Научная статья на тему 'O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRILISHI VA HUQUQIY ASOSLARI'

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRILISHI VA HUQUQIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
15
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
yoshlar / davlat siyosati / implementatsiya / Besh muhim tashabbus / konsepsiya / Konstitutsiya / qarorlar / intellektual salohiyat / erkin tadbirkorlik.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Abdusalomova Saxodat Otabek Qizi

Ushbu maqolada yurtimizda yoshlarga oid olib borilayotgan davlat siyosatining rivojlanib borishi,yoshlarga berilayotgan keng imkoniyatlar va erkinliklar,shuningdek, yoshlarning huquq va erkinliklarini qonun bilan mustahkamlangili va erkin tadbirkorlikka keng yo’l ochib berilganligi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRILISHI VA HUQUQIY ASOSLARI»

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRILISHI VA HUQUQIY ASOSLARI Abdusalomova Saxodat Otabek qizi

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti Yurisprudensiya ta'lim yo'nalishi

2-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10875001

Annotatsiya. Ushbu maqolada yurtimizda yoshlarga oid olib borilayotgan davlat siyosatining rivojlanib borishi,yoshlarga berilayotgan keng imkoniyatlar va erkinliklar,shuningdek, yoshlarning huquq va erkinliklarini qonun bilan mustahkamlangili va erkin tadbirkorlikka keng yo'l ochib berilganligi yoritilgan.

Kirish so'zlar:yoshlar,davlat siyosati,implementatsiya, Besh muhim tashabbus, konsepsiya, Konstitutsiya, qarorlar, intellektual salohiyat, erkin tadbirkorlik.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so'ng jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida keng qamrovli islohotlar amalga oshirila boshlandi.Huquqiy demokratik va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish yo'lini tanlagan mamlakatimizda qonun ustuvorligiga erishish uchun jamiyatning har tomonlama qamrab olgan islohotlarni bosqichma - bosqich amalga oshirish ko'zda tutilgan.Zero, jamiyatimizning bosh maqsadi Konstitutsiya va qonunlarimizda e'tirof etilgan inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlash,ayrim hollarda esa ularni himoya qilishdan iboratdir.Shuningdek,davlatni rivojlantirishda va dunyoda o'z o'rnini topishda yoshlarga nisbatan berilgan huquq va erkinliklar, ularning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlanganligi va zamon talablariga mos ravishda o'zgartirish va qo'shimchalar

kirititish bo'yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

O'tgan yillar mobaynida mamlakatimizda yoshlarga nisbatan davlat siyosatini takomillashtirib borishda normativ hujjatlarni takomillashtirib borish, oshlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish maqsadida ilg'or xalqaro standartlar va xorijiy amaliyotlarni implementatsiya qilishga qaratilgan sezilarli o'zgarishlar yuz berdi. Mamlakatimizning kelajagi bo'lmish biz yoshlarni har tomonlama yetuk,bilimli,salohiyatli shaxs,komil inson sifatida tarbiyalanishi uchun bugungi kunda zarur shart-sharoitlar yaratilgan bo'lib bu borada shaxsan prizidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida keng ko'lali islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2016-yil O"zbekiston Respublikasining "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi qonunning qabul qilinishi va mazkur sohani tubdan takomillashtirish maqsadida "Yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi qarori bugungi davr talablariga mos ravishda har tomonlama barkamol,mustaqil fikrlaydigan,mamlakatimiz istiqloli uchun mas'uliyatini o'z zimmasiga olishga qodir tashabbuskor,xalq manfaati yo'lida bor salohiyatini safarbar qiladigan,shijoatli yoshlarni tarbiyalash ularning intellectual va ijobiy salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratadi.

Barchamizga ma'lum,2022-yildan boshlab Prizidentimiz rahbarligida yoshlarni qo'llab-quvvatlash,iqtidor va iste'dodlarni yuzaga chiqarish,ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida bir qator muhim loyihalar amalga oshirilmoqdaJumladan, Besh bosqichli Besh tashabbus olimpiadasi va uning asosida yoshlarni madaniyat va san'atga targib qilishga qaratilgan "Yoshlar raqs festivali", "Milliy va zamonaviy cholg'u ichrochiligi", shuningdek

yoshlarni manaviyat va kitobxonlikni targ'ib etish maqsadida "Yosh kitobxon" ,"Quvnoqlar va Zukkolar" kabi ko'rik-tanlovlar yurtimizda keng tarzda o'tkazilib kelinmoqda.

Yoshlarga berilgan imkoniyatlardan keng foydalanish, yanada kengroq imtiyozlarga ega bo'lishda huquqiy asoslar yildan yilga oshib bormoqda. Dastavval,faqat qonunlarda belgilangan yoshlar siyosati rivojlanib yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlanib qo'yildi. Bunga ko'ra, qomusimizning XIV bobi avval "Oila'' deb nomlangan bo'lsa, yangi tahrirda o'zgartirishlar kiritilib "Oila,Bolalar va yoshlar" deb nomlangani va yangi normalar kiritilganligini ko'rishimiz mumkin.Yangi tahrirdagi Konstitutsiyasining 77-moddasiga muvofiq ota-onalar va ularning o'rnini bosuvchi shaxslar o'z farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqish,ularni tarbiyasi- albatta namunali xulk-atvorga ega,salohiyatli bo'lib tarbiyalashi,ta'lim olishi:bunda,asosan, majburiy umumiy o'rta ta'lim olishiga sharoitlar yaratib berishi nazarda tutilgan bo'lib, Oliy ta'lim muassasalarida o'qitish yoki o'qishi ixtiyoriydir;sog'ligiga g'amxorlik qilishi,har tomonlama , to'laqonli ta'minlashi belgilab qo'yildi.Shuningdek, davlat yoshlarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekalogik huquqlarini himoya qilinishini ta'minlaydi.Qonusimizda belgilangan ushbu normalar qonunlarda keng yoritilgan bo'lib, "O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi qarori BMTning "Yoshlar-2030" strategiyasida belgilangan "Yoshlar manfaatlarini ko'zlab, ular bilan ishlash" bosh tamoyiliga asoslandi.Konsepsiyaga ,asosan, 2023 yildan boshlab har yili yangidan yoshlarning huquqiy asoslari bo'yicha yangidan loyihalar tuzilmoqda.Loyihar Konsepsiyada belgilangan vazifalarga asoslangan bo'lib,unga ko'ra yoshlarning huquq va maaatlarini himoya qilishga qaratilgan huquqiy bazani takomillashtirish; ta'limning barcha bosqichlarida yoshlarning sifatli ta'lim olishini ta'minlash ,hududlarda inklyuziv ta'lim rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish shuningdek,yoshlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bo'yicha imtiyozlar berilmoqda. Yoshlarni munosib ish o'rinlari bilan ta'minlashda tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishi,dastavval, faoliyatini yo'lga qo'yib olish uchun davlat tomonidan maxsus kridit mablag'lar ajratilyotganini ko'rishimiz mumkin.Shuningdek,imtiyozi cheklangan, bolalar uyidagi yoshlar ham davlat tomonidan himoya etiladi. Ularning yashash sharoitlari,o'qishi, ish bilan bandligi va uy-joy ta'minoti, sog'liqi-saqlash uchun davlat shart-sharoitlar yaratadi.Yoshlarga rivojlangan xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda bilim almashinuvi,xorijiy tajribalarni o'rganish uchun ham keng yo'llar ochildi.Iqtidorli yoshlarni mukofotlar bilan taqdirlash esa barcha yoshlarda intilish va yangi orzular sari qadam tashashga turtki bo'lmoqda.

Xulosa o'rnida shuni ta'qidlash joizki,Imom G'azzoliy aytganlaridek:"Amalsiz ilm misoli xuddi yomg'irsiz chaqmoq va momoqaldiroqqa o'xshaydi" - ya'ni biz yoshlarga berilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanishimiz,berilgan ishonchni oqlay olishimiz kerakdir.Yurt kelajagi yoshlar qo'lida deb bejizga atyilmagan va bunday imkoniyatlar bekorga yaratilgani yoqligini anglashimiz va birdamlikda harakat qilishimiz zarur.Burchlarni va majburiyatlarni bajarish har birimizning vatan oldidagi mas'ulyatimizdir.Zero biz Yoshlar -Yangi O'zbekiston bunyodkorlaridir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Prespublikasi Konstitutsiyasi "O'zbekiston" NMIU 2019 .

2. O'zbekiston Prespublikasi Konstitutsiyasi yangi tahriri "O'zbekiston" Toshkent-2023.

3. "Erkin va faravon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz" Shavkat Mirziyoyev "O'zbekiston" Toshkent-2016.

4. http://lex.uz//docs/-5234746 O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida.

5. https://yuz.uz/uz/news/ yoshlarga-oid-davlat-siyosati-yangi-imkoniyatlar-va-kompleks-yondashuv.

6. https://strategy.uz/index.php?news=1063&lang=uz#

7. https://president.uz/oz/lists/view/748 Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O'zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo'llab-quvvatlash to'g'risida.

8. Imon G'azzoliy "Qirq hadisi qudsiy" Toshkemt islom universiteti nashriyot birlashmasi.Toshkent-2008.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.