RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA KORXONALAR RAQOBAT BARDOSHLIGINI OSHIRISH YO'LLARI
Ravzatov Jonibek Baxromovich
TATU tayanch doktoranti j onibek_tatu@mail. ru
Annotatsiya: Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida korxonalar raqobat bardoshligini oshirish yo'llari, ularga oid nazariy-amaliy qarashlar, raqamli iqtisodiyot sababli raqobat bardoshlikning turli usullarda shakllanishi haqida so'z yuritiladi. Korxonalarning raqamli iqtisodiyotdan faydalanish darajasi, raqamli iqtisodiyot tufayli korxonadagi o'zgarishlar ko'rsatiladi. Bunda tashqari bugungi kunda zamon talabi hisoblangan raqamli iqtisodiyot sharoitida korxonalar raqobat bardoshligining muhim ahamiyatlari va uning insoniyat hamda davlat hayot tarziga qanchalik samarali ekani va bu mamlakat turmush darajasini dunyo rivojlangan mamlakatlariga tenglashtirish haqida boradi.
Kalit so'zlar: raqamli iqtisodiyot, sanoat korxonalari, raqamli texnologiyalar, innovatsiyalar, korxona, foyda, rentabellik, tannarx narxi, moliyaviy nazorat, omillar, rаqаmli iqtisоdiyоt, raqamli marketing, internet platformalar, IT, elektron tijorat, raqamli texnologiyalar.
ПУТИ ПОВЫШЕНИЯ КОНКУРЕНТОСПОСОБНОСТИ ПРЕДПРИЯТИЙ
В ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКЕ
Равзатов Джонибек Бахромович
Базовый докторант ТАТУ j onibek_tatu@mail. ru
Аннотация: В данной статье говорится о путях повышения конкурентной толерантности предприятий в условиях цифровой экономики, теоретических и практических взглядах на них, формировании конкурентной толерантности различными способами за счет цифровой экономики. Показана степень выгоды предприятий от цифровой экономики, изменения на предприятии благодаря цифровой экономике. Кроме того, в условиях цифровой экономики, которая сегодня считается потребностью часа, речь идет о важности конкурентной толерантности предприятий и о том, насколько она эффективна для человечества и образа жизни государства, а также о том, насколько она эффективна для
человечества и образа жизни государства. уровень жизни этой страны равен уровню развитых стран мира.
Ключевые слова: цифровая экономика, промышленные предприятия, цифровые технологии, инновации, предприятие, прибыль, рентабельность, себестоимость, финансовый контроль, факторы, цифровая экономика, цифровой маркетинг, интернет-платформы, ИТ, электронная коммерция, цифровые технологии.
WAYS TO INCREASE THE COMPETITIVENESS OF ENTERPRISES IN
THE DIGITAL ECONOMY
Ravzatov Jonibek Bakhromovich
Basic doctoral student at TATU j onibek_tatu@mail. ru
Abstract: This article talks about ways to increase the competitive tolerance of enterprises in the conditions of a digital economy, theoretical-practical views on them, the formation of competitive tolerance in different ways due to a digital economy. The degree of profit of enterprises from the digital economy, changes in the enterprise due to the digital economy are indicated. In addition to this, in the conditions of the digital economy, which today is considered a requirement of the time, enterprises will talk about the importance of competitive tolerance and how effective it is for humanity and the state way of life and how to equalize the standard of living of this country to the developed countries of the world.
Keywords: digital economy, industrial enterprises, digital technology, innovation, enterprise, profit, profitability, cost price, financial control, factors, digital economy, digital marketing, internet platforms, IT, e-commerce, digital technology.
KIRISH
Raqamli iqtisodiyot sharoitida korxonalar raqobat bardoshligini oshirishda raqamli texnologiyalardan faoydalanish, korxona faoliyatini raqamlashtirish, raqobatbardoshlikni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan muvofiqligini ta'minlash, raqobat ustunligi strategiyasini ishlab chiqish, korxonalar o'rtasida erkin raqobat muhitini tabminlash kabi yo'nalishlardagi mavjud muammolarni bartaraf etish muhim ahamiyat kasb etadi. Raqamli iqtisodiyot sharoitida korxonalar raqobat bardoshligini oshirish uchun, avvalam bor, korxona egalari va mutaxassislari raqamli iqtisodiyot nima ekanligini va undan samarali foydalanish yo'llarini bilishlari kerak.
Raqamli iqtisodiyot bu noldan boshlab yaratilishi lozim bo'lgan qandaydir boshqacha iqtisodiyot emas, bu yangi texnologiyalar, platformalar va biznes modellari
yaratish va ularni kundalik hayotga joriy etish orqali mavjud iqtisodiyotni yangicha tizimga ko'chirish deganidir. Raqamli iqtisodiyotning bir qancha afzalliklari hamda ijobiy tomonlari mavjud. Masalan, axborot-kommunikatsion texnologiyalarining rivojlanishi inson uchun eng qimmatbaho bo'lgan vaqtni tejashga, undan unumli foydalanishga ko'maklashishi mumkin. Masalan, korxona boshqaruvida, xodimlarni boshqarishda, maketing tadqiqotlarini olib borishda, mijozlar bilan aloqani ta'minlashda, korxonadagi mahsulotlarni tahlil qilish jarayonlarida va ko'plab korxonadagi vazifalarni bajarishda raqamli iqtisodiyotdan keng foydalanilmoqda5.
Misol tariqasida ko'radigan bo'lsak, hozirgi kunda korxonalarda raqamli iqtisodiyotning bir shakli bo'lgan raqamli texnologiyalardan ko'proq foydalanilmoqda. Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi. Shu bilan birga, meni juda qattiq tashvishga soladigan va bezovta qiladigan eng og'ir illat - korrupsiya balosini yo'qotishda ham ular samarali vositadir. Buni barchamiz teran anglab olishimiz darkor. Davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy sohada ham raqamli texnologiyalarni keng joriy etib, natijadorlikni oshirish, bir so'z bilan aytganda, odamlar turmushini keskin yaxshilash mumkin"6.
Turli tadqiqotlar natijalari bo'yicha raqamli iqtisodiyotning dunyo iqtisodiyotidagi salmog'i 4,5 foizdan 15,5 foizgachani tashkil etadi. Jahon axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sektorida yaratilayotgan qo'shilgan qiymatning deyarli 40 foizi va blokcheyn texnologiyalari bilan bog'liq patentlarning 75 foizi Amerika Qo'shma Shtatlari va Xitoy Xalq Respublikasi xissasiga to'g'ri keladi7.
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning 2020-yil 13-fevral kuni axborot texnologiyalarini rivojlantirishga bag'ishlangan tadbirda keltirgan statistik ma'lumotlariga muvofiq AQShda raqamli iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 10,9 foiz, Xitoyda 10 foiz, Hindistonda 5,5 foizni tashkil etadi. O'zbekistonda bu ko'rsatkich 2 foizdan ham oshmaydi8.
Raqamlashtirishning ahamiyati va ta'sirini qanchalik ortib borayotganligini baholash uchun so'nggi o'n yillikdagi bir nechta yirik texnologik kompaniyalar va raqamli platformalarning jahon bozoridagi kapitallarining ulushini ko'rish kifoya.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Raqamli iqtisodiyot - bu jarayonlarni tahlil qilish natijalaridan foydalanish va katta hajmdagi ma'umotlarni qayta ishlash asosida turli xildagi, texnologiyalar, asbob-uskunalar, tovar va xizmatlarni saqlash, sotish va yetkazib berish samaradorligini jiddiy ravishda oshirishga imkon beradigan, raqamli texnologiyalarga asoslangan
5 Porsaev G'.M., Safarov B.Sh., Usmanova D.Q.. Raqamli iqtisodiyot asoslari. Darslik -T.: «Fan va texnologiyalar nashriyot-matbaa uyi», 2020. 372 b
6 xalq so'zi gazetasi -40-2020-02-25
7 xalq so'zi gazetasi -40-2020-02-25
8 https:mff.uz/uz/press/news/2020/02/233/45/
elektron biznes va elektron tijorat bilan chambarchas bog'liq iqtisodiy faoliyat, hamda shu faoliyat natijasida ishlab chiqariladigan va sotiladigan raqamli tovarlar, xizmatlar yig'indisidir. Ba'zida u internet iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot degan terminlar bilan ham ifodalanadi9.
Birinchi marta 1995 yilda amerikalik dasturchi Nikolas Negroponte "Raqamli iqtisodiyot" terminini amaliyotga kiritgan bo'lsa, hozirda bu istilohni butun dunyodagi siyosatchilar, iqtisodchilar, jurnalistlar, tadbirkorlar - deyarli barcha kasb egalari qo'llamoqda10.
Raqamlashtirish jahon iqtisodiy otining o'sishiga olib keladi, masalan, nufuzli McKinsey Global Institute konsalting kompaniyasining hisob-kitoblariga ko'ra, eng yangi raqamli texnologiyalardan foydalanish 2025-yilga borib yalpi ichki mahsulot (YalM) o'sishiga olib keladi. Butun dunyo bo'ylab. 3-6 trillion dollarni tashkil etadi Kompaniyaning hisob-kitoblariga ko'ra, 12 turdagi yuqori texnologiya (mobil Internet, ilg'or robototexnika, bulutli texnologiya, qayta tiklanadigan energiya, Internet of Things (IoT) ma'lumotlari) bu o'sishga hissa qo'shadi. simsiz uzatish, harakatchanlik va sun'iy intellekt va boshqalar). Ayni paytda butun dunyo bo'ylab yirik kompaniyalar raqamlashtirish haqiqatidan xabardor va bulutli texnologiyalar va tarmoq infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo'yicha ko'rsatmalarga ega. Raqamlashtirish, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish iste'molchilar, davlat, umuman, jamiyat uchun katta imkoniyatlar ochib beradi.
Raqamli iqtisodiyotniqo'llab-quvvatlash bo'yicha dunyoning yetakchi davlatlari qatorida Singapur, Xitoy, Janubiy Koreya, Yangi Zelandiya va Daniya bor. Bu mamlakatlar raqamlashtirish va yuqori texnologiyalarni shakllantirish sohasida salmoqli tashabbuslar bilan chiqdi11.
Korxonalar raqobat bardoshligini oshirish yo'llarini tahlil qilishning nazariy va amaliy jihatlari, rentabellik va uning oshirish yo'llari kabi masalalar bo'yicha ko'plab xorijiy va rossiyalik olimlar izlanishlar olib borishgan jumladan, Saviskaya G.V, Safronova N.A., Volkova O. I., Plaskova N.S. va boshqa ko'plab mualliflar korxonalarning rentabelligini oshirish, takomilashtirish masalalariga doir ilmiy tadqiqotlar olib borib, bu muammolarni o'z asarlarida ko'rib chiqdilar12.
O'zbekistonlik iqtisodchi olimlardan A.Vaxabov, A.O'lmasov, Z.Qurbonov, B.Isroilov, B.Xasanov, M.Q.Pardaev va boshqalar o'z tadqiqotida korxonalarning foydasini, rentabelligini oshirish, takomilashtirish masalalariga katta e'tibor qaratgan.
9 Ayupov R.H., Boltaboeva G.R.. Raqamli iqtisodiyot asoslari. Darslik. T.: TMI, 2020, 575 bet.
10 Brynjolfsson E and Kahin, B, eds. (2002). Understanding the Digital Economy. Massach usetts Institute of Technology, Cambridge, MA
11 Porsaev G'.M., Safarov B.Sh., Usmanova D.Q.. Raqamli iqtisodiyot asoslari. Darslik -T.: «Fan va texnologiyalar nashriyot-matbaa uyi», 2020. 372 b
12 Maxmudov E.X. Korxona iqtisodiyoti. O quv qo llanma. - T.: O zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg'armasi nashriyoti,2005,-10 bet.
Raqobat kurashi va uni harakatlantiruvchi kuchlar, monopoliyaga qarshi boshqaruv mexanizmlari haqida dastlabki to'laqonli nazariy qoidalar faqat XVIII asrning o'rtalariga kelib paydo bo'lgan. Bunda klassik siyosiy iqtisod vakillari sanalgan A.Smit va D.Rikardoning xizmatlari kattadir. Keyingi davrlarda F.Perru, A.Marshall, Dj.Keyns, V.Leontev, Y.Shumpeter, P.Sraffa, M.Porter, F.Kotler va boshqalarning mehnatlari tufayli raqobat nazariyasi yanada rivoj topdi. Raqobat mohiyatiga to'xtalar ekanmiz, uni asosan uch xil yondashuvga bo'lish mumkin. Jumladan, xulq-atvor yondashuvi, strukturali yondashuv va funksional yondashuv.
Raqobatning xulq-atvor yondashuviga A.Smitning qarashlarini kiritish mumkin. U raqobatni bozor sub'ektlari o'rtasida tovarlar xarid qilish va sotish borasida qulayroq sharoitlar uchun olib boriladigan, to'g'ri, halol, til biriktirishlarsiz kurash, musobaqa bilan bog'lagan. U raqobat kurashining asosiy usuli deb narx o'zgarishlarini bilgan. Bunda u jamoa irodasi (ixtiyori) bilan boshqarilmaydigan, umumiy mo'ljallarga ega bo'lmagan bozorda qat'iy xulq-atvor qoidalariga amal qilishini qayd etgan. Demak, raqobat - bozor qatnashchilari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi aynan o'sha "ko'rinmas qoT'dir.
F.Perru raqobatni doimiy tahdidli harakat sifatida tushuntiradi. Inson o'z manfaatini ko'zlab qimmatroq sotib, arzon xarid qilishga intiladi. Shuning uchun raqobat bilan doimiy to'qnashishga to'g'ri keladi.
Strukturali yondashuvda asosiy e'tibor raqobatchilarning o'zaro kurashidan bozor strukturasi, unda hukmronlik qiluvchi shart-sharoitlar tahliliga ko'chib o'tadi. Masalan, K.R. Makkonnell va S.L. Bryuning asarlarida aytib o'tilishicha, raqobat bozorda ko'p sonli mustaqil xaridor va sotuvchilar mavjudligi, xaridor va sotuvchilar uchun bozorga erkin kirish va undan chiqish imkoniyatidir13.
Bugungi kunda raqobat tushunchasining ko'plab ta'riflari mavjud. Jumladan, Sh.Shodmonov, U.G'afurovlar tomonidan tayyorlangan "Iqtisodiyot nazariyasi" darsligida raqobatga berilgan ta'rifda asosan ikki jihat: 1) uning iqtisodiy manfaatlar to'qnashuvidan iborat ekanligi; 2) yuqori foyda va naflikka ega bo'lish uchun kurash ilgari suriladi, ya'ni: raqobat - bozor subyektlari iqtisodiy manfaatlarining to'qnashishidan iborat bo'lib, ular o'rtasidagi yuqori foyda va ko'proq naflilikka ega bo'lish uchun kurashni anglatadi. Bunda ishlab chiqaruvchilar o'rtasida sarflangan xarajatlarining har bir birligi evaziga ko'proq foyda olish uchun kurash boradi. Mana shu foyda orqasidan quvish natijasida tovarlarni sotish doiralari, ya'ni qulay bozorlar uchun, arzon xom ashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbalari uchun ular orasida kurash boradi14.
13 Горфинкель В.Я., Швандар В.А. Экономика предприятия. Учебное пособие. -М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2008, - 718 стр.
14 Xodiyev B Y , SHodmonov SH.SH. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. - Т.: "Barkamol Fayz media", 2017, 159-b
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tadqiqot jarayonida raqamli iqtisodiyotni korxonalarda qo'llash orqali korxonalar raqobat bardoshligini oshirish shakllantirishdagi o'rni bo'yicha ilmiy tadqiqotlar o'rganildi. Maqolada ilmiy mushohada, abstrakt-mantiqiy fikrlash, qiyosiy tahlil, ma'lumotlarni guruhlash, ilmiy mushohada, tasviriy statistik taqqoslash usullaridan foydalanildi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Raqamli iqtisodiyot korxonalar tadbirkorlikni rivojlanishida alohida ahamiyatga egadir. Hozirgi raqamli iqtisodiyot asrida korxonani yuritish qoidalari ham o'zgarib borayotganligini kuzatish mumkin. An'anaviy iqtisodiyot sharoitida xaridorlar ishlab chiqaruvchi tomonidan qanday tovar yoki xizmatlar taklif etilsa shunga qanoat qilgan bo'lsa, raqamli iqtisodiyot sharoitida esa iste'molchi bozorga o'z xohishini, takliflarini bayon etadi. Raqamli transformatsiyalar korxonalarga zamonaviy bozorga bog'lanish uchun o'z korxonasi sharoitiini yaxshilashga majbur etadi. Raqamli iqtisodiyotda xarajatlarni qisqarishi natijasida ko'rsatilayotgan xizmatlarning qiymati arzonlashib boradi, daromad topishning yangi yo'nalishlarini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish natijasida, tovar va xizmatlar global bozorlarga tezda taklif etiladi, mazkur tovar va xizmatlar xususida esa dunyo- ning istalgan hududiga ma'lumotlar taqdim etiladi. Raqamli tadbirkorlik yangi biznes modellarni ishlab chiqilishini, yangi bozorlarga kirib borish imkoniyatlarini yaratadi. Raqamli tadbirkorlar ishlab chiqarishga yangi texnologiyalarni kiritadilar va avtomatlashtirish jarayonini amalga oshiradilar. Raqamlashtirish va globallashuv bir birlari bilan uzviy bog'liqdir15.
Raqamli iqtisodiyot sharoitida korxonlar ishlab chiqarishni yangidan yangi kombinatsiyalarni yaratadi, o'z faoliyatiga turli xildagi yangi texnologiyalarni tatbiq etadi. Hozirgi vaqtda dunyo miqyosida korxonalarni yangi ko'rinishlari, ya'ni raqamli korxonalar, innovatsion tadbirkorlik, venchur tadbirkorligi kabilar rivojlanmoqda. Raqamli iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida ishlab chiqarish jarayoniga innovatsiyalarni, zamonaviy axborot texnologiyalarni joriy etish iqtisodiyotning yangi bilimga yo'naltirilgan tarmoqlarini paydo bo'lishiga olib kelmoqda. Iqtisodiyotning innovatsion sektorini, shuningdek "raqamli tadbirkorlikni" shakllanishi va rivojlanishi ishlab chiqaruvchilarni raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatini yaratadi16.
Iqtisodiyotimizni rivojlantirish, yangilash va modernizatsiya qilish bo'yicha olib borilayotgan oqilona iqtisodiy islohotlar natijasida bugungi kunda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga erishilmoqda. Jumladan, xo'jalik yurituvchi subyektlar
15 Porsaev G'.M., Safarov B.Sh., Usmanova D.Q.. Raqamli iqtisodiyot asoslari. Darslik -T.: «Fan va texnologiyalar nashriyot-matbaa uyi», 2020. 372 b
16 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947- sonli farmoni
faoliyatida raqamli iqtisodiyotning asosiy turi bo'lgan raqamli texnologiyalarni samarali yo'lga qo'yish, ularda raqamli transformatsiya jarayonini amalga oshirishda bajarilishi lozim bo'lgan hatti-harakatlar ketma ketligiga katta ahamiyat qaratilmoqda. Real sektor korxonalarini raqamlashtirish xususiyatlarini, raqamli texnologiyalardan foydalanishning o'rni va ahamiyatini o'rganishda quyidagi metodlardan foydalanildi17.
Korxonaning raqamli transformatsiyasidan asosiy maqsad, bizningcha, uning raqobatbardoshligini oshirish va ishlab chiqarish faoliyatining iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun shart-sharoitlarni taominlashdan iborat. Raqamli transformatsiya vazifasining maqsadiga muvofiq korxonalarni quyidagicha tasniflash mumkin:
- raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish;
- yuqori samaradorlikka, ishlab chiqarish va tashkiliy jarayonlarning moslashuviga erishish;
- korxonaning investitsion jozibadorligini oshirish;
- korxonaning iqtisodiy samaradorligini kafolatlaydigan boshqaruv tizimining moslashuvchanligi va shaffofligini oshirish va boshqalar18.
Raqamli iqtisodiyot sharoitida korxonalar raqobat bardoshligini oshirishda raqamlashtirish jarayoni juda muhim hisoblanadi. Raqamlashtirish jarayoni keltirishi mumkin bo'lgan foyda va zararlar riskini to'g'ri baholashdan so'ng ushbu jarayonni joriy qilish rejasi tuziladi. Umumiy holatda raqamli korxona konseptsiyasi va strategiyasini ishlab chiqish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi. Korxonaning raqamli transformatsiyasi bir necha bosqichlardan o'tadi (1-rasm).
Korxonaning joriy holatida raqamli texnologiyalardan foydalanish darajasini baholash va aniq maqsadlarni belgilash. Belgilangan maqsadlardan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar ketma ketligini va strategiyasini tuzib chiqish. Ishlab chiqarishni raqamliga o'zgartirishni amalga oshirish uchun ishlab chiqarish tizimlarining gorizontal va vertikal integratsiyasi zarur va hozirda foydalanilayotgan axborot tizimlarining muhim qismi ma'lumot almashishi mumkin, ammo ularning muvofiqligi korxona ichida ham, o'zaro ta'sir qiluvchi korxonalar o'rtasida ham barcha darajalarda taominlanishi kerak. Yagona axborot makonini yaratish korxonalarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari va sanoat uskunalari o'rtasida tezkor va o'z vaqtida axborot almashish imkoniyatini beradi.
Yaqin 10 yillikda ishlab chiqarish, transport, sog'liqni saqlash, ta'lim va boshqa ko'plab sohalarda "smart" aqlli texnologiyalarning qo'llanilishi hech kimga sir emas
17 Raqamli iqtisodiyotni shakllantirishdagi zamonaviy trendlar: tajriba, muammo va istiqbollar. // Ilmiyamaliy anjuman ma'ruza tezislari to'plami. 2020 yil 14 oktyabr. - Toshkent. 2020.
18Xoliqulov A.N., Usmanova D.Q., Raximov X.A., Korxonalarni raqobatbardoshligini baholash. O'quv qo'llanma. T: "TURON NASHR" nashriyoti, 2021. -212 b.
albatta. So'nggi yillarda korxonalarning raqobat muhitida omon qolishiga imkon beradigan raqobatbardoshlikning ahamiyati keskin oshdi.
1-rasm. Korxonalarni raqamli transformatsiyalash bosqichlari19
Keskin raqobat sharoitida zamonaviy korxonalar bozor holatiga tezda javob berishlari kerak. Buning uchun tashqi muhitning o'zgaruvchan sharoitlariga o'z vaqtida javob berishga imkon beradigan va tashkilotning ichki jarayonlarini raqamli iqtisodiyot talablariga moslashtiradigan strategiyalarni ishlab chiqish kerak20.
Raqobatning mazmuni uning vazifalarini ko'rib chiqish orqali yanada kengroq namoyon bo'ladi. Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib ko'rsatish mumkin:
19 Qodirov S., Sanoat korxonalarida raqamli texnologiyalardan foydalanishning xususiyatlari, "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali, 2/2022, mart-aprel
20 Raxmonqulov J.M., Raqamli iqtisodiyot sharoitida sanoat korxonalari va mamlakat innovatsion faoliyatini axborot texnologiyalri a sosida samarali rivojlantirish, "Iqtisod va moliya" jurnali, 2021, 6(142)
2-rasm. Raqobatning quyidagi asosiy vazifalari21
Raqobat kurashining mazmuni to'g'risida to'laroq tushunchaga ega bo'lish uchun uning asosiy shakllari va belgilarini ko'rib chiqish zarur. O'z miqyosiga ko'ra raqobat ikki turga - tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobatga bo'linadi. Tarmoq ichidagi raqobat tovar ishlab chiqarish va sotishning qulayroq sharoitiga ega bo'lish, qo'shimcha foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari o'rtasida boradi. Har bir tarmoqdagi mavjud korxonalarning texnika bilan ta'minlanish va mehnat unumdorligi darajalari turlicha bo'lganligi sababli, ushbu korxonalarda ishlab chiqarilgan tovarlarning individual (alohida) qiymati bir xil bo'lmaydi22.
Korxonalarning raqobatbardoshligini oshirishning muhim omillaridan biri bu mahsulotlarni yuqori sifatli qilib ishlab chiqarilishi hisoblanadi. Mahsulot sifatining oshishi o'z navbatida ishlab chiqarish imkoniyatlarini sezilarli darajada yaxshilanishiga olib keladi, buning uchun albatta ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida bir maromda sifat ko'rsatkichlarini takomillashtirib borishga to'g'ri keladi23.
Agar boshqaruvchi-menejerlar sifatga hayot tarzi sifatida qarashmasa, sifatni yaxshilashga bo'lgan harakatlarni amalga oshirish qiyin bo'ladi. Aynan shuning uchun mahsulot sifatini boshqarish bo'yicha ishlar boshliqdan tortib ijrochigacha bo'lgan barcha personal-xodimlar uchun eng muhim faoliyat bo'lib hisoblanadi.
Raqamli korxona - bu axborot texnologiyalaridan o'z faoliyatining barcha sohalarida: ishlab chiqarish, biznes jarayonlari, marketing va mijozlar bilan o'zaro munosabatlarda raqobatdosh ustunlik sifatida foydalanadigan tashkilot. Bunda an'anaviy tarzda faoliyat yuritib kelayotgan tashkilotlar raqamli transformatsiya yo'lidan o'tib, "raqamli fikrlash" qobiliyatiga ega kompaniyaga aylanmoqda.
Bunday korxona tomonidan bozorga taklif etilayotgan mahsulotning o'zi ham "raqamlashtirilgan" bo'ladi. Shunga ko'ra, biznes va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish tobora zarur bo'lib bormoqda. Hujjatlar oqimini kuzatish, me'yoriy texnik hujjatlarni boshqarish kabi jarayonlar korxonaning xususiyatlariga va u ishlab chiqarayotgan mahsulotlarning hayotiy sikliga qarab korxonasi raqamlashtirish jarayonining bir qismiga aylanib boradi. Sifat menejmenti raqamli korxonaning ichki jarayonini o'rganganligi sababli, korxonaning raqobatdosh ustunliklaridan foydalanish sifat menejmenti tizimini raqamlashtirish jarayonini takomillashtirishning dolzarb yo'nalishlaridan biri bo'lib hisoblanadi24.
21 Qodirov S., Sanoat korxonalarida raqamli texnologiyalardan foydalanishning xususiyatlari, "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali, 2/2022, mart-aprel
22 Sotvoldiyev N.J., "Raqobat strategiyasi", O'quv-uslubiy majmua. T: Namangan, 2022
23 Бойко, И.П. Экономика предприятия в цифровую эпоху / И.П. Бойко, М.А. Евневич, А.В. Колышкин // Российское
24 Raqamli iqtisodiyotni shakllantirishdagi zamonaviy trendlar: tajriba, muammo va istiqbollar. // Ilmiyamaliy anjuman ma'ruza tezislari to'plami. 2020 yil 14 oktyabr. - Toshkent. 2020.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, raqamli iqtisodiyot qo'llanilishi natijasida korxonalar raqobatbardoshligini boshqarish mexanizmi korxona raqobatbardoshligini saqlab qoladi va iqtisodiy jihatdan samaradorlikni oshiradi, bundan tashqari zamonaviy, strategik, taktik, tezkor boshqaruv qarorlarini qabul qilish orqali raqobatbardosh ustunlikka erishadi hamda raqobatbardoshlikni boshqarish modelini, koorporativ strategiya vamaqsadlarni, tizimli yondashuvni va boshqaruv metodoloyaiasini ishlab chiqadi.
Bugungi kunda dunyodagi rivojlangan mamlakatlarda aholi daromadlarining o'sishi birinchi navbatda korxonalarda raqamli iqtisodiyotning to'g'ri tashkil etilishi hamda "raqamli tadbirkorlikni" doimiy ravishda takomillashtirib borilayotgani bilan bog'liqdir. Raqamli iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida Respublikamiz oldida turgan muhim vazifalardan biri jahon bozorida raqobatbardosh bo'lgan mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatishni keng yo'lga qo'yishdir. Bugungi kundagi asosiy vazifalardan biri tadbirkorlar o'rtasida sog'lom raqobatni ta'minlash orqali, narxlarni pasaytirish va jahon bozorida raqobatbardosh, eksportbop sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirishdir. Xalqaro tajribani o'rgangan holda monopoliya sohalariga xususiy sektor uchun yanada keng yo'l ochish, "raqamli tadbirkorlikni" rivojlantirish va shu orqali raqobat muhitini shakllantirish lozim.
Iqtisodiyot tarmoqlariga raqamli texnologiyalarni joriy etish natijasida qator ustunliklarga ega bo'lib ular quyidagilarda o'z ifodasini topadi: korxonalar faoliyatini avtomatlashtirilishi va jarayonning to'liq raqamlashtirilishiga erishilishi natijasida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqariladi, ishlab chiqarish va mehnat resurslaridan samarali va tejamkorlik bilan foydalanish yo'lga qo'yiladi, korxonalar investitsion jozibadorligi va ishlab chiqarish jarayonining shaffofligi ta'minlanadi.
Sanoat korxonalarida raqamlashtirish jarayoni o'ziga xos xususiyatlarga egaligi, moliyaviy resusrlar va shartli infratuzilmaga muhtojligi nuqtai nazaridan ehtimoliy yo'qotishlarga olib kelishi ham mumkinligi ayniqsa O'zbekistondek rivojlanayotgan mamlakatda faoliyatini olib boradigan korxonalarda ushbu jarayonni to'g'ri rejalashtirish, raqamli transformatsiyalash strategiyasini to'g'ri shakllantirish, ushbu jarayonni korxona holatiga va faoliyat turiga muofiq holatda rejalashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Raqamli 0'zbekiston-2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish tadbirlari to'g'risida"gi 2020-yil 6 oktyabrdagi PF-6079 sonli Farmoni
2. O'zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-iyuldagi "O'zbekiston respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3832-sonli Qarori
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi "Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori
4. O'zbekiston Respublikasining "Xususiy korxona to'g'risida"gi 2023-yil 11-dekabrdagi PQ-558-II-sonli Qonuni
5. O'zbekiston Respublikasi Prizdentining 2020-yil 28-apreldagi "Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora tadbirlari to'g'risida"gi Qarori
6. Xoliqulov A.N., Usmanova D.Q., Raximov X.A., Korxonalarni raqobatbardoshligini baholash. O'quv qo'llanma. T: "TURON NASHR" nashriyoti, 2021. -212 b.
7. Jo'rayev T.,Iqtisodiyot nazariyasi. . Darslik..-T.: «Fan va texnologiya» nashr, 2018. - 512 bet.
8. Maxmudov E.X. Korxona iqtisodiyoti. O'quv qo'llanma. - T.: O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg'armasi nashriyoti,2005,-10 bet.
9. Горфинкель В.Я., Швандар В.А. Экономика предприятия. Учебное пособие. -М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2008, - 718 стр.
10. Raxmonqulov J.M., Raqamli iqtisodiyot sharoitida sanoat korxonalari va mamlakat innovatsion faoliyatini axborot texnologiyalri a sosida samarali rivojlantirish, "Iqtisod va moliya" jurnali, 2021, 6(142)
11. Qodirov S., Sanoat korxonalarida raqamli texnologiyalardan foydalanishning xususiyatlari, "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali, 2/2022, mart-aprel
12. Sotvoldiyev N.J., "Raqobat strategiyasi", O'quv-uslubiy majmua. T: Namangan, 2022
13. Ayupov R.H., Raqamli iqtisodiyot va elektron tij oratda yangi texnologiyalar. O'quv qo'llanma. Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2020, 554 bet.
14. Porsaev G'.M., Safarov B.Sh., Usmanova D.Q.. Raqamli iqtisodiyot asoslari. Darslik -T.: «Fan va texnologiyalar nashriyot-matbaa uyi», 2020. 372 b
15. Ayupov R.H., Boltaboeva G.R.. Raqamli iqtisodiyot asoslari. Darslik. T.: ТМ1, 2020, 575 bet.
16. Brynjolfsson E and Kahin, B, eds. (2002). Understanding the Digital Economy. Massach usetts Institute of Technology, Cambridge, MA
17. Бойко, И.П. Экономика предприятия в цифровую эпоху / И.П. Бойко, М.А. Евневич, А.В. Колышкин // Российское предпринимательство. Том 18, -2017. - №7. - С. 1127-1130
18. Raqamli iqtisodiyotni shakllantirishdagi zamonaviy trendlar: tajriba, muammo va istiqbollar. // Ilmiyamaliy anjuman ma'ruza tezislari to'plami. 2020-yil 14 oktyabr. - Toshkent. 2020.
19. http://www.lex.uz - O'zbekiston Respublikasi qonunlari bazasi sayti
20. https: //www. imv. uz - Iqtisodiyot va moliya vazirligi sayti
21. http://www.soliq.uz - O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi sayti
22. http://www.stat.uz - O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi
sayti