Научная статья на тему 'Byudjet tashkilotlarida byudjet mablag’laridan foydalanishning nazorat tizimini takomillashtirish masalalari'

Byudjet tashkilotlarida byudjet mablag’laridan foydalanishning nazorat tizimini takomillashtirish masalalari Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
994
184
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
byudjet / byudjet mablag‘i / byudjet tashkiloti / moliyaviy nazorat / moliyaviy javobgarlik

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — A.Ibragimov, J.U.Xolmo‘Minov

Ushbu maqolada davlat byudjetidan byudjet tashkilotlariga mablag‘ ajratish va moliyalashtirish jarayonida samarali moliyaviy nazorat tizimini ta’minlash masalalari tadqiq etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Byudjet tashkilotlarida byudjet mablag’laridan foydalanishning nazorat tizimini takomillashtirish masalalari»

Byudjet tashkilotlarida byudjet mablag'laridan foydalanishning nazorat tizimini takomillashtirish masalalari

A.Ibragimov J.U.Xolmo'minov O'zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada davlat byudjetidan byudjet tashkilotlariga mablag' ajratish va moliyalashtirish jarayonida samarali moliyaviy nazorat tizimini ta'minlash masalalari tadqiq etilgan.

Kalit so'zlar: byudjet, byudjet mablag'i, byudjet tashkiloti, moliyaviy nazorat, moliyaviy javobgarlik

Issues of improving the control system of the use of budget

funds in budget organizations

A.Ibrahimov J.U.Kholmuminov Banking and Finance Academy of Uzbekistan

Abstract: This article examines the issues of providing an effective financial control system in the process of allocating funds from the state budget to budget organizations and financing them.

Keywords: budget, budget funds, budget organization, financial control, financial responsibility

Bugungi kunda rivojlangan yirik mamlakatlar iqtisodiyotiga global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz hali-beri salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. O'tgan davr mobaynida ahvolni yaxshilash maqsadida ko'rilayotgan barcha chora-tadbirlarga qaramasdan, aksariyat davlatlarda o'sish sur'atlari va ishlab chiqarishning amalda pasayishi kuzatilmoqda va bunday jarayon davom etadigan bo'lsa, u global miqyosda resessiya holatiga, ya'ni iqtisodiyotning o'sish o'rniga davomli ravishda pasayib borishiga olib kelishi mumkinligi bashorat qilinmoqda. Ko'pgina taraqqiy topgan mamlakatlarda vaziyat qanday tus olishini oldindan aytib bo'lmaydigan va turli xavf-xatarlar saqlanib qolayotgan bir sharoitda davlat qarzlari va davlat byudjeti taqchilligi tobora ortib bormoqda. Shu bilan birga, jahon zaxira valyutalarining beqarorligi, moliya-bank tizimi kredit qobiliyatining keskin pasayishi va investitsiyaviy faollikning susayishi

bilan bog'liq murakkab muammolar ko'plab davlatlar iqtisodiyotining tiklanish va o'sish sur'atlariga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.

Mamlakatimizda istiqbolda davlat budjetini o'rta muddatli muddatga rejalashtirish, byudjetga mablag'ni ajratishda natijaga e'tibor qaratish, 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Taraqqiyot strategiyasida mahalliy budjetlar daromadlar qismini mustahkamlash, davlat budjeti xarajatlarining ijtimoiy yo'naltirilganligini saqlab qolgan holda turli darajadagi budjetlar mutanosibligini ta'minlash kabi vazifalar nazarda tutilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev soliq-budjet siyosatiga haqida to'xtalib shunday deydi: "Soliq-budjet siyosatiga qat'iy amal qilish, davlatning ijtimoiy majburiyatlarini bajarish, ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar hajmi, yirik investitsiya loyihalari va mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlashni moliyalashtirish - ushbu eng muhim vazifalarni amalga oshirish, avvalo, Moliya vazirligi hozirda, mamlakatimiz soliq tizimi oldida bozor munosabatlarini to'laqonli shakllantirish uchun shart-sharoit yaratish bilan bir qatorda, davlat budjetini mablag'lar bilan ta'minlash hamda ustivor yo'nalishdagi iqtisodiy faoliyatni soliqlar vositasida qo'llab-quvvatlashni talab etiladi1".

Davlat moliyasini isloh qilish yuzasidan olib borilayotgan o'zgarishlarning markazida davlat byudjetining shakllanishi va uning mablag'laridan yanada samarali foydalanish, byudjet taqchilligi o'sishiga ta'sir etuvchi omillarning oldini olish, shu bilan birga byudjet mablag'laridan foydalanish jarayonida byudjet intizomlariga rioya etilishini va bunda moliyaviy nazoratni kuchaytirish, qolaversa, samarali moliyaviy nazorat tizimini shakllantirish orqali davlat byudjetining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi ahamiyatini oshirish masalalari turadi.

Byudjet mablag'larini shakllantirish va ulardan oqilona foydalanishga samarali nazorat tizimini shakllantirmasdan turib erishib bo'lmaydi. Ma'lumki, byudjet jarayonining asosiy bosqichlaridan biri davlatning moliyaviy nazorati hisoblanadi. Moliyaviy nazorat mamlakatimizda amalga oshirilayotgan nazorat faoliyatining tarkibiy qismi hisoblanadi.

Davlat byudjeti iqtisodiyot rivojlanishining turli boqichlarida byudjet siyosatini amalga oshirish quroli, mo'ljallangan dasturlar va tadbirlarni amalga oshirish uchun pul mablag'larining asosiy manbai hisoblanadi. Byudjet mablag'laridan foydalanish yuzasidan davlat moliyaviy nazorati moliyaviy barqarorlik uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan davlat moliyaviy siyosatini ifodalaydi. Davlat moliyaviy nazoratining bosh maqsadi davlat xazinasiga resurslarni tushirishni maksimallashtirish va byudjet mablag'laridan samarali hamda oqilonaf oydalanishni ta'minlashdan iborat.

Shuningdek, davlat moliyaviy nazoratining oldida turgan eng asosiy vazifa davlat

1 Mirziyoyev Sh. "Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak". T:. "O'zbekiston"-2017 y.- 104 b.

byudjeti oldidagi majburiyatiaming o'z vaqtida va to'liq bajarilishini hamda byudjet mablag'laridan samarli foydalanishni ta'minlashdan iborat.

Byudjet tashkilotlarini moliyaviy mablag' bilan ta'minlashda umudavlat moliyaviy nazoratni mustahkamlash va yanada kuchaytirish, moliyaviy nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish muammosi hamisha dolzarb masala bo'lib kelgan va hozirgi sharoitda ham dolzarbligicha qolmoqda. Bu esa mazkur sohada ilmiy tadqiqotlar olib borishning naqadar muhimligini yanada aniqroq ko'rsatib beradi. Shuning uchun ham biz mazkur bitiruv malakaviy ishimizda ushbu masalani tadqiq etishni o'z oldimizga maqsad qilib qo'ydik.

Bugungi kunda byudjet jarayonining barcha bosqichlarida byudjet intizomiga rioya qilinishi ustidan doimiy va samarali nazoratni ta'minlash dolzarb masalalardan biri bo'lib qolmoqda. Zero, mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarni moliyaviy ta'minlashda byudjet xarajatlarining samaradorligini oshirish, ularning aniq maqsadli va manzilli bo'lishiga erishish eng muhim vazifalardan biri sanaladi. Bu maqsadga erishish uchun byudjet intizomiga rioya etilishini yanada kuchaytirish, byudjet mablag'larining belgilangan maqsadlarda sarflanishi ustidan qattiq nazoratni ta'minlash juda muhimdir.

Byudjet mablag'laridan foydalanish ustidan samarali davlat nazoratini amalga oshirishda moliyaviy nazorat organlar tizimi faoliyatini ham takomillashtirib borish muhim ahamiyatga egadir.

O'zbekistonlik iqtisodchi M.M.To'laxo'jaevaning fikricha "Moliyaviy nazorat -davlat tomonidan tashkil etilgan, nazorat qilish vazifalari yuklatilgan davlat yoki mustakil jamoat organlari tomonidan xukumat, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar faoliyatining samaradorligini aniqlashga qaratilgan nazorat tizimidir. Davlat byudjetini shakllantirish va sarflashdagi zaxiralarni, moliyaviy va moddiy resurslarni boshqarishning barcha darajalarida operatsiyalarning maqsadga muvofiqligi va samaradorligini, qonuniylik printsiplaridan chetga og'ish va ularni buzishlarni aniqlash nazorat tizimi vazifasiga kiradi. Nazorat maksadi-tuzatish choralarini ko'rish, aybdorlarni javobgarlikka tortish va buzishlarning oldini olishdan iborat2".

Professorlar A.V.Vahobov va T.S.Malikovlarning fikricha, barcha iqtisodiy sub'yektlarning (davlat, korxona va tashkilotlarning) moliyaviy faoliyati ustidan qonunchilik va ijroiya hokimiyati organlarining turli darajalari, shuningdek maxsus tashkil etilgan muassasalar tomonidan amalga oshiriladigan nazoratga moliyaviy nazorat deyiladi. Bu nazorat, eng avvalo, pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida moliyaviy-iqtisodiy qonunchilikka rioya etilishi, moliyaviy-xo'jalik operatsiyalarining samaradorligini baholash va amalga oshirilgan xarajatlarning maqsadga muvofiqligi ustidan nazoratni o'z ichiga oladi. Boshqacha

2 To'laxo'jaeva M.M. O'zbekiston Respublikasi moliyaviy nazorat tizimi T.: «Iqtisodiyot va huquq dunyosi», 1998 yil. 262 b.

so'zlar bilan aytganda, moliyaviy nazorat u yoki bu moliyaviy harakat sodir bo'lishining baholashni o'z ichiga olish bilan cheklanmasdan, balki u o'zining analitik yo'nalishiga ega3.

Demak, moliyaviy nazorat - bu faoliyat yurituvchi xo'jalik sub'yektlarining moliyaviy muomalalarini o'rnatilgan qonun-koidalar doirasida amal qilinishini ta'minlovchi ularning samaradorligini tahlil qiluvchi va ularni kelgusida takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiquvchi mas'ul organlarning aniq maqsadga yo'naltirilgan faoliyati. Moliyaviy nazoratning maqsadi - bu shunchaki faqat nazorat emas, balki uning maqsadi ahvolni to'g'rilash choralarini ko'rish, ayrim hollarda aybdorlarni javobgarlikka tortish, etkazilgan zarar uchun tovon undirib olish yoki kelgusida bunday buzilishlarning oldini olish yoxud kamaytirish imkoniyatiga ega bo'lish uchun imkoni boricha dastlabki bosqichda qabul qilingan standartlardan chekinishlarni va konun qoidalarning buzilishlarini oldini olish, moddiy resurslarning samaradorligini oshirish va tejab sarflanishini aniqlashdan iboratdir.

Mamlakatimizda samarali moliyaviy nazorat tizimi yo'lga qo'yilganligi, byudjet mablag'laridan maqsadli, tejamli foydalanishni ta'minlash maqsadida Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy nazorat-taftish boshqarmalari tashkil etilganligiga qaramasdan, moliya organlari va byudjet muassasalari faoliyatida ba'zan byudjet mablag'larini noto'g'ri sarflash, noqonuniy xarajatlarni amalga oshirish, hamda byudjet mablag'larini o'zlashtirish holatlari barham topmayapti. Fikrimiz tasdig'i sifatida, byudjet tashkilotlarida amalga oshirilayotgan taftish va tekshirishlarda aniqlanayotgan quyidagi tizimli ravishdagi qoidabuzilishlar ko'rsatib o'tishimiz mumkin:

- byudjet muassasalari tomonidan xarajatlar smetasini rejalashtirishda amaldagi me'yoriy xujjatlar talablari chuqur o'rganilmaganligi natijasida byudjetdan ortiqcha mablag' olish;

- umumta'lim muassasalarida tarifikatsiya jadvalini tuzishda vakant soatlarga yuqori toifali tarif razryadlari qo'llanilishi natijasidan byudjetdan ortiqcha mablag' olish;

- turli sabablar bilan o'tilmagan dars soatlari hisobidan iqtisod bo'lgan mablag'larni o'z vaqtida (hisobot davri yakuni bilan) tegishli byudjetga qaytarilmasligi;

- vakant saqlanayotgan shtat birliklari hisobidan iqtisod bo'lgan mablag'larni o'z vaqtida (hisobot davri yakuni bilan) tegishli byudjetga qaytarilmasligi; - mehnatga haq to'lashning Yagona tarif setkasi razryadlarini va koeffitsiyentlarini hamda ustama to'lovlarini noto'g'ri qo'llash hisobiga ortiqcha xarajatlarga yo'l quyish;

- ishlamaydigan xodimlarning plastik kartochkalariga mablag' o'tkazib berish;

3 Vahobov A.V., Malikov T.S. Moliya: umumnazariy masalalar.O'quv qo'llanma.T.:"IQTISOD-MOLIYA" 2008 y. 316 b.

- muassasa rahbarlari o'z nomlariga va yaqin tanishlari (xomtavoqlari) nomiga ochilgan plastik kartochkalarga byudjet mablag'larini ortiqcha o'tkazib o'zlashtirish;

- pul to'lov varaqalarini sohtalashtirish orqali o'zlashtirish;

- qurilish ta'mirlash ishlariga ajratilgan mablag'larni hisobotlarga bajarilmagan ishlarni qo'shib yozib o'zlashtirish;

- olinmagan tovar moddiy boyliklar uchun byudjet mablag'larini yo'llash;

- tovar-moddiy boyliklarni qimmat narxlarda yetkazilishi, shartnomada ko'rsatilgan tovar - moddiy boyliklar o'rniga boshqa xildagi mahsulotlarni kirim qilinishi;

- tovar moddiy boyliklar kamomadi va o'zlashtirilishi;

- oziq-ovqat, dori-darmon, yoqilg'i-moylash va boshqa mahsulotlarini xarajatga chiqarish normalariga rioya qilmaslik;

- byudjet muassasalarida ishlovchi xodimlar soxta diplom va malaka toifalari guvohnomalari bilan hamda nostrifikatsiyadan o'tkazilmagan chet el ta'lim muassasalari diplomlari bilan faoliyat yuritishlari va boshqa holatlar.

Fikrimizcha, yuqoridagi holatlarni oldini olish va ularga barham berishda, davlat byudjeti mablag'larining sarflanishini nazorat qilishni takomillashtirishning asosiy yo'nalishlari qilib quyidagilarni belgilab olish lozim:

1. Byudjet mablag'larining sarflanishining nazorat qilishning ilmiy asoslangan uslubiyatini yanada takomillashtirish;

2. Byudjet tizimi va jarayonini tartibga soladigan me'yoriy bazalarini unifikatsiyalash, ixchamlashtirish va muqobillashtirish;

3. Byudjet tashkilotlari tomonidan moliyaviy shtat intizomiga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirish;

4. Davlat byudjeti mablag'larini sarflanishining samarali monitoringi amalga oshirishda texnik vositalar va dasturiy ta'minotlardan keng foydalanish;

5. Aholining kam ta'minlangan tabaqalariga ijtimoiy nafaqalarni o'z vaqtida to'lash ustidan nazoratni yaxshilash;

6. Davlat investitsiya dasturiga ajratilgan byudjet mablag'laridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish;

7. Byudjet munosabatlarida ishtirok etuvchi tashkilotlar o'rtasida nazoratni tashkil etishda o'zaro ma'lumotlar alshashish mexanizmini takomillashtirish;

8. Davlat byudjeti mablag'laridan foydalanishda jamoatchilik nazorati va ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan keng foydalanish;

9. Byudjet mablag'larini tejashda iqtisodiy rag'batlantirishlarni yangi usullarini tadbiq etish;

10. Byudjet nazorati bilan shug'ullanadigan xodimlarning kasbiy malakalari, faoliyatlaridagi ob'ektivlik va ma'suliyatini oshirish.

Davlat byudjeti mablag'larining sarflanishini nazorat qilishni takomillashtirishga qaratilgan yuqorida sanab o'tilgan yo'nalishlarni amalga oshirish uchun fikrimizcha, quyidagi chora-tadbirlarni amaliyotga tadbiq qilinishi maqsadga muvofiqdir:

I. Byudjet mablag'larining sarflanishining nazorat qilishning ilmiy asoslangan uslubiyatini yanada takomillashtirish borasida fikrimizcha, mablag'larning sarflanishi ustidan nazorat qilishning ayrim uslubiyatlarini byudjet tizimi va jarayonlaridagi islohotlar talablaridan kelib chiqib yanada takomillashtirish, bunda xorijiy tajribalarni o'rganib, ulardagi ilg'or tajribalarni milliy moliya tizimimiz xususiyatlaridan kelib chiqib, amaliyotga tadbiq etish lozimdir.

II. Byudjet tizimi va jarayonida moliyaviy munosabatlarni tartibga solish borasida foydalaniladigan barcha hujjatlarni yagona me'yoriy hujjat qilib jamlash va muqobillashtirish lozim. Garchi 2014 yildan Byudjet kodeksi qabul qilinib, bir necha me'yoriy hujjatlar unifikatsiyalangan bo'lsada, ba'zan byudjet mablag'laridan foydalanish yuzasidan nazoratlar maxsus yo'riqnoma va ko'rsatma xatlar asosida amalga oshirilmoqda. Bu maxsus yo'riqnoma va ko'rsatma xatlardan odatda faqat nazorat qiluvchi sub'ektlarninggina xabardor bo'lishi va foydalani olishi, ayrim hollarda nazorat qilinadigan ob'ektning mas'ul xodimlarini bu huquqiy hujjatlarni bilish va foydalanish imkoniyatlarini cheklaydi.

III. Byudjet tashkilotlari tomonidan moliyaviy shtat intizomi buzilishi hollari ko'p yillik tizimli muammolardan biri sanaladi. Bu holat asosan xodimlarning bilim va ko'nikmalari etishmasligi, etiborsizligi yoki shaxsiy manfaatlari yo'lida o'zaro til biriktirishlari natijasida vujudga kelishi mumkin. Mazkur holatga barham berish yuzasidan xodimlarning bilim va ko'nikmalarini oshirish, shuningdek, muassasa rahbar xodimlariga nisbatan intizomiy choralar hamda jarimalar qo'llash kabi tasirchan faoliyatni amalga oshirish lozim.

IV. Davlat byudjeti mablag'laridan foydalanishda inson omilining kamayishi va bu jarayonda axborot texnologiyalaridan keng foydalanilishi samarali monitoringi amalga oshirishga hamda mablag'lar sarflanishining eng ishonchli moliyaviy nazoratini tashkil etishga erishish imkonini beradi. Albatta, mazkur faoliyatni amalga oshirishda mukammal ishlab chiqilgan dasturiy ta'minotlarsiz ko'zlangan maqsadga erishib bo'lmaydi.

V. Ma'lumki, mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab, kuchli ijtimoiy siyosatni olib borish, aholini hayot darajasi va farovonligi oshirish asosiy ustuvor vazifalardan biri qilib belgilandi. Samarali ijtimoiy himoyani amalga oshirishda aholining kam ta'minlangan tabaqalariga davlat byudjetidan beriladigan ijtimoiy nafaqalarni o'z vaqtida va manzilli, hamda adolatli to'lanishini taminlash orqali erishiladi. Shu bois, ijtimoiy nafaqalarni tayinlovchi mutasaddi tashkilotlar mas'ul xodimlarining ish faoliyatida xolislik, adolatlikni ta'minlash va suiste'molliklarni oldini olish maqsadida ular faoliyatlari ustidan olib boriladigan

nazorat chora-tadbirlarini yanada kuchaytirish maqsadga muvofiqdir. Bu orqali byudjetdan ijtimoiy nafaqalarga noo'rin sarflanayotgan mablag'larning oldi olinadi.

VI. Ma'lumki, byudjet tashkilotlari xarajatlar smetasining 3-guruh xarajatlari Davlat investitsiya dasturiga muvofiq moliyalashtiriladi. Bu borada kapital qurilishda o'tkazilayotgan tenderlarda raqobatni, oshkoralikni va xolislikni ta'minlanish muhimdir. Bu esa davlat investitsiya dasturidagi chora-tadbirlarni moliyalashtirishda mablag'lardan samarali foydalanilishiga xizmat qiladi.

VII. Samarali nazoratni tashkil etishda byudjet munosabatlarida ishtirok etuvchi tashkilotlar o'rtasida o'zaro ma'lumot almashish tizimini keng qo'yish ham muhim rol o'ynaydi. Bu borada byudjet tashkilotlarini moliyalashtiruvchi moliya organlari bilan tijorat banklari, soliq va bojxona organlari, tovar xom-ashyo birjasi va uning savdo maydonchalari o'rtasida o'zaro axborot almashish aloqalarini yanada mukammalashtirish byudjet mablag'laridan oqilona va maqsadli foydalanishni ta'minlaydi.

VIII.Davlat byudjeti mablag'laridan maqsadli foydalanishni ta'minlashda, shuningdek moliyaviy nazorat organlari faoliyatini takomillashtirishda rivojlangan mamlakatlar tajribasini chuqur o'rganib, ularni respublikamiz nazorat tizimiga tadbiq etilishi, xalqimizning milliy mentaliteti bilan yo'g'rilgan o'ziga xos nazoratga ko'maklashuvchi yangi axborot manbalarini shakllantirilishi, nazorat tadbirlarini amalga oshirishda oshkoralik tamoyili (nazorat organlari jamoatchilikka tayanishga, o'z faoliyatlarining natijalarini keng oshkor etishga intilishi)ga amal qilinishi byudjet nazoratining samaradorligini oshiradi. Xususan, mamlakatimiz moliyaviy nazorat organlari faoliyatlari davomida amalga oshirilgan ishlari to'g'risida muntazam ravishda ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchilikka hisobot berib turishlari yoki maxsus elektron dastur joriy qilish orqali jamoatchilik bilan bog'lanishni yanada kengaytirish natijasida byudjet nazoratining samaradorligini yanada oshirishga erishish mumkin.

IX. Davlat byudjeti mablag'larining moliyaviy nazoratini kuchaytirish uchun, avvalom bor, ushbu nazoratni olib boruvchi xodimlarning malakasini, hamda ish sifatini oshirish orqali moliyaviy nazorat tizimiga kuchli ta'sir o'tkazish mumkin. Bunda moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi mas'ul xodimdan quyidagilar talab etiladi:

- Etarli tayyorgarlik va tajribaga ega bo'lishlik. Taftishchi oldiga qo'yilgan vazifani bajarish uchun etarli darajada tajribaga, huquqiy savodxonlikka, buxgalteriya hisobi va byudjet bo'yicha malakaviy darajaga ega bo'lishi kerak. Shu bilan birga o'z kasbi bo'yicha doimo bilim darajasining yuqori bo'lishiga intilishi zarur;

- Xolislik. Albatta, ijtimoiy adolat sharoitida xolislik bo'lmasa hech qanday taftish yoki tekshirishning natijasi va samarasi bo'lmaydi;

- Kasbiy sinchkovlik. Taftishchi bajarayotgan ishning sifati uchun doimo javobgardir. Zarur sinchkovlik bu ish hujjatlarini to'liq ko'zdan o'tkazish, yig'ilgan hisobotlarning to'laligi va oxiriga etkazilganligi, taftish va tekshirish xulosasining haqqoniyligidan iboratdir;

- To'g'ri rejalashtirish va nazorat. O'tkazilgan taftish yoki tekshirishga to'la kafolat berish uchun u, avvalombor, to'g'ri rejalashtirilishi kerak. Bundan tashqari, katta texnik ish hajmini yordamchilar bajarishi sababli, ular ustidan etarli darajada nazorat o'rnatilishi shart;

- Ichki nazorat tizimini kerakli darajada bilish. Nazoratchi o'tkazish uchun bu etarli isbot va ma'lumotlar to'plash uchun tekshirilayotgan tizimi nizomlaridan keng foydalanishdir. Shu sababli, ichki nazorat tizimini to'la o'rganish, uning samaradorligini aniqlash va ma'lumotlarning haqqoniyligini tekshirib ko'rish talab qilinadi. Ayrim hollarda ichki nazorat tizimi shu qadar haqiqatdan uzoq bo'lgan ma'lumotlarni berish mumkinki, bu samarali nazorat o'tkazishga to'siq bo'ladi;

- Etarli darajada isbotlar va ma'lumotlar yig'ish. Har qanday tekshirish va uning xulosasi isbotlar va ma'lumotlarga asoslanadi. Asoslar qanchalik ko'p bo'lsa, xulosa shu darajada kafolatlanadi, nazoratni o'tkazish uslubiyatida, asosan, isbot va ma'lumotlar yig'ish ustida fikrlar beradi. Bir tomondan bu ish tekshiruvchilarning tajribasi va bilimiga bog'liqdir;

- Natijalarni ma'lum qilish. Tekshiruvchi xulosasida tekshirilgan moliyaviy hisobot to'la umumiy qabul qilingan buxgalteriya andozalariga mos xolda tuzilganligi ko'rsatilishi kerak. Taftish yoki tekshirishda ishtirok etayotgan har bir xodim etarli texnik tayyorgarlik va tajribaga ega bo'lishi ham kerak. Jami xodimlar o'z ishlarini kompyuterlarida bajarishi uchun mahoratini oshirishi kerak.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, O'zbekiston Respublikasida davlat byudjeti mablag'laridan foydalanishning moliyaviy nazoratini olib boruvchi organlar tomonidan belgilangan maqsadlarning bajarilishi uchun ular faoliyatida mustaqillik, xolislik va oshkoralik tamoyillariga mos, ishonchli faoliyat ko'rsatadigan nazorat tizimini yaratish lozim.

Mazkur magistrlik dissertatsiya ishimizda yuqorida tahlil qilingan ma'lumotlar asosida, O'zbekiston Respublikasida nazorat-taftish ishlari samaradorligini ta'minlash, hamda byudjet mablag'laridan foydalanish yuzasidan samarli moliyaviy nazoratni amalga oshirishning asosiy yo'nalishlari yuzasidan quyidagi asosiy xulosa, taklif va tavsiyalarimizni aks ettiramiz:

- Davlat siyosatiga mos ravishda moliyaviy nazorat tizimini isloh qilib borishni ta'minlash;

- Moliyaviy nazorat qo'yilgan maqsadlarga erishish uchun ko'zda tutilgan natijaga erishishni ta'minlashga xizmat qilishi lozim;

- Nazorat-taftish organlarining byudjet xarajatlarini optimallashtirishga qaratilgan yuqori samarali faoliyatini rag'batlantirish mexanizmini takomillashtirish;

- Nazorat-taftish sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini amalga oshirish;

- Moliyaviy nazorat tizimi organlari faoliyatini muvofiqlashtirishning me'yoriy-huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash va takomillashtirish;

- Nazorat organi tizimi bilan turli tashkilotlar (tijorat banklari, soliq, bojxona organlari, tovar xom-ashyo birjalari) o'rtasidagi axborot almashish tizimini yanada muvofiqlashtirish;

- Huquq tartibot organlarining moliyaviy xato va kamchiliklarga yo'l qo'ygan mas'ul shaxslarga nisbatan o'zaro ta'sir etish mexanizmini takomillashtirish;

- Byudjet tashkilotlarida ichki va jamoatchilik moliyaviy nazorat faoliyatlarini faollashtirish;

- Xorijiy davlatlarda byudjet mablag'laridan foydalanish yuzasidan nazorat tadbirlarini amalga oshirish mexanizmini va nazorat-taftish organlari faoliyatini kuzatish va tajribalarini o'rganish, so'ngra ularning ijobiy yutuqlari va natijalarini milliy moliyaviy nazorat tizimimizga tadbiq etish lozim.

O'ylaymizki, yuqoridagi fikr-mulohazalarimizni amaliyotga tadbiq etilishi mamalakatimizda byudjet tashkilotlarida byudjet mablag'laridan foydalanishning samarali nazoratni amalga oshirishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi, 2014 y.

2. Mirziyoyev Sh. "Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik -har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak". T:. "0'zbekiston"-2017 y

3. Белобжецкий И.А. Финансово-хозяйственный контрол в управлении экономи инансы и статистика, 2011 г.

4. Бровкина Н.Д. Основы финансового контроля: учебное пособие / Под ред. М.В. Мелник.-М.: Магистр, 2010 г.

5. Малеин Н.С. Кредитно-расчетные правоотношения и финансовый контрол.-М.: Наука.-2009 г.

6. To'laxo'jaeva M.M. O'zbekiston Respublikasi moliyaviy nazorat tizimi T.: «Iqtisodiyot va huquq dunyosi», 1998 y.

7. Turabov B.T. Byudjetdan moliyalashtirilayotgan muassasalarda byudjet intizomini mustahkamlash masalalari. Iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya avtorefati. T. -2007.

8. Nizamiddin Khaydarov. Agricultural Development in Uzbekistan: Agricultural Reforms versus Transboundary Water Issues. Developing Country Studies. ISSN 2224-607X (Paper) ISSN 2225-0565 (Online) Vol.5, No.10, 2015

9. Nizamiddin Khaydarov. INTERNATIONAL EXPERIENCE OF THE DEVELOPMENT OF TOURISM IN UZBEKISTAN. 2021

10. Х,айдаров Н.Х. Молия: умумдавлат молияси. Т.: Икгисод-молия, 2009

11. N Xaydarov. Soliqlar va soliqqa tortish masalalari. O 'quv qo 'llanma. Toshkent: Akademiya, 2007

12. G.G. Nazarova, N.X.Xaydarov, M.T.Akbarov. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar. - T.: MChJ "RAM-S", 2007

13. ТС Маликов, НХ Хайдаров. Молия: умумдавлат молияси. Тошкент: «IQTISOD-MOLIYA, 2009

14. Т.Маликов, Н.Хдйдаров. Бюджет: тизими, тузилмаси, жараёни. 2007

15. Т.С. Маликов, Н.Х. Хайдаров. Финансы: государственные финансы. Учебное пособие. Экономика и финансы. Ташкент. 2009

16. Zaripov Khusan Bakhodirovich. Trends in the Development of the Tax System of the Republic of Uzbekistan. Texas Journal of Multidisciplinary Studies, 2022

17. Zaripov Khusan Bakhodirovich. Current state of taxation of commercial banks in our country. British Journal of Global Ecology and Sustainable Development. 2022/11/1

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

18. Мутабар Жураевна Темирханова, Хусан Баходирович Зарипов, Ли Шаоминь. Совершенствование цифровой мобильной связи в современном мире. Бюллетень науки и практики, 2020

19. Зарипов Хусан Баходирович. Методологический конструктив налогового анализа влияния системы налогообложения на деятельность хозяйствующего субъекта. Международный научно-образовательный электронный журнал «Образование и наука в xxi веке» 2021/11

20. Хусан Зарипов. Налоговое планирование предприятий в Республике Узбекистан. Общество и экономика, 2019

21. ОА Шодиев. Особенности применения упрощенной системы налогообложения в Узбекистане. Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук.2017

22. Olimjon Shodiev. Excise tax: general and special. Академические исследования в современной науке. 2022/12/5

23. ОА Шодиев. Акцизное налогообложение в Узбекистане: общее и особенное. Экономика и бизнес: теория и практика. 2022

24. ОА Шодиев. Акцизный налог в Узбекистане: особенности и проблемы современного развития. Экономика и бизнес: теория и практика. 2021

25. U O'roqov, Zulayho Abdujobir qizi Tursunova. O'zbekistonda davlat tashqi qarzini samarali boshqarishda davlat qarziga xizmat ko'rsatish kafolat jamg'armasining o'rni. Science and Education, 2022

26. У Уроков. Мах,аллий бюджетлар мустакиллигини оширишнинг устувор йуналишлари. Science and Education, 2022

27. У.Ю.Уроков. Мах,аллий бюджетлар шаффофлиги ва очиклигини таъминлашнинг устувор йуналишлари. Бизнес-Эксперт журнали, 2020 й. 4-сон.

28. У.Уроков. Давлат харидлари тизимида электрон харидлар хджмини ошириш масалалари. 2021

29. У Уроков. Мах, аллий бюджетлар мустакиллигини оширишнинг устувор йуналишлари. Science and Education" Scientific Journal/ISSN. 2022/6

30. У.Ю.Уроков. К,ишлок хужалиги субъектларини солик имтиёзлари оркали раFбатлантириш. Иктисодиёт ва таълим. 2015

31. УЮ Уроков, ФШ Сулаймонов. Хужалик юритувчи субъектлар фаолиятида электрон ахборот алмашишнинг ахдмияти ва уни такомиллаштириш масалалари. 2014/9

32. U O'roqov, Zulayho Abdujobir qizi Tursunova. O'zbekistonda davlat tashqi qarzini samarali boshqarishda davlat qarziga xizmat ko'rsatish kafolat jamg'armasining o'rni. Science and Education. 2022/6/30

33. U.Yu.O'roqov. Davlat xaridi. O 'quv qo 'llanma. T.:«Nihol print» OK, 2022

34. У.Уроков. Газначилик тизимида бюджет маблаFларидан самарали фойдаланиш масалалари. 2017

35. Узбекистонда давлат харидлари тизимини такомиллаштириш масалалари.2014

36. Uchqun O'roqov, Javohir Yomg'irov. Davlat xaridlarini tashkil etish modellari: afzalliklari va kamchiliklari. Science and Education, 2022

37. У Уроков. Бюджет маблаFларидан самарали фойдаланишни таъминлаш йуллари. 2017

38. У Уроков. Узбекистонда давлат харидлари тизимини такомиллаштириш масалалари. 2014

39. Uchqun Yunusovich O'roqov, Farzona Axmadqul Qizi Abduazimova. Davlat maqsadli jamg'armalarining mamlakatni ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirishdagi ahamiyati. Science and Education. 2022

40. УЮ Уроков, КР Чинкулов. Узбекистонда давлат харидларининг такомиллашувининг хукукий асослари. Халкаро молия ва хисоб» журнали. 2017

41. УЮ Уроков. К, ишлок хужалиги субъектларини солик имтиёзлари оркали раFбатлантириш. Иктисодиёт ва таълим. 2015

42. Urokov Uchkun Yunusovich, Toshmatova Rano Gaipovna, Sharapova Mashhura Azadovna, Ismailova Nasiba Komiljonovna, Isaev Husan Mansurovich. Matters of revenue generation and cost optimization while increasing the efficiency of the state budget. Journal of Hunan University (Natural Sciences). 2021/12

43. У Уроков. Узбекистон Республикасининг бюджет кодекси: мохияти, ахамияти ва афзаллликлари. Молия" журнали, 2014

44. У Уроков. Махаллий бюджетлар мустакиллигини оширишга оид назарий карашлар. 2020

45. SHERALI SULTONOV, SHERZOD ALILOV, JASUR RAZZAKOV, KHUSAN ISAEV. DEVELOPMENT WAYS OF STOCK MARKET IN UZBEKISTAN (IN THE CASE OF "TASHKENT" REPUBLICAN STOCK EXCHANGE). Journal of Critical Reviews.2020

46. Sherali Sultonov Nuraliyevich, Nodira Soatova Bobokhanovna. Ways of Fund Market Development in Uzbekistan. Eurasian Scientific Herald.2022

47. Sherali Sultonov. Directions of state regulation of the stock market. International Journal of Economic Growth and Environmental. 2021

48. Sherali Sultonov, Nodira Soatova. Factors strengthening the tax base of local budgets. Journal of Hunan University. Vol. 49. No. 12 December 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.