqtisodiy barqarorlik, davlat qarzi bo'yicha majburiyatlar

Issues on public debt management

Sirojiddin Abdukayum ugli Davlatyarov Tashkent Institute of Finance

Abctract: This manuscript examines an essence of public debt, the impact of public debt on the country's financial condition, and effective management of public debt. Also, the dynamics for the current condition of the state debt of the Republic of Uzbekistan and debt servicing costs were analyzed, and considerations on ways to bring the state debt management mechanisms up to world standards and implementing the necessary strategies were emphasized.

Keywords: public debt, public debt management, public fiscal policy, macroeconomic stability, public debt obligations

KIRISH

Xalqaro tajriba shuni ko'rsatadiki, qarz munosabatlari dunyodagi juda ko'plab mamlakatlarga xos bo'lib, uning ildizlari qadimgi davrlarga borib taqaladi. Qadimgi zamonlarda odamlar urug'larni sotib olish uchun qarz olgan, qarzni esa hosilni yig'ib olgandan keyin qaytarishgan. "Hozir ham banklar va kreditorlar kelajak taraqqiyot uchun urug'lar ekishda muhim rol o'ynamoqda. Shu bilan birga tarix hech narsa bilan kafolatlanmagan kredit ajiotaji jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga olib kelgani kabi qarz berishning salbiy tomonlarini ham biladi. Bunday muammolardan qochish uchun qarz olishga e'tiborliroq bo'lish hamda uning o'rniga investitsiyalarga ko'proq ahamiyat berish zarur"[1].

Globallashgan dunyoda har qanday davlatning asosiy vazifasi makroiqtisodiy barqarorlikka erishish, aholining farovonligini oshirish va yuqori o'sish sur'atlariga erishish hisoblanishi hech kimga sir emas. O'zbekiston Respublikasi ham so'nggi yillarda jahon hamjamiyati bilan faol iqtisodiy va siyosiy integratsiyaga kirishmoqda. Xususan, tashqi moliyaviy resurslar va qarzlar jalb qilishda O'zbekiston juda faol tarzda qatnashmoqda, ya'ni mamlakatimizning yalpi davlat qarzi 2016-yilda 9,5 mlrd. AQSh dollarini (YaIMga nisbatan 11,6 foiz) tashkil etgan bo'lsa, 2022-yil 1-yanvar holatiga bu ko'rsatkich 26,3 mlrd. AQSh dollari yoki YaIMning 38 foizini tashkil etmoqda. Bu statistik ma'lumotlar bir tomondan bizni tashvishga solishi ham turgan gap, ya'ni rivojlanayotgan davlatlarda qarzlardan foydalanish samaradorligi ancha past hamda shaffoflik masalasi ham jiddiy masala ekanligi tashvishga soladi. Xalqaro Valyuta Jamg'armasi tavsiyasiga ko'ra rivojlanayotgan davlatlarda, jumladan, O'zbekistonda ham davlat qarzining YaIMga nisbatan xavfsiz darajasi 5560 foizni tashkil etishi aytib o'tilganini hisobga oladigan bo'lsak, O'zbekistonning davlat qarziga xizmat ko'rsatish darajasi barqaror deya e'tirof etishimiz mumkin. Shu bilan birga qarzlarning iqtisodiy taraqqiyotga qo'shayotgan hissasi qarzning darajasidan ham ko'proq ahamiyat kasb etadi. O'zbekiston o'zining mustaqil taraqqiyoti davrida qisqa muddatli spekulyativ kreditlardan voz kechib, chet el investitsiyalarini o'rta, uzoq muddatli va imtiyozli foiz stavkalar bo'yicha jalb etish tamoyillariga doim amal qilib kelmoqda. Davlat qarzlaridan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega ekanligi, hozirgi paytda O'zbekistonning davlat qarzi jadallik bilan o'sayotganligi mavzuning dolzarbligini ko'rsatadi.

ADABIYOTLAR SHARHI

A.Pienkowskining davlat qarzi va qarz strukturaviy tuzilishiga bag'ishlangan ilmiy ishi davlat qarzlarining barcha uchun birday qabul qilish mumkin maksimal chegarasi mavjud emasligi, aksincha bu ko'rsatkichlar rivojlangan, rivojlanayotgan va quyi darajada rivojlangan davlatlar uchun birmuncha farq qilishini isbotlaydi. Uning asosiy tavsiyalari orasida daromadi nisbatan past darajadagi davlatlar qarzlarini milliy valyutada olishlari maqsadga muvofiq bo'lsa, rivojlangan davlatlar qarzining maksimal darajasini oshirish uchun YaIMga bog'langan davlat qimmatli qog'ozlarini chiqarishni tavsiya etadi [2].

P.Leao o'zining yuqori qarz darajasi haqiqatan ham muammo yoki yo'qligini tahlil qilgan maqolasida davlat qarzining yuqori darajasining soliq yuki oshishiga ta'siri, davlatning defolt holatiga tushib qolishi va inflyatsiyaga olib keluvchi ta'sirini kamaytiruvchi davlat fiskal siyosati mexanizmlarini ishlab chiqishni taklif qiladi [3].

E.Beqiraj va S.Fedeli tomonidan Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Tashkilotiga a'zo 21 ta mamlakat hukumatlarning qarz/YalM nisbatining oshib borishiga munosabatlarini o'rganishdi. Agar qarz yuki oshib boraversa, davlatlar

bunga javoban qanday to'g'irlovchi choralar ko'rishi mumkinligini, qarz va defitsit o'rtasidagi korrelyatsiyani tadqiq qilishgan [3].

Davlat qarzining mazmun-mohiyatidan kelib shuni aytishimiz mumkinki, qarz yuki oshayotgan mamlakatlar tezroq siyosiy iroda ko'rsatgan holda qarzlarning moliyaviy va iqtisodiy barqarorlikka ijobiy va salbiy ta'sirlari modellarini ishlab chiqishi maqsadga muvofiqdir.

NATIJA VA MUHOKAMALAR

Davlat qarzlarini boshqarish va u bilan bog'liq risklarni oldini olish keng qamrovli huquqiy, iqtisodiy va texnologik asoslar orqali amalga oshiriladi.

Davlat qarzini boshqarishdan asosiy maqsad davlat tomonidan mablag' jalb qilish hisobidan O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti taqchilligini qoplashga, shuningdek, ijtimoiy va infratuzilma loyihalar hamda rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirishga bo'lgan ehtiyojni hamda davlat qarziga xizmat ko'rsatishni o'z vaqtida eng maqbul xarajat va xatar darajasi evaziga ta'minlash, davlat qarzining o'rtacha so'ndirish muddatini uzaytirish hamda valyutalar va manbalari bo'yicha diversifikatsiya qilish, davlat tomonidan O'zbekiston Respublikasi valyutasida mablag' jalb qilish amaliyotini kengaytirish, davlat qarziga xizmat ko'rsatish bilan bog'liq xatarlarni oldini olish, bartaraf etish yoki kamaytirishdan iboratdir.

Davlat qarzini boshqarish quyidagi operatsiyalarni amalga oshirishdan iborat:

✓ davlat qarzini boshqarish strategiyasini ishlab chiqish;

✓ davlat tomonidan mablag' jalb qilish;

✓ davlat tomonidan jalb qilingan mablag'larni boshqarish;

✓ davlat qarzi bilan bog'liq xatarlarni boshqarish;

✓ davlat qarzini restrukturizatsiya qilish;

✓ davlat tomonidan jalb qilingan mablag'larni qaytadan kreditlash;

✓ davlat kafolatini rasmiylashtirish va taqdim etish;

✓ davlat qarzi shartnomalari va davlat kafolatlari, shu jumladan bekor qilingan davlat kafolatlarining ro'yxatini yuritish;

✓ davlat qarzining hisobi va hisobotini yuritish;

✓ davlat qarziga xizmat ko'rsatilishini ta'minlash va davlat kafolati bo'yicha majburiyatlarni bajarish.

Davlat qarzining mazmun-mohiyatidan kelib chiqib gapiradigan bo'lsak, davlat qarzi har qanday bozor iqtisodiyoti va ochiq bozor yo'lini tanlagan mamlakatlarga xos bo'lib, agar ulardan foydalanish ustidan to'liq samarali nazorat olib borilsa, davlat qarzi iqtisodiy taraqqiyotga xizmat qilgan holda aholi faravonligiga xizmat qilishi mumkin deya olishimiz mumkin. Bunga yaqqol misol sifatida Yaponiyaning iqtisodiy mo'jizasini keltiramiz, ya'ni yaponlar o'z hukumatlariga ishongan va yetarlicha qarz bergan.

So'nggi yillarda inqirozlar, urushlar natijasida jahon yalpi qarzi misli ko'rilmagan rekord darajaga chiqib kelmoqda. Misol uchun, Xalqaro Moliya Institutining eng so'nggi ma'lumotlariga qaraydigan bo'lsak, global qarz deyarli 300 trln. AQSh dollariga yaqinlashgan bo'lib, dunyo YaIMsining 353 foizini tashkil etmoqda. Taqqoslash uchun 2008-yildagi global moliyaviy inqiroz davrida ushbu ko'rsatkich 280 foizni tashkil etgan. Mos ravishda yalpi qarz tarkibida hukumatlarning qarzi - 86 trln. AQSH dollarini, nomoliyaviy korporatsiyalar - 86 trln. AQSh dollarini hamda moliyaviy sektor va uy xo'jaliklari qarzlari mos ravishda 69 va 55 trln. AQSH dollarini tashkil etmoqda [5].

1-rasm. Davlat qarzini boshqarishning asosiy prinsiplari O'zbekiston ham 2017-yildan boshlab jahon moliya bozorlariga faol tarzda integratsiyalashuv jarayonlarini boshladi va xalqaro moliya tashkilotlaridan imtiyozli va uzoq muddatli qarzlarni jalb qilishni jadallashtirdi.

O'zbekiston Respublikasida Davlat qarzi qoldig'iga qaraydigan bo'lsak, 2022-yilning 1-yanvar holatiga davlat qarzi 26,3 mlrd. AQSH dollarni (shundan, davlat tashqi qarzi - 23,6 mlrd. AQSH dollar, davlat ichki qarzi - 2,7 mlrd. AQSH dollar) yoki yalpi ichki mahsulotga (YaIM) nisbatan 38,0 foizni tashkil etdi.

Xalqaro valyuta jamg'armasining mamlakatlar iqtisodiyotiga bag'ishlangan hisobotiga ko'ra, O'zbekiston Respublikasining davlat qarzi bugungi kunda "mo'tadil" darajada hisoblanadi.

Davlat qarzini maqroiqtisodiy barqaror darajada saqlash va uni samarali boshqarish yuzasidan amalga oshirilayotgan choralar hamda milliy iqtisodiyotning yuqori sur'atlari bilan o'sishining ta'minlanishi natijasida 2021-yil davomida davlat qarzining YaIMga nisbati barqarorlashishi kuzatildi (1-jadval).

1-jadval

O'zbekiston Respublikasi davlat qarzining 2019-2021-yillardagi holati [6]

Ko'rsatkichlar 2019 2020 2021

Davlat tashqi qarzi 15,6 21,1 23,6

YaIMga nisbatan foizda 27,0% 34,4% 34,0%

O'zbekiston Respublikasi nomidan jalb qilingan tashqi qarz qoldig'i 10,7 15,1 17,0

Davlat kafolati ostida jalb qilingan tashqi qarz qoldig'i 4,9 6,0 6,6

Davlat ichki qarzi 2 2,3 2,7

YaIMga nisbatan foizda 3,5% 3,9% 4,0%

O'zbekiston Respublikasi nomidan chiqarilgan davlat qimmatli qog'ozlari bo'yicha qarz qoldig'i (trln. so'mda) 1,3 3,95 4,7

Davlat kafolati ostida jalb qilingan, davlat byudjetiidan qaytariladigan ichki qarz qoldig'i 1,9 1,8 2,3

Davlat qarzi, jami 17,6 23,4 26,3

YaIMga nisbatan foizda 30,5% 39,0% 38,0%

Davlat tashqi qarzining xalqaro moliya institutlar kesimida taqsimlanishini statistikasiga ko'ra O'zbekiston Respublikasining xalqaro moliyaviy institutlaridan jalb qilgan tashqi qarz portfeli hajmi 10,9 mlrd. AQSH dollarini yoki davlat tashqi qarzining 46,3 foizini tashkil etib, mazkur kreditlar uzoq muddat (40 yilgacha) hamda imtiyozli foiz stavkalarida taqdim etilgan (2-jadval).

2-jadval

Davlat tashqi qarzining kreditorlar kesimida taqsimlanishi (01.01.2022 holatiga,

mlrd. AQSH dollari) [6]

XMI/XHMT Summa

Osiyo taraqqiyot banki 5,2

Jahon Banki 4,3

Xitoy davlat taraqqiyot banki va boshqalar 2,2

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi 2,1

Xitoy Eksimbanki 2,0

Xalqaro investorlar 2,6

Islom taraqqiyot banki 0,9

Yaponiya xalqaro hamkorlik banki 0,6

Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik jamg'armasi va boshqalar 1,0

Boshqa xalqaro moliyaviy tashkilotlar 2,7

Xalqaro moliya institutlaridan (XMI) jalb qilingan davlat tashqi qarzi qoldig'ining asosiy qismi Osiyo taraqqiyot banki (5,2 mlrd. AQSH dollari), Jahon banki (4,3 mlrd. AQSH dollari) va Islom taraqqiyot banki (0,9 mlrd. AQSH dollari) hissasiga to'g'ri keladi.

Qayd etish joizki, davlat tashqi qarzining manbalari diversifikatsiyasi ta'minlangan bo'lib, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari (XHMT) hissasiga davlat tashqi qarzi qoldig'ining 10,1 mlrd. AQSH dollari yoki 42,6 foizi to'g'ri keladi. O'zbekiston Respublikasining asosiy kreditorlari Xitoy davlat taraqqiyot banki, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi, Xitoy eksimbanki va boshqa hukumatlarning xorijiy moliya tashkilotlari hissasiga to'g'ri kelib, asosan turli investitsion dasturlarni davlat kafolatlari ostida moliyalashtirilishi uchun qarz mablag'lari jalb etilgan.

Kreditorlar oldidagi qarzdorlik bo'yicha xarajatlar davlat korxonalari tomonidan investitsion loyihalarni moliyalashtirish natijasida tushgan mablag'lar hisobidan so'ndirilishi ko'zda tutilganligini ham alohida qayd etishimiz kerak.

XULOSA

O'zbekiston Respublikasida davlat qarzining holati va dinamikasini tahlil qilgan holda shunday xulosaga kelishimiz mumkinki, bugungi kunda davlat qarzining

YaIMga nisbati 38 foizni tashkil etgan holda xalqaro moliya institutlarining tavsiyasiga ko'ra xavfsiz va barqaror deb hisoblanmoqda. Lekin qarzlarning samaradorligi va iqtisodiy taraqqiyotga keltirgan foydasi haqida aniq va haqqoniy ma'lumotlar yetarli emasligi bizni qarzlarga nisbatan konservativ yondashuvga undaydi. Shu jihatdan kompleks tarzda davlat qarzi hisobotini yuritish tizimini takomillashtirish, tashqi qarzlarning shaffofligi va barcha fuqarolar uchun ochiqligini ta'minlash asosiy maqsadlarimizdan biri bo'lmog'i lozim. Davlat qarzlarining valyuta tarkibi, xalqaro moliya institutlari va muddatlari bo'yicha diversifikatsiyasi ta'minlangan deyishimiz mumkin, ammo xorijiy valyutada olingan qarz baribir juda xavfli va so'nggi 5 yil ichida valyutadagi tashqi qarz 2 baravardan ortiqqa o'sganligi bizni ogohlikka chorlashi kerak. Tashqi qarzlardan butunlay voz kechish kerak emas, ammo ularni milliy valyutada va iloji boricha xo'jalik subyektlari tomonidan to'g'ridan to'g'ri jalb qilish ma'qul deb bilamiz. Bundan tashqari qarzlarning moliyaviy barqarorlikka salbiy ta'sirlarini stress testlardan o'tkazish orqali olingan qarzlarning barqarorligi tahlilini amalga oshirishimiz mumkin.

Rivojlanayotgan davlatlar, jumladan, O'zbekistonninng iqtisodiy farovonlikka erishishida hozirgi sharoitda moliyaviy resurslar, investitsiyalarning o'rni juda beqiyos hisoblanadi. Qarz olish yomon emas, lekin undan foydalanish ustidan samarali nazorat olib bormaslik juda yomon ekanligini to'g'ri tushungan holda zamonaviy texnologiyalarni joriy qilgan holda qarz va u bilan bog'liq barcha jarayonlarning ochiqligi hamda shaffofligini ta'minlashimiz, hukumatning qarzga bo'lgan haqiqiy ehtiyojini to'g'ri aniqlashimiz va qarzlarga yuqori chegara belgilash bo'yicha ishlarni jadal davom ettirish zarur deb o'ylaymiz.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. https://www.imf.org/en/News/Articles/2019/11/07/sp110719-how-to-use-debt-wisely

2. Pienkowski A. Debt Limits and the Structure of Public Debt // Journal of Globalization and Development, vol. 8, no. 2, 2018, pp. 20170018. https://doi.org/10.1515/jgd-2017-0018.

3. Pedro L. Is a very high public debt a problem? // Levy Economics Institute of Bard College, Annandale-on-Hudson, NY. No. 843, 2015.

4. Elton B., Silvia F. Public debt sustainability: An empirical study on OECD countries // Journal of Macroeconomics, vol. 58 (2018) 238-248.

5. www.ft.com ma'lumotlari.

6. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat qarzi holati va dinamikasi sharhi ma'lumotlari.

7. Хидиров, Н., & Мамаджонова, С. (2022). OBTAINING HIGHER EDUCATION FOR WOMEN: ISSUES AND CHALLENGES: https://doi. org/10.55439/ECED/vol23_iss3/a30. Экономика и образование, 23(3), 198-205.

8. Фозилчаев, Ш. К,., & Хидиров, Н. F. (2017). Инвестиция ва лизинг асослари. Укув кулланма. Т.: Молия.

9. Sotvoldiyev, A. I., & Xidirov, N. G. (2022). Dinamik modellarni iqtisodiyotda qo'llanilishi. Science and Education, 3(3), 1128-1137.

10. Mehmonaliev, A. G. U., & Khidirov, N. G. (2022). Public finance management its modern problems. Science and Education, 3(11), 1075-1080.

11. Mehmonaliev, A. G. U., & Khidirov, N. G. (2022). Social-economic significance, essence and theoreticalmethodical basis of medium-term budget practice. Science and Education, 3(12), 991-996.

12. Аллаяров, С. (2022). К ВОПРОСУ РЕАЛИЗАЦИИ ОПТИМИЗИРОВАННОЙ ФИСКАЛЬНОЙ ПОЛИТИКИ ПРИ СТИМУЛИРОВАНИИ ЭКОНОМИЧЕСКОГО РОСТА. Архив научных исследований, 2(1).

13. Аллаяров, С. Р., & Кандахарова, Ш. Н. (2021). Перспективы эффективного использования бюджетных средств в управлении государственными финансами. СТОЛИЦА НАУКИ, 3(4).

14. Shukurov, A. O., & Umarov, M. (2022). Davlat krediti va davlat qarzini samarali boshqarish. Science and Education, 3(11), 1107-1120.

15. Gafurova, S. M., G'ulomova, M. S., Isakova, M. R., Ishmanov, N. A., & Kenjayeva, S. A. (2022). O'zbekiston Respublikasi davlat qarzini boshqarishni takomillashtirish yo'llari. Science and Education, 3(11), 1121-1135.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.