Научная статья на тему 'G’AZNACHILIKDA DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATINING O’RNI'

G’AZNACHILIKDA DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATINING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
572
129
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Davlat moliyaviy nazorati / g’aznachilik / yagona g’azna hisobraqami / COSO modeli / byudjet mablag’i / byudjet tashkilotlari / Pempal.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sholdorov Dilshod, Qasimova Gulyoraxon

Maqola mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar natijasida samarali davlat moliyaviy nazorati tizimi faoliyatining joriy holati tahlili keltirilgan. Shuningdek, davlat byudjetining g’azna ijrosi davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalarining barcha daromadlarini, jumladan, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha tushumlarini yagona g’azna hisobraqamga jamlash va ularning barcha xarajatlarini shu hisobraqamdan amalga oshirishdagi holati natijadorligi. Bu esa davlat byudjeti, byudjetdan tashqari fondlar, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lari, davlat qarzlari va ularga xizmat ko’rsatish jarayonlarining tezkor nazoratini va monitoringini olib borish, davlat mablag’larining samarali ishlatilishini ta’minlash, davlat moliyaviy resurslarining harakati to’g’risida operativ tarzda ma’lumotlarni jamlash imkonini beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «G’AZNACHILIKDA DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATINING O’RNI»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 4, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

G'AZNACHILIKDA DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATINING O'RNI

Sholdorov Dilshod

Toshkent moliya instituti dotsenti Qasimova Gulyoraxon Toshkent moliya instituti professori Navruzova Go'zal olimjon qizi

Toshkent moliya institute magistri

Annotatsiya: Maqola mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar natijasida samarali davlat moliyaviy nazorati tizimi faoliyatining joriy holati tahlili keltirilgan. Shuningdek, davlat byudjetining g'azna ijrosi davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg'armalarining barcha daromadlarini, jumladan, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha tushumlariniyagona g'azna hisobraqamga jamlash va ularning barcha xarajatlarini shu hisobraqamdan amalga oshirishdagi holati natijadorligi. Bu esa davlat byudjeti, byudjetdan tashqari fondlar, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag'lari, davlat qarzlari va ularga xizmat ko'rsatish jarayonlarining tezkor nazoratini va monitoringini olib borish, davlat mablag'lariningsamarali ishlatilishini ta'minlash, davlat moliyaviy resurslarining harakati to'g'risida operativ tarzda ma'lumotlarnijamlash imkonini beradi.

Kalit so'zlar: Davlat moliyaviy nazorati, g'aznachilik, yagona g'azna hisobraqami, COSO modeli, byudjet mablag'i, byudjet tashkilotlari, Pempal.

https://doi.ors/10.5281/zenodo.7538191

Abstract: The article presents an analysis of the current state of the effective state financial control system as a result of the reforms carried out in our country. Also, the efficiency of the treasury execution of the state budget in collecting all the revenues of the state budget and state special funds, including the receipts of budget organizations from extra-budgetary funds, into a single treasury account and realizing all their expenses from this account. This is to carry out rapid control and monitoring of the state budget, extra-budgetary funds, extra-budgetary funds of budgetary organizations, state debts and their servicing processes, to ensure the effective use of state funds, the correct movement of state financial resources. allows to gather information about

Key words: State financial control, treasury, single treasury account, COSO model, budget funds, budget organizations, Pempal

Davlat moliyasini boshqarishning institutsional tarkibida, boshqa vakolatli organlar bilan bir qatorda, G'aznachilik ham alohida muhim o'rin egallaydi. G'aznachilik - byudjetdan mablag' oluvchilarning majburiyatlarini ijroga qabul qiladi va byudjet tashkilotlariga yetkazib berilgan tovar mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko'rsatilgan xizmatlar uchun G'aznachilik ularning nomidan va ularning topshirig'iga binoan vakolatni o'z zimmasiga oladi va byudjet

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 4, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

mablag'larining maqsadli ishlatilishini ta'minlash va nazorat qilish asosida to'lovlarni amalga oshiradi.

G'aznachilikda moliyaviy nazorat deganda davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg'armalari va boshqa byudjetdan tashqari fondlarning mablag'lari to'planadigan va ushbu mablag'lar doirasida aniq belgilangan yo'nalishlar bo'yicha xarajatlar amalga oshiriladigan yagona g'azna hisobraqami orqali davlat byudjetining ijro etilishi hamda shu orqali davlat moliyasini maqsadli va samarali boshqarishni tashkil etish tushuniladi.

Davlat moliyaviy nazorati:

respublika darajasida — O'zbekiston Respublikasi respublika budjetining, davlat maqsadli jamg'armalari budjetlarining va respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari budjetdan tashqari jamg'armalarining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan;

mahalliy darajada — Qoraqalpog'iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining, Qoraqalpog'iston Respublikasi budjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari budjetdan tashqari jamg'armalarining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan amalga oshiriladi.

Davlat moliyaviy nazorat organlari davlat moliyaviy nazoratini davlat moliyaviy nazorat organlari yoki vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan nazorat qilish yillik rejalariga muvofiq amalga oshiradi.

Davlat moliyaviy nazorat organlari: O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning tasarrufidagi vakolatli organlar davlat moliyaviy nazorat organlaridir.

Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg'armalari budjetlarining daromadlari qismi bo'yicha davlat moliyaviy nazorati berilgan vakolatlar doirasida davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat moliyaviy nazorati printsiplari. Davlat moliyaviy nazoratini o'tkazishning qonuniyligi va mustaqilligi, shuningdek davlat moliyaviy nazorati natijalarining ishonchliligi va xolisligi davlat moliyaviy nazoratining printsiplaridir.

Budjet ijrosi jarayoni xaqida axborotlar budjet hisobini tashkil qilish va yuritish orqali shakllantiriladi. Bunda, belgilangan budjet tasnifi bo'yicha budjet daromadlari shakllantiriladi va xarajatlar amalga oshiriladi. Budjet hisobini alohida xususiyatlaridan biri -budjet ijrosini to'g'ri tashkil etish, moliya budjet intizomiga rioya qilish va nazorat funksiyasini amalga oshirilishidir.

G'aznachilik bo'linmalari tomonidan amalga oshiriladigan davlat moliyaviy nazorati. G'aznachilik bo'linmalari davlat moliyaviy nazoratini:

- budjet tashkilotlarining va budjet mablag'lari oluvchilarning tovarlarni etkazib beruvchilar (ishlarni bajaruvchilar, xizmatlar ko'rsatuvchilar) bilan Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg'armalari budjetlari mablag'lari hisobiga tuzilgan shartnomalarini xarajatlar

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 4, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

smetalarida ko'rsatilgan summalar doirasida hamda belgilangan maqsadlarga muvofiq tuzilganligi ustidan nazorat qilish asosida majburiy ro'yxatdan o'tkazish;

- xarajatlar smetalarida va ro'yxatdan o'tkazilgan shartnomalarda nazarda tutilgan summalar doirasida budjet tashkilotlari va budjet mablag'lari oluvchilar nomidan hamda ularning topshirig'i bo'yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) etkazib beruvchilarning hisobvaraqlariga to'lovlarni bevosita amalga oshirish orqali to'lov intizomiga rioya etilishini ta'minlash yo'li bilan amalga oshiradi.

Byudjet nazoratini amalga oshirishning muhim metodi - barcha darajadagi byudjetlarning daromadlar va xarajatlar qismlari ijrosini, byudjet tashkilotlari xarajatlar smetasi ijrosini iqtisodiy tahlil qilish. Uning davlat moliyasi va xo'jalik sub'ektlari moliyasini boshqarishda, shuningdek bozor sharoitida jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarishda ahamiyati sezilarli darajada oshdi.

tuzilgan shartnomalar asosida berilgan avans to'lovlari

keyin to'lanadigan ish haqi va boshqa pul mablag'lari summasi

r

to'lovga taqdim

etilgan hisobraqamlar

summasi ^__>

G'aznachilikda moliyaviy nazorat ko'rsatgichlari

tovar-moddiy boyliklar va bajarilgan ishlar

byudjet mablag'larinin g hajmi

J

haqiqiy tuzilgan shartnomalar ning hajmi

moliyalashtirishning kafolatlangan limiti

1-rasm. Byudjetning g'azna ijrosi jarayonida nazorat ko'rsatkichlari.1

G'aznachilikda moliyaviy nazoratining asosiy vazifalaridan biri bu budjet qonunchiligiga rioya qilinishini, budjet intizomni ta'minlash, budjet mablag'laridan maqsadsiz

1 G.Qosimova. "G'aznachilik".O'quv qo'llanma 2013 yil. Iqtisod-Moliya asosida.

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 4, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

foydalanilishiga yo'l qo'ymaslik orqali davlat moliyaiy siyosatining amalga oshirilishiga ko'maklashishdan iboratdir.

PEMPAL davlat xarajatlarini moliyaviy boshqarish uchun ichki imkoniyatlarni oshirishni qo'llab-quvvatlash, yordamni oshirishda katalitik rol o'ynash, institutlar va siyosatlarni mustahkamlash uchun mo'ljallangan.

PEMPAL quyidagi modellari mavjud:

Davlat ichki moliyasi nazorati (DIMN)

• Yevropa Ittifoqi kontseptsiyasi

- A'zo va a'zo davlatlar uchun amal qiladi

- Barcha mamlakatlar uchun eng yaxshi amaliyot modeli

• DIMN maqsadlari- "jamoatchilikka oqilona ishonchni ta'minlash mablag'lar tanlangan maqsadlarga sarflanadi va korrupsiya va firibgarlik"

• Moliyaviy boshqaruv (yoki ichki) nazorat

DIMN ning asosiy komponenti- COSO asosiga asoslangan.

COSO ichki boshqaruv2

Ichki nazorat - bu tomonidan amalga oshiriladigan jarayon korxona direktorlar kengashi, boshqaruvi va boshqa xodimlar, ta'minlash uchun mo'ljallangan bo'yicha oqilona kafolatdagi maqsadlarga erishish quyidagi toifalar:

- Operatsiyalarning samaradorligi va samaradorligi

- moliyaviy hisobotning ishonchliligi

- Amaldagi qonunlarga muvofiqlik va qoidalar.

COSOning g'aznachilikdagi funksiyalari:

- Operatsion

- Hisobot

- Muvofiqlashtirish

Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko'rsatmoqdaki, byudjet tizimi va byudjet jarayonini boshqarishning avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini joriy etish va rivojlantirish ushbu mamlakatlarda iqtisodiy barqarorlikni ta'minlashda katta ahamiyatga ega bo'lib kelmoqda. Byudjet tizimi katta hajmdagi axborot oqimlari kesishuvining markazi hisoblanadi

Bugungi kunda mamlakatimizda budjet tizimi budjetlari g'azna ijrosi moliyaviy nazorati faoliyatni o'rni va ahamiyati ortib borayotgan sharoitda quyidagilarga e'tibor qarqatish maqsadga muvofiq:

1.Byudjet tashkilotlarida g'aznachilik nazorati bajaradigan vazifalari hamda javobgarligini chegaralarini aniq belgilab berish;

2. Byudjet tashkilotlarida davlat xaridlarini faoliyatini samarali

yo'lga qo'yish bo'yicha nomativ-xuquqiy ba'zani mustaxkamlash;

3. G'aznachilikda moliyaviy nazoratning samarali tashkil etilishida xalqaro standartlardan foydalanish va axborot tizimini takomillashtirish.

2 Michael Parry Presentation www.michaelparry.com

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 4, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Xulosa qilganda, g'aznachilikda moliyaviy nazorat faoliyatini takomillashtirishda yuqorida keltirib o'tilgan fikrlarni e'tiborga olinishi ijobiy ahamiyat kasb etadi. Foydalanilgan adabiyotlar.

1. Tuychiyev A.J., Tashmuxmedova D.A. G'aznacilik. Darslik. - T.: "IQTISOD MOLIYA" 2019. -834 b.

2. Qosimova G. A. Davlat byudjeti ijrosining g'aznachilik tizimi. O'quv qo'llanma. -T.: "IQTISOD-MOLIYA", 2013. 372b.

3. G.Qosimova. "G'aznachilik".O'quv qo'llanma 2013 yil. Iqtisod-Moliya

4. Michael Parry Presentation www.michaelparry.com

5. www.ecmf.kz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.