Научная статья на тему 'Davlat byudjeti mablag’laridan foydalanishda moliyaviy nazoratni kuchaytirish yo’llari'

Davlat byudjeti mablag’laridan foydalanishda moliyaviy nazoratni kuchaytirish yo’llari Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
569
145
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
nazorat / moliyaviy nazorat / byudjet / byudjet jarayoni / byudjetdan moliyalashtirish / byudjet tashkiloti / davlat moliyaviy nazorat / moliyaviy nazoratning subyektlari / moliyaviy nazorat obyektlari / moliyaviy nazorat ta’moyillari

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — I.Jumaniyazov, R.Vohidova

Maskur maqolada davlat byudjeti mablag’laridan samarali foydalanish va moliyaviy nazoratni kuchaytirish yo’llari to’g’risida keng ko’lamda ko’rsatib o’tilgan. Asosan daromadlar maqsadli ravishda xarajatlarga yo’naltirilishi moliyaviy nazorat orqali amalga oshirilayotgani yoki aksincha, teskari holatda ekanligi aniq faktlar asosida keltirilib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Davlat byudjeti mablag’laridan foydalanishda moliyaviy nazoratni kuchaytirish yo’llari»

Davlat byudjeti mablag'laridan foydalanishda moliyaviy nazoratni kuchaytirish yo'llari

I.Jumaniyazov R.Vohidova Toshkent moliya instituti

Annotatsiya: Maskur maqolada davlat byudjeti mablag'laridan samarali foydalanish va moliyaviy nazoratni kuchaytirish yo'llari to'g'risida keng ko'lamda ko'rsatib o'tilgan. Asosan daromadlar maqsadli ravishda xarajatlarga yo'naltirilishi moliyaviy nazorat orqali amalga oshirilayotgani yoki aksincha, teskari holatda ekanligi aniq faktlar asosida keltirilib o'tilgan

Kalit so'zlar: nazorat, moliyaviy nazorat, byudjet, byudjet jarayoni, byudjetdan moliyalashtirish, byudjet tashkiloti, davlat moliyaviy nazorat, moliyaviy nazoratning subyektlari, moliyaviy nazorat obyektlari, moliyaviy nazorat ta'moyillari

Ways to strengthen financial control over the use of state

budget funds

I.Jumaniyazov R.Vahidova Tashkent Financial Institute

Abstract: In this article, the effective use of state budget funds and the ways to strengthen financial control are shown in a large scale. Mainly, it is stated on the basis of clear facts that the purposeful allocation of income to expenses is carried out through financial control or vice versa.

Keywords: control, financial control, budget, budget process, financing from the budget, budget organization, state financial control, subjects of financial control, objects of financial control, principles of financial control

Kirish

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mamlakat iqtisodiyoti va moliya tizimining samarali amal qilishining zaruriy sharti bo'lib moliyaviy nazorat xizmat qiladi. Moliyaviy nazorat ijtimoiy va xususiy takror ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz rivojlanishi, ilmiy texnik taraqqiyotni tezlashuvi, iqtisodiyotning barcha sohalarida sifat ko'rsatkichlarini yaxshilanishini ta'minlashga yo'naltirilgandir. Davlat byudjeti hisobiga mablag' bilan ta'minlanadigan tarmoqlarda iqtisodiy

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 3.848 881 [Ml^^^H

islohotlarni chuqurlashtirish, byudjet mablag'laridan samarali foydalanish nazoratini takomillashtirish bugungi kunda dolzarb masalalardan bir hisoblanadi. Byudjet mablag'laridan oqilona foydalanishga esa samarali nazorat tizimini shakllantirmasdan turib erishib bo'lmaydi. Ma'lumki, byudjet jarayonining asosiy bosqichlaridan biri davlatning moliyaviy nazorati hisoblanadi. Moliyaviy nazorat mamlakatimizda amalga oshirilayotgan nazorat faoliyatining tarkibiy qismi hisoblanadi.

Moliya, byudjet, soliq intizomiga yetarli darajada rioya qilinmayotganligi va byudjet mablag'larini maqsadsiz ishlatilishida ko'p sonli holatlarning mavjudligi barcha mamlakatlarda davlatning moliyaviy nazoratini kuchaytirishning zarurligini ko'rsatmoqda. Byudjet mablag'larini sarflashda yo'l qo'yilayotgan xato va kamchiliklarni kelib chiqish sababi moliya hamda nazorat taftish idoralari xodimlarining ular oldiga qo'yilgan asosiy vazifa-byudjet intizomiga rioya etishni ta'minlashga mas'uliyat bilan yondashishni talab qiladi.

Professorlar A.V.Vahobov va T.S.Malikovlarning fikricha, barcha iqtisodiy sub'yektlarning (davlat, korxona va tashkilotlarning) moliyaviy faoliyati ustidan qonunchilik va ijroiya hokimiyati organlarining turli darajalari, shuningdek maxsus tashkil etilgan muassasalar tomonidan amalga oshiriladigan nazoratga moliyaviy nazorat deyiladi. Bu nazorat, eng avvalo, pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida moliyaviy-iqtisodiy qonunshilikka rioya etilishi, moliyaviy-xo'jalik operatsiyalarining samaradorligini baholash va amalga oshirilgan xarajatlarning maqsadga muvofiqligi ustidan nazoratni o'z ishiga oladi. Boshqacha so'zlar bilan aytganda, moliyaviy nazorat u yoki bu moliyaviy harakat sodir bo'lishining baholashni o'z ichiga olish bilan cheklanmasdan, balki u o'zining analitik yo'nalishiga ega [1].

Byudjet mablag'laridan foydalanish ustidan samarali davlat nazoratini amalga oshirishda moliyaviy nazorat organlar tizimi faoliyatini ham takomillashtirib borish muhim ahamiyatga egadir. Samarali nazoratni tashkil etishda byudjet munosabatlarida ishtirok etuvchi tashkilotlar o'rtasida o'zaro ma'lumot almashish tizimini keng qo'yish ham muhim rol o'ynaydi. Bu borada byudjet tashkilotlarini moliyalashtiruvchi moliya organlari bilan tijorat banklari, soliq va bojxona organlari, tovar xom-ashyo birjasi va uning savdo maydonchalari o'rtasida o'zaro axborot almashish aloqalarini yanada mukammalashtirish byudjet mablag'laridan oqilona va maqsadli foydalanishni ta'minlaydi.

Adabiyotlar tahlili. Davlat moliya tizimi va budjetning iqtisodiy mohiyati qadim zamonlardan iqtisodiyotchilar tomonidan o'rganila boshlangan.

Masalan, G'arb olimlari tomonidan. Klassik iqtisodiy nazariya asoschilari U.Petti, A.Smit D.Rikardo tomonidan davlat budjeti daromadlari shakllanishida soliq tizimining o'rni va vazifalari yoritilgan. Ular davlatni iqtisodiyotga minimal ishtiroki tarafdorlari bo'lib, davlatning asosiy vazifalari mudofaa va ijtimoiy masalalar deb

belgilaganlar. Bozor munosabatlari esa, ularning fikricha, talab va taklif qonuniga asosan iqtisodiy rivojlanish muvofiqlashadi. Yalpi talab darajasini pasayishida davlat aralashish masalalari birinchi marta A. Marshallni ilmiy ishlarida tahlil qilingan. Iqtisodiyotga davlat aralashuvi, jumladan budjet tomonidan uni barqarorlashtirish masalalari J.M.Keynsni ilmiy izlanishlarida atroflicha yoritilgan [2].

Sharq olimlari Ibn Haldun, Al - Farobiy asarlarida davlat xarajatlari va uning mohiyati ko'rsatilgan. Budjet daromadlariga professorlar T.S Malikov va N.X Haydarovlar quydagicha o'z fikrlarini bildirganlar: "Pul mablag'lari fondlarini shakllantirish jarayonida vujudga keluvchi iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlarni ifoda etadigan, hokimiyat organlaring turli darajalari ixtiyoriga kelib tushadigan, davlatning funksiyalarini bajarish uchun zarur bo'lgan davlat markazlashtirilgan moliyaviy resurslarining bir qismi budjet daromadlari deyiladi" [3].

Tadqiqot metodologiyasi. Tadqiqot jarayonida statistik, analitik, qiyosiy, kuzatuv, iqtisodiy tahlil va boshqa usullarni o'z ichiga oladi.

Tahlil va natijalar

Davlat budjeti mablag'larini shakllantirishda uning ham xarajatlar qismini, ham daromadlar qismini belgilash muhimdir, chunki budjetning daromadlari va xarajatlari o'zaro bir-birini taqozo etadi, uni to'liq hisobga olmaslik, noxush oqibatlarni keltirib chiqaradi. Budjet siyosatining asosiy yo'nalishi moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, moliyaviy tizim sohalari o'rtasida qayta taqsimlash va respublikamizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni barqarorlashtirish maqsadida, davlat ixtiyoridagi moliya resurslarini arkazlashtirishdan iboratdir.

Respublikamizda budjet ijrosini belgilangan parametrlar doirasida ijroetish, budjetdan mablag' bilan ta'minlashni takomillashtirish hamda mablag'lardan samarali va maqsadli foydalanish, budjet intizomini ta'minlash budjet tizimi oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Budjet jarayonlarida, jumladan, budjet ijrosini qa'tiy ta'minlashda budjetdan birinchi darajali ustivor ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirish, budjet mablag'laridan maqsadli, samarali foydalanish borasida olib borilayotgan ishlar bilan bir qatorda yechimini kutayotgan muammolar ham mavjud. Iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayoni, bozor mexanizmining takomillashtirilishi va islohotlarning tobora chuqurlashib borishi har bir iqtisodiy jarayonni chuqur tahlil qilishni taqozo qilmoqda. Budjet jarayonini mavjud qonunchilik asosida, budjet ijrosini belgilangan parametrlar doirasida ijro etish, budjetdan mablag' bilan ta'minlashni takomillashtirish hamda mablag'lardan samarali va maqsadli foydalanish, budjet intizomini ta'minlash budjet tizimi oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

1-jadval

2023-yil uchun O'zbekiston Respublikasi Konsolidatsiyalashgan budjetining jamlanma parametrlari hamda 2024-2025-yillarga budjet mo'ljallari [4].

T/r Ko'rsatkichlar 2023-yil uchun prognoz Maqsadli mo'ljallar

2024-yil 2025-yil

1. Yalpi ichki mahsulot, mlrd so'm 1 068 044 1 235 398 1 411 965

2. Yalpi ichki mahsulotning o'sish sur'ati, foizda 5,3 5,6 6

3. Iste'mol narxlari indeksi, o'tgan yilning dekabr oyiga nisbatan, foizda 9,5 5-6 5

4. Sanoat mahsulotlarining o'sish sur'ati, foizda 5,1 - 6,9 6 7,2

5. Qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaliklarida ishlab chiqarishning o'sish sur'ati, foizda 3,5 3,7 3,9

6. Xizmatlar ko'rsatishning o'sish sur'ati, foizda 6,7 6,2 6

Ushbu jadvaldan ko'rishimiz mumkinki, 1-4-5-ko'rsatkichlarga qaraydigan bo'lsak, 0,3 foizli o'sishni ko'rishimiz mumkin. Ammo 3-6-ko'rsatkichlar esa buning aksini ko'rsatib turibdi.

2-Jadval

2023-yil uchun O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy

ko'rsatkichlari prognozi va 2024-2025-yillarga maqsadli mo'ljallar [5]

T/r Ko'rsatkichlar 2023-yil uchun prognoz Budjet mo'ljallari:

2024-yil 2025-yil

I. Konsolidatsiyalashgan budjet daromadlari 310 677,90 353 697,70 397 219,40

1. Davlat budjeti daromadlari* 232 107,10 269 965,60 309 829,90

2. Davlat maqsadli jamg'armalari daromadlari* 41 250,70 46 793,80 50 609,20

3. O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasiga tushumlar 11 712,00 11 394,20 9 959,00

4. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg'armalariga tushumlar 25 608,10 25 544,10 26 821,30

II. Konsolidatsiyalashgan budjet xarajatlari 343 212,60 387 197,10 428 363,70

1. Davlat budjeti xarajatlari * 227 866,60 255 324,10 285 570,50

2. Davlat maqsadli jamg'armalari xarajatlari 70 212,90 77 565,20 85 342,80

3. O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi mablag'larining sarflanishi 11 712,00 17 474,60 17 765,50

4. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg'armalari mablag'larining sarflanishi 25 608,10 25 033,20 26 284,90

5. Tashqi qarz hisobidan davlat dasturlariga xarajatlar 7 813,00 11 800,00 13 400,00

III. Davlat maqsadli jamg'armalariga transfertlar 29 867,60 34 341,70 37 775,50

IV. Konsolidatsiyalashgan budjet saldosi (profitsit +, defitsit -) -32 534,70 -33 499,40 -31 144,30

V. Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg'armalari saldosi (profitsit +, defitsit -) -24 721,70 -16 129,90 -10 474,20

VI. Davlat qarzlarini so'ndirish 19 173,70 31 498,80 26 657,50

Ushbu jadvalda eng yuqori ko'rstakichni davlat byudjeti daromadlari ya'ni 2025-yilga borib, 309 829,90 mlrd so'mni tashkil qilar ekan. 1 va 2 yillar o'rtasidagi farqi 43019,8 mlrd so'mni tashkil qiladi. Davlat byudjeti xarajatlari esa, 285 570,50 mlrd so'mni tashkil qilar ekan. 1 va 2 yillar o'rtasidagi farqni olib qaraydigan bo'lsak, 27457,5 mlrd so'mni tashkil qilmoqda.

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 3.848 884 [Ml^^^H

Xulosa. O'zbekiston Respublikasida nazorat ishlari samaradorligini ta'minlash, hamda byudjet mablag'laridan foydalanish yuzasidan samarli moliyaviy nazoratni amalga oshirishning asosiy yo'nalishlari yuzasidan quyidagi asosiy xulosa, taklif va tavsiyalarimizni aks ettiramiz:

- davlat siyosatiga mos ravishda moliyaviy nazorat tizimini isloh qilib borishni ta'minlash;

- moliyaviy nazorat qo'yilgan maqsadlarga erishish uchun ko'zda tutilgan natijaga erishishni ta'minlashga xizmat qilishi lozim;

- moliyaviy nazorat organlarining byudjet xarajatlarini optimallashtirishga qaratilgan yuqori samarali faoliyatini rag'batlantirish mexanizmini takomillashtirish;

- moliyaviy nazorat sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini amalga oshirish;

- moliyaviy nazorat tizimi organlari faoliyatini muvofiqlashtirishning me'yoriy-huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash va takomillashtirish;

- nazorat organi tizimi bilan turli tashkilotlar (tijorat banklari, soliq, bojxona organlari, tovar xom-ashyo birjalari) o'rtasidagi axborot almashish tizimini yanada muvofiqlashtirish;

- xorijiy davlatlarda byudjet mablag'laridan foydalanish yuzasidan nazorat tadbirlarini amalga oshirish mexanizmini va nazorat-taftish organlari faoliyatini kuzatish va tajribalarini o'rganish, so'ngra ularning ijobiy yutuqlari va natijalarini milliy moliyaviy nazorat tizimimizga tadbiq etish lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Vahobov A.V., Malikov T.S. Moliya: umumnazariy masalalar. O'quv qo'llanma.T.:"Iqtisod-moliya" 2008 y. 316 b.

2. Gaibnazarova Z.T., Isamuxametov Sh.A. darslik "Iqtisodiyot nazariyasi" Toshkent-2020 y. 14 b.

3. Malikov T.S. "Byudjet-soliq siyosati" T.: "Iqtisod-moliya" 2019 y.

4. Lex.uz O'RQ-813-son Toshkent sh., 2022-yil 30-dekabr 1-ilova

5. Lex.uz O'RQ-813-son Toshkent sh., 2022-yil 30-dekabr 2-ilova

6. Jumaniyazov, I. T. (2021). The Progressive Foreign Experiments in the Activity of Sovereign Wealth Funds. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 109-116.

7. Jumaniyozov, I. (2018). Impact of Development Finance Institutions on Economic Growth: Implications for Reconstruction and Development Fund of Uzbekistan. International Journal of Management Science and Business Administration, 4(2), 84-88.

8. Jumaniyozov, I. (2020). ISSUES OF ENSURING THE TRANSPARENCY OF SOVEREIGN WEALTH FUNDS. International Finance and Accounting, 2020(5), 1.

9. Jumaniyazov, I. (2020). FOREIGN EXPERIENCE IN THE ACTIVITIES OF SOVEREIGN FUNDS. International Finance and Accounting, 2020(2), 1.

10. Jumaniyazov, I. T. (2021). Transparency Is A Key Indicator Of The Activity Of Sovereign Wealth Funds. The Am erican Journal of Management and Economics Innovations, 3(05), 30-37.

11. Жуманиязов, И. Т. (2016). Основные задачи Фонда реконструкции и развития Республики Узбекистан. Наука, образование и культура, (7 (10)), 2728.

12. Жуманиязов, И. Т. (2016). Направления использования средств Фонда реконструкции и развития Республики Узбекистан. Economics, (7 (16)), 28-29.

13. Jumaniyazov, I. T. (2022). O'zbekistonda davlat moliya tizimidagi islohotlar va rivojlantirish istiqbollari. Science and Education, 3(5), 1637-1645.

14. Inomjon Turaevich Jumaniyazov, & Bexruz Hazratov (2022). Foreign experience in the development of special economic zones in Uzbekistan. Science and Education, 3 (5), 1628-1636.

15. Jumaniyazov Inomjon Turaevich, & Juraev Maqsud Annaqulovich (2022). Korxonalarda moliyaviy qarorlar qabul qilish va risklarni baholash usullari. Science and Education, 3 (5), 1646-1654.

16. Jumaniyazov, I. T. (2019). The impact of Uzbekistan Reconstruction and development fund's expenditure on GDP growth. Science, research, development № 16. Monografiya pokonferencyjna.

17. Jumaniyazov, I., & Xaydarov, A. (2023). The importance of social insurance in social protection. Science and Education, 4(1), 1033-1043. Retrieved from https://openscience.uz/index.php/sciedu/article/view/4941

18. Inomjon, J. (2023). GENDER BYUDJETLASHTIRISHDA DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATINING O'RNI. Новости образования: исследование в XXI веке, 1(6), 1187-1191.

19. Бахронов, Ж., & Жуманиязов, И. (2023). Партисипатор бюджетлаштириш ва уни Узбекистонда куллаш долзарблиги. Science and Education, 4(2), 1486-1493. Retrieved from https://openscience.uz/index.php/sciedu/article/view/5234

20. Davlatboyeva, M. S. qizi, & Jumaniyazov, I. T. (2023). Yashil byudjetlashtirish va uni O'zbekistonda joriy etish istiqbollari. Science and Education, 4(2), 1509-1516. Retrieved from https://openscience.uz/index.php/sciedu/article/view/5237

21. Jumaniyazov, I. T. (2019). Evaluation criteria for the efficiency of sovereign funds. Global science and innovations 2019: Central Asia. In International scientific conference.-Nur-Sultan (Kazakhstan) (Vol. 340, pp. 226-229).

22. Jumaniyazov, I. T. The significance of Uzbekistan reconstruction and development fund's financial capital on economic growth of Uzbekistan. International Journal of Economics, Commerce and Management United Kingdom ISSN, 2348, 0386.

23. Jumaniyazov, I., & Mahmudov, M. (2022). Experience of foreign countries in attracting foreign investment. Asian Journal of Research in Banking and Finance, 12(5), 32-37.

24. Jumaniyozov, I. T., & Abdumannobov, A. M. (2020). MANAGING PUBLIC DEBT. In Ключевые проблемы современной науки (pp. 3-7).

25. Jumaniyozov, I. T., & Bakhodirkhujayev A.F. (2020). ISSUES AND CHALLENGES FOR THE IMPLEMENTATION OF MACROPRUDENTIAL POLICY IN UZBEKISTAN. In Ключевые проблемы современной науки (pp. 811).

26. Ibragimov, A., & Xolmo'Minov, J. U. (2023). Byudjet tashkilotlarida byudjet mablag'laridan foydalanishning nazorat tizimini takomillashtirish masalalari. Science and Education, 4(5), 1289-1300.

27. Xazratqulov, Y. R., Abdunaimova, I. Z., Xazratova, L. A., Qahramonov, Q. Q., & Burxonova, M. T. (2022). Byudjet mablag'laridan samarali foydalanishda moliyaviy nazoratni takomillashtirish. Science and Education, 3(11), 1171-1181.

28. Jo'rayev Ravshan Aslonovich, "Davlat moliyasini boshqarishda budjet mablag'laridan samarali foydalanishni takomillashtirish" Bitiruv malakaviy ishi, Toshkent, 2015

29. R.Xasanov, X.Asatullayev, A.Sultonqulov, X.Xakimov, Real sektor iqtisodiyoti va uni prognozlash, Iqtosod-moliya, Toshkent 2013

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.