Научная статья на тему 'BOZOR IQTISODIY TIZIMI VA UNING XUSUSIYATLARI'

BOZOR IQTISODIY TIZIMI VA UNING XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
iqtisodiyot nazariyasi / rivojlangan davlatlar tajribasi / bozor tizimlari / iqtisodiy sektor / mulkiy tizimlar. / economic theory / experience of developed countries / market systems / economic sector / property systems.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Iskandarov B.A.

Ushbu maqola jahon amaliyotida iqtisodiyot nazariyasini o‘rganish, bozor nazariyasining rivojlanish bosqichlarini tahlil etish, bozor iqtisodiy tizimi va uning xususiyatlari muallif tomonidan o’rganilgan hamda fikrmulohazalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MARKET ECONOMIC SYSTEM AND ITS CHARACTERISTICS

This article examines the theory of economics in world practice, analyzes the stages of development of the market theory, the market economic system and its features are studied by the author, and opinions are given.

Текст научной работы на тему «BOZOR IQTISODIY TIZIMI VA UNING XUSUSIYATLARI»

Iskandarov B.A.

"Iqtisodiyot nazariyasi" kafedrasi katta o 'qituvchisi

SamlSI

BOZOR IQTISODIY TIZIMI VA UNING XUSUSIYATLARI

Annotatsiya. Ushbu maqola jahon amaliyotida iqtisodiyot nazariyasini o'rganish, bozor nazariyasining rivojlanish bosqichlarini tahlil etish, bozor iqtisodiy tizimi va uning xususiyatlari muallif tomonidan o 'rganilgan hamda fikr-mulohazalar keltirilgan.

Kalit so'zlar: iqtisodiyot nazariyasi, rivojlangan davlatlar tajribasi, bozor tizimlari, iqtisodiy sektor, mulkiy tizimlar.

Iskandarov B.A. senior teacher department "Economic theory"

SamlES

MARKET ECONOMIC SYSTEM AND ITS CHARACTERISTICS

Abstract. This article examines the theory of economics in world practice, analyzes the stages of development of the market theory, the market economic system and its features are studied by the author, and opinions are given.

Key words: economic theory, experience of developed countries, market systems, economic sector, property systems.

Erkin raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti resurslarga xususiy mulkchilik, iqtisodiy faoliyat va tadbirkorlikda erkinlik, iqtisodiy faoliyatni tartibga solish va muvofiqlashtirishda bozor mexanizmidan foydalanish bilan tavsiflanadi. Raqobat sharoitida tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish, resurslar bilan ta'minlash ko'plab mustaqil harakat qiluvchi xaridor va sotuvchilarning mavjudligini anglatadi.

Davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi cheklangan. Shu munosabat bilan davlatning roli xususiy mulkni himoya qilish va erkin bozor faoliyati uchun qulay shart-sharoit yaratadigan ishonchli huquqiy kafolatlarni o'rnatishdan iboratdir. Bozor iqtisodiyoti - bu erkin tadbirkorlik, xo'jalik yurituvchi subyektlar o'rtasidagi shartnoma munosabatlari tamoyillariga asoslangan iqtisodiyotdir.

Bozor iqtisodiyoti - bu xususiy mulk va tovar-pul munosabatlari asosida tadbirkorlik va tanlash erkinligi tamoyillariga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy tizimdir.

Bozor iqtisodiyoti - bu bozorning o'zini o'zi tartibga solish asosida tashkil etilgan iqtisodiyot bo'lib, unda ishtirokchilarning harakatlarini muvofiqlashtirish bevosita davlat tomonidan, ya'ni qonun chiqaruvchi va sud hokimiyati tomonidan

amalga oshirilsa, ijro etuvchi hokimiyat tomonidan faqat bilvosita, ya'ni turli soliqlar, yig'imlar, imtiyozlar va boshqalarni joriy etish orqali amalga oshiriladi. Bu faqat xaridorlaming o'zlari, tovarlar va xizmatlarni etkazib beruvchilarning qarorlari taqsimot tuzilmasini belgilaydigan iqtisodiyotdir. Biznes tarixi nuqtai nazaridan bozor iqtisodiyoti - bu institusional muhitda stixiyali bozor operatsiyalari mexanizmi va tegishli institutlarning hukmronligi bilan boshqariladigan va tartibga solinadigan iqtisodiy tizimdir.

Bir qator iqtisodchi olimlarning fikricha, shartnoma erkinligiga asoslangan hamda talab va taklif qonuniga ko'ra narx belgilanishiga va unga teskari bo'lgan pul massasining aylanmasiga (ya'ni, tovar-pul bozori tizimiga), tovar ayirboshlash va taqsimlashning tarixiy jihatdan belgilangan va tarixiy o'tkinchi shakllariga «bozor» deyiladi.

Bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarish omillariga xususiy mulkchilik, tadbirkorlik manfaati, raqobat, xaridor va sotuvchilar o'rtasidagi ayirboshlash munosabatlarini tartibga soluvchi narx mexanizmiga asoslanadi. Erkin bozor nazariyasi muallifi A.Smitdir. U xalqning boyligi mehnatga layoqatli aholi soni va mehnat unumdorligiga bog'liq, deb hisoblagan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida boylikning maksimal o'sishi uchun shart-sharoit yaratiladi, bu erda har bir kishi foyda olishga intilib, butun xalqning farovonligiga hissa qo'shadi. A.Smit bozorning narx mexanizmini ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilarning harakatlarini boshqaradigan «ko'rinmas qo'l» deb ta'riflagan. Davlatning tartibga solish ta'siri erkin bozor munosabatlari, xususiy tadbirkorlikning namoyon bo'lishi va amalga oshirilishiga to'sqinlik qiladi va shuning uchun A.Smitning fikricha, bu nomaqbuldir. Davlatning roli soliq yig'ish, qonunlar o'rnatish, jamoat tartibini saqlash va kambag'allarga yordam berishdan iborat bo'lishi kerak.

Bozor iqtisodiyotining asosini korxona tashkil etadi. Zamonaviy jamiyatda yalpi ichki mahsulotning asosiy qismini ishlab chiqaradigan korxonalardir. Ayni paytda O'zbekistonning milliy iqtisodiyotida 474,4 mingta nodavlat korxonalari faoliyat yuritmoqda. Ular mahsulot ishlab chiqarish bo'yicha turli ishlarni amalga oshiradilar, turli xizmatlar ko'rsatadilar va shu orqali milliy boylikni iste'mol qilish va ko'paytirish uchun zamin yaratadilar. Bozor sharoitida korxonalar tegishli davlat ro'yxatidan o'tkazilgandan so'ng yuridik shaxs maqomiga ega bo'ladilar va foyda olish maqsadida o'z xo'jalik faoliyatini mustaqil ravishda amalga oshiradilar.

Shunday qilib, korxona maksimal foyda olish maqsadida mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatish bo'yicha amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan va yuridik shaxs huquqlariga ega bo'lgan mustaqil xo'jalik yurituvchi subyektdir.

«Mulk» tushunchasi fan miqyosida va hayotda ko'p asrlar davomida shakllangan. Bu tushuncha iqtisodiyot fani paydo bo'lishidan ancha oldin ilmiy muomalaga kiritilgan.

Mulk barcha iqtisodiy tizimlarning fundamental asosidir. Shuning uchun ham mulk iqtisodiy kategoriya sifatida ko'pgina olimlarning tadqiqot obyekti

bo'lib kelgan. Mulk ko'p xossa va sifatlarga ega bo'lgan juda murakkab hodisa bo'lib, u turli shakllarda namoyon bо'lib, ilmiy bilishning turli sohalarida tahlil obyekti sifatida asos bo'lib xizmat qiladi. Mulkiy munosabatlarining shakli jamiyatning iqtisodiy tuzilishini belgilaydi.

Mulk - bu bir qancha ijtimoiy fanlar tomonidan o'rganiladigan ancha murakkab kategoriY. Iqtisodiyot nazariyasi bu hodisaning iqtisodiy mazmunini, huquqshunoslik esa huquqiy tomonini tahlil qiladi.

Iqtisodiy ma'noda mulk odamlar o'rtasida moddiy va nomoddiy ne'matlarni o'zlashtirish va ulardan iqtisodiy foydalanish bo'yicha o'rnatilgan munosabatlarni anglatadi. Mulk huquqiy ma'noda mulk munosabatlari davlat tomonidan barcha fuqarolar uchun mutlaq o'rnatilgan huquqiy normalar va qonunlarda qanday rasmiylashtirilgan va mustahkamlanganligini ko'rsatadi.

Mulk tushunchasini turli iqtisodiy maktablar va ilmiy oqimlar turlicha izohlaydi. Klassiklarning fikricha, mulk to'plangan ishlab chiqarish vositasidir; neoklassiklar resurslarni mulk deb tushunishgan; fransuz iqtisodchisi Prudon mulkni o'g'irlik deb hisoblagan; anarxizm nazariyotchisi Bakunin mulk - bu yovuzlik, odamlarni bu yovuzlikdan xalos qilish uchun yo'q qilinishi kerak, deb hisoblagan. G'arb iqtisodchilari mulkda faqat shaxsning narsaga munosabatini ko'radilar.

Mulkiy munosabatlar har qanday jamiyat iqtisodiy tizimining asosiy munosabatlarini tashkil etib, jamiyat taraqqiyotining mahsuli hisoblanadi. Mulkiy munosabatlar moddiy va ma'naviy boyliklarni ishlab chiqarish, shuningdek, jamiyat tomonidan yaratilgan boyliklarni o'zlashtirish jarayonida vujudga keladi.

Mulkni iqtisodiy nuqtai nazardan o'rganishda uchta asosiy savolga javob berish imkoniyati yaratiladi.

1. Kim (qanday xo'jalik yurituvchi subyektlar) iqtisodiy hukmronlikka ega - ishlab chiqarish omillari va natijalarini o'zlashtiradi?

2. Qanday iqtisodiy aloqalar mulkdan yaxshiroq foydalanishga yordam beradi?

3. Kim tadbirkorlik faoliyatidan daromad oladi?

Mulkiy munosabatlar tizimi mulkka egalik qilish, undan foydalanish va o'zlashtirish jarayonida vujudga keladigan munosabatlardir (1-rasm).

1-rasm. Mulkiy huquqlarining jamlanmasi.

Mulkni tasarruf etish - bu mulkka nisbatan har qanday huquqiy harakatni amalga oshirish huquqidir. U huquqlarni erkin tanlashda namoyon bo'ladi: mulkni sotish, hadya qilish, ayirboshlash, merosga qoldirish, ijaraga berish, garov berish va boshqalardir. Tasarruf etish - bu mulkchilik va foydalanish huquqlarining subyekt qo'lida to'planishi hisoblanadi.

Mulk munosabatlarining sanab o'tilgan elementlari o'rtasidagi munosabatlar quyidagicha: mulkni tasarruf etish undan foydalanish bilan, foydalanish mulkchilik bilan, mulkchilik esa o'z navbatida mulkchilik shakllari bilan belgilanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Mc Connell, Bruc. Economics. 19th edition. Mcgraw-hill/Irvin, USA,2014

2. N.Gregory Mankiw. Principles of Economics, 7th edition. Amazon, USA 2014.

3. Paul A. Samuelson, William D. Nordhaus. Economics. 19th edition. McCraw-Hill Companies. USA. 2009

4. Xodiyev B.Yu., Shodmonov Sh.Sh. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. - T.: "Barkamol fayz media" 2017. - 783 - bet

5. O'lmasov A., Vahobov A.V. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. - T.: "Iqtisod-Moliya" 2014. -480 - bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.