Научная статья на тему 'Bozor iqtisodiyoti sharoitida hududlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo’llari'

Bozor iqtisodiyoti sharoitida hududlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo’llari Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
508
53
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
tadbirkor / menejer / tadbirkorlik / kichik tadbirkorlik / kichik biznes va xususiy tadbirkorlik / kichik korxona va mikrofirmalar / kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish / talab va taklif / foyda / zarar

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Akmal Chorievich Boboev, Shobrik Shobaxronovich Jumayev

Ushbu maqolada tadbirkorlik tushunchasi nazariy rivojlanishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni boshqarishning iqtisodiy ahamiyati, Buxoro viloyatida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi va tahlili, kichik tadbirkorlik (biznes) sub’ektlari tomonidan yaratilan mahsulot va xizmatlar ko‘rsatkichlari, bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishning samarali yo‘llarini boshqarishda inobatga olish kerak bo‘lgan xususiyatlari keltirib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Bozor iqtisodiyoti sharoitida hududlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo’llari»

Bozor iqtisodiyoti sharoitida hududlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo'llari

Akmal Chorievich Boboev [email protected] BuxMTI

Shobrik Shobaxronovich Jumayev shobrikjumayev@gmail. com Buxoro Osiyo Xalqaro universtiteti

Annotatsiya: Ushbu maqolada tadbirkorlik tushunchasi nazariy rivojlanishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni boshqarishning iqtisodiy ahamiyati, Buxoro viloyatida iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi va tahlili, kichik tadbirkorlik (biznes) sub'ektlari tomonidan yaratilan mahsulot va xizmatlar ko'rsatkichlari, bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishning samarali yo'llarini boshqarishda inobatga olish kerak bo'lgan xususiyatlari keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: tadbirkor, menejer, tadbirkorlik, kichik tadbirkorlik, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, kichik korxona va mikrofirmalar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, talab va taklif, foyda, zarar

Ways to develop small business and private entrepreneurship in the regions in the conditions of the market economy

Akmal Chorievich Boboev [email protected] Bukhara Institute of Engineering and Technology Shobrik Shobaxronovich Jumayev shobrikjumayev@gmail. com Bukhara Asian International University

Abstract: In this article, the theoretical development of the concept of entrepreneurship, the economic importance of managing the development of small business and private entrepreneurship, the share and analysis of newly established small enterprises and micro-firms in the Bukhara region by types of economic activity, the products created by small entrepreneurship (business) entities and indicators of services, features that should be taken into account in the management of effective ways of developing small business and entrepreneurship in the market economy.

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 3.848 714 [M^^^Hl

Keywords: entrepreneur, manager, entrepreneurship, small business, small business and private business, small business and micro-firms, development of small business and private business, supply and demand, profit, loss

Iqtisodiyotda ro'y berayotgan turli makroiqtisodiy o'zgarishlar ko'p jihatdan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi bilan uzviy bog'liqdir. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik davlatning muhim ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy muammolarini hal etishi uning hozirgi globallashuv jarayonida naqadar muhim soha ekanligidan dalolat beradi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning muhim xususiyati shundaki, jamiyat taraqqiyotining turli bosqichida, har qanday sharoitda ham iqtisodiy tushkunlikda, krizis (inflyatsiya) davrida, kerakli infratuzilma bo'lmaganda ham, kreditlar foizi baland bo'lganda, xavf-xatar yuqori va kelajagi noma'lum bo'lganda ham bunyod bo'laveradi.

O'zbekiston Respublikasida mustaqqillikning dastlabki yillaridan boshlab ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta'minlashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish muhim yo'nalish sifatida belgilab berildi.

Mazkur sohani davlat tomonidan tartibga solish, jumladan, uning yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish va bandlikni ta'minlashdagi ulushini oshirish, texnologik tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, kredit resurslariga bo'lgan ehtiyojini qondirish va qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish kabi yo'nalishlarda tizimli chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Hozirga kelib kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyat doirasi ham mazmunan, miqdor va sifat jihatidan o'zgardi. Endi u mahsulotni qachon, qancha, qaerga, kim uchun ishlab chiqarishi kerak degan masalalarni mustaqil hal etuvchiga aylandi. Bundan tashqari, qancha miqdorda ishlab chiqarish resurslari (bino, xom ashyo, material, qurilma, mehnat, transport vositalari, kapital mablag'lar, ombor maydonlari va h.k.) zarurligini aniqlaydi, ular oqilona foydalanish evaziga yuqori foyda olishga harakat qiladi.

"Erkin bozor mexanizmlarini joriy qilish, sog'lom raqobat va xususiy mulk daxlsizligini ta'minlash, tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash Konstitutsiyada alohida o'rin egallashi kerak... hududlar o'rtasidagi iqtisodiy tengsizlikni qisqartirish, barcha tuman va shaharlarni bir maromda rivojlantirish bo'yicha yangicha yondashuvlar joriy etiladi.... Tadbirkorlar uchun subsidiya, kreditlar va kompensatsiyalar toifalardan kelib chiqib ajratiladi. Ular uchun soliq stavkalari har xil bo'ladi1.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanish bosqichidagi ahamiyati jahon olimlari ilmiy-nazariy izlanishlari, avvalambor, "kichik biznes", "biznesmen" va "biznes" tushunchalari bilan chambarchas bog'liqdir. Ana shu tushunchalarning asl

1 fflaBKar Mnp3HëeBHHHr OÏÏHH Macrae Ba Y36eKHCTOH xa^nra Mypo^aaraoMacH, 21.12.2022 HHÏÏ

mohiyatini aniqlamasdan turib, uning boshqaruvini takomillashtirishga erishib bo'lmaydi.

Nazariy izlanishlar shuni ko'rsatdiki, kichik biznes va xususiy tadbirkor mohiyati bir necha asrlardan beri ko'plab xorij va mahalliy olimlarimiz tomonidan ilmiy jihatdan o'rganilgan.

Xorij olimlaridan, A.Smit, M.Veber, J.Shumpeter, L.F.Mizes, F.Xayek, P.F.Druker, I.Kirsner, A.V.Busigin, A.I.Ageev, M.G.Lapust, S.Shimillov, B.A.Leshenko, P.A.Guryanov, A.A.Dinkin, Ya.S.Yadgarov, A.V.Kirillovlarni kiritish mumkin. Mamlakatimiz olimlaridan esa S.S.G'ulomov, B.A.Abdukarimov, F.B.Abdukarimov, G'.M.Qosimov, T.Do'stjanov, S.Salaev, N.X.Jumaev, M.M.Muxammedov, M,Q.Pardaev, U.P.Umurzakov va boshqalar tomonidan tadqiq etilgan.

Tadbirkorlik atamasini XVII asrda fransuz iqtisodchisi Richard Kantilon (16801734) tomonidan kiritilib, uning asosiy yutug'i shundaki, bu tushunchani birinchilardan bo'lib ilmiy asosladi.

Bugungi sharoitda «tadbirkor» tushunchasi «menejer» tushunchasiga juda yaqin turadi. Shu bilan birga, tadbirkor mulkdor bo'lsa, menejer boshqaruvchidir. Amalda esa, aksariyat mulkdorlar menejer funksiyasini bajaradi, qator menejerlar esa o'zlari boshqarib turgan ishlab chiqarish korxonalariga ega bo'lib qolmoqda.

«Tadbirkorlik» tushunchasi tadbirkorning ensiklopedik lug'atida quyidagicha ta'riflanadi:

Tadbirkorlik - (ingl. yenterprise) shaxsiy daromad, foyda olishga qaratilgan fuqarolarning mustaqil faoliyati. Bu faoliyat o'z nomidan, o'z mulkiy mas'uliyati va yuridik shaxsning yuridik mas'uliyati evaziga amalga oshiriladi. Tadbirkorlik shaxsiy va ijtimoiy foydalarni ko'zlagan holda daromad olish uchun sarflanayotgan mablag' bilan bog'liq faoliyatdir. Tadbirkorlikka berilgan ushbu ta'rif batafsilligi bilan ajralib turadi. Bu ta'rifda tadbirkorlik faqat ma'lum faoliyat bilan shug'ullanish emas, balki bevosita faoliyat ko'rsatishdan iboratligi ta'kidlangan.

Respublikada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni boshqarishning iqtisodiy ahamiyati ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ichki bozorda sotilishini, ularni tashish bilan bog'liq bo'lgan transport xarajatlarining eng kam darajada bo'lishi va mahsulotlarning sifatli tarzda mintaqa aholisi iste'moliga yetkazib berilishida ifodalanadi.

So'nggi o'n yil davomida boshqaruv usullarining eskirishi oqibatida Buxoro viloyati iqtisodiyotida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi hayot darajasini oshirish uchun mineral-xom ashyo va mehnat resurslarini, tadbirkorlik qobiliyati, aholining yuqori bilim darajasi va mehnat malakasini, tabiiy-iqlim sharoitlari hamda noyob tarixiy merosni o'z ichiga olgan mavjud boy resurs

salohiyatidan to'liq foydalanish imkonini bermaydigan barqaror nomutanosibliklar yuzaga keldi.

Buxoro viloyati O'zbekiston Respublikasining 12 viloyatlaridan biri. O'zbekiston viloyatlari orasida, chegarasining kattaligi bo'yicha Navoiydan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Buxoro viloyatida iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalarning ulushini 1-rasm orqali ko'rishimiz mumkin.

■ qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi

■ sanoat "qurilish 1savdo

■ tashish va saqlash 'yashash va ovqatlanish xizmatlari

axborot va aloqa

"sog'liqni saqlash va ijtimoiy 33,2 xianatlar ko'rsatish

boshqa turdagi xizmatlar ko'rsatish

1-rasm. Iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha yangi tashkil etilgan kichik korxona va

mikrofirmalarning ulushi2

Rasmdan xulosa qilish mumkinki, 2023 yil 1 yanvar holatiga ro'yxatga olingan jami kichik tadbirkorlik (biznes) sub'ektlari (dehqon va fermer xo'jaliklarisiz) ning soni 32155 tani tashkil qildi, bu o'tgan yilning shu davriga nisbatan 108,9 foizga o'sgan.

2022 yilda 4413 ta kichik korxona va mikrofirmalar (fermer va dehqon xo'jaliklarisiz) tashkil qilindi, bu o'tgan yilning shu davriga nisbatan 68,8 foizni tashkil etdi.

Eng ko'p kichik korxona va mikrofirmalar savdo (33,2 foiz), sanoat (14,8 foiz), qurilish (5,9 foiz), qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi (12,4 foiz), yashash va ovqatlanish (6,5 foiz) va boshqa tarmoqlarda tashkil etilgan.

1-jadval

Hududlar bo'yicha yangi tashkil topgan kichik korxona va mikrofirmalar, birlikda3

Hududlar 2021 yil 2022 yil 2022 yil 2021 ga nisbatan farqi +, -

Buxoro viloyati 6418 4413 -2005

Buxoro sh. 1396 1059 -337

Kogon sh. 316 158 -158

2 Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi ma'lumotlari asosida tuzilgan

3 Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi ma'lumotlari asosida tuzilgan

tumanlar

Buxoro 510 354 -156

Vobkent 393 265 -128

Jondor 491 371 -120

Kogon 367 387 -20

Olot 284 150 -134

Peshko' 331 223 -108

Romitan 498 384 -114

Shofirkon 491 256 -235

Qorako'l 452 241 -211

Qorovulbozor 132 98 -34

G'ijduvon 757 467 -290

Jadvaldan ko'rinib turibdiki, 2022 yila yangi tashkil topgan kichik korxona va mikrofirmalar hududlar bo'yicha eng ko'p Buxoro shahrida 1059 ta, G'ijduvonda 467 ta, hamda Romitan tumanida 384 ta, Buxoroda 354 ta, Jondorda 371 ta tumanlarida tashkil etildi. Kogon, Jondor, Vobkent tumanlarida bu ko'rsatkich o'rta darajani tashkil etgan. Eng past ko'satkichni Qorovulbozor tumanida 98 ta tumanida tashkil etilgan.

30,0

20,0 15,0 10,0

2-rasm. 2022 yilda yangi tashkil topgan kichik korxona va mikrofirmalarning hududlar bo'yicha ulushi, foiz hisobida4.

Rasmdan ko'rinib turibdiki, 2022 yil holatiga hududlar bo'yicha yangi tashkil topgan kichik korxona va mikrofirmalarning jami miqdoridan eng ko'p ulush Buxoro shahriga 24,0 foiz, G'ijduvon tumani 10,6 foiz, Romitan tumani 8,7 foiz, Buxoro tumani 8,0 foiz, Jondor tumani 8,4 foiz, Kogon tumani 8,8 foiz, Shofirkon tumani 5,8 foiz, Peshko' tumani 5,0 foiz, eng past ko'rsatkich Qorovulbozor tumanida 2,2 foizni tashkil etdi.

4 Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi ma'lumotlari asosida tuzilgan

2 - jadval.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha yangi tashkil topgan kichik korxona va

mikrofirmalar, birlikda5

Sohalar 2021 yil 2022 yil 2022 yil 2021 ga nisbatan farqi +, -

Qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi 726 546 -180

Sanoat 1136 652 -484

Qurilish 407 260 -147

Savdo 2434 1466 -968

Tashish va saqlash 380 635 +255

Yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar 534 289 -245

Axborot va aloqa 102 72 -30

Sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish 154 100 -54

Boshqa turdagi xizmatlar 545 393 -152

Jami 6 418 4 413 -2005

Jadvaldan ko'rinib turibdiki, iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha yangi tashkil topgan kichik korxona va mikrofirmalar 2022 yilda 2021 ga nisbatan -2005 taga kamaygan. Asosan bu ko'rsatkichning bunday holatga kelishida savdo sohasi 2022 yilda 2021 ga nisbatan -968 taga kamayishi salbiy holatni keltirib chiqargan. Faqatgina tashish va saqlash sohasida ijobiy holatni ko'rish mumkin.

2022 yilda Buxoro viloyatida kichik tadbirkorlik (biznes) sub'ektlari tomonidan:

- sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 9237,4 mlrd. so'mni (jami sanoat ishlab chiqarishining 33,9 foizi) yoki 2021 yil yanvar-dekabrga nisbatan fizik hajm indeksi 102,4 foizni tashkil qildi;

- 33212,0 mlrd. so'mlik qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaliklarining ishlab chiqarilgan (ko'rsatilgan xizmatlar) tashkil qilib, o'sish sur'ati 103,6 foizni (qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaliklari yalpi mahsulotining 97,4 foizi) tashkil qildi;

- 498,8 mlrd. so'mlik investitsiyalar (umumiy investitsiyalar hajmining 44,9 foizi) o'zlashtirildi va 2021 yilga nisbatan o'sish sur'ati 117,4 foizini tashkil qildi;

- 6766,0 mlrd. so'mlik qurilish ishlari (qurilish ishlari umumiy hajmining 81,1 foizi) bajarildi va 2021 yilga nisbatan o'sish sur'ati 109, 5 foizni tashkil qildi;

- avtomobil transporti yuk aylanmasining 102,2 foizni (viloyat jami avtomobil transporti yuk aylanmasining 76,0 foizi), yo'lovchi aylanmasining esa 101,7 foizni (umumiy yo'lovchi aylanmasining 98,0 foizi) tashkil qildi;

- 9664,4 mlrd. so'mlik xizmatlar ko'rsatilib (jami xizmatlar hajmining 61,2 foizi) 2021 yilga nisbatan o'sish sur'ati 107,6 foizini tashkil qildi;

- chakana tovar aylanmasi umumiy hajmining 85,2 foizi yoki 15497,7 mlrd. so'mi (o'sish sur'ati 105,9 foizni tashkil qildi) shakllantirildi.

- 166,4 mln.AQSH dollari (umumiy eksport hajmining 53,6 foizi) miqdorida mahsulotlar (tovar va xizmatlar) eksport qilindi, bu esa 2021 yilning mos davriga nisbatan 45,6 mln.AQSH dollarga yoki 37,7 foizga ko'paydi, mos ravishda 442,9 mln.

5 Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi ma'lumotlari asosida tuzilgan

AQSH dollari (umumiy import hajmining 48,3 foizi) miqdorida mahsulotlar (tovar va xizmatlar) import qilindi, bu esa 2021 yilning mos davriga nisbatan -55,2 mln.AQSH dollarga kamaydi.

Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki, bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishning samarali yo'llarini boshqarishda uning quyidagi xususiyatlarini e'tiborga olish kerak:

- tadbirkor har doim bozordagi talab va taklifni e'tiborga olib ish ko'radi;

- tadbirkor samaradorlikni ta'minlovchi sa'y-harakatlar qilib, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish yo'llarmi qidiradi;

- biznesning pirovard natijalariga javob beradigan shaxslar, o'z biznesini erkin shart-sharoitlarda olib borishlariga yetarli imkoniyatlar yaratadi;

- kichik korxonaning pirovard natijalari, ya'ni uning oladigan foyda yoki zarari faqat bozordagi oldi-sotdi jarayonida ma'lum bo'ladi;

- kichik biznes bilan shug'ullanuvchi tadbirkor o'z mablag'larini harakatga solib, bozorda qanday xavf-xatarga duch kelishi yoki yakuniy natija qanday bo'lishini aniq bilmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. BOBOEV A. Ch., BAZAROVA M. S. XORIJIY INVESTITSIYaLARNING JOZIBADORLIGINI OShIRISh //INTERNAUKA. - 2019. - №. 22-3. - S. 88-90.

2. BOBOEV A. Ch. ROL PREDPRINIMATELSTVA V RBINOChNOY EKONOMIKE //UChENLIY XXI VEKA. - 2017. - S. 76.

3. OLIMOVICH D. I., BAXTIYOROVICH T. M., CHORIEVICH B. A. DESCRIPTION OF TECHNOLOGICAL PROCESSES IN RESTAURANT SERVICES //JOURNALNX. - 2020. - T. 6. - №. 05. - S. 248-252.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

4. BOBOEV A. Ch., RAXMATOV Sh. A. EVOLYuSIYa TEORETIChE SKIX VZGLYaDOV O PREDPRINIMATEL SKOY DEYaTELNOSTI //FUNDAMENTALNBIE I PRIKLADNblE ISSLEDOVANIYa V SOVREMENNOM MIRE. - 2016. - №. 13-2. - S. 94-98.

5. BOBOEV A. Ch. BUXORODA TURIZMNI RIVOJLANTIRISh MASALALARI //INTERNAUKA. - 2017. - T. 8. - №. 12 ChAST 3. - S. 64.

6. BOBOEV A. Ch. O'ZBEKISTONDA TADBIRKORLIK SUB'EKTLARINING INNOVATSION FAOLLIGINI RAG'BATLANTIRISh YO'LLARI //INTERNAUKA. - 2018. - №. 20-2. - S. 82-84.

7. CHORIEVICH B. A. ISSUES OF FORMATION OF ENTREPRENEURIAL SKILLS IN GRADUATES OF HIGHER EDUCATION //EUROPEAN MULTIDISCIPLINARY JOURNAL OF MODERN SCIENCE. - 2022. - T. 6. - S. 183-187.

8. BOBOEV A. KIChIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNING HOZIRGI HOLATI //IQTISODIYOT VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR. -2017. - №. 2. - S. 214-220.

9. AZIMOV B. F., BOBOEV A. Ch., ABDULLAEV J. J. OPREDELENIE EKSPORTNLIX DRAYVEROV REGIONA PUTEM ANALIZA VNEShNETORGOVOGO OBOROTA BUXARSKOY OBLASTI //UChENLIY XXI VEKA. - 2022. - №. 7 (88). - S. 20-24.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.