Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON EKSPORTINING GEOGRAFIK TARKIBINI TAKOMILLASHTIRISH IMKONIYATLARI'

O‘ZBEKISTON EKSPORTINING GEOGRAFIK TARKIBINI TAKOMILLASHTIRISH IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
2
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tashqi savdo / institutsional muhit / diversifikatsiya / eksport / import / strategiya / qo‘shilgan qiymat / ixtisoslashuv. / foreign trade / institutional environment / diversification / export / import / strategy / added value / specialization

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Qodirjonovб Adxamjon Muxtorjon O‘G‘Li

Tashqi savdo mamlakatlar iqtisodiy samaradorligi va iste’molchilarning tanlov erkinligini oshirishga xizmat qiladi. Uning tarkibiy holati esa milliy ishlab chiqarishning rivojlanish darajasini, ko‘p hollarda uning istiqbolini ham ko’rsatib beruvchi indikatorlardan hisoblanadi. O’zbekistonda so’nggi yillarda bu yo‘nalishda qator islohotlar amalga oshirilmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

OPPORTUNITIES FOR IMPROVING THE GEOGRAPHICAL COMPOSITION OF UZBEKISTAN'S EXPORTS

Foreign trade serves to increase the economic efficiency of countries and the freedom of choice of consumers. Its structural condition is one of the indicators that show the level of development of national production, and in many cases its prospects. A number of reforms in this direction have been implemented in Uzbekistan in recent years.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON EKSPORTINING GEOGRAFIK TARKIBINI TAKOMILLASHTIRISH IMKONIYATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN: 2181-1784

educational, natural and social sciences 4 (4), April, 2024

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7 www.oriens.uz

O'ZBEKISTON EKSPORTINING GEOGRAFIK TARKIBINI TAKOMILLASHTIRISH IMKONIYATLARI

Qodirjonov Adxamjon Muxtorjon o'g'li

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Phd, katta o'qituvchi kadkhamj on@gmail .com

ANNOTATSIYA

Tashqi savdo mamlakatlar iqtisodiy samaradorligi va iste'molchilarning tanlov erkinligini oshirishga xizmat qiladi. Uning tarkibiy holati esa milliy ishlab chiqarishning rivojlanish darajasini, ko 'p hollarda uning istiqbolini ham ko 'rsatib beruvchi indikatorlardan hisoblanadi. O 'zbekistonda so 'nggi yillarda bu yo 'nalishda qator islohotlar amalga oshirilmoqda.

Kalit so'zlar: tashqi savdo, institutsional muhit, diversifikatsiya, eksport, import, strategiya, qo 'shilgan qiymat, ixtisoslashuv.

ABSTRACT

Foreign trade serves to increase the economic efficiency of countries and the freedom of choice of consumers. Its structural condition is one of the indicators that show the level of development of national production, and in many cases its prospects. A number of reforms in this direction have been implemented in Uzbekistan in recent years.

Key words: foreign trade, institutional environment, diversification, export, import, strategy, added value, specialization

KIRISH

Globallashuv jarayonlari tashqi iqtisodiy munosabatlarga turlicha ta'sir ko'rsatadi. Bir tomondan, milliy iqtisodiyotlarning ochiqligi va o'zaro bog'liqligi ortadi, binobarin, xalqaro savdoning barqaror rivojlanishidan dunyo mamlakatlarining manfaatdorligi oshadi. Boshqa tomondan, ular jahon xo'jaligi va milliy iqtisodiyotlarni beqarorlashtiruvchi omillarni keltirib chiqaradilar, bu esa, jahon bozorida xom ashyo resurslari narxlarining keskin o'zgarishiga, iqtisodiy tanazzul va moliyaviy inqirozlarning kuchayishiga sabab bo'ladi. Shunday ekan, jahon iqtisodiyotining globallashuvi respublikamiz tashqi iqtisodiy siyosatining muntazam o'zgarib turuvchi tashqi muhit sharoitlarga moslashuvchan bo'lishini talab etadi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METOD

"Diversifikatsiya" (odatda biznesda) muvaffaqiyatliroq bo'lish yoki risklarni kamaytirish uchun mahsulotlar, foizlar, ko'nikmalar turini kengaytirish evaziga faoliyatni rivojlantirish hisoblanadi . Boshqa manbda esa mazkur atamaga quyidagicha ta'rif keltirilgan: "muvaffaqiyatsizlikni oldini olish yoki alohida yo'nalishlardagi tebranishlarga sezuvchanlikni pasaytirish maqsadida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turini kengaytirish, turli qimmatli qog'ozlarga sarmoya kiritish yoki sotilayotgan tovarlar sonini oshirish amaliyoti "

MUHOKAMA

Bugungi kunda O'zbekiston iqtisodiy islohotlarning muhim yo'nalishlaridan biri tashqi iqtidosiy faoliyatni liberallashtirish va jahon hamjamiyatida mamlakat nufuzi saqlash va yanada oshirishga qaratilgan. Buning uchun birinchi navbatda qulay normativ va iqtisodiy muhit yaratilishi dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bu sohada hukumatimiz tomonidan qator normativ hujjatlar qabul qilingan bo'lib, ularning bazilari quyidagi jadvalda keltirilgan (1-jadval). Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.09.2023 yildagi PF-158-sonli ""O'ZBEKISTON — 2030" strategiyasi to'g'risida"gi Farmonida bir qator punktlar to'g'ridan-to'g'ri tashqi iqtisodiy faoliyat, tashqi savdoni rivojlantirishlar masalalarini qamrab olgan bo'lib, yana aksar iqtisodiy vazifalarning amalga oshirilishi ham pirovardida mamlakatimiz tashqi savdosini tarkibiy jihatdan takomillashuviga olib keladi1.

1-jadval.

Tashqi savdoni rivojlantirishga qaratilgan qator normativ xujjatlar

qisqacha sharhi2

№ Normativ xujjat nomi Sana Qisqacha mazmuni

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari

1. PF-5177-sonli "Valyuta siyosatini liberallashtirish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida" 2017 yil PF-5177-sonli "Valyuta siyosatini liberallashtirish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida"

2. PF-5286-sonli "Tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlar raqobatdoshligini ta'minlash va eksportini rag'batlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida" 2017 yil PF-5286-sonli "Tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlar raqobatdoshligini ta'minlash va eksportini rag'batlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"

3. PF-5587-sonli "Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini 2018 yil PF-5587-sonli "Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini

1 https://lex.uz/docs/-6600413 - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.09.2023 yildagi PF-158-sonli ""O'ZBEKISTON — 2030" strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni

2 Myaran^ TOMOHHgaH yMyMnamrapHOTaH.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

yanada rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" yanada rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"

4. PF-6042 sonli "Respublikada eksport va investitsiya salohiyatini yanada rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 2020 yil PF-6042 sonli "Respublikada eksport va investitsiya salohiyatini yanada rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"

O'zbekiston Respu jlikasi Prezidenti Qarorlari

1. PQ-2732-sonli "O'zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 2017 yil PQ-2732-sonli "O'zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"

2. PQ-3077-sonli "Mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarni yanada qo'llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2017 yil PQ-3077-sonli "Mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarni yanada qo'llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"

3. PQ-4353 sonli "Ävtomobilb transportida yuklarni xalqaro tashishni yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 2019 yil PQ-4353 sonli "Ävtomobil transportida yuklarni xalqaro tashishni yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"

Birinchi navbatda tarmoqlar c iversifikatsiyalashuvi, ishlab chiqarishning

kengayishi nazarda tutuvchi quyidagi maqsadlarni alohida keltirib o'tish lozim deb hisoblaymiz:

- Mahalliy xomashyo bazasidan samarali foydalanish va ilg'or texnologiyalarga asoslangan sanoatni rivojlantirish.

- Sanoatning "drayver" sohalarini rivojlantirish va hududlarning sanoat salohiyatini to'liq ishga solish.

- Mamlakatimizda investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirish va qimmatli qog'ozlar bozorini jadal rivojlantirish.

- O'zbekiston Respublikasining global transport-logistika tarmoqlariga integratsiyasini chuqurlashtirish va milliy transport tizimining salohiyatini oshirish.

- Qishloq xo'jaligida hosildorlik va rentabellik darajasini keskin oshirish. Mazkur yo'nalishlarda belgilangan vazifalarning ijrosini ta'minlash, qo'yilgan marralarga erishilishi mamlakat iqtisodiy salohiyatining yuksalishiga olib keladi.

Tashqi savdoning rivojlanishi esa ko'p jihatdan mavjud ichki salohiyatdan samarali foydalanish va uni oshirish maqsadida jahon bozoriga integratsiylashuvni nazarda tutadi. Albatta, 2030 yilga qadar belgilab olingan davlat dasturida bu

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

yo'nalishlar bo'yicha ham alohida maqsadli parametrlar belgilangan bo'lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat hisoblanadi3:

- eksport hajmini 2 barobar oshirish va 45 milliard dollarga, eksportchi korxonalar sonini 6,5 mingtadan 15 mingtaga yetkazish;

- eksport tarkibida tayyor va yarim tayyor mahsulotlar hajmini 3,3 barobar ko'paytirish, Yevropa davlatlariga GSP+ va boshqa tizimlari doirasida tayyor va texnologik mahsulotlar eksportini kengaytirish;

- xalqaro standartlar joriy qilingan korxonalar sonini 10 barobarga oshirish va ular sonini 5 mingtaga yetkazish;

- dunyoning 50 ta nufuzli brendlari bilan maxsus iqtisodiy zonalarni tashkil qilish;

- "Yangi O'zbekiston — raqobatbardosh mahsulotlar yurti" g'oyasi asosida milliy brendlarni xorijiy bozorlarga olib chiqadigan eksportchilarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash;

- turizm xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazish, tibbiyot va ta'lim turizmi eksportini yiliga 1,5 milliard dollarga yetkazish.

2-jadval.

O'zbekiston tashqi savdo aylanmasi

2020 2021 2022 2023

Tashqi savdo aylanmasi 36256,1 42170,5 50061,5 62567,4

jumladan,

- eksport 15102,2 16662,8 19293,8 24426,2

- import 21153,9 25507,7 30767,7 38141,2

Savdo saldosi -6051,7 -8844,9 -11473,9 -13715,0

Manba: O'zbekiston Respub ikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi

rasmiy sayti ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan.

Yuqoridagi jadvalda ko'rsatilganidek, mamlakat eksporti 2023 yilda 24,4 milliard AQSH dollarini tashkil etdi. Bu dastur bo'yicha qo'yilgan rejaning 54 foizini tashkil etadi. Natijada hisoblab chiqishimiz mumkinki, 2030 yilga qadar belgilangan ko'rsatkichga chiqish uchun davomli ravishda o'rtacha yillik 9,2 foiz qo'shimcha o'sish surati qayd etilishi lozim. Albatta, 2020-2023 yillar oralig'ida mamlakat eksport hajmi mos ravishda 10,3 foiz, 15,8 foiz hamda 26,6 foiz qo'shimcha o'sish qayd etgani yuqoridagi natijaga erishish bo'yicha optimistik yondashishga imkon beradi. Biroq bu o'sishlar pandemiya cheklovlari ushlab turgan salohiyatdan keyingi davrlarda foydalanish hisobiga yuz bergan bo'lishi ehtimoli ham yo'q emas. Lekin mavjud salohiyat ko'p yillik barqaror o'sishni ta'minlashga qodirmi degan tabiiy

3 https://lex.uz/docs/-6600413 - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.09.2023 yildagi PF-158-sonli ""O'ZBEKISTON — 2030" strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

savol ham tug'iladi. Eksportni oshirish bilan bir qatorda savdo balansining holati ham muhim. To'lov balansining yakuniy natijasiga to'g'ridan to'g'ri ta'sir etuvchi mazkur miqdorning musbat bo'lishi ta'minlash rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ustuvor yo'nalishlardan bo'lishi lozim. 2018 yillardagi tashqi iqtisodiy faoliyat sohasini islohotlari, ishlab chiqarishni moddiy bazasini yangilashga bo'lgan talab, hamda uzoq yillar ehtiyojlarni shakllantirgan suniy to'siqlarning olib tashlanishi so'nggi yillarda import va eksport hajmi o'rtasidagi tafovutni ortib borishiga sabab bo'lmoqda. Tahlil etilayotgan 4 yil mobaynida savdo balansi "defitsit"i 2 barobardan ko'proq oshgan. Bu holatda ijobiy tendensiyani ham ko'rish mumkin. O'sish templariga e'tibor qaratilsa, import hajmida o'sish templari nisbatan o'zgarishsiz saqlanayotgani, eksportning hajmi o'sishi surati esa jadallashib borayotganini sezish mumkin. Natijada, saldoning o'sish suratlari kamayib boryapti, 2021-2023 yillar orasida qo'shimcha o'sish sur'ati 2 barobardan ortiq pasaygan.

3-jadval.

O'zbekiston eksportining geografik tarkibi

Hamkor 2020 2021 2022 2023

mamlakat mlrd. ulushi, mlrd. ulushi, mlrd. ulushi, mlrd. ulushi,

AQSH foizda AQSH foizda AQSH foizda AQSH foizda

dollari dollari dollari dollari

Jami 15102,2 100 16662,8 100 19293,8 100 24426,2 100

eksport

Rossiya 1470,1 9,7 2058,9 12,4 3151,1 16,3 3307,6 13,5

Xitoy 1930,9 12,8 2518,8 15,1 2632 13,6 2461,8 10,1

Qozog'iston 903 6,0 1172,1 7,0 1407,5 7,3 1372,5 5,6

Turkiya 1016,3 6,7 1690,1 10,1 1643,5 8,5 1248,5 5,1

Afg'oniston 774,6 5,1 649,4 3,9 756,3 3,9 856,7 3,5

Asosiy 5 6094,9 40,4 8089,3 48,5 9590,4 49,7 9247,1 37,9

hamkor

ulushi

Manba: O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi rasmiy sayti ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan.

Umumiy savdo aylanmasi ushbu 4 yil mobaynida 1,7 martaga o'sgan va uning hajmi 2023 yilda 62,6 milliard AQSH dollarini tashkil etgan. O'sish sur'atlari ham jadallashib borayotganini qayd etish lozim, 2021-2023 yillar orasida o'sish sur'ati mos ravishda 116,3 foiz, 118,7 foiz va 124,9 foizni tashkil etgan. Dastlabki ma'lumotlarga qaralganda shu kabi ijobiy tendensiya mamlakat eksportining geografik tarkibida ham kuzatiladi. Berilgan 3-jadval ma'lumotlariga ko'ra, eng yirik 5 hamkor mamlakatning O'zbekiston eksportidagi ulushi qisqa 4 yil ichida keskin o'sishdan keyin, 2023 yilda 37,9 foizgacha pasaygan (o'rganilayotgan davr uchun

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

minimum ko'rsatkich). Buni eksport tarkibi diversifikatsiyalashuvi chuqurlashib borayotgani sifatida talqin qilish ham mumkin. Biroq mintaqadagi vaziyatlarni inobatga olgan holda eng yirik savdo hamkorlaridan birining harid qobiliyati pasayganing oqibati deb izohlash to'g'ri bo'ladi. Bu masala eksportning tovar tarkibini tahlil etishda ham bir karra ko'riladi. Rossiya O'zbekistonning eng asosiy savdo hamkori sifatida keltirilgan bo'lib, uning ulushi 13,5 foizni tashkil etgan. Davr boshida bu ko'rsatkich 9,7 foizni, 2022 yili esa, tahlil etilaytgan davr uchun maksimumi - 16,3 foizni tashkil etgan. Yil yakunlari bo'yicha 2 yirik hamkor hisoblangan Xitoyning ulushi esa 2020-2021 yillarda Rossiya ulushidan 3 birlikka yuqori bo'lib, eng yirik hamkor maqomida bo'lgan.

Navbatdagi asosiy hamkorlar Qozog'iston (5,6 foiz), Turkiya (5,1 foiz) va Afg'oniston (3,5) bo'lib, ularning ulushida yoki savdo hajmida keskin o'zgarishl ar kuzatilmagan. Tahlil etilayotgan davrda asosiy hamkorlar ichida eng yuqori mutloq o'sish Rossiyaga yo'naltirilgan eksportda bo'lib, uning hajmi 2,25 martaga o'sgan va bu ushbu guruh uchun umumiy eksport o'sish sur'atlaridan yuqori yagona ko'rsatkich hisoblanadi. Umumiy o'sish sur'atlariga eng yaqin ko'rsatkich Qozog'istonda kuzatilgan bo'lib, uning hajmi 1,51 martaga o'sgan. Mamlakat tashqi savdosining geografik tarkibi ko'p jihatdan uning tovar tarkibiga ham bog'liq bo'lib mahsulotlar, tovarlar xususiyatidan kelib chiqqan holda, eksportning geografik tarkibi o'zgarib boradi.

NATIJALAR

Daromadi past bo'lgan mamlakatlarning bozorlari sig'imi, ularni kengaytirish va bu kabi bozorlarda yuqori daromad olish imkoniyatlari cheklangan bo'ladi. Natijda ishlab chiqarishning sifat va texnologik yangi bosqichlarga olib chiqishga ishtiyoq, ehtiyoj nisbatan past bo'ladi. Chunki ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish harajatlari iqtisodiy samarador hisoblanmasligi mumkin. Geografik diversifikatsiya -ideal yechim emas, sababi Yevropa va Janubi-sharqiy Osiyoning rivojlanayotgan mamlakatlarida ham aniq bir bozorlarga ixtisoslashuv darajasi yuqori ekani, hamda ular eksportda muvaffaqiyatga erishayotganini ko'rishimiz mumkin.

Asosiy masala - hamkorlar mamlakat iqtisodiyotining barqarorligi, bozor sig'imi, ularnin iste'mol xususiyatlari, shuningdek, eksport qilinayotgan mahsulotlarning turlari va ulardagi qo'shilgan qiymat hisoblanadi. Polsha eksportida YI mamlakatlari ulushi yuqori ekanini ko'rish mumkin (Germaniya - 27,6 foiz, Chexiya - 6,3 foiz va Birlashgan Qirollik - 6,2 foiz). Bu esa asosiy hamkorlar bilan eksport va import munosabatlari mutlaqo erkinligini bildiradi. Malayziya eksportida ham shu kabi iqtisodiy ochiq mamlakatlar (Singapur, Xitoy, ÄQSh) ulushi yuqori.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Natijada ushbu mamlakatlar mahsulot va xizmatlarni tez va kam xarajat evaziga yetkazib bera oladilar, bu bilan jahon bozorida raqobatbardoshligini oshiradilar. Bu yerda transport masaMarining ham ahamiyati yuqori ekani namoyon bo'ladi. O'zbekiston qo'shilgan qiymati past bo'lgan mahsulotlar eksportiga ixtisoslashib qolayotgani tabiiy kamchiligimiz hisoblangan noqulay geografik joylashuvimizning salbiy ta'sirini yanada oshirib yubormoqda. Arzon mahsulotga qimmat qilingan transport harajatlari uning bozor narxini 5-20 foiz ortishiga olib kelmoqda. Natijada uning jahon bozoridagi raqobatbardoshligi darajasi pasayib bormoqda.

Bugungi kunda yangi bozorlarga kirib borish ko'p jihatdan eksportchilarning moliyaviy imkoniyatlariga bog'liq. O'zbekistonda ham Turkiyada mavjud Turk Exim bankning vazifasini bajaruvchi moliyaviy tashkilot faoliyatini yo'lga qo'yish bu muammoning hal bo'lishiga ijobiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Bugungi kunda O'zbekistonda mavjud 30 dan ortiq banklarning barchasi tashqi iqtisodiy faoliyatni moliyalashtirish bo'yicha mahsulotlar taklif qiladi, biroq ixtisoslashuvning yetishmasligi moliyaviy resurslarning narxlarini ortishiga sabab bo'lmoqda.

Shuningdek Savdo sanoat palatasi faoliyatini, uning tashqi savdo bo'yicha vakolatlarini konkretlashtirish, kengaytirish va informativ funksiyalarini oshirish lozim. Nizom bo'yicha palata oldiga tashqi savdo faoliyati bilan bog'liq quyidagi vazifalar belgilab berilgan: O'zbekiston Respublikasining tadbirkorlik sub'ektlarini xalqaro ishbilarmonlik hamjamiyatiga integratsiyalash, ular mahsulotlarining tashqi bozorlarga chiqarilishini ta'minlashda ko'maklashish, milliy brendlarni xorijda ilgari surish, investitsiyalarni, shu jumladan chet el investitsiyalarini, shuningdek zamonaviy texnologiyalarni jalb etish.

Ushbu yo'nalishda samaradorlik darajasini oshirish uchun yuklarni bojxona nazoratidan o'tkazish tartibi va shakli, bojxona ishlash tizimi isloh etilishi lozim. Jumladan, eksportimport shartnomalarini bojxona umumiy tizimidan ro'yxatdan o'tkazish tartibini yengillashtirish, mavjud dasturlarni bexato va uzilishlarsiz ishlashini ta'minlash kerak. Hozirda bojxona hududiy boshqarmalari va xizmat ko'rsatuvchi banklar tomonidan maxsus xodimlar tadbirkorlarga shartnomani ro'yxatdan o'tkazishda amaliy yordam berishi, dasturlar bilan ishlashni o'rgatishi uchun ajratilgan. Lekin dasturning murakkabligi va kiritilayotgan ma'lumotlarning turli xil ekanligi haligacha ko'plab tushunmovchilik, muammolar kelib chiqishiga va natijada vaqt yo'qotilishiga sabab bo'lmoqda.

XULOSA

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Vaxabov A.V., Tadjibayeva D.A., Xajibakiyev Sh.X. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar. Darslik. - T.: Baktria Press, 2015. - 583 b.

2. www.wto.org

3. www.stat.uz

4. https://lex.uz/docs/-6600413 - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.09.2023 yildagi PF-158-sonli ""O'ZBEKISTON — 2030" strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.