Научная статья на тему 'IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA MIKROMOLIYAVIY XIZMATLAR TIZIMI VA UNING AHAMIYATI'

IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA MIKROMOLIYAVIY XIZMATLAR TIZIMI VA UNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
211
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
MIKROMOLIYAVIY XIZMATLAR / KICHK BIZNES / XUSUSIY MULK / MIKROMOLIYALASH / DAVLAT SHERIKCHILIGI / INVESTITSIYA

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Abdullayeva Z.Sh., No’monjonov O. N.

Respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari yildan - yilga o’z mavqeyini mustaxkamlab bormoqdalar. Ular maxaliy xomashyo negizida eksportbop yoki import o’rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish, iste’mol bozorini sifatli tovarlar bilan to’ldirish, aholini ish bilan band qilish, jamiyatga esa soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash orqali katta naf keltiradi. Ushbu maqolada mikramoliyaviy xizmatlar va uning ahamiyati to’g’risida asosan kichik biznes misolida qisqacha so’z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE SYSTEM OF MICROFINANCIAL SERVICES AND ITS SIGNIFICANCE IN THE MODERNIZATION OF THE ECONOMY

In our republic, small business and private business entities are strengthening their position from year to year. They bring great benefits to society by producing exportable or import-substituting products based on local raw materials, filling the consumer market with quality goods, providing employment to the population, and paying taxes and other mandatory payments. This article briefly talks about microfinance services and its importance, mainly on the example of small business.

Текст научной работы на тему «IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA MIKROMOLIYAVIY XIZMATLAR TIZIMI VA UNING AHAMIYATI»

Abdullayeva Z.Sh. professor

Toshkent moliya instituti i.f.d.

No'monjonov O.N.

Toshkent moliya instituti magistranti

IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA MIKROMOLIYAVIY XIZMATLAR TIZIMI VA UNING AHAMIYATI

Annotatsiya: Respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari yildan - yilga o'z mavqeyini mustaxkamlab bormoqdalar. Ular maxaliy xomashyo negizida eksportbop yoki import o 'rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish, iste'mol bozorini sifatli tovarlar bilan to'ldirish, aholini ish bilan band qilish, jamiyatga esa soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni to'lash orqali katta naf keltiradi. Ushbu maqolada mikramoliyaviy xizmatlar va uning ahamiyati to'g'risida asosan kichik biznes misolida qisqacha so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: mikromoliyaviy xizmatlar, kichk biznes, xususiy mulk, mikromoliyalash, davlat sherikchiligi, investitsiya.

Abdullayeva Z.Sh., doctor of economics

professor Tashkent Financial Institute Nomonjanov O.N., master Tashkent Financial Institute

THE SYSTEM OF MICROFINANCIAL SERVICES AND ITS SIGNIFICANCE IN THE MODERNIZATION OF THE ECONOMY

Abstract: In our republic, small business and private business entities are strengthening their position from year to year. They bring great benefits to society by producing exportable or import-substituting products based on local raw materials, filling the consumer market with quality goods, providing employment to the population, and paying taxes and other mandatory payments. This article briefly talks about microfinance services and its importance, mainly on the example of small business.

Key words: microfinance services, small business, private property, microfinancing, public partnership, investment.

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni barqaror rivojlantirish orqali uning YaIMdagi ulushini oshirish, aholini ish bilan band etish, real daromadlarini ko'paytirish va turmush farovonligini yaxshilashda mikromoliyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Mikromoliyalash aholini

kambag'allikdan xalos etishi, ya'ni mehnatga layoqatli, iqtidorli aholi qatlamiga ish o'rinlari yaratish orqali o'z g'oya va yangiliklarini ro'yobga chiqarishi, daromad olish manbalarini kengaytirish asosida turmush farovonligini yaxshilashi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo'li bilan ularni jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy faol sub'ektlariga aylanishiga imkon beradi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilashning ishonchli tayanchi bo'lgan mulkdorlar sinfini, ya'ni o'rta sinfni shakllantirishdagi ulkan ahamiyatini hech narsa bilan qiyoslab bo'lmaydi.

Shunday ulkan vazifalarini amalga oshirishda bank tizimi kredit berish amaliyotlarini taxlil etish, urganish va ularni respublika iqtisodiyotiga tadbik etish kabi dolzarb vazifalarni amalga oshirish lozim edi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining»Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta'minlash, ularni jadal rivojlantirish yo'lidagi to'siqlarni bartaraf etish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi to'g'risida" 15.05.2017 yildagi PF-4725-son Farmoni va»Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2017 yil 28 apreldagi PQ-2340-son qarorining bajarilishi borasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari faoliyati uchun yanada qulay muhit yaratish,kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining moliya-xo'jalik faoliyatiga davlat va nazorat tuzilmalarining aralashuvini keskin kamaytirish, hisobot topshirish tizimini takomillashtirish, ilg'or ilm-fan yutuqlariga asoslangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga keng yo'l ochib berish, kichik biznes sub'ektlariga taqdim etilayotgan imtiyozlar va qulay sharoitlar tizimini yanada rivojlantirish kabi ustuvor yo'nalishlar belgilab berilgan.

Mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash boyicha amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish va barqaror iqtisodiy o sish sur atlarini ta'minlash imkonini bermoqda. 2000-2021 yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YAIMdagi ulushi 31,0 foizdan 54,9 foizga o'sib, 23,9 foiz birlikka ortgan (1-rasm).

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YAlMdagi ulushi

70% 60% 50% 40% 30% 20% 10% 0%

2005y 2010v 2.015 V 2020y 202 ly

1-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YAIMdagi ulushi.

(foizda)1

2021 yilda respublikamiz hududlari boyicha kichik biznes va xususiy tadbirkorliknining YAHMdagi ulushi Surxandaryo va Jizzax viloyatlarida yuqori darajaga yetib, 81,2 foizni tashkil etgan. Shuningdek, Buxoro viloyatida bu ko'rsatkich 75,4 foiz, Xorazm viloyatida 73,9 foiz va Namangan viloyatida 73,5 foizni tashkil etgan. Samarqand, Andijon, Farg'ona va Sirdaryo viloyatlarida, Qashqadaryo viloyati va Qoraqalpogiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 50-70 foizlar oralig'ida bo'lib, o'rta darajani qayd etgan. Shu bilan birga, past daradaja qolayotgan Navoiy viloyatida bu ko'rsatkich 27,1 foizni tashkil etgan. (1- jadval)

O'zbekistonda aholi bandligini ta'minlash, uy xo'jaligi daromadlarining shakllanishi kabi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar echimi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini mikromoliyalash amaliyotining qay darajada rivojlanganligiga bog'liq bo'ladi. Hozirda respublikamizda mikromoliyaviy xizmatlar ko'rsatuvchi barcha moliya-kredit institutlari ushbu xizmat turiga bo'lgan jami talabni qondira olmaydi.

2016-2021yillarda O'zbekiston iqtisodiy rivojlanishining asosi bo'lgan biznes yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etishga qaratilgan qator tizimlichora-tadbirlar amalga oshirildi.

1 O'zbekiston Respublikasi davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari.

Jadval. Kichik biznes va xususiy tadbirkorliknining YAHMdagi ulushi _(foizda)2_

Yillar 2005-2021 yillarda o'zgarish (+;-)

2005 y.1) 2010 y. 2016 y. 2021 y.

Yuqori darajada

Jizzax viloyati 58,3 77,3 80,3 81,2 22,9

Samarqand viloyati 49,9 73,6 78,9 73,4 23,5

Buxoro viloyati 40,7 34,7 67,9 75,4 34,7

Surxondaryo viloyati 42,8 71,7 75,3 77,3 34,5

Namangan viloyati 45,2 76,0 80,3 73,5 28,3

O'rta darajada

Sirdaryo viloyati 59,8 77,4 68,7 69,2 9,4

Xorazm viloyati 47,1 71,8 74,2 73,9 26,8

Andijon viloyati 35,8 54,7 66,0 71,8 36,0

Farg'ona viloyati 40,8 59,5 63,4 69,9 29,1

Qashqadaryo viloyati 34,9 55,0 51,7 69,0 34,1

Toshkent shahri 46,4 49,9 58,9 48,1 1,7

Toshkent viloyati 32,3 54,7 57,1 46,8 14,5

Qoraqalpog'iston Respublikasi 45,1 63,6 57,0 56,4 11,3

j past darajada

Navoiy viloyati 18,5 34,4 37,6 27,1 8,6

Xususiy mulk va kichik biznes manfaatlarini ishonchli himoya qilish bo'yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar 2016-2021yillarda ushbu sohaning barqaror rivojlanishi uchun imkon yaratdi. Mamlakat yalpi ichki mahsulotining umumiy hajmida kichik tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan yaratilgan mahsulotlar qo'shilgan qiymati yil davomida o'sib bordi va birinchi chorakda -45,0%ni, ikkinchi chorakda - 53%ni, uchinchi chorakda - 55,7%ni va yil yakuni bo'yicha 54,9%ni tashkil etdi hamda 2020 yilga nisbatan 1 f.b.ga o'sdi. 2021 yil davomida YaHMda kichik tadbirkorlik sub'ektlarining yuqori o'sish sur'ati Jizzax (1- chorakdagi 74.1%dan yil yakunida 81,2%ga), Surxondaryo (61,0%dan 77,3%ga), Xorazm (66,8%dan 73,9%ga) shuningdek, Buxoro, Samarqand, Namangan, Farg'ona va Andijon viloyatlarida qayd etildi.

Hukumat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari uchun yaratilgan qulayliklar va imtiyozlar tufayli, yangi tashkil etilgan sub'ektlar soni sezilarli ortdi va 2021- yilning yanvar-dekabrida 98,9mingta yangi kichik korxona va mikrofirmalar (fermer va dehqonxo'jaliklarisiz) tashkil

2 Ozbekiston Respublikasi davlat statistika qomitasi ma'lumotlari

qilindi, bu o'tgan yilning shudavriga nisbatan 6,1 foizga ko'p demakdir. Tarmoqlar kesimida eng ko'p tashkil etilgan yangi kichik biznes sub'ektlari soni savdo sohasi (38459 birlik), sezilarli ortdi

Shuni ham ta'kidlash zarurki, mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning reytinglarida o'zining ijobiy ifodasini topmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-iyuldagi PQ-4400-son qarori.

2. Кабулов Х.А. Методология научного исследования. Учебное пособие. -T.:»Iqtisod-Moliya", 2021. - 256 b.

3. The Cabinet of Ministers of Uzbekistan, 2009. The Resolution #68 on «Additional Measures for Improvement of Administrative and Territorial System of Populated Areas», art. XXX

4. www.stat.uz

5. www.lex.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.