Научная статья на тему 'BIZNES HUQUQI TUSHUNCHASI MOHIYATI MAZMUNI VA IQTISODIY MOHIYATI'

BIZNES HUQUQI TUSHUNCHASI MOHIYATI MAZMUNI VA IQTISODIY MOHIYATI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tadbirkorlik / biznes / iqtisodiyot nazariyasi / biznes huquqi. / entrepreneurship / business / economic theory / business law.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Mavlonov F.O.

Ushbu maqolada bugungi kunda mamlakatimizda biznes huquqining iqtisodiy mohiyati, uning aholi o’rtasida muvaffaqiyatli tanilishi imkoniyatlari muallif tomonidan ko’rib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, the author considers the economic nature of business law in our country today, the possibilities of its successful recognition among the population.

Текст научной работы на тему «BIZNES HUQUQI TUSHUNCHASI MOHIYATI MAZMUNI VA IQTISODIY MOHIYATI»

BIZNES HUQUQI TUSHUNCHASI MOHIYATI MAZMUNI VA IQTISODIY

MOHIYATI

Mavlonov F.O.

SamISI "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi o'qituvchisi

Annotatsiya. Ushbu maqolada bugungi kunda mamlakatimizda biznes huquqining iqtisodiy mohiyati, uning aholi o'rtasida muvaffaqiyatli tanilishi imkoniyatlari muallif tomonidan ko'rib chiqilgan.

Kalit so'zlar: tadbirkorlik, biznes, iqtisodiyot nazariyasi, biznes huquqi.

Abstract. In this article, the author considers the economic nature of business law in our country today, the possibilities of its successful recognition among the population.

Key words: entrepreneurship, business, economic theory, business law.

Ma'lumki, bozor iqtisodiyotining mohiyati har bir fuqaroning ijodiy va mehnat faoliyatini takomillashtirish, boqimandalikka xotima berish, tashabbuskorlik va biznesni rivojlantirish, mulkka egalik tuyg'usini kuchaytirish, unga ishlab chiqarishga bo'lgan hukmronlik hissini singdirish, ishlab chiqarishni iste'molchi manfaatiga bo'ysundirish, ularning mahsulotga bo'lgan talabini aniq hisobga olib, shunga yarasha tezlik bilan ish tutish, xo'jalikda tejamkorlikka erishish, xarajatlarni kamaytirish, talon-toroj va suiiste'molchilikka qarshi kurash, yangiliklarga nisbatan sezgir bo'lish va fan-texnikaning so'nggi yutuqlarini dadil va g'ayrat bilan joriy etishdan iborat. Mana shular hayotga tadbiq etilgandagina xalqimiz har qanday iqtisodiy tanglikdan tezroq chiqib olishi va farovon hayot kechirishi uchun imkoniyat yaratiladi.

Endilikda bozor iqtisodiyoti turli xizmatlar ko'rsatish, tovarlar ishlab chiqarish, ularni ayirboshlash munosabatlarining barcha soharini borgan sari keng qamrab olmoqda. Bu jarayon o'z navbatida har bir fuqarodan tadbirkorlik bilan ish ko'rishni, tadbirkor faoliyatini tobora rivojlantirib borishni taqozo etmoqda.

Tadbirkorlik va tadbirkor to'g'risida yanada to'laroq ma'lumotga ega bo'lmoqchi bo'lsak iqtisodiy fikrlarning qadimiy ildiziga, tubiga, shunday muammolar bilan shug'ullangan olimlar ishiga murojat qilishimiz zarur.

«Tadbirkor» tushunchasini birinchi marta XVIII asr boshida iqtisodiyot nazariyasiga kiritgan olim ingliz iqtisodchisi R.Kantilon bo'lgan. U ma'lum bo'lgan baholarda birovlarning tovarlarini sotib olib o'zinikini ham o'ziga noma'lum bo'lgan bahoda sotuvi noma'lum va belgilanmagan miqdorda daromad oluvchi kishini tushungan. Bu erda - tavakkalchilik tadbirkorning eng asosiy ko'rsatkichi deb hisoblangan. Biznes faoliyati ko'pincha "mulkdor" degan tushuncha bilan teng anglangan. Xususan, A.Smit biznesmenni foyda olish uchun biron bir tijorat g'oyasini amalga oshirish maqsadida tavakkalchilik bilan ish ko'ruvchi mulkdor, deb ta'riflaydi.

XVIII asrning oxiri - XIX asrning boshlaridagi frantsuz iqtisodchisi J.B.Sey tadbirkorni o'z hisobiga va tavakkalchilik bilash ish boshlab qandaydir mahsulotni o'z foydasi uchun ishlab chiqaruvchi shaxs deb tushungan. Uning ta'kidlashi bo'yicha,

tadbirkor ishlab chiqarish omillri - kapital, mehnat, tabiiy resurslardan oqilona, o'rniga qo'yib foydalanadi. Sey tadbirkorning o'ziga xos xususiyatlarini, uning daromadini xarakterini etarli darajada batafsil yozgan edi.

Nemis iqtisodchisi V.Zombart (XIX asr oxiri - XX asr boshlarida) ko'rsatishi bo'yicha tadbirkor - bu zabt etuvchi, tavakkalchilikka tayyor turish qobiliyatiga ega bo'lgan, ma'naviy erkin, g'oyalarga boy, shijoatli va o'z so'zini o'tkazadigan, tashkilotchi, birgalikda bajariladigan ishga ko'pgina kishilarni birlashtiradigan shaxsdir.

Biznes faoliyatining barcha xarakatlari asosan bozor imkoniyatlarini tahlil qilish, undan foydalanish, novatorlik g'oyalarini amalga oshirishdan iborat bo'ldi.

G'arbda biznesga foyda olish maqsadini ko'zlab, ho'jalik yuritish san'ati, ijodkorlik, tashabbusning erkin namoyon bo'lishi, navatorlik, xavf-xatarga doim tayyor turish kabi ko'p qirrali faoliyat deb qaraladi. Bizning tafakkurimizda ham biznes faoliyatiga nisbatan shu singari tushuncha paydo bo'lmoqda. Biznes bilan shug'ullanmoqchi bo'lgan shaxslardan mahorat, zehn, akl va xushyorlik talab etiladi va bu xislatlar muhim ahamiyat kasb etadi, Shu ma'noda tadbirkorlik foyda olish maqsadidagi mustaqil faoliyat sifatida ta'riflanadi.

Bunda biznes faoliyatining kapitalistik ekspluatatorlik mohiyatiga olib keluvchi an'anaviy sinfiy ta'rifi emas, balki inson faoliyatining shu sohadagi funktsiyasi, uning jamiyatda tutgan o'rni va ijtimoiy ahamiyatiga e'tiborni qaratmoq lozim. Agar biznes shu tomondan yondashib talqin qilinsa, avvalo, bozor ho'jaligi va iqtisodiy manfaatlarni amalga oshirish usuli sifatida namoyon bo'ladi.

Yanada aniqroq qilib aytganda, u bozor iqtisodiyotining alohida bo'g'inlarida takror ishlab chiqarish borasida xizmat ko'rsatuvchi tashkiliy, iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy va boshqa xo'jalik munosabatlarining majmuidir. Shu sababli tadbirkorlik, obrazli qilib aytganda, har bir xo'jalik bo'g'inlarining, tovar ayirboshlashni, bozor xo'jaligining rivojlanishini ta'minlovchi vositadir.

Ma'lumki, biznes o'z-o'zidan paydo bo'lmaydi. Jahon tajribasi shuni ko'rsatadiki, tadbirkorlik faoliyati yaxshi huquqiy baza mavjud bo'lgan taqdirda ham, maqbul sharoit mavjud bo'lmasa, yetarli darajada rivojlanmaydi.

Biznes faoliyatining rivojlanishi bozor iqtisodiyotining, shakllanib borishi bilan bog'liq.

Ammo bozor iqtisodiyoti munosabatlari birdaniga to'liq shakllanmaydi. U asta-sekin rivojlanib boradigan jarayon bo'lib, aql bilan ish tutishni taqozo etadi. Respublikamizda puxta tuzilgan rejaga binoan bosqichma-bosqich iqtisodiy islohotlar o'tkazilib borilishi bunga yorqin misol bo'ladi.

Iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishidan asosiy maqsad bozor munosabatlarini tashkil etish, bozorni turli mollar va xizmatlar bilan to'ldirib, iste'molchilarga tovarni tanlab xarid qilishlariga keng imkoniyatlar yaratib berish, oqibat natijada xalqning turmush sharoitini farovonlashtirishdan iboratdir. Bunda tadbirkorlikning o'ziga xos o'rni bor. Chunki tadbirkorlik qanchalik rivojlansa, huquqiy tomondan himoya qilinsa, moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish ham shunchalik taraqqiy etadi.

Tadbirkorlik mulk huquqi subyektlarining tovar ishlab chiqarish, xizmatlar ko'rsatish asosida foyda ko'rish yoki daromad olishga qaratilgan amaldagi qonunlar doirasida tashabbuskorlik bilan faoliyat ko'rsatishidir. O'zbekiston Respublikasining 2000 yil 25 mayda qabul qilingan "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida"gi qonuni mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish ishining huquqiy tayanchidir.

Mazkur qonunda fuqarolarning ishbilarmonligini oshirish, tadbirkorlik faoliyati erkinligini butun choralar bilan himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirishning huquqiy kafolatlari belgilandi va tadbirkorlarimizning jahon bozorlariga kirib borishlariga har tomonlama qulay imkoniyat yaratildi.

Respublikamizda biznes faoliyatining asosiy maqsadi iqtisodiyotning ko'p qirrali yo'nalishini ta'minlash, ishlab chiqarishni iste'molchilarning talab va ehtiyojiga moslash, taqchillikni, qimmatchilikni yengib o'tish, fuqorolarning iqtisodiy faoliyat sohasidagi erkinligani ta'minlash, har bir kishining shaxsiy qobiliyatini qadrlash va tadbirkorlik sohasidagi ularning boy imkoniyatlari ochilishiga, yuksak unumdorlik va tashabbuskorlik bilan mehnat qilishlariga shart-sharoit yaratib berishdan iborat.

Biznes faoliyati faqat qonun doirasida bo'lishi kerak. Bu yuqorida ta'kidlanganidek, har bir tadbirkor respublikamizda hozir amalda bo'lgan qonunlarga mos faoliyat bilan shug'ullanishga haqli ekanligini anglatadi. Tadbirkor biron foyda yoki daromad olish maqsadida tovar ishlab chiqarish yoki maishiy qulaylik yaratish bilan bog'liq faoliyat bilan shug'ullanar ekan, uning faoliyati faqat qonun doirasida bo'lishi kerak.

Biznes subyekti foyda olish maqsadida o'z faoliyatini bozor talablariga moslashtiradi, xaridorgir mollar ishlab chiqaradi. Agar mollarga talab, taklif o'zgarsa, darhol shu taklifga ko'ra ishlab chiqarish jarayonini unga moslashtiradi. Qisqasi, xaridor uchun zarur mollar ishlab chiqarishga harakat qiladi. O'zga ishlab chiqaruvchi sub'ktlar bilan doimo raqobatda bo'ladi. Raqobatga bardosh berish yo'lida tinmay izlanadi, iqtisodiy imkoniyatlarni har tomonlama oshirib boradi.

Biznesdan kutiladigan maqsad, yuqorida aytilganidek, daromad olishdir. Daromad qanchalik ko'p bo'lsa, tadbirkor o'z faoliyati natijasidan shuncha mamnun bo'ladi. Bu hol yangi izlanishlarga chorlaydi, yuqori iqtisodiy samaralarga erishish yo'lida vaziyat bilan hisoblashmay tinimsiz mehnat kiladi. Mazkur mehnat natijasi o'z navbatida faqat tadbirkorning foydasi, boyligi bo'lmay, balki xalqimizning ham boyligi hisoblanadi. Chunki tadbirkor o'z xo'jaligani tashkil etish natijasida olgan umumiy daromaddan qonunda belgilangan mikdorda soliq to'laydi, boshqa to'lovlarni qoplaydi. Qolgani esa tadbirkorning sof foydasi hisoblanib uning tasarrufiga o'tadi. Tadbirkorlik aksariyat hollarda mulk bilan bog'liq holda rivojlanadi. Tadbirkor uni tashkil etish va rivojlantirish maqsadida o'zining xususiy mulkidan foydalanadi. Xususiy mulk fuqaroning qonunga muvofiq faoliyat yuritish asosida olgan sof foydasi, xususiylashtirilgan, qonunchilik asosida, xususiy mulk deb hisoblangan boshqa mulklardan tashkil topadi.

O'zbekiston Konstitutsiyasining 41-moddasida har bir shaxsning mulkdor bo'lishi, 66-modda. Mulkdor o'ziga tegishli bo'lgan mol-mulkka o'z xohishicha egalik

qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mol-mulkdan foydalanish atrof-muhitga zarar yetkazmasligi, boshqa shaxslarning, jamiyat va davlatning huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak Har bir fuqoroning mulkdor bo'lishi va undan foydalanishi respublikamizda bozor munosabatlarining rivojlanishiga nihoyatda katga zamin yaratadi. Shu tufayli O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65-modda. Fuqarolar farovonligini oshirishga qaratilgan O'zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratadi, iste'molchilarning huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini kafolatlaydi.

O'zbekiston Respublikasida barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan himoya qilinishi ta'minlanadi.

Xususiy mulk daxlsizdir. Mulkdor o'z mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emas, deb ko'rsatilgan. Bu qoidaning amaliyotda to'liq tadbiq etilishi natijasida respublikamiz fuqorolari turli xildagi mulklardan, shu jumladan xususiy mulkdan ham foydalanib tadbirkorlik faoliyatlarini birmuncha rivojlantiradilar. Natijada mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida, xalq xo'jaligining boshqa sohalarida, o'tgan qisqa muddatda bir qator yutuqlar qo'lga kiritildi.

Mehnat ko'p talab qilinadigan va xizmat ko'rsatish sohalari, qishloq joylarda kichik korxonalar tashkil etilsa va tez rivojlantirilsa, tadbirkorlik rag'batlantirilsa, hunarmandchilik-kosibchilik va xalq badiiy ustachiligi qayta tiklansa, respublika uchun g'oyat muhim muammo hal etiladi. Shu sababli tadbirkorlik sohasida mulqdor duch keladigan muammolarni yechish, unga keng yo'l ochib berish, ko'plab haqiqiy mulk egalarini tarbiyalash maqsadga muvofiqdir. Birinchi navbatda; tadbirkorlikning qonuniy bazasini mustahkamlash va uni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashni ta'minlash kerak. Bu o'rinda shuni aytish kerakki, tadbirkorlarga va bozor munosabatlarini joriy etishga intilayotgan shaxslarga fakat huquqiy kafolat berish kifoya emas. Ularni amalga oshirish uchun ana shu huquq va kafolatlardan to'la foydalanish uchun shart-sharoit yaratish, ishbilarmonlar faoliyatiga qilinayotgan to'sqinliklarni bartaraf etish lozim. Xususiy tadbirkorlikni har tomonlama rivojlantirishga butun respublikamizning iqtisodiy taraqqiyotini ta'minlovchi omil sifatida qarash va qonunchilik faoliyatiga ham ana shu nuqtai nazardan yondashish darkor.

Biznes faoliyati o'zga shaxslarning mulkidan qonun doirasida foydalanish asosida ham tashkil etilishi mumkin. Bunda, biznes faoliyatini mulk egasi bilan ijara shartnomasi tuzib, uning mulkidan foydalanish hisobiga tashkil etadi. Tadbirkor bilan mulk egasi o'rtasida tuziladigan shartnoma 1991 yil 19 noyabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining «Ijara to'g'risida»gi qonuni bilan tartibga solinadi. Mazkur qonunga muvofîq ijara, mulkning barcha shakllariga tadbiq etiladi. Agar mulk xususiy bo'lsa, shu mulk egasi bilan ijarachi o'rtasida, mulk xo'jalik yuritish asosida mulqdorga tegishli bo'lsa, shu mulkni idora qiluvchi shaxs bilan, mulkdor chet el fuqarosi bo'lsa, ular bilan shartnoma tuziladi. Mulk egasining maqsadi o'z mulkini

ijaraga topshirib, undan foyda olish bo'lsa, ijarachining maqsadi ijaraga olingan mulkdan foydalanib daromad olishdir. Qisqasi, ijarachi ham, mulkni ijaraga beruvchi ham ana shu yo'sinda tadbirkorlik bilan shug'ullanadi. Ijaraga oluvchi faqat fuqarogina bo'lib qolmay, balki yuridik shaxslar, ya'ni korxonalar, tashkilotlar, qo'shma korxonalar, xalqaro tashkilotlar va birlashmalar, O'zbekiston yoki chet el yuridik shaxslarining mulklari asosida tashkil etilgan tashkilotlar ham bo'lishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Alimov А. Kichik korxonalarni boshqarishni takomillashtirish // Xo'jalik va huquq - 2000 - № 12 - 31 b;

2. Alimov I. Yuridik shaxslarni tugatish // Xo'jalik va huquq, 2001 y., №12;

3. Anortoev I. Tadbirkorlik kontsessiyasi yoki franchayzingni qanday tushunmoq kerak // Xo'jalik va huquq, 1999 y., №9;

4. Anortoev I. Tadbirkorni himoya qilish lozim // Xo'jalik va huquq, 2001 - №4;

5. Ibratov B. Xususiy tadbirkorning huquq va burchlari // T.: Adolat, 2001 (Tadbirkor huquqiy kutubxonasi) 5-son;

6. Ibratov B. Tadbirkorlikning kelib chiqishi va rivojlanishining huquqiy asoslari // Xo'jalik va huquqi, 2001 - №8;

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.