Научная статья на тему 'Jamoat transportlarida yo’lovchilar oqimini aniqlashning zamonaviy usullari tahlili'

Jamoat transportlarida yo’lovchilar oqimini aniqlashning zamonaviy usullari tahlili Текст научной статьи по специальности «Механика и машиностроение»

CC BY
1530
185
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
transport / yo’lovchi / xavfsizlik / jamoat transporti / yo’lovchilar oqimi / harakat intervali / avtomatlashtirilgan hisoblash tizimlari / транспорт / пассажир / безопасность / общественный транспорт / пассажиропоток / интервал движения / автоматизированные вычислительные системы

Аннотация научной статьи по механике и машиностроению, автор научной работы — Odilov Nurmuhammad Eshpo’lat O’g’li

Ushbu maqolada shahar jamoat transporti xizmat sifatini oshirish va harakat intervallarini to’g’ri tashkil qilishda muhim ko’rsatkich hisoblangan yo’lovchilar oqimini aniqlash usullari tahlil qilingan. Yoʻlovchilar oqimini o’rganishda avtomatlashtirilgan hisoblash tizimidan foydalanish yo’nalishlardagi harakatlanuvchi tarkibning sonini belgilashda va ularning harakatlanish intervallarini to’g’ri tanlashda yaxshi samara berishi asoslangan. Yo’nalishda harakatlanuvchi tarkib qancha ko'p bo’lsa va uning harakatlanish oralig'i qanchalik qisqa bo'lsa, yo’lovchilarga transport xizmati ko'rsatish sifati shuncha yaxshi bo’ladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Анализ современных методов определения пассажиропотока в общественном транспорте

В данной статье анализируются методы определения пассажиропотока, что считается важным показателем для повышения качества обслуживания общественного транспорта и правильной организации интервалов движения. Проанализировано, что использование автоматизированной системы расчета при изучении пассажиропотока эффективно при определении количества подвижного состава на маршрутах и выборе правильных интервалов их движения. Чем больше транспортных средств находится на маршруте и чем короче расстояние между ними, тем выше качество обслуживания пассажирских перевозок.

Текст научной работы на тему «Jamoat transportlarida yo’lovchilar oqimini aniqlashning zamonaviy usullari tahlili»

UDK 656.072.5

JAMOAT TRANSPORTLARIDA YO'LOVCHILAR OQIMINI ANIQLASHNING

ZAMONAVIY USULLARI TAHLILI

Odilov Nurmuhammad Eshpo'lat o'g'li JizPI, assistent, E-mail:[email protected];, Tel: +99897.328-92-92

Annotatsiya. Ushbu maqolada shahar jamoat transporti xizmat sifatini oshirish va harakat intervallarini to'g'ri tashkil qilishda muhim ko'rsatkich hisoblangan yo'lovchilar oqimini aniqlash usullari tahlil qilingan. Yo'lovchilar oqimini o'rganishda avtomatlashtirilgan hisoblash tizimidan foydalanish yo'nalishlardagi harakatlanuvchi tarkibning sonini belgilashda va ularning harakatlanish intervallarini to'g'ri tanlashda yaxshi samara berishi asoslangan. Yo'nalishda harakatlanuvchi tarkib qancha ko'p bo'lsa va uning harakatlanish oralig'i qanchalik qisqa bo'lsa, yo'lovchilarga transport xizmati ko'rsatish sifati shuncha yaxshi bo'ladi.

Аннотация. В данной статье анализируются методы определения пассажиропотока, что считается важным показателем для повышения качества обслуживания общественного транспорта и правильной организации интервалов движения. Проанализировано, что использование автоматизированной системы расчета при изучении пассажиропотока эффективно при определении количества подвижного состава на маршрутах и выборе правильных интервалов их движения. Чем больше транспортных средств находится на маршруте и чем короче расстояние между ними, тем выше качество обслуживания пассажирских перевозок.

Abstract. Abstract. This article analyzes the methods of determining the flow of passengers, which is considered an important indicator for improving the quality of urban public transport services and organizing movement intervals correctly. It is based on the fact that the use of an automated calculation system in the study of the flow of passengers is effective in determining the number of rolling stock on the routes and correctly choosing their movement intervals. The more vehicles there are on the route and the shorter the distance between them, the better the quality of passenger transport service.

Kalit so'zlar: transport, yo'lovchi, xavfsizlik, jamoat transporti, yo'lovchilar oqimi, harakat intervali, avtomatlashtirilgan hisoblash tizimlari.

Ключевые слова: транспорт, пассажир, безопасность, общественный транспорт, пассажиропоток, интервал движения, автоматизированные вычислительные системы.

Key words: transport, passenger, safety, public transport, passenger flow, movement interval, automated computing systems.

Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida hamda yuk va yo'lovchilarni tashishda avtomobil transportining ahamiyati katta hisoblandi Mamlakatimiz aholisining soni yildan-yilga ortib borishi bilan shaharlar hududi kengayib, aholining avtomobil transportiga bo'lgan ehtiyoji ham oshib bormoqda. Bu esa tabiiy ravishda yo'llarda, shahar ko'chalarida harakat xavfsizligini ta'minlashda hamda aholiga transport xizmatini ko'rsatishda muammolar yuzaga kelishiga olib kelmoqda. Jamoat transporti - odamlarning uzog'ini yaqin qiladigan, aholi kayfiyatiga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir ko'rsatadigan vosita. O'tgan 10 oyda Xalq qabulxonalariga ushbu masalada 3 mingdan ziyod murojaat bo'lgani ham sohada kamchiliklar ko'pligini ko'rsatadi. Hisob-kitoblarga ko'ra, mamlakatimiz bo'yicha kuniga qariyb 20 million yo'lovchidan bor-yo'g'i 4,4 millioni yoki 22 foizi jamoat transportidan foydalanmoqda. Bu ko'rsatkich Andijon, Qashqadaryo, Namangan, Xorazm, Samarqand, Farg'ona, Buxoro va Toshkent viloyatlarida bundan ham past. 1 ming 200 ta qishloq tuman markazigacha bo'lgan yo'nalishda

jamoat transporti bilan qamrab olinmagan [7]. Jamoat transporti harakatlanuvchi tarkib parkining yetishmasligi yoki eskirganligi, ayrimlari xizmat muddatini o'tab bo'lganligi va harakat intervallari to'g'ri tashkil etilmaganligi bu borada hal qilinishi lozim bo'lgan ishlar ko'pligini anglatadi. Bu esa o'z navbatida shahar jamoat transporti yo'nalishlarini optimallashtirish zaruratiga alohida e'tibor qaratish lozimligini anglatadi.

Jizzax shahrida ham yo'lovchilarga xizmat ko'rsatishda jamoat transport vositasi hisoblangan avtobuslar, mikroavtobuslarning ahamiyati juda muhim o'rin tutadi. Shahar ko'chalarida harakat miqdorining ortishi ayniqsa kunning tig'iz paytlarida jamoat transport vositalarining ushlanib qolish vaqtining ortishiga, buning natijasida harakat tezligining pasayishiga, o'z navbatida qatnovlar muntazamligining buzilishlari yuzaga kelishiga, yo'lovchilarning kutib qolishlariga sabab bo'lmoqda. Bu muammolarni hal qilish uchun avvalo jamoat transportlaridagi yo'lovchilar oqimini o'rganish, yo'lovchilar oqimiga mos ravishda yo'nalishlarda harakatlanish intervallarini belgilash va harakatni to'g'ri tashkil qilish lozim [5].

Yo'lovchilarga samarali transport xizmati ko'rsatishni tashkil etish uchun yo'lovchilar oqimi to'g'risidagi ma'lumotlarni tizimli ravishda olib borish zarur. Axborot olishning asosiy maqsadlariga ko'ra yo'lovchilar harakatini o'rganish ikki sinfga bo'linadi. Birinchisi - aholining transportga bo'lgan ehtiyojlarini aniqlashga qaratilgan so'rovlarni o'z ichiga oladi, ikkinchisi -mavjud transport xizmatlari tizimini takomillashtirish bilan bog'liq [3].

Transportga bo'lgan ehtiyojni o'rganish yo'lovchilarni tashishga bo'lgan talabning shakllanish qonuniyatlari haqida ma'lumot beradi, transport xizmati so'rovi mavjud tizimi bilan aholining transport xizmatlariga bo'lgan qondirish darajasi haqida ma'lumot beradi.

Bugungi kunda bozor iqtisodiyotiga o'tish aholi transport harakatchanligining yanada oshishiga olib keldi. Yo'lovchilar oqimi, uning miqdori va boshqa tavsiflari birinchi galda aholining transport harakatchanligiga bog'liq bo'ladi. Aholining transport harakatchanligi deb ma'lum vaqt oralig'ida (odatda, bir yil) transportdan foydalanish miqdoriga aytiladi. Aholining transportdan foydalanish soni va vaqti transportdan qanday maqsadda foydalanishiga (ishga, o'qishga, dam olish maskanlariga va hokazo) bog'liq bo'ladi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, 60 - 65 % hollarda aholi transportdan ishga yoki o'qishga borishda foydalanadi [6].

Yo'llarning ma'lum bir yo'nalishida va qismida (bo'lagida) tashilishi kerak bo'lgan yo'lovchilarga yo'lovchilar oqimi deb ataladi. Aholining tashishga bo'lgan talabini to'la qondirish va ularga yuqori sifatli transport xizmatini ko'rsatish uchun yo'lovchilar oqimi va ularning tavsiflari to'g'risidagi quyidagi ma'lumotlar kerak bo'ladi:

1. Hamma yo'nalish bo'yicha yo'lovchilarni tashish hajmi.

2. Yo'nalishning bo'laklari (bekatlar oralig'i) bo'yicha yo'lovchilar oqimining taqsimlanishi.

3. Kunning soatlari bo'yicha yo'lovchilar oqimi hajmining taqsimlanishi.

4. Yo'lovchilar aylanishi.

5. Yo'lovchilarni o'rtacha tashish masofasi.

6. Yo'lovchilarning almashuvchanlik koeffitsiyenti.

Yo'lovchilar oqimi o'rganilayotganida ular grafik, epyura, kartogramma, siklogramma yoki jadval ko'rinishida tasvirlanishi mumkin.Yo'lovchilar oqimi yo'nalishning uzunligi va kunning soatlari bo'yicha notekis taqsimlanadi [2].

Yo'lovchilar oqimini kunning soatlari bo'yicha o'zgarishini ko'radigan bo'lsak, unda ikkita yo'lovchi oqimi eng katta bo'lgan davrlarni kuzatish mumkin, bular ertalabki payt ishga va o'qishga borish vaqti hamda kechki payt ishdan va o'qishdan qaytish vaqtlari. Bu davrlar tig'iz vaqt - «pik» deb nomlanadi.

Yo'lovchilar oqimini yalpi (butun shahar, tuman yoki yo'nalishda qatnayotgan avtobuslarning hammasi qamrab olinadi) yoki alohida tanlab olish usulida (shaharning, tumanning yoki yo'nalishda qatnayotgan avtobuslarning bir qismi) usullari orqali o'rganish mumkin. Qaysi usuldan foydalanish yo'lovchilar oqimi nima maqsadda aniqlanayotganidan kelib chiqib tanlanadi.

Yo'lovchilar oqimini o'rganishning bir necha keng tarqalgan usullari mavjud bo'lib, ular quyidagilardir. (1-rasm).

Anketa usuli. Bu usulda yo'lovchilar oqimini o'rganish uchun maxsus anketalar tayyorlanadi va aholiga tarqatiladi. Anketada har bir aholi ma'lum davr oralig'ida necha marta va qanday maqsadda transport xizmatidan foydalanishi, qaysi yo'nalishda va qancha masofaga borishi kabi savollar yozilgan bo'ladi (2-jadval). Olingan ma'lumotlar aholiga transport xizmati ko'rsatish sifatini baholashda, kelajakda transport tarmog'ini rivojlantirish rejasini ishlab chiqishda, transport turini tanlashda va shahar transportining rejasi kabi masalalarni yechishda foydalaniladi.

Anketa usuli transport oldidagi dolzarb masalalarni yechishda eng yaxshi vosita bo'lishi bilan bir paytda, ba'zi bir kamchiliklarga ham egadir. Bunday kamchiliklarga quyidagilarni ko'rsatib o'tish mumkin:

1. Anketa so'rovini o'tkazishning murakkabligi (anketalarni tayyorlash, ularni har bir xonadonga tarqatish va qayta yig'ib olish).

2. Anketa ma'lumotlarini qayta ishlashga ko'p vaqt sarflanishi.

3. Yo'nalishlardagi yo'lovchilar oqimini kunning soatlari bo'yicha «tig'iz» paytni va transportlarning harakati va yo'nalishning bo'laklari bo'yicha taqsimlanishining eng katta qiymatlarini aniq ko'rsata olmaslik.

1-rasm. Jamoat transportida yo'lovchilar oqimini o'rganish usullari

Yo'lovchilar oqimini o'rganish anketasi namunasi

1-jadval.

Savol Javob Shifr

Siz ishga yoki o'qishga borishda transportga qaysi bekatdan qaysi vaqtda chiqasiz? «Olmazor» bekati 7:30daq

Transport turi va raqami. Avtobus №1,8, 35, 212,246

Uydan avtobus bekatigacha yetib borish uchun sarflaydigan vaqtingiz. 7 daq.

Siz boshqa transportga qayerda 1-marta o'tasiz? «Paxtakor» bekatida metropolitenga

Anketa usuli transport oldidagi dolzarb masalalarni yechishda eng yaxshi vosita bo'lishi bilan bir paytda, ba'zi bir kamchiliklarga ham egadir. Bunday kamchiliklarga quyidagilarni ko'rsatib o'tish mumkin:

1. Anketa so'rovini o'tkazishning murakkabligi (anketalarni tayyorlash, ularni har bir xonadonga tarqatish va qayta yig'ib olish).

2. Anketa ma'lumotlarini qayta ishlashga ko'p vaqt sarflanishi.

3. Yo'nalishlardagi yo'lovchilar oqimini kunning soatlari bo'yicha «tig'iz» paytni va transportlarning harakati va yo'nalishning bo'laklari bo'yicha taqsimlanishining eng katta qiymatlarini aniq ko'rsata olmaslik.

Talon usuli. Talon usuli yo'lovchilar oqimini o'rganishda eng ko'p qo'llaniladigan usul hisoblanadi. Shu bilan birga bu usulda boshlang'ich ma'lumotlarni to'plash va tahlil qilish eng ko'p mehnat talab qilinadi.

Talon usulining asosiy maqsadi bekatlarda transport vositasiga chiqayotgan, tushayotgan va tushmay o'tib ketgan yo'lovchilar miqdorini aniqlashdan iboratdir.

Bu usul har bir yo'nalishda yo'lovchilar oqimini kunning soatlari, yo'nalish bo'laklari, harakat yo'nalishi bo'yicha miqdori va notekislik koeffitsiyentlarini, yo'lovchilarni o'rtacha tashish masofasini, jami bajarilayotgan ish unumdorligini (yo'lovchi va yo'lovchi-kilometrlarda) aniqlash imkonini beradi [3].

Talon usulida yo'lovchilar oqimini o'rganish quyidagicha amalga oshiriladi. Umumiy bekatlar sonidan ko'proq tartib raqami yozilgan talon tayyorlanadi (2-rasm)._

1 2 3 4 5 6

7 8 9 10 11 12 Tushayotganingizda talonni hisobchiga topshiring

13 14 15 16 17 18

19 20 21 22 23 24

2-rasm. Talonning ko'rinishi.

Hisobchilar har bir bekatda transportga chiqayotgan yo'lovchilarga qaysi bekatligini belgilab (bekat raqamini belgilab), talonni beradilar, ular tushayotgan bekatda uni qaytarib oladilar va talonga yo'lovchi qaysi bekatda tushgani qayd etilib qo'yiladi. To'plangan ma'lumotlar tahlil qilinib, har bir yo'lovchining bekatlar bo'yicha aloqasi aniqlanadi (2-jadval).

Hisoblar transport harakati yo'nalishi bo'yicha alohida-alohida olib boriladi (to'g'ri yo'nalish, teskari yo'nalish). Yo'lovchilar haqidagi ma'lumotlarning dastlabki tahlili ko'rilayotgan yo'nalishda qaysi turdagi avtobus yo'nalishini ochish maqsadga muvofiq ekanligi to'g'risida birinchi takliflarni kiritish uchun asos bo'ladi. Qaysi yo'nalish turini tanlash uchun asosiy mezon bo'lib avtobuslarning yo'lovchilar bilan to'lganlik darajasi xizmat qiladi. Bunda avtobus yo'nalishining turini shunday tanlash kerakki, avtobusning sig'imdan foydalanish darajasi yuqori bo'lsin (yo'nalishning rentabelligi ta'minlanishi), shu bilan bir paytda yo'lovchilar uchun qulaylik ham ta'minlansin (sig'imdan foydalanish darajasi me'yordan ortib ketmasin).

Yo'lovchilar oqimini talon ^ usulida o'rganish natijalari (matritsasi)

2-jadval.

1 2 3 4 5 6 Chiqdi Tushdi Avtobusda qoldi

1 10 15 25 20 10 80 - 80

2 20 35 20 15 90 10 160

3 30 25 20 75 35 200

4 15 10 25 75 150

5 15 15 65 100

6 - 100 -

Tushdi 10 35 90 80 70 -

Hisoblar transport harakati yo'nalishi bo'yicha alohida-alohida olib boriladi (to'g'ri yo'nalish, teskari yo'nalish). Yo'lovchilar haqidagi ma'lumotlarning dastlabki tahlili ko'rilayotgan yo'nalishda qaysi turdagi avtobus yo'nalishini ochish maqsadga muvofiq ekanligi to'g'risida birinchi takliflarni kiritish uchun asos bo'ladi. Qaysi yo'nalish turini tanlash uchun asosiy mezon bo'lib avtobuslarning yo'lovchilar bilan to'lganlik darajasi xizmat qiladi. Bunda avtobus yo'nalishining turini shunday tanlash kerakki, avtobusning sig'imdan foydalanish darajasi yuqori bo'lsin (yo'nalishning rentabelligi ta'minlanishi), shu bilan bir paytda yo'lovchilar uchun qulaylik ham ta'minlansin (sig'imdan foydalanish darajasi me'yordan ortib ketmasin).

Ko'z bilan kuzatish (chamalash) usuli. Bu usul ancha soda va shu bilan birga taxminiy bo'lib, yo'lovchilar oqimini yo'nalishning eng ko'p yuklangan bekatlarida o'rganish uchun qo'llaniladi [1]. Buning uchun hisobchilar bekatlarda turib avtobus ichida qancha yo'lovchi borligini olti balli tizim orqali baholaydilar (3-rasm):

- 1 ball - o'rindiqlarning yarmidan ko'p qismi bo'sh;

- 2 ball - o'rindiqlarning hammasi band;

- 3 ball - o'rindiqlarning hammasi band va turib ketish uchun mo'ljallangan joylarning yarmi band;

- 4 ball - avtobusning sig'imidan deyarli to'liq foydalanilyapti (1 m2 bo'sh maydonga 2 yo'lovchi to'g'ri kelmoqda);

- 5 ball - avtobusning sig'imidan to'liq foydalanilyapti (1 m2 bo'sh maydonga 4 yo'lovchi to'g'ri kelyapti);

- 6 ball - avtobus to'lib ketgan va yo'lovchilar unga chiqa olmaydi (1 m2 bo'sh maydonga 8 yo'lovchi to'g'ri kelyapti) [6].

3-rasm. Ko'z bilan chamalashda avtobus to'lganlik darajasining ballari.

Bu usuldan foydalanilganda qancha yo'lovchi transport vositasida ketayotganini to'g'ri aniqlash uchun avtobusning rusumiga, o'rindiqlarning avtobusni ishlab chiqargan zavoddagiga nisbatan o'zgarmaganligiga alohida ahamiyat berish kerak. Ko'z bilan kuzatish usuli sodda va nisbatan kam mehnat talab etgani uchun har bir yo'nalishda muntazam ravishda kunning soatlari, hafta kunlari va yil fasllari bo'yicha yo'lovchilar oqimini o'rganishda qo'llash maqsadga muvofiq bo'ladi.

Jadval usuli. Jadval usuli, odatda, haftaning bironta ish kunida (ko'pincha chorshanba va payshanba) bir paytda shahar yo'lovchi transportining barcha turida (istisno tariqasida tanlab olingan yo'nalishlarda) yo'lovchilar oqimini o'rganish uchun qo'llaniladi [2].

Bunda transport korxonalaridagi hodimlar kamchilikni tashkil qiladigan bo'lsa, unga kollej va institut talabalari ham jalb etiladi.

Kuzatishni o'tkazish uchun maxsus jadvallar tayyorlanadi va yetarli miqdorda ko'paytiriladi. Bir nechta yo'nalishlar uchun hisobchilar guruhi va uning rahbari tayinlanadi.

Hisobni boshlashdan oldin guruh rahbarlari jadvalni to'ldirish qoidalari bo'yicha hisobchilarga yo'riqnomalar berishadi. Shu bilan bir paytda yo'lovchi oqimini o'rganish uchun ba'zi bir tashkiliy masalalar ham hal etilishi kerak. Masalan, hisobchilar kuzatish kuni qayerda to'planadilar hisobni boshlash joylariga va hisobot tugagandan keyin o'z manzillariga qanday yetkazib qo'yiladi, dam olish grafigi va boshqalar.

So'rovnoma usuli. Bu usul ikkiga bo'linadi va birinchisida aholiga savollar yozilgan varaqa aloqa bo'limlari orqali yuboriladi. So'rovnoma usuli yordamida bekatlarning boshqa bekatlar bilan bog'liqligi, transport tugunlarining joylashuv ehtimolligi, yangi mavzelarga ko'chib ketgan aholiga transport xizmatini ko'rsatishning sifatini oshirish uchun qanday yo'nalishlarni tashkil etish, transport turlari va sig'imini to'g'ri tanlash kabi masalalarni yechishda asos bo'lib xizmat qiladi [3].

So'rovnoma o'tkazishning ikkinchi usulida varaqa xonadonlarga yuborilmaydi. Ularni bekatlarda hisobchilar yo'lovchilar bilan savol-javob orqali to'ldiradilar (3-jadval). Ba'zi hollarda hisobchilar varaqani transportda ketayotgan yo'lovchilarga tarqatib, to'ldirilgan varaqalarni ulardan yig'ib olishlari ham mumkin.

3-jadval.

Yo'lovchilar oqimini o'rganish savolnomasi

T/r Savol Javob

1 Yashash manzilingiz.

2 Uydan bekatga borgungacha sarflaydigan vaqtingiz.

3 Ish yoki o'qishga boradigan vaqtingiz.

4 Ish yoki o'qishga borishda qaysi raqamli avtobusdan foydalanasiz va qayerda boshqa transportga o'tasiz?

Chipta usuli. Yo'lovchilar oqimini, tashilgan yo'lovchilar hajmini, ularni o'rtacha tashish masofalarini kunlik yoki oylik chiptalarni hisoblash orqali aniqlanadi. Bu usulni chiptalar o'tmaydigan yo'nalishlarda (shahar atrofi, shaharlararo va hokazo) o'rganishda qo'llash maqsadga muvofiq bo'ladi. Bu usulning kamchiligi shundaki, shahar ichida bunday usuldan foydalanish maqsadga muvofiq emas. Chunki bunga asosiy sabab shahar ichida qatnaydigan ko'pchilik yo'lovchilarga transportdan foydalanishga imtiyozlar berilganligidir (nafaqadagi fuqarolarga, talabalar, o'quvchilarga va boshqalarga berilayotgan imtiyozlar) [4].

Hozirgi vaqtda yo'lovchilar oqimini o'rganishning avtomatlashtirilgan usullari keng tarqalgan bo'lib, bu usullar orqali yo'lovchilar oqimini o'rganish ancha qulay va hisoblash uchun ancha kam vaqt talab etiladi. Bekatlarda transport vositasiga chiquvchi va tushuvchi yo'lovchilar sonini avtomatlashtirilgan hisobga olish usullari kontaktsiz va kontaktlilarga bo'linadi.

Avtomatlashtirilgan hisobga olishning kontaktsiz usullariga fotoelektrik qurilmalardan foydalanishga asoslangan usullar kiradi. Avtotransport vositasiga chiqish (tushishda) yo'lovchi fotosensorga tushadigan yorug'lik nurlarini kesib o'tadi. Fotosensorlardan elektr impulslari harakat yo'nalishini (chiqish, tushish) hisoblash blokiga, keyin esa mos ravishda kiruvchi va chiquvchi yo'lovchilar reestriga yuboriladi. Ushbu usulning kamchiligi, kerakli aniqlikni faqat yo'lovchilarning alohida alohida harakatlanganida ta'minlaydi. Afsuski, shahar jamoat transportlarida, ayniqsa «tig'iz» vaqtlarda yo'lovchilar oqimini aniq hisoblay olmaydi. Chunki yo'lovchilar turli balandliklarda bo'lishi mumkin, nogironlar aravachasida bo'lishi, turli tezlikda harakatlanishi, mumkin. Bunday sharoitda sensorlarning aksariyati ishonchli ishlashni ta'minlay olmaydi [7]. Bu esa yo'lovchilarni samaraliroq hisoblash, og'ir muhitda, turli yorug'lik sharoitlarida ishlaydigan va odamlar katta oqimda o'tayotganda ham aniq hisoblaydigan yangi texnologiyalarni talab qiladi.

Avtomatlashtirilgan hisobga olishning kontaktli usuli yo'lovchilarning qadamlaridagi harakatlari ketma-ketligiga qarab, chiquvchi va tushuvchi yo'lovchilar sonini aniqlaydi va ma'lumotlarni hisoblagichlarga yuboradi. Eurotech sensorlarida qo'llaniladigan shunday texnologiyalardan biri bu stereoskopik kameradir (4-rasm).

USB \ /

Stereoskopik kameralar 4-rasm. DynaPCN 10-20 stereoskopik kamerasi.

DynaPCN 10-20 sensorli qurilma ikkita stereoskopik kamera va to'rtta yuqori yorqinlikdagi infraqizil yorug'lik tarqatgichlar yordamida yuqori aniqlikda ishlaydi. Ushbu qurilmaning asosiy afzalligi - hisoblashning aniqligi va yaxshi ishlangan sensor bir vaqtning o'zida bir nechta yo'lovchilarni hisoblash chizig'idan o'tganda ham hisobga olish imkoniyatiga ega. Stereoskopik kameralar sensor ostidagi tasvirni oladi va bu ma'lumotlarni real vaqtda maxsus murakkab algoritm yordamida qayta ishlaydi. Algoritm ko'rish maydoniga tushadigan har qanday ob'ektlarning balandligi, shakli va ularning harakat yo'nalishini tahlil qiladi [8].

Yo'lovchilar oqimi intensivligining vaqt diapazoni muayyan vaqt oralig'ida harakat yo'nalishlarini optimal rejalashtirish imkonini beradi. Bu sensorni turli joylarda, shu jumladan gorizontal bo'lmagan sirtlarda joylashtirish imkonini beradi. Eshik holati datchiklariga ulanish uchun ajratilgan diskret kiritish/chiqarish kanallarining mavjudligi va bir nechta datchiklarni bitta hisoblash tizimiga oson integratsiyalashuvi transporting har qanday turida o'rnatishni osonlashtiradi. Eshiklarning o'lchami sensor tomonidan boshqariladigan maydondan oshib

ketgan bo'lsa, to'g'ri hisoblashni ta'minlash uchun ikki yoki undan ortiq datchiklarni o'rnatish mumkin (5-rasm).

5-rasm. Tor va keng eshiklarda DynaPCN 10-20 sensorli qurilmadan foydalanish

Xulosa. Yo'lovchilarni tashish samaradorligini oshirish va resurslarni tejash transport korxonalarining asosiy muammolaridan biridir. Buning uchun yo'lovchilar oqimini muntazam kuzatib, ularning sonini hisobga olish eng muhim vazifalardan hisoblanadi. Yo'lovchilar oqimini doimiy o'rganish yiliga bir martadan ko'p bo'lmagan holda amalga oshiriladi. Namunaviy tadqiqotlar zaruratga qarab - ma'lum yo'nalishlarda avtotransport vositalari yetarli bo'lmaganda yoki ayrim yo'nalishlarda ularning soni ortiqcha bo'lganda o'tkaziladi. O'tkazilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, tramvaylarning 25-28 foizi, trolleybuslarning 24-26 foizi va avtobuslarning 45-50 foizini tanlab o'rganish statistik hisob-kitoblar uchun yetarli darajada aniqlikni ta'minlaydi [8]. Yo'lovchilar oqimini o'rganishda avtomatlashtirilgan hisoblash tizimidan foydalanish yo'nalishlardagi harakatlanuvchi tarkibning sonini belgilashda va ularning harakatlanish intervallarini to'g'ri tanlashda yaxshi samara beradi. Yo'nalishda harakatlanuvchi tarkib qancha ko'p bo'lsa va uning harakatlanish oralig'i qanchalik qisqa bo'lsa, yo'lovchilarga transport xizmati ko'rsatish sifati shuncha yaxshi bo'ladi.

Yo'lovchilar sonini hisobga olish masalalari nafaqat shahar jamoat transporti, balki shahar atrofidagi poyezdlar va metrolar uchun ham dolzarbdir. Avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimlari nafaqat transportning o'zida, balki aeroportlar, temir yo'l vokzallari va boshqalarda ham ko'rsatiladigan xizmatlarni yaxshilashga yordam beradi.

ADABIYOTLAR

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

1. Qulmuhamedov J.R. va boshqalar, Avtotransport vositalarida yo'lovchilar tashishni tashkil etish. T: «ILM ZIYO», 2016.

2. Butayev Sh.A. va boshqalar. Tashish jarayonlarini modellashtirish va optimallashtirish. T.: «Fan», 2009.

3. Karimov E. Avtomobillarda yo'lovchilar tashish. T.: «Sharq» NMAK, 2002.

4. Xodjayev B.A. Avtomobillarda yuk va passajirlar tashish asoslari. T.: «O'zbekiston»,

2002.

5.Q.X. Azizov «Yo'llarda xavfsiz harakatlanish asoslari», O'quv qo'llanma, T.: «Fan va texnologia». 2009 - 242 b.

6.Azizov Q.X. Avtomobil yo'llarida harakat xavfsizligini ta'minlash. O'quv qo'llanma, 94 bet. (https://arm.tdpushf.uz/kitoblar/fayl 1461_20210812.pdf).

7.Odilov, N., & Muxtorov, A. (2022). Avtomobillar harakatini xavfsiz tashkil etishda GPS tizimlaridan foydalanish samaradorligi. Academic research in educational sciences, 3(2), 298-303.

8. https://euromot.ru

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.