Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT TARMOQLARIGA XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB QILISH IMKONIYATLARI, SHART-SHAROITLARI VA MUAMMOLARI'

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT TARMOQLARIGA XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB QILISH IMKONIYATLARI, SHART-SHAROITLARI VA MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
investitsiya / asosiy kapital / xorijiy investitsiya / investitsion muhit / investitsion faollik / yashil iqtisodiyot / yalpi ichki mahsulot / ICOR koeffitsiyenti.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Achilov Uyg‘Unjon Ulug‘Bekovich, Ortiqov Feruz Ziyodulloyevich

Maqolada O’zbekistonda iqtisodiyot tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishimkoniyatlari, shart-sharoitlari va muammolari atroflicha tadqiq etilgan. O’zbekistonda xorijiy investitsiyalarning statistik ko’rsatkichlari tahlil qilingan. Muammolarni bartaraf etishga qaratilgan xulosa va takliflar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT TARMOQLARIGA XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB QILISH IMKONIYATLARI, SHART-SHAROITLARI VA MUAMMOLARI»

Central Asian Journal of

Education and Innovation

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT TARMOQLARIGA XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB QILISH IMKONIYATLARI, SHART-SHAROITLARI VA

MUAMMOLARI Achilov Uyg'unjon Ulug'bekovich Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dotsenti, PhD Toshkent, O'zbekiston. gmail: uygunachilov@gmail.com ORCID: 0000-0001-6991-5629 Ortiqov Feruz Ziyodulloyevich O'zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11220733

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 10-May 2024 yil Ma'qullandi: 15- May 2024 yil Nashr qilindi: 20- May 2024 yil

KEY WORDS

Maqolada O'zbekistonda iqtisodiyot tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlari, shart-sharoitlari va muammolari atroflicha tadqiq etilgan. O'zbekistonda xorijiy investitsiyalarning statistik ko'rsatkichlari tahlil qilingan. Muammolarni bartaraf etishga qaratilgan xulosa va takliflar ishlab chiqilgan.

investitsiya, asosiy kapital, xorijiy investitsiya, investitsion muhit, investitsion faollik, yashil iqtisodiyot, yalpi ichki mahsulot, ICOR koeffltsiyenti.

Jahonda barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlash, ish o'rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirishda qulay investitsion muhit va investitsion faollikning ahamiyati, asosiy kapitalga investitsiyalarni moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash va investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish determinantlarini baholash, investitsiyalarni jalb etish mexanizmlari, fiskal va moliyaviy rag'batlantirish instrumentlarining samaradorligini baholashga yo'naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga ustuvor darajada e'tibor qaratilmoqda. Mazkur tadqiqotlarda rivojlanayotgan mamlakatlarda "yashil iqtisodiyot"ga o'tish sharoitida xorijiy investitsiyalarni jalb etishning huquqiy-institutsional asoslarini takomillashtirish, "yashil loyihalar"ni tasniflash va ularni moliyalashtirish mezonlarini belgilash, infratuzilmaviy loyihalarga investitsiyalarni jalb qilish modellari va ularning samaradorligini baholash, davlat-xususiy sheriklik loyihalarini moliyalashtirishda to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar ishtirokini ta'minlash kabi muhim masalalarga alohida e'tibor qaratilmoqda.

O'zbekiston iqtisodiyotining investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirish, asosiy kapitalga yo'naltirilgan investitsiyalar hajmining barqaror o'sishiga erishish, "yashil iqtisodiyot"ga o'tishga oid investitsion loyihalarning samaradorligini ta'minlash, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirishga ustuvorlik berilmoqda. "0'zbekiston-2030" strategiyasiga muvofiq1, "mamlakatimizda 250 milliard dollarlik investitsiyalarni o'zlashtirish, jumladan 110 milliard dollar xorijiy investitsiyalar va 30 milliard dollar davlat-xususiy sheriklik doirasidagi investitsiyalarni jalb

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi PF-158-son "O'zbekiston-2030 Strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni https://lex.uz/ru/docs/6600413.

qilish" bo'yicha ustuvor vazifalar belgilangan. Mazkur vazifalarni amalga oshirish iqtisodiyotda institutsional islohotlarni davom ettirish, davlat-xususiy sheriklik va "yashil iqtisodiyot" loyihalarini keng joriy etish, xorijiy investitsiyalarni jalb etishning iqtisodiy

mexanizmini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish zarurligini

belgilaydi.

Adabiyotlar sharhi

Xorijiy investitsiyalarni jalb qilinishi va ular ishtirokida tashkil etilgan qo'shma korxonalar faoliyatining turli jihatlari qator chet ellik va mamlakat iqtisodchi olimlarining ilmiy ishlarida o'z aksini topgan. To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ulardan samarali foydalanishning nazariy asoslarining shakllantirilishida R.Vernon, S.X.Xaymer, Ch.P.Kindlberger, F.T.Knikkerboker, E.M.Grem, P.Bakkli, M.Kasson, M.E.Porter, K.Kojima, J.X.Danning2 kabi yetakchi uzoq xorij olimlarining xizmati katta. To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarning o'tish davri iqtisodiyoti mamlakatlari bilan bog'liq xususiyatlarini o'rganishga qaratilgan X.P.Lankes, K.Meyer, D.Xolland, R.Barrel, L.Krkoska, X.Tomann, N.Fabri, S.Zigni3 ilmiy ishlarini keltirish lozim.

Yaqin xorij mamlakatlari olimlaridan K.Kozlov, D.Manaenkov, K.Yudaeva, M.Vernikovlar4 ilmiy asarlarida bozor munosabatlari shakllanayotgan mamlakatlarda to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb etish xususiyatlari, A.G.Avetisyan, T.N.Mamedov, I.M.Drapkin, S.A.Lukyanovlar5 tadqiqotlarida investitsion jozibadorlik omillarini, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarning ichki investitsiyalar va iqtisodiy integratsiyalashuvga ta'siri hamda N.K.Bekkaleyeva, S.Dadalko, A.B.Otarbaeva, A.A.Arupov6 ilmiy tadqiqotlarida xorijiy investitsiyalarning mamlakat iqtisodiy xavfsizligiga ta'siri ochib berilgan.

Turli iqtisodiy fanlar hamda amaliy faoliyat yo'nalishlarida investitsiyalarning maqsadi, moliyalashtirish manbalari, tarmoq yo'nalishi, ob'ekti va boshqa jihatlariga qarab turlicha talqin beriladi. J.Keyns investitsiyalarni ushbu davrning ishlab chiqarish faoliyati natijasida kapital mulk bahosining joriy ortishi tarzida "ushbu davrda topilgan daromadning

2 Vernon R. International trade and international investment in the product cycle // The quarterly journal of economics. - Harvard, 1966. - Volume 83. No.1. - pp. 190-207; Moran T.H. Foreign direct investment and development: the new policy agenda for developing countries and economies in transition. - Washington: Institute of international economics, 1998. - 191 pages.

3 Lankes H.P., Venables A.J. Foreign direct investment in economic transition: the changing pattern of investments // The economics of transition. - London, 1996. - Volume 4, No. 2. - pp. 331-347; Barrel R., Holland D. Foreign direct investment and enterprise restructuring in Central Europe // The economics of transition. - London, 2000. - Volume 8, No. 2. - pp. 477-504.

4 Kozlov K., Manaenkov D. Firms with foreign participation and their influence on export activity in Russia: firm-level panel evidence. - Moscow: New economic school working paper, 2000. - 40 p.; Верников А.В. Оценка масштабов присутствия иностранных банков // Деньги и кредит. - Москва, 2002. - №1. - С.25-30.

5 Аветисян А.Г. Инвестиционная привлекательность страны: анализ основных факторов. Финансы: теория и практика/Finance: Theory and Practice. 2020;24(4):58-74.; Драпкин И.М., Лукьянов С.А., Бокова А.А. Влияние прямых иностранных инвестиций на внутренние инвестиции в российской экономике. Вопросы экономики. 2020;(5):69-85., Т.Н.Мамедов, Влияние прямых иностранных инвестиций на развитие экономического сотрудничества стран СНГ, Монография, М.:2021.

6 Н.К.Беккалеева, Иностранные инвестиции в системе обеспечения экономической безопасности страны Цифровая наука, 2020, №5, С.Дадалко, Привлечение иностранных инвестиций в контексте национальной безопасности. Банкауйсш вестшк, Лшень 2013, №16, А.Б.Отарбаева, А.А.Арупов, Анализ влияния прямых иностранных инвестиций на развитие нефтегазовой отрасли Казахстана, Алматы, 2020.

iste'molga ishlatilmagan qismi" deb ta'riflaydi7. Mazkur yo'nalishda tadqiqot olib borgan iqtisodchilar tomonidan "investitsiyalarga daromad (foyda) olish hamda ijobiy ijtimoiy samaraga erishish maqsadida tadbirkorlik ob'ektlariga va boshqa faoliyat turlariga solinadigan pul mablag'lari, maqsadli omonatlar, aksiyalar, boshqa turdagi qimmatli qog'ozlar, texnologiyalar, mashinalar, uskunalar, litsenziyalar, har qanday boshqa mol-mulk yoki mulkiy huquqlardir" degan ta'rif beriladi.

Shuningdek, ko'plab iqtisodchi olimlar tomonidan iqtisodiy rivojlanishning qo'shimcha investitsiyalarga bog'liqligi tadqiq etilgan. Jumladan, yangi va qo'shimcha investitsiyalar iqtisodiyotda yalpi talabni ortishiga olib keladi (Keynes, 1936), Iqtisodiy o'sish asosan kapital, xususan, ishchi kuchiga to'g'ri keladigan kapitalning optimal darajasi bilan bog'liq (Solow, 1956), Innovatsiyalar va inson kapitaliga investitsiyalar iqtisodiy o'sishning asociy omillari (Lucas and Romer, 1988) kabi nazariy yondashuvlar kapitalning iqtisodiy o'sishga ta'sirini ko'rsatadi.8

Boshqa bir toifa iqtisodchilar esa "investitsiyalarni joriy daromad olish yoki kelajakda ularning qiymatini oshib borishini ta'minlash maqsadida tadbirkorlik va boshqa faoliyat ob'ektlariga pul, moddiy va nomoddiy shaklda yo'naltirilgan uzoq muddatli kapital mablag'lari deb ataydilar"9. D.Tojiboeva "investitsiyalar - kelajakdagi natija olish uchun ishlab chiqarishni kengaytirish va rekonstruksiya qilish, mahsulot va xizmatlar sifatini yaxshilash, malakali mutaxassislar tayyorlash va ilmiy tadqiqot ishlari olib borishga mo'ljallangan moliyaviy resurslar"10, deb ta'riflaydi.

Shu bilan birga, mavjud tadqiqotlarda asosiy e'tibor xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb etishga qaratilgan bo'lib, shu jumladan, ayrim tarmoqlar, sektorlar, iqtisodiy jarayonlar yoki investitsiyalarni moliyalashtirish nuqtai-nazaridan tahlil qilinganligi bilan ajralib turadi.

Tahlil va natijalar

O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi 2022 yilda 2254 AQSh dollarini, 2023 yilda 2449 AQSh dollarini tashkil etib, ushbu ko'rsatkichni 2026 yilga borib 3055 AQSh dollariga yetkazish prognoz qilinmoqda11.

Iqtisodiy nazariyadan ma'lumki, iqtisodiy rivojlanish qo'shimcha investitsiyalar bilan bog'liq. Jumladan, yangi va qo'shimcha investitsiyalar iqtisodiyotda yalpi talabni ortishiga olib keladi (Keynes, 1936), Iqtisodiy o'sish asosan kapital, xususan, ishchi kuchiga to'g'ri keladigan kapitalning optimal darajasi bilan bog'liq (Solow, 1956), Innovatsiyalar va inson kapitaliga

7 Кейнс Дж. Общая теория занятости, процента и денег. - М.: Прогресс, 1978, - с. 117.

8 John Maynard Keynes, "The General Theory of Employment, Interest and Money", 1936. Robert M. Solow, "A Contribution to the Theory of Economic Growth", The Quarterly Journal of Economics, Volume 70, Issue 1, February 1956, Pages 65-94. Paul M. Romer, "The Origins of Endogenous Growth", The Journal of Economic Perspectives, Vol. 8, No.1 (1994), pp. 3-22

9 Гаврилова А.Н. Финансовый менеджмент. - М.: Кнорус. 2005, - с.156.

10 Tojiboyeva D. Iqtisodiyot nazariyasi: ikkinchi kitob. - Toshkent.: Sharq, 2003. - 79 b.

11 O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Byudjetnoma 2024-2026 yillar ma'lumotlari (https ://api. mf. uz/ media).

investitsiyalar iqtisodiy o'sishning asociy omillari (Lucas and Romer, 1988) kabi nazariy yondashuvlar kapitalning iqtisodiy o'sishga ta'siri ko'rsatadi12.

Mashhur iqtisodchi P.Samuelsonning "akselerator effekti" tamoyiliga ko'ra, iqtisodiy o'sish va investitsiyalar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik mexanizmi shunday ishlaydi: yalpi ichki mahsulotning real o'sishi real investitsiyalar hajmining oshishiga, o'z navbatida, real investitsiyalarning ortishi YalMning yanada o'sishiga olib keladi. Bu tamoyilning muhim jihati shundaki, real investitsiyalar deganda faqat asosiy kapital (binolar, inshootlar, mashina va jihozlar) va tovar-moddiy zahiralar qiymatining ortishi tushuniladi.

Ushbu nazariy yondashuvlarni ilmiy-empirik jihatdan tekshirish maqsadida Jahon bankining statistik ma'lumotlar bazasi asosida 25 ta eng yirik rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy o'sish va investitsiyalarga oid ko'rsatkichlari 2000-2022 yillar oralig'ida tahlil qilindi. 23 yillik davr oralig'ida ushbu mamlakatlarning yalpi ichki mahsulotning real o'sishi va asosiy kapitalga investitsiyalarning YalMga nisbati o'rtasidagi korrelyatsiya koeffitsienti maksimal bir qiymatga yaqin bo'lib chiqdi.

"0'zbekiston-2030" strategiyasiga muvofiq, 2030 yilgacha bo'lgan davrda mamlakatimizda 250 mlrd. dollar investitsiyalarni o'zlashtirish, jumladan 110 mlrd. dollar xorijiy investitsiyalar va 30 mlrd. dollar davlat-xususiy sheriklik doirasidagi investitsiyalarni jalb qilish ko'zda tutilgan13. Mazkur ustuvor maqsad va vazifalar ijrosini ta'minlash mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxshilash, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarga to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hajmlarini kengaytirish hamda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini jadallashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, yuqori texnologiyali ishlab chiqarish tarmoqlarini, birinchi navbatda, ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishni ta'minlaydigan ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini amalga oshirish mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo'shimcha qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun ushbu maqsadga erishishning muhim vositasidir.

Investitsion muhitni yaxshilash, mamlakat hududlari iqtisodiyot tarmoqlariga investitsiyalarni, birinchi navbatda, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish, zamonaviy texnologiyalar asosida yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish va mahalliy korxonalarning raqobatbardoshligini ta'minlash investitsiya siyosatining ustuvor vazifalari qatoridan o'rin egallaydi.

Agar 2017 yil yakuniga ko'ra yalpi ichki mahsulotdagi investitsiyalar ulushi 22,7 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2019 yilda 36,8 foizga yetdi, 2018-2022 yillarda o'rtacha 32,6 foizni tashkil etdi. Shu bilan birga, kapital qo'yilmalarning asosiy qismi sanoat va infratuzilma loyihalariga yo'naltirildi. 2022 yil yakuni bo'yicha milliy iqtisodiyotda jami investitsiyalarning 42,8 foizi tashqi investitsiyalar, shu jumladan, 14,5 foizi to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar hisobidan moliyalashtirildi.

12 John Maynard Keynes, "The General Theory of Employment, Interest and Money", 1936. Robert M. Solow, "A Contribution to the Theory of Economic Growth", The Quarterly Journal of Economics, Volume 70, Issue 1, February 1956, Pages 65-94. Paul M. Romer, "The Origins of Endogenous Growth", The Journal of Economic Perspectives, Vol. 8, No.1 (1994), pp. 3-22

13 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi PF-158-son "0'zbekiston-2030 Strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni. https://lex.uz/ru/docs/6600413.

To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish iqtisodiyotni tarkibiy o'zgartirish, sanoatni modernizatsiya qilish, yuqori qo'shimcha qiymatga ega mahsulotlar ulushini oshirish hamda korxonalarning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini ta'minlashda alohida ahamiyat kab etadi.

Investitsiyalar va iqtisodiy o'sish o'rtasidagi bog'liqlikni tahlil qilishda qo'llaniladigan muhim ko'rsatkichlardan biri qo'shimcha kapital-ishlab chiqarish koeffitsienti (incremental capital-output ratio, ICOR) hisoblanadi. Ushbu ko'rsatkich mamlakat iqtisodiyotida investitsiyalar samaradorligini baholash, asosiy kapitalga investitsiyalarning yalpi ichki mahsulot (YaIM)ning o'sishiga ta'sirini baholashga ko'maklashadi. Bizning ishimizda O'zbekiston va boshqa rivojlanayotgan mamlakatlar misolida ICOR ko'rsatkichi tahlil etilib, investitsiyalarning iqtisodiy o'sishga ta'sirini ko'rib chiqamiz.

Qayd etish lozimki, ICOR ko'rsatkichi mazmuniga ko'ra mamlakat iqtisodiyotida qo'shimcha mahsulot birligini yaratish uchun zarur bo'lgan investitsiyalarni o'lchaydi. Ushbu ko'rsatkich bizga investitsiyalar samaradorligini baholash va iqtisodiy o'sishni ta'minlash uchun zarur bo'lgan asosiy kapitalga investitsiyalar miqdorini aniqlashga yordam beradi. ICOR ko'rsatkichining qiymati qancha past bo'lsa, investitsiyalar samaradorligi yuqoriligidan dalolat beradi, chunki u ishlab chiqarishning muayyan o'sishi uchun kamroq investitsiyalar talab etilishini anglatadi.

ICOR ko'rsatkichi quyidagi formula asosida hisoblanadi:

ICOR = Asosiy kapitalga investitsiyalar (YaIMga nisbatan) / YaIMning yillik o'sish

sur'ati

Ushbu formulani qo'llash orqali iqtisodiy o'sishni rag'batlantirishda investitsiyalarning samaradorligini baholash mumkin. ICOR ko'rsatkichi pastroq bo'lgan taqdirda, mamlakat investitsiyalardan qo'shilgan qiymat yaratishda samaraliroq foydalanayotganini bildiradi. Bu shuni ko'rsatadiki, mamlakat nisbatan kamroq investitsiyalar bilan yuqori o'sish sur'atlariga erishish imkoniyatiga ega. Aksincha, ICORning yuqori qiymati mamlakat iqtisodiyotida ishlab chiqarish hajmining muayyan o'sishiga erishish uchun ko'proq investitsiyalar taqozo etilishini anglatadi.

Investitsion kapitaldan samarali foydalanish har bir mamlakatning uzoq muddatli, barqaror iqtisodiy rivojlanishi uchun juda muhim hisoblanadi. ICOR ko'rsatkichi dinamikasini kuzatib borish va uning qiymatini pasaytirish maqsadida, investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish va moliyaviy resurslarni taqsimlashni optimallashtirish, shu jumladan, infratuzilmani rivojlantirish, innovatsiyalarni rag'batlantirish hamda invesitsion loyihalarning moliyaviy, iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligini oshirishga qaratilgan strategiyalarni qo'llash maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Tahlillar shuni ko'rsatmoqdaki, O'zbekistonda 2010-2022 yillar oralig'ida ICOR ko'rsatkichi qiymatining o'sib borish tendensiyasi kuzatilmoqda. Jahon banki ma'lumotlari asosida hisoblangan ICOR ko'rsatkichi 2010 yilda mamlakatimizda 3,58 ni, Qozog'istonda -3,48 ni, Xitoy Xalq Respublikasida - 4,38 ni tashkil etgan. 2010-2016 yillar oralig'ida ICOR ko'rsatkichining qiymati O'zbekistonda o'rtacha 3,88 ni tashkil etgan bo'lib, xuddi shu davrda Qozog'istonda 10,09 ni, Xitoy Xalq Respublikasida - 5,66 ni tashkil etgan. Ushbu davrda mamlakatimiz iqtisodiyoti investitsiyalardan foydalanish ko'rsatkichi bo'yicha Qozog'iston va Xitoyga nisbatan samaraliroq ekanligini ko'rish mumkin.

Shuni ta'kidlash lozimki, 2017 yildan boshlab O'zbekistonda iqtisodiyotni

modernizatsiyalash va yangi ish o'rinlari yaratishga qaratilgan yuqori investitsion faollik kuzatilib, asosiy kapitalga investitsiyalarning YalMga nisbati keskin oshdi. Jahon banki ma'lumotlariga ko'ra, 1991-2022 yillar mobaynida asosiy kapitalga investitsiyalarning YalMga nisbati Xitoyda 41,44 foiz, Hindistonda 32,31 foiz, Janubiy Koreyada 33,14 foiz, Turkiyada 25,55 foiz, Qozog'istonda 25,40 foiz va o'rta daromadli mamlakatlarda o'rtacha 29,38 foizni tashkil etgan holda, O'zbekistonda so'nggi 6 yildagi keskin o'sish hisobiga ushbu ko'rsatkich 23,89 foizga ko'tarildi14.

1-jadval

O'zbekiston, Qozog'iston va Xitoy Xalq Respublikasida

iqtisodiyotda investitsiyalar samaradorligi ICOR ko'rsatkichlari15

Mamlakatlar

Yillar

XXR Qozog'iston O'zbekiston

2010 4,38 3,48 3,58

2011 4,89 3,11 3,55

2012 5,88 5,26 4,23

2013 5,97 4,09 3,77

2014 6,17 6,14 4,07

2015 6,14 23,26 3,65

2016 6,22 25,30 4,34

2017 6,19 6,43 6,63

2018 6,49 6,16 6,33

2019 7,27 6,14 6,99

2021 5,11 6,17 5,45

2022 14,48 7,54 6,76

O'rtacha 2010-2016 yy. f\ f 5,66 10,09 3,88

O'rtacha 2017-2022 yy. 7,91 6,49 6,43

Buning natijasida 2017-2022 yillar oralig'ida ICOR ko'rsatkichi qiymatining o'sib borish tendensiyasi kuzatilmoqda. Jahon banki ma'lumotlari asosida hisoblangan ICOR ko'rsatkichining qiymati O'zbekistonda o'rtacha 6,43 ni tashkil etib, avvalgi davrga nisbatan 1,66 martaga ortgan. Xuddi shu davrda ICOR ko'rsatkichining qiymati Qozog'istonda 6,49 ni, Xitoyda - 7,91 ni tashkil etdi. Bu so'nggi yillarda iqtisodiyotda investison faollikning ortishi fonida investitsiyalardan foydalanish samaradorligi pasayib borayotganligini bildiradi.

Shu bilan birga, hududlarda investitsiyalarni o'zlashtirish hajmining ortib borishi kuzatilayotgan davrda yalpi hududiy mahsulotning o'zgarishi hamda hududiy investitsiyalar samaradorligini baholash muhim ahamiyat kasb etadi.

2-jadval

O'zbekiston Respublikasi hududlari kesimida investitsiyalar samaradorligi ICOR ko'rsatkichlari o'zgarishi16

14 https://data.worldbank.org.

15 Jahon banki ma'lumotlari (https://worldbank.org/opendata) asosida hisoblangan.

O'rtacha 2003-2009 yy. O'rtacha 2010-2016 yy. O'rtacha 2017-2022 yy.

Hududlar

Qoraqalpog'iston 6,29 5,20 6,16

Andijon 2,48 5,31 3,53

Buxoro 7,24 4,43 11,89

Jizzax 2,05 2,41 6,37

Qashqadaryo 6,52 5,82 19,74

Navoiy 6,48 5,64 9,08

Namangan 2,63 2,22 6,80

Samarqand 2,32 1,90 11,10

Surxondaryo 3,76 2,12 8,85

Sirdaryo 2,88 3,33 6,54

Toshkent 4,00 3,38 7,87

Farg'ona 2,98 2,37 3,40

Xorazm 2,47 2,38 4,61

Toshkent sh. 4,92 2,76 3,88

Hududlar kesimida asosiy kapitalga investitsiyalar hamda yalpi hududiy mahsulot ma'lumotlari asosida hududiy ICOR ko'rsatkichining qiymatlari hisoblandi. Ushbu ko'rsatkich o'rtacha respublika ko'rsatkichiga nisbatan o'zgaruvchan bo'lib, 2003-2009 yillar oralig'ida bu ko'rsatkich Jizzaxda (eng past) 2,05 dan Buxoroda (eng yuqori) 7,24 gacha diapazon oralig'ida bo'lgan. Hududlar kesimidagi farq 2017-2022 yillar oralig'ida yanada kengayib, Farg'onada (eng past) 3,40 dan Qashqadaryoda (eng yuqori) 19,74 gacha tashkil etgan.

2017-2022 yillar mobaynida hududlar kesimida tahlil qilinganda asosiy kapitalga investitsiyalarning samaradorlik ko'rsatkichi umumiy respublika darajasiga qaraganda yuqori bo'lgan 4 ta hudud mavjud. Xususan, ICOR ko'rsatkichi asosida tahlil etilganda respublika bo'yicha o'rtacha ko'rsatkichdan yaxshi natijani qayd etgan Andijon (3,53), Farg'ona (3,40), Xorazm (4,61) viloyatlari hamda Toshkent shahri (3,88)ni alohida ta'kidlash lozim. Shu bilan birga, so'nggi yillarda yirik investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va ularni iqtisodiy samarasi kelgusi davrlarda ko'rinishi hisobiga Buxoro (11,89), Qashqadaryo (19,74), Samarqand (11,10) va Navoiy (9,08) viloyatlarida investitsiyalardan foydalanish samaradorligi o'rtacha darajadan ancha past.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Shuni ta'kidlash lozimki, 2003-2009 yillar mobaynida asosiy kapitalga investitsiyalarning samaradorlik ko'rsatkichi umumiy respublika darajasiga qaraganda yuqori bo'lgan 7 ta hudud (Andijon, Jizzax, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Farg'ona va Xorazm viloyatlari), 2010-2016 yillarda 6 ta hudud (Jizzax, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Farg'ona va Xorazm viloyatlari) mavjud bo'lgan bo'lsa, 2017-2022 yillarda ushbu hududlar soni 4 taga (Andijon, Farg'ona, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahri) tushgan. Kuzatilayotgan ushbu salbiy tendensiya bizga hududlar kesimida investitsiyalardan foydalanish samaradorligi oshirish, jumladan, investitsion loyihalarning sifatini ta'minlash, ularning barqaror faoliyat ko'rsatishi hamda ijobiy rentabellik darajasini ta'minlashga e'tibor kuchaytirish zarurligidan dalolat beradi.

' Jahon banki ma'lumotlari (https://worldbank.org/opendata) asosida hisoblangan.

160000 140000 120000 100000 80000 60000

3.2-rasm. Hududlar kesimida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarda ish bilan band ta'minlanganlar soni17

Hududlar kesimida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarda ish bilan ta'minlangan aholi soni so'nggi yillarda ijobiy o'sish tendensiyasi kuzatilmoqda. Jumladan, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarda ish bilan ta'minlanganlar soni 2005 yilda 104,3 ming, 2010 yilda 152,8 ming, 2016 yilda 188,6 mingta tashkil etgan bo'lib, 2022 yil yakuni bilan ushbu ko'rsatkich 302,6 mingtaga yetdi. Umuman olgan 2006-2022 yillar mobaynida respblika hududlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarda ish bilan ta'minlangan aholi soni 113,9 mingtaga yoki 60,4 foizga oshdi.

Shu bilan birga, hududlar kesimida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarda yaratilgan ish o'rinlarining asoiy qismi Toshkent shahri, Toshkent, Andijon, Farg'ona, Namangan, Samarqand va Buxoro viloyatlari (2022 yil yakunlari bo'yicha jami ish o'rinlarining 84,5 foizi) hissasiga to'g'ri kelmoqda.

Xulosa

Ta'kidlash lozimki, O'zbekistonda so'nggi yillarda investitsiyalarni jalb etish ko'lamlari kengayib, investitsion faollik oshib borayotgan sharoitda iqtisodiyotda investitsiyalardan foydalanish samaradorligi pasayib bormoqda. Bunda, hududlar kesimida ham tafovut kengayib borayotganligini kuzatish mumkin. Bu o'z navbatida hududlar kesimida investitsiyalardan foydalanish samaradorligi oshirish, jumladan, investitsion loyihalarning sifatini ta'minlash, ularning barqaror faoliyat ko'rsatishi hamda ijobiy rentabellik darajasini ta'minlashga e'tibor kuchaytirish zarurligidan dalolat beradi.

O'zbekiston hududlari investitsiya faolligini tahlil qilish natijalari shuni ko'rsatadiki, so'nggi yillarda hududlarning asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi oshib, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish faolligi ham o'smoqda. Biroq erishilgan natijalar hududlardagi mavjud imkoniyatlarga mos kelmaydi. Shu bilan birga, hududlar bo'yicha jalb qilingan investitsiyalar samaradorligini oshirish zaruratini ko'rsatmoqda.

Statistika agentligi ma'lumotlari asosida tayyorlangan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi PF-158-son "0'zbekiston-2030 Strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni https://lex.uz/ru/docs/6600413;

2. Vernon R. International trade and international investment in the product cycle // The quarterly journal of economics. - Harvard, 1966. - Volume 83. No.1. - pp. 190-207; Moran T.H. Foreign direct investment and development: the new policy agenda for developing countries and economies in transition. - Washington: Institute of international economics, 1998. - 191 pages;

3. Lankes H.P., Venables A.J. Foreign direct investment in economic transition: the changing pattern of investments // The economics of transition. - London, 1996. - Volume 4, No. 2. - pp. 331-347; Barrel R., Holland D. Foreign direct investment and enterprise restructuring in Central Europe // The economics of transition. - London, 2000. - Volume 8, No. 2. - pp. 477504;

4. Kozlov K., Manaenkov D. Firms with foreign participation and their influence on export activity in Russia: firm-level panel evidence. - Moscow: New economic school working paper, 2000. - 40 p.; Верников А.В. Оценка масштабов присутствия иностранных банков // Деньги и кредит. - Москва, 2002. - №1. - С.25-30;

5. Аветисян А.Г. Инвестиционная привлекательность страны: анализ основных факторов. Финансы: теория и практика/Finance: Theory and Practice. 2020;24(4):58-74.; Драпкин И.М., Лукьянов С.А., Бокова А.А. Влияние прямых иностранных инвестиций на внутренние инвестиции в российской экономике. Вопросы экономики. 2020;(5):69-85., Т.Н.Мамедов, Влияние прямых иностранных инвестиций на развитие экономического сотрудничества стран СНГ, Монография, М.:2021;

6. Н.К.Беккалеева, Иностранные инвестиции в системе обеспечения экономической безопасности страны Цифровая наука, 2020, №5, С.Дадалко, Привлечение иностранных инвестиций в контексте национальной безопасности. Банкауйск вестшк, Лшень 2013, №16, А.Б.Отарбаева, А.А.Арупов, Анализ влияния прямых иностранных инвестиций на развитие нефтегазовой отрасли Казахстана, Алматы, 2020;

7. Кейнс Дж. Общая теория занятости, процента и денег. - М.: Прогресс, 1978, - с.117;

8. John Maynard Keynes, "The General Theory of Employment, Interest and Money", 1936. Robert M. Solow, "A Contribution to the Theory of Economic Growth", The Quarterly Journal of Economics, Volume 70, Issue 1, February 1956, Pages 65-94. Paul M. Romer, "The Origins of Endogenous Growth", The Journal of Economic Perspectives, Vol. 8, No.1 (1994), pp. 3-22;

9. Гаврилова А.Н. Финансовый менеджмент. - М.: Кнорус. 2005, - с.156.;

10. Tojiboyeva D. Iqtisodiyot nazariyasi: ikkinchi kitob. - Toshkent.: Sharq, 2003. - 79 b.;

11. O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Byudjetnoma 2024-2026 yillar ma'lumotlari (https://api.mf.uz/media).

12. John Maynard Keynes, "The General Theory of Employment, Interest and Money", 1936. Robert M. Solow, "A Contribution to the Theory of Economic Growth", The Quarterly Journal of Economics, Volume 70, Issue 1, February 1956, Pages 65-94. Paul M. Romer, "The Origins of Endogenous Growth", The Journal of Economic Perspectives, Vol. 8, No.1 (1994), pp. 3-22;

13. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi PF-158-son "0'zbekiston-2030 Strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni. https://lex.uz/ru/docs/6600413;

14. https://data.worldbank.org;

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.