Научная статья на тему 'RAQAMLI IQTISODIYOTNING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI'

RAQAMLI IQTISODIYOTNING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
371
70
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
raqamli iqtisodiyot / raqamli iqtisodiyotni shakllantirish / internet iqtisodiyoti / raqamli iqtisodiyot va jahon iqtisodiyoti istiqbollari / kommunikatsiya / raqamli texnologiyalar / sun’iy intellekt / elektron tijorat / onlayn to‘lov / infratuzilma / kiberxavfsizlik. / digital economy / digital economy formation / internet economy / digital economy and world economy prospects / communication / digital technology / artificial intelligence / e-commerce / online payment / infrastructure / cyber security.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Ravzatov Jonibek Baxromovich

Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotining amaliy ahamiyati, jihatlari, va xorij tajribasi haqida so‘z yuritiladi. Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan global iqtisodiyot sharoitida raqamli iqtisodiyot o‘z rivojlanishining boshlang‘ich davrida bo‘lib, birinchi navbatda insonlarning turmush darajasini sezilarli darajada oshira olishi va bu uning asosiy foydasi ekanligi yoritib berilgan. Shuningdek maqolada asosan raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va undagi moammolarni bartaraf etish, raqamli iqtisodiyotning o‘sishi global iqtisodiy o‘sishiga ta’siri, jahon bozoridagi raqamli iqtisodiyotning o‘rni. hamda insonlarning yashash tarzini sezilarli o‘zgartira olishi va bu uning asosiy foydasi ekanligi yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE EMERGENCE AND STAGES OF DEVELOPMENT OF THE DIGITAL ECONOMY

this article will talk about the practical importance, aspects, and experience of the digital economy. In the context of today's rapidly developing global economy, the digital economy is at the beginning of its development, first of all it is illuminated that it is able to significantly increase the standard of living of people, and this is its main benefit. Also in the article are mainly the further development of the digital economy and the elimination of moammos in it, the impact of the growth of the digital economy on global economic growth, the role of the digital economy in the world market. it has also been highlighted that it is able to significantly change the way people live and that this is its main benefit.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI IQTISODIYOTNING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI»

RAQAMLI IQTISODIYOTNING PAYDO BO'LISHI VA RIVOJLANISH

BOSQICHLARI

Ravzatov Jonibek Baxromovich

TATU tayanch doktoranti j onibek_tatu@mail. ru

Annotatsiya: Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotining amaliy ahamiyati, jihatlari, va xorij tajribasi haqida so'z yuritiladi. Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan global iqtisodiyot sharoitida raqamli iqtisodiyot o'z rivojlanishining boshlang'ich davrida bo'lib, birinchi navbatda insonlarning turmush darajasini sezilarli darajada oshira olishi va bu uning asosiy foydasi ekanligi yoritib berilgan. Shuningdek maqolada asosan raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va undagi moammolarni bartaraf etish, raqamli iqtisodiyotning o'sishi global iqtisodiy o'sishiga ta'siri, jahon bozoridagi raqamli iqtisodiyotning o'rni. hamda insonlarning yashash tarzini sezilarli o'zgartira olishi va bu uning asosiy foydasi ekanligi yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: raqamli iqtisodiyot, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish, internet iqtisodiyoti, raqamli iqtisodiyot va jahon iqtisodiyoti istiqbollari, kommunikatsiya, raqamli texnologiyalar, sun 'iy intellekt, elektron tijorat, onlayn to'lov, infratuzilma, kiberxavfsizlik.

ВОЗНИКНОВЕНИЕ И ЭТАПЫ РАЗВИТИЯ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ

Равзатов Жонибек Бахромович

Базовый докторант ТАТУ j onibek_tatu@mail. ru

Аннотация: В данной статье будет рассказано о практическом значении, аспектах цифровой экономики и зарубежном опыте. В сегодняшней бурно развивающейся глобальной экономике Цифровая экономика находится на начальном этапе своего развития, прежде всего потому, что она способна значительно повысить уровень жизни людей и является ее основным преимуществом. Также в статье в основном рассматривается дальнейшее развитие цифровой экономики и устранение в ней проблем, влияние роста цифровой экономики на глобальный экономический рост, Роль цифровой экономики на мировом рынке. и что это является его основным преимуществом.

Ключевые слова: Цифровая экономика, формирование цифровой экономики, Интернет-экономика, цифровая экономика и перспективы мировой экономики, коммуникации, цифровые технологии, искусственный интеллект, электронная коммерция, онлайн-платежи, инфраструктура,

кибербезопасностъ.

THE EMERGENCE AND STAGES OF DEVELOPMENT OF THE DIGITAL

ECONOMY

Ravzatov Jonibek Bakhromovich

Basic doctoral student at TATU j onibek_tatu@mail. ru

Abstract: this article will talk about the practical importance, aspects, and experience of the digital economy. In the context of today's rapidly developing global economy, the digital economy is at the beginning of its development, first of all it is illuminated that it is able to significantly increase the standard of living of people, and this is its main benefit. Also in the article are mainly the further development of the digital economy and the elimination of moammos in it, the impact of the growth of the digital economy on global economic growth, the role of the digital economy in the world market. it has also been highlighted that it is able to significantly change the way people live and that this is its main benefit.

Keywords: digital economy, digital economy formation, internet economy, digital economy and world economy prospects, communication, digital technology, artificial intelligence, e-commerce, online payment, infrastructure, cyber security.

KIRISH

Raqamli iqtisodiyotning yuksalishi XXI asrning o'ziga xos xususiyatlaridan biridir. Albatta bugungi kunni raqamli texnologiyalarsiz tasavvur qilish qiyin albatta. Aql-zakovat va ilm-taraqqiyot qanotidir. Zamonaviy ilm-fanning cho'qqisi yuqori texnologiyalarda, raqamli olamda ko'zga tashlanadi. To'rtinchi sanoat inqilobi taraqqiyotning yangi ko'rinishi - "raqamli iqtisodiyot" boshlanganini anglatadi. Bugungi kunda biz yaqin kelajakda erishmoqchi bo'lgan ulkan maqsadlarga egamiz. Buning uchun bizga albatta yetuk kadr va mutaxassislar kerak. 27Raqamli texnologiyalar jamiyat va iqtisodiyotga ko'p jihatdan ta'sir o'tkazadi, shu jumladan yangi aloqa va hamkorlik vositalari orqali xizmat ko'rsatishning kuchli tarkibiy qismiga ega bo'lgan yangi mahsulotlar ma'lumotlarning iqtisodiy o'sish omili sifatida

27 Porsaev G'.M., Safarov B.Sh., Usmanova D.Q.. Raqamli iqtisodiyot asoslari. Darslik -T.: «Fan va texnologiyalar nashriyot-matbaa uyi», 2020. 372 b

roli sun'iy intellekt (AI) yordamida vazifalarni avtomatlashtirish va platformalar kabi yangi biznes modellarining paydo bo'lishi insoniyat hayotini o'zgartirib yubordi. Shu sababli raqamlashtirish bizning hayotimiz va birgalikda ishlash tarzimizni tubdan o'zgartiradi. Bu butun davlat rivojlanishi va farovonligi demakdir.

Raqamli iqtisodiyot raqamli texnologiyalarga asoslangan, elektron biznes, elektron tijorat bilan bog'langan, raqamli tovar va xizmatlar ishlab chiqarayotgan va taqdim etayotgan iqtisodiy faoliyatdir. Bunda iqtisodiy xizmat va tovarlar uchun hisob-kitoblar elektron pul orqali amalga oshiriladi. Raqamli iqtisodiyot konsepsiyasi atomdan bitga, ya'ni kimyoviy eng kichik zarradan elektron birlikka o'tishga asoslanadi. Raqamli iqtisodiyot alohida faoliyat turini emas, balki ishbilarmonlik, sanoat obyektlari, xizmatlarda axborot texnologiyalaridan faol foydalanishni anglatadi. Agar oddiy iqtisodiyotda moddiy buyumlar asosiy resurs hisoblansa, raqamli iqtisodiyotda bu qayta ishlanadigan hamda uzatiladigan axborot, ma'lumotlar bo'ladi. Raqamli iqtisodiyot yirik sanoat obyektlari ish samaradorligini oshirish, ishlab chiqarishda o'sish, faoliyat shaffofligini ta'minlash, mahsulot tannarxini kamaytirish imkonini beradi28.

Xalqaro amaliyotga yuzlanadigan bo'lsak, hozirgi kunda raqamli iqtisodiyot elektron tijorat va xizmatlar sohasi bilan cheklanib qolmay, balki hayotning har bir jabhasiga, xususan, sog'liqni saqlash, fan-ta'lim, qurilish, energetika, qishloq va suv xo'jaligi, transport, geologiya, kadastr, arxiv, internet-banking va boshqa sohalarga jadal kirib bormoqda va ularning har birida o'zining yuqori samaralarini bermoqda. Davlat o'z fuqarolari uchun elektron xizmatlar ko'rsatishi va elektron mahsulotlarni taklif etishi - bu raqamli iqtisodiyotning asosiy qismi hisoblanadi. Mamlakatimizda ushbu sohani keng rivojlantirish korrupsiya illatiga barham beradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Raqamli iqtisodiyot - bu raqamli ma'lumotlar ishlab chiqarishda asosiy omil bo'lgan iqtisodiy faoliyat bo'lib, katta hajmlarni qayta ishlash va tahlil natijalaridan foydalanish an'anaviy boshqaruv shakllari bilan solishtirganda har xil turdagi ma'lumotlar samaradorligini sezilarli darajada oshirishi mumkin. Ushbu tushunchaning ilmiy ta'riflari ham mavjud. Shunday qilib, ba'zi olimlar raqamli (elektron) iqtisodiyotni iqtisodiyot sifatida belgilaydilar, uning o'ziga xos xususiyati ma'lumotlardan, shu jumladan shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish orqali uning barcha ishtirokchilarining ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishdir29. Bu axborot, kommunikatsiya va moliyaviy texnologiyalarning rivojlanishi, shuningdek, iqtisodiy faoliyatning barcha ishtirokchilari tovarlar va xizmatlarni taqsimlash, almashish va

28 Ayupov R.H., Boltaboeva G.R.. Raqamli iqtisodiyot asoslari. Darslik. T.: TMI, 2020, 575 bet.

29 Ayupov R.H., Raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar. O'quv qo'llanma. Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2020, 554 bet.

iste'mol qilish yaratish jarayoni subyektlari va ob'ektlarining gibrid dunyosida to'liq o'zaro ta'sir qilish imkoniyatini ta'minlaydigan infratuzilmaning mavjudligi tufayli mumkin bo'ladi.

Raqamli iqtisod va elektron hukumat "Raqamli iqtisodiyot" atamasi birinchi bo'lib 1995-yilda Don Tepkott muallifligida chop etilgan "Raqamli iqtisodiyot: tarmoqli intelekt asrida va'da va xavf-xatar" (The Digital Economy: Promise and Peril in the Age of Networked Intelligence) nashrida alohida tushuncha sifatida istiloh

etilgan30.

Jahon bankining ta'rifiga ko'ra, raqamli iqtisodiyot raqamli axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy munosabatlar tizimidir . Ba'zi olimlar raqamli iqtisodiyotning uchta asosiy komponentini ajratib ko'rsatishadi: infratuzilma, jumladan, apparat, dasturiy ta'minot, telekommunikatsiya va boshqalar; virtual bozor sub'ektlari o'rtasidagi virtual o'zaro munosabatlar doirasida kompyuter tarmoqlari orqali amalga oshiriladigan biznes jarayonini qamrab oluvchi elektron biznes operatsiyalari; Internet orqali tovarlarni yetkazib berishni o'z ichiga olgan va hozirda raqamli iqtisodiyotning eng yirik segmenti bo'lgan elektron tijorat31.

"Raqamli iqtisodiyot" atamasi ilmiy amaliyotga ispaniyalik va amerikalik sotsiolog, axborotlashgan jamiyatning yetakchi tadqiqotchisi Manuel Kastels tomonidan kiritilgan. Bu borada u o'zining "Axborot davri: iqtisod, jamiyat va madaniyat" nomli uch jildli monografiyasini chop etgan. Hozirgi vaqtga kelib, raqamli iqtisodiyot nazariyasi to'laligicha hali shakllanmagan va ko'pchilik iqtisodchilar tomonidan keng miqyosda o'rganilmoqda. Ilmiy adabiyotlarda hozirgizamon "Yangi raqamli iqtisodiyoti" turli xil atamalar bilan nomlanadi. Masalan, "Postindustrial iqtisodiyot" (D. Bell), "Axborotlashgan iqtisodiyot" (O. Toffler), "Megaiqtisodiyot" (V. Kuvaldin), "Axborot va aloqaga asoslangan iqtisodiyot" (I. Niiniluto), "Texnoiqtisodiyot yoki raqamli iqtisodiyot" (B. Geyts), "Bilimlarga asoslangan iqtisodiyot" (D. Tapskott) 32.

Raqamli iqtisodiyot tushunchasiga bir qator ta'riflar berilgan. Jumladan, iqtisodiyot fanlari doktori, Rossiya Fanlar akademiyasining muxbir a'zosi V.Ivanov "Raqamli iqtisod - haqiqatimizni to'ldiradigan virtual muhit" - deb ta'rif bergan.

Tomsk davlat universitetining professori, R. Meshcheryakovning fikricha "raqamli iqtisod" atamasiga ikkita yondashish mavjud deb hisoblaydi. Raqamli texnologiyalar asosida iqtisodiyotning va elektron tovar va xizmatlar eksklyuziv domen tavsiflovchi raqamli iqtisodiyot: birinchi yondashuv "klassik" deb nomlanib, klassik misollar - teletibbiyot, masofaviy ta'lim, dori-darmonlarni sotish (filmlar,

30 Don Tepkott, The Digital Economy: Promise and Peril in the Age of Networked Intelligence, 1995-yil

31 Дмитриев А. В. Цифровые технологии в транспортной логистике / А. В. Дмитриев // РИСК: ресурсы, информация, снабжение, конкуренция. - 2017. - С. 14-18.

32 Lapidus L.V. Raqamli iqtisodiyot. - M.:, Infra-M, 2019 yil.

televizorlar, kitoblar va boshqalar). Ikkinchi yondashuv: "raqamli iqtisod" ilg'or raqamli texnologiyalardan foydalangan holda iqtisodiy ishlab chiqarishdir.

Akademik S. G'ulomov va boshqalar muallifligidagi "Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari" nomli o'quv qullanmada raqamli iqtisodiyotga quyidagicha ta'rif berilgan: "raqamli iqtisodiyot(elektron) bu - axborot, jumladan, shaxsiy axborotdan foydalanish hisobiga barcha qatnashchilarning ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishning o'ziga xos xususiyati bo'lgan iqtisodiyotdir. Bu axborot-kommunikatsiya va moliya texnologiyalarining rivojlanganligi, shuningdek, birgalikda gibrid dunyoda barcha iqtisodiy faoliyat subyektlari - tovarlar va xizmatlar yaratish, taqsimlash, ayirboshlash va iste'mol qilish jarayoni obyektlari va subyektlarining to'laqonli o'zaro aloqa qilish imkoniyatini ta'minlaydigan infratuzilma ochiqligi tufayli mavjud bo'lishi mumkin"33. Bugun jadallik bilan kechayotgan raqamlashuv jarayoni "yangi iqtisodiyot"ni vujudga keltirdi. Kam o'rganilgan va kun sayin chuqur tomir otib borayotgan bu bozor segmenti ishlab chiqaruvchilarga biznesda samarali marketing kampaniyalari uyushtirish, minimal xarajat qilib, maksimal foyda olish, tovar va xizmatlarni muvaffaqiyatli sotishning optimal usullarini taqdim etadi. Iste'molchi, xaridor va mijozlarga sifatli xizmat, qulaylik yaratiladi. Bu vaqtingiz tig'iz paytida Internet orqali tushlikka buyurtma berish, mobil ilova orqali taksi chaqirish, uzoqdagi yaqiningizga pul jo'natishdan ko'ra kengroq imkoniyatlar bo'lib, transchegaraviy biznes hamkorlik, elektron tijoriy maydon, masofaviy ofis kabilarni ham qamrab oladi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Tadqiqot jarayonida raqamli iqtisodiyotning paydo bo'lishi va rivojlanishi, uning iqtisodiyotga keltirgan foydasi ham iqtisodiy jarayonlarning o'zgarishidagi o'rni bo'yicha ilmiy tadqiqotlar o'rganildi. Maqolani shakllantirish jarayonida kuzatish va tanlab olish, ilmiy-nazariy, empirik kuzatuv usullardan foydalanilgan. Tadqiqot natijalarining ishonchligi tadqiqotda qo'llanilgan xorijiy va milliy statistik rasmiy manbalardan foydalanilgani bilan izohlanadi.

TAHLIL VA NATIJALAR

Raqamli iqtisodiyot - bu jarayonlarni tahlil qilish natijalaridan foydalanish va katta hajmdagi ma'umotlarni qayta ishlash asosida turli xildagi, texnologiyalar, asbob-uskunalar, tovar va xizmatlarni saqlash, sotish va yetkazib berish samaradorligini jiddiy ravishda oshirishga imkon beradigan, raqamli texnologiyalarga asoslangan elektron biznes va elektron tijorat bilan chambarchas bog'liq iqtisodiy faoliyat, hamda shu faoliyat natijasida ishlab chiqariladigan va sotiladigan raqamli tovarlar, xizmatlar

33 Gulyamov, S.S. va b., Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari. -T.: Iqtisod-Moliya, 2019, 396 b.

yig'indisidir. Ba'zida u internet iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot degan terminlar bilan ham ifodalanadi34.

Raqamlashtirish jahon iqtisodiyotining o'sishiga olib keladi, masalan, nufuzli McKinsey Global Institute konsalting kompaniyasining hisob-kitoblariga ko'ra, eng yangi raqamli texnologiyalardan foydalanish 2025 yilga borib yalpi ichki mahsulot (YalM) o'sishiga olib keladi. Butun dunyo bo'ylab. 3-6 trillion dollarni tashkil etadi Kompaniyaning hisob-kitoblariga ko'ra, 12 turdagi yuqori texnologiya (mobil Internet, ilg'or robototexnika, bulutli texnologiya, qayta tiklanadigan energiya, Internet of Things (IoT) ma'lumotlari) bu o'sishga hissa qo'shadi. Simsiz uzatish, harakatchanlik va sun'iy intellekt va boshqalar). Ayni paytda butun dunyo bo'ylab yirik kompaniyalar raqamlashtirish haqiqatidan xabardor va bulutli texnologiyalar va tarmoq infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo'yicha ko'rsatmalarga ega. Raqamlashtirish, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish iste'molchilar, davlat, umuman, jamiyat uchun katta imkoniyatlar ochib beradi35.

Raqamli iqtisodiyotning o'sishi butun iqtisodiyotga ta'sir qiladi. Ushbu sohaning iqtisodiyotning an'anaviy tarmoqlariga ta'siri davrlarini baholashga urinishlar mavjud. Shu bilan birga, sayyoramiz aholisining o'sishi va resurslarni safarbar qilish bilan elektron iqtisodiyot elektron savdo va xizmatlar bilan cheklanib qolmaydi, balki hayotning har bir jihatiga: sog'liqni saqlash, ta'lim, Internet-banking va boshqalarga ta'sir qiladi. Boshqacha qilib aytadigan bo'lsak, raqamli iqtisodiyot-bu onlayn xizmatlar, elektron to'lovlar, Internet-savdo, crowdfunding va boshqalarni taqdim etish bo'yicha xizmatlarni o'z ichiga olgan raqamli kompyuter texnologiyalarini rivojlantirish bilan bevosita bog'liq bo'lgan faoliyat. Odatda raqamli iqtisodiyotning asosiy elementlari: elektron tijorat, Internet-banking va elektron to'lovlar, kripto valyutasi va blokirovkalash, Internet-reklama va onlayn o'yinlar.

Raqamli iqtisodiyotning afzalliklari Albatta, axborotkommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi, zamonaviy texnologiyalarning hayotimizga tadbiq etilishi har bir inson hayotida ko'plab ijobiy imkoniyatlar berishi mumkin. Raqamli texnologiyalar rivojlanishi ortidan inson, unga kerakli xizmatdan tezroq foydalanishi, internet orqali o'ziga kerakli mahsulotlarni arzon sotib olish bilan ko'plab pul mablag'larini tejashi mumkin. Masalan biron bir kitobning elektron ko'rinishda sotib olish Sizga, shu kitobni chop etilgan ko'rinishini sotib olish ancha arzonga tushishi mumkin. Yoki bo'lmasa oddiy iste'molchi o'zi ham tadbirkor bo'lishi, uyidan chiqmagan holda onlayn savdo-sotiq bilan shug'ullanishi mumkin. Raqamli iqtisodiyotning eng faol drayveri - bu davlatdir. U raqamli iqtisodiyotning asosiy buyurtmachisi va iste'molchisidir. Masalan, Xitoy bu maqsadlar uchun 9 mlrd dollar

34 Ayupov, R.X., Baltabaeva, G.R., Raqamli valyutalar bozori: innovatsiyalar va rivojlanish istiqbollari. -T: Fan va texnologiya, 2018, 172 b.

35 Сильвестров М. А., Михина Е. В., Жидко Е. А. Электронный бизнес в современных экономических условиях // Информационные технологии в строительных, социальных и экономических системах. 2021. № 1. С. 52-57.

atrofida mablag' sarflagan. Bozor kapitalizatsiyasi 210 mlrd dollardan ziyod bo'lgan Alibaba internet resursi ushbu sarmoyalarning to'g'ri yo'naltirilganini isbotladi.

Raqamlashtirishdan maksimal foyda olishni istagan davlat, zaruriy yuqori texnologik maxsulotlarning bozorini yaratishi va uni qo'llab-quvvatlashi lozimdir. Shu bilan birga, parallel tarzda davlat boshqaruvi, muhim sohalar va korxonalar uchun xususiy ilovalarni rivojlantirgan holda, elektron iqtisodiyotning asosiy platformalarini nazorat qiluvchi instrumentlarni o'z izmida saqlab qolish ham muhim hisoblanadi. Xususan, Yaponiya texnologiyalarni xarid qilgan bo'lsa-da, ushbu yo'nalishda o'zining ishlab chiqaruvchi tarmoqlarini yaratolmagani va texnik ishlanmalar darajasini muttasil yuqori holatda tutolmagani tufayli, raqamli iqtisodiyotdagi yetakchi pozitsiyalarni qo'ldan boy berdi. Janubiy Koreya esa elektron hukumat va elektron vositachilikka (elektron tijorat faoliyati va davlat tender xaridlarini o'tkazish uchun) milliy budjetning 1 foiziga teng miqdorda sarmoya kiritib, har yili 10-15 milliard dollar hosil qilmoqda va xarajatlarni 30-40 baravar qoplaydigan daromad olmoqda. Jumladan, davlat va xususiy sektorda call-markazlarni tashkil qilish, mobil ilovalarni yaratish va davlatga tegishli internet-platformalarni reinjiniring qilish orqali mana shunday natijaga erishildi36.

Jahon tajribasidan kelib chiqqan holda O'zbekistonda ham raqamli iqtisodiyot shiddat bilan rivojlanib bormoqda hamda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun mamlakatimizda keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bunga misol tariqasida ko'radigan bo'lsak, O'zbekistonda "Raqamli 0'zbekiston-2030" dasturini ishlab chiqilishi va hayotga tatbiq etilishi, eng avvalo, puxta va mukammal tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni shakllantirish, qolaversa, innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish bo'yicha davlat organlari va tadbirkorlik subyektlarining uzviy hamkorligini ta'minlash, barcha soha va tarmoqlarda ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishni raqamli texnologiyalar bilan qamrab olish, bu borada zamonaviy bilimlarni chuqur egallagan, intellektual salohiyatli kadrlarni yetishtirish, shu orqali, mamlakatda "axborotlashgan jamiyat" muhitini yaratishga xizmat qiladi37.

To'rtinchi sanoat inqilobi taraqqiyotning yangi ko'rinishi - "raqamli iqtisodiyot" boshlangani anglatadi. Bugungi kunga kelib jahonda raqamli iqtisodiyot taraqqiy etgan 20 mamlakatda 2 trillion AQSH dollarini tashkil etayotgani hisoblab chiqilgan. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda dunyoda peshqadam Buyuk Britaniyada esa u hozirning o'zida milliy yalpi ichki mahsulotning 12 foiziga yetdi. Raqamli iqtisodiyot texnologik va biznes jarayonlari, ishlab chiqarish, logistika va tayyor mahsulotlarning savdosini raqamlashtirishni nazarda tutadi. Mamlakatimizda 2020-yilning o'zida transport, geologiya, ta'lim, arxiv kabi sohalarni to'liq raqamlashtirish belgilangan va

36 Захаров А. Н., Старовая Ю. А. Обзор развития электронной торговли мировой экономики: вызовы и последствия пандемии // Российский внешнеэкономический вестник. 2020. № 5. С. 18-32.

37 Ayupov R.H., Raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar. O'quv qo'llanma. Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2020, 554 bet.

bu boradagi ishlar jadal olib borilmoqda. Zamonaviy infratuzilmaga ega bo'lgan "IT-park"lar ham fikrimiz dalilidir38.

Raqamli iqtisodiyot texnologik taraqqiyot natijasida yaratilgan har qanday murakkab ijtimoiy hodisa sifatida bir qator o'ziga xos xususiyatlarga ega:

1. Raqamli iqtisodiyot - bu raqamli hisob tizimiga o'tish.

2. Raqamlashtirish juda zich va tizimli yoki tartibsiz bo'lishi mumkin, kutilmaganda ko'p sonli ishchilarni bo'shatadi.

3. Raqamlashtirish kompaniyalar yoki davlat arboblarini qarorlar qabul qilish uchun ko'p sonli manbalardan olib, ishlarning holati (kompaniya yoki milliy iqtisodiyot) to'g'risida eng to'liq va ob'ektiv ma'lumotlarni taqdim etadi.

4. Iqtisodiy jarayonlar tartibga solinishi kerak bo'lgan barcha darajadagi rahbarlar juda aqlli odamlar bo'lishi kerak. Mashxur olim P. Shchedrovitskiyning nuqtai

nazari bu o'rinda juda adolatli bo'lib u quyidagi fikrni ilgari surgandi, "turli jarayonlarni raqamlashtirish va raqamli egizaklar deb ataladigan narsalarni yaratish orqali biz ilgari qila olmagan narsalarni tezda taqqoslash va solishtirish imkoniyatiga ega bo'lamiz: masalan, samaradorlik loyihasi yoki materialdan foydalanishdan foyda olish"39.

Umuman olganda, raqamli iqtisodiyot - bu jarayonlarni tahlil qilish natij alaridan foydalanish va katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlash asosida turli xildagi ishlab chiqarishlar, texnologiyalar, asbob-uskunalar, tovar va xizmatlarni saqlash, sotish va yetkazib berish samaradorligini jiddiy ravishda oshirishga imkon beradi.

Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi natijasida korxonalarda juda ko'p narsalar avtomatlashtirildi va savdo-sotiq ishlari ham electron tarzda amalga oshirilishi yo'lga qo'yildi. Bunga misol tariqasida electron tijorat tizimini olishimiz mumkin. Bunda barcha ishlar raqamli iqtisodiyot shaklida amalga oshiriladi, ya'ni barcha ishlar raqamlashtirilgan. Xorijiy mamlakatlarda savdo-sotiq jarayonlarida raqamli iqtisodiyotdan foydalanish bo'yicha o'z o'rniga ega(l-rasm).

38 www.gazeta.uz saytining https://www.gazeta.uz/uz/search?q=raqamli+iqtisodiyot&f=1 havolasidagi ma'lumotlar asosida muallif tomonidan tayyorlandi.

39 https://infocom.uz/raqamli-iqtisodiyotning-aholi-farovonligiga-tasiri/

Savdo tizimida raqamli iqtisodiyotdan foydalanish

■ Xitoy üAQSh saBoshqa davlatlar I Germaniya ■ .Tanubiy Koreya BYaponiya ■BuyukBritaniya

3-rasm. 2021-yilda chakana elektron tijorat sohasida dunyoning yetakchi

mamlakatlari40

Bugungi kunda Xitoy onlayn savdoning mutlaq yetakchisidir. 2020-yilda Xitoyda onlayn sotuv hajmi 2,3 trillion AQSh dollarni, 2021-yilda deyarli 2,8 trillion AQSh dollar va 2022-yilda esa taxminan 3,1 trillion AQSh dollarni tashkil etdi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, "Raqamli iqtisodiyot" atamasi iqtisodiyot sohasida axborot texnologiyalaridan faol foydalanishni anglatadi. Agar oddiy iqtisodiyotda moddiy buyumlar asosiy resurs hisoblansa, raqamli iqtisodiyotda bu qayta ishlanadigan hamda uzatiladigan axborot - ma'lumotlar bo'ladi. Ularning tahlilidan so'ng esa to'g'ri boshqarish bo'yicha yechim ishlab chiqiladi.

Shuningdek, davlat innovatsion va raqamli ekotizimni qo'llab-quvvatlash sohasida raqamli ta'limning zamonaviy metodlarini qo'llab-quvvatlashi, innovatsion xizmatlarni samarali tartibga solish normalarini ishlab chiqishi, yangi bozorlarni o'zlashtirishda ko'maklashishi hamda texnologik jarayonlarning chuqurlashuvida yuzaga chiqadigan risklarni pasaytirish choralarini ko'rishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Mazkur sohaning rivojlanishi ichki va tashqi bozordagi raqobat kuchayishiga olib keladi bu esa o'z o'rnida maxsulot sifatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Shu bilan birga elektron tijorat sohasi menejment, marketing va axborot texnologiyalarining rivojlanishiga hamda mamlakat aholisining raqamli savodxonligini oshirishga ham undaydi.

40 А.Н.Захаров, Ю.А.Старовая «Обзор развития электронной торговли в мировой экономике: вызовы и последствия пандемии» // Российский внешнеэкономический вестник, 12-2020. с.21.

Buning uchun birinchi navbatda axborot texnologiyalarini O'zbekiston Respublikasining nafaqat markaziy shaxarlari balki chekka hududlari bo'ylab keng tarqalishini ta'minlash, chakana hamda ulgurji savdoni amalga oshirayotgan tadbirkorlarning internet tarmog'i orqali erkin savdo amalga oshirishlari uchun mamlakat bo'ylab online banking tizimini samarali joriy qilish hamda eng asosiysi elektron tijorat sohasidagi bilim va ko'nikmalarni yanada mustahkamlash va o'z ustida ishlash mazkur sohadagi kadr yetishmovchiligini oldini oladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

23. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Raqamli 0'zbekiston-2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish tadbirlari to'g'risida"gi 2020-yil 6 oktyabrdagi PF-6079 sonli Farmoni

24. O'zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-iyuldagi "O'zbekiston respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3832-sonli Qarori

25. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi "Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori

26. O'zbekiston Respublikasi Prizdentining 2020-yil 28-apreldagi "Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora tadbirlari to'g'risida"gi Qarori

27. Jo'rayev T.,Iqtisodiyot nazariyasi. . Darslik..-T.: «Fan va texnologiya» nashr, 2018. - 512 bet.

28. Qodirov S., Sanoat korxonalarida raqamli texnologiyalardan foydalanishning xususiyatlari, "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali, 2/2022, mart-aprel

29. Ayupov R.H., Raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar. O'quv qo'llanma. Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2020, 554 bet.

30. Porsaev G'.M., Safarov B.Sh., Usmanova D.Q.. Raqamli iqtisodiyot asoslari. Darslik -T.: «Fan va texnologiyalar nashriyot-matbaa uyi», 2020. 372 b

31. Ayupov R.H., Boltaboeva G.R.. Raqamli iqtisodiyot asoslari. Darslik. T.: ТМ1, 2020, 575 bet.

32. Brynjolfsson E and Kahin, B, eds. (2002). Understanding the Digital Economy. Massach usetts Institute of Technology, Cambridge, MA

33. Бойко, И.П. Экономика предприятия в цифровую эпоху / И.П. Бойко, М.А. Евневич, А.В. Колышкин // Российское предпринимательство. Том 18, -2017. - №7. - С. 1127-1130

34. Raqamli iqtisodiyotni shakllantirishdagi zamonaviy trendlar: tajriba, muammo va istiqbollar. // Ilmiyamaliy anjuman ma'ruza tezislari to'plami. 2020 yil 14 oktyabr. - Toshkent. 2020.

35. А.Н.Захаров, Ю.А.Старовая «Обзор развития электронной торговли в мировой экономике: вызовы и последствия пандемии» // Российский внешнеэкономический вестник, 12-2020. с.21.

36. Сильвестров М. А., Михина Е. В., Жидко Е. А. Электронный бизнес в современных экономических условиях // Информационные технологии в строительных, социальных и экономических системах. 2021. № 1. С. 52-57.

37. Захаров А. Н., Старовая Ю. А. Обзор развития электронной торговли мировой экономики: вызовы и последствия пандемии // Российский внешнеэкономический вестник. 2020. № 5. С. 18-32.

38. Murtazayev I., "Iqtisodiyotda tarkibiy o'zgartirishlarni amalga oshirish sharoitida mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi o'zgarishlar". Economics and fi nance, no. 6, 2011, pp. 22-29.

39. Дмитриев А. В. Цифровые технологии в транспортной логистике / А.

B. Дмитриев // РИСК: ресурсы, информация, снабжение, конкуренция. - 2017. -

C. 14-18.

40. Gulyamov, S.S. va b., Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari. -T.: Iqtisod-Moliya, 2019, 396 b.

41. Ayupov, R.X., Baltabaeva, G.R., Raqamli valyutalar bozori: innovatsiyalar va rivojlanish istiqbollari. -T: Fan va texnologiya, 2018, 172 b.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

42. http://www.lex.uz_- O'zbekiston Respublikasi qonunlari bazasi sayti

43. https://www.imv.uz - Iqtisodiyot va moliya vazirligi sayti

44. http://www.soliq.uz_- O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi sayti

45. http://www.stat.uz - O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi

sayti

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.