Научная статья на тему 'OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI: IJTIMOIY JIHATDAN HIMOYAGA MUHTOJ SHAXSLARNING HUQUQLARI HIMOYASI'

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI: IJTIMOIY JIHATDAN HIMOYAGA MUHTOJ SHAXSLARNING HUQUQLARI HIMOYASI Текст научной статьи по специальности «Право»

7
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI: IJTIMOIY JIHATDAN HIMOYAGA MUHTOJ SHAXSLARNING HUQUQLARI HIMOYASI»

Tashkent State Technical University Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo Civil Society and a People-Friendly State_etishning huquqiy kafolati

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI: IJTIMOIY JIHATDAN HIMOYAGA MUHTOJ SHAXSLARNING HUQUQLARI

HIMOYASI

Mafura Muxtarxanovna Inagamova

Toshkent davlat transport universiteti dotsenti, (PhD), dotsent

Behzod Boymurodov

Toshkent davlat transport universiteti, 2-kurs talabasi

Hozirgi kunda qabul qilingan va amalda bo'lgan qununchilik hujjatlari,nortmativ huquqiy hujjatlar ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning huquqlari,erkinliklari va burchlarini himoya qilishni o'z oldiga maqsad etib qo'ygan. Eng avvalo ijtimoiy himoya nima?Bu qatlamga qanday shaxslar kiradi va qanday qatlamni o'z ichiga olishi haqida to'xtalib o'tadigan bo'lsak.Ijtimoiy himoya-davlat va jamiyatning yoshi,salomatligi holati,ijtimoiy ahvoli,tirikchilik vositalari bilan yetarli taminlanmaganligi tufayli,yordamga,ko'makka muhtoj fuqarolar tog'risidagi g'amxo'rligidir.Quyidagilar qunun hujjatlarida keltirilgan tartibda ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar deb topiladi:

• nogironligi bo'lgan 18 yoshgacha bolalar;

• o'zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo'lgan 18 yoshgacha bolaning parvarishi bilan band bo'lgan qonuniy vakil;

• qonunda belgilangan shartlar va me'yorlarga muvofiq davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo'lmagan I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar;

• qonunda belgilangan shartlar va me'yorlarga muvofiq davlat pensiyasini olish huquqiga ega bo'lmagan vafot etgan shaxsning qaramog'idagi oilaning mehnatga layoqatsiz a'zolari;

• qonunda belgilangan shartlar va me'yorlarga muvofiq davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo'lmagan keksa yoshdagi shaxslar hamda bolalikdan nogironligi bo'lgan farzandi bor (bo'lgan) onalar. [1]

Yuqorida aytib o'tganimizdek ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning huquqlari ve erkinliklari davlat tomonidan himoya qilinadi.Bunga,yaqinda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini yaqqol misol qilib keltirsak bo'ladi.O'zbekiston Respublikasi

December 1-7, 2023 https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State_

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

Konstitutsiyasining 57-moddasida ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar haqida batafsil urg'u berib o'tilgan.Bundan tashqari nafaqat O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi balki Mehnat kodeksida ularning mehnat faoliyati huquqiy muhofazasi belgilanganligi,Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksda voyaga yetmagan farzandning onasi ekanligi yengillashtiruvchi holat sifatida berilganligi,Fuqarolik kodeksida belgilangan tartibda tartibga solinishi,Jinoyat kodeksida qo'riqlanishi va yolg'iz onalarga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar og'irlashtiruvchi holat sanalishi kabi alohida jihatlarga etibor qaratish orqali huquq va burchlar belgilab o'tilganligi guvohi bo'lazmiz.Shu o'rinda yuqorida keltirib o'tilgan qonun hujjatlaridan biriga qisqacha e'tibor qaratib o'tsak. Mehnat kodeksidagi ushbu bobida ya'ni 25-bob. "Ijtimoiy va huquqiy jihatdan kuchli himoya qilinishga muhtoj shaxslarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o'ziga xos xususiyatlari".Ya'ni aniqroq qilib aytadigan bo'lsak ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning mehnat faoliyati to'laqonli qununan tartibga solingan.Mamlakatimizda ijtimoiy himoya tizimini yanada takomillashtirish maqsadida konstitutsiyaviy qonun hujjatlari asosida O'zbekiston Respublikasi Prezidenting 2020-yil 4-avgustdagi PQ4797 sonli "AHOLIGA DAVLAT IJTIMOIY XIZMATLARI VA YORDAM TAQDIM ETISH TARTIB-TAOMILLARINI AVTOMATLASHTIRISH BO'YICHA QO'SHIMCHA CHORATADBIRLAR TO'G'RISIDA"gi qarorga muvohiq ijtimoiy himoya reystri tashkil etildi. Bunga qo'shimcha ravishda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli "YOSHLAR MUAMMOLARINI O'RGANISH VA HAL ETISH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO'G'RISIDA"gi qaroriga muvofiq "Yoshlar daftari jamg'armasi" loyihasi ishlab chiqildi. [2] Bundan ko'zlangan maqsad aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini to'liq o'rganib [3] chiqib,ularni har tomonlama qo'llab quvvatlashdan hamda jamiyatda o'z o'rnini topishiga yordam berishdan iboratdir.Ushbu masala keng muhokamalarda ko'rib chiqilgan va hal etilgan.Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni aniqlash,ularni ro'yxatini shakillantirish va qo'llab quvvatlash maqsadida elektron platforma shakillantirilgan.

Elektron tizim loyihasi "Development Pathways" ixtisoslashtirilgan xalqaro kompaniyasi tomonidan yaratildi va u orqali 9 ta tegishli vazirlik, idoraning ma'lumotlar bazalari bilan real vaqt rejimida elektron almashuvi asosida axborotlarning olinishi yo'lga qo'yildi. [4]

Shu asosda kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam berish jarayonlari tubdan soddalashdi.Ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash yoki rad etish to'g'risidagi

1-7, 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

qaror inson omilisiz axborot tizimi tomonidan qabul qilinadi va natijasi bo'yicha ariza beruvchining telefoniga tegishli SMS-xabarnoma yuboriladi.

Tizimni hayotga tatbiq etishda jaxon tajribasi o'rganildi va o'rganishlar davom etmoqda. O'rganish natijalari bo'yicha axborot tizimi takomillashtirib boriladi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar faqatgina bizning mamlakatimizda mavjud emas.Butun yer sharida mavjud barcha davlatlarda ijtimoiy himoya tushunchasi keng qo'llaniladi.Ko'plab mamlakatlar uzoq vaqtlardan beri ijtimoiy imtiyozlar va xizmatlarni oluvchilar to'g'risidagi ma'lumotlarni birlashtirish hamda mahalliy ma'lumotlar bazalari bilan masofadan turib ishlashga imkon beradigan yaxlit axborot tizimlarini yaratish yo'lini bosib o'tgan, - deydi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetsoliq tadqiqotlari instituti mutaxassisi Jalil Boykalonov. [5] Albatta,har qanday qonun hujjati,iqtisodiy rejalar yillar davomida bir necha bosqichlardan iborat rivojlanish davrini bosib o'tadi.Hech nima o'zo'zidan paydo bo'lip qolmaydi. Ijtimoiy himoya masalasi yuzasidan olib borilayotgan tizimli loyihalar turli davlatlarda turlicha natija ko'rsatmoqda. Ularning bir qanchasida ijtimoiy himoya yagona reyestri ta'minot zanjiri vazifasini o'tayotgan bo'lsa, boshqalarida bu tizim murojaatlarni qabul qilish, ro'yxatdan o'tkazish va fuqarolarning bir yoki bir nechta ijtimoiy nafaqaga muvofiqligini aniqlash ishlarini bajarib kelmoqda.

Ular inklyuziv tizim sifatida ham ijtimoiy siyosat hamda axborot manbai ko'rinishidagi amaliyot roliga ega.Hozirgi kunda 20 dan ziyod mamlakatda (Ozarbayjon, Braziliya, Chili, Xitoy, Kolumbiya, Dominikan Respublikasi, Gruziya,

Indoneziya, Makedoniya, Mali, Meksika, Chernogoriya, Pokiston, Filippin, Senegal, Turkiya, Yaman va boshqa davlatlarda) har xil ko'rinishda ijtimoiy himoya reyestrlari axborot tizimi mavjud. [6]

Biroq ular faoliyatida reyestrlarni boshqarish va ishlatish, shuningdek, qamrov darajasi hamda axborot tizimlari bazasini yuritish ishlari bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi. Masalan, Belgiya aholisini ijtimoiy himoya qilish tizimining boshqaruv modeli dastlab markazlashmagan, endilikda esa, yuqori darajada birlashtirilgan ma'lumotlar bazasiga ega. U ijtimoiy himoya dasturlaridan olingan axborotlarni emas, balki ijtimoiy sektor subyektlari tomonidan to'plangan ma 'lumotlarni qamrab olgan.

Belgiya rejalashtirish idorasining tadqiqotlariga ko'ra, ushbu tizimning joriy etilishi ijtimoiy idoralar uchun ma'muriy xarajatlarni yiliga 1,7 milliard yevrogacha tejash imkonini berdi va 220 turdagi qog'oz hujjatlar bekor qilindi. Bu tizim mamlakatda 30 yildan ortiq vaqt mobaynida samarali ishlab kelmoqda.Ijtimoiy jihatdan himoyaga muhtoj

1-7, 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo

shaxslarni qo'llab quvvatlash orqali mamlakatda qaysidir tomonlama iqtisodiy o'sishga ta'sir ko'rsatadi.Ijtimoiy jihatddan qo'llab quvvatlash tizimi Respublikamiz qonunchiligida atroflicha organilinip huquq va majburiyatlar asosida tizimlashtirilgan. Ammo tan olish kerakki ushbu tizim qaysidir hududlarda yoki qisman ishlamaydi yoki yuzaki ko'z bo'yamachilik uchun amalga oshiriladi. Vaholanki bundan hech qanaqa naf yo'q.Bu tizimning kutilgan natija bermasligiga olib keladi.Ushbu o'rinda xulosa qatorida o'z taklifimni kiritib o'tadigan bo'lsam:ijtimoiy himoya tizimi yetarli darajada raqamlashtirilgan inson omili kamaytirilgan.Ana shu inson omili aralashhuvi mavjud qismida faoliyat olib boruvchi shaxslarga nisbatan jazo choralarini kuchaytirish yoki rag'batlantirish(moddiy yoki ma'naviy)orqali yanada samarali natijaga erishish.Ijtimoiy himoya reystiri,yoshlar daftari,ayollar daftari va hakozo kabi tizimlar orqali ishtimoiy himoyaga muhtoj qatlam tarkibidan ijtimoiy himoyaga muhtoj bo'lmagan qatlamga o'tkazgan har bir fuqaro uchun bir martalik qo'shimcha maosh to'lash orqali amalga oshirilsa sezilarli darajada o'zgarish bo'ladi deb hisoblayman. Yoki teskarisi, jazo choralarini kuchaytirish orqali amalga oshirish.Ijtimoiy himoya tizimi anchayin mukammal tizim hisoblanadi,uning passivligiga mas'uliyatsiz yondashuv sababchi.

REFERENCES

1. M.M.Inagamova. Konstitutsiyaviy islohotlarda inson-jamiyat- davlat masalalarining rivojlanish bosqichlari / «O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati» mavzusidagi ilmiy amaliy konfirensiya. - Toshkent. Republican Scientific and Practical Conference. December 1. T.: 2023. B. 59-64.

2. Mehnat kodeksi 2023 yil,yangi nashir

3. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 05.08.2020-y., 07/20/4797/1138-son; Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 11.06.2021-y.) (Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son)

4. Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni qo'llab quvvatlashga doir tartib tamoyillar.

5. advice.uz, huquqiy axborot portal

6. Davlatlar o'rtasidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamning statistik ma'lumotlari keltirilgan ilmiy maqolalar.

Civil Society and a People-Friendly State

etishning huquqiy kafolati

https://tstu.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

December 1-7, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.