Научная статья на тему 'Shaharda avtomobilda tashishda harakat muntazamligini oshirish (namangan shahri misolida)'

Shaharda avtomobilda tashishda harakat muntazamligini oshirish (namangan shahri misolida) Текст научной статьи по специальности «Механика и машиностроение»

CC BY
168
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yo‘nalish / transport / shahar / oraliq to‘xtash / bekat / yo‘lovchi oqimi / harakat muntazamligi / маршрут / транспорт / город / промежуточная остановка / станция / пассажиропоток / регулярность движения

Аннотация научной статьи по механике и машиностроению, автор научной работы — To‘xtaboеv M. A., Mamirov U. X.

maqolada shahar ichi yo‘lovchi tashishda harakat muntazamligini oshirish maqsadida 13-sonli “1-kichik tuman-Chorsu” shahar avtobus yo‘nalishini tahlil qilingan. Bunda yo‘nalishdagi oraliq to‘xtash bekatlari bo‘yicha va sutka soatlari bo‘yicha yo‘lovchilar oqimini taqsimlanish diagrammasi tuzilgan. “to‘g‘ri” va “tеskari” yo‘nalishlar bo‘yicha yo‘lovchilar oqimi ifodalangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Повышение регулярности передвижения по городу на автомобиле (в примере города Наманган)

в статье проведен анализ городского автобусного маршрута № 13 «1-Малый район-Чорсу» с целью повышения регулярности движения во внутригородском пассажирском сообщении. При этом составляется схема распределения пассажиропотока по промежуточным остановкам на маршруте и по часам суток. Представлен поток пассажиров в «прямом» и «обратном» направлениях.

Текст научной работы на тему «Shaharda avtomobilda tashishda harakat muntazamligini oshirish (namangan shahri misolida)»

UDK 711.7

SHAHARDA AVTOMOBILDA TASHISHDA HARAKAT MUNTAZAMLIGINI OSHIRISH (NAMANGAN SHAHRIMISOLIDA)

To'xtaboev Mirzoxid Akhmadjanovich NamMQI, dotsent, tel.: +998977600462, E-mail: [email protected]

Mamirov Ulug'bek Xabibullayevich Namangan viloyat transport boshqarmasi tenderlarni o'tkazish bo'lim boshlig'i, tel.: +998945044333, E-mail: [email protected]

Annotatsiya: maqolada shahar ichi yo'lovchi tashishda harakat muntazamligini oshirish maqsadida 13-sonli "1-kichik tuman-Chorsu" shahar avtobus yo'nalishini tahlil qilingan. Bunda yo'nalishdagi oraliq to'xtash bekatlari bo'yicha va sutka soatlari bo'yicha yo'lovchilar oqimini taqsimlanish diagrammasi tuzilgan. "to'g'ri" va "teskari" yo'nalishlar bo'yicha yo'lovchilar oqimi ifodalangan.

Аннотация: в статье проведен анализ городского автобусного маршрута № 13 «1-Малый район-Чорсу» с целью повышения регулярности движения во внутригородском пассажирском сообщении. При этом составляется схема распределения пассажиропотока по промежуточным остановкам на маршруте и по часам суток. Представлен поток пассажиров в «прямом» и «обратном» направлениях.

Abstract: the article analyses the city bus route No.13 "1-Small District-Chorsu" in order to increase the regularity of movement in the intracity passenger traffic. At the same time, a scheme is drawn up for the distribution of passenger traffic by intermediate stops on the route and by hours of the day. The flow of passengers in the "forward" and "reverse" directions is presented.

Kalit so'zlar: yo'nalish, transport, shahar, oraliq to'xtash, bekat, yo'lovchi oqimi, harakat muntazamligi

Ключевые слова: маршрут, транспорт, город, промежуточная остановка, станция, пассажиропоток, регулярность движения.

Key words: route, transport, city, intermediate stop, station, passenger flow, traffic regularity

Kirish. O'zbekiston respublikasi prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi" 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi" ning 36-maqsadida: Barcha transport turlarini uzviy bog'lagan holda yagona transport tizimini rivojlantirish, yirik shaharlar o'rtasida kunlik transport qatnovlari asosida manzilga yetib borish va qaytib kelish imkoniyatini yaratish belgilangan.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-noyabrda jamoat transportini rivojlantirish yuzasidan o'tkazilgan video selektor yig'ilish hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-maydagi 377-sonli Qarorlari hamda viloyat hokimligining 2020-yil 24-dekabr kungi "Viloyat hududida yo'l-transport hodisalarini oldini olish va harakat xavfsizligini ta'minlash bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish to'g'risida"gi 430-sonli farmoyishi talablari ijrosini ta'minlash maqsadida, Namangan shahar hududida tirbandliklarni oldini olish, harakat xavfsizligini ta'minlash hamda harakat ishtirokchilariga qulay shart-sharoitlar yaratish vazifalari belgilangan [1].

Yo'lovchi tashishning asosiy vazifasi aholining transportga bo'lgan ehtiyojini kerakli sifatda qondirishdan iborat [2-6]. Shahar yo'lovchi transporti tizimida yo'lovchi tashish sifatini

oshirish uchun jamiyatning transport sohasidagi ehtiyojlari oldiga bir qator masalalar qo'yilgan [5,6,7]. Shahar yo'lovchi transporti sifatini boshqarish tizimini takomillashtirish transport kompleksini rivojlantirishning muhim yo'nalishlaridan biridir [7,8,9].

Tadqiqot usuli. Shaharlar aholisi uchun transport xizmatlari sifatini baholashning eng muhim mezonlaridan biri bu jo'nab ketish joyidan kelish joyigacha bo'lgan masofa uchun sarflangan umumiy vaqtdir [10]. Bundan tashqari, transport vositasining yo'nalishdan chiqish koeffitsienti, quvvatdan foydalanish koeffitsienti, vaqtdan foydalanish koeffitsiyenti, aloqa tezligi, intensivligi va tezligidan foydalangan holda aholiga transport xizmatlari sifatini baholash mumkin.

Shu bilan birga yo'nalishlarni tahlil qilish davomida yo'nalishdagi yo'lovchi oqimidan kelib chiqqan holda, yo'nalishga kerak bo'ladigan avtotransport sonini, sutka soatlari bo'yicha yo'lovchilar oqimini aniqlanadi [11-15]. Yo'lovchi tashish hajmidan kelib chiqib avtobus sig'imi grafik-analitik usulga muvofiq tanlanadi.

Tadqiqotning maqsadi. Namangan shahrida tajriba o'tkazish uchun 22 ta to'xtash bekatlari bo'lgan uzunligi 12,8 km ni tashkil etgan 13-sonli "1-kichik tuman-Chorsu" shahar avtobus yo'nalishini tanlangan.

Tadqiqotning natijalari. Mazkur yo'nalishda tadqiqotlarni amalga oshirish davrida oraliq to'xtash bekatlari bo'yicha va sutka soatlari bo'yicha yo'lovchilar oqimini taqsimlanish diagrammasi tuzildi 1-rasm. Bunda "to'g'ri" va "teskari" yo'nalishlar bo'yicha yo'lovchilar oqimi ifodalangan.

Yo'lovchi oqimining taqsimlash diagrammasi avtobuslarning yo'nalishdagi yukini va yo'nalish uzunligi bilan tavsiflanadi. Aksariyat avtobus yo'nalishlarida yo'lovchilar oqimi eng ko'p yo'nalishlarning o'rta qismida bo'ladi va oxirgi bekatlardan uzoqlashgan sari yo'lovchi oqimi kamayadi [16-21].

Tadqiqot o'tkazilayotgan 13-sonli yo'nalishda esa quyidagi bekatlarda 1-chorsu, 5-kollej, 13-akademik litsey, 14-Do'stlik buyum bozori, 15-avtovokzal, 19-Sardoba buyum bozori va 22-Chorsu bekatlarida yo'lovchi oqimining ko'pligini, bu aholining diqqatga sazovor joylari (kasalxonalar, yirik savdo markazlari, ta'lim muassasalari va bozorlari) joylashuvi bilan bog'liqligini ko'rsatadi.

O'rganilayotgan yo'nalishning harakatlanish davomiyligi to'g'risida ma'lumotlar yig'ildi va qayta ishlandi.

Sutka soatlari bo'yicha yolovchilar oqimi

250

^ 200 <л -3 150

О 100 77

"Ê 50

'Э* о

О и « 50 6м

1 юо 62

о 150 о ^200

250

To'g'ri yo'nalish

Teskari yo'nalish

1-rasm. Yo'lovchi tashishning sutkaning soatlari bo'yicha taqsimlanishi diagrammasi

1-jadvalda 13-sonli avtobus yo'nalishi bo'ylab tashishlar masofasi va jami yig'indini hisobga olgan holda to'xtash bеkatlari to'g'risida ma'lumot bеrilgan.

1-jadval

_Tashish masofasi bo'yicha to'xtash bekatlari ro'yxati_

№ Bekatlar nomi Bekatlar orasidagi masofa, km Boshlang'ich bеkatda kеyingi bеkatgacha masofa, km

1. Otchopar 0 0

2. Mustaqillik 0,6 0,6

3. Namangan mehmonxonasi 0,5 1,1

4. Al-Mashriq 0,5 1,6

5. Kollej 0,3 1,9

6. Ishonch 0,6 2,5

l. Tanho 0,6 3,1

8. A.Navoiy kinoteatri 0,l 3,8

9. 1l-ATK 0,8 4,6

10. Qal'a 0,6 5,2

11. Pahlavon 1,5 6,l

12. NamMQI 0,6 l,3

13. Akademik litsey 0,6 l,9

14. Do'stlik bozori 0,5 8,4

15. Avtovokzal 0,5 8,9

16. Temir yo'l bekati 0,l 9,6

1l. Shodlik 0,l 10,3

18. Suv oqava korxonasi 0,6 10,9

19. Sardoba buyum bozori 0,l 11,6

20. Isfarxon savdo uyi 0,4 12

21. Yoshlar markazi 0,4 12,4

22. Chorsu 0,4 12,8

Jami: 12,8

Mazkur yo'nalishini sxеmasini yozishda O'zbеkiston rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi "O'zbеkiston rеspublikasida avtomobil transportida yo'lovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda avtobuslarda yo'lovchilar tashish xavfsizligini ta'minlashga doir talablarni tasdiqlash haqida" gi 482-sonli qarorini 2-ilovasi IX - Umumiy foydalaniladigan yo'nalishlarni ochish, yopish va vaqtincha to'xtatib turish bobida bеlgilangan talablarga muvofiq GEOTREKER programmasi orqali chiziladi (2-rasm).

I I КМ

ДЛИНА ТРЕКА

О О км/ч

МАКС. СКОРОСТЬ

00:42:27 18,1 км/ч

ВРЕМЯ ЗАПИСИ СРЕДНЯЯ СКОРОСТЬ

00:41:38 18,46 км/ч

ВРЕМЯ В ДВИЖЕНИИ СР. СКОРОСТЬ В ДВИЖЕНИИ

ГРАФИК СКОРОСТЕЙ

«МАНГАНСКИЙ РАЙОН

©»ВЛАТАБАДС<Яй О©)©0 ©

/©•©-©Эя Нама® н

Матзг.'лп

©-©-©О

Ханабад

ХопоЬоса

Кипчак

С!1рсЬ<х! Чек

СИек

Кичик-Ташбулак МсЫк ТозИЬЫод

Ташбулак ТоБИЬШод

2-ГЯ8Ш. Namangan 8ИаИаг 13-sonli avtobus yo'nalishining vaqtga bog'liqlik grafigi

Shahar Ьо'у1аЬ yo'lovchi tashish hajmini aniqlash oldinga va orqaga avtobus yo'nalishi кип soatlari Ьо'у^а; shahar avtobus yo'nalishi bo'yicha оЫ^а va teskari yo'nalishdagi yo'lovchi tashish hajmi sutkaning soatlari bo'yicha Аэгти1а bo'yicha aniqlanadi:

- o1dinga yo'na1ish uchun

АВ, QAB, 6-7 = Х%-О4в/100, оёаш; (1)

- teskari yo'na1ish uchun

ВА, Q6-7 = X%•QвA/100, оёаш; (2)

Shahar avtobus1ari yo'na1ishi bo'yicha to'g'ridan-to'g'ri va teskari yo'na1ishda kunning soat1ari bo'yicha уо'^СЫ tashish hajmi to'g'risidagi ma'1umot1ar 2-]аёуа1§а ктй^ап.

2-jadval

Sutka soatlari Ьо'у^а yo'lovchilar oqimi, talab etiladigan avtobuslar 8от, и1аг

8и1ка Х,% Yo'lovchi oqimi, kishi Hisob1ash

О Б Оба

8оаИаг1 tarqatish ОлБ Оба

Ат | 1р, Шin Ат | 1р, Шin

1 2 3 4 5 6 7 8

6-7 3 77 62 5 31,17 4 38,71

7-8 11 281 228 17 8,54 14 10,53

8-9 9 230 186 14 10,43 12 12,90

9-10 8 204 166 13 11,76 10 14,46

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

10-11 5 128 104 8 18,75 6 23,08

11-12 3 77 62 5 31,17 4 38,71

12-13 3 77 62 5 31,17 4 38,71

13-14 4 102 83 6 23,53 5 28,92

14-15 6 153 124 10 15,69 8 19,35

15-16 6 153 124 10 15,69 8 19,35

16-17 8 204 166 13 11,76 10 14,46

17-18 10 255 207 16 9,41 13 11,59

18-19 9 230 186 14 10,43 12 12,90

19-20 8 204 166 13 11,76 10 14,46

20-21 3 77 62 5 31,17 4 38,71

21-22 2 51 41 3 47,06 3 58,54

22-23 1 26 21 2 92,31 1 114,29

23-24 1 26 21 2 92,31 1 114,29

06-24 100 2553 2070

Ehtiyojlar diagrammalarini hisoblash va qurish kun soatlari bo'yicha sayohatga qaytish vaqti to aniqlanadi

to = tdvQ(topQtok) = (2-lm/Vt)Q2(top-nopQtok)/60 =

= (214)/20Q2(0,528Q5)/60 = 2,03 (3)

Kuniga soatiga avtobuslarning kerakli soni quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi:

Am = Qmax to/qn= (300 x 2,03)/170= 6 dona avtobus; (4)

bunda Qmax - kunning har bir soatidagi maksimal trafik hajmi, odam; qn - avtobusning nominal sig'imi, odam.

Muhokama. Yo'lovchilarni tashish uchun turli model va sig'imdagi avtobuslardan foydalanish mumkin. Biroq, agar nominal sig'im yo'nalishdagi haqiqiy yo'lovchi zichligiga mos kelmasa, ulardan foydalanish samaradorligi bir xil emas. Yo'lovchi tashish hajmi katta bo'lgan kichik sig'imli avtobuslardan foydalanish zarur bo'lgan transport vositalari sonini ko'paytiradi, ko'chalardagi yukni va haydovchilarga bo'lgan ehtiyojni oshiradi. Kam sig'imli yo'lovchi oqimi bo'lgan yo'nalishlarda katta sig'imli avtobuslardan foydalanish avtobus harakatining sezilarli oraliqlariga va yo'lovchilarning kutish vaqtining ortiqcha sarflanishiga olib keladi.

Grafik-analitik usul quyidagilardan iborat. Shovqin vaqtida yo'lovchi tashish hajmiga qarab avtobus sig'imining taxminiy qiymati 3-jadvalga muvofiq tanlanadi. 4-jadvalga asosan ikkita turdagi avtobuslar tanlanadi. Ular uchun kattaroq (qn) va kichikroq (qcpas) sig'imli shartli nomdagi avtobuslar qiyoslanadi.

3-jadval

Yo'lovchi tashish va avtobus sig'imi nisbati_

Yo'lovchi tashish, soat Avtobus sig'imi, kishi

200-1000 40

1000-1800 65

1800-2600 80

МЕХАНИКА ВА ТЕХНОЛОГИЯ ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ, МАХСУС СОН 2022, № 1 (1)

105

2600-3800 100

3800 i vnshe 160

4-jadval

Avt tobusning sig'im xususiyatlari

Avtobusning markasi va modeli O'rindiqlar soni, qpas Umumiy quvvat avtobus qn, o'tish. y=1 uchun

Isuzu NP-37 14 37

Isuzu NC-38 16 40

Isuzu NC-45 20 45

Isuzu SAZ-NP-26 26 26

Isuzu LE-60 32 60

Isuzu SAZ-ND-50 50 50

"Isuzu NC-40" shahar avtobusi nominal sig'im bilan tanlangan ko'prik qpas = 17 kishi, va eng yuqori soatlarda qn = 40 kishi. Kunning tig'iz soatlarida 200 dan ortiq odam harakatlanishi bilan eng past soatlar qabul qilinadi (2-rasm).

1 20 я

1 15

i 10

17

Avtobuslarga taxminiy ehtiyoj

14

16

13

13

14

13

10 10

5 5

2 2

7» g» 9» ]0» [[« |2» 13» ,4» 15» 16» |7» 18„ 19» 20™ 21» 22" 23™

Автобус

2-rasm. Avtobuslarga taxminiy ehtiyoj

Yo'nalishdagi avtobuslarning minimal soni aniqlanadi

Am min = = tob'60/Jdop, (5)

Jdop - fuqaroning avtobus bekatida kutish vaqti tufayli avtobuslar orasidagi maksimal interval, Jdop =0,20 soat (15min);

Am min = 2,03 60/15 = 6,09; (6)

qabul qilingan A m min 6 dona avtobus.

Yo'nalishdagi avtobuslardan (saroydan) maksimal foydalanish koeffitsiyenti a bilan belgilanib 0,9 ga tengligini hisobga olgan holda Artax -yo'nalishga chiqariladigan avtobuslar soni:

Amtax = Artax a = 17 0,9 = 15,3-16 dona avtobus; (7)

bunda a - Avtobus saroyidan foydalanish koeffitsienti, (KIP);

Diagrammaning maydoni avtobus soatlarida ZTm transport ishining hajmini belgilaydi:

ITm = T1QT2Q_Tn, soat; (8)

bunda T1,T2- 1-2-grafikdagi avtobuslarni ish vaqti.

Yo'nalish bo'ylab avtobuslarning umumiy smenalari aniqlanadi:

d = (tob- Am maxQ2Tm)/Dt avtobus-smena; (9)

bunda Dt - o'rtacha avtobus smenasining davomiyligi, Dt = 8 soat;

d = (2,03 18Q180)/8 = 27,06, kishi

Taqriban d = 27 kishi deb olamiz.

Avtobuslar yo'nalishdagi ishining smenaliligini aniqlash

DAm = (2-Am max )/ d = 2 20\27 = 1,48 ~ 2-x smenali; (10)

Hisob-kitoblardan kelib chiqadiki

2-Am max d = 40 - 27 = 13 smen.~ 12 smen.; (11)

Qabul qilamiz: 6 ta avtobus bir smenali, 12 avtobus esa ikki smenali.

Sutkaning soatiga Am avtobuslar sonining tuzatish qiymati 2-jadvalga kiritilgan.

Ip avtobuslari orasidagi harakat oralig'i quyidagi formula bilan aniqlanadi:

Ip = (to/Am)-60, min; (12)

bunda lp jadvalga kiritiladi.

Xulosa. Jadvalda marshrutning yakuniy va nazorat oraliq punktlarining nomlari vertikal ravishda yoziladi, avtobusning nazorat punktlaridan o'tgan vaqti (soat, daqiqa) har bir reys uchun gorizontal ravishda ko'rsatiladi. Jadvaldagi yakuniy nuqtalarga qo'shimcha ravishda, oraliq to'xtash joylarida o'zboshimchalik bilan 2-3 nazorat punktini belgilanishi kerak. Marshrut uzunligini, marshrut masofalarini, to'xtashlar sonini, texnik tezlikni va oraliq va oxirgi bekatlarda to'xtab qolish vaqtini bilgan holda, har bir reys uchun yurish vaqtini va nazorat punktiga kelishni oson aniqlash imkoni yaratiladi.

АДАБИЁТЛАР

1. https://staff.tiiame.uz; https://mintrans.uz/

2. Большаков А. М. Повышение уровня обслуживания пассажиров автобусами на основе комплексной системы управления качеством: дисс. ... к. э. н. - М., 1981. - 174 с.

3. To'xtaboyev M., Mamirov U., Turg'unov Z. Jamoat transportida tashishni tashkil etish va boshqarish/ Kurs ishini bajarish uchun uslubiy ko'rsatma. - Namangan: NamMQI, 2022, - B. 44.

4. Мамиров У., Тухтабаев М., Рахмонов Б. Важность развития проекта велодорожки в Намангане //Естественнонаучный журнал «Точная наука. - 2022. - Т. 5.

5. Normirzaev A. R., Tukhtabayev M. A., Mamirov U. X. Implementation of innovative ideas in digitization of the transport sector in Namangan region/Scientific and technical journal of NamlET/NamMTI ilmiy-texnika jurnali //Наманган: НамМТИ. - 2021. - Т. 6. - №. 3. - С. 127-132.

6. Солиев Х. и др. Организация скоростных пассажирских маршрутов //Естественнонаучный журнал «Точная наука. - 2022. - №. 129. - С. 9-11.

7. Л.В.Булавина Проектрование и оценка транспортной сети и маршрутной системы в горадах. Учебно-методическре пособие - Екатеринбург, 2014. - 75 с.

8. В.В.Балагин. Проектирование системы маршрутов городского массового пассажирского транспорта. Методические указания к курсовому проекту по дисциплине «Организация дорожного движения». - Волгоград, 2011. - 35 с.

9. Селюков В.М. Пассажирские перевозки. - Калининград: БГАРФ, 2010.

10. Автомобильные перевозки: методические указания/ сост. Ю.И. Куликов. -Хабаровск: Изд-во Хабар. гос. техн. ун-та, 2005.

11. O'zbekiston transport tizmini hozirgi kundagi holati tahlili A.R. Normirzaev, U.Mamirov Z.Turg'unov NamMQI ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to'plami. 4-qism. 513-517b.

12. Tokhtaboyev M. A., Mekhmonaliyev I., Mamasoliyev Kh O. Establishment of intercity transportation system. Образование и наука в XXI веке //Кемерово. - 2021. - Т. 13. - №. 3. - С. 770-773.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

13. To'xtaboyev M., Ataxanov X. X. R. Chorrahalardagi tirbandlikni oldini olish. Транспорт и логистика: Цифровые технологии в развитии транспортно-транзитного потенциала республики: Сборник материалов Республиканской научно-технической конференции. - 2021.

14. Хакимов Р. и др. Переход на электротранспорт и пути развития." //Energetika sohasini rivojlantirishda muqobil energiya manbalarining roli" mavzusida vazirlik miqyosidagi ilmiy-amaliy kоnferensiya ishtirakchilarining ilmiy ma" ruza materiallari kiritilgan. NamMQI. -2022. - С. 28-29.

15. To'xtaboev M. A., Mehmonaliev I. I., Baxriddinov Q. B. Shaharlararo yuk tashish tizimini rivojlantirishning tendensiyalari. Xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to 'plami: Mashinasozlikda innovatsiyalar, energiyatejamkor texnologiyalar va resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish (NamMQI, 28-29 may).

16. Нуриддинов A. Д., Тухтабаев М. А., Содиков Б. Д. Внедрение инновационных технологий в грузоперевозке //Сбор. статей LXXI международной. - 2022.

17. ^rmirzaev A. R., To'xtaboyеv M. A., Abdurazza^v J. B. Yo 'lovchi tashishda innovatsion texnologiyalarni qo 'llash //Ta'lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali. - 2022. - Т. 2. - №. 8. - С. 78-84.

18. Raximberdiyevich N. A., Akhmadjanovich T. X. M., O'G'Li R. B. D. Namangan shahrida veloyo 'lak tashkil etishning samarasi //Механика и технология. - 2022. - Т. 2. - №. 7. - С. 80-97.

19. Akhmadjanovich M. T. X. et al. Namangan shahrining navoi va qo 'qon chorrahasidagi tirbandlik //Механика и технология. - 2022. - Т. 2. - №. 7. - С. 87-92.

20. Nоrmirzaev A. R., To'xtaboyеv M. A., Abdurazza^v J. B. Namangan shahridagi irvadon-chorsu yo 'nalish bo 'yicha yo 'tovchi tashish tizimini tahlili //Ta'lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali. - 2022. - Т. 2. - №. 7. - С. 100-108.

21. To'xtaboyev M. Chorrahadagi transport va piyoda harakatlanishini o 'rganish //Scienceweb academic papers collection. - 2021.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.