Научная статья на тему 'NAMANGAN SHAHRIDA VELOYO‘LAK TASHKIL ETISHNING SAMARASI'

NAMANGAN SHAHRIDA VELOYO‘LAK TASHKIL ETISHNING SAMARASI Текст научной статьи по специальности «Прочие сельскохозяйственные науки»

CC BY
99
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
vеlosipеd yo‘lakchasi / harakat intеnsivligi / loyihalash / harakatchanlik / yo‘l bo‘lagi / qatnov qismi kеngligi / cycle path / traffic intensity / mobility / roadway / lane width

Аннотация научной статьи по прочим сельскохозяйственным наукам, автор научной работы — Normirzaеv Abdukayum Raximberdiyevich, To‘xtaboеv Mirzoxid Akhmadjanovich, Raxmonov Baxtiyor Dilmurod O‘g‘li

Maqolada Namangan shahri va jahondagi vеlosipеd yo‘laklarini rivojlanishi ko‘rib chiqilgan, jumladan Namanganning aniq bir uchastkasida vеlomarshrutlarni birlashtirish loyihasi tahlil etilgan. Rivojlangan mamlakatlarning tajribalariga asoslanib vеloyo‘laklardan foydalanish va uni tashkil etish, shu bilan birga shahar uchun vеlosipеd yo‘laklarini joylashtirish turlari va infrastrukturaviy xossalari ko‘rib chiqilgan. Muammoning kutilayotgan yechimlari: vеloyo‘laklarni tashkil etilsa odamlar sog‘ligi va atrof-muhitga transportning salbiy ta’sirini kamaytirish evaziga shaharda hayot uchun qulay sharoitlarini yaratish ta’minlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE EFFECT OF ORGANIZING BICYCLES IN NAMANGAN CITY

The article discusses development of cycling roads in Namangan and in the world, as well as designing a specific section of connection of Namangan cycling routes. The experience of using and introducing bike paths based on experience of developed countries, as well as types of location of bike paths and infrastructural features for city are considered. Possible solutions to the problem: tools for making cities livable can become a safer and “greener” city by reducing negative impact of transport on human health and environment.

Текст научной работы на тему «NAMANGAN SHAHRIDA VELOYO‘LAK TASHKIL ETISHNING SAMARASI»

UDK 656.183; 625.885

NAMANGAN SHAHRIDA VELOYO'LAK TASHKIL ETISHNING SAMARASI

Normirzaev Abdukayum Raximberdiyevich NamMQI, t.f.n, dots., tel.: +998913624409, E-mail: [email protected]

To'xtaboev Mirzoxid Akhmadjanovich NamMQI, dotsent, tel.: +998977600462, E-mail: [email protected]

Raxmonov Baxtiyor Dilmurod o'g'li NamMQI, magistrant, tel.: +998975727878

Annotatsiya. Maqolada Namangan shahri va jahondagi velosiped yo'laklarini rivojlanishi ko'rib chiqilgan, jumladan Namanganning aniq bir uchastkasida velomarshrutlarni birlashtirish loyihasi tahlil etilgan.

Rivojlangan mamlakatlarning tajribalariga asoslanib veloyo'laklardan foydalanish va uni tashkil etish, shu bilan birga shahar uchun velosiped yo'laklarini joylashtirish turlari va infrastrukturaviy xossalari ko'rib chiqilgan. Muammoning kutilayotgan yechimlari: veloyo'laklarni tashkil etilsa odamlar sog'ligi va atrof-muhitga transportning salbiy ta'sirini kamaytirish evaziga shaharda hayot uchun qulay sharoitlarini yaratish ta'minlanadi.

Аннотация. В craTbe рассматриваeтся развития вeлосипeдных дорог в Намангаш и в M^e, а такжe проeктирования на KOHKpeTHOM участкe соeдинeния вeломаршрутов Намангана.

Рассматриваeтся опыт использования и ввода вeлодорожeк на основe опыта развитых стран, а такжe типы расположeния вeлосипeдных дорожeк и инфраструктурныe особeнности для города. Возможныe рeшeния проблeмы: инструмeнты прeвращeния городов удобныe для жизни можeт стать болee бeзопасным и «зeлeным» городом за счeт снижeния нeгативного влияния транспорта на здоровьe людeй и окружающую срeду.

Abstract: The article discusses development of cycling roads in Namangan and in the world, as well as designing a specific section of connection of Namangan cycling routes.

The experience of using and introducing bike paths based on experience of developed countries, as well as types of location of bike paths and infrastructural features for city are considered. Possible solutions to the problem: tools for making cities livable can become a safer and "greener" city by reducing negative impact of transport on human health and environment.

Kalit so'zlar: velosiped yo'lakchasi, harakat intensivligi, loyihalash, harakatchanlik, yo'l bo'lagi, qatnov qismi kengligi.

Ключевые слова: вeлосипeдная дорожка, интeнсивность движeния, мобильность, проeзжая часть, ширина полосы.

Key words: cycle path, traffic intensity, mobility, roadway, lane width.

Kirish

Rivojlanib borayotgan hozirgi jahon mamlakatlarida odamlar ko'proq shaxsiy transport vositalariga e'tibor bermoqdalar. Aksariyat odamlar esa oddiy va arzonroq bo'lgan harakat vositalarini afzal ko'rishadi: jamoat transporti, karshering, taksi. Shu bilan birga shaharlarda velosiped infrastrukturasi ham faol rivojlanib bormoqda. Bundan tashqari, velosiped va samokatlar kunlik harakatlanishning qulay vositalari bo'lib bormoqda. Katta shaharlarda velosipeddan foydalanishda uni ijaraga berish kelayotgan mehmon va turistlarni o'ziga jalb etib kam xarajat qilib shahar bilan tanishish imkonini berishi mumkin [1,2,3].

Tiklanmaydigan energiyadan foydalanadigan avtomobillar va boshqa turdagi shahar transporti vositalari sonining ortishi bilan shunday muammolar paydo bo'ladiki, transport tarmog'ida tirbandlik yuzaga kelib harakatlanish xavfsizligi yomonlashadi, atrof-muhit ifloslanishi ortadi, avtomobil transport shovqini va boshqalar insonlarga salbiy ta'sir qiladi [4,5].

Katta shahar aholisining harakatchanligini oshirishni bir necha yo'nalishlarda ko'rib chiqish mumkin. Shahar ichida yangi yo'llarni qurish yoki mavjudlarini kengaytirish yo'llarda yuzaga kelayotgan tirbandliklar yechimini topishga imkon bermaydi. Chunki bunday yo'llarda ko'proq avtomobillar harakatlanishiga jalb qiladi va tirbandliklar yanada ortib boradi. Haydovchilarni mavjud tiqilinchlar va yo'ldagi qiyinchiliklar haqida o'z vaqtida axborot olib turishlari uchun yo'llarda maxsus elektron ekranlar, tirbandliklar va yo'llarni aylanib o'tish haqida real vaqtdagi radio va internet xabarlardan foydalaniladi. Bu faqatgina haydovchilarni tirbandlik va yo'l sharoiti haqida ogohlantirib qisman vaziyatni yengillashtiradi. Ammo tirbandlik masalasini hal etmaydi [4,6,7].

Bir qator shaharlarda qo'llaniladigan tirbandlikni oldini olishning samarali usullariga markazga kirishni ta'qiqlash yoki cheklash, hududda avtoturargoh (parkovka)ni ta'qiqlash yoki pullik avtoturargohlarni tashkil etishlar kiradi. Turli mamlakatlarda keng tarqalgan amaliyot jamoat transporti uchun alohida harakatlanish bo'lagini ajratish. Harakatlanish uchun ta'qiqlovchi yoki cheklovchi tadbirlar alternativ takliflar bilan to'ldirilishi lozim. Jumladan, jamoat transportini rivojlantirish, uning harakat tezligini oshirish [4,7,8,9].

Rivojlangan shahar markazlariga avtombillar kirish ta'qiqlangan hollarda faqatgina jamoat transportida yurish yo'lga qo'yilgan. Ayniqsa, velotransportdan foydalanish darajasi yuqori. Katta megapolislarda velosipedning shahar transportidagi o'rni va ahamiyati turli shaharlarda ularning velotransport infrastrukturasini va shahar madaniyatini rivojlanishiga qarab o'zgarib turadi [4,10,11].

Velosipeddan foydalanishdan maqsad shahardagi tiqilinch va tirbandlikka qarshi kurash, shahar ekologiyasi holatini yaxshilash, jismoniy chiniqish evaziga aholi sog'ligini yaxshilash. Ayrim shaharlarda velosipeddan faqatgina dam olish va sayr qilish uchun foydalaniladi. Boshqa shaharlarda esa jismoniy faollikni oshirish maqsadida velosipedda harakatlanishdan boshlab asta-sekin ishga borish va ish yuzasidan ko'chishlarga qaratilgan rivojlanishga yo'naltirilgan [2,4,12,13,14].

Havoning ifloslanishini oldini olish uchun bir qator shaharlarda kechiktirib bo'lmaydigan choralar ko'rilgan. Pekinda avtomobillarni saqlashga qo'yish, yangi avtomobillarga raqam berish, haydovchilik guvohnomalari berishni cheklash va bir vaqtning o'zida jamoat transportini rivojlantirish uchun pul qo'yish kabi choralar ko'rilgan. Shahar xokimiyati tomonidan va avtomobil yo'lllarini qisqartirish hisobiga barcha veloyo'laklarni tiklash to'g'risida qarorlar qabul qilingan [2,4,10]. yevropaning ko'plab shaharlarida velosiped avvaldan jamoat transportining alternativi bo'lib kelgan, infrastrukturasi ham rivojlangan.

O'zbekistonning aholisi jadal sur'atlarda o'smoqda, shunga mutanosib ravishda shahar yo'llari ham kengayib, yangi veloyo'laklarni qurish shahardagi tiqilinch va tirbandlikni kamaytirishning samarali usullaridan biri bo'lib qolmoqda. Shuni ta'kidlash kerakki, veloyo'laklar va unda harakatlanish amalda Respublikamizning barcha katta shaharlarida rivojlanib, o'sib bormoqda [1,3].

Namanganda ham velosiped yo'laklarini qurish va undan foydalanish rivojlanmoqda, ammo hozirgi kunda shahar transport tizimining harakat vositalari asosiy qismini tashkil etmaydi. 2018 yilda veloyo'laklar 16,7 km tashkil etgan bo'lib, 2022-2026 yillarga 78,7 km yangi yo'laklarni qurish rejalashtirilgan (1-rasm).

<

<

V

s

I

1-rasm. Namangandagi veloyo'laklarning uzunligi Qizil - mavjud; ko'k - qurish rejalashtirilgan

Xaritadan ko'rish mumkinki, velesiped yo'laklari uzlukli va atigi ayrim uchastkalardagina bor. So'nggi yillarda Namangan shahrining aholisi soni tez sur'atlar bilan o'smoqda. Shuning uchun, harakatlanishning adekvat yo'nalishlarini yaratish uchun shahar bo'ylab yo'lovchilar va avtomobillar harakatlanish yo'lagini minimal kesib o'tish bilan to'g'ridan-to'g'ri sayohat qilish imkoni bo'ladigan yangi velosiped yo'laklarini tashkil etish lozim.

Velosiped shahar bo'ylab o'rtacha 15-17 km/soat tezlik bilan harakatlanadi va har qanday tirbandlik va tiqilinchdan o'ta olish imkoniga ega. Xuddi shu hududda avtomobilning o'rtacha tezligi 25-30 km/soatni tashkil etib, "tig'iz payt"da bu qiymat atigi 13-15 km/soatni tashkil qiladi. Demak, velosiped avtomobillarning "tig'iz payt"vaqtida sezilarli katta ahamiyatga ega. "Eshikdan-eshikkacha" yo'nalishlarda kunning istalgan vaqtida samarasi yuqori. Velosiped yo'lning tirbandligini oldini olish nuqtai-nazaridan ahamiyatli bo'lib, uni to'htash joylarini tashkil etish avtomobilnikiga qaraganda bir necha barobar kam joyni egallaydi. Ekologik jihatdan ham velsiped shahar atrof-muhitga zaharli gazlar chiqindilarini chiqarmasligi avtomobilga nisbatan ustunlikka ega. Bundan tashqari jismoniy faol harakat qilish tibbiy jihatdan sog'likni mustahkamlashda muhim ahamiyatga egadir [10,13,14].

Kelgusida Namangan shahrining yangi ko'rinishdagi harakatlanish tizimini shakllantirish vazifasi turibdi. Bunda rivojlangan tez yurar avtobus yo'nalishlari, integratsiyalashgan transport uzel va to'xtash joylari, shu jumladan piyodalarni va velosipedchilarni qulay harakatlanishi uchun mo'ljallangan yangi infrastrukturalar eng asosiy bo'lishi kerak. Shuning uchun Namangan shahrining harakatchanligini samarali boshqarishga imkon beruvchi, jumladan yevropaning ko'plab shaharlarida yaxshi tavsiya etilgan kabi shaharni loyihalashning yangi metodlari asosida oraliq yondashishlardan foydalanish zarur.

Barqaror harakatchanlik masalasi rivojlanayotgan shahar uchun shu qadar muhim ahamiyatga egaki, barcha uni tashkil etuvchilar va bog'liqliklardagi masalalarda chuqur va kompleks tadqiqotlar olib borishni taqozo etadi. Shaharning barqaror harakatchanlik rejasining maqsadiga eirishi uchun harakatlanishning asosiy yo'nalishlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

- insonlar va atrof-muhitga transportning salbiy ta'sirini kamaytirish hisobiga havfsizroq va toza shahar hududini rivojlantirish;

- shahar ob'ektlarini, shu jumladan ish yoki o'qish joylarini oqilona joylashtirish hisobiga foydalanish imkoniyatini yaxshilash;

- shaharda sayohat qilish uchun jozibador qiladidigan aloqa tezligini va jamoat transportining qulaylik darajasini oshirish;

- piyoda va velosipedda qulay harakatlanish uchun sharoit yaratish;

- turar-joy va jamoat joylarini shaxsiy avtomashinalarning haddan tashqari ko'p bo'lishidan himoya qilish;

- harakatchanligi cheklangan shaxslarning manfaatlarini hisobga olish;

- shaharning barcha aholisi salomatligini saqlashga bevosita hissa qo'shadigan transport va ekologik xavfsizlikni ta'minlash.

Namangan shahrini yashash uchun qulay shaharga aylantirish vositalari transportning inson salomatligi va atrof-muhitga salbiy ta'sirini kamaytirish orqali xavfsizroq va "yashil" shaharga aylanishi mumkin, agar:

- shaharning asosiy ko'chalari bo'ylab harakatlanishda birinchi o'ringa qo'ygan holda avtobuslar harakati tezligini sezilarli darajada oshirish;

- shaharlararo sayohatlarda shaxsiy avtomobillardan foydalanishni cheklash bo'yicha qat'iy va izchil siyosat olib borish;

- shahar aholisining muqobil transport vositalarining salomatlik va atrof-muhitga foydalari haqida xabardorligini oshirish:

- shahar markazidagi avtoturargohlarni boshqarishni optimallashtirish, ulardan foydalanishni bosqichma-bosqich pullik asosga o'tkazish;

- shaharda shovqin darajasi past bo'lgan va transportdan chiqadigan ifloslantiruvchi moddalar chiqindilari bo'lgan hududlarni yaratish;

- aholiga "yashil" haydash ko'nikmalarini shakllantirish va "ekologik toza" transport xulq-atvorini targ'ib qilish.

Shahrimizni piyoda va velosipedda yurish uchun qulay qilish uchun quyidagilar zarur:

- avtomobilsiz harakatlanishni rag'batlantirish, masalan, aholiga pullik xizmatlar ko'rsatuvchi do'konlar va boshqa ob'ektlarda chegirmalar bilan velosiped haydashni rag'batlantirish;

- maktabgacha xavfsiz yo'llarni yaratish kampaniyasini boshlash va qo'llab-quvvatlash;

- bosqichma-bosqich piyoda va velosipedda harakatlanish uchun xavfsiz va qulay infratuzilmani, shu jumladan yo'llardan va piyodalar yo'laklaridan ajratilgan veloyo'laklarni yaratish;

- muntazam ravishda velosportni targ'ib qilish bo'yicha axborot kampaniyalarini o'tkazish, barqaror harakatlanish sohasidagi tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha velosportlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish.

Namangan shahrining A.Navoiy ko'chasi bo'ylab [5,10] manbalarda keltirilgan tadqiqotlarning mualliflari tomonidan tez yurar avtobus yo'li loyihasi tashkil etilgan (2-rasm). Bu shahardagi tez yurar yo'lovchi avtobusining harakatlanishi, jadvali va shahar ko'chalarida yo'lovchilarni to'liq tashishni ta'minlaydi. Ammo, bunda velosiped yo'laklarini qurish loyihasi nazarda tutilmagan.

Loyihalanayotgan velosiped yo'lagi sifatida A.Navoiy ko'chasidagi Chorsu bekatidan A.Temur qo'chasida joylashgan temir yo'l bekatigacha bo'lgan mavjud yo'l uchastkasi bo'ylab tanlab olindi. 2-rasmdan ko'rish mumkinki, shahar markazidagi A.Navoiy ko'chasi bo'ylab o'tgan yo'nalishlar o'ta tig'iz harakatlanadi va juda ko'plab turli darajadagi ko'chalar bilan kesishgan. Ko'chaning ikki tomonida turli tashkilotlar, maktab, bank, park, bozor va boshqalar zich joylashgan. Shu bois, qurilishi ko'zlanayotgan veloyo'lakni ko'chaning bir tomonida rejalashtirish tavsiya etiladi. Velosiped yo'lagini qurish bir qator talablarni qo'yadi.

2-rasm. Namangan shahrining A.Navoiy ko'chasi bo'ylab o'tadigan tezyurar avtobus yo'li

loyihasi

Velosipedda harakatlanuvchilarga qo'yiladigan talablar: o'tish joylari va kutish yo'laklaridagi velosipedchilar uchun "x" va "y" to'xtash ko'rinishi masofalari bilan ko'rish maydoni ta'minlanishi kerak (3-rasm). Velosipedchilar uchun "x" va "y" ni kesib o'tishdan oldin tavsiya etilgan ko'rish masofasi 4,0 m tashkil etib velosipedchining sekinlashishi uchun yetarli masofani ta'minlaydi. Qiyin vaziyatlarda "x" va "y" masofalar eng kichik qiymat - 2,5 m gacha qisqartirilishi mumkin. Velosipedchilar uchun ko'rish maydoni 0,2 m dan 2,0 m gacha bo'lgan balandlik oralig'ida olinishi kerak. Kerakli ko'rish masofalariga erishish qiyin bo'lgan uchastkalarda velosiped yo'lida harakat tezligini kamaytirish choralarini ko'rish kerak [5,10,15,16].

Yol yoki velosipeddan foydalanuvchilar uchun (asosiy)

M-

"y" oraliq

"♦H"

"y" oraliq

x" oraliq

Yol yoki velosipeddan foydalanuvchilar uchun (asosiy)

3-rasm. Velosiped o'tish joylari uchun ko'rinish uchburchagining sxemasi

Yo'l yoqasida bir tomonlama velosiped harakatlanishini tashkil etishda quyidagilarni e'tiborga olish lozim:

- velosipedchilarning qatnov qismida harakatlanayotganda maksimal tezlikni 30 km/soat bilan cheklash. Agar kerak bo'lsa, harakat tezligini kamaytirish;

- qatnov qismi bilan birlashtirilgan velosiped yo'laklari ajratilganda, qatnov qismida avtomobillar harakatlanishi uchun, qoida tariqasida, kengligi 3,50 m, kamida 3,00 m bo'lgan yo'lak bo'lishi kerak va avtobuslar harakati uchun u kamida 3,50 m olinishi kerak;

- yo'lning qatnov qismi bilan birlashgan yo'laklarning kengligi 1,50 m bo'lishi tavsiya etiladi.Ikki qatorli ko'chalarda qolgan qatnov qismining kengligi avtomobillar uchrashganda o'tishi uchun kamida 4,50 m bo'lishi kerak.

Yo'lning qatnov qismidan ajratilgan velosiped yo'laklari transport vositalari harakatining intensivligi 1000 kelt.birlik / soat dan ortiq, shuningdek, velosiped harakatining intensivligi 250 velosiped / soatdan ortiq bo'lganda quriladi.

Yo'lning qatnov qismidan ajratilgan velosiped yo'laklarining kengligi velosipedda harakatlanish intensivligiga qarab belgilanadi. Alohida velosiped yo'lining minimal kengligi: bir tomonlama harakat uchun - kamida 1,5 m, ikki tomonlama harakat uchun - kamida 2,0 m bo'lishi kerak.

Veloyo'lakni tashkil etilishi shaharda transport vositalarini tirbandligini va avtomobillarning sonini kamaytirishini hamda aholini ommaviy sog'lomlashtirishga qaratilgan yechimlardan biri deb hisoblash mumkin.

Velosipeddan transport vositasi sifatida foydalanishni rag'batlantirish va joriy etish chora-tadbirlari ekologik muammolarni kamaytirish va ularning aholi uchun salbiy oqibatlarining oldini olishni ta'minlaydi. Bu amaliyot atmosfera havosining ifloslanishi muammosini kamaytirish va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishning asosiy omillaridan biridir. Bundan tashqari, velosportni ommalashtirish yangi iqtisodiy istiqbollarni ochadi [2,3,4,5]. Shuningdek, velosiped va ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchi korxonalar, servis markazlari va yangi ish o'rinlari yaratiladi. Shahrimizda velosipedlarni ijaraga berish xizmatlari ushbu turdagi tadbirkorlik va velosipedlardan foydalanishni rivojlantirishi kerak.

Фойдаланилган адабиётлар

1. Добровольская A.A. Oсобeнности проeктирования вeлодорожeк в Санкт-Пeтeрбyргe на основe анализа опыта стран балтийского рeгиона // Системный анализ и логистика: журнал. : выпуск №4(26). - СПб.: ^An., 2020 - с. 122-130.

2. Hормирзаeв A. Beлотранспорт-экологичeский транспорт / Scientific and technical journal of NamIET / NamMTI ilmiy-texnika jurnali. - Иаманган: ^mMT^ 2019. - 4 (3), - Б. 248254.

3. https://nuz.uz/obschestvo/31693-v-namangane-nachal-rabotu-velopatrul-video.html

4. Сагинова O.B., Завьялова H^. Beлосипeд в транспортной OTereMe соврeмeнного мeгаполиса // Pоссийскоe прeдприниматeльство. - 2018. - ^м 19. - № 12. - С. 4143-4158. doi: 10.18334/rp.19.12.39663

5. Mамиров У., Tyхтабаeв M., Рахмонов Б. Bажность развития проeкта вeлодорожки в ^манга^. Естeствeннонаyчный журнал «Точная наука». - Keмeрово, 2022. Bbrny^ 129, - С. 12-1V.

6. Normirzayev A.R., Azimjanov SH.O., Yusupjonov M.O. Establishment of intercity passenger transportation system. 5-1 (84). 2021. 362-364 pg.

7. Tokhtaboyev M.A., Mekhmonaliyev I., Mamasoliyev Kh.O. (2021). Establishment of intercity transportation system. OБPAЗOBAHИЕ И HAYKA B XXI BEKE. - Keмeрово, 13(3), -С. 770-773.

8. Normirzaev A.R., Tukhtabayev M.A., Mamirov U.X. Implementation of innovative ideas in digitization of the transport sector in Namangan region / Scientific and technical journal of NamIET / NamMTI ilmiy-texnika jurnali. - Иаманган: HамMTИ, 2021. - 6 (3), - Б. 127-132.

9. To'xtaboyev M.A., Tumanbayeva B. Сhorrahadagi transport va piyoda harakatlanishini o'rganish. Tранспорт и логистика: Цифровью тeхнологии в развитии транспортно-транзитного

потенциала республики: Сборник материалов Республиканской научно-технической конференции. - Тошкент: 2021. - Б. 1069-1073.

10. Солиев Х., Тухтабаев М., Тургунов З., Иномжонов Н. Организация скоростных пассажирских маршрутов. Естественнонаучный журнал «Точная наука». - Кемерово, 2022. Выпуск 129, - С. 9-11.

11. To'xtaboеv M.A., Mеhmonaliеv I.I., Baxriddinov Q.B. Shaharlararo yuk tashish tizimini rivojlantirishning tendensiyalari. Сборник материалов международной научно-практической конференции: Инновации в машиностроении, энергосберегающие технологии и повышение эффективности использования ресурсов. - Наманган, 1-;исм, 2021. - C. 121-124.

12. Normirzaev A. et al. Light-emitting diode sources of lightning as a source of lowering costs of service and energy consumption of traffic lights, high level of traffic movement safety //Journal of Mechanical and Civil Engineering. India. - 2016. - Т. 29.

13. Tukhtabayev M.A., Nuriddinov A.D., Tumanbayeva B.I. Transport and pedestrian traffic at intersection ofj.manguberdi and go'zal narrow streets / Scientific and technical journal of NamlET / NamMTI ilmiy-texnika jurnali. - Наманган: НамМТИ, 2021. - 6 (3), - Б. 221-228.

14. To'xtaboyev M., Ataxanov X. Xakimov R. Сhorrahalardagi tirbandlikni oldini olish. Транспорт и логистика: Цифровые технологии в развитии транспортно-транзитного потенциала республики: Сборник материалов Республиканской научно-технической конференции. - Тошкент: 2021. - Б. 1065-1069.

15. Методическое пособие. Методические рекомендации по применению свода правил «Улицы и дороги населенных пунктов». - Москва, 2017.

16. Тухтабаев М.А., Тургунов И.Б. Пробки на пересечении улиц Навои и Коканд. Естественнонаучный журнал «Точная наука». - Кемерово, 2022. Выпуск 129, - С. 5-8.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.