Научная статья на тему 'KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNING RIVOJLANISHI, UNING MAMLAKAT IJTIMOIY-IQTISODIY TARAQQIYOTIGA TA’SIRI'

KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNING RIVOJLANISHI, UNING MAMLAKAT IJTIMOIY-IQTISODIY TARAQQIYOTIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
445
64
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tarbiya / ta’lim / mehnat / iqtisod / kichik biznes / tadbirkorlik / xususiy tadbirkorlik / korxona. / upbringing / education / labor / economics / small business / entrepreneurship / private enterprise / enterprise.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Sharipova, G. S.

Mazkur maqolada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi va undagi istiqbollar tahlil qilingan. Mamlakat iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishning muhim muammolarini hal etish uchun iqtisodiy asoslarni yaratishning hal qiluvchi omili hisoblanadi. Ular bozor talablariga eng ko‘p egiluvchanlik va moslashganlikka ega bo‘lgan holda, aholi turmush tarzi va shart-sharoitiga yangilik kirituvchi, bosh yo‘lni ko‘rsatuvchi bo‘lib chiqadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE DEVELOPMENT OF SMALL BUSINESS AND PRIVATE ENTREPRENEURSHIP, ITS IMPACT ON THE SOCIO-ECONOMIC DEVELOPMENT OF THE COUNTRY

This article analyzes the development of small business and private entrepreneurship and its prospects. In the country's economy, small business and private entrepreneurship is a decisive factor in creating economic foundations for solving important problems of development. Having the most flexibility and adaptability to the market requirements, they are the innovators and pioneers of the lifestyle and conditions of the population.

Текст научной работы на тему «KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNING RIVOJLANISHI, UNING MAMLAKAT IJTIMOIY-IQTISODIY TARAQQIYOTIGA TA’SIRI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNING RIVOJLANISHI, UNING MAMLAKAT IJTIMOIY-IQTISODIY TARAQQIYOTIGA TA'SIRI

G.S.Sharipova

Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti Maktabgacha ta'lim kafedrasi (PhD), professori v.b.

Mazkur maqolada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi va undagi istiqbollar tahlil qilingan. Mamlakat iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishning muhim muammolarini hal etish uchun iqtisodiy asoslarni yaratishning hal qiluvchi omili hisoblanadi. Ular bozor talablariga eng ko'p egiluvchanlik va moslashganlikka ega bo 'lgan holda, aholi turmush tarzi va shart-sharoitiga yangilik kirituvchi, bosh yo 'lni ko 'rsatuvchi bo 'lib chiqadi.

Kalit so'zlar: tarbiya, ta'lim, mehnat, iqtisod, kichik biznes, tadbirkorlik, xususiy tadbirkorlik, korxona.

В данной статье анализируется развитие малого бизнеса и частного предпринимательства и его перспективы. В экономике страны малый бизнес и частное предпринимательство являются решающим фактором создания экономических основ для решения важных задач развития. Обладая наибольшей гибкостью и приспособляемостью к требованиям рынка, они являются новаторами и первооткрывателями образа жизни и условий жизни населения.

Ключевые слова: воспитание, образование, труд, экономика, малый бизнес, предпринимательство, частное предпринимательство, предприятие .

This article analyzes the development of small business and private entrepreneurship and its prospects. In the country's economy, small business and private entrepreneurship is a decisive factor in creating economic foundations for solving important problems of development. Having the most flexibility and adaptability to the market requirements, they are the innovators and pioneers of the lifestyle and conditions of the population.

Key words: upbringing, education, labor, economics, small business, entrepreneurship, private enterprise, enterprise.

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

KIRISH

Jahon amaliy tajribasining ko'rsatishicha, kichik biznes yirik ishlab chiqaruvchilarga nisbatan kapital mablag' sarfini kam talab qilishi, ihchamligi, shart-sharoitdan kelib chiqqan holda o'zi ishlab chiqarayotgan mahsulotlar turlarini tez o'zgartira olishi, ishlab chiqarish quvvatlarini jadal modernizatsiya qilish imkoniyatiga egaligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Kichik tadbirkorlik bozor konyukturasining o'zgaruvchan talablariga xamda vaqti-vaqti bilan bo'lib turadigan iqtisodiy inqirozlarga tezroq moslasha oladi.

Yurtimizda tadbirkorlik nima uchun kutilgan darajada rivojlanmayapti? Chunki bu soha vakillarini asossiz ravishda tekshirish holatlari ko'p. Ochig'ini aytganda, tadbirkorlikning erkin rivojlanishiga o'zimiz - davlat idoralari yo'l qo'ymayapmiz. Hech kimga kerak bo'lmagan tartib-taomillar hamon saqlanib qolmoqda, joylarda ko'pgina amaldorlar faqat o'z shaxsiy manfaatini o'ylab ish ko'rmoqda" [1] ushbu fikrlaridan tadbirkorlik faoliyati va tadbirkorlar iqtisodiyot uchun nechog'lik muhim ahamiyat kasb etishini ko'rishimiz mumkin.

Xususan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini rivojlantirish hamda uning boshqaruv faoliyati mexanizmlarini takomillashtirish masalalari bugungi kun uchun dolzarb va ustuvor vazifalardan biri bo'lib qolmoqda. Aynan kichik biznes va tadbirkorlik o'zining harakatchanligi, kam kapital mablag'larini jalb qilgan holda ishlab chiqarishni yengilroq va tez modernizatsiya qilish orqali ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini qisqa davr ichida yangilab raqobatdosh mahsulotlarni iste'molchilarga taqdim etadi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tobora rivojlanishi ular faoliyatini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish masalalariga bog'liqdir. Mamlakatimizda ushbu sohada zamonaviy boshqaruv usullarini qo'llash hamda rivojlangan xorij tajribasini chuqur o'rganishni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

ADABIYOTLAR SHARHI

O'zbekistonda tadbirkorlik jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari mujassamlashgan, yaqqol namoyon bo'ladigan hamda tez rivojlanib borayotgan va harakatchan sohasiga aylanib bormoqda. Mamlakatda bozor munosabatlarining shakllanishi va iqtisodiy taraqqiyotida uning o'rni va roli tobora sezilarli tus olib bormoqda.

Tadbirkorlik ideologi hisoblangan XX asr buyuk iqtisodchisi Yozef Shumpeter: "Tadbirkorlikning jamiyat ijtimoiy - iqtisodiy taraqqyotidagi hal qiluvchi rolini u bo'lmagan joyda juda his qilish mumkin"deb ta'kidlab o'tgan [2].

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

Kichik biznes subyektlari faoliyatini rivojlantirish bilan bog'liq bo'lgan muammolami hal qilish mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ta'minlash nuqtai-nazaridan juda dolzarb hisoblanadi.

M.V.Mamutning xulosasiga ko'ra, kichik biznes subyektlarini mikrokreditlash amaliyotini rivojlantirish uchun banklar va nobank kredit tashkilotlarining mikrokredit operatsiyalari Markaziy bank tomonidan nazorat qilinmasligi kerak [3].

Nobel mukofotining sohibi, M.Yunusning xulosasiga ko'ra, endi ish boshlayotgan kichik biznes subyektlarini kreditlashda asosiy e'tibor kreditlashning ijtimoiy samarasiga qaratilishi kerak. Tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy imkoniyatlari kengaygandan so'ng, ular bozor stavkalarida beriladigan kreditlarga bo'lgan talabning oshishiga sababchi bo'lishadi [4].

F.Allen va D.Geyl kichik va o'rta biznes subyektlari faoliyatini moliyalashtirishning ikki tizimi - banklar faoliyatiga asoslangan tizim va moliya bozorlariga asoslangan tizimning mavjudligini e'tirof etishadi va bunda birinchi tizimning nisbatan muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidlashadi [5].

Fikrimizcha, F.Allen va D.Geylning mazkur xulosasi o'tish iqtisodiyoti mamlakatlari uchun muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, mazkur mamlakatlarda kichik biznesni kreditlash tizimida tijorat banklari yetakchi mavqega ega; ikkinchidan, kichik biznes subyektlari uchun qimmatli qog'ozlar bozori orqali resurslar jalb qilish imkoniyati mavjud emas.

Shanel-Reyno va Bluaning xulosasiga ko'ra, kichik va o'rta korxonalarning yirik korxonalar bilan aloqalarini yaxshi yo'lga qo'yilishi ularning tijorat banklari kreditlaridan foydalanish imkoniyatini oshiradi. Chunki, yirik korxonalar kichik va o'rta korxonalar bilan ishbilarmonlik munosabatlariga kirishishdan oldin ularning bozor talablariga javob bera olishini tahlil qiladi. Shuningdek, yirik korxona hamkori bo'lgan kichik va o'rta korxonalarning holatini doimiy ravishda nazorat qiladi [6].

J.Shanel-Reyno va E.Bluaning mazkur ilmiy xulosasi taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasining tahliliga asoslangan va shu jihatdan ishonchli hisoblanadi. Ular tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar aniq ma'lumotlar tahliliga asoslangan bo'lib, yirik biznesning kichik va o'rta biznes subyektlari faoliyatini rivojlanishida muhim rol o'ynashini asoslashga xizmat qiladi.

MakNotonning fikriga ko'ra, qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilari uchun likvidli ta'minot vazifasini bo'lg'usi hosil o'taydi. Ammo qurg'oqchilik bo'lsa, ular mo'ljallangan miqdorda hosilni yig'ishtirib olisha olmaydi. Shu sababli, bo'lg'usi hosil qurg'oqchilikdan, tabiiy ofatlardan sug'urtalangan bo'lishi kerak [7].

Buning ustiga, bo'lg'usi hosilni ular tomonidan sug'urta qilinganligi qurg'oqchilikning yuz berishi natijasida olinmagan hosil tufayli yuzaga keladigan

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

kredit riski muammosining chuqurlashishini oldini oladi. Ammo fikrimizcha, iqtisodchi olimlarning kichik biznes subyektlari faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirishga qaratilgan xulosalari, taklifi va tavsiyalarini respublikamiz amaliyotida qo'llash imkoniyatlarini asoslab berish muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.

TAHLIL VA NATIJALAR

Mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, xususiy mulkning qonuniy hamda amaliy jihatdan ustuvor rolini ta'minlash, iqtisodiyotda davlat ulushini bosqichma-bosqich kamaytirishga qaratilgan aniq manzilli chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev Shavkat Miromonovich ta'kidlaganlaridek: "Bizning bosh vazifamiz - tadbirkorlikni rivojlantirishni rag'batlantirish uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratishni ta'minlashdir. Biznes bilan shug'illanayotgan har kishida davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanishiga astoydil ishonch bo'lishi shart. Odamlar biznes bilan shug'ullanishdan manfaatdor bo'lishi zarur. Tadbirkor va xalq boy bo'lsa - mamlakat ham boy bo'ladi" [8].

Ishchi kuchining to'la va samarali bandligi milliy iqtisodiyotning barqaror va mutanosib rivojlanishiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Biroq, o'zgaruvchan bozor sharoitida ushbu holatni ta'minlash juda murakkab bo'lib, aksariyat hollarda ishchi kuchiga talab va uning taklifi o'rtasida nomuvofiqlik mavjud bo'ladi. Bunga nisbatan yuqori haq to'lanadigan ish o'rinlari orqali namoyon bo'luvchi ishchi kuchiga talabning taklifdan ortda qolishi, aksariyat holatlarda esa yirik xo'jalik yurituvchi subyektlar tomonidan yangi ish o'rinlari yaratishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emasligi sabab bo'ladi. Shunday holatlarda kichik biznes ishchi kuchi to'la bandligini ta'minlashning yashirin imkoniyatlari sifatida maydonga tushadi.

Ishchi kuchi bozorida kichik biznes korxonalarining ish beruvchi sifatidagi o'rni uning muhim ijtimoiy funksiyalaridan biri hisoblanadi. Statistika va etakchi ommaviy axborot vositalari ma'lumotlariga ko'ra, har yili ish o'rinlarining 2/3 qismi kichik tadbirkorlik hisobiga yaratiladi. Bu borada kichik biznesning roli ayniqsa inqiroz vaqtida, shuningdek depressiv hududlarda katta ahamiyat kasb etadi. Shunday tarzda kichik biznes millionlab kishilarga qiyinchilik vaqtlarini engib o'tishga yordam beradi, demak, jamiyatdagi ijtimoiy tanglikni yumshatishga imkon beradi.

Biroq, mazkur funksiyani kichik biznesning o'ziga xos xususiyatlari qatoriga kiritish mumkin emas, chunki ish o'rinlari shuningdek davlat, korporativ tuzilmalar, hatto notijorat tashkilotlari tomonidan ham tashkil etiladi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

Jahondagi rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko'rsatadiki, yirik korxonalarga nisbatan kichik biznes subyektlarida yangi ish o'rinlarini yaratishga moyillik kuchliroq bo'lib, u quyidagi sabablar orqali izohlanadi:

1) kichik biznesning kapital sig'imi past bo'lgan yangi ish o'rinlarini tezlik bilan tashkil etishga qodirligi. Kichik korxonadagi bir ish o'rniga to'g'ri keluvchi kapital sarflari yirik korxonalarga nisbatan sezilarli darajada past. Ba'zi bir mutaxassislarning fikricha, buning natijasida ish o'rni qiymati o'rtasidagi farq o'n barvardan oshib ketadi: «yirik biznesda bitta ish o'rnini tashkil etish 100-150 ming AQSh dollari tursa, kichik biznesda bitta ish o'rnini yaratish taxminan 10 ming AQSh dollariga tushadi";

2) kichik korxonalardagi kapital texnik tuzilishining nisbatan yuqoriligi. Ya'ni, ularda foydalanilayotgan ishlab chiqarish vositalari birligiga yirik korxonalarga qaraganda ko'proq jonli mehnat (ishchi kuchi) birligi to'g'ri keladi;

3) kichik korxonalar tashkil topish jarayonlarining engilligi. Yangi kichik biznes korxonalari yirik korxonalariga nisbatan tezroq va ko'proq miqdorda tashkil etilishi tabiiy. Buni birgina yirik korxonalarni tashkil etish uchun o'rtacha 15-20 kun talab etilgani holda kichik biznes subyektlari uchun o'rta hisobda 2 ish kuni talab etilishi orqali ham izohlash mumkin;

4) kichik korxonalar ma'lum qismi faoliyatining yirik korxona faoliyatining hosilasi sifatida amalga oshirilishi. Ya'ni, yirik korxonalarning tashkil etilishi o'z navbatida, yana kichik biznes korxonasidagi ish o'rinlarining ko'payishiga olib keladi;

5) kichik biznes korxonalarida ishchi kuchini yollashda miqdor samarasining amal qilishi. Ishchi kuchini yollashning miqdor samarasi - kichik tadbirkorlik subyektlari sonining nisbatan tezlik bilan ko'payishi, yirik korxonalar tarkib topishiga nisbatan hosilaviy tarzda ko'proq tarkib topishi natijasida yangi ish o'rinlarining yaratilishi. Ya'ni, kichik biznes korxonasi tomonidan yollash mumkin bo'lgan ishchilar soni yirik korxonadagiga qaraganda oz bo'lsada, bunday korxonalar sonining ko'pligi pirovardida jami yirik korxonalardagi ishchilar umumiy sonidan ko'proq ishchilar yollanishiga imkon yaratadi. Buni quyidagi formulalar orqali ifodalash mumkin: kichik biznes korxonalarida band bo'lgan ishchilar umumiy soni (ya'ni, kichik korxonalar soni (Kk)ning ularda band bo'lgan ishchilar o'rtacha soni (Ik)ga ko'paytmasi) yirik korxonalarda band bo'lgan ishchilar umumiy soni (ya'ni, yirik korxonalar soni (Ky)ning ularda band bo'lgan ishchilar o'rtacha soni (Iy)ga ko'paytmasi)dan katta bo'ladi:

Kk*Ik>Ky*Iy (1)

Ushbu holatda yirik korxonada band bo'lgan ishchilar o'rtacha soni kichik korxonaga nisbatan ko'pligi aniq:

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

h : 'v (2)

Demak, bundan kichik korxonalar sonining yirik korxonalar soniga nisbatan ko'pligini ta'kidlash mumkin:

6) mehnat qilish va ishga yollashning moslashuvchan shart-sharoitlari keng tarqalganligi.

Kichik biznesning ijtimoiy funksiyalari qatoriga ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayoniga ish beruvchilarning boshqa guruhlari tomonidan deyarli foydalanilmayotgan qo'shimcha mehnat resurslarini jalb etishga ko'maklashishni kiritish to'g'ri bo'ladi. Ularga "ishchi kuchi" tovarining egasi sifatidagi mehnat potensiali obyektiv omillar orqali cheklangan kiradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida aksariyat ish beruvchilar ularga to'laqonli ishchilar sifatida qaramaydilar, shunga ko'ra ularni ishga joylashtirish imkoniyatini ta'minlash holatida emaslar. Kichik biznes esa bu qadar qat'iy talablarni qo'ymaydi. Oilaviy firmalarda eng kam darajada mehnatga layoqatli bo'lgan oila a'zolarining mehnatidan ham foydalaniladi.

Yollanma mehnatdan foydalanuvchi kichik korxonalar kasanachilar, o'quvchi yoshlar, keksa yoshdagi fuqarolar mehnatidan foydalanishga nisbatan ko'proq moslashgan. Keyingi ikkita guruhning aholi umumiy sonidagi ulushi doimiy ravishda ko'payib borayotganligini hisobga olgan holda, kichik biznesning qarab chiqilayotgan funktsiyasining amaliy ahamiyati ham oshib bormoqda [9].

Milliy iqtisodiyotda kichik biznesning to'laqonli rivojlanishi hamda o'z vazifalarini samarali bajarishida soha tarkibiy tuzilmasining mukammallik darajasi muhim o'rin tutadi. Tarkibiy tuzilmaning mukammal bo'lishi kichik biznes salohiyatidan to'liq foydalanish hamda uning raqobatbardoshligini oshirish imkonini beradi. Iqtisodiy taraqqiyotning yuksalib borishi bilan kichik biznesning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish obyektiv zaruratga aylanadi. Chunki, mamlakatdagi barqaror iqtisodiy o'sish sur'atlarini, YalM hajmidagi, bandlikni ta'minlashda soha ulushini oshirib borish pirovardida yangidan-yangi kichik biznes subyektlarining tashkil etilishini taqozo etadi. Bu esa ko'p jihatdan kichik biznes tarkibida yuqori texnologik ishlab chiqarishning ustuvor holdagi rivojlanishiga bog'liq.

E.Tixonovaning ta'kidiga ko'ra, "Kichik biznesning rivojlanish muammosi odatda yaxlit holda, uning o'ziga xos, ayrim hollarda o'zgacha xususiyatlarga ega bo'lgan alohida qism va elementlarini ajratmagan holda ko'riladi. Shunga ko'ra, kichik korxonalarni oldindan tarkib topgan bozorlarda faoliyat yurituvchi an'anaviy hamda yangi texnologiyalar, mahsulotlar va bozorlarni o'zlashtiruvchi innovatsion korxonalarga ajratish muhim holat hisoblanadi" [10].

Ku < K

k

y

(3)

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(11), November, 2023

Yuqoridagi fikrga tayangan holda, kichik biznes faoliyati uchun tashkil etish jihatidan engil va qulay rivojlanish shart-sharoitlariga ega bo'lgan an'anaviy soha va tarmoqlar (masalan, chakana savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat ko'rsatish va boshqalar) hamda ma'lum darajada texnologik asoslarni taqozo etuvchi, tashkil etilishi jihatidan nisbatan murakkabroq talablarga ega noan'anaviy soha va tarmoqlarni ajratish mumkin.

1-jadval

Ilg'or ilm-fan yutuqlariga asoslangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yetarli darajada rivojlanmasligi sabablari hamda rivojlantirish chora-tadbirlari [9]

Sabablar Chora-tadbirlar

S ushbu yo'nalishdagi faoliyatni tashkil etishning katta hajmdagi S mablag'larni taqozo etishi; S ulardagi xavf-xatar (risk) darajasining yuqoriligi; S tadbirkorlardan maxsus bilim va malakalarning taqozo etilishi; S texnik va texnologik asosning mavjud emasligi; S mahsulot va xizmat bozoridagi raqobatning kuchliligi; S kapital aylanish tezligining pastligi. S mazkur yo'nalishdagi faoliyatni moliyalashtirishning imtiyozli manbalarini barpo etish; S yuqori texnologik kichik biznes korxonalarini imtiyozli sug'urtalash ishlarini takomillashtirish; S oliy va o'rta maxsus ta'lim tizimi, bizneskurslar orqali yuqori texnologiyalarni yaratish va ulardan foydalanishga yo'naltirilgan mutaxassislarni tayyorlash; S kichik innovatsion korxonalarning "oyoqqa turib olishi" uchun davlat tomonidan maxsus biznes sharoitlar yaratish.

Kichik biznes subyektlarining o'z faoliyatini dastlab sodda, past texnologik darajaga ega bo'lgan sohalardan boshlab, korxonalar soni o'sib borishi bilan texnologiyadan foydalanishning o'rtacha darajasi ham o'sib borishini quyidagi holatlar orqali izohlash mumkin:

1) tadbirkorlarning o'z faoliyatini yaqqol ko'zga tashlanib turuvchi ehtiyoj (talab)ni qondirishdan boshlashi. Masalan, aholi yangi turar-joy massivining barpo etilishi birinchi navbatda bu hududda oziq-ovqat do'konlari, bozorchalar, umumiy ovqatlanish shoxobchalari, maishiy xizmat ko'rsatish (sartaroshxona, maishiy texnika ta'miri, poyafzal tuzatish va h.k.) shoxobchalarining tashkil etilishini taqozo etadi. Korxonalar soni ushbu hududdagi aholi ehtiyojini to'liq qondiradigan darajaga etishi

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

bilan asta-sekin ehtiyojning yuqori texnik va texnologik asosda qondiriluvchi turlariga ixtisoslashgan korxonalar tashkil etib boriladi;

2) dastlab an'anaviy sohalarga kiritilgan kapital ma'lum vaqtdan so'ng ko'payib ("kapitalning dastlabki jamg'arilishi"), ko'proq mablag' talab qiluvchi sohalarni yo'lga qo'yish imkonini ham yaratadi.

Bundan ta'kidlash mumkinki, mamlakatdagi kichik biznes subyektlarining soni nisbatan oz bo'lib, ulardagi kapitallashuv darajasi ham past bo'lgan holatda mazkur korxonalarda texnika va texnologiyadan foydalanishning o'rtacha darajasi ham past bo'ladi. Chunki, raqobatning past darajasi mavjud tadbirkorlik subyektlarini texnologik daraja u qadar yuqori bo'lmagan, an'anaviy tarmoqlarda faoliyat yuritish hamda etarlicha foyda normasiga ega bo'lish imkonini beradi.

Kichik biznes subyektlarining soni ortib borishi bilan ular o'rtasidagi raqobat kuchayib, aksincha, an'anaviy tarmoqlardagi foyda normasi pasayib boradi. Bu esa, kichik biznes subyektlarini texnik-texnologik darajasi yuqori bo'lgan tarmoqlarga o'tishga majbur qiladi. Boshqa tomondan, kapitallashuv, ya'ni korxonalarda asosiy ishlab chiqarish fondlari va aylanma mablag'lar qiymatining oshib borishi bilan ularning ishlab chiqarish jarayoniga yuqori qiymatdagi texnik vositalarni jalb etish imkoniyatlari kengayib boradi. Shuningdek, ilg'or ilmfan yutuqlariga asoslangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning etarli darajada rivojlanmasligi sabablari hamda bu borada qilinishi lozim bo'lgan ishlarni quyidagi jadval orqali kuzatish mumkin (1-jadval).

Hozirda iqtisodiyotdagi davlat mulkining ulushini pasaytirish bo'yicha tub chora-tadbirlarni qo'llash yo'li bilan ishlab chiqarishning samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirishning kuchli omili sifatida xususiy sektor, kichik tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish; xizmat ko'rsatish sohasi va servis, kichik biznes, kasanachilik, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini jadal rivojlantirish, mavjud quvvatlarni modernizatsiyalash va texnik qayta qurollantirish hamda yangilarini kiritish, uy-joy qurilishini kengaytirish uchun qulay sharoit va rag'batlarni yaratish, ta'lim, sog'liqni saqlash va uy-joy sohalarini muvozanatli rivojlantirish orqali aholi daromadlari va bandligining izchil o'sishiga yo'naltirilgan faol ijtimoiy siyosatni amalga oshirish muhim hisoblanadi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning barqaror rivojlanishi mamlakat iqtisodiyotining taraqqiy etishini ta'minlaydi. Aholi bandligini ta'minlashdagi mazkur sohaning ahamiyati soha uchun yanada e'tiborni kuchaytirish lozimligini ko'rsatadi. Demak, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida tarkibiy

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

o'zgarishlar, imkoniyat va imtiyozlarni muntazam amalga oshirish har jihatdan mamlakat iqtisodiyoti rivojiga xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. -T.: "Xalq so'zi" gazetasi. 23.12.2017.

2. Шумпетер Й. Теория экономического развития. -М.: "Эксмо", 2007.

3. Мамут М.В. Микрофинансирование: новые возможности финансовокредитной системы // "Банковское дело". - Москва, № 4, 2009.

4. Юнус М., Жоли А. Создавая мир без бедности: социальный бизнес и будущее капитализма. Пер. с англ. - М.: "Альпина Паблишерз", 2010.

5. Allen F., Gale D. Comparing Financial Sestems. - Cambridge, Mass: "MIT Press", 2000.

6. Chanel-Reynaud G., Bloy E. La Banque et le risqué PME - Presses Universitaires de Lyon, 2001.

7. МакНотон Д. Банковские учреждения в развивающихся странах. Пер. с англ. -M.: "ИЭР", 1994.

8. Тихонова Е.О. Роль интеграции в развитии традиционного и инновационного малого бизнеса // "Российское предпринимательство". №2,

9. Pag^anoBa, 3. T., & Mnp3aeBa, r. 3. (2023). HHHOBA^OHHAfl TEXHO^OrH^ B ^AH^mAOTHOM ^H3AHHE.(B gornKontHMX o6pa3oBarenbHbix opгaннзaцнaх). Analysis of world scientific views International Scientific Journal, 1(4), 70-76.

10. Norboevna, R. N. (2021, April). IMPROVING THE MEMBERSHIP SYSTEM IN ECOLOGICAL EDUCATION OF PRESCHOOL CHILDREN. In Archive of Conferences (Vol. 20, No. 1, pp. 97-98).

11. Nigmatov, A. N., & Ravshanova, N. N. (2020). Scientific Preschool Environmental Education and Training Research Methodology. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(08), 23-31.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

12. Babayeva, D. R., & Ochilova, X. S. (2022, October). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI NUTQ O 'STIRISH ORQALI MUSTAQIL FIKRLASHGA O 'RGATISH. In INTERNATIONAL CONFERENCES (Vol. 1, No. 8, pp. 21-23).

13. Sharipova, G. S., & Madaminjonova, M. S. (2022, April). BASIC CONCEPT IN CLOTHES DESIGN. In International Scientific and Current Research Conferences (pp. 12-15).

2008.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

14. Sharipova, G. S. (2022). DISTRIBUTION AND MODERNIZATION OF ADVANCED PEDAGOGICAL PRACTICES IN THE LESSON PROCESS. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 3(06), 12-15.

15. Xolto'rayeva, S. X. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MAKTAB TA'LIMIGA TAYYORLASH JARAYONIDA TAYANCH KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISHNING DOLZARBLIGI. QO 'QON UNIVERSITETIXABARNOMASI, 871-872.

16. ШАРИПОВА, Г. С. (2019). ОСНОВЫ РАЗВИТИЯ ПРОФЕССИОНАЛИЗМА НА ПРИМЕРЕ ПРАКТИЧЕСКИХ ЗАНЯТИЙ ПО ФОРМИРОВАНИЮ УМЕНИЙ И НАВЫКОВ БУДУЩИХ ПРЕПОДАВАТЕЛЕЙ. In Высшее и среднее профессиональное образование как основа профессиональной социализации обучающихся (pp. 260-268).

17. Садикова, Д. Х., & Калауова, М. С. (2023). РОБОТЫ-ИГРУШКИ И МАТЕМАТИЧЕСКОЕ РАЗВИТИЕ ДОШКОЛЬНИКОВ НА ЗАНЯТИЯХ. Analysis of world scientific views International Scientific Journal, 1(5), 5-12.

18. Садикова, Д. Х. (2023). ФОРМИРОВАНИЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ КАЧЕСТВ СТУДЕНТОВ ДОШКОЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ НА ОСНОВЕ STEAM ТЕХНОЛОГИЙ. Лучшие интеллектуальные исследования, 4(2), 5-11.

19. Садикова, Д. Х. (2023, January). АППЛИКАЦИЯ-СРЕДСТВО РАЗВИТИЯ ТВОРЧЕСТВА ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА. In INTERNATIONAL CONFERENCES (Vol. 1, No. 2, pp. 87-91).

20. Sadikova, D. K., & Mansurova, A. M. (2023). Study of Foreign Experience in The Application of Steam Technologies in Preschool Education. European Journal of Pedagogical Initiatives and Educational Practices, 1(2), 162-167.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.