Научная статья на тему 'Byudjet tashkilotlarining moliya-xo’jalik faoliyati ustidan davlat moliyaviy nazoratini tashkil etish masalalari'

Byudjet tashkilotlarining moliya-xo’jalik faoliyati ustidan davlat moliyaviy nazoratini tashkil etish masalalari Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
1088
173
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
byudjet tizimi / davlat byudjeti / byudjet tashkilotlari / moliyaxo’jalik faoliyati / moliyaviy nazorat / byudjet mablag’larini taqsimlovchilar / davlat moliyaviy nazorati / byudjet ijrosi

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Shahzod Ozodboy O’G’Li Egamberganov, Nasiba Komiljanovna Ismailova

Maqolada byudjet tashkilotlarining moliya-xo’jalik faoliyati ustidan davlat moliyaviy nazoratini tashkil etish masalalari keng yoritib berilgan. Mamlakatmizdagi byudjet tashkilotlari moliya-xo’jalik faoliyatini yanada rivojlantirishda davlat moliyaviy nazoratining o’rni va ahamiyatini oshirish yo’llari ko’rib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Byudjet tashkilotlarining moliya-xo’jalik faoliyati ustidan davlat moliyaviy nazoratini tashkil etish masalalari»

Byudjet tashkilotlarining moliya-xo'jalik faoliyati ustidan davlat moliyaviy nazoratini tashkil etish masalalari

Shahzod Ozodboy o'g'li Egamberganov Nasiba Komiljanovna Ismailova Toshkent moliya instituti

Annotatsiya: Maqolada byudjet tashkilotlarining moliya-xo'jalik faoliyati ustidan davlat moliyaviy nazoratini tashkil etish masalalari keng yoritib berilgan. Mamlakatmizdagi byudjet tashkilotlari moliya-xo'jalik faoliyatini yanada rivojlantirishda davlat moliyaviy nazoratining o'rni va ahamiyatini oshirish yo'llari ko'rib chiqilgan.

Kalit so'zlar: byudjet tizimi, davlat byudjeti, byudjet tashkilotlari, moliya-xo'jalik faoliyati, moliyaviy nazorat, byudjet mablag'larini taqsimlovchilar, davlat moliyaviy nazorati, byudjet ijrosi

Issues of organizing state financial control over the financial and economic activities of budget organizations

Shahzod Azodboy oglu Egamberganov Nasiba Komiljanovna Ismailova Tashkent Financial Institute

Abstract: The article covers the issues of state financial control over the financial and economic activities of budget organizations. Ways to increase the role and importance of state financial control in the further development of the financial and economic activities of budget organizations in our country have been considered.

Keywords: budget system, state budget, budget organizations, financial and economic activities, financial control, allocators of budget funds, state financial control, budget execution

KIRISH

Bugungi iqtisodiy islohotlar davrida davlat moliyasini, shu jumladan davlat byudjetini boshqarishda moliyaviy nazorat muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunda moliyaviy intizomini mustahkamlash uchun amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning yo'nalishini byudjet mablag'laridan samarali va maqsadli foydalanish, byudjet intizomini mustahkamlash uchun byudjet tashkilotlari rahbarlarining iqtisodiy mustaqilligini kengaytirish va mas'uliyatini oshirish; byudjetdan moliyalashtiriladigan

tashkilotlarni mablag' bilan ta'minlash mexanizmini soddalashtirish va byudjet mablag'laridan foydalanishda mavjud mablag'larni oqilona taqsimlash uchun shart-sharoitlar yaratish; byudjet tashkilotlari xodimlari mehnatini rag'batlantirish, ular faoliyatining samaradorligini oshirish va kadrlar qo'nimsizligini kamaytirish uchun shart-sharoitlar yaratish kabilar belgilamoqda.

Byudjet mablag'larini taqsimlovchilar, byudjet muassasasi rahbarlari, bosh hisobchilari, moliya organlari xodimlari tomonidan yetarli darajada nazoratni o'rnatilmasligi va ularning ma'suliyatsizliklari natijasida byudjet ijrosi borasida bir qator kamchiliklarga yo'l qo'yilmoqda. Bu esa byudjet tashkilotlarini faoliyatini, ularni xarajatlarini rejalashtirishni va uni nazorat qilishni dolzarb masalalardan qilib qo'ymoqda.

Byudjet nazorati byudjet to'g'risidagi qonun hujjatlarining moliyaviy nazorat ob'ektlari tomonidan buzilishi hollarini aniqlash, bartaraf etish va unga yo'l qo'ymaslik maqsadida davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Ularni faoliyatini takomillashtirish maqsadida bir qator me'yoriy hujjatlar qabul qilinmoqda.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida erigilgan yutuqlarlar bilan bir qatorda bu sohada o'z yechimini kutayotgan muammolar mavjud. Jumladan, moliyaviy nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladigan yakuniy nazorat natijasida budjet mablag'laridan maqsadsiz foydalanish holatlari doimiy ravishda aniqlanmoqda.

Budjet tashkilotining rivojlantirish jamg'armasiga budjet tashkilotlarining tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlari tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar va ularni ishlab chiqarish bo'yicha xarajatlar o'rtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi.

Budjetlarni tuzish, ijrosini amalga oshirish va nazorat qilish mablag'larni samarali va maqsadli sarflanishini ta'minlashga xizmat qiladi. Shu sababdan budjet ijrosi jarayonida ishonchli axborotga extiyoj vujudga keladi. Bunda, buxgalteriya hisobi eng asosiy axborot manbai bo'lib, uni tashkil etish iqtisodiy jihatdan muhim hisoblanadi. Iqtisodiy islohotlar sharoitida budjet mablag'laridan oqilona va samarali foydalanish, budjet tashkilotlarini moliyalashtirishni samarali tashkil etish dolzarb masalalardan biri sanaladi.

Budjetlarni tuzish, ijrosini amalga oshirish va nazorat qilish mablag'larni samarali va maqsadli sarflanishini ta'minlashga xizmat qiladi. Shu sababdan budjet ijrosi jarayonida ishonchli axborotga extiyoj vujudga keladi. Bunda, buxgalteriya hisobi eng asosiy axborot manbai bo'lib, uni tashkil etish iqtisodiy jihatdan muhim hisoblanadi. Iqtisodiy islohotlar sharoitida budjet mablag'laridan oqilona va samarali foydalanish, budjet tashkilotlarini moliyalashtirishni samarali tashkil etish dolzarb masalalardan biri sanaladi. Budjet tashkilotlari budjet mablag'larining asosiy iste'molchisi hisoblanib, Davlat budjeti xarajatlarini tashkil etadi va xarajatlar smetasi asosida budjetdan

moliyalashtiriladi. Shuningdek, budjet tashkiloti qonunchilikka muvofiq budjetdan tashqari mablag'lar yuzasidan tashkil bo'lish manbalari va foydalanish yo'nalishlari ko'rsatilgan holda budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha smetalar doirasida xarajatlarni amalga oshiradi

Budjet tashkilotlari o'z funksiyasini bajarganligi uchun amalga oshirgan xarajatlari smeta asosida Davlat budjetidan moliyalashtiriladi.

Xarajatlar smetasiga xarajatlarning moddalari bo'yicha to'rtinchi guruh xarajatlari yoyilmasi, shuningdek davlat ehtiyojlari uchun ustuvor ravishda kichik tadbirkorlik sub'ektlaridan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) guruhlarining ro'yxati bo'yicha xarajatlar yoyilmasi ilova qilinadi.

Budjet tashkilotlarining va budjet mablag'lari oluvchilarning xarajatlar smetalari ikki nusxada, budjet mablag'larini taqsimlovchi tasarrufidagi budjet tashkilotlari va budjet mablag'lari oluvchilar bo'yicha uch nusxada tuziladi.

Budjet mablag'larini taqsimlovchi o'z tasarrufidagi tashkilotlardan kelib tushgan xarajatlar smetalarini moliya yili uchun budjet mablag'larini taqsimlovchiga budjetdan ajratiladigan mablag'lar hajmi doirasida ko'rib chiqadi va budjet mablag'larini taqsimlovchining O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladigan jamlanma xarajatlar smetasini tuzadi.

Xarajatlar smetasining, jamlanma xarajatlar smetasining va ularga doir ilovalarning shakllari, shuningdek ularni tuzish tartibi O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Bizga ma'lumki, byudjet tashkilotlarini moliya-xo'jalik faoliyati ustidan davlat moliyaviy nazoratini tashkil etishni amalga oshirish amaliyoti ko'zda tutilgan summasining to'g'riligi va asoslanganligini tekshirish lozim. Tekshiruvchi tomonidan yil boshiga rejalashtirilgan ko'rsatkichlarni to'g'ri aniqlanganligi, o'rtacha hisoblangan ish aqi, har bir xarajat smetasi bo'yicha belgilangan normativ va nizomlarga mos kelishi, tashkilotlarni saqlash xarajatlari, tugallanmagan qo'rilish va boshqalar.

O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning tasarrufidagi vakolatli organlar davlat moliyaviy nazorat organlaridir.

Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg'armalari budjetlarining daromadlari qismi bo'yicha davlat moliyaviy nazorati berilgan vakolatlar doirasida davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Budjet nazoratini amalga oshirishda quyidagi prinsiplarga amal qilinadi:

> nazoratini o'tkazishning qonuniyligi

> nazoratini o'tkazishning mustaqilligi

> nazorati natijalarining ishonchliligi

> nazorati natijalarining xolisligi.

Budjet nazorati respublika darajasida va mahalliy darajada amalga oshiriladi (1-rasm):

Ozbekiston Respublikasi respublika byudjetining, davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining va respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari jamg'armalarining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan

• respublika darajasida

Qoraqalpogiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining, Qoraqalpogiston Respublikasi byudjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlaridan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari jamgarmalarining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan

• mahalliy darajada

1-rasm. Davlat byudjet nazoratini amalga oshirilish darajasi1 Budjet nazorati taftish, tekshirish (shu jumladan, budjet to'g'risidagi qonun hujjatlarining avvalgi taftishda yoki tekshirishda aniqlangan buzilishi hollarini bartaraf etish yuzasidan nazorat tartibidagi tekshirish) va o'rganish shaklida amalga oshiriladi.

Budjet tashkilotlari xarajatlari smetasini rejalashtirish va ijro etishda davlat moliyaviy nazoratining dastlabki, joriy va yakuniy turlaridan foydalaniladi (2-rasm)

moliyaviy operatsiyalar bajarilguniga qadar g'aznachilik bo'linmalari va moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi

moliyaviy operatsiyalar bajarilishi jarayonida g'aznachilik bo'linmalari, moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi

moliyaviy operatsiyalar bajarilganidan so'ng davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi

2-rasm. Davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish bo'yicha turlari

• dastlabki nazorat

moliyaviy operatsiyalar bajarilguniga qadar g'aznachilik bo'linmalari va moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi

• joriy nazorat

moliyaviy operatsiyalar bajarilishi jarayonida g'aznachilik bo'linmalari, moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi

• yakuniy nazorat

1 O'zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, 150- modda, // O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2013-yil., 52-I-son

Ä Ä Ä

moliyaviy operatsiyalar bajarilganidan so'ng davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi

Bosh boshqarma va uning hududiy boshqarmalari byudjet tashkilotlarini nazorat qilish borsaidagi vazifalariga muvofiq quyidagi funktsiyalarni bajaradi:2

a) byudjet tashkilotlarida byudjet mablag'larini boshqarish va byudjet hisobini yuritish bo'yicha maxsus avtomatlashtirilgan dasturiy mahsulotlar vositasida byudjet tashkilotlarining moliyaviy faoliyatini doimiy monitoring qilish sohasida:

> xarajatlar smetasiga kiritilgan byudjetdan ajratiladigan mablag'larni haqqoniyligi va ularni amaldagi normativlarga muvofiqligi yuzasidan dastlabki nazoratni o' tkazish;

> mehnatga haq to'lash bo'yicha belgilangan razryadlarga, lavozim maoshlari, ustamalar, ish haqiga qo'shimchalar va boshqa to'lovlar miqdorlariga rioya etilishi ustidan dastlabki nazoratni amalga oshirish;

> xodimlarning belgilab qo'yilgan cheklangan umumiy soniga, xodimlarning toifalari o'rtasidagi o'zaro nisbat normativlariga, namunaviy shtat normativlariga rioya etilishi yuzasidan dastlabki nazoratni amalga oshirish;

> tarifikatsiya ro'yxatlarini tuzishning qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibi va normativlariga rioya etilishi yuzasidan dastlabki nazoratni o'tkazish;

b) byudjet tashkilotlarida aniqlanayotgan pul mablag'lari va moddiy boyliklarni talon-toroj qilish, kamomadlarga yo'l qo'yish, xarajatlar smetasi va shtatlar jadvallarini tuzish, tasdiqlash hamda ijro etish tartibini buzish va byudjet qonunchiligini boshqacha tarzda buzish holatlarini chuqur tahlil qilish va ularni sodir etish shart-sharoitlarini bartaraf qilish bo'yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish sohasida:

> moliyaviy huquqbuzarliklar profilaktikasini olib borish uchun ma'lumotlar bazasini shakllantirish, umumlashtirish va hisobini yuritish;

> byudjet tizimi byudjetlari va O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi jamg'armalar mablag'laridan foydalanishda masofadan kuzatish tizimini va kameral nazoratni joriy etish orqali tekshirishlar samaradorligini oshirish;

> moliyaviy nazorat va huquqbuzarliklar profilaktikasi shakllari hamda usullarini yanada takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish;

> aniqlanayotgan tizimli va xarakterli moliyaviy huquqbuzarliklarni tahlil qilish va ularni bartaraf etish yuzasidan Davlat moliyaviy nazoratini takomillashtirish bo'yicha idoralararo kengashga tegishli takliflar kiritish;

c) masofaviy nazoratni keng ko'lamda qo'llash, zamonaviy axborot texnologiyalari va ma'lumotlar bazasi vositasida tekshirish ob'ektlari va maqsadlarini aniqlash yo'li bilan kam samarali taftishlarni qisqartirish bilan bir vaqtda byudjet tashkilotlarini tekshirish samaradorligini oshirish sohasida:

2 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi to'g'risida Nizom. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 24 oktyabrdagi 870-son qarorining 1-ilovasi

> bir hudud yoki sohada aniqlangan xarakterli moliyaviy huquqbuzarliklar yuzasidan respublika hududidagi nazorat ob'ektlarida tizimli tekshirishlarni o'tkazish;

> moliyaviy huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablarini va ularga imkon yaratuvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish bo'yicha moliyaviy nazorat ob'ektlariga taqdimnomalar kiritish;

> byudjet tizimi byudjetlari mablag'laridan foydalanish samaradorligini oshirish va maqbullashtirish bo'yicha tahliliy ishlarni amalga oshirish hamda tegishli takliflar ishlab chiqish;

d) O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag'lari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg'armalari mablag'laridan foydalanishda byudjet qonunchiligiga hamda byudjet va smeta-shtat intizomiga rioya etilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish sohasida:

> O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg'armalari mablag'laridan maqsadli foydalanilishida byudjet va smeta-shtat intizomiga rioya etilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish;

> davlat investitsiya dasturlarini amalga oshirish uchun markazlashgan manbalardan ajratilgan mablag'lardan maqsadli foydalanilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish;

> ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam to'lovlari uchun ajratilgan mablag'lardan maqsadli foydalanilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish;

> O'zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik muassasalari tomonidan chet el valyutasidagi mablag'lardan to'g'ri va maqsadli foydalanilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish;

> byudjet ssudalaridan maqsadli foydalanilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish;

> byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg'armalarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibiga rioya etilishi yuzasidan davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish;

> davlat xaridlari sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish;

> qonun hujjatlarining avvalgi taftishda yoki tekshirishda aniqlangan buzilishi hollarini bartaraf etish yuzasidan nazorat tartibidagi tekshirishlarni tashkil etish;

> davlat nazorati hujjatlarini umumlashtirish, ular yuzasidan tegishli axborotlar va takliflar tayyorlash;

> davlat moliyaviy nazorati natijalarida aniqlangan xato-kamchiliklarni bartaraf etish, maqsadsiz va noqonuniy xarajatlarni, pul mablag'lari va tovar-moddiy boyliklar kamomadini undirish, nazorat ob'ekti aybdor shaxslarini javobgarlikka tortish yuzasidan taqdimnomalar tayyorlash;

> nazorat tadbirlarini muvofiqlashtirish va uslubiy jihatdan ta'minlash;

> ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlarni yuritish, qonunda ko'zda tutilgan ma'muriy jazo qo'llash to'g'risidagi qarorlarni ijro etilishini tashkillashtirish;

> davlat moliyaviy nazorati natijalari bo'yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirilgan materiallar harakatini monitoring qilish.

XULOSA

Budjet tashkilotlarida budjet va budjetdan tashqari mablag'lar sarfini nazorat qilish, budjet va budjetdan tashqari mablag'lardan oqilona foydalanishni ta'minlash bevosita hisob ishlarini tashkil qilish va yuritish orqali amalga oshiriladi. Budjet tizimida boqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlar budjet tashkilotlarining daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi hisobi uslubiyotini yanada takomillashtirishni talab etadi. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida xarajatlarning ijtimoiy yo'naltirilgan ligini saqlab qolgan holda Davlat budjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta'minlash belgilangan. Davlat budjetidan ajratilayotgan mablag'lar asosan budjet tashkilotlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur bo'ladigan moliyaviy resurslar hisobiga amalga oshiriladi. Bunday mablag'larni ng maqsadli va oqilona sarflanishini ta'minla sh va ular bo'yicha tegishli axborotlarni shakllantirish esa ularda buxgalteriya hisobi va ichki auditni tashkil etish asosida amalga oshiriladi. Davlat sektorida buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimini takomillashtirish konsepsiyasiga muvofiq budjet hisobining standartlari qabul qilinishi belgilangan. Bugungi kunda budjet tashkiloti sifatida faoliyat yuritayotgan ta'lim va tibbiyot muassasalarida ichki audit xizmati ham yo'lga qo'yilmoqdi.

Yuqoridagi holatlarning yechimi yuzasidan quyidagi takliflarni bildirishni maqsadga muvofiq, deb o'ylaymiz:

1. Ma'lumki, amaldagi buxgalteriya hisobiga oid qonunchilikka muvofiq O'zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablag' bilan ta'minlanadigan tashkilotlarning buxgalteriya hisobi va hisobotlarini tartibga solish O 'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda, O'zbekiston Respublikasining vazirlik va idoralari zarur hollarda, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, o'z tizimidagi tashkilotlarda faoliyat hususiyatlaridan kelib chiqqan holda buxgalteriya hisobi va hisobotlarining umumiy qoidalarini qo'llash tartibi to'g'risida belgilangan tartibda me'yoriy hujjatlar chiqarishlari mumkinligi belgilab qo'yilgan. Bizningcha, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan budjet hisobining barcha hisob ob'ektlariga oid "Davlat sektori Buxgalteriya hisobi milliy standartlari"ni ishlab chiqilib amaliyotga joriy etilishi kerak. Hozirda amaliyotda budjet hisobining standartlarini ishlab chiqishning zarurligi o'z isbotini topmoqda. Ushbu standartlarning ishlab chiqilishi budjet tashkilotlarida buxgalteriya ob'ektlari hisobini tashkil etilishini yagonaligini ta'minlaydi. Masalan, xo'jalik yurituvchi sub'ektlar uchun xarajatlar va daromadlarni tan olish bo'yicha Vazirlar

Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son Qarori bilan tasdiqlangan "Maxsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi xamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to'g'risida"gi Nizom, 2-son "Asosiy xo'jalik faoliyatidan tushgan daromadlar" va 3-son "Moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobot" BHMSlar tushumlar va daromadlarni hisobda aks ettirishning aniq me'zonlarini belgilaydi. Shundan kelib chiqadigan bo'lsak, budjet hisobining standartlarini ishlab chiqish asosida budjetdan moliyalanadigan tashkilotlarni budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha tushumlari va daromadlarini hisobda aks ettirishning minimal talablarini aniq belgilash imkoniyati vujudga keladi;

2. Budjet tashkilotlari albatta ishchi schyotlar rejasini "Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to'g'risida"gi Yo'riqnoma talablaridan kelib chiqib tuzishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Bu ishchi schyotlar rejasida budjet tashkilotlarida budjet va budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni hisobda aks ettirish uchun 15 - Turli debitor va kreditorlar bilan hisob kitoblar 16 -Budjet va budjetdan tashqari jamg'armalar bilan hisob-kitoblar 17 - Xodimlar va stipendiya oluvchilar bilan hisob-kitoblar schyotlar bo'yicha alohida subschyotlarni kiritiladi va natijada debitor va kreditorlar mablag'lar manbalariga mos ravishda shakllantiriladi. Umumiy qilib aytganda, yuqorida keltirilgan muammoli holatlarni ijobiy hal qilish hamda budjet tashkilotlarida mablag'lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta'minlash uchun keltirilgan amaliy taklif va tavsiyalarni amalga oshirish kerak deb o'ylaymiz.

Nazorat-taftish bosh boshqarmasi tomonidan o'tkazilgan nazorat tadbirlarida ham asosiy e'tibor davlat mablag'larining maqsadli ishlatilganini aniqlashga qaratildi. Bundan tashqari tekshiruvlar hududlarda byudjet daromadlarini oshirish uchun qo'shimcha zaxira hamda byudjet xarajatlarini kamaytirish va optimallashtirish imkoniyatlari mavjudligini ham ko'rsatmoqda.

Tahlillar shuni ko'rsatmoqdaki, moliyaviy qonunbuzilish holatlarining kelib chiqishiga asosan, ta'lim muassasalarida moliya-hisob xodimlarining qo'nimsizligi, ularning yetarli darajada malakaga ega emasligi, muassasa rahbarlari nazoratni susaytirib yuborganliklari sabab bo'lgan.

Shu sababdan ham davlat moliyaviy nazoratini kuchaytirish, smarasiz taftishlarni kamaytirish maqsadida Nazorat-taftish Bosh Boshqarmasi o'rniga Davlat moliyaviy nazorat Bosh Boshqarmasi tashkil etildi va asosiy e'tibor yakuniy nazoratga emas, balki dastlabki nazoratga va profilaktikaga qaratilishi belgiandi. Shunday ekan, ushbu boshqarmaning faoliyati budjet tashkilotlarida xarajatlar smetasini tuzish va ijro etishdagi nazoratda samarli natijalar beradi deb o'ylaymiz.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Нуритдинова, В. Ш. (2021). Цифровая экономика и ее роль в системе образования. Экономика и бизнес: теория и практика, (1-2), 18-21.

2. Нуритдинова, В. Ш. (2021). Янги сугурта хизматларини жорий этиш оркали сугурта бозорини кенгайтириш масалалари. Science and Education, 2(6), 698-704.

3. Аллаяров, С. Р., & Зайнитдинов, С. М. У. (2021). Иктисодий усишга таъсир курсатувчи омиллар ва уларнинг таснифи. Science and Education, 2(11), 1156-1169.

4. Аллаяров, С. Р., Мардонов, Ш. Х., & Абдурахимова, Г. М. (2020). Ретроспективный и целеориентированный подходы к оценке эффективности фискальной политики. Экономика и социум,(4), 138-147.

5. Шарапова, М. А. (2016). Рациональное использование бюджетных средств и условие повышения их эффективности. Молодой ученый, (10), 937939.

6. Sharapova, M. A. (2018). The role of budgetary control in the use of social sector expenditures. Экономика и бизнес: теория и практика, (1), 101-104.

7. Аллаяров, С. (2022). К ВОПРОСУ РЕАЛИЗАЦИИ ОПТИМИЗИРОВАННОЙ ФИСКАЛЬНОЙ ПОЛИТИКИ ПРИ СТИМУЛИРОВАНИИ ЭКОНОМИЧЕСКОГО РОСТА. Архив научных исследований, 2(1).

8. O'G'Li, D. G. A., & Allayarov, S. R. (2022). Respublika va mahalliy byudjetlar moliyaviy barqarorligini ta'minlashning ustuvor yo 'nalishlari. Science and Education, 3(2), 1565-1573.

9. Сатторов, Б. К., & Аллаяров, С. Р. (2017). Развитие экономики Узбекистана в условиях мировых интеграционных процессов. Наука, техника и образование, 1(5 (35)), 98-100.

10. Anvarov, N. M. O. G. L., & Allayarov, S. R. (2022). Mahalliy byudjetlarni qo 'shimcha manbalardan foydalanishning umumnazariy asoslari. Science and Education, 3(2), 1519-1527.

11. Khidirov N. (2020) "SPECIFIC FEATURES OF FINANCING INVESTMENT ACTIVITY OF INDUSTRIAL ENTERPRISES," International Finance and Accounting: Vol. 2020: Iss. 1, Article 31.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

12. Sotvoldiyev, A. I., & Xidirov, N. G. (2022). Dinamik modellarni iqtisodiyotda qo'llanilishi. Science and Education, 3(3), 1128-1137.

13. Khidirov, N. G. (2021). Mechanisms and methods of financing enterprise investment projects. Journal of Economics, Finance and Management Studies, 4(05), 475-482.

14. Mehmonaliev, A. G. U., & Khidirov, N. G. (2G22). Public finance management its modem problems. Science and Education, 3(11), 1G75-1G8G.

15. KHIDIROV, N. EVALUATION OF EFFICIENCY OF INVESTMENT ACTIVITY IN INDUSTRIAL ENTERPRISES. ИНТЕРНАУКА Учредители: Общество с ограниченной ответственностью" Интернаука", 46-48.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.