Научная статья на тему 'MONOPOLIYANING O’ZBEKISTON MASHINASOZLIGIGA TA’SIRI'

MONOPOLIYANING O’ZBEKISTON MASHINASOZLIGIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
49
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
AQSH / mukammal raqobat / monopolistik raqobat / sof monopoliya / oligopoliya / Chevrolet / blogger / soliq / iqtisodiyot / korxona / fond / ustav / model / konveyr / komplektatsiya.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Husanov Miraziz

Mazkur maqolada avtomobilsozlik va uning O’zbekistondagi o’rni, UzAutomotorsning monopol siyosati va uning iqtisodiyot va jamiyatga ta’siri haqida so’z boradi. Bundan tashqari O’zbekiston avtomobil sanoatining hozirgi holati va kelajakda kutilayotgan o’zgarishlari haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MONOPOLIYANING O’ZBEKISTON MASHINASOZLIGIGA TA’SIRI»

MONOPOLIYANING O'ZBEKISTON MASHINASOZLIGIGA TA'SIRI

Husanov Miraziz

JIDU, "Xalqaro iqtisodiyot va menejment" fakulteti 1-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10805365

Annotatsiya. Mazkur maqolada avtomobilsozlik va uning O'zbekistondagi o'rni, UzAutomotorsning monopol siyosati va uning iqtisodiyot va jamiyatga ta'siri haqida so'z boradi. Bundan tashqari O'zbekiston avtomobil sanoatining hozirgi holati va kelajakda kutilayotgan o'zgarishlari haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar:AQSH, mukammal raqobat, monopolistik raqobat, sof monopoliya, oligopoliya, Chevrolet, blogger, soliq, iqtisodiyot, korxona, fond, ustav, model, konveyr, komplektatsiya.

Odamlar asrlar davomida o'z hayotini yengillashtirishga intilib yashagan. Masalan, avval piyoda harakatlangan insonlar keyinchalik harakat vositasi sifatida otlar yoki eshshak va boshqa hayvonlardan foydalanishga o'tishdi. Asrlar davomida, evolutsiya natijasida insonlar velesiped va avtomobillar ixtiro qilindi. Bu esa harakatlanishni qulaylashtiribgina qolmay, vaqtni ham tejashga ko'maklashdi. Endi avtomobillar hayotimizning ajralmas bo'lagiga aylandi. Ular ham takomillashib, o'z ko'rinishi va xususiyatlarini o'zgartirib kelmoqda. Shu tufayli avvaligi ulardan harakatlanish uchungina foylanilgan bo'lsa, hozirga kelib esa ular hashamat va obro'ni belgilovchi vosita sifatida qo'llanilmoqda.

Avtomobil sanoati tarixi XIX asr oxirida avtomobil paydo bo'lishi bilan boshlangan bo'lsa-da, bu sanoat yo'nalishining XX asrga ta'siri tufayli katta qiziqish uyg'otadi. Avtomobillarning paydo bo'lish tarixi Yevropaga borib taqalsada, ommaviy ishlab chiqarish texnikasi AQSH(Amerika Qo'shma Shtatlari) tomonidan ixtiro qilingan va XX asrning birinchi yarmida jahon sanoatida to'liq hukmronlik qilgan. Ammo, bunga qaramasdan asrning ikkinchi yarmida vaziyat tubdan o'zgardi va G'arbiy Yevropa va Yaponiya mamlakatlari peshqadamlikni o'z qo'llariga oldi.

Gap avtomobil sanoati haqida borar ekan, bu bozordagi raqobat haqida to'xtalish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Faoliyati uzoq yillardan beri davom etayotgan mashhur brendlar bozorda eng ilg'or sotuvchi bo'lishga urinishayapti. Xusasan, bir-biriga asosiy raqobatchi hisoblangan ikki nemis konserni, ya'ni, Mercedes-Benz va BMW kompaniyalari bir necha yillar davomida dunyo avtomobil bozorida yetakchi bo'lishga harakat qilishmoqda. Bu yo'lda ular bir-biridan kuchli, qulay, zamonaviy va o'z o'rnida xaridorlar ko'nglidan joy egallaydigan avtomobillarni ishlab chiqarish ustida tinmay izlanishlar olib borishmoqda. Bunday raqobat turi esa mukammal raqobat hisoblanadi. "Outlier articles" saytining ma'lum qilishicha iqtisodiyotda 4ta raqobat turi mavjud bo'lib, ular: "Mukammal raqobat" , "Monopolistik raqobat", "Sof monopoliya" va "Oligopoliya". Endi bu raqobat turlarining ta'rifi bilan tanishsak:

-Sof yoki mukammal raqobat - standartlashtirilgan mahsulot ishlab chiqaradigan juda ko'p sonli firmalarni o'z ichiga oladigan bozor tuzilishi (masalan, paxta etishtirish va bozorga taklif qilish). Yangi firmalar tarmoqqa juda oson kirishi yoki undan chiqishi mumkin.

-Monopolistik raqobat-bir biridan farq qiluvchi mahsulotlar (kiyimkechak, mebel, kitoblar) ishlab chiqaruvchi sotuvchilarning nisbatan ko'pligi bilan tavsiflanadi. Ushbu modelda firma o'z mahsulotini boshqa firmalar mahsulotidan farqlashga harakat qiladi (masalan, sifat yoki dizayn bo'yicha). Tarmoqqa kirish yoki undan chiqish nisbatan oson.

-Oligopoliya- standartlashtirilgan yoki farqlangan mahsulotning bir nechta sotuvchisini o'z ichiga oladi, shuning uchun har bir firma o'z raqiblarining qarorlariga ta'sir qiladi va o'z narxi va ishlab chiqarish hajmini belgilashda ushbu qarorlarni hisobga olishi kerak.

-Sof monopoliya - bu bitta firma mahsulot yoki xizmatning yagona sotuvchisi bo'lgan bozor tuzilishi (masalan, mahalliy elektr ta'minoti). Qo'shimcha firmalarning kirishi bloklanganligi sababli, bitta firma butun sanoatni tashkil qiladi. Sof monopolist yagona noyob mahsulot ishlab chiqaradi, shuning uchun mahsulotni farqlash muammo emas.

Bu ta'riflar O'zbek avtomobilsozligini tahlil qilishimiz davomida bizga asqotadi.

Avtomobil sanoati O'zbekiston iqtisodiyotida katta o'rinni egallaydi va bu soha mamlakat aholisining ko'pchilik qismi uchun ish o'rni yaratadi - avtomobil ishlab chiqarish sohasida faoliyat ko'rsatadigan yagona ish joylarida 7-8 ta ish o'rni ochildi. Har yili 280 mingdan ortiq avtomobil ishlab chiqariladi. O'zbekiston avtomobil sanoati avtotransport vositalarini ishlab chiqarishda Rossiya avtosanoatidan keyin ikkinchi o'rinda va Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinchi o'rinda joylashadi. 1998-yildan buyon O'zbekiston Xalqaro avtotransport ishlab chiqaruvchilar tashkilotining a'zosi hisoblanadi (OICA). Demak, jahondagi yirik kompaniyalar mukammal raqobat asosida faoliyat olib borishi asnosida o'zimizning mahalliy avtomobil ishlab chiqaruvchilarmizni bu jihatdan tahlil qilish imkoniyati paydo bo'ladi.

O'zbekiston 1991-yil mustaqilikka erishganidan so'ng, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish maqsadida keng ko'lamli ishlar olib borildi, bu o'rinda avtomobilsozlikka alohida e'tibor qaratildi. Dastlabki yillarda buning natijasi sezilarli darajada ko'rinmagan bo'lsa-da, sekin-sekin o'z mevasini bera boshladi. 1992-yilda Janubiy Koreyaning "Daewoo" korporatsiyasi bilan Asaka shahrida yillik quvvati 200ming dona yengil avtomobillar ishlab chiqaradigan "O'zDEU-avto" qo'shma koxonasi barpo etildi. Korxona 1996-yilda ilk bor "Damas" avtomobilini taqdim etdi va shu yilning o'zida yana ikki turdagi ya'ni, "Neksiya" va "Tico" avtomobillarini ishlab chiqarish boshlab yuborildi. Shundan so'ng kompaniya ketma-ket yangi modellar qatorini taqdim eta boshladi. 2001-yildan boshlab, shu kungacha "Matiz", "Nexia DONC", "Matiz Best","Lacetti", "Nexia 2", "Captiva", "Epica", "Spark", "Cobalt", "Orlando" va "Malibu" avtomobillarini ishlab chiqarmoqda.

Lekin, mamlakatimizda avtomobil bozorida "Chevrolet" markasidan boshqa markadagi avtomobillarni topish anchagina mushkul. Buning asosiy sababi esa mamlakatda bizning yagona ishlab chiqaruvchimizga raqobatchi mavjud emas. Bu esa o'z navbatida "UzAuto Motors" faoliyatini har qanday ma'suliyatlardan ozod qiladi va monopoliyani keltirib chiqaradi. "Monopol raqobat" yoki "Monopoliya" so'zining ta'rifiga qarasak, "Mopoliya-Bozorda noyob mahsulotni sotuvchi yagona sotuvchi bilan tavsiflangan bozor tuzilishi. Monopoliya bozorida sotuvchi hech qanday raqobatga duch kelmaydi, chunki u yaqin o'rnini bosmaydigan yagona tovar sotuvchisidir" degan ma'noni anglatadi. Bittagina ta'rif bilan "UzAuto"ni monopoliyada ayblashdan oldin, monopol raqobatning funksiyasini to'liqroq tahlil qilsak. "The Economic Times" saytida yozilishicha "Monopoliya bozorida davlat litsenziyasi, resurslarga egalik huquqi, mualliflik huquqi va patent va yuqori boshlang'ich xarajat kabi omillar korxonani yagona tovar sotuvchisiga aylantiradi. Bu omillarning barchasi boshqa sotuvchilarning bozorga kirishini cheklaydi. Monopoliyalar boshqa sotuvchilarga ma'lum bo'lmagan ma'lumotlarga ham ega. Monopoliya bozori bilan bog'liq bo'lgan xususiyatlar yagona sotuvchini bozor nazoratchisi va narx ishlab chiqaruvchiga aylantiradi. U o'z molining narxini belgilash qudratiga ega."

O'zbekistonda davlat ro'yxatidan o'tgan korxonalarning 136tasi aynan monopol hisoblanadi. Lekin, e'tiborli jihati shundaki, bu kompaniyalar "bepul yo'lovchi" muammosini bartaraf etish

uchun jamoat tovarlarini ishlab chiqargani tufayligina bozorda raqobatga uchramagan. Ammo, hashamat tovari hisoblangan avtomobilni iste'molchilarga yetkazib beruvchi korxona mahalliy bozorning 94%ni egallashi bu kompaniyaning amalda yaqqol monopolligini anglatadi. "Eurasianet.org" saytidagi ma'lumotlarga qaraganda 2008 yilda Amerika avtomobil ishlab chiqaruvchisi Daewoo Motorsni sotib olgandan so'ng GM(General Motors)ga o'tgan. Yigirma besh foizi Detroytda joylashgan General Motors tomonidan nazorat qilinadi; qolgan qismi O'zbekiston hukumatiga tegishli bo'lib, avtosanoatga mas'ul bo'lgan "O'zAvtosanoat" davlat kompaniyasi orqali.

UzAutomotors kompaniyasini "PESTEL" tahlildan o'tkazadigan bo'lsak: P(Political-siyosiy) yoki siyosiy jihatdan kompaniyaning asosiy maqsadi etib quyidagilar belgilangan:

Jamiyat faoliyatining maqsadi avtomobillarni ishlab chiqarish, yig'ish va sotish orqali foyda olishdan iborat.

Jamiyat faoliyatining predmeti:

- Avtomobillarni ishlab chiqarish, yig'ish va sotish;

- Avtomobillar detallarini va ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish, sotish;

- Eksport va import operatsiyalarni, hamda vositachilik faoliyatini amalga oshirish;

Bu yerda aynan eksport va import degan qism aynan siyosiy-iqtisodiy manfaatni ko'zlagan holda amalga oshiriladi.O'zbekiston Qozog'iston, Afg'oniston, Ukraina, Rossiya, Qirg'iziston, Ozarbayjon va Tojikiston kabi davlatlarga eksport qiladi. Bu esa o'z navbatida siyosiy aloqalarning mustahkamlanishiga olib keladi.

E(Economics-iqtisosiy) yoki iqtisodiy tomondan qarasak, UzAutomotors 2022-yildagi ma'lumotlarga qaraganda eng yirik soliq to'lovchi korxonalar 10taligida 0,5 % bilan 9-o'rinni band qilib turibdi.Bu esa o'z o'rnida davlat bu korxonaning monopolligidan manfaatdorligini anglatadi.

Kompaniya Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, 2021-yilning yanvar - iyul oylarida xorijiy davlatlarga qiymati 194,0 mln. AQSh dollariga teng yengil avtomobillar eksport qilingan.

S(Social-ijtimoiy) ijtimoiy sohaga ham nafi teguvchi ushbu kompaniya 2023-yilning 1-mart holatiga ko'ra 11624 nafar kishini doimiy ish bilan ta'minlagan. Asosan, zavod joylashgan hududdagi aholi ish o'rinlarini egallagan va bu ularga uylaridan uzoqqa ketmay ishlash imkonini bergan.

T(Technological-texnologik) texnik tarafdan mamlakat hududi joylashgan yirik ishlab chiqarish zavodlaridan 3tasiga egalik qiladi, bular Umumiy maydoni- 72ga/ Ishlab chiqarish maydoni-192 ming kv. m. bo'lgan Asaka ; Xorazm: 35 ga / 20 ming kv. m.; Toshkent: 5 ga / 13 ming kv. m.

E(Enviromental-atrof-muhit) tabiatga zarar va foydalari haqida aniq ma'lumotlar mavjud emas, ammo, uning benzin yonilg'isida harakatlanadigan avtomobillaridan chiqadigan zaharli gazlar havoni yetarlicha ifloslaydi. Lekin, korxona dunyo avto konsernlari elektr tokida harakatlanadigan ulovlarga o'tayotgan bir paytda, zavodda bu borada hech qanday o'zgarishlar kutilmayapti.

L(Legal-qonuniy) Jamiyat Ustav fondining miqdori har birining nominal qiymati 5 000 (besh ming) so'm bo'lgan 270 784 703 (ikki yuz yetmish million yetti yuz sakson to'rt ming yetti yuz uch) dona jami 1 353 923 515 000 (bir trillion uch yuz ellik uch milliard to'qqiz yuz yigirma uch million besh yuz o'n besh ming) so'mga teng bo'lgan oddiy egasining nomi yozilgan, hujjatsiz oddiy aksiyalardan iborat.

UzAutomotorsni monopoliyada ayblashdan oldin monopoliya qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi haqida mulohaza qilsak. Yuqorida ta'kidlaganimizdek monopoliya bozordagi raqobatning yo'qolishidir. Bu esa o'z navbatida sifatning pasayishiga olib keladi. Iqtisodiy jihatdan esa narxlarda sun'iy o'zgarishlar kuzatiladi. Uchinchidan esa, bu yangliliklar qilinmasligiga sabab bo'ladi.

Monopoliya ta'sirida sifatning pasayishi amalda kuzatilgan. Albatta, ish bor joyda kamchilik bo'ladi. Ammo, sifatsiz avtomobilni qaytarib olish, uni servis kafolati bo'yicha ta'mirlashda va kompensatsiya asosida qaytarib olishda qator muammolarga duch kelishingiz mumkin. Monopol tizim O'zbek avtomobilsozligida avtomobillar qatorining yangilanmay qolishiga sabab bo'lmoqda. Bunga misol qilib esa 2004-yilda ishlab chiqarilgan "LACETTI" avtomobilining bazasida konveyrga qo'yilgan xalq tilida "GENTRA" yoki UzAutomotorsning rasmiy saytidagi ma'lumotlarga ko'ra "LACETTI(GENTRA)" 19-yildan beri hech qanday o'zgarishlarsiz xalqqa taqdim etib kelinmoqda. "MALIBU", "EQUINOX", "TRAVERSE" , "TAHOE" avtomobillari Xitoy Xalq Respublikasidan olib kelinsa-da, aynan Asakadagi zavoddan chiqayotgan avtomobillarga yangiliklar kiritilmayapti. Bu degani umuman o'zgarishlar yo'q degani emas albatta, so'nggi kiritilgan o'zgarish bu 2022\2023-yillarda yangi "ONIX" va "TRACKER" avtomobillari Andijondagi zavodda yig'ilishi boshlanganligi. Ammo yangi "ONIX" narxi 9-12 ming AQSH(Amerika Qo'shma Shtatlari) dollari bo'lishi zavod xodimlari tomonidan iddao qilingandi. Lekin avtomobil zavodda ishlab chiqarilishi boshlangach uning narxi komplektatsiyasiga qarab 16-18 ming AQSH dollari ekanligi ma'lum bo'ldi. Bu esa ayni vaqtda dunyoda tanqisligi kuzatilayotgan mikrochiplar sabab "COBALT" va "GENTRA" avtomobillarini audio mafonsiz chiqarayotgan zavodga nisbatan xalqning salbiy fikri yanada oshishiga sabab bo'ldi.

So'nggi yillarda o'zbek yo'llarida xorijiy markasidagi avtomobillar anchagina ko'payib qoldi. Bunga asosiy sabab esa xorijdan avtomashinalarni olib kirishdagi bojxona to'lovlariga kiritilgan o'zgarishlarda. Ya'ni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-iyun imzolagan "Aholining yengil avtomobillarga bo'lgan ehtiyojini qondirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorida ishlab chiqarilganiga 1 yildan oshmagan va dvigitelining hajmi 1000sm kubgacha bo'lgan avtomobillari bojxona to'lovlaridan butunlay ozod etildi va dvigitel hajmi 1000 sm kubdan-1200 sm kubgacha bo'lgan avtotransport vositalari amaldagi 15 foiz bojxona to'lovidan 5 foizgacha tushirishi ko'zda tutilgan.

Shundan so'ng o'zbek avto bozorida Honda "CRIDER" va Chevrolet "MONZA" avtomobillari sotuvi ancha jadallashdi. Bojxona to'lovlaridagi imtiyozlardan so'ng bu avtomobillarning narxi sezilarli darajada arzonlashdi. 1 litr(1000sm kub) hajmli mator bilan jihozlangan Honda "CRIDER" mashinasi O'zbekistonda komplektatsiyasidan kelib chiqib 16000 AQSH dollaridan 21000 AQSH dollarigacha sotilmoqda. Uning raqobatchisi bo'lmish "MONZA" ham kompleltatsiyasiga qarab 18000 AQSH dollaridan 23000 AQSH dollarigacha narx belgilanmoqda. Bu narxlarga UzAutomotors "ONIX" va "TRACKER" avtomobillarini taklif qiladi. O'zbek xaridorlari esa "MONZA" va "CRIDER" ni afzal ko'rishmoqda. Bundan avval esa elektromobillar boj to'lovidan ozod etilganligi tufayli mamlakatimizda ekologik toza harakat vositalariga talab ortgandi. Ularning tan narxi va yoqilg'i xarajatlari ancha arzon bo'lganligi va yurtimizda yoqilg'ining sifati ancha pastligi tufayli aholi orasida ularga bo'lgan talab ancha ortgandi. Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan bu harakatlarning negizida aholining avtomobilga bo'lgan yuqori talabini to'liq qondirish yotadi. Mahalliy bozorga "CHERRY"; "HYUNDAI"; "KIA" va "BYD" kabi xorij ishlab chiqaruvchilari ham rasmiy diller sifatida kirib keldi. Ammo,

ular xaridorlarga yuqori va biznes segmentidagi avtomobillarni taqdim etishmoqda. Bu o'z o'rnida o'zgarishlarga sabab bo'ldi, biroq aholi ongidagi "O'zimiznikidan qo'ymasin" qabilidagi tanlov, UzAutomotorsga bozorda monopollikni saqlab qolishga imkon yaratmoqda.

UzAutoMotors bozorda monopolligi tufayli aholi o'zi istagan vaqtda yangi avtomobil sotib ololmaydi. Sababi, kompaniya tomonidan sotuvlar har doim ham mavjud bo'lmaydi. O'rtacha bir yilda to'rt yoki besh marta sotuv ochilsa, u ham ikki, uch soatda o'z nihoyasiga yetadi. Bu esa o'z o'rnida avtosalonlarda navbatni va kattagina olomonni yig'ilishiga sabab bo'lmoqda. Odam ko'paygan joyda tartib yo'qoladi va odamlar bir yil kutib olinadigan, past sifatli mashinalar uchun bir-birlari bilan urishishdan ham toyishmaydi. Bu kabi holatlar ko'p takrorlanaverganidan so'ng kompaniya o'zining elektron ilovasini ishga tushirdi. Ya'ni, endi siz avtosalonga borib ololmagan avtomashinangizni uyingizda o'tirib xarid qilishingiz mumkin. Bu esa aslida, haqiqatdan ancha yiroq. Keling shu fikrni yanada yaxshiroq tushunish maqsadida "UzAuto" elektron ilovasini SWOT (Strenghts, Weaknesses, Opportunities, Threats) tahlildan o'tkazsak:

Kuchli tomonlari (Strenghts) : 1)Ilova barcha turdagi, ya'ni, IOS va Android tizimlarida ishlovchi mobil qurilmalar foydalanuvchilari uchun mavjud bo'lib, u bepul;

2)OneID indetifikatsion tizimi orqali ro'yxatdan o'tilganidan so'ng, siz hech qanday ortiqcha hujjatlarsiz avtomobil sotib olishga shartnoma olsangiz bo'ladi;

3)Har bir xaridor bir turdagi avtomobilgan ikkitadan ortiq buyutma bera olmaydi.

Zaif tomonlari (Weaknesses): Ilova ommaga taqdim etilganidan so'ng, sotuvlar boshlangunicha hech qanday muammoga uchramadi, ammo, online sotuvlarga ruxsat etilganidan so'ng tizim ishlamay qoldi. Buning asosiy sababi esa barcha foydalanuvchilar bir vaqtda arizalar qoldirishni boshlaganlikalrida.

Imkoniyatlar (Opportunities): Xaridor sotuvlar ochilganligi e'lon qilinganidan so'ng, uyidan chiqmagan holda avtomobilga buyurtma berish imkonini beribgina qolmay, har xil tirbandlik, navbatlar va tartibsizliklarni oldini oladi.

Kutiladigan xavflar (Threats): Barcha jarayonlar online tarzda olib borilishi natijasida, internet firibgarlari bunda foydalanishlari mumkin. Sababi, aholining internet savodxonligi yetarli darajada emas.

SWOT tahlil natijasi haqida so'z yuritsak, ilova yetarlicha qulayliklar yaratishi mumkin, ammo amalda bu vaziyatni sezilarli darajada o'zgartirmadi. To'g'ri ilova orqali hamma vaqt yuqori sinfdagi (Tahoe, Equinox, Tracker) avtomobillarga buyurtma berishingiz mumkin, ammo, gap aholi talabi katta bo'lgan o'rta sinf(Cobalt, Damas, Labo) avtomobillari haqida borar ekan, bu narsa kutilgan natijani bermadi.

You Tubedagi "Nas Daily" kanali jurnalisti O'zbekistonga kelganda bu yerdagi avtomobillar barchasi bir turdagi, ya'ni "Chevrolet" rusumiga tegishli ekanligini ta'kidlagandi. Video davomida jurnalist 2016-yildan so'ng bu davlat dunyoga ochilganligi va chet el avtomarkalari paydo bo'lganligini aytib o'tadi. 2019-yilda esa O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kenja kuyovi va Davlat xavfsizlik rahbari o'rinbosari Otabek Umarovning taklifiga ko'ra rossiyalik avtoblogerlar Erik Davidich va Alan Enileev yurtimizga o'zbek avtomadaniyatini ko'tatish uchun tashrif buyurishdi. Tashrif vaqtida ularga mamlakatdagi eng noyob avtomobillar berilib, turli sayohatlar uyushtirilidi. Safarlar vaqtida blogerlar o'zbek haydovchilarining o'z avtomobillarini hatto chet elning kuchli mashinalaridan tezroq deb o'ylashlari haqida ta'na qilishadi. Bunga sabab esa harakat vaqtida yo'l berilmaganligidan. Bu esa shuni anglatadi-ki, insonlarimiz mahalliy ishlab chiqaruvchimizga shu qadar ko'nikib qolishgan-ki, boshqa markadagi avtomobillar ularga yoqmaydi va ularni sotib olishni o'ylab ko'rishmaydi.

Mavzuni Delfi usulida tahlil qilish maqsadida ijtimoiy so'rovnoma o'tkazildi. So'rovnomada asosan, JIDU (Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti) talabalari o'rtasida o'tkazildi. So'rovnoma ikki turda, ya'ni ochiq yoki anonim tarzda o'tkazildi. 20 kishi bilan o'tkazilgan so'rovnomizda 20% qizlar, 10% inson anonim va 70% o'g'il bola talabalar ishtirok etdilar. So'rovnoma 10 ta savoldan iborat bo'lib, barcha savollar ekspertlar tomonidan tahrirlanganidan so'ng ommaga taqdim etildi.Savollar esa quyidagilardan iborat:

1. Hozirda harakat vositasi sifatida nimadan foydalanasiz?

2. O'zbek avtomobilsozligida monopol siyosat olib boriladi deb o'ylasysizmi?

3. UzAutoMotors avtomobillari sifatini 5 ballik shkalada baholang.

4. Davlat tomonidan qo'yilgan soliqlarning pasaytirilishi yoki imtiyozlar yaratilishi UzAutoMotor mashinalari narxining pasayishiga sabab bo'ladimi?

5. O'zbekistonga kirib kelayotgan chet el brandlari dillerlari taqdim etayotgan avtomobillarga fikringiz*

6. UzAutoMotorsda narxlar tez-tez o'zgarishiga nima sabab deb o'ylaysiz?

7. Uyingizda avtomobil bormi, bor bo'lsa u qaysi ishlab chiqaruvchiga tegishli?

8. Kelajakda mahalliy ishlab chiqaruvchimizdan avtomobil sotib olganbo'larmidingiz?

9. Avtomobil ishlab chiqaruvchilarining elektro motorlarga o'tishini yoqlaysizmi?

10. O'zbekistonda "Kia" brendi ostidagi avtomobillar ishlab chiqarilishi boshlanganidan xabardormisiz?

So'rovnomani ishtirokchilar kundalik turmushda harakat vositasi sifatida nimadan foydalanishlarini aniqlashdan boshladik va 100% qatnashuvchilar jamoat transportidan foydalanishlari ma'lum bo'ldi. Ammo, shunga qaramay ular bu mavzuga befarq emasliklarini ta'kidlashdi. Keyingi savolimiz esa O'zbek avtomobilsozligida qanday iqtisodiy siyosat olib borilishi haqida bo'ldi. Talabalarning 90 % monopol iqtisodiy siyosat olib borilishini ilgari surgan bo'lsa-da, 10% bu aynan ularning mutaxasisligi doirasidagi mavzu bo'lishiga qaramay, bu haqda yetarli ma'lumotga emasliklarini aytib o'tishdi.

UzAutoMotorsda monopol siyosatmi?

Ma'lumotga ega emasman Yo'q

0 10 20 30 40 50 60 70 80 90 100 ■ UzAutoMotorsda monopol siyosatmi?

Shundan so'ng, mahalliy ishlab chiqaruvchimiz tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillar sifatini 5 ballik shkalada baholash so'ralganda, 65% ishtirokchilar 3 (o'rta), 15% i 1 (yomon), 5% esa 2 (qoniqarsiz) deb baholashdi. Quyidagi garifikda esa javoblarning miqyosi yanada aniqroq keltirilgan:

UzAutoMotors avtomobillari sifati

■ 2 (Qoniqarsiz) ■ 3 (Qoniqarli) ■ 4 (Yaxshi) ■ 5 (A'lo)

Bundan ko'rinib turibdiki, aholi mahsulotning sifatidan mamnun emas. Ular mashinalar sifatini holis baholashganli aniq, sababi, keyingi savollarda oydinlashishicha 85% so'rovnoma ishtirokchilarining uyida aynan UzAutoMotorsda ishlab chiqarilgan avtomashinalar mavjud. Shu o'rinda qatnashuvchilarimizning "Xalqaro iqtisodiyot va menejment" fakultetida ta'lim olishlarini hisobga olgan holda, "Davlat tomonidan qo'yilgan soliqlarning pasaytirilishi yoki imtiyozlar yaratilishi UzAutoMotorsda narxlarning pasayishiga olib keladimi?" degan savolimizga 80% ishtirokchilar salbiy javobni belgilashgan. So'rovnomamizda 2 ta ochiq savol ham mavjud bo'lib, ularga berilgan eng yaxshi javoblarni taqdim etsak, "O'zbekistonga kirib kelayotgan chet el brandlari dillerlari taqdim etayotgan avtomobillarga fikringiz" degan savolimizga anonim qatnashuvchimiz tomonidan quyidagicha javob berilgan:

-"Qulayligi yaxshi. Ko'proq EV(Elektromobil)lar kirib kelayotgani uchun ular zamonaviyroq va qulayroq. Narxiga kelsak, kundan kunga sekin-sekin pasayib bormoqda" .

Albatta, yuqorida ta'kidlanganidek elektro dvigitel bilan jihozlangan avtombillarni O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishdagi bojxona to'lovlaridan ozod qilinishi xalq tomonidan ijobiy qabul qilinib, ularga qulayliklar yaratayotganini mana shu kabi subyektiv fikrlardan bilib olish mushkul ish emas. Xuddi shu savolga JIDU XIM 10-guruh talabasi Muratboyeva Azoda tomonidan berilgan quyidagi javobda "Narxning yuqoriligiga qaramasak, sifati mahalliy avtomobillardan sezilarli darajada yuqori" ekanligi ta'kidlansa-da, bu javob atmosfera bosimida harkatlanuvchi dvigitelga ega avtomobillar haqida bildirilgan fikrlar edi. Shunday bo'lsa ham aholi vakillari sifatli avtomashina uchun yuqori haq to'lashga tayyor ekanligini ham bildirib o'tishdi. So'rovnoma ishtirokchilarining kelajakda avtomobil sotib olish potensialiga ega ekanliklarini hisobga olgan holatda, ularga kelajakda mahalliy ishlab chiqaruvchidan avtomobil sotib olish niyatlari bor yoki yo'qligi haqida so'ralganda 80% qatnashchilar rad javobini berib, kelgusida chet el brendlaridan avtoulov xarid qilishlarini bildirishdi.

9c sc 7c sc sc 4c 3c 2c ic c

GM Inomarka

Xulosa o'rnida shuni aytib o'tish joizki, O'zbekiston o'tish iqtisodiyotidagi va yosh davlat ekanligini hisobga oladigan bo'lsak, bunday kamchiliklar vaqt davomida o'z yechimini topib hammasi o'z o'rniga keltiriladi. Quvonarli tarafi bu boradagi ishlar boshlanganligida. Davlatimiz rahbari ilgari surayotgan siyosat va takliflar bilan barchasini yaxshi tarfga o'zgartirish mumkin. O'zbek avtosanoatini rivojlantirishning yagona va samarali usuli esa bozorda sog'lom raqobat muhitini yaratib berishdir. Chet el avtokonsernlari mamlakatimiz hududida o'z faoliyatini boshlashga imkoniyat berib ularga zarur imtiyozlarni berish xaridorlarga tanlov imkoniyatini va moddiy tarafdan qulayliklar yaratadi. Xususan, "KIA" va "HYUNDAI" avtomobillari Jizzaxda o'z zavodlarini ochib, avtomobil yetkazib berishni boshladi. Bu esa o'z o'rnida quvonarli holat. Yaqin kelajakda UzAutoMotorsning savdolari tushib ketishi kutilmoqda, sababi sifatsiz avtomobillar xalq ongida yomon taasurot qoldirib ulgurdi. Buning ustiga chet eldan avtomobillar olib kirishdagi bojxona to'lovlarining olib tashlanganligi ham ta'sir qildi. Shu o'rinda bu kompaniya avtomobillaridan foydalanuvchi sifatida o'z fikrimni bildiradigan bo'lsam, sifat va narx to'g'risidagi e'tirozlar o'rinli, albatta. Ammo bu sohaga yosh, yuqori salohiyatli kadrlarni olib kirish va chet el tajribalaridan foydalanish orqali tub o'zgarishlar kiritish mumkin deb hisoblayman.

REFERENCES

1. "Restructuring the Global Automobile Industry" by Christopher M. Law

2. "Market Structure and Innovation: A Dynamic Analysis of the Global Automobile Industry" by Aamir Rafique Hashmi

3. "Global Automobile Demand: Major Trends in Mature Economies" by J.Humphrey

4. "Contradictions of the Welfare State" by Claus Offe

5. "Monopoly on Wheels: Henry Ford and the Selden Automobile Patent" by William Greenleaf

6. "Freedom from Harm" by David Bollier and Joan Claybrook

7. "Disorganized Capitalism" by Claus Offe

8. "The Automotive Industry and the Environment: A Technical, Business and Social Future" by Paul Nieuwenhuis and Peter Wells

9. "The Automobile Industry and Public Policy" by Douglas J. Puffert

10. "The End of Detroit: How the Big Three Lost Their Grip on the American Car Market" by Micheline Maynard

11. https://uzautomotors.com/

12. https://www.britannica.com/technology/automotive-industry

13. https://articles.outlier.org/

14. https://data.egov.uz/

15. https://economictimes.indiatimes.com

16. https://articles.outlier.org/type-of-competitions

17. https://t.me/uzauz/

18. https://xabar.uz/uz/post/uzavto-motorsning-mahsulotlarini-xo

19. https://daryo.uz/

20. https://raqobat.gov.uz/en/open-data/the-state-register-of-natural-monopolies/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.