Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
DAVLAT SEKTORIDA MOLIYAVIY NAZORATINI TASHKIL ETISHNING
NAZARIY VA TASHKILIY ASOSLARI
Safarov Anvarjon Rustamovich
TDIU magistranti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolamizdan maqsad moliyaviy nazoratning asosiy jihatlari va tamoyillariniilmiy chizmalkar va tahlillar bilan ochib berishga harakat qilganmiz.Hozirgi kunda moliyaviy nazoratning asosiy maqsadi tekshirilayotgan obyektda mavjud bo 'lgan haqiqiy holatni obyektiv o 'rganish va boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ijro etishga salbiy ta 'sir ko 'rsatuvchi omillarni aniqlash yoki oldini olishdan iborat.
Kalit so'zlar: moliya, nazorat obyektlari, byudjet, prinsiplar, mahalliy idoralar,iqtisod, hisobpalatasi.
ABSTRACT
The purpose of this article is to reveal the main aspects and principles of financial control with scientific drawing and analysis. Today, the main goal of financial control is to objectively study the actual situation existing in the inspected object and to identify the factors that have a negative impact on the adoption and execution of management decisions. consists of detection or prevention.
Keywords: finance, control objects, budget, principles, local authorities, economy, accounting chamber.
АННОТАЦИЯ
Целью данной статьи является раскрытие основных аспектов и принципов финансового контроля с помощью научного рисунка и анализа.На сегодняшний день основной целью финансового контроля является объективное изучение фактической ситуации, сложившейся на проверяемом объекте, и выявление факторов, оказывающих негативное влияние на принятие и исполнение управленческих решений состоит в их обнаружении или предотвращении.
Ключевые слова: финансы, объекты управления, бюджет, принципы, органы местного самоуправления, экономика, счетная палата.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
KIRISH
Moliyaviy nazoratning yuzaga kelishi va rivojlanishi davlat moliyaviy tizimining tashkil etilishi va rivojlanishi bilan chambarchas bog'liqdir. Moliyaviy nazoratni tashkil etish bu moliyaviy resurslarni boshqarishning majburiy elementi hisoblanib, bunday boshqaruv jamiyat oldidagi javobgarlikni aks ettiradi. Nazorat bu oxirgi maqsad hisoblanmaydi, nazorat bu boshqarish tizimining ajralmas qismi bo'lib, mamlakat iqtisodiyoti va moliya tizimining samarali amal qilishining zaruriy shartidir. Moliyaviy nazorat jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini boshqarish ustidan davlat nazoratining tarkibiy elementi bo'lib hisoblanadi.
Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta'kidlaganidek - "Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o'sishning yuqori sur'atlarini saqlab qolish, jumladan, Davlat budjeti barcha darajada mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo'lishini ta'minlash - eng muhim ustuvor vazifamizdir"1.
Davlat budjeti budjet mablag'lari boshqaruvchilarining ehtiyojlarini moliyalashtirish orqali muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni bajaradi. Iqtisodiyot va umuman jamiyatni rivojlantirish uchun muhimligiga qaramay, O'zbekiston budjet tizimi yuqori markazlashuv, davlat qarzining yuqori darajasi sharoitida budjet taqchilligini moliyalashtirish muammolari va boshqalar bilan bog'liq ma'lum kamchiliklarga ega.
Nazorat boshqarish siklining shakli sifatida qabul qilinayotgan yoki qabul qilingan boshqaruv qarorlarining asoslanganligi va samaradorligini baholash, bu qarorlarning amalga oshirilish darajasini haqiqiy natijalarning o'rnatilgan parametrlari va me'yoriy ko'rsatmalardan og'ish (farq qilish) darajasini aniqlash va salbiy holatlarni bartaraf etishga qaratiladigan boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida boshqariluvchi obyekt faoliyatini kuzatish, solishtirish, tekshirish va tahlil qilish tizimidir.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Moliyaviy nazorat - bu faoliyat yurituvchi xo'jalik subyektlarining moliyaviy muomalalarini o'rnatilgan qonun-qoidalar doirasida amal qilinishini ta'minlovchi ularning samaradorligini tahlil qiluvchi va ularni kelgusida takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiquvchi mas'ul organlarning aniq maqsadga yo'naltirilgan faoliyati.
1 Sh.M.Mirziyoyev. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. Mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma'ruza, 2017-yil 14-yanvar. 6 b.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Moliyaviy nazoratning maqsadi - bu shunchaki faqat nazorat emas, balki uning maqsadi ahvolni to'g'rilash choralarini ko'rish, ayrim hollarda aybdorlarni javobgarlikka tortish, yetkazilgan zarar uchun tovon undirib olish yoki kelgusida bunday buzilishlarning oldini olish yoxud kamaytirish imkoniyatiga ega bo'lish uchun imkoni boricha dastlabki bosqichda qabul qilingan standartlardan chekinishlarni va qonun qoidalarning buzilishlarini oldini olish, moddiy resurslarning samaradorligini oshirish va tejab sarflanishini aniqlashdan iboratdir.
Moliyaviy nazoratning ahamiyati shundan iboratki, uning yordamida birinchidan, davlat va jamoat tashkilotlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fuqarolar tomonidan o'z moliyaviy faoliyatlarida huquqiy tartibga rioya etilishini kuzatib borish; ikkinchidan, amalga oshirilayotgan moliyaviy harakatlarning iqtisodiy asoslanganligi va samaradorligini, bu harakatlarning davlat oldida turgan vazifalarga muvofiq kelishini tekshirish orqali amalga oshiriladi. Shunday qilib, moliyaviy nazorat moliyaviy faoliyatni amalga oshirish paytida qonunchilikka rioya etish, harakatlarni maqsadga muvofiqligini ta'minlashning muhim vositasi bo'lib xizmat qiladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Bozor iqtisodiyotiga o'tish jarayonida moliyaviy nazoratning maqsad va vazifalari, turlari va shakllari tubdan o'zgardi. Endi u faqatgina jazolash maqsadida emas, balki davlatning o'z vazifalarini bajarish uchun zarur bo'lgan mablag'larning to'liq to'planishi va budjet mablag'laridan maqsadga muvofiq samarali xarajat qilinishini nazorat qilish maqsadida maslahat va ko'rsatmalar berish kabi vazifalarni bajarmoqda. Bugungi kunda moliyaviy nazorat tizimi o'z tarkibida nazorat qiluvchilar va nazorat qilinuvchilar bilan birga nazoratning turlari, shakllari va usullarini ham jamlaydi.
Moliyaviy nazoratning muvoffaqiyatli va samarali o'tkazilishi uning tashkil etilish darajasiga va nazoratning turlari, shakllari va uni o'tkazishning metodlariga bog'liq.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi sub'ektlarga ko'ra turlari
( \ Nodavlat
moliyaviy
nazorati
/ N
Davlat
moliyaviy
nazorati
1-rasm. Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi subyektlarga ko'ra turlari2
Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi subyektlarga ko'ra uning quyidagi turlari mavjud (1-rasm).
Umumdavlat moliyaviy nazorati davlat hokimiyat organlari (Oliy Majlis, Hisob Palatasi, Moliya vazirligi, Davlat Soliq Qo'mitasi, Davlat bojxona qo'mitasi va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladi. Bu turdagi moliyaviy nazoratning bosh maqsadi daromadlarning tushib turishi va davlat xarajatlarining sarflanishi bo'yicha davlat va jamiyatning manfaatlarini ta'minlashdan iborat.
Idoraviy moliyaviy nazorat vazirliklarning Davlat moliyaviy nazorat boshqarmalari va boshqa tarkibiy tuzilmalari tomonidan amalga oshirilib, shu idoraga bo'ysunuvchi korxona, tashkilot va muassasalarning faoliyatini qamrab oladi.
2 Muallif tomonidan tuzilgan.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Xo'jalik ichidagi moliyaviy nazorat korxona va tashkilotlarning iqtisodiy va moliyaviy xizmatlari tomonidan o'tkaziladi. Bu yerda moliyaviy nazoratning obyekti sifatida korxona, tashkilot va muassasalarning xo'jalik va moliyaviy faoliyati maydonga chiqadi.
Davlat moliyaviy nazorat obyektlariga respublika va mahalliy budjetlar, budjet mablag'larini taqsimlovchilar, davlat maqsadli jamg'armalari, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg'armalari kiradi (2-rasm).
2-rasm. Moliyaviy nazorat obyektlari.3
Jamoatchilik moliyaviy nazorati nodavlat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Nazoratning obyekti uning oldiga qo'yilgan vazifalarga muvofiq ravishda aniqlanadi.
Mustaqil moliyaviy nazorat maxsus organlar: auditorlik firmalari va boshqa xizmatlar tomonidan o'tkaziladi. Moliyaviy nazorat amal qilish sohasiga ko'ra davlat va nodavlat moliyaviy nazoratga bo'linadi (3-rasm).
3 Muallif tomonidan tuzilgan.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
3-rasm. Moliyaviy nazoratning sohalari4.
Davlat moliyaviy nazorati bu davlatning asosiy qonunlariga tayanadigan va hokimiyat hamda boshqaruv organlari iqtisodiy-huquqiy harakatining kompleksli va maqsadga yo'naltirilgan tizimidir.
Moliyaviy nazoratni tashkil etishda mamlakatning Konstitutsiyasi hal qiluvchi rolni o'ynaydi. Uning huquqiy reglamenti davlatning tipiga, uning sotsial-siyosiy yo'naltirilganligiga, iqtisodiy tarqqiyot darajasiga, mulkchilik shakllarining nisbatiga bog'liq. Davlat moliyaviy nazorati yalpi ichki mahsulot t aqsimlanishining qiymat proporsiyalarini kuzatishga qaratilgan.
Bu nazorat davlat moliyaviy resurslarini shakllantirish, ularning to'liq va o'z vaqtida tushib turishi va ulardan maqsadli foydalanish bilan bog'liq bo'lgan pul resurslari harakatining barcha kanallariga (tarqatiladi) tegishli hisoblanadi. Bu narsa, eng avvalo, barcha darajalardagi budjetlar va nobudjet fondlarni ishlab chiqish, muhokama qilish, tasdiqlash va ijro etish, korxona va tashkilotlar, banklar va moliyaviy korporatsiyalarning moliyaviy faoliyati ustidan nazoratni anglatadi.
Agar, umummilliy iqtisodiy manfaatlar bilan belgilangan (aniqlangan) bo'lsa, davlat moliyaviy nazoratchilari ham davlat sektorida va xususiy hamda korporativ biznes sektorida taftish va tekshirishlarni amalga oshirish huquqiga egadir.
Biroq iqtisodiyotning nodavlat sektorida davlat tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat faqat soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni ham qo'shib olgan
4 Muallif tomonidan tuzilgan.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
holda davlat oldidagi pul majburiyatlarining bajarilishi sohalarini, ularga ajratilgan budjet subsidiyalari va kreditlarini sarflashda maqsadga muvofiqlilik va qonuniylikning rioya qilinishi, shuningdek, hukumat tomonidan o'rnatilgan (belgilangan) pul hisob-kitoblarini tashkil qilish, buxgalteriya hisobi va hisobotni yuritish qoidalariga rioya etilishini qamrab oladi.
Tekshirish o'tkazish joyiga ko'ra, soliq hamda bojxona organlari o'tkazadigan tekshirishlar, davlat va ijtimoiy budjetdan tashqari fondlar va boshqa organlar amalga oshiradigan moliyaviy nazorat kameral va joyida o'tkaziladigan tekshirishlarga bo'linadi.
Moliyaviy nazoratning shakllari odatda amalga oshirilish reglamenti bo'yicha, o'tkazilish vaqti bo'yicha, nazoratning subyektlari bo'yicha va nazoratning obyektlari bo'yicha klassifikatsiya qilinadi (-rasm).
Tekshirish deganda, alohida nazorat protseduralari faoliyatining ayrim uchastkalarida holatni tekshirish, hujjatlarida (soliq, hisobot, balans, xarajat) va registrlar aks ettirilgan ma'lumotlar bilan taqqoslash orqali tekshirish tushuniladi.
Tekshirish o'tkazilayotganda moliyaviy intizomning ayrim buzulishlari, buxgalteriya (moliyaivy) hisobni yuritishdagi xatoliklar, buxgalteriya (moliyaviy) hisobot ma'lumotlarini buzib ko'rsatilishini aniqlaydi.
Tekshirish o'tkazish joyiga ko'ra, soliq hamda bojxona organlari o'tkazadigan tekshirishlar, davlat va ijtimoiy budjetdan tashqari fondlar va boshqa organlar amalga oshiradigan moliyaviy nazorat kameral va joyida o'tkaziladigan tekshirishlarga bo'linadi.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
4-rasm. Moliyaviy nazoratning klassifikatsiyasi5
' Muallif ishlanmasi.
Oriental Renaissance: Innovative, 73 VOLUME 2 | ISSUE 9
educational, natural and social sciences ------------IV ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ^ ASI Factor = 1.7
Davlat moliyaviy nazorati budjet to'g'risidagi qonun hujjatlarining davlat moliyaviy nazorati obyektlari tomonidan buzilishi hollarini aniqlash, bartaraf etish va unga yo'l qo'ymaslik, shuningdek budjet sohasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat moliyaviy nazorati respublika va mahalliy budjetlar ijrosi doirasida o'rganiladi (5-rasm).
5-rasm. Davlat moliyaviy nazoratining respublika va mahalliy budjetlar ijrosi ustidan amalga oshirilishi6
Davlat moliyaviy nazorat organlari davlat moliyaviy nazoratini davlat moliyaviy nazorat organlari yoki vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan nazorat qilish yillik rejalariga muvofiq amalga oshiradi.
Ayrim hollarda rejadan tashqari davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishga: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining;
davlat moliyaviy nazorat organiga budjet to'g'risidagi qonun hujjatlari buzilganligi faktlari to'g'risida ma'lumotlar kelib tushgan hollarda davlat moliyaviy nazorat organlari rahbarlarining qarorlari asosida yo'l qo'yiladi.
6 Muallif tomonidan tuzilgan.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Davlat moliyaviy nazoratini o'tkazishning qonuniyligi va mustaqilligi, shuningdek davlat moliyaviy nazorati natijalarining ishonchliligi va xolisligi davlat moliyaviy nazoratining prinsiplaridir (6-rasm).
6-rasm. Davlat moliyaviy nazorati prinsiplari7
XULOSA VA TAKLIFLAR
Moliyaviy nazorat maxsus tamoyillar orqali amalga oshiriladi.
Nazorat tamoyillari- nazoratning ilmiy jihatdan ishlab chiqilgan va amaliy faoliyatdan o'tgan siyosiy, tashkiliy va huquqiy asoslari bo'lib, ularga amal qilishligi nazoratning samaradorligini ta'minlaydi. Nazorat tamoyillari moliya sohasidagi nazoratning umumiy tartibini maqsadga yo'naltirilganligini belgilab beradi.
Ko'p yillik tajriba asosida jahonda davlat moliyaviy nazoratini tashkil etishning asosiy tamoyillari ishlab chiqarilgan bo'lib, har bir sivilizatsiyalashgan davlatlarga amal qilingan va intiladi. Bu tamoyillar qonuniylik, daxlsizlik, obyektivlik, malakalilik, oshkoralikni talab qiladi.
Qonuniylik - moliyaviy nazoratning muhim tamoyillaridan biri bo'lib, birinchidan, davlat va mahalliy moliyaviy va moddiy resurslardan fodalanishdagi qonuniylikni ko'zda tutsa, ikkinchidan, nazorat organlari faoliyati ham qonun asosida belgilangan vakolatlari doirasida tashkil etilmog'i kerak.
Dahlsizlik - nazorat organlarining dahlsizligi qonunan belgilab qo'yilishi kerak. Dahlsizlik nazorat organlari ishining samaradorligini ta'minlovchi omil bo'lib
7 Muallif tomonidan tuzilgan.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
nazorat qiluvchi organning moliyaviy jihatdan ham mustaqil va dahlsizligini ko'zda tutadi.
Obyektivlik va malakalilik - nazorat o'tkazuvchi shaxslar tomonidan amaldagi qonunchilikning so'zsiz rioya qilishni, ularning yuqori malakali kasbiy darajada bo'lishlarini ko'zda tutadi.
Oshkoralik - tamoyili esa nazorat organlarining jamoatchilik ommaviy axborot vositalari bilan yaqindan aloqada bo'lishlarini talab qiladi. Chunki nazorat organlari bevosita yoki bilvosita tarzda bir guruh kishilarning yoki butun aholining manfaatlarini ish yuritadilar.
Nazorat-iqtisodiy ishlar ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga, xo'jalik yuritishning yuqori natijalariga erishishga, davlat daromadlarining oshishiga hamda davlat mablag'laridan samarali, maqsadga muvofiq foydalanishga ta'sir etadi.
REFERENCES
1. A.K.Ibragimov, I.K.Ochilov I.N.Qo'ziyev, N.Q.Rizayev (2007) "Moliyaviy va boshqaruv hisobi" o'quv qo'llanma.
2. "Budjet kodeksi" O'zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari to'plami. 52 (I) son, 2013-y.
3. Arens E.A, Lobbek Dj.K. (1995) Audit. Per. s angl. - M.;" Finansi i statistika," - S. 205 s
4. Arens E.A, Lobbek Dj.K. (2001) Audit: Per. s an/gl. - M; "Finansi i statistika,". - S. 560 s
5. Audit va sifat nazoratining xalqaro standartlari (2014) 1,2,3,4-qismlar UBAMA.
6. Aditorlik faoliyatining milliy standartlari.(2003) Uz-T.:UBAMA.-84b.
7. AFMS №50 (2002) O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro'yxatga olingan. y №1128/www.lex.uz /