Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ADVOKATURA INSTITUTINING RIVOJLANIShI VA BUGUNGI KUNDAGI ISTIQBOLLARI'

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ADVOKATURA INSTITUTINING RIVOJLANIShI VA BUGUNGI KUNDAGI ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
25
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
advokatura / «advocatus» / Taraqqiyot strategiyasi / Advokatlik konsepsiyasi / “Eng yaxshi advokat” / Advokatlar akademiyasi va boshqa

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Xushboqova Nigora G‘ayrat Qizi

ushbu maqolada advokatura institutining rivojlanishi, bosqichlari, advokatura faoliyatida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ADVOKATURA INSTITUTINING RIVOJLANIShI VA BUGUNGI KUNDAGI ISTIQBOLLARI»

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ADVOKATURA INSTITUTINING RIVOJLANIShI VA BUGUNGI KUNDAGI

ISTIQBOLLARI

Xushboqova Nigora G'ayrat qizi

Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti Yurisprudensiya ta'lim yo'nalishi 4-bosqich talabasi [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.10695499

ARTICLE INFO

Qabul qilindi: 15-February 2024 yil Ma'qullandi: 18- February 2024 yil Nashr qilindi: 23- February 2024 yil

KEYWORDS

advokatura, «advocatus», Taraqqiyot strategiyasi,

Advokatlik konsepsiyasi, "Eng yaxshi advokat", Advokatlar akademiyasi va boshq.

ABSTRACT

ushbu maqolada advokatura institutining rivojlanishi, bosqichlari, advokatura faoliyatida amalga

oshirilayotgan islohotlar haqida batafsilyoritilgan.

"Fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarini hamda advokatlar va sudyalarning mustaqilligini amalda ta'minlash juda muhimdir. Bu borada muhtaram Prezident Shavkat Mirziyoev janobi oliylarining bevosita rahbarligida O'zbekistonda amalga oshirilayotgan ijobiy yangilanishlar yuksak bahoga loyiqdir.

O'zbekistonning yangi Prezidenti mamlakat boshquruviga kelgan davrdan e'tiboran yurtingiz hayotining barcha sohalarida maqbul o'zgarishlar shiddatli sur'atlarda amalga oshirilayotganini kuzatib kelmoqdamiz. Shu jumladan, ochiqlik va transparentlikni ta'minlash, sudyalar va advokatlarning mustaqilligiga erishish yo'lida salmoqli odimlar qo'yilganiga guvoh bo'lib turibmiz.

O'zbekistonga bundan uch yil oldin amalga oshirgan tashrifimni mamnunlik bilan eslayman. O'shanda O'zbekiston Prezidenti va tegishli muassasalar rahbarlari bilan samarali muloqotlar olib borgandik.

Fursatdan foydalanib, ana shu o'zaro ishonchga asoslangan muloqotlarimiz o'z samaralarini berganini alohida ta'kidlamoqchiman. Chunki ayni vaqtda mamlakatingizda huquq ustuvorligini ta'minlash ijobiy tomonga izchil rivojlanayotganini ko'rib turibmiz. Mamlakatda o'lim jazosi qo'llanmasligi haqidagi normaning Konstitutsiyangizda mustahkamlab qo'yilishini olqishlayman. Albatta, "Xabeas korpus" institutini rivojlantirishga jiddiy ahamiyat berilayotgani va shaxslarning mamlakat hududida erkin harakatlanishi kafolatlanayotgani ham nihoyatda ahamiyatlidir.

Konstitutsiyangizda qonun ustuvorligi prinsiplari o'rnatilayotgani diqqatga sazovor. Ayniqsa, "O'zbekiston - huquqiy davlat" tamoyilining yangilanayotgan Asosiy Qonunda o'z aksini topishi havas qilsa arzigulikdir.

Shu o'rinda Bosh Qomusingizda tom ma'nodagi huquqiy davlat barpo etishning kafolati bo'lib

xizmat qiladigan konstitutsiyaviy normalar qaror topishiga chin dildan ko'makdoshman.

Chunki buning natijasida sudyalar, yanada muhimi, advokatlarning haqiqiy mustaqilligi

so'zsiz ta'minlanadi".

BMT Inson huquqlari kengashining

Sudyalar va advokatlar mustaqilligi masalalari bo'yicha

maxsus ma'ruzachisi Diego Garisiya-Sayan

Hozirgi zamon xalqaro huquqida inson huquq va erkinliklari hamda ularni himoya qilish masalalariga alohida e'tibor qaratilgan. Bu masalalarni hal elishda advokaturaning muhim o'rin tutishi inson huquqlari bilan bog'liq xalqaro-huquq hujjatlarda tobora aniq aks cttirilmoqda.

Advokatura - lotincha «advocatus» so'zidan olingan bo'lib, sudda ish yuritish, himoyani amalga oshirish hamda keng ma'noda malakali yuridik yordam ko'rsatish vazifasini amalga oshiruvchi kasbiy birlashmalardan iborat bo'lgan alohida maqomga ega ijtimoiy-huquqiy institut degan ma'noni anglatadi.

O'zbekiston Respublikasida Advokatura fuqarolik jamiyatining asosiy va muhim institutlaridan biri bo'lib, uning zimmasiga yuridik va jismoniy shaxslarga malakali yuridik yordam ko'rsatish bilan bog'liq Konstitutsiyaviy vazifa yuklatilgan. Shu bois ham Respublikamiz mustaqilligining dastlabki yillaridanoq sud-huquq tizimining ajralmas bo'g'ini hisoblangan advokatura institutini isloh qilish, demokratik prinsiplarga asoslangan kuchli, mustaqil advokatura tizimini barpo etishga alohida va doimiy e'tibor qaratib kelindi.

Mamlakatimiz siyosiy hayotida ro'y berayotgan muhim o'zgarishlar, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy-madaniy, sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar Advokatura tizimini ham zamon bilan hamohang tarzda rivojlantirish, qonunchilik huquqiy bazasini takomillashtirib borishni taqozo etmoqda. O'zbekiston Respublikasi mustaqilikka erishgandan to shu kungacha jamiyat hayotining barcha sohalari kabi sud-huquq tizimining ajralmas qismi bo'lgan advokatura tizimi ham uzluksiz ravishda rivojlanib, takomillashib bordi.

Shu bois O'zbekistonda Advokatura instituti rivojlanishini shartli ravishda quyidagi asosiy uch bosqichga bo'lishimiz mumkin:

1-bosqich - 1990-1996 yillar;

2-bosqich - 1996-2016 yillar;

3-bosqich - 2016-2021 yillar.

Advokatura tizimida amalga oshirilgan dastlabki islohotlarning huquqiy amaliy natijasi sifatida mamlakatda ilk bor 1996-yil 27-dekabrda "Advokatura to'g'risida"1 dagi, 1998-yil 25-dekabrda esa mazkur Qonunning mantiqiy davomi sifatida "Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to'g'risida"2 O'zbekiston Respublikasi qonunlari qabul qilindi.

1 https://lex.uz/ru/docs/-54503

2 https://lex.uz/docs/-29626

Advokatlik faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar va qonunosti aktlarining amaliyotda qo'llanilishi jarayonida paydo bo'layotgan ayrim muammolar, qonun hujjatlaridagi, xususan "Advokatura to'g'risida" va "Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to'g'risida"gi Qonunlarda bir-birini takrorlovchi yoki deklarativ xarakterdagi normalarning mavjudligi, shuningdek taraqqiyotning hozirgi bosqichida ro'y berayotgan o'zgarishlar, respublikada barcha sohalarni xalqaro hamjamiyat bilan integrallashuvi va liberallashuvi, ijtimoiy jarayonlarning chuqurlashuvi ham O'zbekistonda advokatura tizimini isloh qilish, sohani tartibga soluvchi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda.

2008-yil 1-mayda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida advokatura institutini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni qabul qilingan bo'lib, ushbu Farmon asosida "Advokatura to'g'risida"gi qonunga jiddiy o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi. Mazkur Farmonda advokatura ilk bor fuqarolik jamiyatining asosiy institutlaridan biri sifatida e'tirof etilib, advokaturaning samarali o'zini-o'zi boshqaradigan markazlashtirilgan tizimini tashkil etish, advokatlikka nomzod shaxslarning malakasiga nisbatan qo'yiladigan talablarni kuchaytirish, shuningdek advokatlarni muntazam ravishda kasbga oid malakasini oshirishni majburiyligini joriy etish, advokaturani halol va kasb mahorati yuqori mutaxassislar bilan ta'minlaydigan samarali litsenziyalash tizimini tashkil etish, jinoyat protsessida ayblov va himoya taraflarning protsessual huquqlari tengligini ta'minlash, huquqshunoslik sohasida maxsus bilimga ega bo'lmagan shaxslarni sud ishida ishtirok etishga yo'l qo'ymaslikka qaratilgan taraflar vakilligi institutini bosqichma-bosqich takomillashtirish, advokatlar tomonidan kasb etikasi qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish mexanizmi va advokatlarga nisbatan intizomiy ish yuritish tizimini takomillashtirish singari masalalar sohani isloh qilishning asosiy yo'nalishlari sifatida belgilab berildi.

Tahliliy ma'lumotlarga ko'ra, bugungi kunda respublikada 4 mingdan ortiq advokat faoliyat yuritib, ya'ni aholi jon boshiga hisoblaganda 8,5 ming kishiga o'rtacha 1 ta advokat to'g'ri keladi, ularning ham 43 foizi, ya'ni 1 ming 733 nafari Toshkent shahrida ish olib borishi, shundan 30 yoshgacha bo'lganlar soni atigi 51 nafarni tashkil etishi aniqlandi.

Aholining o'rta hisobdagi ko'rsatkichi bitta advokatga 7,6 ming nafar odam to'g'ri kelishini ko'rsatsa, ushbu ko'rsatkich Isroilda bitta advokatga - 136 nafar, Italiyada - 265 nafar, Ispaniyada - 328 nafar, Buyuk Britaniyada - 386 nafar, Germaniyada - 499 nafar, Turkiyada - 794 nafar, Gruziyada - 833 nafar, Ukrainada - 1205 nafar, Fransiyada - 1020 nafar, Rossiyada - 1870 nafar, Qozog'istonda esa - 3932 nafar odam to'g'ri kelishini ko'rsatmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-maydagi PF-5441-son farmon3iga muvofiq "Advokatura institutini yanada takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi" ishlab chiqildi va amaldagi qonunchilikka bir qator o'zgartish va qo'shimchalar kiritildi.

Shu bilan bir qatorda, Davlatimiz rahbarining "Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi" kitobida ta'kidlanganidek, "Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi mustaqil advokatura faoliyatini samarali tashkil etishni nazarda tutadi. Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning

3 https://lex.uz/docs/-3731060

huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoyalash bugungi kunning dolzarb vazifasidir".

Taraqqiyot strategiyasi va advokatura

Taraqqiyot strategiyasining 19-maqsadi - "Advokatura institutining inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi salohiyatini tubdan oshirish, shuningdek, aholi va tadbirkorlik sub'ektlarining malakali huquqiy xizmatlarga bo'lgan talabini to'liq qondirish"dan iborat.

Bu ustuvor maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilangan:

birinchidan, advokatura institutini to'laqonli o'z-o'zini boshqarish tizimiga o'tkazish va advokaturaga yosh malakali kadrlarni jalb qilish;

ikkinchidan, Advokatlar palatasi boshqaruv organlarining advokatlar hamjamiyati oldidagi hisobdorligini kuchaytirish;

uchinchidan, advokatlar malakasini oshirish tizimining zamonaviy va institutsional asoslarini shakllantirish;

to'rtinchidan, advokatlik faoliyatini raqamlashtirish. Boshqacha aytganda, advokatlik faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini

joriy qilish orqali ortiqcha byurokratiya va qog'ozbozlikka chek qo'yish, sudlar, huquqni muhofaza qilish organlari va boshqa davlat organlari

bilan elektron hujjatlar almashinuvini yo'lga qo'yish; beshinchidan, bepul huquqiy yordam ko'rsatish ko'lamini kengaytirish;

oltinchidan, notariat va fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish organlarining xizmatlaridan ovoragarchiliksiz, shu jumladan masofadan turib va "yagona darcha" tamoyili asosida foydalanishni ta'minlash ko'zda tutilmoqda. Mustaqil advokatura konsepsiyasi

Mamlakatimizda advokatura institutining salohiyatini oshirish uchun boshqa bir qator muhim hujjatlar ham ishlab chiqilmoqda. Fikrimizcha, shulardan biri - Advokatura to'g'risidagi kodeksni ishlab chiqish zaruratidir. Unda sohaga oid barcha qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlar o'z mujassamini topishi lozim.

Yuridik xizmat ko'rsatish sohasining huquqiy asoslari ham takomillashtirilmoqda. Xususan, "Shartnomaviy huquqiy baza va yuridik xizmat to'g'risida"gi hamda "Bepul yuridik yordam to'g'risida"gi qonunlar, shuningdek, Aholini yaxlit huquqiy himoya qilish konsepsiyasi loyihalari tayyorlanmoqda.

Yana bir muhim hujjat, ya'ni Mustaqil advokatura konsepsiyasini tayyorlash bo'yicha ham qizg'in ish bormoqda. Konsepsiya, xususan:

• tergov va sudning barcha bosqichlarida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida advokatning rolini mustahkamlash;

• Advokatlar palatasining faoliyatini yanada takomillashtirish, uning tom ma'nodagi mustaqilligini ta'minlash, advokatura institutini to'liq o'zini o'zi boshqarish tizimiga o'tkazish, Advokatlar palatasi boshqaruv organlarining advokatlar hamjamiyati oldida hisobdorligini oshirish, tizimga yosh va malakali mutaxassislarni jalb etish;

• "raqamli advokatura"ni rivojlantirish kabi asosiy yo'nalishlardagi vazifalarni o'zida qamraydi.

Shu o'rinda "raqamli advokatura"ni rivojlantirish uchun:

birinchidan, advokatlik faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

ikkinchidan, advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarning tezkorlik bilan olinishini ta'minlash maqsadida advokatura, sud va huquqni muhofaza qilish organlari hamda boshqa davlat organlari o'rtasida elektron ma'lumot almashinuvini samarali yo'lga qo'yish;

uchinchidan, advokatlar tomonidan maxsus axborot dasturi orqali jismoniy va yuridik shaxslarga onlayn yuridik yordam ko'rsatish imkoniyatlarini kengaytirish;

to'rtinchidan, advokatura faoliyati uchun zarur axborot tizimlari, ma'lumotlar bazalari va boshqa dasturiy mahsulotlarni shakllantirish hamda ularda saqlanadigan ma'lumotlarning kompleks himoya qilinishi va maxfiyligini ta'minlash lozimligini qayd etish muhim.

Tabiiyki, advokatura tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning ahamiyati beqiyos. Binobarin bu boradagi yangi qadamlar tizim faoliyatida inson omilini bartaraf etish orqali advokatura institutining davlat organlari va boshqa tuzilmalardan mustaqilligini oshirish imkonini beradi.

Advokatura - davlat organi emas, balki o'z ishini yaxshi biladigan va zimmasidagi vazifalarning mas'uliyatini chuqur anglaydigan mohir kasb egalarining hamjamiyatidir. Shu ma'noda, quyidagi takliflarni ilgari surmoqchimiz:

Birinchidan, Advokatura kuni - advokatlar hamjamiyati vakillarining kasb bayrami sanasini belgilash;

ikkinchidan, "Eng yaxshi advokat" ko'krak nishonini ta'sis etish;

uchinchidan, "Advokatlarning yagona davlat reestri"ni shakllantirish orqali nafaqat fuqarolar, balki huquqni muhofaza qilish organlari va sudlar uchun ham juda asqotadigan yaxlit, ochiq va ishonchli axborot manbasini yaratish kerak.

Eng quvonarlisi shuki, Yurtboshimiz tomonidan Advokatlar palatasi huzurida Advokatlar akademiyasini tashkil etish tashabbusi ilgari surilgan. Bo'lajak Advokatlar akademiyasi, jumladan:

• advokatlarni tayyorlash, malakasini oshirish, huquqning turli sohalari bo'yicha ixtisoslashtirish;

• bugungi jadal globallashayotgan dunyoda, jahon bozorida iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va boshqa sohalar bo'yicha raqobat tobora kuchayib borayotgan sharoitda advokatura taraqqiyoti tendensiyalarini aniqlash bo'yicha istiqbolli ilmiy-amaliy va innovatsion tadqiqotlarni yo'lga qo'yish, texnologik innovatsiyalarni tatbiq etish;

• advokatlarga taqdim etiladigan kafolatlar va advokatlik xizmatlari ko'rsatishga taalluqli xalqaro standartlarni hisobga olgan holda, advokatlik huquqi va advokatlarning kasbiy tayyorgarligini oshirishga oid zamonaviy o'quv va o'quv-uslubiy qo'llanmalar hamda dasturlar ishlab chiqish kabi vazifalar bilan shug'ullanadi.

Ikkinchidan, kuzatishlarimiz shuni tasdiqlaydiki, talabalikning "qattiq noni"ni tatgan yosh mutaxassislar orasidan, albatta, eng yaxshi advokatlar yetishib chiqadi. Shunday ekan, yuridik yo'nalishdagi oliy ta'lim muassasalarida advokat kadrlarni tayyorlash, "Advokatlik huquqi" o'quv kursini joriy etish, talabalarning advokatura sohasida amaliyot o'tishini tashkil etish kabi masalalarga alohida ahamiyat berish talab etiladi.

Uchinchidan, advokatlik faoliyatini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan zarur tashkiliy-huquqiy choralarni ishlab chiqish darkor. Bunday choralarni, ayniqsa:

• huquqni himoya qilish faoliyati;

• fuqarolarga yuridik yordam ko'rsatish;

• huquqiy targ'ibot-tushuntirish ishlari;

• huquqiy tarbiya yo'nalishlarida izchil amalga oshirish taqozo etiladi. Nega deganda, advokat - qonuniylik, adolat va insonparvarlik namunasi bo'lib xizmat qilar ekan, huquq sohalari bo'yicha chiniqqan va chinakam malakasini oshirgan bo'lishi shart.

To'rtinchidan, advokatlar imijini yuksaltirish va bugungi kun advokatining qiyofasini yaratish masalasi ham dolzarb bo'lib turibdi. Bunda "O'zbekiston advokaturasi: tarix va hozirgi zamon", "O'zbekiston advokaturasi jarayonlar va shaxslar timsolida" kabi kitoblarni nashr etish orqali o'tmishdagi va bugungi kundagi taniqli advokatlarning tutgan o'rni va ahamiyatini ko'rsatib berish juda muhim.

Albatta, bunday yangilanishlar, imkoniyatlar yaqin kelajakda O'zbekistonda advokatura tizimini rivojlantirish sohasida erishiladigan beqiyos natijalar boshqa mamlakatlar uchun ibrat va namuna sifatida e'tibor qozonishi ehtimoli kattaligidan dalolat beradi4.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. https://lex.uz/ru/docs/-54503

2. https://lex.uz/docs/-29626

3. https://lex.uz/docs/-3731060

4. http://www.insonhuquqlari.uz/oz/news/m9185

4 http://www.insonhuquqlari.uz/oz/news/m9185

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.