Научная статья на тему 'O‘ZBEKІSTON RESPUBLІKАSІ KONSOLIDATSIYALASHGAN BUDJETDА DАVLАT MАQSАDLІ JАMG‘АRMАLАRІNING INDEKS KO‘RSATKICHLARI'

O‘ZBEKІSTON RESPUBLІKАSІ KONSOLIDATSIYALASHGAN BUDJETDА DАVLАT MАQSАDLІ JАMG‘АRMАLАRІNING INDEKS KO‘RSATKICHLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
120
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
davlat budjeti / konsolidatsiyalashgan budjet / budjetdan tashqari jamg‘arma / xalqaro reyting / indeks ko‘rsatkichlari / moliyaviy resurslar / transfert / subsidiya.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Hasanov To‘lqin Axmatovich

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi konsalidatsiyalashgan budjet tarkibida budjetdan tashqari davlat maqsadli jamg‘armalarining, ya’ni subsidiyalarning tutgan o‘rni, vazifalari, ularni to‘g‘ri yo‘naltirish, moliyaviy resurslarini shakllantirish hamda O‘zbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi ko‘rsatkichlarini yaxshilashga yo‘naltirilgan islohotlarni samaradorligini oshirish yo‘llari tadqiq qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKІSTON RESPUBLІKАSІ KONSOLIDATSIYALASHGAN BUDJETDА DАVLАT MАQSАDLІ JАMG‘АRMАLАRІNING INDEKS KO‘RSATKICHLARI»

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSOLIDATSIYALASHGAN BUDJETDA DAVLAT MAQSADLI JAMG'ARMALARINING INDEKS KO'RSATKICHLARI Hasanov To'lqin Axmatovich

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi mustaqil

izlanuvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10139714

Annotatsiya. Mazkur maqolada O'zbekiston Respublikasi konsalidatsiyalashgan budjet tarkibida budjetdan tashqari davlat maqsadli jamg'armalarining, ya'ni subsidiyalarning tutgan o'rni, vazifalari, ularni to'g'ri yo'naltirish, moliyaviy resurslarini shakllantirish hamda O'zbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi ko'rsatkichlarini yaxshilashgayo'naltirilgan islohotlarni samaradorligini oshirishyo'llari tadqiq qilingan.

Kalitso'zlar: davlat budjeti, konsolidatsiyalashgan budjet, budjetdan tashqari jamg'arma, xalqaro reyting, indeks ko'rsatkichlari, moliyaviy resurslar, transfert, subsidiya.

KIRISH

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini jadal amalga oshirish, shuningdek, O'zbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi ko'rsatkichlarini yaxshilashga yo'naltirilgan islohotlarni amalga oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishga mamlakat ilmiy salohiyatini keng jalb etish va loyihaviy boshqaruvning xalqaro standartlaridan foydalanish, davlat xizmatchilarining sohadagi bilim va ko'nikmalarini oshirish belgilangan.

O'zbekistonda Respublikasida budjetdan tashqari davlat maqsadli jamg'armalari faoliyatini takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta'minlashning muhimomillaridan biri hisoblanadi.

Mablag'lari soliqlar, majburiy to'lovlar va jarimalar, homiylik mablag'lari hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentiningva O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilangan boshqa daromadlardan, shuningdek budjet transfertlari va subsidiyalaridan shakllantiriladigan davlat maqsadli jamg'armalari davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun tashkil etiladi1.

Respublikamizda olib borilayotgan islohotlar, ayniqsa ishsizlikni va kambag'allikni kamaytirish, aholini davlat tomonidan ijtimoiy qo'llab-quvvatlash davlat maqsadlijamg'armalari faoliyati bilan bevosita bog'liq. Shu nuqtai nazardan davlat maqsadli jamg'armalar mablag'larini shakllantirish va ularda samarali foydalanish bugungi kunda o'ta dolzarb masalalardan biri hisoblanib kelmoqda.

ADABIYOTLAR SHARHI

Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo'yicha respublika kengashi tashkil etildi. Uning asosiy vazifasi ustuvor bo'lgan xalqaro reyting va indekslarda O'zbekiston o'rnini quyidagilar orqali yaxshilashdan iborat:

1 O'zbekiston Respublikasining Budjet Kodeksi. O'zbekiston Respublikasi 2013 yil 26 dekabrdagi O'RQ-360-son Qonuni bilan tasdiqlangan. 36-modda.

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish, turli sohalarda amalga oshirilayotgan tub o'zgarishlarni hisobga olish, shuningdek mazkur yo'nalishdagi ishlarning samaradorligiga to'siq bo'layotgan muammolarni bartaraf etish; davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini takomillashtirish, jamiyatni demokratlashtirish, ilg'or xalqaro tajribaga asoslangan davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarni amalga oshirish bo'yicha tashabbuslarni ilgari surish;

davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarini tartibga solishga qaratilgan NHH va ularning loyihalarini mamlakatimizning o'rniga ta'siri nuqtai nazaridan kompleks baholab borish.

Respublika budjeti xarajatlari g'azna ijrosi yagona g'azna hisobvaraq yoki G'aznachilikning boshqa bank hisobvaraqlaridan belgilangan muddatlarda va tegishincha Respublikasi budjeti hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqarimablag'larining qoldiqlari doirasida amalga oshiriladi.

Davlatning jamiyat hayotida muhim vazifalarni bajarishi uchun ma'lum miqdorda xarajat qilish talab etiladi. Bu xarajatlar davlatning maxalliy budjetlari yoki respublika budjeti orqali amalga oshiriladi. Davlat xarajatlari - bu davlat ixtiyoridagi moliya resurslarini davlat faoliyati bilan bog'liq ehtiyojlarni qondirish uchun qilingan sarflar yig'indisidir.

Budjet tizimi budjetlarining iqtisodiy belgilar bo'yicha xarajatlari quyidagi xarajatlar guruhlarini o'z ichiga oladi:

birinchi guruh — ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, kompensatsiya to'lovlari va kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam;

ikkinchi guruh — ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar;

uchinchi guruh — kapital qo'yilmalar (Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan aniq yo'naltirilgan ro'yxatlarga muvofiq);

to'rtinchi guruh — boshqa xarajatlar.

Xarajatlar guruhlari bo'yicha aniq moddalar budjet tasnifiga muvofiq belgilanadi. TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

Ustuvor bo'lgan xalqaro reyting va indekslar bo'yicha mamlakatimizning o'rnini yaxshilash - mas'ul davlat organlari birinchi rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholashning bosh mezonlaridan biri.

Ularda xalqaro reyting va indekslarning navbatdagi nashrida zarur ko'rsatkichni qayd etishga qaratilgan amaliy takliflar, shuningdek reyting va indekslarni e'lon qiluvchi tashkilotlar hamda ularni tuzishda foydalaniladigan axborot manbalari bilan hamkorlik qilish mexanizmlari nazarda tutilishi lozim.

Davlat budjetining xarajat qismi tarkibida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog'iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining zaxira jamg'armalari hisobga olinadi. Davlat budjetining xarajat qismi quyidagilardan iborat: ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash xarajatlari;

nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqainstitutlarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash xarajatlari; iqtisodiyot xarajatlari;

markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini saqlab turish xarajatlari; sudlarni, adliya va prokuratura organlarini saqlab turish xarajatlari; fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari;

NOVEMBER 17 INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

nnoQ IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

1-rasm. Budjetxarajatlarini (konkret maqsadlarga mo'ljallanganligi bo'yicha) turkumlanishi

Davlat maqsadli jamg'armalari daromadlari turli xil ajratmalar, majburiy to'lovlar, yig'imlar va homiylik mablag'lari hisobiga shalklanadi. Ushbu mablag'lar davlat maqsadli jamg'armalarga yuklangan vazifalarni mablag' bilan ta'minlashga yo'naltiriladi. So'ngi yillarda davlat maqsadli jamg'armalar mablag'larini shakllantirishda davlat budjeti transfertlari ulushi oshib bormoqda.

NATIJALAR

O'zbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi ko'rsatkichlarini yaxshilashga qaratilgan bir qator amaliy natijalarga erishilgan. Konsolidatsiyalashgan budjetda davlat maqsadli jamg'armalarining indeks ko'rsatkichlari o'rganish natijalarini ko'radigan bo'sak quyidagi holatlarni ko'rish mumkin. Jumladan, 2019-2022 yillarda konsolidatsiyalashgan budjetdagi budjetdan tashqari maqadli jamg'armalar ulushin tahlil qiladigan bo'lsak 2019 yilda konsolidatsiyalashgan budjet daromadlari 146,7 trln. so'm bo'lsa, shundan maqsadli jamg'armalari Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi bilan birga budjeti daromadi 34,5 trln. so'm yoki konsolidatsiyalashgan budjetning 23,5 foizini tashkil etgan. 2022 yilda esa konsolidatsiyalashgan budjet daromadlari 178,7 trln. so'm bo'lsa, shundan maqsadli jamg'armalari Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi bilan birga budjeti daromadi 31,4 trln. so'm yoki konsolidatsiyalashgan budjetning 17,6 foizini tashkil etgan2.

Indeks ko'rsatkichlarni tahlil qilish va ma'lulotlarni solishtirish orqali aniq bir yo'nalishni belgilab olinadi. Mamlakatning iqtisodiy o'sishi Yalpi ichki maxsulot va davlat budjeti harajatlariga to'g'tidan-to'g'ri bog'langan. Tahlillarni ko'radigan bo'lsak 2019 yil konsolidatsiyalashgan budjet xarajatlari 159,8 trln. so'm bo'lsa, shundan maqsadli jamg'armalar Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi bilan birga budjeti xarajatlari 42,3 trln. so'm yoki konsolidatsiyalashgan budjetning 26,4 foizini tashkil etmoqda. 2022 yilda esa konsolidatsiyalashgan budjet xarajatlari 216,2 trln. so'm bo'lsa, shundan davlat maqsadli

2 Fuqarolar uchun budjet. 2022 / O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi.-Toshkent: BAKTRIA PRESS, 2022. -64 b.

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

jamg'armalar Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi bilan birga xarajatlari 54,1 trln. so'mni yoki konsolidatsiyalashgan budjetning 25,0 foizini tashkil etmoqda.

1-jadval

2019-2022yillarda O'zbekiston Respublikasi Konsolidatsiyalashgan budjetda davlat maqsadli

jamg'armalari parametrlari

trln so'm

T/r Ko'rsatkichlar 2019 yil 2022 yil

I. Konsolidatsiyalashgan budjet daromadlari 146,7 178,7

1. Davlat budjeti daromadlari 112,2 147,2

2. Davlat maqsadli jamg'armalari daromadlari 24,9 26,1

3. O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasiga tushumlar 9,6 5,3

II. Konsolidatsiyalashgan budjet xarajatlari 159,8 216,2

1. Davlat budjeti xarajatlari * 117,6 149,9

2. Davlat maqsadli jamg'armalari xarajatlari 26,9 40,7

3. O'zbekiston Respublikasi Tiklanish vataraqqiyot jamg'armasi mablag'larining sarflanishi 15,4 13,4

4. Tashqi qarz hisobidan davlat dasturlariga xarajatlar - 12,1

III. Davlat maqsadli jamg'armalariga transfertlar 0,4 15,9

Davlat maqsadli jamg'armalarning nafaqat konsolidatsiyalashgan budjet tarkibidagi ulushi kattaligi, bundan mamlakatimiz ijtimoiy iqtisodiy yo'nalishi hamda aholiga yaratiluvchi imkoniyatlarda maqsadli jamg'armalarning ahamiyati katta ekanligini anglash mumkin. Natijada 2019 yilda 0,4 trln. so'm, 2020 yilda 9,2 trln. so'm va 2022 yilda 15,9 trln. so'm yoki maqsadli jamg'armalarning xarajatlari 2019 yilda 0,9 foizi, 2020 yilda 22,7 foizi va 2022 yilda 29,3 foizi davlat budjetidan transfertlar sifatida qoplab berilmoqda. Bu ko'rsatkich 2022 yilda 2019 yilga nisbatan 28 punktga oshganliginiko'rishimiz mumkin.

O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasiga tushumlar konsolidatsiyalashgan budjet daromadlaridagi salmog'i 2019 yilda 6,54 foizni, konsolidatsiyalashgan budjet xarajatlaridagi salmog'i esa 9,6 foizni tashkil qilgan. 2022 yilda esa daromadlari daromadlari salmog'i 2,9 foizni, xarajatlari salmog'i esa esa 7,5 foizni tashkil qilmoqda. Tahlillar shuni ko'rsatadiki, O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi daromadlari salmog'i avvalgi yillarga nisbatan kamaygan.

XULOSA VA MUNOZARA

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash joizki, davlat budjetdan tashqari maqsadli jamg'armalar va Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi maqsadli harakterga ega jamg'arma hisoblanib, umumdavlat yoki mahalliy ahamiyatga ega maqsadli tadbirlarni moliyalashtirish uchun moliyaviy resurslardan foydalanish vositasi hisoblanadi. Shuning uchun ushbu budjetdan tashqari maqsadli jamg'armalar resurslaridan maqsadli va samarali foydalanish maqsadga muvofiq. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi xalqaro reyting va indekslardagi o'rnini oshirishda rivojlangan davlatlar tajribasidan keng foydalanish hamda axborot texnologiyalarni joriy qilish kerak bo'ladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining Budjet Kodeksi. O'zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrdagi 0'RQ-360-son Qonuni bilan tasdiqlangan.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-maydagi PF-138-son "Ish haqi miqdorini oshirish to'g'risida"gi Farmoni.

4. O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 9-dekabrdagi O'RQ-589-son "2020-yil uchun O'zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to'g'risida"gi Qonuni.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-maydagi PQ-246-son "Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashda ilmiy salohiyat hamda amaliy faoliyat uyg'unligini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori.

6. Mexmonov S.A. G'aznachilikda axborot tizimlari. Darslik. - Toshkent. "IQTISODMOLIYA",2023. - 186 b.

7. Abdirahimova D. Moliya bozori va moliyaviy texnologiyalar. Darslik. - Toshkent. "IQTISODMOLIYA",2022. - 404 b.

8. Ganiyev B. Z. Global iqtisodiy rivojlanish. O'quv qo'llanma. - Toshkent. "IQTISODMOLIYA",2019. - 159 b.

9. Erkayev A.N. Innovatsion iqtisodiyot. O'quv qo'llanma. - Toshkent. "IQTISODMOLIYA", 2020. - 473 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.