Научная статья на тему 'TABIIY MONOPOLIYA SUBYEKTLARINING HUQUQIY MAQOMI'

TABIIY MONOPOLIYA SUBYEKTLARINING HUQUQIY MAQOMI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
109
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tabiiy monopoliya / raqobat / tabiiy monopoliya subyekti / raqobatchilar / tabiiy monopol sharoit. / natural monopoly / competition / competitors / subjects of natural monopolies / condition of natural monopoly.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — A. Ibragimova

Hozirgi vaqtga qadar tabiiy monopoliyalar huquq subyekti sifatida alohida o’rganilgan tadqiqot ishlari milliy yurisprudensiyamizda uchramaydi. Mazkur maqolada tabiiy monopoliyalarning huquq subyekti sifatida qanday xususiyatlarga ega bo’lishi, boshqa subyektlardan farqli xususiyatlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LEGAL STATUS OF SUBJECTS OF NATURAL MONOPOLIES

No any studies have not undertaken in national jurisprudence dedicated to the topic of natural monopolies as a subject of law. The article describes the characteristics of natural monopolies as a subject of law and their differences from others.

Текст научной работы на тему «TABIIY MONOPOLIYA SUBYEKTLARINING HUQUQIY MAQOMI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

TABIIY MONOPOLIYA SUBYEKTLARINING HUQUQIY MAQOMI Ibragimova Aziza Ruziboyevna

Toshkent davlat yuridik univeriteti Fuqarolik huquqi kafedrasi katta o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7064267

Annotatsiya. Hozirgi vaqtga qadar tabiiy monopoliyalar huquq subyekti sifatida alohida o'rganilgan tadqiqot ishlari milliy yurisprudensiyamizda uchramaydi. Mazkur maqolada tabiiy monopoliyalarning huquq subyekti sifatida qanday xususiyatlarga ega bo'lishi, boshqa subyektlardan farqli xususiyatlari yoritilgan.

Kalit so'zlar: tabiiy monopoliya, raqobat, tabiiy monopoliya subyekti, raqobatchilar, tabiiy monopol sharoit.

ПРАВОВОЙ СТАТУС СУБЪЕКТОВ ЕСТЕСТВЕННЫХ МОНОПОЛИЙ

Аннотация. До настоящего времени в нашей отечественной юриспруденции отсутствуют исследования естественных монополий как субъекта права. В данной статье описаны характеристики естественных монополий как субъекта права и их отличия от других субъектов.

Ключевые слова: естественная монополия, конкуренция, субъект естественной монополии, конкуренты, условия естественной монополии.

LEGAL STATUS OF SUBJECTS OF NATURAL MONOPOLIES

Abstract. No any studies have not undertaken in national jurisprudence dedicated to the topic of natural monopolies as a subject of law. The article describes the characteristics of natural monopolies as a subject of law and their differences from others.

Keywords: natural monopoly, competition, competitors, subjects of natural monopolies, condition of natural monopoly.

KIRISH

Tabiiy monopoliya subyektlari huquqiy maqomining qonunchilikda aniq belgilanishi tabiiy monopoliya sohalarini davlat tomonidan tartibga solish jarayonining shaffofligi va bundan ko'zlangan maqsadlarga erishishning eng samarali usulidir.

U yoki bu tovar bozoriga ta'sir ko'rsatish unda faoliyat yuritayotgan ishtirokchilar faoliyatini tartibga solish orqali erishiladi. Tabiiy monopoliyalarni huquqiy tartibga solish ham tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatini tartibga solish orqali amalga oshiriladi.

Bundan kelib chiqadiki, tabiiy monopoliyalar faoliyatini huquqiy tartibga solish mexanizmlarini tadqiq etish mobaynida tabiiy monopoliya subyektlarining holatini ko'rib chiqish, ularning huquqiy maqomining o'ziga xos xususiyatlarini ajratib ko'rsatish, boshqa xo'jalik yurituvchi subyektlardan farqli belgilarini aniqlash lozim.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

O'zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan "Tabiiy monopoliyalar to'g'risida"gi 815-I-son Qonunining 3-moddasiga ko'ra, tabiiy monopoliya subyekti - tabiiy monopoliya sharoitida tovarlar ishlab chiqarish (realizatsiya qilish) bilan band bo'lgan xo'jalik yurituvchi subyekt (yuridik shaxs).

Ushbu tushunchadan tabiiy monopoliya subyektining quyidagi xususiyatlarini ajratib ko'rsatishimiz mumkin:

Birinchidan, tabiiy monopoliya sharoitida faoliyat yuritadi. Ya'ni davlat tomonidan shu sohada faoliyat yuritishning tabiiy monopoliya sharoiti yaratilgan bo'ladi. Bu holat

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

qonunchilikda bu sohaning tabiiy monopoliya sohasi sifatida mustahkamlanganligida ko'rinadi hamda bu sohalarda de-jure faoliyat yuritishing raqobatli sharoitlari mavjud bo'lmaydi.

Xususan, O'zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan "Tabiiy monopoliyalar to'g'risida"gi 815-I-son Qonunining 4-moddasida qaysi sohalar tabiiy monopoliya subyektlari faoliyat yuritadigan sohalar sifatida davlat tomonidan tartibga solinishi belgilangan. Bular quyidagilardir:

-neft, neft mahsulotlari va gazni quvur orqali transportirovka qilish;

-elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish hamda transportirovka qilish;

-temir yo'llar infratuzilmasidan foydalanish hisobga olingan holda temir yo'llarda

tashish;

-umumiy erkin foydalaniladigan pochta aloqasi xizmatlari; -suv quvurlari va kanalizatsiya xizmati; -aeronavigatsiyalar, portlar va aeroportlar xizmatlari.

Tabiiy monopoliya sohalari o'zgaruvchandir. Ularning doirasi muayyan davrda kengayib, muayyan davrda torayadi, tabiiy faktorlar, tovarga bo'lgan talab, bozor konyukturasidan kelib chiqib, fan-texnika rivoji va boshqa sabablardan kelib chiqib bu doira o'zgarib turadi[1].

Jamiyat hayoti uchun raqobat mavjud bo'lmagan sharoitda faoliyat yuritishi samarali bo'lgan sohalar tabiiy monopoliya sifatida alohida maqom olar ekan haqiqatda de -facto bu sohalarning raqobatsiz sharoitda faoliyat yuritayotganini muttasil kuzatib borish zarur. Raqobatli sharoit vujudga kelganda esa bu sohalar o'z-o'zidan tabiiy monopoliya sharoitida faoliyat yuritishni to'xtatishi lozim.

TADQIQOT NATIJALARI

Shunday sohalar borki, mulkchilikning turli shakllari vujudga kelishi hamda fan-texnika rivoji tufayli xususiy sektor amalda bu sohalarga keng kirib kelgan. Shunday sohalardan biri umumiy erkin foydalaniladigan pochta aloqasi xizmatlaridir.

Mamlakatimizda (va ko'plab postsovet mamlakatlarida) hanuzgacha umumiy erkin foydalaniladigan pochta aloqasi xizmatlari tabiiy monopoliya sohalaridan biri hisoblanadi. 1991 yilda mamlakatimiz mustaqillikka erishganda pochta aloqasining mavjud bazasida pochta aloqasi birlashmalari va uning hududiy tuzilmalari tashkil etilgan. Ayni shu baza asosida 1992 yilda "O'zbekiston pochtasi" konserni tashkil etilgan. 1997 yilda Prezident Farmoni [2] va hukumat qarori[3] asosida yuqoridagi tashkilot negizida "O'zbekiston pochtasi" Davlat aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etilgan. 2004 yilda hukumat qarori bilan "O'zbekiston pochtasi" Ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantiriligan. 2014 yilda "O'zbekiston pochtasi" Aksiyadorlik jamiyati sifatida qayta tashkil etilgan va viloyatlarda o'z filiallariga ega[4].

2021 yil 1 aprel holatiga Tabiiy monopoliya subyektlarining Davlat reyestrida 11 turdagi tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo'yicha 130 ta xo'jalik yurituvchi subyekt ro'yxatga olingan. Mazkur ro'yxatda "O'zbekiston pochtasi" AJ 11-raqam ostida qayd etilgan[5].

Hozirgi raqamlashtirish sharoitida ko'plab yozishmalar, rasmiy hujjatlarning aylanishi elektron shaklda bo'layotgani barchamizga ayon. Elektron raqamli imzoning qo'llanilishi esa hujjatlar aylanishida mutlaqo yangi davrni allaqachon boshlab bergan.

Turli jo'natmalarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib beruvchi tuzilmalar xususiy sektorda allaqachon o'zining mustahkam o'rnini egallab bo'ldi. "O'zbekiston pochtasi" AJ xizmatlaridan foydalangan har qanday fuqaro jo'natmalarning yetkazib berilishi tezli gi va sifati

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

haqida o'z fikr va mulohazalariga ega. Xususiy sektor allaqachon muqobil taklifni bera oladigan darajada shakllanib bo'lgan.

Pochta qadimdan aloqa o'rnatish, tarixiy rivojlanish jarayonida mavjud tuzumni idora etayotgan hokimiyatning mavqeini belgilab beradigan muhim strategik soha bo'lgan. Chunki xabarlarni yetkazishning elektron ko'rinishlari mavjud bo'lmagan davrda pochta yagona aloqa bog'lash vositasi edi. Shuning uchun har qanday hukumat o'zining siyosiy hayotini boshlar ekan, eng avvalo, pochta tizimni egallashga intilgan. Hozir esa barcha sohalarning raqamlashtirilganligi, elektron hukumat portalining kundan kunga rivojlanayotganligi pochtaning tarixda mavjud bo'lgan strategik funksiyasini yo'qqa chiqargan.

Shuningdek, Sobiq Ittifoqda barcha korxonalarning davlat ixtiyorida bo'lganligi, markazlashganlik siyosati g'oyaviy nuqtayi nazardan pochta xizmatlarining xususiy sektor tomonidan amalga oshirilishi mumkinligi haqidagi qarashlarga mutlaqo o'rin qoldirmagan. Jamiyatda bu sohani xususiylashtirish mumkinligi va uning afzalliklari haqida tasavvur ham bo'lmagan.

Bundan kelib chiqadiki umumiy erkin foydalaniladigan pochta aloqasi xizmatlarining tabiiy monopoliya subyekti sifatida e'tirof etilishining tarixiy sabablari hamda insonlarning ongida shakllanib ulgurgan g'oyaviy sabablari mavjud ekan.

Umumiy erkin foydalaniladigan pochta aloqasi xizmatlari, allaqachon, de-facto bozorda o'z raqobatchilariga ega. Bu tarmoqni tabiiy monopoliya subyekti ro'yxatidan chiqari b yuborish mumkin. Ayni shu tajriba Qozog'iston Respublikasida qo'llanilgan va hozirda pochta tabiiy monopoliya sohasi sifatida e'tirof etilmaydi[6].

Shu o'rinda, masalaning ikkinchi tomoniga ham e'tibor berish lozim. Pochta aloqasi garchand xususiy sektor tomonidan ko'rsatilayotgan bo'lsa-da, aholi kam yashaydigan va markazdan uzoq bo'lgan hududlarda talab kam bo'lganligi (ammo bor) tufayli xususiy sektor uchun o'z xizmatini ko'rsatish jozibador bo'lmasligi mumkin, bunday vaziyatda iste'molchi zarar ko'rishi ehtimoli yuzaga keladi.

Pochta aloqasining tabiiy monopoliya sohasi doirasidan chiqarilgan taqdirda ham xususiy sektor xizmatlari bilan qamrab olinmagan hududlarda davlat tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlarning saqlanib qolishi maqsadga muvofiqdir.

Jamiyat rivoji muttasil ravishda oldinga intilar ekan, undagi institutlar ham vaqt o'tgan sayin takomillashib boradi. Hozirgi paytda texnologik yutuqlar tabiiy monopoliya o'rnatilgan sohalarda raqobatchilarni vujudga keltirishga allaqachon to'sqinlik qilmay qo'ygan, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emaslik tushunchasining o'zi esa nihoyatda mavhum. Shuning uchun u yoki bu sohaning raqobatli bozor sharoitiga o'tishiga oid normaning qonunchilikda aks etishi foydadan holi bo'lmaydi.

Qirg'iziston Respublikasining 2011 yil 8-avgustdagi "Qirg'iziston Respublikasida tabiiy monopoliyalar to'g'risida" gi 149-sonli Qonuni[7] ning ikkinchi moddasi 2-qismida quyidagi mazmundagi norma aks ettirilgan: "Tabiiy monopoliya sohalarini iqtisodiy jihatdan o'zini oqlagan taqdirda raqobatli bozor sharoitlariga o'tkazilishini cheklashga yo'l qo'yilmaydi."

Fikrimizcha, O'zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan "Tabiiy monopoliyalar to'g'risida"gi 815-I-son Qonunining 4-moddasi ham yuqoridagi mazmundagi to'rtinchi qism bilan to'ldirilishi maqsadga muvofiqdir.

Shuningdek, mazkur Qonunning birinchi qismidagi punktuatsion xatolarning ham to'g'irlanishi qonun normalarining aniq talqin etilishiga sabab bo'ladi. Xususan, birinchi qism

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

so'ngida garchi norma mazmuni tugal yakunlangan bo'lsa-da nuqtali vergul qo'yilgan. Mazkur holatda gap so'ngida nuqta qo'yilishi yuridik texnika va til qoidlariga ham muvofiq bo'ladi.

Ikkinchidan, tabiiy monopoliyalar tovar bozorlaridagina mavjud bo'ladi. Chunki tabiiy monopoliya tovar bozoridagi holat hisoblanadi. Tabiiy monopoliya subyekti esa tabiiy monopoliya sharoitida tovarlar ishlab chiqaradi (realizatsiya qiladi).

O'zbekiston Respublikasining 2012 yil 6-yanvardagi "Raqobat to'g'risida"gi O'RQ-319-son Qonunining 4-moddasiga ko'ra, tovar bozori - tovarning (shu jumladan bir-birining o'rnini bosadigan tovarning) O'zbekiston Respublikasi hududidagi yoki uning bir qismidagi muomala doirasi bo'lib, u O'zbekiston Respublikasining ma'muriy-hududiy bo'linishiga mos kelmasligi mumkin va mazkur muomala doirasi chegaralarida tovarni olish yoki realizatsiya qilish imkoniyati mavjud bo'ladi.

O'zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-avgustdagi 230-son qaroriga 1-ilovasi bilan tasdiqlangan nizomning ikkinchi bandiga ko'ra, tovar deganda faoliyatning olish va realizatsiya qilish uchun mo'ljallangan mahsuli, shu jumladan, ishlar va xizmatlar (moliyaviy xizmatlardan tashqari) tushuniladi.

Moliyaviy xizmatlar deganda esa banklar va boshqa kredit, sug'urta va o'zga moliya tashkilotlari tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar, shuningdek qimmatli qog'ozlar bozorining professional ishtirokchilari xizmatlari hamda pul mablag'larini jalb etish va (yoki) joylashtirish bilan bog'liq bo'lgan xizmatlar tushuniladi.

Bundan kelib chiqadiki, banklar va boshqa kredit, sug'urta va o'zga moliya tashkilotlari tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar, shuningdek qimmatli qog'ozlar bozorining professional ishtirokchilari xizmatlari hamda pul mablag'larini jalb etish va (yoki) joylashtirish bilan bog' liq bo'lgan xizmatlar tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ko'rsatilmaydi.

Uchinchidan, tabiiy monopoliya subyektlari xo'jalik yurituvchi subyekt hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasining 2012 yil 6-yanvardagi "Raqobat to'g'risida"gi O'RQ-319-son Qonunining 4-moddasiga ko'ra, xo'jalik yurituvchi subyekt tovarlarni ishlab chiqarish, olish va realizatsiya qilish faoliyati bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxs, shu jumladan chet ellik yuridik shaxs, xo'jalik boshqaruvi organi, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkor.

Qo'shni Qozog'iston Respublikasi tajribasiga yana bir bor e'tibor qaratadigan bo'lsak, yakka tartibdagi tadbirkorlarning ham tabiiy monopoliya subyekti bo'lishi qonunchilikda to'g'ridan-tog'ri ko'rsatilganligining guvohi bo'lamiz[8].

Umumqabul qilingan tasavvurga ko'ra tabiiy monopoliya subyektlari faqatgina yuridik shaxs maqomiga ega bo'lishi kerak degan mulohaza paydo bo'ladi. Ammo qonun chiqaruvchi ham yakka tartibdagi tadbirkorning ham tabiiy monopoliya sharoitida faoliyat yuritishini taqiqlovchi norma kiritmagan.

Fikrimizcha aynan yuridik shaxs konstruksiyasi tabiiy monopoliya sharoitlarida faoliyat yuritish imkoniyatiga ko'proq egaligi subyektlilik masalasida urg'uning aynan yuridik shaxslarga berilishiga sabab bo'lgan.

Ayni kunda yakka tartibdagi tadbirkorlar ham xodim yollash huquqiga ega. Ammo tabiiy monopoliya sohalarida faoliyat yuritish odatda keng va ulkan hajmdagi tashkiliy masalalarni qamrab olganligi tufayli yakka tartibdagi tadbirkorlarning bu sohada faoliyat yuritishining imkoniyati kamroq. Ammo barcha talablarga javob bergan taqdirda yakka tartibdagi tadbirkorlarning ham tabiiy monopoliya sohalarida faoliyat yuritishi mumkinligini milliy qonunchilik to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatmaydi ham, istisno etmaydi ham.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

To'rtinchidan, tabiiy monopoliya subyektlarining tashkiliy huquqiy shakli doirasi cheklanmagan. 2021-yil 1-sentabr holatiga Tabiiy monopoliya subyektlarining Davlat reyestrida 11 turdagi tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo'yicha 129 ta xo'jalik yurituvchi subyekt ro'yxatga olingan[9].

MUHOKAMA

O'zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasining 2010-yil 6-oktabrdagi 14-sonli Tabiiy monopoliya subyektlarining davlat reyestrini tuzish va yuritish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qaroriga (ro'yxat raqami 2147, 11.10.2010-yil) ko'ra mamlakatimizda tabiiy monopoliya subyektlari reyestri yuritiladi. Ushbu nizomning 7-bandiga ko'ra, tabiiy monopoliya subyektlari ularning tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat'i nazar kiritiladi.

Tabiiy monopoliya subyekti tabiiy monopoliya faoliyatidan tashqari boshqa odatdagi xo'jalik (tadbirkorlik) faoliyati bilan shug'ullanishga haqli. Ushbu faoliyatga nisbatan tabiiy monopoliya tog'risidagi qonun hujjatlari qo'llanilmaydi[10].

Yuqoridagi nizomda ko'rsatilgan qoidalardan kelib chiqib, reyestrga kiritiladigan tabiiy monopoliya subyektlarini hududiylik mezonidan kelib chiqib ikki turga bo'lish mumkin:

1) Respublika miqyosida e'tirof etilgan tabiiy monopoliya subyektlari - tabiiy monopoliya sharoitida ikki va undan ortiq viloyatlar hududlarida tovarlar ishlab chiqarayotgan (realizatsiya qilayotgan) xo'jalik yurituvchi subyektlar;

2) Hududiy miqyosda e'tirof etiladigan tabiiy monopoliya subyektlari - tabiiy monopoliya sharoitida bir viloyat hududi chegarasida tovarlar ishlab chiqarayotgan (realizatsiya qilayotgan) xo'jalik yurituvchi subyektlar.

Tabiiy monopoliya subyektlarini faoliyat turining ustuvorligi mezonidan kelib chiqib chiqib quyidagi ikki turga bo'lish mumkin:

1. Tabiiy monopoliya sharoitida tovarlar ishlab chiqarish (realizatsiya qilish) asosiy faoliyat turi hisoblangan xo'jalik yurituvchi subyektlar;

2. Tabiiy monopoliya sharoitida tovarlar ishlab chiqarish (realizatsiya qilish) asosiy faoliyat turi hisoblanmagan xo'jalik yurituvchi subyektlar, bular quyidagi shartlar asosida reyestrga kiritiladi:

-tabiiy monopoliya tovarlarining pirovard iste'molchisi aholi va/yoki budjet tashkilotlari hisoblanganda;

-iste'molchilarga yetkazib berilayotgan tabiiy monopoliya tovarlari hajmi shu tovarlarning ishlab chiqarish hajmiga nisbatan 10 foizdan oshganda;

-subabonentlarga realizatsiya qilinayotgan tabiiy monopoliya tovari hajmlari sotib olingan tovar hajmining 10 foizidan kam bo'lmagan holatda.

XULOSA

Shuni e'tiborga olish kerakki, agarda tabiiy monopoliya sharoitida tovarlar ishlab chiqarayotgan (realizatsiya qilayotgan) xo'jalik yurituvchi subyektlar tovarlarni faqat o'z ehtiyojlari yoki fors-major holati hosil bo'lgan vaziyatlarda, texnologik kamchiliklarni bartaraf etish uchun, tabiiy va texnogen xarakterga ega bo'lgan avariya yoki favqulodda holatlarda hamda ushbu tovarlarni qisqa muddatlarda (vaqt oralig'i uch oygacha) realizatsiya qilgan taqdirda reyestrga kiritilmaydi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Xo'jalik yurituvchi subyektning tabiiy monopoliya subyekti deb tan olinishining yuridik

belgisi bu uning reyestrga kiritilishidir. Toki subyekt reyestrda o'z aksini topmas ekan uni

rasman tabiiy monopoliya subyekti deb tan olib bo'lmaydi.

REFERENCES

1. Григорьева Ольга Анатольевна. Правовое регулирование естественных монополий : Дис. ... канд. юрид. наук : 12.00.03 : Екатеринбург, 2003. (C 33)235 c. РГБ ОД, 61:0412/500.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Axborot tizimlari sohasini qayta tashkil etish va boshqarishni takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to'g'risida» 1997 yil 23 iyuldagi PF-1823-son Farmoni.

3. Vazirlar Mahkamasining «O'zbekiston pochta va telekommunikasiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida» 1997 yil 31 iyuldagi 380-son qarori.

4. https://pochta.uz/ru/o-nas/istoriya.html.

5. https://antimon.gov.uz/xizmatlar/ochiq-malumotlar/tabiiy-monopoliya-subektlarining-davlat-reestri/.

6. Закон Республики Казахстан от 27 декабря 2018 года № 204-VI «О естественных монополиях» (с изменениями и дополнениями по состоянию на 02.03.2022 г.) https://online.zakon.kz/Document/?doc_id=38681059.

7. Закон Кыргызской Республики от 8 августа 2011 года № 149 «О естественных монополиях в Кыргызской Республике» (В редакции Законов КР от 9 июля 2014 года № 119, 19 июля 2014 года № 145, 13 января 2015 года № 9, 13 августа 2015 года № 225 14 июня 2016 года № 80, 15 июля 2016 года № 118, 15 июля 2017 года № 126 , 17 мая 2019 года N 64 ) http://cbd.minjust.gov.kg/act/view/ru-ru/203389.

8. Закон Республики Казахстан от 27 декабря 2018 года № 204-VI «О естественных монополиях» (с изменениями и дополнениями по состоянию на 02.03.2022 г.) https://online.zakon.kz/Document/?doc_id=38681059.

9. https://antimon.gov.uz/xizmatlar/ochiq-ma-lumotlar/tabiiy-monopoliya-subyektlarining-davlat-reyestri/

10. Муаллифлар жамоаси. Узбекистон Республикасининг «Табиий монополиялар тугрисида»ги конунига шарх. «SHARQ» НМАК БТ. Тошкент - 2009. 18-б.

11. Ibragimova A. R. Natural monopolies in uzbekistan //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2021. - Т. 11. - №. 11. - С. 551-553.

12. Ibragimova A. Subjects of natural monopolies //Eurasian Scientific Herald. - 2022. - Т. 11. - С. 16-18.

13. Ruziboyevna I. A. Tabiiy Monopoliya Subyektlarining Huquq Subyekti Sifatidagi Xususiyatlari //Innovation In The Modern Education System. - 2022. - Т. 2. - №. 21. - С. 45-48.

14. Ruziboyevna I. A. Tabiiy Monopoliya Huquqiy Hodisa Sifatida //Innovative Developments And Research In Education. - 2022. - Т. 1. - №. 8. - С. 16-20.

15. Imomniyozov, D. B. O. (2021). Korporatsiya Ijro Organlarining Fidutsiar Majburiyatlari Qiyosiy Huquqiy Tahlili. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(11), 588-600.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

16. Мехмонов, К. М. (2021). Особенности Правового Режима Цифровых Прав. Журнал Правовых Исследований, 6(1).

17. Mehmonov, K. M., & Musaev, E. T. (2021). Legal Regime of Digital Rights. Ilkogretim Online, 20(3), 1683-1686.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.