Научная статья на тему 'Oʻzbekistonda avtomobil transportining geografiyasi va rivojlanishi xususiyati'

Oʻzbekistonda avtomobil transportining geografiyasi va rivojlanishi xususiyati Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
475
65
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
transport tizimi / rivojlanish istiqbollari / logistika salohiyati / transport infratuzilmasi / xalqaro yo‘llar / transport tuguni

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Maftuna Nazarova

Ushbu maqolada iqtisodiyotimizni rivojlantirishda avtomobil transportining geografiyasi va rivojlanishi xususiyati haqida ma’lumotlar berilgan. Mavzuni o‘rganishda tahlil qilish, tarixiylik va kuzatuv metodlaridan foydalanganildi. Shuningdek ushbu maqolada maqola muallifining mavzuga oid olib borgan ilmiy ishlari haqida ham gap boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Oʻzbekistonda avtomobil transportining geografiyasi va rivojlanishi xususiyati»

O'zbekistonda avtomobil transportining geografiyasi va

rivojlanishi xususiyati

Maftuna Nazarova UrDU

Annotatsiya: Ushbu maqolada iqtisodiyotimizni rivojlantirishda avtomobil transportining geografiyasi va rivojlanishi xususiyati haqida ma'lumotlar berilgan. Mavzuni o'rganishda tahlil qilish, tarixiylik va kuzatuv metodlaridan foydalanganildi. Shuningdek ushbu maqolada maqola muallifining mavzuga oid olib borgan ilmiy ishlari haqida ham gap boradi.

Kalit so'zlar: transport tizimi, rivojlanish istiqbollari, logistika salohiyati, transport infratuzilmasi, xalqaro yo'llar, transport tuguni

Characteristics of geography and development of road

transport in Uzbekistan

Maftuna Nazarova UrSU

Abstract: This article provides information on the nature of the geography and development of automobile transport in the development of our economy. In the study of the topic, methods of analysis, historicism and observation were used. This article also covers the scientific work of the author of the article on the topic.

Keywords: transport system, development prospects, logistics potential, transport infrastructure, international roads, transport node

Kirish: Avtomobil transporti - deb yuk va yo'lovchilarni relssiz yo'llarda tashishga mo'ljallangan transport turiga aytiladi. Xalq xo'jaligining barcha tarmoqlarida keng foydalaniladi. Bajaradigan ishiga qarab umumiy foydalanilmaydigan (ayrim korxonalar, tashkilotlar uchun xizmat qiladigan) Avtomobil transporti hamda qaysi tashkilotga mansubligidan qat'i nazar yo'lovchi va yuk tashuvchi umumiy foydalanishdagi Avtomobil transportiga bo'linadi. Shuningdek shaxsiy foydalanishdagi yengil va yuk avtomobillari, avtobuslar ham mavjud (qarang Avtomobil). Avtomobillarning har qanday yo'llarda yura olishi, yo'lni tez o'zgartira olishi, yuk ortish va tushi-rish joylariga bevosita bora olishi, yuk hamda yo'lovchilarni bir transport turidan ikkinchisiga o'tkazmay tashishga imkon beradi. Natijada yo'lovchi va yuk tashish tezlashadi. Avtomobil transporti sanoat va qishloq xo'jaligi,

WWW.0PENSCIENCE.UZ / ISSN 2181-0842 544 [ElJ^^^H

markazlashgan tartibda xalqaro, shaharlararo va mahalliy yo'llarda ta-shishda qo'llaniladi. Avtomobil transporti aviatsiya, dengiz va daryo transporti, shuningdek temir yo'l transporti bilan uzviy bog'langan. Avtomobil transporti uncha uzoq bo'lmagan masofalar uchun foydalanishda eng qulay transport turi hisoblanadi.

Avtomobil transporti quyidagi o'ziga xos xususyatlar bilan tavsiflanadi:

• avtomobil transporti mahsulotini jamg'arish imkoniyatining yo'qligi qo'shimcha tashish qobilyatiga ega bo'lishni hamda avtomobil-yo'l tarmoqlarida o'tkazuvchanlik zaxiralarini shakllantirishni taqozo etadi;

• doimiy infratuzilmaviy inshootlarni nisbatan tez sur'atlarda barpo etish zaruriyati hamda ularning o'tkazuvchanlikqobiliyatidan uzoq muddat foydalanishni taqozo etadi;

• avtomobil-yo'l tarmoqlari uzoq muddatlarda barpo etiladi va yuqori kapital sarfini talab etadi;

• asosiy vositalardan uzoq muddat foydalaniladi va ularni to'ldirish manbalari cheklangan bo'ladi;

• avtomobil transporti rivojlantirish va transport ishi ko'rsatkichlari tabiiy omillarga bog'liq bo'ladi.

Asosiy qism: O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy hayotida transport tizimining yana bir muhim qismi bo'lgan avtomobil transporti juda muhim o'rinlardan birini egallaydi. Ma'lumki, davlatimiz rahbarining 2018-yil 6-martdagi qaroriga muvofiq O'zbekiston avtomobil transporti agentligi qayta tashkil etilgan edi. Unga binoan 2018-2021-yillarda avtomobil transporti infratuzilmasini rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Dastur ijrosi doirasida 50 dan ziyod yo'lovchi tashish yo'nalishi ochildi, 9 avtostansiya qurildi, 82 yangi avtobus sotib olindi. Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikistonga 5 xalqaro avtobus qatnovi yo'lga qo'yildi. Milliy iqtisodiyotning avtomobil transportidan foydalanmaydigan birorta sohasi yo'q. Qisqa masofalarga yuk va yo'lovchilarni tashishda, zamonaviy transportning boshqa xillari mavjud bo'lmagan manzilgohlarda aholi va tashkilotlarga xizmat ko'rsatishda, ayniqsa transport uchun noqulay bo'lgan tog'li joylarda avtomobil transportining ahamiyati beqiyosdir. Avtomobil yo'llarining ahamiyatiga qarab aholi joylashuvi shakllangan va bu jarayon hozirda ham davom etmoqda. Ushbu xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatga ega bo'lgan yo'llarda aholi ancha zich joylashgan. Lekin, avtomobil transporti boshqa transport tarmoqlariga qaraganda anchgagina ko'p yoqilg'i sarflaydi va atrof-muhitga anchagina zarar yetkazadi bunga chora sifatida esa elektrodvigatel bilan ishlaydigan avtomobillardan foydalanish maqsadga muvofiq. Yurtimizda eng muhim bo'lgan avtomobil yo'llariga eng avvalo Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryoni bog'laydigan " Katta O'zbek Traktining" ahamiyati juda yuqori. Uning uzunligi 700 km ni tashkil etadi va u 1940-yilda qurib bitkazilgan. Oradan bir qancha yil o'tib 1959-yilda Toshkent-Angren-Qo'qon uzunligi 248 km li avtomobil yo'li

WWW.0PENSCIENCE.UZ / ISSN 2181-0842 545 [ELJ^^^H

foydalanishga topshirildi. Ushbu avtomobil yo'li Farg'ona vodiysini mamlakatimizning markaziy qismi bilan bog'lovchi ikkita yer osti yo'li qurlishini o'z ichiga olgan Qamchiq dovoni orqali o'tuvchi eng yuqori xalqaro talablarga javob beradigan avtomobil yo'li foydalanishga topshirildi.Transport vositalari-avtobuslar, yuk va engil mashinalarga ega bo'lgan jamoa hamda xususiy xo'jaliklar ko'paymoqda, ularning yo'lovchi va yuk tashishda salmog'i asta-sekinlik bilan o'sib bormoqda. Yurtimiz viloyatlarining Qirg'iziston va Qozog'iston bilan olib boriladigan savdo aloqalari asosan Toshkent viloyati orqali amalga oshiriladi. Shaharda transport harakatini kamaytirish maqsadida shaxar tashqarisida halqa yo'li barpo etilgan. Uning uzunligi 64 km bo'lib, O'zbekistonda shunday maqsadda qurilgan yagona yo'l hisoblanadi.

Keyingi yillarda mustaqillikdan avvalgi davrdan qolgan eski avtomobil yo'llari kengaytirilib borilmoqda. Farg'ona vodiysi-Toshkent-Samarqand-Buxoro-Nukus-Denov zamonaviy andozalarga javob beruvchi 1800 km li magistral avtomobil yo'li ilgarilari g'arb va sharqni birlashtirgan "Buyuk ipak yo'li"ning tiklashning ramzidir. Andijon-O'sh- Ergashtom avtomobil yo'li Xitoy orqali Sharqiy suv havzalariga chiqish imkonini beradi. Mamlakat avtotransportining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanmoqda. Avtotransport parki xorijiy mamlakatlar (Germaniya, Janubiy Koreya)dan keltirilgan va vatanimizda ishlab chiqarilayotgan avtobuslar, yengil mashinalar hisobiga tobora yangilanib bormoqda. Avtoxo'jaliklar, yo'l qurilishi xo'jaliklari zamonaviy texnikalar bilan taminlanmoqda. Bularning barchasi vatani,izni rivojlanishi va istiqboliga hizmat qiladi.

O'zbekiston avtomobil transportida qo'shni uzoq xorijiy davlatlar bilan bog'lanish istiqboli ochilmoqda.

Mamlakatimiz O'rta Osiyo davlatlarining barchasi bilan tashabbuskor bo'lib chiqmoqda yoki bevosita qatnashmoqda. Masalan, Har qanday hududning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti va aholining hayot darajasini ko'tarishda transportning o'rni va mohiyati beqiyosdir. Transport moddiy ishlab chiqarishning muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Uning rivojlanish darajasi mamlakat iqtisodiy otiga, unda ishlab chiqarish kuchlarining joylashish va rivojlanishiga bevosita ta'sir ko'rsatadi.Mamlakatimiz orqali yuk tashishni ko'paytirish uchun xorijiy davlatlar va yirik kompaniyalar bilan qo'shimcha bitimlar imzolash, Trans-Afg'on, Trans-Kavkaz, Trans-Xitoy kabi avtomobil yo'llaridan foydalanishni jadallashtirish, yuk tashuvchilar bilan hamkorlikda korxonalar tashkil etish, sohaga oid xalqaro hujjatlarga qo'shilish, tegishli qonun loyihasi ishlab chiqish vazifalari qo'yildi. Buning natijasida yurtimizda transport geografiyasining ahamiyati va salmog'i anchaga ko'payadi. Shu o'rinda avtomobil transportini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarda quyidagilar belgilanib o'tilgan. Yo'lovchi tashish xizmatlari ko'rsatish uchun tarif belgilash tartib-taomillari ham talabga javob bermasligi qayd etildi. Shahar avtobus yo'nalishlarida tariflar

www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 546 EElJ^^^H

viloyatlar o'rtasida 1,7 barobar farq qiladi, yo'nalishli taksi bo'yicha esa bu tafovut 6 barobardan ortadi. Vazirlar Mahkamasi, Moliya vazirligi, "O'zavtotrans" agentligiva Davlat raqobat qo'mitasi yo'lovchi tashish xizmatlari uchun tariflarni davlat tomonidan belgilash tartibini takomillashtirishi zarur. Transport xizmati ko'rsatish sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal joriy etish lozim. Yo'l haqi uchun pul to'lash hamon eskicha tizimda qolmoqda.

Xulosa va takliflar: Xulosa qilib shuni aytish mumkinki Respublikamizning geografik o'rnining qulayligi sababli transport yo'llarining tugunida joylashgan. Buning natijasida Markaziy Osiyo davlatlarining deyarli barchasi bir-biri bilan avtomobil orqali aloqalarini amalga oshirishda O'zbekiston xuxudidan o'tishadi bu degani yurtimizda avtomobil transportini rivojlantirish orqali iqtisodiyotimizni yuksaltirishimiz mumkin bo'ladi. Shuning uchun bir qancha ishlarni amalga oshirganimiz maqsadga muvofiq bo'ladi. Respublikamizda avtomobil transporti sohasida bozor munosabatlari va raqobat muhitini yanada rivojlantirish, xususiy avtokorxonalar faoliyatini kengaytirish shuningdek, mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, transport xizmatlari ko'rsatishda mijozlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga alohida e'tibor qaratish eng muhim hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Usmonqulov Tolmas. "O'zbekiston Respublikasi transport geografiyasi" Guliston-2015.

2. "Y3ÔeKHCTOH MH^HH Енцнкпопедaсн" ,3,aB.raT H^MHH HampnëTH. TomKeHT. 2000.

3. G'iyosidinov, b. B. O. G. (2022). Shaharlarda yo 'lovchilarni jamoat transporti xizmatidan foydalanish afzalliklari. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

www.openscience.uz / ISSN 2181-0842

547

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.