Научная статья на тему 'IJARAGA OLINGAN ASOSIY VOSITALARNI HISOBGA OLISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

IJARAGA OLINGAN ASOSIY VOSITALARNI HISOBGA OLISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
2003
211
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
buxgalteriya hisobi / ijara / ijara shartnomasi / ijaraga olingan mulk / baholash / lizing.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Boburmirzo Boxodirjon O‘g‘li Madazimov

Hozirgi vaqtda zamonaviy iqtisodiy islohotlar sharoitida ijara munosabatlari keng tarqaldi, chunki baʼzi kompaniyalar zarur mulkni sotib olish uchun moliyaviy imkoniyatlarga yega boʻlmasligi mumkin, boshqalari esa oʻz mulkidan foydalanmaydi va uni foydalanish uchun ijaraga berishga tayyor. Tadqiqot obyekti asosiy vositalarni ijaraga berishni hisobga olishning mohiyati, maqsad va vazifalari, shuningdek mulkni ijaraga berish bilan bogʻliq muammolar va ijaraga olingan obyektlarni hisobga olish va baholash masalalariga bagʻishlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IJARAGA OLINGAN ASOSIY VOSITALARNI HISOBGA OLISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

IJARAGA OLINGAN ASOSIY VOSITALARNI HISOBGA OLISHNING

O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Boburmirzo Boxodirjon o'g'li Madazimov

Farg'ona politexnika instituti

ANNOTATSIYA

Hozirgi vaqtda zamonaviy iqtisodiy islohotlar sharoitida ijara munosabatlari keng tarqaldi, chunki ba'zi kompaniyalar zarur mulkni sotib olish uchun moliyaviy imkoniyatlarga yega bo'lmasligi mumkin, boshqalari esa o'z mulkidan foydalanmaydi va uni foydalanish uchun ijaraga berishga tayyor. Tadqiqot obyekti asosiy vositalarni ijaraga berishni hisobga olishning mohiyati, maqsad va vazifalari, shuningdek mulkni ijaraga berish bilan bog'liq muammolar va ijaraga olingan obyektlarni hisobga olish va baholash masalalariga bag'ishlangan.

Kalit so'zlar: buxgalteriya hisobi, ijara, ijara shartnomasi, ijaraga olingan mulk, baholash, lizing.

Kirish. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida muhim o'rin tutadigan jahon andozalari darajasidagi yangi texnika bilan ta'minlashda moliyaviy mablag'lar bilan ishtirok etayotgan moliya institutlari, shu jumladan, xo'jalik subyektlarining ijara (lizing) munosabatlariga faol jalb etilayotganligi ko'zga tashlanmoqda. [9]

Iqtisodiyotdagi xo'jalik yurituvchi subyektlar, jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik egalari har doim ham kredit olish imkoniyatiga eg a bo'lavermaydi. Shu sababli, noan'anaviy moliyaviy vositalar ijarasining bir turi bo'lgan lizing xizmatiga ehtiyoj paydo bo'ldi. Ushbu xizmat turi ham mijozlar, ham tijorat banklari uchun birmuncha ma'qul bo'lganligi sababli, rivojlana boshladi. Bunday operatsiyalarning rivojlanishi tufayli xo'jalik yurituvchi subyektlarda amalga oshirilayotgan ijara muomalalari hisobini yanada takomillashtirish zaruriyati paydo bo'ldi.

Hozirgi kunda ijara ko'pgina davlatlarning korxonalarining investitsion siyosatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ijara operatsiyalari bilan to'yinganlik va keng yoyilganligi mamlakatning iqtisodiyotini rivojlanganligi ko'rsatuvchi o'ziga xos ko'rsatkich hisoblanadi. [10-15]

Ishlab chiqarish quvvatlarini zamonaviy va samarali mashinalar, asbob-uskunalar bilan almashtirish muhim vazifalardan biridir. Dunyoda ushbu masalalarni yechishda zamonaviy va yuqori samarali texnika va texnologiyalarni moliyaviy ijara shartnomasi bo'yicha xarid qilish muhim rol o'ynaydi. O'z navbatida, ijara munosabatlarining

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

ishonchli buxgalteriya hisobi korxonalar tomonidan ijara obyektlaridan foydalanish natijalarini obyektiv aks ettirish imkoniyatlarini yaratib beradi.[1-8].

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. Asosiy vositalar ijarasi hisobini tashkil qilish va yuritish nazariy, uslubiy va amaliy jihatlari bir qator xorijiy hamda respublikamizdagi etakchi olimlar tomonidan o'rganilgan. Xususan, mazkur masalani tadqiq etishda xorijlik olimlar orasida: L.I.Gext, V.A.Goremikin, V.V.Dementyev, Yu.B.Dolgushina, A.A.Ivanov, V.P.Kokorev, V.V.Popova, V.Shtelmax, M.A.Medvedov va boshqalarning roli katta bo'lgan. [2-3-4]

Taniqli iqtisodchi olimlari qatorida Respublikamizda faoliyat ko'rsatayotgan bir qator etakchi olimlar ham lizing faoliyati, ijara muomalalari hisobi va uni takomillashtirishning ayrim jihatlari to'g'risida o'z izlanishlarida to'xtalib o'tganlar. Jumladan; A.A.Karimov, E.A.Akromov, D.Kudbiyev, I.N.Ismanov, Z.T.Mamatov, X.N.Musayev, A.A.Sotivoldiyev, D.G.Gazibekov va boshqalar o'zlarining ilmiy asarlarida, maqolalarida, matbuot chiqishlarida ijaraga olingan aosiy vositalar jamiyat taraqqiyotida o'rni haqida va bu sohani rivojlantirish borasida ko'plab amaliy va nazariy maslahatlar taklif etishgan. [5-6-7]

Tadqiqot metodologiyasi. Ushbu maqola doirasida buxgalteriya hisobi va tashkilotlarning moliyaviy hisobotlarida asosiy vositalar ijarasi hisobini tashkil qilish va yuritish nazariy tadqiqotlari, ekspert bahosh va axborotni qayta ishlash usullari, ma'lumotlarni oshkor qilishda yondashuvlar tizimlashtirildi.

Tahlil va natijalar. Ijara munosabatlari ishlab chiqarishning muhim omillaridan biridir. Bir tomondan, mehnat va kapital birgalikda ijara subyektlarining qatnashishida byudjetni shakllantiradi. [11-12] Bundan, o'z navbatida, jamoaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari yechiladi, ikkinchi tomondan, takror ishlab chiqarishni rivojlantirish va bozorni zaruriy mahsulot bilan ta'minlashga imkon bo'ladi.

Ijaraga oluvchi (korxona) ikki tomonlama ijtimoiy-iqtisodiy maqomga ega bo'ladi, ya'ni o'z ixtiyori bilan va mustaqil tashkilot sifatida faoliyat yuritadi hamda uni nafaqat o'zining ishlab chiqarishini takomillashtirish qiziqtiradi, balki ishlab chiqarish faoliyat doirasidan kelayotgan daromad ham uning bosh maqsadini tashkil etadi.

Bunda ilmiy-texnika taraqqiyotining tezlashishi ham ta'minlanadi. Shu jumladan, ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi o'rtasidagi iqtisodiy aloqalarni ijara to'lovlari tashkil etadi. Bunda egalik munosabatlari, foydalanish, realizatsiya va ishlab chiqarish vositalariga (asbob-uskunalar, mulkka) egalik qilishni o'zlashtirilishi ham o'z aksini topadi. Ijaraning iqtisodiy mohiyati, ijara bitimi davrida paydo bo'ladigan mulkiy munosabatlar bilan tavsiflanishi asosida tushuntiriladi.[20-22] Shartnoma predmeti bo'lgan mulki ijaraga beruvchining o'z mulki hisoblanadi, ijaraga oluvchi shartnoma amal qilish muddati mobaynida unga egalik qilish va undan ma'lum to'lov asosida ijara

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

beruvchidan foydalanishga oladi. Ijaraga beruvchi mulkka to'liq egalik qilishi uchun sotuvchi (yetkazib beruvchi)dan oldi-sotdi shartnomasi asosida mulkning to'la qiymatini to'lab beradi.

Ijaraga oluvchi mulkdan foydalanish va unga egalik qilish huquqini ijara shartnomasi asosida oladi. Bunda ijara beruvchiga shartnomada nazarda tutilgan ijara to'lovlari summasini to'liq to'lab beradi. Ijara to'lovlari o'z tarkibiga shartnomada ta'kidlangan mulkning to'la yoki qisman qiymatini hamda, ko'rsatilgan ijara xizmati va qo'shimcha servis xizmatlari to'lovini oladi.

Natijada, ijaraga beruvchida tijorat nuqtai-nazaridan ijara bitimi quyidagicha tusda bo'ladi:

- ijaraga beruvchining kelishuv asosidagi umumiy xarajatlari quyidagi tenglik bilan izohlanadi.

Lt=BQ+KT+QT

KT-kredit resurslaridan foydalanganlik uchun to'lov, so'mda;

QT -qo'shimcha xizmatlar uchun to'lov, so'mda;

BQ-ijara shartnomasi predmeti hisoblangan mulkning balans qiymati, so'mda.

- ijara bitimi asosida ijara oluvchining ijara to'lovlari xarajatlari quyidagicha hisoblanadi:

LT=A+KT+KOT+QT+QQS+BB3

Bunda,

A - ijaraga beruvchida joriy yilda hisobga olinadigan amortizatsiya ajratmalari miqdor o'lchovi, so'mda;

KOT - ijara shartnomasi asosida ijara beruvchining komission mukofot puli, so'mda;

QQS - ijara beruvchi xizmatlari bo'yicha ijaraga oluvchi tomonidan to'lanadigan qo'shilgan qiymat solig'i, so'mda;

BB - bojxona boji, so'mda;

KT - kredit resurslaridan foydalanganlik uchun to'lov, so'mda;

QT - qo'shimcha xizmatlari uchun to'lov, so'mda.

Ma'lumki, ijaraga beruvchining mulkdan foydalanish xarajatlari ijara to'lovlari asosida to'liq kompensatsiyalanmaydi, ya'ni qoplanmaydi. Kompensatsiya summasi shartnoma muddati va mulk amortizatsiyasi muddatiga bog'liq holda shartnomada oldindan belgilangan bo'ladi.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022—5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id—22257

Agar, amortizatsiya muddati shartnoma muddatidan oshib ketsa, bunda mulkning amortizatsiya muddati tugashiga qadar ijara beruvchida qoldiq qiymatida o'z mulki bo'lib qolaveradi. Komission mukofot to'lovi ijara beruvchi xarajatlarini qoplash manbai bo'lib xizmat qiladi. Lekin, bu aniq bitim bilan bog'liq emas va foyda manbaini shakllantirish uchun muhim ahamiyatga ega.

Demak, ijara beruvchining manfaatli qiziqishini, xususan, ijara bitimi tashkil etadi. Bunda iqtisodiy foydali manfaatdorlik yotadi. Endi ijara oluvchiga kelsak, bunda u ijara asosida o'z xarajatlarini mulkdan foydalanish chog'ida olinishi mumkin bo'lgan daromadi bilan bir o'lchamga keltirishi kerak. Shu bois, bitimni tuzish, tayyorlashda investitsion loyiha (biznes-reja) holida aniq va ravshan, detallashgan holda sinchiklab o'rganilib, ishlab chiqilgandan so'ng tomonlarning roziligi olinadi. Ijaraning iqtisodiy mohiyati qanchalik spetsifik mulkiy munosabatlarga yaqinligi bilan aniqlanishi, shuni ta'kidlash joizki, ijara mulkiga egalik qilish huquqining ijara beruvchidan ijara oluvchiga o'tishi mumkin.

Moliyaviy ijara shartnomasida ijara oluvchi huquqida ijara mulkini sotib olish ko'zda tutilishi mumkin. [13-21] Ijara oluvchi ijara mulkini ijara beruvchiga sotib olish qiymatini shartnoma muddati davomida yoki muddatidan avval to'lash asosida o'ziniki qilib olishi mumkin. Sotib olish bahosi, agar shartnomada sotib olish oldindan ko'rsatilgan bo'lsa yoki shartnomadagi tomonlarning maxsus kelishuvi asosida o'rnatilgan tartibda aniqlanadi. Sotib olish bahosi sifatida mulkning qoldiq qiymati yoki bozor narxida shunday yoxud shunga o'xshash mulk bahosi xizmat qiladi. Har qanday holatda ham, ijara mulkidan foydalanish ijara oluvchi uchun foyda keltiradi. Quyidagi 1-chizmada "Rezaksoysuvqurilish" unitar korxonasining ijaraga olingan asosiy vositalaridan olinadigan daromadlar va erishiladigan imkoniyatlari hamda to'lanadigan mulk solig'i bo'yicha yengilliklar keltirilgan.

D

D

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

1-chizma. Ijaraga olingan asosiy vositalarning xususiyatlari!1.

Ko'p analitik hujjatlarda va materiallarda shu borada ijaraning quyidagi tomonlari e'tiborga loyiq:

• soliq, bojxona, amortizatsiya imtiyozlaridan keladigan iqtisodiy daromad. Soliq imtiyozlari ayrim holatlarda daromad solig'idan ozod qilish, amortizatsiya ajratmalarining yuqoriligi bois soliqqa tortiladigan daromad summasini kamaytirish imkoniyatlarini ko'zda tutadi. Bojxona imtiyozlari bojxona boj to'lovlarini qisqartirilishi bilan izohlanadi. Bunda berilgan imtiyozlar ijara beruvchi ijara oluvchidan ijara to'lovlari miqdorini kamaytirish yo'li bilan bo'linish nazarda tutiladi;

• ijara beruvchilar, investorlar tavakkalchiligi (risk)ning kamayishi, ular qiziqishining himoyasi. Bunda asosiy vositalarning aniq moddiy elementlari sifatida ishlab chiqiladi. Natijada, bitim bevosita ijara obyektini kafolatlaydi. Bu yerda shuni ta'kidlash joizki, mulk ijaraga berilganda ijara bitimi shartlari buzilsa yoki ijara oluvchi bankrot bo'lsa hamda amalga oshirish qiyin jarayon, ya'ni keng hajmli ishlab chiqarish texnologik uskunasi mavjud bo'lsa ham, mulk egasi bo'lib qolish huquqi qolishi lozim. Investor tavakkalchiligi (risk)ning kamayishi ijaraga olingan mulkni maqsadli ishlatilishi yoki ishlatilmasligiga bog'liq;

• davlat ahamiyatiga molik tarmoq yoki ishlab chiqarishga mahalliy byudjet mablag'larini jalb qilish, ijara bitimining oxirgi guruh qatnashchilaridan ijara mulki asosida uni amalga oshiruvchi bo'lib, ijara oluvchilar hisoblanadi. Ular uchun foyda olinayotganligi his qilinishi lozim, yo'qsa butun ijara jarayoni o'ziga tortuvchanlik xususiyatini yo'qotadi.

Shuningdek, ijara oluvchilar uchun:

- ijara to'lovlarining tannarxida yotgan soliqqa tortiladigan foydaning kamayishi;

- ijara beruvchi balansida qoladigan ijara mulkining qisman mulk solig'idan ozod qilinishi;

- obyektga tezlashtirilgan amortizatsiya qo'llanganda, ijara oluvchida ishlab chiqarishni tezkor yangilash va qayta qurollantirish imkoniyati paydo bo'ladi;

- ijara asosida boshlang'ich moliyaviy og'irliklarning kamayishi - bu ijara to'lovlarining tezlikda va katta hajmdagi to'lovlarni talab qilmaydi. Bu esa mablag'larni ishlab chiqarishga uzoq muddatga jalb qilinishini ta'minlaydi. Vaziyat ishlab chiqarish fondlarini yangilash, ilg'or texnologiyalarni, asbob-uskunalarni foydalanishga olish bilan izohlanadi. [18] Bundan tashqari, shuni ta'kidlash joizki, ijara to'lovlari,

1 Chizma muallif tomononidan tayyorlangan.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

avvalambor ijara obyektini foydalanishdan olingan daromaddan to'lanadi. Shu jumladan, ijara to'lovi tarkibi shartlariga, ijara mulki asosida ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar ko'rinishi ham kiritilishi mumkin;

- ishlab chiqarishni qayta qurollantirish, qayta tashkil qilish, yangilashda o'z kapital mablag'larini jalb qilinmasligi va nobud (sarf) bo'lmasligi;

- butun investitsion muddatda ijaraga oluvchi (firma)ning to'lovga qobiliyatliligining saqlanib qolishi. Ijara oluvchida ishlab chiqarishning ijara mablag'laridan qoplanganidan qolgan o'z ixtiyoridagi qismining aylanma mablag'larning o'sishiga jalb qilinishi;

- mavsumiy va davriy bo'lmagan ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish muammolarining tezkor hal qilinishi;

- ijara to'lovlarining miqdori oldindan ma'lum bo'lganligi uchun moliyaviy hisob-kitoblarning oddiy asoslanganligi hamda xarajat bazasini aniq rejalashtirish va hisob-kitoblarni tahlil qilishning mumkinligi;

- ijara to'lovlarini xohlagan ko'rinishda - o'lchamiga, davriyligiga, muddatining uzaytirilishi, to'lov usulini tanlab olishiga qarab hisob-kitoblarning egiluvchanligi; [14]

- ijara oluvchi tavakkalchiligi (risk)ning kamayishi. Ya'ni, ijara oluvchi mahsulotining bozorda yetarli darajada xarid qilinmagan holda, ijara mulkini qaytarib berish imkoniyatiga ega bo'lishi. Bu, o'z navbatida, yangi mahsulot (uskuna)ni o'zlashtirishdagi risknini kamayishiga olib keladi;

- tanlash imkoniyatining borligi: ijara obyektini sotib olish, shartnoma muddatini uzaytirish yoki yangi asbob-uskuna jalb qilish;

- ijarada ijara oluvchida kredit liniyasini saqlab qolishga ruxsat beradi. Bundan tashqari, oddiy moliyalashtiruvchi institutlarga bog'liqlikning kamayishi va ularga talabning qisqarishi;

- ijara beruvchi ijara mulkini egasi bo'lganligi uchun ijara oluvchi balansida mulkning aks etmasligi. Bu esa, o'z navbatida, ijara oluvchini mulk solig'idan ozod qiladi;

- bitimni manfaatliligini ta'minlovchi vosita bo'lib, korxonada mulkni ijaraga olish tushuniladi. Chunki, uni ssuda asosida foydalanishga olayotganda, ijara mulki kreditni kafolatlovchi garov sifatida amal qiladi. Xorijiy davlatlarda ba'zi ijara kompaniyalari ijara oluvchilardan hech qanday qo'shimcha kafolat talab qilmaydilar;

- kichik va o'rta biznes asosidagi korxonalar, firmalar uchun ijara qisman yagona moliyalashtirish imkoniyati bo'lib hisoblanadi; [17]

- ijara beruvchida riskning o'tishi orqali ijara oluvchida mulk o'z mulki sifatida emas, balki vaqtincha foydalanish uchun olinsa, mulkning jismoniy va ma'naviy eskirish tavakkalchiligi (risk)ning kamayishi.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Bundan tashqari, ma'naviy eskirgan detallar va tarmoqni almashtirish masalasining qo'yilishi;

- mulkning olinishi va sotilishi, tanlab olinishi, yig'ilishi kabi mehnat talab qiladigan muomalalarda ma'muriy kechikishlar singari transaksiyalarda ijara oluvchi mablag'ining iqtisod qilinishi.

Ijara jarayonini obyektiv baholash uchun uning kamchiliklarini ham keltirish lozim bo'ladi. Ijara mohiyatiga ko'ra, ijara beruvchida mulkning ma'naviy eskirishi hamda ijara to'lovini ololmaslik tavakkalchiligi (riski) yotadi. Boshqa tomondan, ba'zan ijara oluvchida ijara qiymati xarid va bank krediti qiymatidan ko'pga tushadi. Ammo, ijaraning ijobiy tomonlari miqdori salbiylariga qaraganda, bir muncha yuqoridir. Shuni ta'kidlash joizki, O'zbekistonda ijara xizmatlari bozori endi shakllana boshlamoqda. [16-19] Hozirgi kunga kelib soliq, bojxona va boshqa imtiyozlar ko'pgina davlatlar qonunchiligiga ko'ra, qonun bilan mustahkamlangan va yuqorida ta'kidlangan ijara xususiyatlari, amaliy jihatdan ijara munosabatlari jarayonida salbiy tomonlarnini o'rnini qoplaydi.

Xulosa va takliflar. O'rganilayongan mavzu tahlil qilib, tartibga soluvchilarning turli pozitsiyalari o'rganib, shuningdek, ushbu masala nazariyasi jihatlarini yaxshilashga quyidagi variantlarni taklif qilishimiz mumkin.

1. Ijara munosabatlari taraflari bevosita ijara shartnomasida yoki shartnomaga qo'shimcha shartnomada lizing ob'ektini yaxshilash uchun tegishli shartlarni kelishishlari kerak, shu jumladan, ijarachining ishlab chiqarishi mumkin bo'lgan muayyan yaxshilanishlarning narxi va turlarini aniqlashtiriradi.

2. Lizing shartnomasida lizing beruvchining huquqlarini himoya qilish uchun ushbu ishlarni ishlab chiqarishdan oldin mulk egasiga loyiha-smeta hujjatlarini majburiy taqdim etish kerak.

3. Shartnomaga yoki shartnomaga qo'shimcha kelishuvga to'g'ridan-to'g'ri yaxshilanishlarning ajratilishi va ajralmasligini aniqlash kabi masalalarni hal qilish muhimdir.

4. Bundan tashqari, ijaraga olingan mulkni takomillashtirish kontseptsiyasini joriy amaliyot va ushbu masala nazariyasiga asoslangan holda ochish bilan bog'liq masalani hal qilish ham muhimdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. O'zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to'g'risida"gi (yangi tahriri) qonuni. Toshkent sh., 2016-yil 13-aprel, 0'RQ-404-son. https://lex.uz/uz/docs/-2931253.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

2. Кудбиев, Д. К. (2019). Учет арендованных основных средств и взаимоотношений арендодателей и арендаторов. In БУХГАЛТЕРСКИМ УЧЕТ: ДОСТИЖЕНИЯ И НАУЧНЫЕ ПЕРСПЕКТИВЫ XXI ВЕКА (pp. 144-150).

3. Кудбиев, Д. (2021). МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ УЧЕТА АРЕНДОВАННЫХ ОСНОВНЫХ СРЕДСТВ. In Современная наука. XXI век: научный, культурный, ИТ контекст (pp. 119-124).

4. Кудбиев, Д. (2022). МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ АРЕНДЫ ОСНОВНЫХ СРЕДСТВ И ИХ УЧЕТ. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 2(1), 57-62.

5. Кудбиев, Д. (2021). ВОПРОСЫ УЧЕТА АРЕНДОВАННЫХ ОСНОВНЫХ СРЕДСТВ. In Современная наука. XXI век: научный, культурный, ИТ контекст (pp. 109-119).

6. Исманов, И. Н., & Савинова, Г. А. (2021). Сопоставление Некоторых Аспектов Национальных Стандартов Бухгалтерского Учета и МСФО. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF INNOVATIONS ON TOURISM MANAGEMENT AND FINANCE, 2(11), 14-19.

7. Исманов, И. (2021). UZOQ MUDDATLI AKTIVLAR HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH. Scienceweb academic papers collection.

8. Qudbiyev, N. T., No, D. M. O. G. L., Raximjonov, U. R. O. G. L., & Razzaqova, D. A. Q. (2022). SOLIQ ORGANLARIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING ROLINI OSHIRISH AHAMIYATI. Scientific progress, 3(1), 927-933.

9. Кудбиев, Н. Т. (2021). Актуальность Организации Аудиторской Деятельности На Основе Компьютерных Технологий. Баркарорлик ва Етакчи Тадкикотлар онлайн илмий журнали, 1(6), 424-431.

10. Qudbiyev, N. Т., Ulug'Bek Erkinjon, O. G. L., & Mominov, I. L. O. (2022). TADBIRKORLIK SUBYEKTLARIDA ICHKI NAZORATNING SAMARALI TIZIMI SIFATIDA ICHKI AUDITNING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 3(1), 449-457.

11. Jumakulov, Z., & Kunduzova, Q. I. (2021). Financial Independence in the Higher Education System of the Republic of Uzbekistan: Results and Conclusions. Middle European Scientific Bulletin, 19, 236-241.

12. Kunduzova, K. I. (2021). The Content of Taxes and Their Importance in Society. International Journal on Orange Technologies, 3(9), 117-119.

13. Атабаева, З. А. (2020). ПОВЫШЕНИЕ У НАСЕЛЕНИЯ ЗНАНИЙ И НАВЫКОВ ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В СФЕРЕ МАЛОГО И СЕМЕЙНОГО БИЗНЕСА. In МИНТАКД ЩТИСОДИЁТИНИ

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

ИНВЕСТИЦИЯЛАШНИНГ МОЛИЯВИЙ-^У^У^ИЙ ВА ИННОВАЦИОН ЖИХДТЛАРИ (pp. 350-358).

14. Atabaeva, Z. A., & Khojaev, A. S. (2020). ИНВЕСТИЦИОННАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ И АНАЛИЗ ИНВЕСТИЦИОННЫХ ПРОЕКТОВ. Theoretical & Applied Science, (5), 714-720.

15. Ахmadохunova, X. O. (2021). O 'ZBEKISTON IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA XALQARO MOLIYAVIY HISOBOT STANDARTLARIGA O'TISHNING ROLI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 2(8), 257-261.

16. Темиркулов, А. А., & Ахмадохунова, Х. О. (2022). Необходимость Управленческого Учета В Строительных Организациях Республики Узбекистан. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF THEORETICAL & APPLIED SCIENCES, 3(4), 18.

17. Shokiraliyevich, G. A. I. (2021). Increasing The Income Of The Population And Reducing The Tax Burden As A Key Factor In Improving The Living Standards Of The Population. The American Journal of Management and Economics Innovations, 3(07), 7-10.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

18. Эрматов, А. А. (2021). СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ПРОЦЕССА БУХГАЛТЕРСКОГО УЧЕТА СТАТЕЙ СОБСТВЕННОГО КАПИТАЛА. In Современная наука. XXI век: научный, культурный, ИТ контекст (pp. 308-314).

19. Эрматов, А. А. (2019). Важность аудита в управлении риском предприятия в период перехода к цифровой экономике. Проблемы современной науки и образования, (12-1 (145)), 45-51.

20. Akbaralievich, P. E. A. (2021). Theoretical Bases Of The Organization Of Private Capital Accounting In The Republic Of Uzbekistan. EFFLATOUNIA-Multidisciplinary Journal, 5(2).

21. Kurbonalievna, I. G. (2021). The ways to improve the internal corporate governance mechanisms in joint-stock companies. Asian Journal Of Multidimensional Research, 10(6), 255-259.

22. Ahmadjonovich, S. D. (2021). Examples Of Business Management Development And Implementation Of International Standards. The American Journal of Management and Economics Innovations, 3(06), 40-44.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.