Научная статья на тему 'INVESTITSIYA LOYIHALARI SAMARADORLIGINING BAHOLASH MEZONLARI VA UNINIG O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

INVESTITSIYA LOYIHALARI SAMARADORLIGINING BAHOLASH MEZONLARI VA UNINIG O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
425
55
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
investitsiya / xorijiy investitsiya / investorlar / investitsion loyiha / samara / tashkiliy investitsoin loyiha / texnik investitsion loyiha / iqtisodiy investitsion loyiha / sarmoya / monitoring / investment / foreign investment / investors / investment project / efficiency / organizational investment project / technical investment project / economic investment project / investment / monitoring

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Axmedova Yulduz Sunatullayevna

So‘nggi yillarda mamlakatimizda iqtisodiyotimizga xorijiy investitsiyalarni jalb etish borasida salmoqli islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Mazkur maqolada milliy iqtisodiyotimizga xorijiy investitsiyalarni jalb etish va uning o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etilgan. Shu bilan bir qatorda investitsiya loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligining ilmiy jihatlari o‘rganilgan. Investitsiyalarga davlat va yakka tartibda yondoshishlarni ta’minlash, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni tashkil etish, amalga oshirilgan tarkibiy o‘zgarishlar mamlakat eksport salohiyatini oshirish va aholini ish bilan yanada to‘liqroq ta’minlashda xar bir investitsion loyihalarning qanchalik samaradorligi va uning o’ziga xos xususiyatlari kabi masalalar yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INVESTMENT PROJECT EFFICIENCY EVALUATION CRITERIA AND ITS SPECIFIC CHARACTERISTICS

In recent years, significant reforms have been implemented in our country to attract foreign investments to our economy. In this article, attracting foreign investments to our national economy and its specific features are studied. In addition, the scientific aspects of financial and economic efficiency of investment projects were studied. Ensuring state and individual approaches to investments, the organization of expanded reproduction, implemented structural changes, how effective each investment project is in increasing the country's export potential and more fully providing the population with work and its own characteristics issues such as features are covered

Текст научной работы на тему «INVESTITSIYA LOYIHALARI SAMARADORLIGINING BAHOLASH MEZONLARI VA UNINIG O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

INVESTITSIYA LOYIHALARI SAMARADORLIGINING BAHOLASH MEZONLARI VA UNINIG O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Axmedova Yulduz Sunatullayevna

Jizzax politexnika instituti Iqtisodiyot va menejment kafedrasi assistenti

axmedovayu@gmail. com

Annotatsiya: So'nggi yillarda mamlakatimizda iqtisodiyotimizga xorijiy investitsiyalarni jalb etish borasida salmoqli islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Mazkur maqolada milliy iqtisodiyotimizga xorijiy investitsiyalarni jalb etish va uning o'ziga xos xususiyatlarini tadqiq etilgan. Shu bilan bir qatorda investitsiya loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligining ilmiy jihatlari o'rganilgan. Investitsiyalarga davlat va yakka tartibda yondoshishlarni ta'minlash, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni tashkil etish, amalga oshirilgan tarkibiy o'zgarishlar mamlakat eksport salohiyatini oshirish va aholini ish bilan yanada to'liqroq ta'minlashda xar bir investitsion loyihalarning qanchalik samaradorligi va uning o'ziga xos xususiyatlari kabi masalalar yoritilgan.

Kalit so'zlar: investitsiya, xorijiy investitsiya, investorlar, investitsion loyiha, samara, tashkiliy investitsoin loyiha, texnik investitsion loyiha, iqtisodiy investitsion loyiha, sarmoya, monitoring.

INVESTMENT PROJECT EFFICIENCY EVALUATION CRITERIA AND

ITS SPECIFIC CHARACTERISTICS

Akhmedova Yulduz Sunatullayevna

Jizzakh Polytechnic Institute Assistant of the Department of Economics and

Management

axmedovayu@gmail. com

Abstract: In recent years, significant reforms have been implemented in our country to attract foreign investments to our economy. In this article, attracting foreign investments to our national economy and its specific features are studied. In addition, the scientific aspects of financial and economic efficiency of investment projects were studied. Ensuring state and individual approaches to investments, the organization of expanded reproduction, implemented structural changes, how effective each investment project is in increasing the country's export potential and more fully

providing the population with work and its own characteristics issues such as features are covered.

Keywords: investment, foreign investment, investors, investment project, efficiency, organizational investment project, technical investment project, economic investment project, investment, monitoring.

КРИТЕРИИ ОЦЕНКИ ЭФФЕКТИВНОСТИ ИНВЕСТИЦИОННОГО ПРОЕКТА И ЕГО ОСОБЕННОСТИ

Ахмедова Юлдуз Сунатуллаевна

Джизакский политехнический институт, ассистент кафедры экономики и

управления

axmedovayu@gmail. com

Аннотация: За последние годы в нашей стране были реализованы значительные реформы по привлечению иностранных инвестиций в нашу экономику. В данной статье изучаются привлечение иностранных инвестиций в нашу национальную экономику и его особенности. Кроме того, были изучены научные аспекты финансово-экономической эффективности инвестиционных проектов. Освещены такие вопросы, как обеспечение государственного и индивидуального подходов к инвестициям, организация расширенного воспроизводства, реализуемые структурные изменения, насколько эффективен каждый инвестиционный проект в повышении экспортного потенциала страны и более полном обеспечении населения работой, а также его особенности.

Ключевые слова: инвестиции, иностранные инвестиции, инвесторы, инвестиционный проект, эффективность, организационный инвестиционный проект, технический инвестиционный проект, экономический инвестиционный проект, инвестиции, мониторинг.

KIRISH

Bugungi kunda O'zbekistonda olib borilayotgan islohotlar tobora chuqurlashib, o'zining ijobiy natijasini iqtisodiyotning barqarorlashuvida, o'sish sur'atlarining yuqoriligida namoyon qilmoqda. Milliy iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etish, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni tashkil etish, amalga oshirilgan tarkibiy o'zgarishlar mamlakat eksport salohiyatini oshirish va aholini ish bilan yanada to'liqroq ta'minlashning muhim omili sifatida yuzaga chiqmoqda.

Bu borada investitsiya loyihalari monitoringini tashkil etishning moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholashni samarali tashkil etishda qator muammolar

mavjudligi investitsion jarayonlarning faollashuviga, yirik ob'ektlar barpo etilishiga, investitsiyalardan foydalanish samaradorligiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta'kidlaganidek:1 "Loyihalar puxta hisob-kitob qilinmagani, ularni amalga oshirishga investorlarning o'z mablag'lari jalb etilmagani oqibatida ko'plab korxonalar bankrot bo'lgan. Ularni sog'lomlashtirish vazifasi zimmasiga yuklangan tijorat banklari ham katta zarar ko'rgan. Shu bois joriy yildan boshlab bankrot korxonalarni banklar balansiga berish amaliyotiga chek qo'yildi. Yuzaki o'tkazilgan iqtisodiy tahlil oqibatida loyihalar foydalanishga qabul qilinganidan keyin ham o'zini oqlamagan xomashyo yo'qligi, energiya va gaz bilan ta'minlanmagani, iqtisodiy jihatdan samarasiz bo'lgani sababli mahsulot ishlab chiqarish o'zlashtirilmay qolgan".

Jumladan, investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asosnomasi puxta tayyorlanmasligi, loyiha bo'yicha marketing tadqiqotlarining haqqoniy olib borilmasligi, loyiha bo'yicha risklarni oldindan aniqlash va hisoblash uslubiyotining mukammal emasligi va h.k. Bundan tashqari xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, investitsiya loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholashda davlat va yakka tartibda yondashuvni ta'minlash, byurokratizm, rasmiyatchilik va sansolarlik faktlariga qat'iyan chek qo'yish, ekspertiza natijalari uchun mansabdor shaxslarning mas'uliyatini oshirish borasida bajarilishi kerak bo'lgan qator vazifalar mavjud.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Investitsiya loyihalari samaradorligini baholash va monitoringini tashkil etish muammolari mahalliy va xorijiy iqtisodchi olimlarning doimo diqqat markazida bo'lgan. Bu muammolar G'arb iqtisodchilari A.Smit, D.Rikardo, J.Keyns, A.Marshall, P.Samuelson, L. Alfaro, B.Fridman, L.Abalkin, A.Dedikov, L.Grigorev, G. Birman, S.Shmidt, I.I. Mazur, V.D. Shapiro, N.G. Olderogge va boshqa olimlarning asarlarida o'z aksini topgan2.

Bu borada mamlakatimiz olimlari ilmiy ishlarida investitsiya jarayonlari, uni faollashtirishning mexanizmlari va hududlarda investitsiyalar samaradorligini oshirishning turli jihatlari3 B.Berkinov, D.G'ozibekov, E.Maxmudov, Sh.Yuldashev,

'O'zbekiston Pespublikasi Prezidentining O'zbekiston Pespublikasining rivojlanish davlat dasturining shakllantirish va moliyalashtirish bo'yicha jariy etilgan yangi tartib asosida ishlarni tashkil etish masalalariga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishidagi nutqi, 2018-yil, 17-yanvar.

2А.Смит, Д.Рикардо Сочинения // Классика экономической мысли. - М.: ЭКСМО Пресс, 2000. - 164 с.; Кейнс Дж. М. Общая теория занятости, процента и денег / пер. с англ. проф. Любимова Н. Н. под ред. Куракова Л.П. М.: «Гелиос АРВ», 1999. С. 7.; Alfaro L., Rodriguez-Clare A. Multinationals and Linkages: Evidence from Latin America // Economic.- 2004. № 4. P. 113-172. Бирман Г., Шмидт С. Экономический анализ инвестиционных проектов М.: -Банки и биржи ЮНИТИ, 1997. - С . 613. Мазур И.И., Шапиро В.Д., Ольдерогге Н.Г. Управление проектами: Учеб. пособие для вузов /Под общ. ред. И.И.Мазура.-М.: ЗАО Издательство «Экономика», 2001. - С. 276.

3B.B.Berkinov va b.Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish.-T.:Iqtisod,2011.-128b.;G'ozibekov D Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari,-T.Moliya,2003.; G'ozibekov D Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari,-T.2002.diss.avtoref.11-14b. Yo'ldashev Sh.G.Xorijiy investitsiyalar O'zbrkiston Respublikasi milliy takror ishlab chiqarishning iqtisodiy o'sish va erkinlashtirish omili sifatida.-T.2002,-B.125.; Назаров Ш.Х. Методологические аспекты повышения конкурентоспособности региона //

Sh.X.Nazarov, N.N.Oblomuradov, A.A.Sobirov, Sh.Mustafakulov, B.Muminov va boshqa bir qancha olimlar tomonidan yoritilgan.

Investitsiya loyihalari ishlab chiqilishi natijasida uning barcha ko'rsatkichlari va hisob-kitoblari haqqoniyligi va ishonchliligini tekshirish muhim ahamiyat kasb etadi va bu investitsiya loyihalarining raqobatdardoshligini aniqlash va ta'minlashni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar yetarli darajada amalga oshirilmaganligi va ilmiy asoslanmaganligi ushbu mavzuni yoritishni taqozo etadi.

METODOLOGIYA

Ushbu ma'lumotlar rasmiy manbalardan olingan, taniqli iqtisodchi olimlarning iqtisodiyotimizni rivojlantirishda investitsiya loyihalari samaradorligini baholashning mazmuni va mohiyatini qiyosiy tahlil qilish, xorij tajribalarini umumlashtirish va mamlakatimizda erishilayotgan yutuqlar bo'yicha olingan natijalarga tayangan holda investitsiya loyihalarini o'rganishga erishilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Investitsion loyihaga turli adabiyotlarda turlicha ta'riflar keltirilgan bo'lib, bizningcha investitsion loyiha - bu dastavval, iqtisodiy foyda (daromad) olish maqsadida yangidan yoki amal qilib turgan ishlab chiqarish (mahsulot, ish va xizmatlar ko'rsatish) faoliyatini modernizatsiyalash uchun loyihalash, qurilish, texnologiya va asbob-uskunalar olib kelish, kadrlar tayyorlash va boshqalarni o'z ichiga oladigan kompleks tadbirlar rejasi hisoblanadi. Bu nafaqat biron bir faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan tashkiliy-huquqiy va moliyaviy-hisob hujjatlar tizimi, balki aniq bir maqsadga erishish uchun uni amalga oshirishga mo'ljallangan tadbirlar (faoliyat) majmui hisoblanadi.

Davlat, korxona va tashkilotlarning muhim vazifalaridan biri investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini oshirish hisoblanadi.

Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini oshirish muammosining mohiyati shundan iboratki, har xil xarajat birligiga (mehnat, moddiy, moliyaviy) ishlab chiqarish hajmi, xizmatlar va foyda hamda milliy daromadni oshirishga erishish lozim bo'ladi.

Mikro va makro iqtisodiyot hamda ularning sektorlarida "samara" va "samaradorlik" degan atamalarni tez-tez uchratish mumkin. Ular o'zlarining iqtisodiy mohiyati va mazmuniga qarab bir-birlaridan farqlanadi. Samara" tushunchasi o'zida iqtisodiy jarayonning qandaydir biror bo'lagida (bo'g'inida) qo'llanilgan tadbirlarning bergan natijasini (ijobiy natijaga erishishni) o'zida aks ettiradi. Samaradorlik - mutlaq ko'rsatkich bo'lib, u ishlab chiqarishning iqtisodiy natijalarini ko'rsatadi.

Монография. Ташкент, IFMR. 2014.; Oblomurodov N.N.To'g'ridan-to'g'ri xotojiy investitsiyalarni jalb qilishning nazariy asoslari va ustuvor yo'nalishlari:I.F.N...disser.si.-T:Davlat va jamiyat qurulishi akademiyasi.2008.143b.;Mo'minov B.O'zbekiston iqtisodiyotida markazlashgan investitsiyalarning samaradorligini oshirish yo'llari. 08.00.07. Iqt.f.nom.disser./OzRBank-Moliya akademiyasi./-T.,2012.135b 43.Mustafaqulov Sh.Investitsion faoliyat,salohiyat va jazibadorlik.Bozor,pul va kredit.4/2017,aprel(239), 10-19 b .

I.I.Mazur, V.D.Shapiro, N.G.Olderoggelar4 ta'rif berishicha: "Investitsiya loyihalarining samaradorligi - loyihaning uning ishtirokchilarini maqsadi va qiziqishlariga muvofiqligini ko'rsatib beruvchi kategoriya hisoblanadi". Shunga ko'ra, loyihaning samaradorligini butunligicha baholash, shuningdek loyihada qatnashuvchi har bir ishtirokchining samarasini aniqlash talab etiladi.

Investitsiya loyihasi quyidagi turlarga bo'linadi: tashkiliy investitsion loyiha, iqtisodiy investitsion loyiha, texnik investitsion loyiha, sotsial investitsion loyiha, aralash investitsion loyiha.

Tashkiliy investitsion loyiha - odatda korxonani shakllantirish, yangidan tashkilot, korxona, xo'jalik subyektlarini tashkil qilish bilan bog'liq bo'lgan tadbirlar majmui (konferentsiya, forum, simpozium, seminar va boshqa tadbirlar);

Iqtisodiy investitsion loyiha- bu asosan korxona va tashkilotlarni qayta shakllantirish(restruktizatsiya), sanatsiya, korxonani davlat tasarrufidan chiqarish, soliq sistemasini takomillashtirish, bojxona qonun qoidalari va boshqalari bilan bog'liq bo'lgan tadbirlar.

Sotsial investitsion loyiha- bu ijtimoiy muammolarni echish bilan bog'liq bo'lib, ijtimoiy ta'minotni takomillashtirish, aholini turmush darajasini yaxshilash, pensiya qonunchiligi va boshqa tadbirlar.

Texnik investitsion loyiha- bu yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqish bilan bog'liq bo'lgan tadbirlar majmui hisoblanadi.

Demak, investor tomonidan safarbar qilinadigan kapital mablag'lari investorning manfa'tiga hamda kapitaldan keladigan daromadga qarab yuqorida keltirilgan investitsiya loyihasi turlariga safarbar qilinishi mumkin.

Hozirgi kunda mamlakatimizda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish dolzarb vazifalardan biri bo'lib qolmoqda. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish deganda, investitsiya loyihasini ishlab chiqish, uni amaliyotga maqsadli tadbiq etish, ya'ni loyihani amalga oshirish va ekspulatatsiya qilish, shuningdek, monitoringini olib borish xarajatlarini qoplash uchun optimal investitsiya resurslarini shakllantirish va ularni hisob-kitobini chiqarish hisoblanadi.

Umumiy olganda, investitsiya resurslarini shakllantirishni uchta guruhga bo'lish mumkin: o'z mablag'lari, qarz mablag'lar, jalb qilingan mablag'lar.

Korxonalar investitsion loyihalarni qabul qilishi uchun ko'pchilik hollarda ularning o'z ichki mablag'lari etishmaydi. Shuning uchun tijorat banklaridan qarz mablag'lari jalb qilinadi. Investitsiya loyihalariga qanchalik ko'p mablag' sarflansa undan kutilayotgan foyda ham shunchalik kamayib boradi. Shu bilan birga, investitsiya loyihasiga sarflanadigan korxona ichki mablag'lari hisobiga kutilayotgan sof foyda me'yori ham shunchalik yuqori bo'lishi mumkin.

4Мазур И.И., Шапиро В.Д., Ольдерогге Н.Г. Управление проектами: Учеб. пособие для вузов /Под общ. ред. И.И.Мазура.-М.: ЗАО Издательство «Экономика», 2001. - С. 276

Shunday qilib, xarajatlar va foydalilikni taqqoslash orqali kutilayotgan sof foyda me'yori qarz foizlari miqdori bilan tenglashgunga qadar investitsiya loyihalariga tegishli mablag'lar ajratiladi. Shunga ko'ra, qarzlar bo'yicha foizlar miqdori o'zgarishi bilan investitsion xarajatlar o'zgaradi va turli hajmdagi investitsiyalarga kapital qo'yishda qarz foizlar miqdori ham belgilovchi omillardan biri hisoblanadi. Biroq boshqa omillar ham borki, ular investitsiya loyihasini moliyalashtirishga bo'lgan egri talab o'zgarishiga sabab bo'ladi. ular jumlasiga quyidagilar kiradi: investitsiya darajasi o'zgarib turushi; investitsiya loyihaga sarflanadigan xarajatlar; texnik xizmat ko'rsatishlar qiymati; texnologik o'zgarishlar; kapital qo'yilmalar va ishlab chiqarish quvvatlari zaxiralari; soliq siyosati omillaridir.

Ular ta'sirida kutilayotgan sof foyda me'yori oshishi yoki kamayishi tufayli investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga bo'lgan talab ham o'zgarib turadi.

Hozirgi kunda investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning yangi, usuli sinditsirlashtirilgan kreditlash (sindikatga uyushgan bir necha kreditorlarning kreditlari majmui) paydo bo'ldi.

Sindikatlashmoq, sindikat tuzib birlashmoq ma'nosini bildirib, investitsiyalarni moliyalashtirish tizimida yirik investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirishni tashkil etish usullaridan birini anglatadi. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda sindikatlashtirilgan kreditning asosiy xususiyati shundan iboratki, bunda bir necha kreditorlarni mavjudligi, moliyalashtirish uchun berilgan kredit summasi va u bilan bog'liq risklarning ishtiroki kreditorlar (banklar) o'rtasida taqsimlanishidir.

Demak, investor tomonidan safarbar qilinadigan kapital mablag'lari investorning manfa'tiga hamda kapitaldan keladigan daromadga qarab yuqorida keltirilgan investitsiya loyihasi turlariga safarbar qilinishi mumkin.

Investitsiya loyihasidan keladigan daromad investorni qoniqtirish lozim, aks holda investor loyihaga kapital mablag'larini safarbar qilmaydi. Ma'lumki kapital mablag'lari muqobillikga ega. Shuning uchun investitsiya loyihasiga safarbar qilinadigan kapitaldan keladigan daromadga ta'sir qiluvchi asosiy omillardan biri inflyatsiya hisobga olinishi zarur.

Investorni qoniqtira oladigan daromadlilik darajasi quyidagi formula orqali hisobga olinadi:

E = Emin + I + r (1)

bu yerda, E- daromadlilik darajasi; Emin- minimal real daromadlilik darajasi; I-inflyatsiya darajasi; r-investitsiya darajasini hisobga oishdagi risk koeffitsenti.

Iqtisodiyotda narxlarning o'sish darajasi katta bo'lmasa ham investitsiya loyihasini baholashda inflyatsiyani hisobga olish zarur. Inflyatsiya har qanday sharoitda ham, nafaqat, ichki bozor uchun, balki tashqi bozorga mahsulot eksport qilishga mo'ljallangan barcha loyihalarning foydaliligiga sezilarli, ba'zida jiddiy ta'sir

ko'rsatadi. Bunday holat investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo'yicha qarorlar qabul qilishda puxta tayyorgarlik ko'rishni talab etadi. Moliyalashtirish sharoitida, inflyatsiya ko'pgina holatlarda investitsiya loyihasi samaradorlik ko'rsatkichiga ta'sir qiladi. Ayniqsa investitsiya loyihasi tsiklik davri cho'zilsa inflyatsiyaning ta'siri sezilarli bo'ladi. Shuning uchun investitsiya loyihalarni baholashda inflyatsiyani hisobga olishga to'g'ri keladi.

Inflyatsiyani hisoblash quyidagilar bilan amalga oshiriladi:

- umumiy indeksdagi so'mning ichki inflyatsiyasi;

- so'mning valyuta kursidagi prognozi;

- mahsulot va resurslar narxini vaqt bo'yicha o'zgarish pronozi (shundan gaz, neft, energiya resurslari, asbob uskuna, qurilish-montaj ishlari, xom-ashyo va boshqa turdagi material resurslari), shuningdek o'rtacha ish haqi darajasini va kelgusidagi boshqa yirik ko'rsatkichlarning o'zgarish prognozi;

- soliq stavkasi, boj to'lovlari, Markaziy Bankning qayta moliyalash stavkasi va boshqa davlat tomonidan boshqariladigan moliyaviy normativlarni prognozi;

- amaliyotda hisoblashda inflyatsiya ta'siri ko'rsatkichlarini quyidagi shaklda tasniflash maqsadga muvofiqdir;

- narx ko'rsatkichlariga ta' siri;

- moliyalashtirish talabiga ta' siri;

- aylanma kapital talabiga ta' siri.

Inflyatsiya ta'sirining birinchi ko'rsatkichi amaliyotda miqdorga bog'liq bo'lmaydi, balki turli hil koeffitsent qiymatlariga hamda xorijiy valyutaning ichki bozordagi inflyatsiyasiga bog'liq bo'ladi.

Inflyatsiya ta'sirining ikkinchi ko'rsatkichi inflyatsiyaning bir hil bo'lmasligidir ya'ni uni vaqt bo'yicha o'zgarishidir. Loyihani boshlash paytida yuqori inflyatsiya bo'lishi loyiha uchun eng kam foydali holat hisoblanadi (qarz mablag'lari yuqori foiz stavkasida olinadi) keyin esa u tushadi. Yuqori foiz to'lovlaridan qochish uchun kredit shartnomasi kelishilganda foiz to'lovlari inflyatsiya darajasiga bog'liqligini ko'rsatish kerak.

Ta'sirning uchinchi ko'rinishi ham uning turli hilligiga hamda uning darajasiga bog'liq bo'ladi. Bu turdagi ta'sirga munosabat loyihani ikki kategoriyaga ajratadi (asosan debitorlik va kreditorlik qarzlariga bog'liq bo'ladi). Inflyatsiya o'sishi bilan birinchi kategoriyadagi loyiha samaradorligi pasayadi, ikkinchisida esa ko'payadi.

Nazariy jihatdan qaraganda, inflyatsiyani o'rtacha baholarning o'sish jarayoni deb tushunish mumkin. Shunga ko'ra, inflyatsiyani aniqlash baholarning o'sishini, birinchi navbatda, baholarning foizlarda o'sish ko'rsatkichini aniqlash orqali amalga oshiriladi.

Odatda, inflyatsiyani hisoblash uchun baholar indeksi, ya'ni baholar o'sishini

ifodalovchi nisbiy ko'rsatkichlardan foydalaniladi. Shunga ko'ra, amaliyotda bazisli va zanjiñi baholar indeksidan keng foydalanishni kuzatish mumkin bo'ladi.

Bazisli baholaг indeksini hisoblash uchun har bir davг uchun olingan ko'rsatkichni baza sifatida qabul qilingan davr ko'гsatkichiga bo'lish lozim bo'ladi.

Bazisli baho indeksini hisoblash formulasini quyidagicha ifodalash mumkin:

I баз = K^x100 (2)

K баз

bu yerda, Ibaz - bazisli baho indeksi; Ki - ko'zatilayotgan davгdagi ko'гsatkicЫar miqdoг; Kbaz - baza sifatida qabul qilingan tegishli davг ko'гsatkichi.

Zanjiгli baholar indeksini hisoblash uchun haг bir davг uchun olingan ko'гsatkichni baza sifatida qabul qilingan davr ko'rsatkichiga bo'lish zaгuг bo'ladi.

I ,aH =-^x100 (3)

Ki -1

bu yerda, Ki-i - ko'zatilayotgan davrdan oldingi (o'tgan davг) ko'гsatkichi.

Inflyatsiyaning sezilaгli tashqi ko'гinisЫaгidan yana biri - bu depozit va kreditlar bo'yicha foiz stavkalari va investitsiyalar daгomadliligining istalgan daгajalaгida o'sishi. Bu holatni nominal va real foiz stavkalari tamoyillaгi asosidagina tushuna olish mumkin. Bunda nominal foiz stavkasi investitsiyalangan yoki ssudalangan pul mablag'lari bo'yicha kelishilgan daгomadlilik stavkasi qanday ko'гinishda va ushbu summaning muayyan davгda foizlaгda qanchaga o'sishini ko'rsatadi. Undan faгqli гavishda real foiz stavkasi nominal foiz stavkasi kabi inflyatsiya darajasini ham hisobga olish bilan birga boshlang'ich investitsiyalangan yoki ssudalangan pul mablag'laгini sotib olish qobiliyati o'sishini, ya'ni pulning real qiymati o'zgarishini ko'rsatib beradi.

Pulning гeal qiymati ko'гsatkichi inflyatsiya indeksiga, ya'ni baholar o'sishining o'rtacha yillik indeksiga teskaгi pгopoгtsionaldiг (inflyatsiya tahlilida, odatda, iste'mol baholari hisobga olinadi). Agar inflyatsiya indeksi (baholar o'sishining o'rtacha yillik indeksi) i ga teng deb qabul qilinsa va u yildan-yilga o'zgarmasa, u holda n yil uchun baholar indeksi (1 + i)n ga teng bo'ladi, pulning sotib olish qobiliyati indeksi Ir esa tegishlicha quyidagiga teng bo'ladi:

(1 +i)n

U holda nominal o'suvchi summa (S) ning real qiymati (Sp) quyidagini tashkil

etadi:

Sp = sx_±_ = PÍL+kü (5) p (1 + i) n (1 + i) n

bu yerda, P - boshlang'ich pul summasi; k - daromad (foiz) stavkasi.

Shunday qilib, pulning kelgusidagi real qiymati qanchalik yuqori bo'lsa, foiz (daromad) stavkasi shunchalik yuqori bo'ladi va u qanchalik kichik bo'lsa, inflyatsiya

Ip = ^7 x100 (4)

indeksi shunchalik yuqori bo'ladi.

Inflyatsiya darajasi ham, foiz stavkasi ham amaliyotda uzoq vaqt mobaynida o'zgarmasdan qolmaydi. Bu holat uning kelgusidagi real qiymatini hisoblash formulasida ham aks ettirilishi mumkin:

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

r = (1 + R°) -! (6)

pean (1 + i) n V )

bu yerda, Rnom - nominal foiz stavkasi; i - inflyatsiya darajasi.

Inflyatsiya darajasi va foiz stavkasi o'sishi unchalik yuqori bo'lmagan (yillik 10% dan kichik) sharoitda real foiz stavkasini aniqlashning soddalashgan formulasidan foydalanish mumkin:

Rreal Rnom - i (7)

Bundan tashqari, har qanday investor inflyatsion o'zgarishlar yuz berishi mumkin bo'lgan hollardan aniq va yaxshi xabardor bo'lishlari, kelgusidagi kutiladigan inflyatsiyalarni oldindan to'g'ri bashorat qila olishlari yoki u haqda to'liq ma'lumotlarga ega bo'lishlari lozim. Bu esa inflyatsiya tahlilining ishonchli yuritilishiga va unda inflyatsiyaning bashorat qilinayotgan kelgusidagi pul tushumlariga ta'sirini to'g'ri aniqlashga imkon beradi.

O'tkazilgan tahlildan ko'rinib turibdiki, investitsiyalar samaradorligini baholashdagi yondoshuvlar investitsiya loyihalarini baholashdan anchagina farqlanadi. Investitsion loyihalar uch tomonlama cheklangan bo'lib, belgilangan vaqt birligida loyiha oldiga qo'yilgan maqsadiga erishish kuchiga egadir. Ikkinchidan investitsion loyihalar vaqt birligi bilan cheklangandir. Bunda esa loyiha amalga oshirilayogan hudud va uni imkoniyatlari hamda ularni to'g'ri baholash samaradorlikga ta'sir etadi. Uchinchidan esa investitsion loyihalarni cheklanishi ularga safarbar etiladigan resurslar narx navosi va qiymati bilan cheklanadi. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, har bir investitsion loyiha uning tasnifiga ko'ra qaytarilmaslik va unikal loyihadir. Investitsiya loyihalarini baholashda O'zbekiston sharoitida investitsion loyihalarni samaradorligini aniqlashda 7 ta yo'nalish bo'yicha baholanishi zarurdir.

Birinchidan, investitsion loyihalarni turli tumanligidan, ularni qaytarilmasligidan, unikalligidan kelib chiqib iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonida loyihalarni texnik tahlilini birinchi galda o'tkazish muhim vazifadir.

Ikkinchidan, iqtisodiyotimizni eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish strategiyasidan kelib chiqib investitsion loyiha mahsuloti (xizmati, ish turlari)ga qanchalik talab bo'lishini hisobga olish samaradorlikni aniqlashda asosiy mezonlarda biri bo'lib xizmat qilishi o'ta muhimdir.

Uchinchidan, investitsion loyiha samaradorligini aniqlashda moliyaviy jihatdan loyiha hayotiymi hamda loyihaga qaratilgan xarajatlar uning foydalanuvchisi

5Juraev A.S, Xo'jamqulov D.Yu., Mamatov B.S. Investitsiya loyihalari tahlili. - Toshkent: Sharq, 2003. -125-130 b.

tomonidan qoplanadimi yoki yo'qmi. Buni aniqlash esa investorni qoniqtiruvchi ichki daromad stavkasini ilmiy asoslangan holda aniqlashga bog'liqdir.

To'rtinchidan, O'zbekiston sharoitida tadbiq etilayotgan investitsion loyihalar atrof muhitga qanday ta'sir ko'rsatishini e'tiborga olish, investitsiya loyihalarni aniqlashda asosiy mezonlardan biri hisoblanadi.

Beshinchidan, investitsiya loyihalar samaradorligini aniqlashda loyihani tadbiq etuvchi, uni boshqaruvchi tashkilot belgilangan biznes reja asosida boshqara olishi, ta'sir e'tuvchi asosiy mezonlardan biridir.

Oltinchidan, investitsiya loyihalar samaradorligini aniqlashda qo'shimcha ravishda maxsus tahlil o'tkazish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Asosiy maqsad loyiha sotsial va madaniy jixatdan jamiyat tomonidan tan olinadimi yoki yo'qmi. Buni inobatga olish samaradorlikni aniqlashda o'ta muhimdir.

Yettinchidan, investitsion loyihani amalga oshirish va uning faoliyatini yo'lga qo'yish xarajatlariga nisbatan loyihadan olinadigan foyda undan yuqori bo'ladimi va uni qo'lga kiritishda qanday risklar mavjudligini to'liq aniqlash va chora tadbirlar ishlab chiqish o'ta muhimdir. Boshqacha qilib aytganda loyihani iqtisodiy samaradorligini to'liq hisoblash, loyiha natijalarini tegishli soha va tarmoqlarga, xudud iqtisodiyotiga ta'sirini to'g'ri aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Investitsion loyihani moliyaviy-iqtisodiy baholash mablag'larni real aktivlar bilan turli operatsiyalarga (ob'ektlarga) joylashning mumkin bo'lgan variantlarni tanlash va asoslash jarayonida markaziy o'rinni egallaydi. Moliyaviy tahlil loyihadan keladigan samaraning uning har bir ishtirokchilarining o'z maqsadlaridan kelib chiqib, loyihani amalga oshirishdagi erishilishi lozim bo'lgan natijalarni qo'lga kiritish imkoniyatlarini ochib beradi. Iqtisodiy tahlilda esa loyihaning milliy iqtisodiyotga beradigan samarasi nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Xususan, Jahon banki xodimlari (mutaxassislari) har bir loyiha uchun uning iqtisodiyotga boshqa aniq resurslarni joylashtirishdagi o'zaro ziddiyatli variantlarga qaraganda ko'proq samara keltirishni aniqlashda keng tahlil ishlarini o'tkazadilar.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, iqtisodiy baholash investitsiya loyihasining potensial qobiliyati, shu loyihaga qo'yilgan mablag'larning qiymatini saqlab qolishda va ularning o'sishi sur'atini yetarli darajasini yaratib berishda foydalaniladi. Investitsiya loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholash guruhlandi.

Xorijiy investitsiyalar hajmi, uning sifati va qulay shartlardan foydalanish borasida rivojlangan mamlakatlarda yildan-yilga investitsion muhit jozibadorligini ta'minlashga xizmat qiladigan innovatsion instrumentlarning turli ko'rinishlari yaratib kelinmoqda, bu borada Xitoy, Yaponiya, Koreya tajribalari o'rganildi. Har bir davlat o'z oldiga ulkan maqsadlarni qo'yishi aniq, lekin bu maqsadlar investitsiyalarsiz

tashkil etilishi qiyindir. Shu investitsiyalarning majoziy ma'noda o'chog'i-erkin iqtisodiy zonalar hisoblanadi, erkin iqtisodiy zonalar tajribalari o'rganildi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. 28.01.2022 yildagi PF-60-sonli O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. "O'zbekistonning 2022-2026 yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasi".

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojatnomasi. 2022-yil.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 09.01.2020 yildagi PQ-4563-sonli "O'zbekiston respublikasining 2020-2022-yillarga mo'ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "2019 yilda mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Parlamentga Murojaatnomasi" 28.12.2018

yil.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi "Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5643-sonli Farmoni

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi "Respublika iqtisodiyotiga to'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mehanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 4300-Qarori.

7. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 9-dekabrdagi "Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida"gi qonuni.

8. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi 4947-son Farmoni.

9. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-apreldagi "To'g'ridan-to'g'ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag'batlantirish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmoni.

10. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012.04.10 PF-4434-son Farmoni. "To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni rag'batlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi.

11. O'zbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvardagi O'RQ-400-sonli "O'zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

12. Bekmurodov A.Sh., Korieva YO.K. va boshqalar. Xorijiy investitsiyalar. O'quv qo'llanma. - T.: TDIU, 2011. - 196 b.

13. Korneva YO.K., Nematov I.U., Kattaev N.T. Xorijiy investitsiyalar. Ta'lim texnologiyasi. - T.: TDIU, 2010. - 154 b.

14. Korneva YO.K., Nematov I.U., Kattaev N.T. Xorijiy investitsiyalar. O'quv-uslubiy majmua. - T.: TDIU, 2010, - 134 b.

15. Axmedova, Y. S. (2024). INVESTITSIYA LOYIHALARI SAMARADORLIGINI BAHOLASHNING MAZMUNI VA MOHIYATI. Educational Research in Universal Sciences, 3(2), 521-524.

16. Axmedova, Y. S., & qizi Mamadiyorova, F. S. (2024). XODIMLARNI MOTIVATSIYALASHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI. Educational Research in Universal Sciences, 3(1), 611-614.

17. Ахмедова, Ю. С. (2023). Инвестициялар-Идтисодиётни Модернизациялашнинг Бош Омили. Barqarorlik Va Yetakchi Tadqiqotlar Onlayn Ilmiy Jurnali, 3(1), 226-229.

18. Sunatullayevna, A. Y., & Jalol o'g'li, T. J. (2024, February). ZAMONAVIY MENEJER MODELINI YARATISH MASALASI HAQIDA. In International conference on multidisciplinary science (Vol. 2, No. 2, pp. 32-34).

19. Axmedova, Y. S., & Shaldarbekova, A. B. (2024). JAMOAGA MOSLASHTIRISH PERSONALNI BOSHQARISHDA BIR OMIL SIFATIDA. Educational Research in Universal Sciences, 3(4 SPECIAL), 445-447.

20. Ахмедова, Ю. С. (2023). Инвестициялар-иктисодиётни Модернизациялашнинг Бош Омили. Barqarorlik Va Yetakchi Tadqiqotlar Onlayn Ilmiy Jurnali, 3(1), 226-229.

21. JIZZAX VILOYATI MADANIY VA MEROS TURIZMI MARSHRUTINI YARATISH TURIZMNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI SS Usmanova, OO Tovboyeva Экономика и социум, 751-754

22. Korxona faoliyatining samaradorlik nisbiy ko'rsatkichlari moliyaviy natijalar va rentabellik ko'rsatkichlarini asoslash. US Soqiboyevna

Journal of Education, Ethics and Value 3 (4), 232-235

23. http://www.gov.uz -O'zbekiston Respublikasi davlat portal

24. http://www.edu.uz - O'zbekiston Respublikasi ta'lim sayti

25. http://www.mintrud.uz - O'zbekiston Respublikasi Mehnat Vazirligi

26. http://www.mineconomu.uz - O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi

27. http://www.mf.uz - O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

28. http://www.stat.uz - O'zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo'mitasi

29._http://www.chamber.uz - Savdo-sanoat palatasi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.