Научная статья на тему 'YANGI O’ZBEKISTONDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING RAQOBAT MUHITI TAHLILI'

YANGI O’ZBEKISTONDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING RAQOBAT MUHITI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
782
106
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kichik biznes / xususiy tadbirkorlik / ilmiy-texnika taraqqiyot / tadbirkorlik sub'yektlari

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Nodira Xamrakulovna Olimova, Niginaxonim Xursand Qizi Jo‘Rayeva

Ushbu maqolada, O`zbekistonda ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etishning asosiy maqsadlaridan biri mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik shakllarini ustuvor rivojlantirishdan, bu maqsadni amalga oshirish uchun iqtisodiy islohotlar o`tkazish, uning ro’lini oshirish uchun yirik institustional asoslar yaratish, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va uni kafolatlovchi huquqiy-me`yoriy hujjatlar, tadbirkorlarga ko`maklashuvchi nodavlat tashkilotlar, korxonalar faoliyatini tashkil etish tadqiq etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O’ZBEKISTONDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING RAQOBAT MUHITI TAHLILI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

YANGI O'ZBEKISTONDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING RAQOBAT MUHITI TAHLILI

Nodira Xamrakulovna Olimova Niginaxonim Xursand qizi Jo'rayeva

FarDU dotsenti, i.f.n. FarDU magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada, Ozbekistonda ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etishning asosiy maqsadlaridan biri mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik shakllarini ustuvor rivojlantirishdan, bu maqsadni amalga oshirish uchun iqtisodiy islohotlar o'tkazish, uning ro'lini oshirish uchun yirik institustional asoslar yaratish, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va uni kafolatlovchi huquqiy-me'yoriy hujjatlar, tadbirkorlarga komaklashuvchi nodavlat tashkilotlar, korxonalar faoliyatini tashkil etish tadqiq etilgan.

Kalit so'zlar. Kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, ilmiy-texnika taraqqiyot, tadbirkorlik sub'yektlari

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari ilmiy-texnika taraqqiyoti sharoitida sano-atning etakchi sohalarini yangi texnologiyalarga o'tishda tobora oz o'rnini topib bormoqda. Ular yangi fikrlar va ishlab chiqarishni takomillashtirish, yangi axborot texnologiyalarini joriy qilish bilan ish jarayonini taminlovchi butun tizimni asosiy boglovchilik sifatini ozlarida namoyon etmoqdalar.

Bugungi kunga kelib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha jabhalarida, mashinasozlik mahsulotlari ishlab chiqarishda, xalq iste'moli mollarini, qishloq xojligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda hamda boshqa sohalarda faoliyat ko'rsatmoqda.

Respublikmizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun quyidagi sharoitlar yaratilgan:

1. Kichik biznes sub'yektlarining ro'yxatdan o'tish vaqti 30 daqiqani tashkil etadi. Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro'yxatdan o'tish uchun faqat bir dona, yuridik shaxs sifatida kichik korxonani ro'yxatga olishda esa - ikki dona hujjat talab etiladi.

2. Deyarli barcha tarmoqdagi kichik korxonalar kichik biznesni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishning muhim omili hisoblanadigan yagona soliq to'lovi stavkasi, realizatsiya qilingan tovarlar va xizmatlar hajmining 5% ni tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda kichik biznes sub'yektlari uchun yagona ijtimoiy to'lovning amaldagi stavkasi 15% ni tashkil etadi.

3. Yangi tashkil etilgan chet el investitsiyasi ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalarga besh yil davomida ular ro'yxatdan o'tgan kunidagi soliq va majburiy

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

to'lovlar stavkasini qo'llash huquqi beriladi. 2018-yildan boshlab 1 gektardan ko'proq yer maydoniga ega bo'lgan kichik korxonalar yagona er solig'i to'lashi belgilab qo'yildi.

4. Kichik biznesni moliyaviy qo'llab-quvvatlash quyidagi yo'llar orqali amalga oshirilmoqda: banklar tomonidan imtiyozli stavkalar bo'yicha kreditlar berish; tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasining tadbirkorlik faoliyatiga berilgan kredit mablag'larining 50% miqdoridagi kafillik va tijorat banklari kreditlari bo'yicha hisoblangan foiz xarajatlarini qoplash.

5. Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga mas'ul institut tomonilan biznes manfaatlari himoyalangan. O'zbekistonda kichik biznes sub'yektlari faoliyatini rejadan tashqari tekshirish bekor qilindi, shuningdek birinchi marta sodir etilgan moliyaviy-xo'jalik huquqbuzarlik uchun tadbirkorlik sub'yektlari ma'muriy jarimalarning barcha turlaridan ozod etilgan.

6. Respublikaning barcha hududlarida tadbirkorlik sub'yektlariga davlat xizmatlarini ko'rsatuvchi "yagona darcha" tamoili ostida faoliyat ko'rsatadigan markazlarda tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlovchi markazlar tashkil qilingan. Tadbirkorlik faoliyatini endi boshlovchi sub'yektlar uchun o'zlarining biznes rejalarini tuzish, huquqiy va amaliy ko'mak berish, shuningdek faoliyatlari uchun zarur ma'lumotlarni olishlari uchun "biznes-inkubatorlar tashkil etilgan.

7. Respublika bo'yicha tadbirkorlarga biznes yuritish bo'yicha o'quv kurslari, xususiylashtirilgan ob'yektlar bazasida loyihalar amalga oshirish, 5 yil muddatga nol stavkada ijara asosida yer maydonlari ajratish orqali yosh tadbirkorlar uchun klasterlar tashkil etildi.

2019 yil 2020 yil 2021 yil

1-rasm. Yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining YAIM

dagi ulushi, % da

2021- yilning yanvar - dekabrlarida kichik tadbirkorlik subyektlarining YAIM dagi ulushi 54,9% ni tashkil etdi. Kichik tadbirkorlk subyektlarining soni har 1000 aholiga 16,5 birlikni tashkil qildi. 2021 yilning yanvar-dekabrida 98,9 mingta yangi kichik korxona va mikrofirmalar (fermer va dehqon xo'jaliklarsiz) tashkil qilindi, bu

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

o'tgan yilning

nisbatan

6,1% ga ko'pligidir.

2-rasm. 2021 yilning yanvar-dekabr oylarida yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha ulushi, % da

Iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha eng ko'p kichik korxona va mikrofirmalar savdoda 38459 ta, sanoatda 19285 ta, qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jal igida 11710 ta, qurilishda 6330 ta, yashash va ovqatlanishda 6621ta, tashish va saqlashda 2642 tani tashkil qildi.

2021-yilning yanvar-dekabr oylarida hududlar bo'yicha yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalarning jamiga nisbatan eng ko'p ulushi Toshkent shahri -16.2%, Samarqand viloyati - 10.9%, Qashqadaryo viloyati - 9.6%, Farg'ona viloyati -9.2%, Toshkent viloyati - 7.9%, Andijon viloyati - 7.2%, Buxoro viloyati - 6.5% hissalariga to'g'ri keladi.

2021 yil yanvar-dekabr oylarida kichik biznes subyektlari mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmi 3711,2 million AQSH dollarini yoki umumiy eksport hajmining 22,3 % ini tashkil etdi.

2021 -yil yanvar-dekabr oylarida hududlar bo'yicha kichik tadbirkorlik subyeklari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksportining jamiga nisbatan eng ko'p ulushi Sirdaryo viloyatida - 76.4%, Surxondaryo viloyatida - 60.0%, Xorazm viloyatida - 51.7%, Qashqadaryo viloyatida - 51.6%, Namangan viloyatida -49.6% va Farg'ona viloyatida - 49.4%, eng past ko'rsatkich Navoiy viloyatida - 11.9% tashkil etdi.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

3-rasm. 2021- yil yanvar-dekabr oylarida yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalarning hududlar bo'yicha ulushi, % da

2021 yil yanvar-dekabr oylarida kichik biznes subyektlari mahsulot (ishlar va xizmatlar) importining hajmi 12389,0 million AQSH dollarini yoki umumiy import hajmining 48,7 % ini tashkil etdi.

2021 -yil yanvar-dekabr oylarida hududlar bo'yicha kichik tadbirkorlik subyeklari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) importining jamiga nisbatan eng ko'p ulushi Surxondaryo viloyatida - 89.6%, Jizzax viloyatida - 84.4%, Namangan viloyatida - 78.6%, Xorazm viloyatida - 74.7% va Farg'ona viloyatida -72.6%, eng past ko'rsatkich Andijon viloyatida - 13.1% tashkil etdi.

4-rasm. 2021-yil yanvar-dekabrida kichik tadbirkorlik subyeklari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksportining jami eksportdagi

ulushi, % da

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

2017 yildan keyingi davrda mamlakatimizda xususiylashtirish jarayonlari yaxlit reja asosida o'tkazilib, tizimli va mantiqiy asosda davom ettirilmoqda. Xususan, O'zbekiston Prezidentining 2020 yil 28 oktyabrdagi "Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmoniga ko'ra, ilk marta transformatsiya qilinadigan davlat korxonalari ro'yxati tuzib chiqildi. Chunki davlat korxonalarini transformatsiya qilmasdan turib, investorlar uchun ularning jozibadorligini oshirish juda mushkul. Shuningdek, hujjat bilan davlat ob'ektlarini "nol" qiymatida sotish amaliyotiga barham berildi. O'tgan yili ham pandemiya tufayli murakkab vaziyatga qaramasdan, xususiylashtirish jarayonlarini faollashtirish bo'yicha bir qator dadil qadamlar qo'yildi. Xususan, O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 noyabrda "Qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to'g'risida"gi Qonunni imzoladi. Unga muvofiq, xususiylashtiriladigan hududlar ro'yxati kengaydi. Endilikda er uchastkalarini xususiy uy-joy qurish uchun sotib olish mumkin, shuningdek, investorlarga xususiylashtirilgan davlat ob'ektlari joylashgan erlarni sotib olishga ham ruxsat berildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan joriy yil boshida qabul qilinib, kelgusi 5 yilga mo'ljallangan Yangi O'zbekiston Taraqqiyot strategiyasida ham davlatning iqtisodiyotdagi roli va ulushini keskin qisqartirish asosiy besh yo'nalishdan biri sifatida belgilangan.

Rejalarga ko'ra, davlat aktivlarini xususiylashtirish orqali 2026 yilga qadar eksklyuziv huquqlarni bekor qilish va davlat korxonalarini xususiylashtirish hisobidan 25 dan ortiq faoliyat turlari bo'yicha monopoliyalar tugatiladi, tijorat banklarida transformatsiya jarayonlari davom ettirilib, bank aktivlarida xususiy sektorning ulushi 60 foizga qadar etkaziladi, davlat ishtirokidagi korxonalar soni esa kamida 3 baravar qisqartiriladi.

Kelgusi 5 yilga mo'ljallangan Yangi O'zbekiston Taraqqiyot strategiyasida ham davlatning iqtisodiyotdagi roli va ulushini keskin qisqartirish asosiy besh yo'nalishdan biri sifatida belgilangan, davlat aktivlarini xususiylashtirish orqali 2026 yilga qadar eksklyuziv huquqlarni bekor qilish va davlat korxonalarini xususiylashtirish hisobidan 25 dan ortiq faoliyat turlari bo'yicha monopoliyalar tugatiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Хомидов, К. К. (2019). Перспективный комплекс экономики Узбекистана. In Современная мировая экономика: проблемы и перспективы в эпоху развития цифровых технологий и биотехнологии (pp. 54-56).

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2lSl-l60l

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

2. Khomidov, K. (2023). Characteristics of improving organizational and economic mechanisms of management in higher education institutions. Publishing House "Baltija Publishing".

3. Хомидов, К. К. (2019). Socioeconomic characteristics of employment in Uzbekistan. Инновационная наука, (7-8), 64-66.

4. Xomidov, Q. (2020). Iqtisodiyotni investitsiyaviy jozibadorligini oshirishda erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirishning ahamiyati. Scienceweb academic papers collection.

5. Xomidov, Q. (2019). Aholi bandligi ta'minlash-iqtisodiy munosabatlarning muhim omili. Scienceweb academic papers collection.

6. Xomidov, Q. (2019). Iqtisodiyotimizni raqobatbardoshligini oshirishda innovatsion tadbirkorlikning o'rni va ahamiyati. Scienceweb academic papers collection.

7. Akhmedova, N. K., & ugli Homidov, K. K. (2022). Institutional Basis of Digitalization of Management Activity of Food Industry Enterprises in Uzbekistan. American Journal of Economics and Business Management, 5(11), 34-38.

8. Homidov, K. K. U. (2022). Improvement of Organizational and Economic Mechanisms of Management in Food Industry Enterprises in Innovative Development of the Economy. American Journal of Economics and Business Management, 5(11), 5055.

9. Xomidov, Q. (2019). Цифровая зкономика-путь к совершенству. Scienceweb academic papers collection.

10. Xomidov, Q. (2018). Ускоренно развивающиеся отрасли экономики Республики Узбекистан. Scienceweb academic papers collection.

11. Homidov, K. K. U. (2022). Issues of ensuring food security in Uzbekistan. Scientific Impulse, 1(4), 1529-1534.

12. Угли, Х. К. К. (2022). Узбекистонда озик-овкат хавфсизлиги таьминлаш масалалари. Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali, 1(13), 10-15.

13. Xomidov, Q. (2019). Кластер-действенный инструмент конкурентоспособности региона. Scienceweb academic papers collection.

14. Хомидов, К. (2022). Повышение доходов производителей.

15. Yangi O'zbekiston milliy tiklanishdan yuksalish sari 2022 yil

16. Тешабаева, О. H., & Ташматова, H. Х. (2023). Узбекистон республикасида аграр секторда тадбиркорлик ривожланишининг узига хрс жихдтлари. Academic research in educational sciences, 4(1), 22-30.

17. Тешабаева, О. H. (2019). Развитие семейного предпринимательства как фактор повышения занятости населения. In Шука и образование в обеспечении

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

устойчивого развития региона в условиях перехода к цифровой экономике (pp. 190-193).

18. кизи Кодирова, г. и., & Жамолиддинова, М. Д. (2022). Узбекистан худудларидаги кичик бизнес субъектларини тижорат банклари томонидан кредитлаш сиёсатини такомиллаштириш. Results of National Scientific Research International Journal, 1(7), 49-57.

19. Nodira Olimova, Odina Teshabaeva, Niginaxonim Joraeva, & Dilafruz Mamajonova (2022). WAys to increase the competitiveness of enterprises in the conditions of modernization of the economy. Scientific progress, 3 (3), 270-275.

20. Асилжон Ортикали Угли Юлчиев, & Дилмурод Нуманович Зайлобиддинов (2022). Вопросы цифровизации банковской системы в Узбекистане. Academic research in educational sciences, 4 (Issue 1), 91-100.

21. Олимова, Н. Х., Тешабаева, О. Н., & Жураева, Н. Х. К. (2022). Узбекистонда инновацион жараёнларни такомиллаштириш оркали корхоналар ракобатдошлигини ошириш масалалари. Scientific progress, 3(3), 276-282.

22. Тешабаева, О. Н., & Юлдашева, Д. А. (2022). Узбекистонда банк хизматлари бозори бошкаруви ва ривожланишининг хусусиятлари. Results of National Scientific Research International Journal, 1(3), 91-97.

23. Тешабаева, О. Н. (2021). Кичик бизнес ва тадбиркорликнинг миллий иктисодиётда тутган урни ва ахамияти. UzACADEMIA ilmiy jurnali, 87-97.

24. Teshabaeva, O. N., & Kodirova, R. A. (2023). Analysis of Methods for Further Development of the Labor Market to Ensure Employment in the Digital Economy. Best Journal of Innovation in Science, Research and Development, 2(4), 74-78.

25. Teshabaeva, O., & Yulchiev, A. (2022). Innovative marketing strategy aimed at maximizing the development of the tourist industry in Uzbekistan. Asia pacific journal of marketing & management review ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603, 11(05), 16.

26. Тешабаева, О. Н. (2022). Ахоли молиявий саводхонлиги усишининг тадбиркорлик фаолияти ва даромадлар даражасининг ошишига таъсири. Gospodarka i Innowacje., 29, 348-355.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.