Научная статья на тему 'ALTERNATIV YOQILGʻILARDA ISHLAYDIGAN AVTOMOBIL KONSTRUKSIYALARI TAHLILI'

ALTERNATIV YOQILGʻILARDA ISHLAYDIGAN AVTOMOBIL KONSTRUKSIYALARI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Механика и машиностроение»

661
63
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
konstruktiv xususiyatlar / Gibrid yuritmali avtomobillar / elektromobillar va vodorod dvigatelli avtomobillar / elektrodvigatel.

Аннотация научной статьи по механике и машиностроению, автор научной работы — Xolahmad Abduholiq Oʻgʻli Sahtarov, Xaydarali Fayzullayev

Mazkur maqolada, hozirgi kunda yer yuzida neft zaxirasining kamayishi sababli, Avtomobillarda alternativ yoqilgʻilarini qoʻllash va alternativ yoqilgʻilarda ishlaydigan avtomobil tuzilishilarini tahlili hamda uning ahamiyati. Neft narxi toʻxtovsiz oʻsib borishi esa hozirgi kunda gibrid yuritmali avtomobillar turlari va soni rivojlanishini taqozo etmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ALTERNATIV YOQILGʻILARDA ISHLAYDIGAN AVTOMOBIL KONSTRUKSIYALARI TAHLILI»

ALTERNATIV YOQILG'ILARDA ISHLAYDIGAN AVTOMOBIL KONSTRUKSIYALARI TAHLILI

Xolahmad Abduholiq o'g'li Sahtarov

Farg'ona Politexnika Instituti Yer usti transport tizimlari va ulaming ekspluatatsiya yo'nalishi 3- bosqich talabasi.

Xaydarali Fayzullayev

Farg'ona Politexnika Instituti Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiya kafedrasi katta o'qituvchisi.

Mazkur maqolada, hozirgi kunda yer yuzida neft zaxirasining kamayishi sababli, Avtomobülarda alternativ yoqilg'ilarini qo'llash va alternativ yoqilg'ilarda ishlaydigan avtomobil tuzilishilarini tahlili hamda uning ahamiyati. Neft narxi to'xtovsiz o'sib borishi esa hozirgi kunda gibrid yuritmali avtomobillar turlari va soni rivojlanishini taqozo etmoqda.

Kalit so'zlar: konstruktiv xususiyatlar, Gibrid yuritmali avtomobillar, elektromobillar va vodorod dvigatelli avtomobillar, elektrodvigatel.

Neft zaxirasining tugab borishi barcha sohalarda turli alternativ yoqilg'ilami joriy qilishni taqozo etmoqda. Ammo avtomobilning konstruktiv xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ko'pgina alternativ yoqilg'i turlarini avtomobil konstruksiyasiga joriy qilish muammosi hal etilgani yo'q. Hozirda texnika konstruksiyalarini hamda uning samaradorligi rivojini bir necha barobar tezlatishga sabab bo'lgan nanotexnologiyalar joriy qilinishi orqali muammoni hal etish mumkin. Biroq, avtomobillarning to'liq alternativ yoqilg'i turlariga o'tish davrida qisman alternativ yoqilg'i bilan harakatga keltiriladigan avtomobillardan ham foydalanish mumkin. Gibrid yuritmali avtomobillar, elektromobillar va vodorod dvigatelli avtomobillar qisman alternativ yoqilg'i turlari bilan harakatlanadigan avtomobillar sirasiga kiradi.

ANNOTATSIYA

KIRISH

April, 2022

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Neft narxining to'xtovsiz o'sib borishi ichki yonuv dvigatellarining rivojlanishiga, ikkinchidan elektr energiyasini kichik o'lchamlarda uzoq vaqt saqlab turish muammosi faqat elektr energiyasi bilan harakatlanadigan elektromobillardan foydalanishga to'sqinlik qilmoqda. Bu esa hozirgi kunda gibrid yuritmali avtomobillar turlari (1-rasm) va soni rivojlanishini taqozo etmoqda (2-rasm).

Toyota Prius Honda Civic Hybrid Toyota Camry Hybrid Ford Escape Hybrid Toyota Highlander Hybrid Lexus RX400/450h Honda Insight

Ford Fusion/Mercury Milan/Lincoln MKZ Hybrid Nissan Altima Hybbid Honda Accord Hybrid Lexus HS 2S0h

Hyundai Sonata/Kia Optima Hybrid Honda CR-Z Lexus CT 200h Ba 6oiuK,a/iap

1-rasm. Gibrid yuritmali avtomobillarning turlari bo'yicha ishlab chiqarish ulushi

Gibrid yuritmali avtomobillar ikkita energiya manbaiga ega bo'lib, "elektrodvigatel - ichki yonuv dvigateli" tizimi harakatlantiradigan tejamkor avtomobil hisoblanadi. Xususan, qurum va uglevodorodlar ajralib chiqishini 90% ga, azot oksidlarini 50% ga kamaytirgan holda 60% yonilg'i tejamkorligi ortishiga erishilgan.

Gibrid yuritmali avtomobillar quyidagi ish rejimlari asosida to'liq avtomatik boshqariladi:

1) transport oqimida harakatlanayotgan avtomobil to'xtaganda uning dvigatelini o'z vaqtida o'chirish va uni yurgizmasdan akkumulyator batariyalari hisobiga harakatni davom ettirish;

2) elektrodvigateldan akkumulyator zaryadini to'ldirish maqsadida generator sifatida foydalanish (rekuperatsiya).

® ©

April, 2022

©

o

©

1081

2- rasm. Davlatlar qirqimida ishlab chiqarilgan gibrid yuritmali avtomobillarning o'sish

dinamikasi

Gibrid kuch qurilmasini ishlab chiqishdan maqsad shahar transportidan zararli chiqindilarni atmosferaga chiqishini kamaytirishdan iborat. Gibrid yuritmali avtomobillar quyidagi tartibda ishlaydi: avtomobil g'ildiragi akkumulyator batareyalaridan quvvat oladigan elektrodvigatel yordamida harakatlanadi, dizel dvigateli esa akkumulyatorni zaryadlaydigan generatorni harakatga keltiradi. Bundan tashqari, dizel transmissiya bilan bog'langan bo'lib, bir qism quvvatini g'ildiraklarga beradi. Shu tufayli harakat boshlanayotganda ortiqcha shovqinsiz va yonilg'i sarflamasdan maksimal tezlanishga erishiladi.

Umumiy holda gibrid avtomobil, bu - harakatlantiruvchi kuch sifatida o'zaro bog'lanishda bo'lgan elektrodvigatel va ichki yonuv dvigatelidan foydalaniladigan hamda odatdagi yonilg'idan va akkumulyator batariyasi zaryadidan oziqlanadigan avtomobildir. Amaliy jihatdan agar avtomobil to'xtash joylarida dvigatelni o'chirmasa, rekuperativ tormozlash sistemasiga ega bo'lmasa va elektromotordan hech bo'lmaganda yordamchi dvigatel o'rnida foydalanilmasa, bu avtomobilni gibrid deb aytaolmaymiz. Shu jihatdan gibrid avtomobillar quyidagi tiplarga bo'linadi.

1 — tip 42 voltlik akkumulyatorga ega bo'lgan an'anaviy sistema u tipdagi avtomobilda quyidagi funksiyalar bajariladi:

— to'xtash joylarida dvigatelni o'chiradi;

April, 2022

1082

— tormozlash hisobiga akkumulyatorni zaryadlaydi;

—elektormotor harakatlantiruvchi kuch sifatida ishlatilmaydi.

2 — tip Passiv gibrid deb ataladigan bu avtomobillarda kichik akkumulyator tezlik olishda qo'llaniladigan kichik elektromotor mavjud. Bu avtomobilda :

— to'xtash joylarida dvigatel o'chiriladi;

— rekuperativ tormozlash sistemasidan foydalaniladi;

— elektromotor qo'shimcha rol o'ynaydi.

3 — tip To'liq gibrid - katta akkumulyator batareyasi hech bo'lmaganda bitta quvvatli eletromotori bo'lgan va har ikkala harakatlantiruvchi manbadan foydalaniladigan avtomobildir. Bu avtomobilda:

— to'xtash joylarida dvigatel o'chiriladi;

— tormozlash vaqtida batareya zaryadlanadi;

— faqat ichki yonuv dvigatelidan yoki elektromotordan, yohud har ikkisidan ham bir vaqtda foydalanish imkoniyatiga ega.

Gibrid yuritmali avtomobillarning tuzilishi bo'yicha uchta asosiy sxemasi - ketma-ket, parallel va aralash sxemasi mavjud. Ketma-ket gibrid sxemasi engil avtomobillarda kam tarqalgan. Ba'zi avtobuslar, samosvallar va lakomotivlar kuch qurilmasi shu sxema bo'yicha yasalgan. Ketma-ket sxemada g'ildirakni elektromotor yurgizadi, kichik litrajli IYOD esa elektr energiyasi ishlab chiqaradigan generatorni aylantiradi. Bunda tezliklar qutisi va quvvatli ichki yonuv dvigateliga hojat qolmaydi, lekin katta sig'imli akkumulyator kerak bo'ladi.

3.1-rasm. Ketma-ket gibrid yuritmali avtomobil sxemasi

April, 2022

1083

Hozirgi vaqtda eng ko'p tarqalgan sxema - parallel sxemadir. Parallel sxema 1905-yilda nemis olimi Genri Pupper tomonidan patentlashtirilgan. Ular tezlik olishda ichki yonuv dvigateliga yordam beradigan, tormozlash vaqtida rekuperativ energiyani yig'adigan quvvatli (10-15 kilovatt) elektromotor bilan jihozlangan. Transmissiya sifatida, odatda variator yoki planetar uzatma qo'llaniladi.

3.2-rasm. Parallel gibrid yuritmali avtomobil sxemasi

3.3-rasm. BMW avtomobil zavodining parallel gibrid yuritmali avtomobil kuch agregati

Aralash sxemalarda planetar uzatma bo'lmaganligi uchun inergiya-ichki yonuv dvigateli va elektromotor o'rtasida o'zaro bog'lanish hosil bo'ladi. Bundan IYOD elektromotor bilan birgalikda g'ildiraklarni va bir vaqtda generatorni aylantiradi. Bunda an'anaviy tezliklar qutisiga hojat qolmaydi. Elektronika motor va generatorning aylanishlar sonini rostlaydi va bu sistema pog'onasiz transmissiyaga aylanadi.

April, 2022

1084

3.4-rasm. Aralash gibrid yuritmali avtomobil sxemasi Yuqorida takidlab o'tilgan kamchiliklarga qaramay, ekologik xususiyati bo'yicha yaxshi natijaga ega bo'lganligi sababli elektromobil avtomobilari (3.6-rasm) ham rivojlanib bormoqda. AQShning Kaliforniya shtati atmosferasi eng ko'p ifloslangan hudud sifatida tilga olingach, Kaliforniya Havo resurslari qo'mitasi tomonidan 1998 yildan boshlab jami avtomobillarning 2 foizi, 2003 yildan esa 10 foizi atmosferaga zararli gazlarni chiqarmaydigan elektromobillardan iborat bo'lishi lozimligi haqida qaror qabul qilindi. Shu maqsadda General Motors kompaniyasi 1996 yildan boshlab EV1 elektromobillarini keng ko'lamda ishlab chiqara boshladi. 1997 yilda Kaliforniyada 5500 tadan ziyod ana shunday elektromobillar savdoga chiqarildi.

3.5-rasm. Mitsubishi Outlander elektromobil komponovka sxemasi.

Bugungi kunda elektromobillar nafaqat shaxsiy transport vositasi sifatida, balki vokzal, ishlab chiqarish sexlari va yirik savdo tarmoqlarida yuklarni tashish, attraksionlarda ko'ngilochar maqsadlarda ham keng

April, 2022

1085

foydalanilmoqda. Yaponiyalik elektromobil ishqibozlari klubi tomonidan ishlab chiqarilgan Daihatsu Mira EV avtomobili bir martalik quvvat bilan 1003.184 kilometr masofani bosib o'tdi. Litiy-ionli akkulmulyator bilan jihozlangan «Venturi Jamais Contente» elektromobili AQShning Yuta shtatida 1 kilometr masofa oralig'ida tezlikni soatiga 495 kilometrga olib chiqdi. Uning maksimal tezligi esa 515 kilometr-soatni tashkil etdi. «lekker Mobil» elektromobili barcha imkoniyatlar, jumladan, isitish tizimi yoqilgan holda Myunxendan Berlingacha bo'lgan 605 kilometrlik masofani bir martalik quvvat bilan bosib o'tdi. Mazkur elektromobil 55kVt quvvatga ega dvigatel va 115 kVt -soat sig'imli «DBM Energy» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan «Kolibri» akkumulyatorlari bilan ta'minlangan bo'lib, o'rtacha tezligi soatiga 90, ba'zi joylarda 130 kilometrga yetdi.

Elektrodvigatellarning foydali ish koeffitsiyenti 88-95 foizni tashkil etmoqda. Ichki yonuv dvigatellarida esa bu ko'rsatkich 22-42 foizni tashkil etadi xolos. Elektromobillarning yana bir afzalligi shundaki, ulardan kam shovqin taraladi. Biroq, ko'pchilik tomonidan elektromobillarning shovqinsiz harakatlanishi piyodalar uchun sezilarsiz bo'lgani tufayli yo'l-transport hodisalariga sabab bo'lishi mumkinligi e'tirof etilmoqda. Shu bois ham ayrim ishlab chiqaruvchilar elektromobillarga tezlik soatiga 30 kilometrdan oshgandan so'ng sun'iy ravishda shovqin chiqarish moslamalarini o'rnatmoqdalar.

3.6- rasm. 2014 yilda ishlab chiqarilgan elektromobillar

April, 2022

1086

Elektromobillarga oid eng katta muammo esa ularning akkumulyatorlari bilan bog'liq bo'lib qolmoqda. Asosan, ularni ishlab chiqarish va utilizatsiya qilish muammosi hozircha ijobiy yechim topgani yo'q. Sababi bunday akkumulyatorlarda atrof-muhit uchun zararli bo'lgan kimyoviy moddalar, jumladan, qo'rg'oshin, litiy va turli kislotalar qo'llaniladi.

Elektromobillarni keng ko'lamda ishlab chiqarish uchun ularni quvvatlovchi tuzilmalarni yaratish muammosi ham o'z yechimini kutmoqda. Ommaviy tarzda elektromobillarning uy sharoitida quvvatlanishi esa elektr energiyasi ta'minoti tizimlarida zo'riqish va uzilishlarni keltirib chiqarishi ehtimoldan yiroq emas. Shuningdek, quvvatlash jarayoni ko'proq vaqtni talab etadi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, alternativ yoqilg'ilarda ishlaydigan avtomobillarning samarasi hamda ekologik ko'rsatkichlari yuqori ekanligi ularning rivojlanishidan dalolat. Ammo ularning rivojlanishi yoqilg'i tejamkorlik va ekologik xususiyatlarini me'yorlash uslubini takomillashtirish zaruratini keltirib chiqaradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil 4-5-son, 118-modda; 2003 yil 5-son, 67-modda.

2. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami. 2007 yil 39-son, 402-modda; 2013 yil 18-son, 233-modda, 41-son, 543-modda.

3. O'z RH 88.20-01:2003 «Нормы расхода топлива и смазочных материалов автомобильным подвижным составом и строительно-дорожными машинами».

4.Мацкарле Ю. Современный экономичный автомобиль / Пер. с чешск. В.Б. Иванова; Под ред. А.Р. Бенедиктова. М.: Машиностроение, 1987. - 320с

5. ГОСТ 20306-90. Автотранспортные средства. Топливная экономичность. Методы испытаний текст. М.: Издательство стандартов, 1990.

6. Топливные элементы в автомобилях//Автомобилестроение за рубежом. 2002. №7. С. 3-9.

7. Мухитдинов А.А. Научные основы выбора параметров и режимов управления двигателем и трансмиссией автомобиля: Диссертация кандидатский технический наук. - Ташкент: 2004. - 321 с

9. Fayzullayev Khaydarali. Zokirjonovich, O. O., & Ibragimovich, O. N. (2021). Performance Indicators of a Passenger Car with a Spark Ignition Engine Functioning With Different Engine Fuels. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 6254-6262.

April, 2022

1087

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.