Научная статья на тему 'KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI DAVLAT TOMONIDAN QO‘LLAB-QUVVATLASHNING ASOSIY YO‘NALISHLARI'

KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI DAVLAT TOMONIDAN QO‘LLAB-QUVVATLASHNING ASOSIY YO‘NALISHLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
52
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kichik biznes / xususiy tadbirkorlik / kredit / soliq tizimi / small business / private entrepreneurship / credit / tax system

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Quldasheva M.M.

Shbu maqolada mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida amalga oshirilayotgan institutsional o‘zgarishlar bilan bevosita bog‘liqligihamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning asosiy yo‘nalishlarini aniqlash orqali Qashqadaryo viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasida tadbirkorlikni har tomonlama rivojlantirish va imkoniyatlar yaratish masalalari ko‘rsatib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MAIN DIRECTIONS OF STATE SUPPORT OF SMALL BUSINESS AND PRIVATE ENTREPRENEURSHIP

In this article, economic development of Kashkadarya region and poverty reduction by determining the main directions of state support for small business and private entrepreneurship in direct connection with the economic reforms carried out in our country, institutional changes in all sectors of the economy. In the General Directorate of Reduction, the issues of comprehensive development of entrepreneurship and creation of opportunities are indicated.

Текст научной работы на тему «KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI DAVLAT TOMONIDAN QO‘LLAB-QUVVATLASHNING ASOSIY YO‘NALISHLARI»

Quldasheva M.M.

"TIQXMMI" MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti "Yer resurslarini boshqarish kafedrasi stajyor-o 'qituvchisi

KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI DAVLAT TOMONIDAN QO'LLAB-QUVVATLASHNING ASOSIY

YO'NALISHLARI

Annotatsiya: shbu maqolada mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida amalga oshirilayotgan institutsional o'zgarishlar bilan bevosita bog'liqligihamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo'llab -quvvatlashning asosiy yo'nalishlarini aniqlash orqali Qashqadaryo viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasida tadbirkorlikni har tomonlama rivojlantirish va imkoniyatlar yaratish masalalari ko'rsatib berilgan.

Kalit so'zlar:kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, kredit, soliq tizimi.

Kuldasheva M.M. intern-teacher department of management

Institute of Anti-irrigation and agro-technologies of MTU "TIQXMMI"

"Earth resources

MAIN DIRECTIONS OF STATE SUPPORT OF SMALL BUSINESS AND PRIVATE ENTREPRENEURSHIP

Annotation: in this article, economic development of Kashkadarya region and poverty reduction by determining the main directions of state support for small business and private entrepreneurship in direct connection with the economic reforms carried out in our country, institutional changes in all sectors of the economy. In the General Directorate of Reduction, the issues of comprehensive development of entrepreneurship and creation of opportunities are indicated.

Key words: small business, private entrepreneurship, credit, tax system.

Ma'lumki, jahon integratsiyalashuvi va globallashuvi sharoitida mamlakatimizda faol tadbirkorlikni rivojlantirishga, kichik biznes faoliyatini innovatsion va zamonaviy yondashuvlar asosidailg'or texnologiya va boshqaruv usullari asosida tashkil etishga, mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu esa, o'z navbatida ularning barqarorligini ta'minlashga va faoliyat samaradorligini oshirishga hamda xalqaro talablarga mos holda takomillashtirishga olib keladi.

Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, biznes subyektlarini jadal va barqaror rivojlantirish masalasidagi ba'zi salbiy ta'sir ko'rsatuvchi to'siqlarni bartaraf etish bo'yicha asosiy yo'nalishlar ishlab chiqilmoqda.

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning bu qadar jadal rivojlanishida eng avvalo, mazkur soha uchun belgilanayotgan soliq imtiyozlarining yetarli darajadagi rag'batlantiruvchi rol o'ynayotganligidir. Yagona soliq to'lovi bu kichik biznes subyektlarini qo'llab-quvvatlash maqsadida turli soliq va yig'imlar o'rniga soddalashtirilgan tartibda to'lanuvchi yagona soliq turidir. Respublikamizda ilk bor tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo'yicha Ombudsman instituti joriy etildi. Biznes sohasidagi soliqlar sezilarli ravishda qisqartirildi, kredit olish imkoniyatlari kengaytirildi, yangi erkin iqtisodiy zonalar tashkil etildi, ularda investorlarga keng imtiyozlar yaratib berildi.

Qashqadaryo viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish -viloyatda ishlab chiqarish hamda xizmat ko'rsatishni yanada yaxshilashga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Natijada zamonaviy infrastrukturaning shakllanishiga, aholini ish bilan ta'minlashga va turmush sifatini oshirishga, mehnat resurslaridan foydalanishni yaxshilashga, kasbiy mahoratini oshirishga, ish sharoitlarini yaxshilashga va mehnatni rag'batlantirishga erishiladi. Bu esa kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarida mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishga doir shartnomalarni to'g'ri amalga oshirishga olib keladi.

Xulosa va takliflar. Hozirgi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitda va aholining tabiiy o'sishi ko'payib borishi natijasida ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishni rivojlantirish orqali aholining tovar va xizmatlarga bo'lgan ehtiyojini qondirish masalasiga kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish jarayoni ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Faoliyat yuritayotgan subyektlarni moliyalashtirishda banklarning rolini oshirishningilmiy va nazariy asoslarini yaratish va moliyalashtirish manbalarini takomillashtirish zarur. Qashqadaryo viloyatida ushbu sohada e'tiborga loyiq ishlarning amalga oshirilayotganligi, jumladan mavjud imkoniyatlardan kelib chiqqan holda viloyat va tuman kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarini kreditlashda banklarning roli oshib borayotganligi maqsadga muvofiqdir.

Qashqadaryo viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlariga kreditlar ajratish, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish, kredit turlari va imkoniyatlarini ko'paytirish, ushbu masalalarda banklarning rolini oshirishhamda istiqbolda viloyat va tuman iqtisodiyotini mustahkamligiga erishish maqsadidaquyidagi chora-tadbirlarni bajarilishi maqsadga muvofiqdir:

1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimidan oqilona foydalanish, bank mijozlari bilan ishlashda yuksak mahoratli menejerlar faoliyatidan foydalanish, axborot texnologiyalari tizimi va interaktiv xizmatlarni rivojlantirish va takomillashtirish;

2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlari uchun pul o'tkazmalari, jismoniy shaxslarni kreditlash, omonat operatsiyalari va plastik kartochkalar bilan ishlashda operativ tizimni joriy qilish;

3. Bank faoliyatida tashqi iqtisodiy faoliyatni yaxshilash va undan samarali foydalanish, xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan uzviy aloqada bo'lish;

4. Kredit monitoringi bo'yicha qo'yiladigan talablarning bajarilishini nazorat qilish, adolat o'rnatish va qarzdorlarga oid moliyaviy hisobotlarni o'z vaqtida bajarilishiga erishish;

5. Kredit ta'minotiga nisbatan qo'yiladigan talablarni bajarish, kredit siyosati maqsadi va strategiyasini aniqlash hamda takomillashtirib borish.

Yuqoridagi keltirilgan barcha tadbirlarni amalga oshirish hamda mamlakatimiz tomonidan beriladigan imkoniyatlardan to'liq foydalanish, O'zbekiston Respublikasining tegishli qonunlaridan, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Prezident Farmonlari va viloyatimizda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni o'z vaqtida qo'llash, moddiy-texnika bazasidan, zamonaviy boshqaruv texnologiyalardan samarali foydalanish, globallashuv jarayonining ijobiy tomonlarini o'zlashtirish natijasida istiqboldagi vazifalarning bajarilishiga imkon yaratish, huquqiy-meyoriy hujjatlardan o'z o'rnida, o'z vaqtida foydalanish, istiqboldagi yutuqlarga imkon yaratish, iqtisodiy islohotlarning ijobiy natijasiga erishishga hamda Qashqadaryo viloyatida mijoz sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarini ko'paytirish, ularning ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish faoliyatlarini rivojlantirish, kreditlash imkoniyatlarini kengaytirish hamda banklarning rolini oshirish orqali moliyalashtirishmanbalaridan oqilona foydalanishga erishish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati: l.O'zbekiston Respublikasi Qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning asarlari. 2.O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 11-noyabrdagi «O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida»gi Qonuni.

3.O'zbekiston Respublikasining "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi Qonuni, 1996 yil 25 aprel.

4.O'zbekiston Respublikasining "Tadbirkorlik va tadbirkorlik faoliyati kafolatlari to'g'risida"gi Qonuni. - T.: 14 aprel 1999 yil.

5. "Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar to'g'risida" "Xalq so'zi" gazetasi, 2000 yil 21 mart.

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" Qarori, 23.03.2018 y.

7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 24 avgustdagi "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-4354-sonli Farmoni.

8. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun davlat mulki obyektlarini sotishni jadallashtirish va uning tartib-taomillarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi Farmoni. 2017 yil 17 yanvardagi PF-4933-son.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.