Научная статья на тему 'KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNING RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI'

KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNING RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
90
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tadbirkorlik / biznes / tadbirkor / raqobat / kon’yunktura / aholi daromadlari / subyektlar / obyektlar / talab / taklif / bozor / iqtisodiyot / tovar / chakana savdo / ulgurji savdo / ishlab chiqarish. / предпринимательство / бизнес / предприниматель / конкуренция / конъюнктура / доходы населения / субъекты / объекты / спрос / предложение / рынок / экономика / товар / розничная торговля / оптовая торговля / производство.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Usmanov Zayniddin Berdirasulovich

Maqolada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi ahamiyati va tutgan o’rnini ochib berilgan va uning asosiy xususiyatlari, rivojlantirish omillari o’rganilgan. Bugungi kunda kichik biznes va hususiy tadbirkorlik subyektlari mamlakatimiz iqtisodiyotida tutgan o’rni aniqlangan. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlantirish yo’llarini aniqlash va asosiy yo’nalishlari bo’yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В статье раскрывается значение и место малого бизнеса и частного предпринимательства в экономике, исследуются его основные особенности и факторы развития. Сегодня определена роль малого бизнеса и субъектов частного предпринимательства в экономике нашей страны. Разработаны научное предложение и практические рекомендации по определению путей и основных направлений развития малого бизнеса и частного предпринимательства.

Текст научной работы на тему «KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNING RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI»

KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNING RIVOJLANTIRISH

MEXANIZMLARI

Usmanov Zayniddin Berdirasulovich

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti "Real" iqtisodiyot kafedrasi katta o'qituvchisi

Annotasiya: Maqolada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi ahamiyati va tutgan o'rnini ochib berilgan va uning asosiy xususiyatlari, rivojlantirish omillari o'rganilgan. Bugungi kunda kichik biznes va hususiy tadbirkorlik subyektlari mamlakatimiz iqtisodiyotida tutgan o'rni aniqlangan. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlantirish yo'llarini aniqlash va asosiy yo'nalishlari bo'yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: tadbirkorlik, biznes, tadbirkor, raqobat, kon'yunktura, aholi daromadlari, subyektlar, obyektlar, talab, taklif, bozor, iqtisodiyot, tovar, chakana savdo, ulgurji savdo, ishlab chiqarish.

Aннотация: В статье раскрывается значение и место малого бизнеса и частного предпринимательства в экономике, исследуются его основные особенности и факторы развития. Сегодня определена роль малого бизнеса и субъектов частного предпринимательства в экономике нашей страны. Разработаны научное предложение и практические рекомендации по определению путей и основных направлений развития малого бизнеса и частного предпринимательства.

Ключевые слова: предпринимательство, бизнес, предприниматель, конкуренция, конъюнктура, доходы населения, субъекты, объекты, спрос, предложение, рынок, экономика, товар, розничная торговля, оптовая торговля, производство.

Annotation: the article discuses the importance and place of small business and private entrepreneurship in the economy and explores its main features as well as development factors. Today, the role of small business and private business entities in the economy of our country has been determined while scientific proposals and practical recommendations have been developed to identify the ways to develop small business and private entrepreneurship, as well as in the main areas.

Keywords: entrepreneurship, business, entrepreneur, competition, conjuncture, social income, entities, facilities, demand, supply, market, economy, Goods, Retail, Wholesale Trade, production.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi ahamiyati va tutgan o'rnini ochib berishdan avval "biznes" va "tadbirkorlik tushunchalarining nazariy iqtisodiy mohiyatini aniqlab olishimiz lozim deb o'ylaymiz. Tadbirkorlik ilmiy-tadqiqot obekti sifatida dastlabki vaqtlarda iqtisodchi olimlar I.Shumpeter, R.Kantilon kabi klassiklar tomonidan o'rganildi.

Hususan, R.Kantilon tadbirkorlikni foyda olish chegaralanmagan va bahosi aniq tovarlarni sotib oladiyu, lekin sotish bahosi noaniq bo'ladi, u tavakkalchi, taklifni talabga moslovchi1, deb baholaydi.

Shumpeterni olsak, u tadbirkorlikning besh muhim tomonini: iste'molchilarga noma'lum yangi tovarlar ishlab chiqarishi; yangi ishlab chiqarishni qo'llashi va mavjud tovarlar tijoriyligini ta'minlash; yangi tovarlarni o'zlashtirishi; yangi xomashyolarning ishlatilishi; tarmoqni takomillashtirishni ko'rsatib beradi. Tadbirkor yangi kombinasiyalarni amalga oshiruvchi shaxsdir.2 deb ta'kidlaydi. Umumiy tarzda "tadbirkorlik" va "biznes" tushunchalari iqtisodiy mohiyati jihatidan deyarli unchalik katta farqqa ega emas. Aniqroq, qilib aytganda "biznes", "tadbirkorlik" tushunchasidan keng bo'lib, ikkinchisi birinchisi tarkibida bo'ladi. "Biznes" - so'zi inglizcha so'z bo'lib, u tadbirkorlik faoliyati yoki boshqacha so'z bilan aytganda, kishilarni foyda olishga qaratilgan tadbirkorlik faoliyatidir.3

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta'kidlab o'tganlaridek: Bizning yana bir muhim vazifamiz - kichik biznes va tadbirkorlik sohasini qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini, yurtimizda tinchlik va barqarorlik, ijtimoiy totuvlikni mustahkamlashdan, bu soha ulushini yanada oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berishdan iborat. Nega deganda, tadbirkor nafaqat o'zini va oilasini, balki xalqni ham, davlatni ham boqadi.

Men takror bo'lsa ham, aytishdan hech qachon charchamayman, ya'ni "Xalq boy bo'lsa, davlat ham boy va qudratli bo'ladi".4

Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy omillaridan biri kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishdir. Xo'sh, "tadbirkor", "tadbirkorlik" tushunchalari qanday mazmunga ega va nimani anglatadi? Binobarin, tadbirkorlik faoliyati tizimining alohida tahlili dastlab G'arbda boshlangan bo'lsada, uning mohiyati va rivojlanishiga taalluqli ko'p qirrali bilimlar Sharqda tarkib topib, so'ngra G'arbda ilgari surilganiga yuqorida zikr etilgan dalillar guvohlik beradi. Ayniqsa, ular bu yo'nalishda shakllangan va hayotda o'z o'rniga ega bo'lgan ta'limotlarda o'z ifodasini topgan. Xususan, 3 ming yillik tarixga ega.

Zardushtiylik ta'limotining asosi bo'lmish "Avestoda"da musulmon olamining allomalari ta'limotlari, jumladan, "Naqshbandiya", "Yassaviya", "Kubroiya" ta'limotlarida mujassamlangan. Ayniqsa, bu jihatdan "Naqshbandiya" ta'limotining ildizlari chuqur mazmunga ega. "Naqshbandiya"ning "Dil bo yoru, dast ba kor", ya'ni "diling Allohda, qo'ling mehnatda bo'lsin", degan ta'limot asoschisi. Xoja Baxouddin Naqshbandiy kimxobga naqsh bog'lashda tadbirkorlik mahoratini namoyish etib, halol mehnat bilan yashash zarurligini ibrat qilib ko'rsatgan5. Ayrim

1 Azizova M. Kichik biznes muammolari maqsadi // O'zbekiston iqtisodièt axborotnomasi. -Toshkent, 1999, 1-2 sonlari- 34 -bet

2 Балашевич. М.И. «Малый бизнес: отечественный и зарубежный опыт» Учеб. Пособие. -Москва. НКФ «Экоперспектива», 1995,. - 27-28.

3 Райзберг Б.А. Современный экономичекий словар.-М.: ИНФРА-М, 1997,.-496 стр

4 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning.Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramizl - T.: -O'zbekiston! NMIU, 2017. - 488 b.

5 Xamidxon Islomiy. Ifod xid ila tug'ilgan Orif Xoji Bahovuddin Naqshband. -Т ., 1993. 3-b

manbalar uning mato to'qiydigan do'konlari borliga ham ishora qiladi6. Ko'rinib turibdiki, Bahouddin Naqshbandiy mashhur G'aгb iqtisodchi olimi xususan, Vilyam Pettidan 400 yil muqaddam mehnat insonlarning yashash manbai ekanligini chuqur anglagan va amalda o'z faoliyati doirasida isbot etgan.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi mutaxassislari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023 yil 18 avgust kuni tadbirkorlar bilan uchrashuvda so'zlagan nutqining lingvistik kontent-tahlilini o'tkazdi. Tasviriy ifodalovchi so'zlaTdan foydalanib, tahlilchilar davlat rahbari nimaga ko'pгoq e'tiboг qaгatganini aniqlashdi. Shavkat Miгziyoyev o'z nutqida jami 3884 ta so'zdan foydalangan.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning nutqini tahlil qilish (asl tildan) tadbirkorlarning eng dolzarb muammolari soliqlar va kreditlar ekanligini ko'rsatgan. Davlat гahbaгi tomonidan eng ko'p tilga olingan so'zlar "tadbirkor", "biznes", "soliq", "koгxona", "tizim", "mahsulot", "kredit" va "jamg'aгma" bo'lgan.7

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan uchinchi ochiq muloqotida eng ko'p ishlatgan so'zlari. Xususan, "tadbirkor" so'zi 79 marta, "biznes" so'zi 50 marta, "soliq" so'zi 35 marta, "korxona" so'zi 35 marta, "tizim" so'zi 22 marta, "mahsulot" so'zi 21 marta, "kredit" so'zi 21 marta va "jamg'arma" so'zi 18 marta tilga olingan. "Bank" va u bilan bog'liq so'zlar 15 marta aytilgan.

Ikki so'zdan tashkil topgan iboralardan "kichik biznes" iborasi 14 marta, "qo'shilgan qiymat" iborasi 8 marta, "o'rta biznes" iborasi 10 marta, "ochiq muloqot" iborasi 8 marta, "biznesni rivojlantirish" iborasi 4 marta va "tadbirkorlik jamg'armasi" iborasi 3 marta tilga olingan.

Uch so'zdan iborat iboralardan "qo'shilgan qiymat solig'i" iborasi 6 marta, "biznesni rivojlantirish banki" iborasi 4 marta, "kichik biznes markazlari" iborasi 4 marta, "brendlarni jalb qilish" iborasi 4 marta, "kichik biznes loyihalari" iborasi 3 marta, "sanoatni rivojlantirish jamg'armasi" iborasi 3 marta aytilgan.

Tahlil natijalariga ko'ra, Prezident Shavkat Mirziyoyevning nutqining 18 foiz qismi kichik biznes, 18 foiz qismi ochiq muloqot natijalari, 13 foiz qismi sodda soliq ma'murchiligi va byurokratiyasiz qulay muhit, 13 foiz qismi o'rta biznes, 13 foiz qismi sifatli va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va boshqa masalalarga qaratilgan. Davlat rahbari klaster tizimiga o'tish natijasida qisqa vaqt ichida qishloq xo'jaligida tub o'zgarishlar uchun zamin yaratilganini ta'kidladi. Oxirgi olti yilda paxta hosildorligi gektariga 26 sentnerdan 34 sentnerga (ayrim hududlarda 40 sentnergacha), paxta tolasini qayta ishlash 2,5 baravarga — 100 foizgacha, ip-kalava ishlab chiqarish — 2,2 barobar, tayyor mahsulot — 5 sentnerga oshdi.8

2024 yilda to'qimachilik mahsulotlari eksportini 1,5 barobarga -5 mlrd dollargacha (2023 yilda - 3,2 mlrd dollar) oshirish rejalashtirilgan.

Bugungi kunda paxta-to'qimachilik klasterlarida 600 mingdan ortiq kishi mehnat qilib, barqaror daromad olmoqda, dedi prezident.

6 Abul Muhsin Muhammad Bokir. Ibn Muhammad Bahoviddin Balogardon. Т.: "YozuvHi" nashriyoti, 1993. 14-b.

7 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023 yil 18 avgust kuni tadbirkorlar bilan uchrashuvda so'zlagan nutqi

8 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023 yil 18 avgust kuni tadbirkorlar bilan uchrashuvda so'zlagan nutqi

Ammo Vilyam Pettining "Boylikning otasi mehnat, onasi esa yerdir" degan ta'limoti jahon iqtisodiy nazariyasi fanida yangi bosqich sifatida e'tirof etilgani holda, Naqshbandiyaning undan avvalroq hamda chuqur iqtisodiy va ma'naviy mazmunga ega bo'lgan yuqorida qayd etilgan ta'limoti hozirgacha na G'arb va na mahalliy iqtisodiy adabiyotlarida munosib o'rin egallamagan. Tadbirkorlik bo'yicha bilim va amaliy faoliyatlar zaminimizda hukmdor bo'lgan buyuk shaxslar Sohibqiron Amir Temurning "Tuzuklari"da, Mirzo Boburning "Boburnoma" asarida yorqin ifodasini topgan. Buyuk sarkarda Amir Temur mamlakat osoyishtalgini va mo'lko'lligiga erkin tadbirkorlik faoliyatiga ustuvorlik berilishi orqali erishish mumkinligini chuqur idrok etgan va uning tamoyillari mashhur "Temur tuzuklari" asarida aniq bir tizimga keltirilgan bo'lib, unga ko'ra: mardlik va shijoat sohibi, a'zmi qat'iy, tadbirkor va xushyor bir kishi ming-minglab, tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidur"9, degan xulosani ilgari surgan. Ta'kidlash joizki, Amir Temur nafaqat tinchlik davrida, balki urush holati jarayonida ham tadbirkorlik faoliyatini yuqori darajaga ko'targan va bu yo'nalishda amaliy ishlarni ham ro'yobga chiqargan.

□ 2000-yil D2001-yil □ 2002-yil □ 2003-yil □ 2004-yil □ 2005-yil □ 2006-yil n2007-yil

□ 2008-yil □ 2009-yil □ 2010-yil 02011-yil □ 2012-yil a2013-yil □ 2014-yil a 2015 yil

a 2016 yil D 2017 yil □ 2018 yil a 2019 yil □ 2020 yil a 2021 yil □ 2022 yil

1-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YaIMdagi ulushi,

foizda10.

O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining o'sishini ta'minlash, yangi ish o'rinlarini tashkil qilish, bandlik muammosini hal etish, aholining daromadlari va forovonligini oshirishda tobora muhim o'rin tutayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, rag'batlantirish va qo'lab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Iqtisodiy nazariya fanida tadbirkorlik tushunchasi XVIII asrda paydo bo'ldi va ko'pincha mulkdor iborasi bilan bir xil tushunilgan. Xususan Adam Smit

9 Temur tuzuklari. -T.: G'afur G'ulom nashriyoti. 1991, 15-b.

10 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi ma'lumotlari

tadbirkorlikni foyda olish uchun qandaydir tijorat g'oyasini amalga oshirish maqsadini ko'zlab tavakkalchilik bilan ish ko'ruvchi mulkdor deb harakterlaydi.

J.B.Sey tadbirkorlikni ancha keng ta'riflaydi. Uning fikricha, tadbirkor eng ko'p mahsulot olish maqsadida ishlab chiqarish omillarini birbiriga uyg'unlashtirish ishlari bilan shug'ullanuvchi iqtisodiy gumashta (agent).11

Tadbirkorlik nazariyasiga muhim hissa qo'shgan Avstriya iqtisodchisi I.Shumpeterdir. U o'zining 1912 yilda yozgan "Iqtisodiy taraqqiyot nazariyasi" kitobida tadbirkorning ishlab chiqarish omillaridan foydalanishning yangicha kombinasiyalarini amalga oshiradigan va shu bilan iqtisodiy taraqqiyotni ta'minlaydigan kishi deb ataydi12.

□ 1996 yil ■ 2000 yil □ 2005 yil □ 2009 yil ■ 2010 yil □ 2011 yil ■ 2012 yil □ 2013 yil ■ 2014 yil □ 2015 yil

□ 2016 yil □ 2017 yil ■ 2018 yil ■ 2019 yil ■ 2020 yil ■ 2021 yil □ 2022 yil □ 2022 yil □ 2023 yil

2-rasm. Kichik biznes va hususiy tadbirkorlik subektlari uchun belgilangan

soliq stavkalari.13

2-rasm ma'lumotlardan ko'rinadiki, 1996-2023 yillar mobaynida kichik biznes va hususiy tadbirkorlik uchun belgilangan soliq stavkalari 38 foizdan dan 5 foizgacha, ya'ni 7,6 martaga qisqarganligi bu esa kichik biznes va hususiy tadbirkorlik subyektlariga davlat tomonidan berilgan imtiyozlardan biridir.

Bugungi kunda kichik biznes va hususiy tadbirkorlik subyektlari mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha jabhalarida, mashinasozlik mahsulotlari ishlab chiqarishda, xalq iste'moli mollarini, qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda hamda boshqa soholarda faoliyat yuritmoqda. Kichik korxonlar ishlab chiqarilgan mahsulotlardan sifati jihatidan qolishmasligi, hatto, ayrim hollarda ulardan yuqori turishi bilan ajralib turadi. Respublikamizdagi kichik biznes va hususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatining 60-70 foizi bevosita ishlab chiqarish bilan uzviy bog'liq, ular fermerlar, dehqonlar, sanoat va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchilar va hokazolardir.

11 Сей Ж.Б. Тракт политической экономики.- М.: 1985, 55

12 Шумпетер И. Теория экономического развития. - М: Прогресс. 1985, 159

13 О^Ье^кт Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi таЧитоАап

Amerikalik iqtisodchi R.Styuart kichik biznesning hususiyatlari sifatida quyidagilami ko'rsatib o'tadi.14 Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ko'pchilik yangi mahsulot yoki xizmat turining bunyod etilishi uchun boshlang'ich ishlab chiqarish nuqtasidir; kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ixtisoslashgan mahalliy ehtiyojlarni qondirishga yaxshi moslashgan bo'ladi; kichik biznes va xususiy tadbirkorlik o'z iste'molchisini shaxsan bilishi muhim bo'lgan xizmat turlarini taklif etadi.

Shuningdek, professor A.O'lmasov tomonidan "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik kishilar (mulkchilik) subyektlarining moddiy va pul mablag'larini (kapitalini) amalda xo'jalik oborotiga, daromad topishga mo'ljallangandir", deya ta'kidlagan bo'lsa,15 Yo.Abdullayev Tadbirkorlikka qonun hujjatlariga muvofiq, daromad (foyda) olishga qaratilgan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish yo'li bilan tavakkal qilib, o'z mulkiy javobgarligi ostida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyati sifatida ta'rif bergan16

2000 vil ■ 2002yil 2004yíl 2006yíl ■ 2008 yil ■2010yíl 2012 yil 2014yíl ■ 2016 yíl ■2018yil 2020 yil 2021yíl ■2022yi

3-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni aholini ish bilan

bandligidaga ulushi.17

3-rasm ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki aholini ish bilan bandligini ta'minlashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda band bo'lganlarning soni ortib borayotganligini ko'zatishimiz mumkin. Masalan 2000 yilda 49,7 foizdan 2022 yilda 73,9 foizga oshmoqda bunday ko'rsatikdan ma'lumki ushbu sohani yildan yilga rivojlanib borayotganligidan darak beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. Toshkent. 2022 yil.

2. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev raisligida tadbirkorlar bilan o'tkazilgan ochiq muloqot 20 avgust 2021 yil

14 Kurbangaleeva O.A. Kak pravilno primenyat upro^ènku. - M.: —Eksmoll, 2007. - S. 416

15 O'lmasov A., Sharifxo'jayev M. Iqtisodiy nazariyasi. Darslik. - T.: «Mehnat», 1999. - B. 243.

16 Abdullaev Yo. va boshqalar. Tadbirkor yon daftari: Kichik biznes va tadbirkorlik.-T.: «Mehnat», 1999. - 12 b.

17 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi ma'lumotlari

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning. - Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz - T.: O'zbekiston NMIU, 2017. - 488 b.

4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-2021 yillarda iqtisodiy o'sishni tiklash va iqtisodiyot tarmoqlari hamda sohalarida tizimli tarkibiy islohotlarni davom ettirish chora-tadbirlari to'g'risida 1253-sonli qarori 29.08.2020 yil

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi ma'lumotlari

6. M.R.Boltaboyev, M.S.Qosimova "Kichik biznes va tadbirkorlik" T.: NOSHIR, 2011 yil

7. O'lmasov A, Sharifxo'jayev M. Iqtisodiy nazariyasi. Darslik. - T.: «Mеhnat», 1999. - B. 243

8. Abdullaev Yo. va boshqalar. Tadbirkor yon daftari: кichik biznes va tadbirkorlik.-T.: "Mеhnat", 1999. - 12 b.

9. Azizova M. Kichik biznes muammolari maqsadi // O'zbekiston iqtisodiyot axborotnomasi. Toshkent, 1999, 1-2 sonlari 34 -bet

10. www.lex.uz - O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi portali.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.