Научная статья на тему 'SHAHAR ATROF UCHASTKALARINING ZONALARI SONI VA O‘TKAZUVCHANLIK QOBILIYATINI ANIQLASH'

SHAHAR ATROF UCHASTKALARINING ZONALARI SONI VA O‘TKAZUVCHANLIK QOBILIYATINI ANIQLASH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
90
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Shahar atrof yo‘lovchi poyezd / texnik zona / shahar atrof yo‘lovchi poyezdlar tuzish rejasi / shahar atrof uchastkasi / harakatning statsionarligi.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — O‘tkir Xusenov, Mafratxon Toxtaxodjayeva

Temir yo‘l transportida shahar atrof yo‘lovchi poyezdlarining harakatlanish zonalari soni va ulardan foydalanish tartiblari bir nechta modellashtirilgan formulalar asosida asosida tahlil qilindi. Shahar atrof yo‘lovchi poyezdlarning zonalar bo‘yicha tuzilishi va zonalardagi yo‘lovchilar oqimlari inobatga olinib, matematik modellashtirish usullaridan foydalanildi. Shahar atrof yo‘lovchi poyezdlar harakatlanish zonalari soniga shahar atrof yo‘lovchi poyezdlar tuzish rejasi va zonalardagi yo‘lovchilar oqimi zichliklar asosida aniqlik kiritildi. Ishlab chiqilgan formulalar asosida texnik zonalar soni, shahar atrof yo‘lovchi poyezdlari harakatlanish zonalari o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga aniqlik kiritildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHAHAR ATROF UCHASTKALARINING ZONALARI SONI VA O‘TKAZUVCHANLIK QOBILIYATINI ANIQLASH»

fr

TÛfiHKENÏ DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI

Ташкентский государственный транспортный университет

"Актуальные вопросы развития инновационно-информационных технологий на транспорте" АВРИИТТ-2021 I-Республиканская научно-техническая конференция (Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)

SHAHAR ATROF UCHASTKALARINING ZONALARI SONI VA O'TKAZUVCHANLIK QOBILIYATINI ANIQLASH

O'tkir XUSENOV,

Toshkent davlat transport universiteti, "Transport harakatini tashkil etish" kafedrasi assistenti, E-mail: [email protected] Mafratxon TOXTAXODJAYEVA, Toshkent davlat transport universiteti, "Transport harakatini tashkil etish"

kafedrasi katta o'qituvchisi, E-mail: [email protected] DOI: https://doi.org/10.47689/978-9943-7818-0-1-pp108-113

Annotatsiya: Temir yo'l transportida shahar atrof yo'lovchi poyezdlarining harakatlanish zonalari soni va ulardan foydalanish tartiblari bir nechta modellashtirilgan formulalar asosida asosida tahlil qilindi. Shahar atrof yo'lovchi poyezdlarning zonalar bo'yicha tuzilishi va zonalardagi yo'lovchilar oqimlari inobatga olinib, matematik modellashtirish usullaridan foydalanildi. Shahar atrof yo'lovchi poyezdlar harakatlanish zonalari soniga shahar atrof yo'lovchi poyezdlar tuzish rejasi va zonalardagi yo'lovchilar oqimi zichliklar asosida aniqlik kiritildi. Ishlab chiqilgan formulalar asosida texnik zonalar soni, shahar atrof yo'lovchi poyezdlari harakatlanish zonalari o'tkazuvchanlik qobiliyatiga aniqlik kiritildi.

Kalit so'zlar: Shahar atrof yo'lovchi poyezd, texnik zona, shahar atrof yo'lovchi poyezdlar tuzish rejasi, shahar atrof uchastkasi, harakatning statsionarligi.

KIRISH

Transport tizimlarining barcha turlari yagona maqsadni - tashish xizmatlarini ko'rsatishda yo'lovchilarning ehtiyojlarini to'laqonli qondirishni ko'zlaydi.

Mamlakatimizda temir yo'l transporti asosiy transport turi yoki yo'lovchilar tashish bo'yicha asosiy yetakchi transport turlaridan biri hisoblanib, quyidagi omillar uning ahamiyatliligi yoki ustunligini ko'rsatadi:

- harakatning xavfsizligi hamda ishonchliligi;

- nisbatan katta miqdordagi yo'lovchi tashuvchanlik;

- yo'lovchilarni tashishdagi tannarxning arzonligi;

- qulayliklari hamda servis xizmat ko'rsatish diapozoni keng ekanligi va h.k.

Temir yo'l transportining yo'lovchilar tashish bo'yicha asosiy vazifasi - aholining

harakatlanishiga bo'lgan ehtiyojlarini stansiyalar, vokzallar va poyezdlarda o'z vaqtida qondirish hamda zaruriy qulayliklarni yetarlicha yaratishdir [1, 4, 5].

Temir yo'l transportida yo'lovchilar oqim zichligiga va harakatlanish masofasiga qarab uzoq masofaga qatnovchi, mahalliy hamda shahar atrof yo'lovchi poyezdlari orqali o'z manzillariga yetib oladilar.

Shahar atrof yo'lovchilar tashish uzoq va mahalliy yo'nalishlarda yo'lovchilar tashishdan bir qator muhim xususiyatlari: massasi, zonalar soni, fasllar almashinuvi, kunlar va soatlar bo'yicha taqsimlanishning tengsizliklari bilan farq qiladi.

fr

TOSHKEIMT DAVLAT TRANSPORT UHIVEHSlTETI

транспортный университет

>нчый информационных технологий на транспорте" АВРИИТТ-2021 1-Республиканская научно-техническая конференция (Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)

'Актуальные вопросы развития инновационно-

Science

Shahar atrof yo'lovchi poyezdlar harakati yuqori darajada tashish jarayonining samaradorligi va sifatini belgilab, poyezdlarning harakatlanish miqdori (hajmi) transport jarayonining samaradorligi va sifatiga sezilarli darajada bog'liq hisoblanadi. Chunki bir tomondan ular yo'lovchilarning harakatlanish yo'nalishlari bilan, boshqa tomondan esa harakat tarkibiga bo'lgan ehtiyoj, zarur o'tkazuvchanlik qobiliyati, shahar atrofdagi transportning belgilangan hajmini bajarish bilan bog'liq [1, 2, 3].

Shahar atrof uchastkasi zonalari sonini hisoblash

Yo'lovchilar oqimining shahar markazidan uzoqlashishi bilan kamayib borishi, shahar atrof uchastkasini zonalarga bo'lishga to'g'ri keladi. Shahar atrof uchastkasini zonalarga ajratish orqali yo'lovchilarga xizmat ko'rsatishni yaxshilash, harakat tarkibini ishlatish samarasini oshirish va shahar atrof yo'lovchilar tashish tannarxini kamaytirish imkoniyati yaratiladi [4].

Ko'pgina shahar atrof qatnov zonalarida kunlik yo'lovchi tashish bir necha o'n minglab yo'lovchilarga to'g'ri keladi, bu esa shahar atrof yo'lovchi poyezdlarning katta hajmini talab qiladi. Bosh stansiyasidan poyezdlar uzoqlashib borishi bilan shahar atrofda yo'lovchi tashish zichligi sezilarli darajada kamayib boradi va bunday holatlarda shahar atrof qatnov hududlarini zonalarga ajratish kerak. Qatnov hududlarini zonalarga ajratish orqali harakat tarkiblaridan, ya'ni shahar atrof yo'lovchi poyezdlaridan optimal foydalanish imkonini beradi va harakat tarkibi parkini qisqartirishga olib keladi.

Shahar atrofdagi hududlarda zonal stansiyalarni joylashtirish variantini tanlashning asosiy mezoni berilgan xarajatlardir. Ushbu xarajatlarning eng muhim komponentlari esa yo'lovchi-soat va poyezdlarni kutish vaqtlarini hisobga olgan holdagi xarajatlardir. Shuning uchun yetarli darajada aniqlik bilan, shahar atrofdagi hududlardagi zonalarning sonini aniqlashda hisob-kitoblar xarajatlarning eng muhim komponentlari ko'rsatkichlariga asosan amalga oshirilishi kerak [3].

Shahar atrof uzunligi bo'ylab yo'lovchi oqimining nisbatan teng taqsimlanishi bilan, stansiyalararo yo'lovchi tashish bilan texnik zonalarning optimal soni quyidagi formulaga asosan aniqlanadi:

Bu yerda: A - bosh stansiyadan yo'lovchi tashishning kunlik hajmi, yo'lovchi; L - shahar atrof uchastka uzunligi; vuch, - uchastka va yurish tezligi;

Tuch-shahar atrof uchastkaning ishlash vaqti; a - shahar atrof qatnovchi yo'lovchi poyezdning yo'lovchilar sig'imi;

ai -shahar atrof yo'lovchi poyezdining sig'imidan foydalanish koeffitsiyenti. Shahar atrof poyezdlarining sig'imidan foydalanish koeffitsiyenti kunning ma'lum vaqtiga qarab o'zgaruvchan bo'lib, "ertalabgi tig'iz vaqt" davri, "kechgi tig'iz vaqt" davri va kunduzgi "tig'iz bo'lmagan vaqt" davrlari uchun qabul qilinadi.

(1)

fr

TOfiHKEhlï DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITES

Ташкентский государственный транспортный университет

"Актуальные вопросы развития инновационно-информационных технологий на транспорте" АВРИИТТ-2021 ^Республиканская научно-техническая конференция (Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)

IScîence

throu<)k ti*\e акс( срлсе

Shahar atrof yo'lovchi poyezdlar harakatlanish uchastkasi o'tkazuvchanlik qobiliyatini aniqlash talablari

Shahar atrof yo'lovchilar tashishning kamchiligi shundan iboratki, "tig'iz vaqt"dagi o'tkazuvchanlik qobiliyatining yetishmasligi hisoblanadi. Shu sababli uchastkaning o'tkazuvchanlik qobiliyati shahar atrof poyezdlarining "tig'iz vaqt" soati uchun amalga oshiriladi.

1-rasmda shahar atrof uchastkaning ajratilgan zonalaridagi yo'lovchilar oqim zichligini hisobga olib, har bir zonalarda harakatlanuvchi shahar atrof yo'lovchi poyezdlari uchun poyezdlar tuzish rejasi ko'rsatilgan. Uchastkaning ajratilgan zonalaridagi yo'lovchilar oqimi zichligini hisobga olib, har bir zonalarda harakatlanuvchi shahar atrof yo'lovchi poyezdlarining soni kunning ma'lum vaqtiga qarab hisoblanadi. Kunning "tig'iz vaqt" davrida shahar atrof yo'lovchi poyezdlarga bo'lgan ehtiyoj "tig'iz bo'lmagan vaqt" davriga nisbatan ancha yuqori bo'ladi. Bunday holatda bosh va zonal stansiyalar orasidagi harakatlanuvchi shahar atrof yo'lovchi poyezdlar sonini aniq hisoblash zarur [3, 4].

Uchastkadagi shahar atrof yo'lovchi poyezdlarning harakatlanish hajmi quyidagilarni ta'minlashi kerak:

- "tig'iz" va "tig'iz bo'lmagan vaqt" oralig'ida shahar atrof yo'lovchilar tashish hajmini oshirishni;

- harakatning statsionarligini ta'minlashi shart;

- yo'lovchi tashish bilan bog'liq bo'lgan eng kam xarajatlarni va h.k.

Shahar atrof yo'lovchilar tashishning ahamiyati shundan iboratki, shahar atrof qatnovidagi yo'lovchi poyezdlarining sonini hisoblashda yetarli darajada aniqlik bilan toq hamda juft yo'nalishdagi yo'lovchilar oqimini nisbiy jihatdan bir-biriga teng deb qabul qilish mumkin [3].

Asosiy stansiyada "tig'iz vaqt" davrida asosiy stansiyaga yo'lovchilar oqimining kelishi bo'yicha zichligini o'zlashtirish shartlari:

a ■ (x1 + x2 + x3 ч------h xn_1 + xn ) > Г1

a ■ (X2 + x3 + ■ ■ ■ ■ + X„_1 + xn ) > Г2

a ■ (Xn-1 + xn ) >K-i a ■ x > Г'

(2)

Asosiy stansiyada "tig'iz bo'lmagan vaqt" davrida asosiy stansiyaga yo'lovchilar oqimining kelishi bo'yicha zichligini o'zlashtirish shartlari:

<

Т

ТйлЙарОй'Рин^ЕНЁНЕТ! "Актуальные вопросы развития инновационно-

Т^иентскмй государственный информационных технологий на транспорте" АВРИИТТ-2021

1-Республиканская научно-техническая конференция (Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)

¡Баепсе

¿А>ч>иуА ?<»»? срлсе

«1 ' а ' (Хп+1 + Хп+2 + Хп+3 + • • • • + Х2п—1 + Х2п ) — Гп+1

«1 • а • (хп+2 + хп+3 + • • • • + х2п-1 + х2п ) — г

п+2

«1 • а • (Х2п—1 + Х2п ) — Г2п-1

«1 • а • Х2 п — Г2 п

(3)

Bu yerda: «— tig'iz bo'lmagan davrda shahar atrof yo'lovchi poyezdning sig'imidan foydalanish koeffitsiyenti.

Asosiy stansiyada "йд^ vaqt" davrida asosiy stansiyadan yo'lovchilar oqimining jo'nab ketishi bo'yicha zichligini o'zlashtirish shartlari:

а • (У1 + У2 + У3 + • • • • + Уп— 1 + Уп ) — Г1

а •(У 2 + Уз + • • • • + Уп—1 + Уп) — г2'

(Уп—1 + Уп ) — Гп—1

Уп—1 + Уп — К

(4)

Asosiy stansiyada "йд^ bo'lmagan vaqt" davrida asosiy stansiyadan yo'lovchilar oqimining jo'nab ketishi bo'yicha zichligini o'zlashtirish shartlari:

«1 • а • (Уп+1 + У п+2 + У п+3 +•••• + У2п—1 + У 2 п ) — Гп+1 «1 • а • ( У п+2 + Уп+3 +------+ У 2 п—1 + У 2 п ) — Гп+2

«1 • а • ( У 2 п—1 + У 2 п ) — Г2 п—1

«1 • а • У2п — Г2п

(5)

Yo'lovchilar oqim zichliklarini quyidagicha qabul qilish mumkin:

Ertalabgi "йд^ vaqt" davrida yo'lovchilarning yetib kelish zichligi (г = г'°,3);

Kunduzgi "йд^ bo'lmagan vaqt" davrida уо^^^т^ yetib kelish zichligi

(Гг"=Гг • 0,7) ;

)

Kechki "Ид^ vaqt" davrida уо^^^т^ jo'nab ketish zichligi (Г = г'°,4);

<

<

fr

TQfiHKENl DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITCTI

Ташкентский государственный транспортный университет

"Актуальные вопросы развития инновационно-информационных технологий на транспорте" АВРИИТТ-2021 1-Республиканская научно-техническая конференция (Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)

Kunduzgi "tig'iz bo'lmagan vaqt" davrida yo'lovchilarning jo'nab ketish zichligi

(r;=r, • 0,6).

XULOSA

Xulosa. Yuqorida ishlab chiqilgan matematik formulalar va ma'lumotlar asosida shahar atrof zonalari sonini aniqlash va uni to'g'ri joylashtirish, yo'lovchi poyezdlar tuzish rejasi maqbul variantlaridan foydalanishda imkon qadar shahar atrof yo'lovchi poyezdlari sonidan optimal foydalanish, shahar atrof yo'lovchi poyezdlar harakatlanish uchastkasi o'tkazuvchanlik qobiliyatidan oqilona foydalanish talablari ishlab chiqildi. Shahar atrof yo'lovchi poyezdlar harakatlanish uchastkasining "tig'iz" va "tig'iz bo'lmagan vaqt" davrlari uchun poyezdlar tuzish rejasi tartiblari ko'rib chiqildi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Xusenov O'.O'., Butunov D.B., Bo'riyev Sh.X. Shahar atrof poyezdlari to'xtash punktlarining oraliq masofalarini aniqlash tartiblari / Academic Research in Educational Sciences (ARES), Vol. 2, Issue 3 (2021), (Scientific Journal Impact Factor; №23).

2. Suyunbayev Sh.M., Jumayev Sh.B., Khusenov U.U., Nazirov N.N. The improvement decision method of decision on the choice of delivery of wagons to the defined station on the basis of information technologies / International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology, Vol.-8, Issue 2. February 2021. pp. 16760-16770. (05.00.00; №8).

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

3. Пазойский Ю.О. Организация дальних, местных и пригородных пассажирских перевозок в условиях функционирования пассажирских компаний: методическая указания / А.И. Жербина, В.Н. Шмаль. - МИИТ. МосГУПС, 2008. - С. 54.

4. Расулов М.Х. Организация железнодорожных перевозок: теория и практика: монография. - Ташкент: «Ilm-ziyo-zakovat», 2019. - С. 400.

5. Khudayberganov SK, Suyunbayev Sh.M., Bashirova AM, Jumayev Sh.B. Results of application of the methods "conditional group sorting" and "combinatorial sorting" during the multi-group trains formation // Journal of TIRE. - Vol. 16, № 1. - 2020. - PP. 89-95.

Т

ТОйИНЕЫТ Г1АУ1_ДТ ТЙЛНЗРОРТ иМ^ЕНЁНЁТ!

Ташкентский гссударстоенчый транспортный университет

"Актуальные вопросы развития инновационно-информационных технологий на транспорте" АВРИИТТ-2021 ^Республиканская научно-техническая конференция (Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)

¡Баепсе

¿А>ч>иуА ?<»»? срлсе

Илова 1.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.