Научная статья на тему 'CHET EL ELEMENTI BILAN MURAKKABLASHGAN LIZING MUNOSABATLARIDA LIZING TUSHUNCHASI VA UNING HUQUQIY ASOSLARI'

CHET EL ELEMENTI BILAN MURAKKABLASHGAN LIZING MUNOSABATLARIDA LIZING TUSHUNCHASI VA UNING HUQUQIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
224
61
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
lizing / xalqaro lizing / tadbirkor / investitsiya / tushunchalar / shartnoma / lizing shartnomasi. / leasing / international leasing / entrepreneur / investment / concepts / contract / leasing agreement.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Nodir Sobir O’g’li Yusupov

Ushbu maqolada xalqaro lizingga oid munosabatlarda lizing tushunchasi va unga turli xil olimlarning ilmiy qarashlari asosida shakllangan ta`riflar berib o`tilgan. Shuningdek, xalqaro lizingga oid munosabatlarni tartibga solish yuzasidan keng xorijiy tajriba tahlil qilingan. Ushbu tahlillar natijasida O`zbekiston lizing munosabatlarini takomillashtish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE CONCEPT OF LEASING IN A LEASING RELATIONSHIP COMPLICATED BY A FOREIGN ELEMENT AND ITS LEGAL BASIS

This article gives the concept of leasing in international leasing relations and its definitions, formed on the basis of scientific views of various scientists. Extensive foreign experience in regulating international leasing relations was also analyzed. As a result of the analysis, proposals and recommendations were developed to improve leasing relations in Uzbekistan.

Текст научной работы на тему «CHET EL ELEMENTI BILAN MURAKKABLASHGAN LIZING MUNOSABATLARIDA LIZING TUSHUNCHASI VA UNING HUQUQIY ASOSLARI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

CHET EL ELEMENTI BILAN MURAKKABLASHGAN LIZING MUNOSABATLARIDA LIZING TUSHUNCHASI VA UNING HUQUQIY

ASOSLARI

Ushbu maqolada xalqaro lizingga oid munosabatlarda lizing tushunchasi va unga turli xil olimlarning ilmiy qarashlari asosida shakllangan tariflar berib o'tilgan. Shuningdek, xalqaro lizingga oid munosabatlarni tartibga solish yuzasidan keng xorijiy tajriba tahlil qilingan. Ushbu tahlillar natijasida Ozbekiston lizing munosabatlarini takomillashtish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: lizing, xalqaro lizing, tadbirkor, investitsiya, tushunchalar, shartnoma, lizing shartnomasi.

THE CONCEPT OF LEASING IN A LEASING RELATIONSHIP COMPLICATED BY A FOREIGN ELEMENT AND ITS LEGAL BASIS

This article gives the concept of leasing in international leasing relations and its definitions, formed on the basis of scientific views of various scientists. Extensive foreign experience in regulating international leasing relations was also analyzed. As a result of the analysis, proposals and recommendations were developed to improve leasing relations in Uzbekistan.

Keywords: leasing, international leasing, entrepreneur, investment, concepts, contract, leasing agreement.

Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishning, texnik va texnologik qayta jihozlashning, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini jadal yangilashning yangi va noan'anaviy usullarining joriy etilishi eng ustuvor va muhim masaladir. Shu bois ham kichik biznesni jadal va barqaror rivojlantirish tadbirkorlardan mulkka egalik qilishi bilangina cheklanmay, balki undan samarali foydalanish zarurligini ko'rsatmoqda. Bugunda respublika iqtisodiyotini rivojlantirishda mulkchilik munosabatlarining mulkdan foydalanish va unga egalik qilishning o'ziga xos "lizing" ko'rinishi jadallik bilan rivojlanib bormoqda. O'zbekistonda lizing munosabatlari ravnaqi jahon

Nodir Sobir o'g'li Yusupov

Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

iqtisodiyotidagi iqtisodiy-siyosiy sektorga xos bo'lgan alohida xususiyatlari bilan tasniflanadi.

Hozirda mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini yanada rivojlantirish, qishloq xo'jaligi sohasida fermer xo'jaliklari va klasterlarni texnika bilan ta'minlashning moliyaviy usuli sifatida lizing munosabatlarini mamlakat iqtisodiyotiga joriy etish o'z dolzarbligini yo'qotmagan.

O'z navbatida tadbirkorlik faoliyati bilan shug'illanuvchi sub'ektlarni moliyaviy jihatdan ta'minlash orqali ulardagi mavjud iqtiodiy inqiroz yoki yetarli darajada aylanma pul mablag'larining mavjud emasligi lizingga bo'lgan ehtiyojni kuchaytiradi. Lizing - asosiy ishlab chiqarish vositalarini zudlik bilan yangilash, korxonalarni zamonaviy texnologiyalar bilan ta'minlash va ularni joriy etish, shu asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati hamda hajmini keskin oshirishga yordam beradi.

Ta'kidlab o'tish lozimki, o'tgan vaqt davomida mamalakatimizda lizing munosabatlarini huquqiy tartibga soluvchi maxsus qonun ishlab chiqildi. Bundan tashqari, tegishli davlat organlari tomonidan lizing amaliyotini yoki lizing bozorini qo'llab quvvatlashga doir qonunosti xujjatlari qabul qilindi va shu asoada chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda, lizing mahsulotini ishlab chiqaruvchilar va iste'mol qiluvchilar, shuningdek moliyaviy vositachilar, biznesning shu turi bilan shug'ullanuvchilar uchun bir qator muhim masalani hal etuvchi biznesning alohida turi sifatida qaraladi. O'zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini moliyalashning yangi usulini keng qo'llash, shuningdek chet el lizing tajribasidan to'g'ri foydalanish uchun, bizning nazarimizda lizing munosabatlar iqtisodiy mazmun -mohiyatini chuqur anglash lozim bo'ladi. Lizing mohiyatini to'g'ri tushunish, uning tabiatini atroflicha o'rganish, zamonaviy bozor iqtisodiyotida barcha funksiyalarini bajarish, milliy iqtisodiyotda uni keng tadbiq etish va rivojlantirish uchun huquqiy, iqtisodiy va boshqa sharoitlarni yaratish imkonini beradi.

«Lizing» so'zi inglizcha so'zdan olingan bo'lib, «mulkni ijaraga berish» yoki «mulkni ijaraga olish» ma'nolarini bildiradi. Ba'zi manbalarda ta'kidlanishicha, mashina, jihoz, transport vositalari va boshqa ishlab chiqarishga taalluqli harakatlanuvchi mulkni uzoq muddatli ijaraga olish tushuniladi.1

Bir qator maxsus adabiyotlarda ham shunga yaqin ta'rif beriladi, ularning mualliflari, lizing biznesiga xos ijara muddatliligini ta'kidlaydilar. Biroq o'z mohiyatiga ko'ra, bu munosabatlarning kredit xususiyatiga ega bo'lgan tabiatini

1 Barbara B.Low. Leasing Sourcebook, The Directory of the U.S. Capital Equipment Leasing Industry. - Cleveland, Ohio.: - 1994.,

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

ko'pincha inkor etadilar. Ko'pchilik mualliflar lizingning mohiyatini ochib beruvchi o'ziga xos xususiyatlarni nazardan chetda qoldiradilar. Ma'lumki, lizing oddiy ijara emas, balki bu -uning o'ziga xos-kreditga yaqinlashtiruvchi iqtisodiy instrumentlardan biri sanaladi. Ijaradan farqli o'laroq lizingda, qoidaga ko'ra, uchta va undan ortiq sub'ekt qatnashadi: uskunalarni yetkazib beruvchi, lizing (moliya) kompaniyalari va foydalanuvchilar.

Iqtisodchilar orasida, «lizing-ijara haqidagi oddiy kengaytirilgan, bitim» yoki «ijara butun muddati mobaynida ijaraga oluvchining mulkka egalik huquqi saqlangan ijara shartnomasi» yoki «lizing ijara munosabatlarining alohida turi» deb hisoblovchilar ham mavjud.2

Chet el adabiyotlarida lizingning boshqacha ta'rifi ham uchraydi. Ba'zi iqtisodchilar lizingni ko'chma va ko'chmas mulkni ijaraga berish bo'yicha, ko'zda tutuvchi kontraktni uni ijaraga oluvchiga sotilishini mumkinligining bir turi deb hisoblaydilar. Adabiyotlarda mulkni xususiy qilib sotib olish va keyinchalik ma'lum to'lov asosida vaqgincha foydalanishga berish tufayli yuzaga keluvchi mujassama mulkiy munosabatlar lizing deb ataladi, degan fikrlar ham uchraydi. Shunday qilib, lizingning mohiyatini belgilashda olimlar va mutaxassislar hali yagona bir fikrga kelinmaganliklari haqida xulosa qilish mumkin. Buning oqibatida lizingning mazmuni va ahamiyati nazariyotda ham, amaliyotda ham turlicha talqin etilmoqda. Ba'zi mualliflar lizingga tadbirkorlik faoliyatini kreditlashning alohida va o'ziga xos usuli sifatida qaraydilar, boshqalar esa uni uzoq muddatli ijara yoki uning bir shakliga to'liq o'xshagan deydilar, uchinchi bir toifa mualliflar esa ishlab chiqarish vositalari oldi-sotdisining yoki begona mulkdan foydalanish xukuqining xufyona usuli, to'rtinchi mualliflar tomonidan esa lizingni boshqaning hisobidan faoliyat ko'rsatish, ya'ni birovning mulkidan ishonch bildiruvchining topshirig'iga ko'ra foydalanish va uni boshqarish deb baholaydilar.

Lizingni bu darajada keng yoyilishi va uning bozor iqtisodiyoti tuzilmasidagi o'rnini izohlash uchun quyidagi asosiy shart-sharoitlarni ta'kidlab o'tish lozim: lizing -moliyalashtirishning g'oyatda qadimiy shakli bo'lib, o'z taraqqiyoti davomida bir necha bosqichlarni bosib o'tgan va shu yo'l bilan o'zining ahamiyatini, xo'jalik yuritishning turli bozor tizimlariga moslasha olishini isbotlagan.

Afsuski, yuqorida keltirilgan ta'riflarning barchasida lizing munosabatlarning biron bir tomoni bayon kilinadi, ularning birontasi ham lizingning iqtisodiy mohiyatini to'liq ifodalash bo'yicha uning belgisi va funksiyasini lo'nda va qisqa tushunchasini bera olmaydi. Bizning fikrimizcha lizingning mohiyatini chuqur tushunish va unga

2 Rishard F.Vancil. Leasing of Industrial Equipment. - New York.: Norton, 1963. - R.389.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

to'g'ri ta'rif berish uchun lizingning yuzaga kelish tarixiga e'tibor berish lozim deb o'ylaymiz, lizing munosabatlari paydo bo'lgan moliyaviy-iqtisodiy muhitni hisobga olish, shuningdek, lizing munosabatlari yuzaga kelgan va rivojlangan mamlakatlardagi makroiqisodiy vaziyatni idrok etish lozim bo'ladi.

Bizning fikrimizcha, klassik lizing biznesi evolyusiyasining asosiy bosqichlari va ularning iqtisodiy shart - sharoitlarini quyidagicha tasvirlash mumkin:

I bosqich 1877 - 1952 yillarni o'z ichiga oladi. Aynan shu davrda, avstriyalik tadqiqotchi V.Xoyerning fikricha,«lizing» atamasi hozirgi muomalaga kirdi . 1877 yilda AQShda tovarlarni faqat ijaraga berishga asoslangan shartnomalar tizimi asosida -«lizing» vujudga keldi, «Bell» telefon kompaniyasi telefon apparatlarini sotish emas, balki ularni ijaraga berishga qaror qildi. V.G.Gazman ta'kidlab ko'rsatganidek, bu qadar oddiy operatsiya faqat aloqaning rivojlanishiga kuchli ta'sir etdi, deyish noto'g'ri bo'lar edi. Chunki o'ziga xos moliyaviy xizmatlar ko'rsatishdan keladigan foyda yangi texnika ishlab chiqaruvchilarda katta qiziqish uyg'otdi, ular asbob - uskunalarni ijaraga berishga yuqori baho berdilar, chunki bu ularni oddiy sotishdan farqli ravishda, «nau -xau» dan foydalanishga bo'lgan monopol huquqini himoyalashga imkon berar edi .

Birinchi mustaqil lizing kompaniyasi bo'lgan «Yunayted Steyts Lizing Korporeyshn» 1952 yilda San - Fransisko shahrida ro'yxatdan o'tkazildi. Tezda ushbu voqeaning davomchilari juda ko'payib ketdi va ijaraga munosabatlarida haqiqiy rivojlanish jarayoniga sabab bo'ldi. Bu yerda shuni ham qayd etish zarurki, mazkur bosqich keyingi davrlarda ko'p jihatdan savdo va xizmat ko'rsatish sohalarida faoliyat ko'rsatuvchi lizing korxonalarning rivojlanishi va faoliyati uchun tashkiliy asos bo'ldi.

II bosqich 1950-1974 yillarni o'z ichiga oladi. Bu davrda lizing infratuzilmasining shakllanishi bilan bog'liq lizing tadbirkorligi dinamikasining asosiy yo'nalishi uning kapital qo'yilmalarini moliyalashtirish vositasi sifatida qo'llanilishida namoyon bo'ldi. Jahon bozor iqtisodiyotida bu jarayon quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi. Jumladan AQSh va G'arbiy Yevropa mamlakatlarida urushdan keyingi iqtisodiy vaziyat bilan bog'liq bo'lgan: likvid mablag'lar hajmining yetarli emasligi; raqobatning keskinlashuvi; korxonalar foydasining kamamayishi; iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish maqsadlarida davlatning investitsiya siyosatini tartibga solishga katta e'tibor qaratishi.

Xorijiy mamlakatlarning tajribasidan ma'lumki, investitsiya siyosatiga ta'sir ko'rsatishning asosiy iqtisodiy vositasi soliq va amortizatsiya imtiyozlari bo'ldi. Soliq imtiyozlarining ta'siri, ob'ektning xizmat muddati bazasi e'tiborga olinmay, hisoblanadigan tezkor amortizatsiya usulining qo'llanishi lizingda iqtisodiy jihatdan foydali bo'lib chiqdi. Buning diqqatga sozovor joyi shuki, ushbu foyda lizing bitimining barcha ishtirokchilari uchun baravar foydali edi.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

Lizing beruvchi soliq imtiyozlariga ega bo'lar, voholanki agar u aynan shu asbob - uskunani sotib olgandagina, boshqa hollarda unga bunday imtiyoz berilmas edi. O'z navbatida, bundan lizing oluvchi ham yutar edi, chunki soliq imtiyozlarini hisobga olganda lizing beruvchi stavkalarini kamaytirishi mumkin edi, ushbu stavkalar esa bankning qayta moliyalashtirish stavkasi foizlaridan 1,5-2 baravar kam bo'lishi mumkin edi. Bundan tashqari, lizing beruvchi asbob - uskunalar bo'yicha 10 foizlik imtiyoz olish huquqini ham qo'lga kiritar edi, lizing to'lovlari so'mmasi esa foydalanuvchining soliqqa tortiladigan umumiy daromadidan chegirib tashlanar edi.

Shunday qilib, soliq va amortizatsiya qonunlari lizingni rivojlantirish jarayonini qo'llab - quvvatlashga sabab bo'ldi. Imtiyozlar qanchalik ko'p berilsa ushbu mamlakatlarda lizing shu qadar tez rivojlanadi.

II bosqichning oxiriga kelib lizing sohasidagi tadbirkorlik dinamikasining asosiy yo'nalishlarini yangilash va yana rivojlantirish sari o'zgardi. Bunda fan - texnika taraqqiyoti katta ahamiyat kasb eta boshladi. Fan - texnika taraqqiyoti ta'sirida ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash boshlandi, bu esa ishlab chiqarishga ayniqsa elektron - hisoblash texnikalarni ishlab chiqarish sohasiga kapital qo'yilmalarning o'sishiga olib keldi va texnika transport vositalari bilan bir qatorda lizingning birinchi ob'ektlaridan biriga aylandi. Shubhasiz, bu g'oyatda qimmatbaho bo'lgan asbob - uskunalardan foydalanish aynan lizing operatsiyalarining keng tarqalishi tufayli mumkin bo'ldi. Lizing oluvchi ushbu texnikadan vaqtincha foydalanish yo'li bilan o'z ishlab chiqarish muammolarini tez hal qilish imkoniyatlariga ega bo'ldi. Bundan tashqari, lizing tufayli alohida texnikanigina emas, balki jamlangan texnologiyalardan ham foydalanish mumkin bo'ldi. Ayni paytda eng ilg'or texnologiyalarni qo'lga kiritish, uni o'zlashtirish va yuksak texnik saviyada saqlash uchun ham sharoitlar yaratildi. Assortimentning bir necha marotaba kengayishi va mahsulotning tabaqalashuvi, kichik va o'rta firmalarning ko'pligi lizing korxonalarining samarali faoliyat ko'rsatishiga imkoniyat yaratdi.

Ichki va tashqi bozorlarda raqobat kuchayib borayotgan sharoitlarda texnikani iste'molchilarga qanday moliyaviy shartlar bilan taklif qilinishiga katta ahamiyat berila boshladi. Sanoat va savdo kompaniyalarining muntazam o'zgarib turuvchi talabini endilikda faqatgina kredit muassasalarining klassik operatsiyalari hisobiga to'liq qondirish mumkin bo'lmay qoldi. Xo'jalik yuritish manbalaridagi ustuvor yo'nalishlar lizing foydasiga o'zgara boshladi. Yuqorida tavsiflab o'tilgan omillar va ularning ta'siri lizingning ahamiyatini kuchaytirib yubordi.

Lizing tadbirkorligining rivojlanishidagi III bosqich 1973-74 yillardagi iqtisodiy inqiroz davrida boshlanib, bu davrda, 1980-82 yillardagi ham monopoliyalarning lizing

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

biznesi bilan munosabatlarini qayta ko'rib chiqish jarayoni jadallashdi va lizing rivojlanishi faoliyat sohasining kengayishi bilan bog'liq bo'ldi.

AQSh va G'arbiy Yevropa mamlakatlarida yuz bergan inqirozlar asosiy kapital tuzilmasining iqtisodiy taraqqiyotdagi yangi sharoitlarga nomuvofiq ekanligini ko'rsatdi. Ye.V.Kabatovaning fikricha buning bir necha sababi bor edi, lekin ularning orasida eng muhimlari asosiy ishlab chiqarish fondlarining aksariyat qismi jismonan eskirganligi; energetik inqirozi tufayli narxlarni ko'tarilishi oqibatidagi jadal ma'naviy eskirish (uning ta'siri ostida ko'p energiya talab qiladigan asbob - uskunalardan foydalanish qimmatga tushadigan bo'lib qoldi va ularning qadri tushib ketdi); yangi avlod asbob uskunalarining paydo bo'lishi. Ko'pchilik firmalarga xos bo'lgan ishlab chiqarish va marketing infratuzilmasi sifat jihatdan yangi texnologiyalar talab va taklif konyukturasi dunyosi bilan almashdi, bularning barchasi xo'jalik yurituvchi sub'ektlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarda katta o'zgarishlarga olib keldi. Lizing faoliyatining ijtimoiy tuzilmasida muhim o'rin egalladi. Davlat tomonidan lizing biznesini qo'llab -quvvatlash kuchaydi ushbu holat ayniqsa 70 yillarning oxirlarida yaqqol sezila boshlandi, bu esa ko'p jihatdan mahsulotni sotish muammosining keskinlashuvi bilan

"5

bog'liq edi.

Inqiroz sharoitlarida zarur resurslardan samarali foydalanish, iste'molchilar doirasini kengaytirish va yangi sotuv bozorlarini egallash maqsadlarida lizing moddiy, texnika ta'minotining nafaqat joriy, balki qo'shimcha foyda olish bilan bog'liq uzoq muddatli vazifalarni ham xal qilishning asosiy manbaiga ayladi. Bu davrda moliyaviy qiyinchilikka duchor bo'lgan kichik firmalar bilan bir qatorda ulkan resurslarga ega bo'lgan yirik kompaniyalar ham lizing xizmatlariga murojaat qildi. Yirik kompaniyalarning lizingga bunday e'tibor berishlariga asosiy sabab ularning ishlab chiqarish hajmini oshirish va yangi sotuv bozorlarida mustaxkam o'rnashib olishiga intilishi edi.

Bu bosqichda banklar ham asta sekin bunday operatsiyalarga qo'shila boshladilar. Ular lizing kompaniyalarga kreditlar ajrata boshladilar va dunyoning ko'pgina yetakchi banklari lizing bo'yicha maxsus bo'limlar yoki lizing kompaniyalarni tashkil qildilar. Masalan, «Siti benk» o'zining lizing kompaniyasi va bu kompaniyaning shu'ba filiallari orqali «Interneshnl Xorvestr» korporatsiyasining o'ta quduratli traktor texnikasini lizingga berish bilan shug'ullandi.

Ayrim mutaxassislar lizing — asosiy fondlarga kapital qo'yilmalarni ixtisoslashgan lizing kompaniyalar vositachiligida moliyalashning o'ziga xos shakli,

3 Kukushkin V.M. Pravovoe regulirovanie lizingovbix otnosheniy v Rossiyskoy Federatsii. Avtoref. dis... kand. yur. nauk. - Yekaterinburg: 2005. - 24

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

ular uchinchi shaxs uchun muayyan tovarga egalik huquqini sotib oladi va unga qisqa, o'rtacha va uzoq muddatga ijaraga beradi.

Boshqa manbalarda, lizing vaqincha bo'sh turgan yoki jalb etilgan mablag'ni investitsiyalashga yo'naltirilgan tadbirkorlik faoliyatining alohida turidan iborat deb ta'riflanadi, bunda moliyaviy ijara shartnomasi (lizing) bo'yicha bitta shaxs bitimda kelishilgan mulkni ma'lum sotuvchidan xususiy mulk qilib olish majburiyatini oladi va tadbirkorlik maqsadida vaqtincha foydalanish uchun bu mulkni boshqa shaxsga berib turadi.

Shuningdek, bizning fikrimizcha lizingga ta'rif beruvchi mualliflarning ixtisosligi va kasbiy mavqeini ham hisobga olish kerak. Xususan, huquqshunoslar lizingga o'zicha ta'rif beradilar, iqtisodchilar boshqacha yondashadi, moliyachilar esa buni mutlaq o'zgacha belgilaydilar. Bundan tashqari, yana shuni hisobga olish kerakki, lizing munosabatlarida turli ishtirokchilar-lizing beruvchilar, lizing oluvchilar va moliyaviy vositachilarning qarashlarini ham e'tibordan chetda qoldirmaslik lozim deb hisoblaymiz, sababi lizing operatsiyalarini amalga oshirish jarayonida bevosita lizing beruvchilar, lizing oluvchilar va moliyaviy vositachilar o'rtasida to'g'ridan to'g'ri lizing operatsiyalari amalga oshiriladi.

Haqiqatdan ham lizing munosabatlari mulk sohiblarining ikki muhim xuquqiy egalikka-mulkdan foydalanish, ya'ni daromad va boshqa foyda olish maqsadi bilan bog'liq tarzda qo'llash va mulkka egalik huquqi bilan, shaxsning xususiy mulk sub'ekti ustidan hukmronlik hukuqiga ajralishi imkoniga asoslangan.

Lizing mohiyatini quyidagi ibora orqali ifoda etsa bo'ladi: "Boylik, mol-mulkka egalik qilishdan emas, balki undan samarali foydalanishdan iborat bo'ladi". Mazkur jumla lizingning asosiy g'oyasini to'liq namoyon etadi. Korxona yoki tadbirkorga ishlash va daromad topish uchun mol-mulkka egalik qilish shart emas, balki muayan muddat davomida undan foydalanishning o'zi kifoyadir. Bu ayniqsa asbob-uskunani sotib olish uchun moliyaviy imkoniyatlari cheklangan korxonalar uchun muhimdir. Lizing mehanizmi bunday korxonalarga asbob - uskunalardan muayyan muddat davomida maqbul miqdorida lizing to'lovlari evaziga foydalanish huquqini qo'lga kiritish imkoniyatini beradi. Shuningdek, ushbu asbob-uskunadan foydalanish muddati tugagandan so'ng uni korxonaning mulkiga o'tkazish imkoniyati ham mavjud.

Xususan O'zbekiston iqtisodchi olimlaridan professor D.G'.G'ozibekov shunday ta'rif bergan "Lizing milliy iqtisodiyot va millatlararo iqtisodiyotlar doirasidagi ijara vositasida moliyaviy resurslarni makon va zamonda taqsimlash hamda qayta taqsimlashdagi mulkiy munosabatlar majmuasidir" deb qayd qilgan

Yuqorida turli olimlar va mutaxassislar tomonidan bildirilgan fikrlar va lizing nazariyasi va amaliyotini o'rgangan holda lizingga quyidagicha ta'rif bermoqchimiz:

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

Lizing bu kapital oqimini to'g'ri yo'naltirib beruvchi moliyaviy biznesning bir turi bo'lib, unda uch va undan ortiq yuridik shaxslar o'rtasida kelishilgan holda tuziladigan huquqiy jarayon hisoblanib, moddiy ko'rinishdagi kapitalni bir shaxsdan ikkinchi shaxsga foydalanish, tassaruf etish hamda egalik qilish huquqini beruvchi investitsional faoliyatdir.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki lizing rivojlanishning turli bosqichlarida turli xil yondashuvlar asosida talqin etildi, bunga asosiy sabablardan biri iqtisodiy inqiloblar natijasida aholining moddiy ne'matlarga bo'lgan ehtiyoji tobora ortib borib, moliyaviy imkoniyatlar qisqara borishi natijasida jamiyatdagi ishlab chiqarish vositalari nomutanosib ravishda taqsimlanishi yuzaga kela boshladi. Albatta bunday holatni optimal yechimga ega bo'lgan moliyaviy richaklar asosida oldini olish zarur edi, buni yechimi tadbirkorlar tomonidan o'ylab topilgan ijara munosabati edi. Dastaval bu munosabatlarga nisbatan shunchaki ijara faoliyati tushunchasi sifatida qaralgan bo'lsa keyinchalik ijara keng tushuncha ekanligi, moliyaviy investitsiyalashning jozibadorligini oshirish doirasida yuqori samaradorlikka ega bo'lgan tizim sifatida qaralib uning huquqiy amalga oshirish doirasi kengaytirishga, moliyaviy ijara tushunchasini bugungi zamon talablari asosida tarqalishiga zamin bo'ldi.

Lizing institutlari endigina rivojlanayotgan O'zbekistonda bozor munosabatlarining qonunchilik negizini shakllantirish bilan birga lizingni ham tadbirkorlikning alohida turiga aylantirish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biriga aylanib bormoqda. Shu sababli, bizning nazarimizda, lizingni investitsiyalash va moliyalashtirishning nazariy jihatlarini to'liq o'zlashtirish lizing munosabatlarini bugungi kun amaliyotiga qo'llash muhim ahamiyat kasb etadi.

Shundan kelib chiqib moliyaviy munosabatlarni rivojlantirishda lizing muammosi murakkab, ko'p qirrali, qadimiy munosabatlardan biri bo'lib, uning hozirgi zamondagi mazmun - mohiyatini, yo'naltirilganligini, tashkil qilish sharoitlarini aniqlash takomillashtirish zamon talabidir.

1. Giovanoli M. Le credit-bail (leasing) en Europe: developpement et nature juridique. -Paris.: -1980.,

2. Richard M.Contino. Negotiating Business Equipment Leases-Insider Strategies For Getting the Best Deal. - New York / McGraw-Hill, 1995.,

3. Howard E.Kane., Peter A.Levy, Thomas H.Fraerman. Illinois Real Estate Leasing Forms: Practice // Publisher: LEXIS Law Pub. Date: January. -1994.,

4. Frank J.Fabozzi. Equipment Leasing. - New York.: Dow-Jones, 1997. - R.132.

5. Gazmanov V.D. Lizing: teoriya, praktika, kommentarii - M.: Fond

FOYDALANILGAN DABIYOTLAR

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

6. "Pravovaya kultura", 1997g.

7. 3.9.Gazmanov V.D. «Rtinok lizingovtix uslug». - M.: Fond «Pravovaya kultura», 1999g.

8. 3.10. Nabiev E.G'.,Marpatov M.D Lizing g'oyasi, tarixi, huquqiy asoslari va amaliyoti. T:, «O'AJBNT» Markazi, 2004y.

9. Kabatova Ye.V. Lizing: pravovoe regulirovanie, praktika. - M .: Infra - M, 1998g.

10. Gazibekov D.G., Sabirov O.Sh. Lizing i yego razvitie v Uzbekistane - T.: Moliya, 2001y.

11. G'ozibekov D. G'., Sobirov O.Sh., Mo'minov A.G., Quljonov O.M.

12. Lizing munosabatlari nazariyasi va amaliyoti. - T .: «Fan va tehnologiya» 2004y.

13. Goremikin V.A. Lizing: Uchebnik. - M.: Dashkov i K, 2008g. -944s.

14. Djuxa V.M. Lizing. - Rostov n/D.: Feniks, 1999g. - 320 s.

15. Chekmareva Ye. Lizingoviy biznes - M.: Ekonomika, 1994g. - 127s.

16. Vitryanskiy V.V. Dogovor arendti i yego vidti: prokat, fraxtovanie na vremya, arenda zdaniy, soorujeniy i predpriyatiy, lizing. - M.: Statut, 1999.,

17. Kabanova Ye.V. Lizing: pravovoe regulirovanie, praktika. - M.: Infra-M, 1998.,

18. O.T.Hazratqulov. Xalqaro moliyaviy lizing shartnomasi /O'quv qo'llanma.-Toshkent.:TDYuI, 2010. 66-bet.

19. Gulyamov, S., & Yusupov, S. (2022). Issues of Legal Regulation of Robotics in the Form of Artificial Intelligence. European Multidisciplinary Journal of Modern Science, 5, 440-445.

20. Gulyamov, S. S., Rustambekov, I., & Bozarov, S. S. (2020). LEGAL BASES FOR BUSINESS ACTIVITIES IN FREE (SPECIAL) ECONOMIC ZONES OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 17(10), 1884-1895.

21. Qobiljon o'gTi, A. A. (2021). The Concept, Types and Licensing Procedures of Activities that Must Be Licensed in International Investment Law. International Journal of Development and Public Policy, 1(6), 188-193.

22. Alijonov, A. (2021). DECISIONS (COMPENDIUMS) OF INTERNATIONAL ORGANIZATIONS AS A SOURCE OF INTERNATIONAL INVESTMENT LAW. 36ipHUK HayKoeux npavlb SCIENTIA.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.