Qoraboyev A.A.
Mirzo Ulug^bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Geografiya va geoaxborat tizimlar fakulteti Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kafedrasi
stajyor-o^qituvchisi
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI SANOATIDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI TUTGAN O'RNI
Anotatsiya. Maqolada Respublikamizda mavjud vaziyatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanish tendensiyalarini yillar davomida o'zgarishi hamda uning istiqbolli yo'nalishlari haqida so'z yuritilgan.
Kalit so'zlar: global, demografik jarayon, hududiy joylashuv, ekispor, import, subyekt, aksiyodorlik, tijorat.
Karaboyev A.A. intern-teacher
Faculty of Geography and Geoinformation Systems Department of Economic and Social Geography National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek
THE PLACE OF SMALL BUSINESS AND PRIVATE ENTREPRENEURSHIP IN THE INDUSTRY OF THE REPUBLIC OF
UZBEKISTAN
Abstract. The article talks about changes in the development trends of small business and private entrepreneurship in the current situation in our Republic and its promising directions.
Key words: global, demographic process, territorial location, export, import, subject, shareholding, commerce.
Jahonda global o'zgarish va keskin rivojlanish bo'layotgan bir vaqtida Respublikaning barcha sohalarda jadallik bilan o'zgarib bormoqda. Bunday o'zgarishlar yurtimizni barcha hududlarida o'ziga xos ravishda shakllanmoqda. Jumladan barcha sohalar, yo'nalishlarda hududiy va ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etilgan. So'nggi yillarda mavjud barcha yo'nalishlarda keng qamrovli va keng ko'lamli strategik ishlar olib borilmoqda. Bunday yo'nalishlar hozirgi kunda iqtisodiyotimizni rivojlanishiga, aholi turmush tarzini yaxshilash va aholining ish bilan bandligini yildan-yilga oshirib borishiga katta ta'sirini ko'rsatmoqda. Hududiy ko'lamda samarali ishlarni olib borishda iqtisodiyotimizni yangi yo'nalishlardan biri bo'lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ham o'ziga xos ravishda shakllanib kelmoqda. Mustaqillik yillarida bozor iqtisodiyotiga
bosqichma-bosqich o'tish davrida ko'plab kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari tashkil etildi. Bunday subyektlarni soni yildan yilga ortib bormoqda.
Respublikada barcha sohalar va yo'nalishlar yillar mobaynida turli ko'rsatkichlar bilan turlicha shakllanib kelgan (1-rasm). Ammo barcha yo'nalishlar o'ziga xos shaklda shakllanib kelmoqda. Bunga misol qilib aytganda 2000-yilda yalpi ichki mahsulotni umumiy hajmini 31,0 foizini tashkil qilgan bo'lsa bu ko'rsatkich 2005-yilda 38,2 foiz, 2010-yil 60,8 foiz, 2015-yil 64,6 foizga oshgan. Eng yuqori ko'rsatkich esa 2016-yil 66,8 foizni tashkil qilgan. Keyingi yillarda ham kichik biznes va tadbirkorlikni hajmi yildan yilga ko' payib borgan. Ammo boshqa sohalarni ulushi ham ortib umumiy yalpi ichki mahsulotdagi ulushi qisqarishiga sabab bo'lgan. 2016 -yilga nisbatan 2022- yilda kichik biznes va tadbirkorlikning ulushi 15 foyizga qisqargan. 2022-yilda bu ko'rsatkich 51,8 foizni tashkil etgan holda yalpi ichki mahsulotda mavjud bo'lgan ulushini kamayishi kuzatildi.
90.0 -
YaIM > Sanoat > Qurilish > Bandlik > Eksport > Import
1-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi umumiy hajmga
nisbatan % da.
Manba: O'zR Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari muallif tomonidan qayta
ishlangan.
Mavjud satatistik ma'lumotlarni tahlil qilsak kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarini sanoat sohasidagi umumiy ulushi yillar davomida turlicha ko'rsatkichlar bilan ajralib turadi. Bunda 2000-yil yalpi ichki mahsulotda kichik biznes va xususiy tadbirkorlini sanoatdagi umumiy hajmini 12,9 foizni tashkil etgan holda, bu ko'rsatkich 2005-yilda 2,9 foizga pasayish kuzatilib uning ulushi 10,0 foizni tashkil qilgan. Keyingi yillarda davlat tamonida ko'plab qarorlar va qonunlar amalga oshirildi. Jumladan Aksiyadorlik-tijorat Tadbirkorbankning kredit liniyalari hisobidan tijorat banklari tomonidan kichik biznes subyektlariga dastlabki (boshlang'ich) sarmoyani shakllantirishga kredit berish hamda lizing kompaniyalari tomonidan lizingni amalga oshirish tartibi to'g'risida nizomni o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblash haqida (O'zR MBB, O'zR MV va O'zR
DMBDK 31.12.2005 y. Qarori), Davlat statistika qo'mitasining 29.10.2007 y. 6-son "1-(kichik biznes) shakli bo'yicha mikrofirma va kichik korxona hisobotini tuzish tartibi to'g'risida yo'riqnomani tasdiqlash haqida"gi buyruqni o'z kuchini yo'qotgan deb topish to'g'risida"gi Qarori (AV tomonidan 06.11.2007 y. 1119-1-son bilan ro'yxatga olingan) va boshqa qonunlar va qarorlar qabul qilindi[5]. Bunday ishlarning oqibatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni sanoatdagi ulushi 2005-yilga nisbatan 2010-yil ko'rsatkichlari 2,6 barobar ya'ni 26,6 foizni tashkil qilgan. Ushbu ko'rsatkichlar yillar davomida o'zgarib kelgan. Eng yuqori ko'rsatkichi esa 2016 yilga to'g'ri kelgan holda 45,3 foizga yetgani bilan xarakterlanadi. Keyingi yillarda esa sanoat mahsulotlarini umumiy hajmi oshishi va yirik korxonalarning ulushi ortib borishi natijasida sanoat mahsulotlariga nisbatan umumiy hajmi keskin pasayish kuzatilgan. Bu ko'rsatkich 2022 -yilga kelib 2015-yilga nisbatan 17,4 fizga kamaygani bilan xarakterlangan holatda 27,9 foizni tashkil qilgan. Ammo kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sanoat mahsulotlarini hajmi yildan yilga oshib bormoqda.
Iqtisodiyotni rivojlanishida va davlatni shakllanishida asosiy ko'rsatkichlardan biri bo'lgan aholi bandligining ham ulushi sezilarli darajada rivojlanib keldi. Bu ko'rsatkich 2000-yilda umumiy aholi bandligiga nisbatan kichik biznes va xususiy tadbirkorda band aholi ulushi 49,7 foizni tashkil qilgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 2005-yilda 50,9 foizga o'sishini ko'rishimiz mumkun. Eng yuqori ko'rsatkich esa 2016-yil 78,2 foizni tashkil qilgan. Keyingi yillarda esa boshqa yo'nalishlarni rivojlanishi natijasida aholi bandligida kichik biznes va xususiy tadbirkorda band aholining ulushi sezilarli darajada foiz xissobida kamaydi. Lekin aholi soni esa yildan yilga ortib borgani qayt etilgan. 2022-yilda bu ko'rsatkich 73,9 foizni tashkil qilgan holatda Respublikamizda aholini bandligini taminlovchi sohalar bo'yicha lokomotiv yo'nalish bo'lib kelmoqda. Dunyo bo'yicha global muammolardan biri bu aholi bandligi bo'lsa. Bunday muammoni hal etish va demografik jarayonlarni izchil islohat olib borishda ustuvor yo'nalish bo'lib kelmoqda. Shu sababda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanishida aholi bandligi ta'sir ko'lami katta ahamiyatga ega bo'lgan aholi qatlamidir.
Iqtisodiy ko'rsatkichlarning eng asosiy jarayoni bu ekisport va import hissoblanadi. Davlatni qanchalik rivolanganlik darajasini ko'rsatib beruvchi ko'rsatkichdir. Respublikamizda ekisportni umumiy ko'rsatkichlarida kichik biznes va tadbirkorlikni ulushi yillar davomida ortib kelgani bilan xaraktelanadi. Bunday jarayonlar 2000-yilda 10,2 foizga to'g'ri kelgan bo'lsa bu ko'rastkich 2005-yilda 6 foizga tushgan. Keyingi yillarda samarali ishlar olib borilgani tufayli 2011-yilda bu ko'rsatkich 2005-yilga nisbatan 12,8 foizga ko'payishi bilan 18,8 foizga yetgan. 2015-yilda bu ko'rsatkich 27 foizni tashkil qilib 2022-yilda esa 29,6 foizga ko'paygan. 2000-yilga nisbatan 2022-yilga o'sish surati 19,4 foizni tashkil qilgan.
so
— ** 00
^ ~ 00
^ 00 ET oo c\ E:
<s fi
ON ON O
On
<s
S s il il ¡1 ~ lu I £ ¡L ¡J
iiiillMIilll
<s <s
ON 00
ON -H ■—. t 00
£ £ a a
2 g s s
2003 2013
2004 2014
2005 2015
2006 2016
2007 2017
2008 2018
2009 2019
2010 2020
2011 2021
2012 2022
2-rasm Yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni (dehqon va
fermer xo'jaliklarisiz). Manba: O'zR Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari muallif tomonidan qayta
ishlangan.
Iqtisodiy ko'rsatkichlarda qaysi tovarning importdagi ulushi yuqori bo'lsa shu tovarga bo'lgan ehtiyoj yuqoriligi bilan harakterlanadi. Hozirgi kunda Respublikamizda kichik biznes va hususiy tadbirkorlikni importagi ulushi yuqoridir. Importni umumiy ko'rsatkichlarida kichik biznes va tadbirkorlikni ulushi 2000-yilda 22,8 foizni tashkil qilsa, bu ko'rsatkich 2009 -yilda 19,7 foizga ko'tarilib 42,5 foizni tashkil qilgan. Yillar davomida aholi soni ko'payishi va mahsulotga bo'lgan talabni oshishi natijasida importni ham ulushi ortib borgan. Eng yuqori ko'rsatkich 2019-yilda 61,6 foizga oshgan bo'lib, 2000-yilga nisbatan 38,8 foizga ko'tarilgani bilan xarakterlanadi. 2022-yilda esa bu ko'rsatkich 49,4 foizga tushgan. Yuqorida kamaygan ko'rsatkich esa o'zimizda bunday tovarlarni yildan yilga oshishi va mahsulotlar hajmini ko'payotganidan dalolat beradi.
Hozirgi kunda mavjud vaziyat kichik biznes va xususiy tadbirkorlini rivojlanshiga barcha shart va sharoitlar yildan yilga yaxshilanib bormoqda. Bunday jarayon esa kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini ulushini o'sishini taminlab bermoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanishiga ko'p imkoniyatlar va sharoitlar yaratilgan. Ushbu jarayonda barcha hududlarni kompleks o'rganilganlik holatiga ko'ra birmuncha jihatlarda muammolar mavjud. Bunday jihatlardan mavjud tabiiy resruslar, mavjud xomashiyo va mehnat resuruslar bilan taminlanganlik darajasidadir. Bunday omillar natijasida yildan yilga bunday subyektlarning soni ortib bormoqda. O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlarni tahlil qilganimizda eng yuqori ko'rsatkich 2021-yilga to'g'ri kelgan holatda 98886 tani tashkil qilgan (2-rasm). Keyingi o'rinlarda esa 2020-yil 93214 ta, 2019-yil esa 92874 tani tashkil qilgan. Eng past ko'rsatkich esa 2003-yilda 20164 tani tashkil qilgan.
Yillarda davomida o'rtacha ko'rsatkich esa 68949,1 tani tashkil qilgan. Hududlar bo'yicha eng ko'p jaylashgan subyektlar esa Toshken shahar (15078 ta), Samarqand viloyati (10613 ta), Farg'ona viloyati (8228 ta)da tashkil qilgan. Eng past ko'rsatkich esa Sirdaryo viloyatida (2073 ta) qayt etilgan. Yuqoridagi ma'lumotlardan shuni ko'rishimiz mumkunki yillar davomida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarni istiqbolli kelajak kutmoqda.
Adabiyotlar ro'yxati:
1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. -T.: O'zbekiston, 2017. 488-b.
2. Tojiyeva Z.N. O'zbekiston Respublikasi demografik jarayonlari va ularning hududiy xususiyatlari. Geografiya fanlari doktori (Dsc) dissertatsiyasi avtoreferati.-T, 2017.
3. Yuldashev N. Farg'ona viloyatida mehnat resurslari shakllanishining ijtimoiy-demografik omillari va hududiy xususiyatlari. Geografiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati.-T, 2019.
4. Тожиева З.Н. Nature and science//(Nat Sci) ISSN 1545-0740 (print); ISSN 2375-7167 (online); doi prefix: 10.7537, Monthly Volume 20 - Number 3 (Cumulated No. 180), 2022. Study On The Coupling Relationship Of Urbanization-Social Economy-cological Environment In Hohhot-Baotou-Ordos-Ulanqab Urban Agglomeration, China. 2022. P.44-51