Научная статья на тему 'KORRUPSIYAGА QАRSHI KURАSHISH SOHАSIDА KOMPLАENS NАZORАT TIZIMINING OʼRNI VА OʼZIGА XOS JIHАTLАRI: XORIJIY TАJRIBАSI MISOLIDА'

KORRUPSIYAGА QАRSHI KURАSHISH SOHАSIDА KOMPLАENS NАZORАT TIZIMINING OʼRNI VА OʼZIGА XOS JIHАTLАRI: XORIJIY TАJRIBАSI MISOLIDА Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
565
264
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
korrupsiya / korrupsiyaga oid huquqbuzarlik / komplaynes / komplaynes nazorati / shakllanish tarixi / “АQSh modeli” / АQShning SOX va FCPA qonunlari / korporatsiya / kontragent / korrupsiyaviy nizolar. / corruption / corruption offense / compliance / compliance control service / history of formation / “USA model” / USA SOX and FCPA legal acts / corporation / sounterparty / corruption scandals.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Maxsutaliyev, Davlatali Muxtorali O’G’Li

Mazkur maqolada korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida mamkakatimizda yangi va samarali tizim hisoblangan komplaynes nazorat tizimining ahamiyati, vujudga kelish omillari, uning shakllanishi va xorijiy davlatlar qonunchiliklari asosida ushbu tizimning o’ziga xos jihatlarining tahlili aks ettiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE AND SPECIFICS OF THE COMPLIANCE CONTROL SYSTEM IN THE FIGHT AGAINST CORRUPTION: ON THE EXAMPLE OF FOREIGN EXPERIENCE

The article examines the role and the effect of modern compliance control systems as a corruption control tool, its development and the advantages of the foreign countries legislation in terms of compliance control.

Текст научной работы на тему «KORRUPSIYAGА QАRSHI KURАSHISH SOHАSIDА KOMPLАENS NАZORАT TIZIMINING OʼRNI VА OʼZIGА XOS JIHАTLАRI: XORIJIY TАJRIBАSI MISOLIDА»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH SOHASIDA KOMPLAENS NAZORAT TIZIMINING O'RNI VA O'ZIGA XOS JIHATLARI: XORIJIY

TAJRIBASI MISOLIDA

Maxsutaliyev Davlatali Muxtorali o'g'li

Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti "Madad" nodavlat notijorat tashkilotining Uchtepa tumani hududiy byurosi bosh mutaxassisi e-mail: davlatalimaxsutaliyev@gmail .com

Mazkur maqolada korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida mamkakatimizda yangi va samarali tizim hisoblangan komplaynes nazorat tizimining ahamiyati, vujudga kelish omillari, uning shakllanishi va xorijiy davlatlar qonunchiliklari asosida ushbu tizimning o 'ziga xos jihatlarining tahlili aks ettiriladi.

Kalit so'zlar: korrupsiya, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik, komplaynes, komplaynes nazorati, shakllanish tarixi, "AQSh modeli", AQShning SOX va FCPA qonunlari, korporatsiya, kontragent, korrupsiyaviy nizolar.

РОЛЬ И СПЕЦИФИКА СИСТЕМЫ КОМПЛАЕНС-КОНТРОЛЯ В БОРЬБЕ С КОРРУПЦИЕЙ: НА ПРИМЕРЕ ЗАРУБЕЖНОГО ОПЫТА

Махсуталиев Давлатали Мухторали ртли магистрант Ташкентского государственного юридического университета а также "Мадад" НПО главный специалист Учтепинского районного территориального бюро e-mail: davlatalimaxsutaliyev@gmail .com

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассматриваются вопросы о роли и значении современной системы службы комплаенс контроля в сфере противодействия коррупции, её истории развития и преимуществах законодательства законадтельство зарубежные страны по комплаенс-контролю.

Ключевые слова: коррупция, коррупционное правонарушение, комплаенс, комплаенс контрол, история формирования, развитие служба законы США SOX и FCPA, "модель США", корпорация, контрагенты, коррупционные скандалы.

ANNOTATSIYA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

THE ROLE AND SPECIFICS OF THE COMPLIANCE CONTROL SYSTEM IN THE FIGHT AGAINST CORRUPTION: ON THE EXAMPLE

OF FOREIGN EXPERIENCE

Makhsutaliyev Davlatali Mukhtorali ugli

master student of Tashkent State University of law and Madad NGO chief specialist of Uchtepa district territorial bureau

The article examines the role and the effect of modern compliance control systems as a corruption control tool, its development and the advantages of the foreign countries legislation in terms of compliance control.

Keywords: corruption, corruption offense, compliance, compliance control service, history of formation, "USA model", USA SOX and FCPA legal acts, corporation, sounterparty, corruption scandals.

O'zbekistonning yangilangan siyosati jamiyatda adolat va qonun ustuvorligini oliy darajaga ko'tarish, zamonaviy samarali davlat boshqaruvini joriy etish, davlat xizmatida korrupsiyaviy holatlarning har qanday ko'rinishlariga qat'iy murosasizlik madaniyatini shakllantirishda yuksak g'oyalarga tayanmoqda. Avvalo, ushbu islohotlarning tub zamirida Prezident Sh.M.Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan "Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak" degan tamoyiliga muvofiq barcha imkoniyatlar xalqimiz manfaatlari yo'lida safarbar etilishi ustuvor vazifa etib belgilanmoqda. Shu o'rinda islohotlarning chinakam natijadorligiga erishish maqsadida davlat va jamiyatning har bir sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini izchil ta'minlab borish alohida ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo'lgan global muammolardan biridir. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, inson huquq va erkinliklarining poymol bo'lishiga olib keladi. Shu bois unga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olgan.

Ma'lumki, bu illatning kelib chiqish sabablarini aniqlash, korrupsiyaga qarshi kurashning samarali yo'llarini topish bo'yicha mutaxassislar, turli institutlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuzlab, minglab tadqiqotlar o'tkazilgan. O'ziga xos reytinglar tuzilib, har xil ko'rsatkich va raqamlar qayd etilgan jadvallar yaratilgan.

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Hatto korrupsiyaning xilma-xil ko'rinishidagi formulalari ham ishlab chiqilgan. Hanuzgacha, barcha millatlar uchun qo'l keladigan qarshi kurashda asqotadigan yagona yechim yo'q. Shunday ekan, har bir millat mazkur illatga qarshi kurashish strategiyasini o'zi belgilaydi.

Shulardan kelib chiqib, 2017 yil 3 yanvar kuni "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilinib, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmi yaratildi.

Bundan tashqari qonunda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga doir tushunchalarga ta'rif berilgan bo'lib, ya'ni korrupsiya - shaxsning o'z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini, yoxud o'zga shaxslarning manfaatlarini ko'zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishidir[1].

Mazkur Qonun o'z navbatida, fuqarolarga korrupsiya va korrupsiyaga oid huquqbuzarlikning nima ekanligi va ularning salbiy illatlari haqida ma'lumot beradi. O'z navbatida korrupsiyaga oid huquqbuzarlik - korrupsiya alomatlariga ega bo'lgan, sodir etilganligi uchun qonunchilikda javobgarlik nazarda tutilgan qilmishdir[2].

Bundan tashqari, hozirgi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ijobiy yutuqlarga erishgan rivojlangan davlatlarning bu boradagi tajribasi shuni ko'rsatmoqdaki, korrupsiya ko'rinishlarining oqibati bilan emas, balki uni keltirib chiqarayotgan sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etishga asosiy e'tibor qaratilgan va bu o'z samarasini berganini amalda ko'rib turibmiz. Xalqaro tajribada bu kabi profilaktik vositalardan biri korrupsiyaga qarshi muvofiqlik "komplaynes-nazorat" tizimi deb nom oladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Xorijiy amaliyot tahlili shuni ko'rsatdiki, bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning qonun hujjatlari va belgilangan standartlarga muvofiq faoliyat yuritishini ta'minlovchi samarali tizimlardan biri sifatida korrupsiyaga qarshi kurashishda komplaynes nazorat tizimi hisoblanadi. "Komplaynes" tushunchasi (ingliz. compliance-muvofiqlik) qonunda o'rnatilgan talab va qoidalarga muvofiq harakat qilish ma'nolarini anglatadi. "Komplaynes nazorat" deb esa kompaniyaning belgilangan talab va qoidalarga muvofiq o'z faoliyatini tashkil etishdan iborat bo'lgan xizmat hisoblanadi [3]. Boshqacha qilib

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

aytganda rozilik, muvofiqlik va aniq belgilangan qoida, standart hamda ko'rsatmalarga muvofiq faoliyat yuritish degan ma'nolarni anglatadi.

Xalqaro tajribada komplaynes nazorat tizimining bir necha asosiy shakllari mavjud:

- tibbiyot, ta'lim

- davlat fuqarolik xizmatlari;

- bank va bojhona sohalari;

- monopoliya va korrupsiyaga qarshi kurashish;

- tadbirkorlik kabi sohalarda joriy etiladigan komplaynes- nazorat hisoblanadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, korrupsiyaga qarshi komplaynes-nazorat tizimi - davlat organlari va xo'jalik yurituvchi sub'ektlar, banklar va xususiy sektor faoliyatini korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlar, qonun va boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq tashkil etilishini ta'minlovchi, korrupsiya xavf xatarlari va manfaatlar to'qnashuvini o'z vaqtida aniqlash hamda ularga chek qo'yish, qonun buzilishi va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar berish kabi qator profilaktik choralarni o'zida mujassam etgan samarali tizimdir

"Komplaynes-nazorat" tizimi vujudga kelishining dastlabki asoslari 1884 yilda Germaniyada "Baxtsiz hodisalarning oldini olish va sug'urtalash assotsiyasi"ning (Accident Prevention & Insurance Association) tashkil etilishi bilan bog'liq.

Lekin, ushbu tizim rasman AQSH davlatida joriy etilgan. Ushbu tizim dastlab, 1906 yilda AQShda oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalar faoliyatini nazorat qilish federal xizmatining (FDA, Food and Drug Administration) tashkil etilishi natijasida vujudga kelgan.

Mamlakat iqtisodiyotida iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlashga qaratilgan kompaniya va korporatsiyalarning tashkil etilishi ular faoliyatida korrupsiyaga qarshi profilaktik choralar joriy etishni zaruriyatga aylantirdi.

O'tgan asrning ikkinchi yarmidan bugungi kungacha Volkswagen, Daimler, Siemens (Germaniya) Odenbrecht, Petrobras (Braziliya), Samsung Group, Hyundai Motor Co. (Koreya Respublikasi), BAE Systems (Buyuk Britaniya), Baker Hughes Inc, Panalpina World Transport (AQSh) va boshqalar kabi yirik kompaniyalar bilan nizoli vaziyatlarni yuzaga kelishi ular faoliyatidagi korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarning mustahkam emasligi bilan asoslanadi va bu o'z davrida korrupsiyaga qarshi mavjud tizimni tubdan isloh etishni taqozo qildi. Bugungi kunda 100 dan ortiq mamlakatlardagi kompaniyalarda korrupsiyaga qarshi "komplaynes-

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

nazorat" tizimi joriy etilgan. Shunigdek, korrupsiya holatlarning oldini olish hamda kompaniyalarning (milliy va xorijiy) korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini tartibga solish zaruriyati dunyoda ilk bor AQSh kompaniyalarida so'ngra boshqa ilg'or horijiy mamlakatlarda korrupsiyaga qarish kurashishga oid qoidalar va majburiyatlar tizimini aks ettiradigan komplaynes xizmati paydo bo'ldi. O'z-o'zidan davriy shakllanish natijasida korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qoidalar yig'indisi komplaynes nazorat tizimi bosqichma-bosqich yuridik normalar bilan tartibga solina boshlandi.

Xususan AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiya, Turkiya, Singapur, Malayziya, Braziliya, Sloveniya, Qozog'iston kabi bir qator xorijiy davlatlarda ushbu tizim korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi asosiy profilaktik choralardan biri hisoblanadi. Mazkur davlatlarda "komplaynes-nazorat" tizimining joriy etilishi, tashkilotlarning faoliyat yo'nalishlariga qarab majburiy ahamiyat kasb etadi.

Masalan, Fransiyada 800 000 yevrodan ortiq kapitalga ega bo'lgan davlat korxonalarida "komplaens-nazorat" tizimi joriy etilgan bo'lishi shart. Buyuk Britaniyaning 1 mlrd. funt sterling kapitali bo'lgan 700 dan ortiq davlat ulushiga ega korxonalarida tashkil etilgan ushbu tizim turli korrupssiya xavflaridan himoya qiluvchi kompleks choralar sifatida qo'llanilmoqda. Shuningdek, aksariyat xorijiy davlatlarda "komplaens-nazorat" tizimi alohida qonun hujjati bilan tartibga solingani ahamiyatga molikdir.

AQSh qonunchiligida mazkur tizimning qonun bilan mustahkamlanishi asosan 1977 yilda "Xorijiy korrupsiyaviy amaliyotlar to'g'risidagi akt" (FCPA-Foreign Corrupt Practices Act, 1977), 2002-yilda qabul qilingan "Sarbeynz-Oksli akti" (Sarbanes-Oxley Act, 2002), hamda "Dodd-frank akti" (Dodd -Frank Act, 2010) [4] singari qonunlarning qabul qilinishi mazkur tizimning rivojlangan AQSh tajribasini qisqa qilib aytganda "AQSh modeli"ni yaratishga xizmat qildi.

Bular natijasida AQSh bozorida ishtirok etuvchi har qanday korporatsiya va kompaniyalar o'z tarkibida "komplaens-nazorat" tizimini joriy etishi va davlat xizmatchilarining axloq kodeksini qabul qilishi shart etib belgilandi.

Bundan tashqari Buyuk Britaniya qonunchiligida ham korrupsiyaga qarshi kurashishda komplaynes nazorat tizimining joriy etilishiga bir qancha sabab va huquqiy asoslar mavjud. Masalan, asosiy antikorrupsiya qonuni 2010 yil 2011 yil 1 iyulda kuchga kirgan "Poraxo'rlik to'g'risida"gi qonun hisoblanadi. Ushbu aktning o'ziga xos xususiyati shundaki, uning qoidalari Britaniya jismoniy va yuridik shaxslariga teng darajada qo'llaniladi va uning ta'siri Buyuk Britaniyadan tashqarida sodir etilgan jinoyatlarga nisbatan ham qo'llaniladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Bundan tashqari, Buyuk Britaniyadagi korrupsiyaga qarshi faoliyatni tartibga soluvchi baza ham mavjud bo'lib, quyidagilarni o'z ichiga oladi:

- 1889 yildagi "Davlat organlarining korrupsiya faoliyati to'g'risida"gi qonun;

- Korrupsiyaning oldini olish to'g'risidagi qonun 1906 yil;

- Katta ahamiyatga ega bo'lgan axborotni jamoatchilikka oshkor qilish to'g'risidagi qonun, 1998 yil;

- "Terrorizm, jinoyatchilik va xavfsizlikka qarshi kurash to'g'risida"gi qonun, 2001 y.

- Jinoyatdan olingan daromadlar to'g'risidagi qonun 2002 yil

Birlashgan Qirollik 1998 yilda OECDning 1997 yildagi Xalqaro biznes operatsiyalarida xorijiy davlat amaldorlarining poraxo'rliklariga qarshi kurash to'g'risidagi konventsiyasiga qo'shildi, shuningdek, 2003 yilda BMTning Korruptsiyaga qarshi konventsiyasini imzoladi.

Buyuk Britaniyaning korruptsiyaga qarshi qonunchiligi tarkibida alohida o'rinni deputatlar va davlat xizmatchilarining odob-axloq kodeksi egallaydi. Ushbu hujjatlar majburiy bo'lib, ko'rsatilgan toifadagi shaxslar tomonidan yuqori darajadagi moliyaviy intizom va shaffoflikka rioya qilishlarini anglatadi.

Bundan tashqari Sloveniyada mazkur xizmat faoliyati 2014 yil 26 aprelida qabul qilingan ("Sloveniya davlat xoldingi akti to'g'risida"gi) alohida qonun bilan tartibga solinadi. Sloveniya amaliyotida "komplaens-nazorat" xizmatining joriy etilishi davlat sektoriga kadrlarni tanlash jarayonlari maksimal shaffof mexanizmlar asosida o'tishiga imkon bergan va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar berishning mukammal tizimi yaratilgan. Qonunning o'ziga xosligi shundaki, unda "komplaens-nazorat" xizmatida kadrlar masalasiga (compliance officer) to'xtalib o'tilgan hamda kompaniya ichidagi korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabardor etishga qaratilgan (whistleblowing policy) aniq qoida va tartiblar keltirib o'tilgan [5].

Shuningdek, "komplaynes-nazorat" tizimining o'ziga xos xalqaro prinsiplari mavjud bo'lib, xalqaro-huquqiy hujjatlarda ushbu tizimning aynan mazkur prinsiplariga ahamiyat qaratiladi. Ya'ni:

- shaxsiy namuna (tone at the top) - rahbariyat tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash, rag'batlantirish va bunda jamoaga shaxsan namuna bo'lishi;

- korrupsiyaga nisbatan murosasizlik (zero tolerance to corruption) -xodimlarda korrupsiyaga nisbatan "0 (nol')" darajadagi murosasizlik madaniyatini shakllantirish;

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

- ochiqlik va shaffoflik (oppenes and transparency) -faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash;

- xabar berish siyosati (internal and external whistleblowing policy) - qonun buzilishi, manfaatlar toqnashuvi hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida habar berish tartibi;

- komplaens dasturi (compliance program) - korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini qamrab oluvchi jarayonlar;

- komplaens xodim (compliance officer) - tashkilotda korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali yuritish uchun javobgar shaxs;

- korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash (sompliance risk assessment) -faoliyatni turli korrupsiyaviy xavf-xatarlardan himoya qilish va ularni baholab borilishini monitoring qilish;

- samaradorlik va malaka oshirish (sompetence and training) - xodimlarni korrupsiyaga qarshi madaniyati va bilimini muntazam oshirib borish maqsadida o'qitish;

- tizimli tahlil (monitoring) - korrupsiyaga qarshi "komplaens-nazorat" xizmatining samarali faoliyat yuritib borishini muntazam ravishda baholab, monitoring qilish;

- kontragent (due diligence) - uchinchi tomon shaxslarning ishonchliligini baholash [6].

"Komplaens-nazorat" tizimini o'zida joriy etgan xorijiy davlatlar (AQSh, Buyuk Britaniya, Xitoy, Sloveniya misolida) tajribasi va xalqaro kompaniyalar amaliyoti asosida Korrupsiyaga qarshi "komplaens-nazorat" tizimini 3 xil model bo'yicha ajratish mumkin:

- "ixtisoslashgan korrupsiyaga qarshi "komplaens-nazorat" xizmati modeli"da korrupsiyaga qarshi "komplaens-nazorat" tizimining asosiy vazifasi kompaniyaning faoliyati, va korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini xorijiy davlatlar va tashqi bozor qonunlariga muvofiq tashkil etish hamda kompaniya yoki tashkilotning xalqaro doiradagi imidjini oshirishga qaratilgan bo'ladi;

- "moslashgan korrupsiyaga qarshi "komplaens-nazorat" xizmati modeli"da asosan kompaniya va tashkilotning ichki tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati amalga oshiriladi va muntazam ravishda faoliyatni turli korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish hamda xavf-xatarlarni o'z vaqtida aniqlash kabi ichki profilaktik choralarni tatbiq etishga qaratilgan bo'ladi;

- "aralash korrupsiyaga qarshi "komplaens-nazorat" xizmati modeli"ning vazifasi kompaniya va tashkilotning milliy va xalqaro doiradagi nufuzini saqlash,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

korrupsiya holatlari sodir etilishiga qarshi kurashish va bu boradagi faoliyatni milliy qonunchilik hamda o'rnatilgan qoidalarga muvofiq tashkil etishdan iboratdir.

Shu o'rinda mazkur tizimning o'ziga xos jihatlarini Amerika tajribasi misolida ko'rib chiqsak. Yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek "Xorijda korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risidagi Akt" (FCPA - Foreign Corrupt Practices Act of 1977) hamda 2002 yilda "Sarbeynz-Oksli to'g'risidagi Akt" (SOX - Sarbanes-Oxley Act of 2002) kabi qonunlarining qabul qilinishi AQSh da komplaynes nazorat tizimining samarali joriy etilishi va rivojlanishi uchun muhim shart-sharoitlarni yaratib berdi. Mazkur qonunlarning tahlili natijasida ularni 2 bosqichga ajratgan holda komplaens tizimi faoliyatini tashkil etish bilan bog'liq o'ziga xos jihatlarini ko'rib chiqamiz.

Birinchi bosqich, "Xorijda korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risidagi Akt"ning qabul qilinishidir. FCPAning asosiy talabi korporatsiya va kompaniyalarning tarkibida komplaens xizmati tashkil etilishi shart etib belgilandi[7]. Bunday talab asosan davlat ishtirokidagi kompaniyalarga taaluqli bo'lib, FCPA o'zida quyidagilarni aks ettirdi:

1. Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini o'zida mujassam etgan qat'iy nazorat qoidalari o'rnatildi.

2. Buxgalteriya hisobini yuritish shakllari va moliyaviy hujjatlarga qo'yiladigan talablar joriy yetildi.

3. Kompaniyaning davlat amaldorlari, shu jumladan, xorijiy davlat amaldorlari bilan munosbatga kirishdagi aloqalar bo'yicha qat'iy qoidalar o'rnatildi.

4. Har qanday chet ellik mansabdor shaxsga, shuningdek siyosiy lavozim nomzodiga va siyosiy partiyalarga moddiy yoki nomoddiy naf keltiruvchi har qanday holatlarni yuzaga keltirish, va'da berish yoki taklif etishga qaratilgan korrupsiya holatlarini yuzaga keltirishi mumkin bo'lgan munosabatlarni o'z ichiga oladi.

Qonun talablari qaysi davlat fuqaroligidan qat'iy nazar har bir jismoniy shaxs va kompaniyalar (milliy va xorijiy) kiradilar. Shu o'rinda xorijiy kompaniyalar faoliyatiga qonun talablari joriy etilishining alohida jihatlarini ko'rsatib o'tadi, ya'ni xorijiy kompaniya AQShda tijoriy faoliyat yuritayotgan bo'lsa, agar kompaniyaning aksiyalari davlat fond birjasida ro'yxatga olingan bo'lsa, shuningdek xorijiy kompaniyalar AQSh korporatsiya yoki kompaniyalari bilan hamkorlik o'rnatgan bo'lsa va ularning nomidan ish olib boradigan bo'lsa [8] qonun talablari ushbu jihatlarni qamrab oladigan har qanday xorijiy kompaniyalarga tadbiq etilishi ko'rsatib o'tilgan.

Buning davomi sifatida kompaniyalarga korrupsiyaviy xavflarning oldini olishga qaratilgan qoidalar sifatida ichki buxgalteriya hisobini yuritish nazorati va

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

moliyaviy hisobotlarni boshqarishning samarali tizimini yaratishi bilan bir qatorda o'z kontragentlari (fuqarolik huquqiy munosabatlarida shartnoma tuzuvchi taraf) bilan hamkorlikni o'rnatish jarayonida ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lishi va bunda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklardan holi bo'lishini ta'minlashi lozimligini ko'rsatadi FCPAda o'z sheriklarini korrupsiyaviy holatlarning oldini olish maqsadida har tomonlama tekshiruvdan o'tkazish majburiyatini yuklamaydi, ammo kompaniya xorijiy mansabdor shaxslarga pora berganligi va shu sababliishbilarmonlik nufuzini saqlab qolish uchun javobgarlikka tortilishining oldini olish katta ahamiyatga ega ekanligini belgilaydi.

FCPAga muvofiq kospaniyalar faoliyatida korrupsiyani oldini olishga oid asosiy vositalardan biri aynan buxgalteriya xisobi nazoratining shaffofligi va aniqligini ta'minlash orqali amalga oshirilishi ko'rsatilgan. Har bir kompaniya buxgalteriya nazorati tizimini yuritishi majburiydir, bunday hisobotni yuritilishi yozuvlar, hisoblarni qalbakilashtirishga olib kelmasligi belgilangan. Qonunning "Savdo-sotiq va tijorat" nomli o'n beshinchi bo'limida "hisobot shakllari; buxgalteriya daftarlari, yozuvlar va boshqaruv hisobi"ning tartibi va ularga qo'yilgan quyidagi talablar keltirilgan:

(A) kompaniyada amalga oshiriladigan bitimlar va moliyaviy operatsiyalarning hisoblarni aniq, shaffof va adolatli raqamlarida aks ettirib borish muntazamliligini ta'minlash;

(B) kompaniyalar o'rtasida shartnoma va bitimlar faqatgina rahbariyatning umumiy yoki maxsus ruxsati bilan amalga oshirish;

(C) bitimlar tuzilishida moliyaviy hisobotlarni tayyorlanishi, buxgalteriya prinsiplariga yoki yuzaga kelishi mumkin bo'lgan korrupsiyaviy xavflarning oldini olishga qaratilishi alohida ahamiyat kasb etadi [9].

Shuningdek, FCPA korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar yuzaga kelishiga qarshi mexanizmlar sifatida ikkita qoidalar guruhini belgilaydi: AQSh birjalarida ro'yxatga olingan kompaniyalarning (AQSh va xorijiy) buxgalteriya hisoboti taqdim etishning shaffofligi va korrupsiyaga qarshi kurashishga oid o'rnatilgan talablardir.

Fikrimizcha, yuqorida keltirilgan qonun tahlilidan tushunish mumkinki, korporatsiya va kompaniyalar faoliyatida tashkil etiladigan komplaens xizmatlarning asosiy vazifasi aynan kompaniya nufuzini saqlash, milliy va xorijiy kontoragentlar bilan munosabatlar jarayonida korrupsiya xavflari, huquqbuzarliklari yuzaga kelishini oldini olishga qaratilgan mukammal mexanizmlarini yaratish orqali namoyon bo'ladi.

Ikkinchi bosqich, AQShda "Sarbeynz-Oksli to'g'risidagi Akt"ning qabul qilinishiga to'g'ri keladi. Qonun yirik kompaniyalarning korporativ boshqaruv

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tizimidagi chuqur muammolar va ularning insofsiz rahbarlari bilan bog'liq bir qator korrupsiyaviy nizolarning natijasi hisoblanadi. Ya'ni 2000 yillar boshida Enron, WorldCom Global Crossing kabi korporatsiyalar ishtirokidagi yirik moliyaviy janjallar yuzaga kelishi bilan bog'liqdir [10]. Bu kabi holatlarning ro'y berishining asosiy sabablaridan biri sifatida korporatsiyalar ichki tizimidagi korrupsiyaga qarshi kurashishmexanizmlarining mustahkam emasligi etib belgilandi va ushbu holatlar SOXning qabul qilinishiga olib keldi.

Qonun o'zida komplaens nazorat xizmatini tashkil etadigan korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini kompaniyalar faoliyati bilan kengroq qamrab olinishi orqali "AQSh modeli" ni yanada takomillashtirdi. Qonun kompaniya va tashkilotlarning moliyaviy hisoboti va uni tayyorlash jarayoniga qo'yiladigan talablarni sezilarli darajada kuchaytiradi, shuningdek, FCPAdan farqli o'laroq korporativ ahloq kodeksini kompaniyalar tomonidan qabul qilish majburiyati belgilandi va aynan 2002 yildan Nyu-York fond birjasida (New York Stock Exchange, NYSE) [11] qatnashayotgan har qanday kompaniya korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida AQSh qonunlarida shrnatilgan talablarga bo'ysunishi hamda o'zida komplaens nazorat tizimini joriy etish majburiyatlari belgilandi. Qonunning maqsadi sifatida kompaniyalarning korporativ boshqaruv tizimiga ega bo'lishi, moliyaviy hisobotlarning shaffofligini oshirish va har bir kompaniyada rasmiylashtirilgan audit va balans tizimiga bo'lgan talabni joriy etish orqali ularda chinakam korrupsiyaga qarshi kurashish tizimlarini shakllantirishdan iborat ekanligi ko'rsatib o'tilgan.

Bu o'rinda qonunda aks etgan kompaniyalarning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid talablarning o'ziga xos jihatlaridan kelib chiqqan holda aynan komplaens nazorat tizimini tashkil etilishiga bog'liq qoidalarni bir necha qismlarga bo'lib tahlil qilish mumkin bo'ladi.

SOX komplaens qoidalarining tadbiq etilish doirasi. Qonun talablari biznes faoliyatini bevosita AQSh fond birjasi orqali amalga oshirayotgan barcha milliy va xorijiy kompaniyalar hamda ularning sho''ba korxonalariga (subsidiaru company) tadbiq etiladi [12]. SOXning audit tekshiruvi bilan bog'liq talablari kompaniyalarda auditorlik tekshiruvini yuritadigan buxgalteriya firmalariga tadbiq etiladi. Xususiy kompaniyalar, xayriya tashkilotlari va notijorat tashkilotlar odatda SOXning buxgalteriya hisobini yuritishga oid ayrim talablarigagina rioya etadilar.

Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida habardor etuvchilar (whistleblowers) himoyasi. SOXning 302-moddasida "moliyaviy hisobot uchun javobgarlik" va 404-moddasi "moliyaviy nazoratni boshqarish va baholash" kabi normalarga muvofiq kompaniya raxbariyati moliyaviy hisobotlarning aniq va shaffof hujjatlashtirilishi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

korrupsiyaga qarshi kushashish mexanizmlarining to'g'ri tashkil etilishi komplaens xizmatining samarali faoliyat yuritishi uchun bevosita javobgar ekanligi belgilandi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, korrupsiyaga qarshi kurashish komplaens tizimini vujudga kelishida hamda ushbu tizimning rivojlanishida asosan AQSh muhim ro'l o'ynaydi. Bundan tashqari mazkur tizimning tartibga soluvchi qonunlar asosida ushbu sohada o'ziga xos "AQSh modeli" vujudga keldi va unga muvofiq komplaens xizmatning o'rni esa aksariyat holatlarda kompaniyalarning xorijiy faoliyat bilan bog'liq jarayonlarda korrupsiyaga qarshi kurashishni o'zida aks ettirgan bir qator profilaktik talablar va qoidalarni tadbiq etilishida namoyon bo'ladi. Bundan ko'langan asosiy maqsad davlatning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish va jahon hamjamiyatida davlatning mazkur sohadagi o'rnini mustahkamlashdan iboratdir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi O'RQ-419-sonli qonuni. URL: https://lex.uz/docs/ 3088008

2. O'zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi O'RQ-419-sonli qonuni. URL: https://lex.uz/docs/ 3088008

3. Foreign Corrupt Practices Act 1977 // PL 95 - 213, Title 1; 91 Stat 1494, Dec 19, 1977.

4. Sarbanes-Oxley Act of 2002. Corporate responsibility. // Public law 107. 2004-july 30, 2002 116 stat. 745

5. Good Practice Guidance on Internal Controls, Ethics and Compliance. [elektron manbaa]. URL: http: //www.oecd.org.pdf

6. "ISO 19600:2014 Compliance management systems-Guidelines"//[elektron manbaa]. URL: https: //www.iso. org/ru/standard/62342

7. E.Ivanov Anti-corruption compliance in BRICS countries //Антикоррупционный комплаенс-контроль в странах БРИКС// Монография. -М.: Юриспруденция, 2015. С.45.

8. "Compliance Programs for Private Companies" by Jeff J. Marwil and Jerry J. Burgdoerfer August 2016, p. 83.

9. A financial history of modern U.S. corporate scandals: from Enron to reform Jerry W/Markham of 2006, Taylor & Fransic group, p.49.

10. "Syndromes of compliance" by M. Johnston, Colgate University, New York. Publisher: Cambridge University Press; Online publication date: September 2009, p.71-72

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

11. D.Primakov Compliance practices: anti-corruption, banking compliance, sanction compliance and asset tracingy/Spetsialbnbie vidbi komplaynesa: antikorruptsionnbiy, bankovskiy, sanktsionnbiy i rozbisk aktivov. - M.: Infotropic media, 2019 P.27

12. Якунчиков А. Международные стандарты в области комплаенсконтроля как инструменты координации в условиях экономической интеграции. - M.:Sovna, 2015 г., с.6

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.