Научная статья на тему 'IQTISODIYOTDA RAQOBATBARDOSHLIKNI OSHIRISHNING NAZARIY ASOSLARI'

IQTISODIYOTDA RAQOBATBARDOSHLIKNI OSHIRISHNING NAZARIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
4478
401
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Raqobat / Tovar / bozor konyukturasi / monopoliya / texnik taraqqiyot / xususiylashtirish / resurslar / innovatsion vazifa. / Competition / Brand / market conditions / monopoly / technical development / privatization / resources / innovative task.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Nabijonov Otabek Ganiyevich

Raqobat – ko‘p qirrali iqtisodiy hodisa bo‘lib, u bozorning barcha sub’yektlari o‘rtasidagi murakkab munosabatni ifodalaydi. Raqobat – bozor sub’yektlari iqtisodiy manfaatlarning to‘qnashuvidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi. Raqobat mavjud bo‘lishining boshqa shartlaridan biri tovar-pul munosabatlarinig ma’lum darajada rivojlangan bozor tizimida amal qilishidan dalolat beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THEORETICAL FUNDAMENTALS OF INCREASING COMPETITIVENESS IN THE ECONOMY

Competition is a multifaceted economic phenomenon that represents a complex relationship between all market participants. Competition is a conflict of economic interests between market participants, which means the struggle between them for higher profits and greater profitability. Another condition for the existence of competition is that the commodity-money relationship operates in a more developed market system.

Текст научной работы на тему «IQTISODIYOTDA RAQOBATBARDOSHLIKNI OSHIRISHNING NAZARIY ASOSLARI»

IQTISODIYOTDA RAQOBATBARDOSHLIKNI OSHIRISHNING NAZARIY

ASOSLARI

Nabijonov Otabek Ganiyevich

Toshkent davlat transport universiteti Iqtisodiyot fakulteti Iqtisod yo'nalishi 3-bosqich

talabasi

ANNOTATSIYA

Raqobat - ko'p qirrali iqtisodiy hodisa bo'lib, u bozorning barcha sub'yektlari o'rtasidagi murakkab munosabatni ifodalaydi. Raqobat - bozor sub'yektlari iqtisodiy manfaatlarning to'qnashuvidan iborat bo'lib, ular o'rtasidagi yuqori foyda va ko'proq naflilikka ega bo'lish uchun kurashni anglatadi. Raqobat mavjud bo'lishining boshqa shartlaridan biri tovar-pul munosabatlarinig ma'lum darajada rivojlangan bozor tizimida amal qilishidan dalolat beradi.

Kalit so'zlar: Raqobat, Tovar, bozor konyukturasi, monopoliya, texnik taraqqiyot, xususiylashtirish, resurslar, innovatsion vazifa.

THEORETICAL FUNDAMENTALS OF INCREASING COMPETITIVENESS

IN THE ECONOMY

Nabijonov Otabek Ganievich

Tashkent State Transport University, Faculty of Economics, 3rd year student of

Economics

ABSTRACT

Competition is a multifaceted economic phenomenon that represents a complex relationship between all market participants. Competition is a conflict of economic interests between market participants, which means the struggle between them for higher profits and greater profitability. Another condition for the existence of competition is that the commodity-money relationship operates in a more developed market system.

Keywords: Competition, Brand, market conditions, monopoly, technical development, privatization, resources, innovative task.

KIRISH

Bozor iqtisodiyoti o'zining yetuklik darajasi va rivojlanish xususiyatlaridan qat'i nazar, raqobatning mavjud bo'lishini taqozo qiladi. Shuningdek, bozor iqtisodiyoti rivojlanib borishi bilan raqobatchilik munosabatlari ham takomillashib, o'z shakllarini

o'zgartirib boradi. Muhtaram birinchi prezidentimiz I.A. Karimov raqobatning bozor iqtisodiyotidagi ahamiyatini ko'rsatib: "Raqobat bo'lmasa, bozor iqtisodiyotini barpo etib bo'lmaydi. Raqobat - raqobat bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki, uning qonunidir", deb ta'kidlaydi. Raqobat - bozor sub'yektlari iqtisodiy manfaatlarning to'qnashuvidan iborat bo'lib, ular o'rtasidagi yuqori foyda va ko'proq naflilikka ega bo'lish uchun kurashni anglatadi. Aksariyat hollarda raqobatning bevosita tovarlar yoki tarmoqlar o'rtasidagi kurash sifatida ta'riflaydilar: "Tovarlar hamda ularning ishlab chiqaruvchilari - firmalar, tarmoqlar, mamlakatlar o'zaro raqobatlashadilar. Shunga ko'ra, raqobat va raqobatbardoshlikni ham tovarlar, ham tovar ishlab chiqaruvchilarga nisbatan ko'rib chiqish mumkin"

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshlikni oshirish yo'lida ma'lumki, bugun jahon bozori konyukturasi keskin o'zgargan, globallashuv sharoitida raqobat kuchaygan davrda yashayapmiz. Bunday murakkab sharoitda respublikamizda ham makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, rivojlanishning yuqori o'sish darajasini ushlab turish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, ishlab chiqarilayotgan milliy mahsulotlar xaridorligiga erishish, milliy valyuta tushumini ko'paytirish kabi muhim vazifalar amalga oshirilib kelinmoqda. Ma'lumki, kurash - bu o'z manfaatini himoya qilish, raqibni yengib chiqish hamda g'olib bo'lish uchun harakat, turli vosita va usullarni ishga solish demakdir. Tovarlar esa, raqobat jarayonida o'zlarining raqobatbardoshlik xususiyatlarini bevosita o'zgartira olmaydilar, ya'ni kurasholmaydilar. Ularning bu jarayondagi ishtiroki passiv hisoblanadi. Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib ko'rsatish mumkin:

1)tartibga solish vazifasi;

2)resurslarni joylashtirish vazifasi;

3)innovatsion vazifa:

4)moslashtirish vazifasi;

5)taqsimlash vazifasi;

6) nazorat qilish vazifasi;

MUHOKAMA

O'zbekistonda samarali raqobat muhitini yaratish uchun quyidagilar bo'yicha chora - tadbirlarning amalga oshirilishi taqozo etiladi:

a) Iqtisodiyotda davlat monopolizmining har qanday namoyon bo'lishini maksimal darajada bartaraf etish. Buning uchun tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish tizimini takomillashtirish uchun nisbatan qulay shart - sharoitlarni yaratishga qaratilgan chuqur institutsional islohotlar zarur;

b) Bozor sharoitida vujudga kelayotgan monopoliyalarning bozordagi o'z ustunlik mavqeyilarini suviste'mol qilish imkoniyatlarining oldini olish. Davlat muassalari raqobatning rivojlanishini ta'minlashlari lozim. Busiz samarali innovatsiyalar, past xarajatlar va narxlar, mahsulotning yuqori sifatiga erishish, boshqacha qilib aytganda, butun iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish mumkin emas.

NATIJA

O'zbekistonda davlatning raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan siyosatida xususiylashtish, davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa shakllarini vujudga keltirish asosiy o'rin tutadi. Xususiylashtirish natijasida, birinchidan, mulk o'z egalarining qo'liga topshirilsa, ikkinchidan, ko'p ukladli iqtisodiyod va raqobatchilik muhitini vujudga keltiradi. O'zbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirishning asosiy yo'li, bu raqobatni inkor qiluvchi davlat monopoliyasidan nodavlat, turli xo'jalik shakllarining mavjudligiga asoslangan va iloji boricha erkin raqobatni taqozo etuvchi bozor iqtisodiga o'tishdir. Bu yerda esa raqobatchilik munosabatlarini shakllantirish, mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilarning paydo bo'lishini taqozo qiladi, chunki raqobatning asosiy sharti alohidalashgan, mulkiy mas'uliyat asosida o'z manfaatiga ega bo'lgan va tadbirkorlik tahlikasini zimmasiga oluvchi erkin xo'jalik sub'yektlari mavjudligi, ularning bozor orqali aloqa qilishidir. Dunyo mamlakatlari iqtisodiy rivojlanishining qaysi modelini tanlamasin milliy iqtisodiyotning jahon xo'jaligidagi mavqeyi uning raqobatbardoshlik darajasi bilan belgilanadi. Xalqaro raqobat texnik taraqqiyotning muhim omili hisoblanadi va uning ta'sirida ishlab chiqarish, boshqaruv texnologiyalarining doimiy yangilanib borish davom etadi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotb turlari yangilanadi va sifati oshib boradi.

XULOSA

O'zbekistonda tashqi va ichki mahsulot hamda xizmatlar bozorlarida o'zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning raqobarbardoshlikni oshirish masalalari bo'yicha xalqaro ilmiy-amaliy seminar bo'lib o'tdi. O'zbekiston respublikasini 20172021 yillarda rivojlantirish strategiyasiga ko'ra "Iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma - bosqich kamaytirish; prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o'zgartirish, shu asosda ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta'minlash" ga kengroq e'tibor berilmoqda.

REFERENCES

1. Iqtisodiyot nazariyasi. Sh.Sh. Shodmonov, U.V. G'afurov.

2. Iqtisodiyot nazariyasi. B.Y.Xodiyev, Sh.Sh. Shodmonov; Toshkent-2017.

3. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar. A.V. Vaxabov, D.A. Tadjibayeva, Sh.X. Xajibakiyev; Toshkent-2015.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.