Научная статья на тему 'CHET EL INVESTITSIYALARINI JALB ETISHNI STATISTIK O‘GANISHNING AHAMIYATI'

CHET EL INVESTITSIYALARINI JALB ETISHNI STATISTIK O‘GANISHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
15
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Investitsiya / statistik tadqiq / iqtisodiyotni rivojlantirish / chet el investitsiyalarning o‘rni va axamiyati / statistik usullar / investitsiyalarni jalb etish / investitsiya loyixalari samaradorligi. / Investment / statistical research / economic development / role and importance of foreign investments / statistical methods / investment attraction / efficiency of investment projects

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Agzamxo‘Jaev, Olimxo‘Ja Anvar O‘G‘Li

Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida milliy iqtisodiyotning modernizatsiyalashuvi va jahon xo‘jaligiga integratsiyalashuvi ko‘p jihatdan to‘g‘ri va asoslangan investitsiya siyosatiga bog‘liqdir. Mamlakatimizda investitsion faoliyatni iqtisodiy muhit shart-sharoitlariga muvofiq rivojlantirish, ularni jamiyat iqtisodiy hayotining barcha jabhalaridagi faolligini ta’minlash, milliy ishlab chiqarish jarayonining modernizatsiyalashuvi hamda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning muhim omillaridan biri bo‘lib kelmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE SIGNIFICANCE OF STATISTICAL STUDY OF FOREIGN INVESTMENT ATTRACTION

In the conditions of economic liberalization, the modernization of the national economy and its integration into the world economy depend to a large extent on the correct and well-founded investment policy. Development of investment activity in our country in accordance with the conditions of the economic environment, ensuring their activity in all aspects of the economic life of the society, modernization of the national production process and ensuring stable economic growth is one of the important factors.

Текст научной работы на тему «CHET EL INVESTITSIYALARINI JALB ETISHNI STATISTIK O‘GANISHNING AHAMIYATI»

CHET EL INVESTITSIYALARINI JALB ETISHNI STATISTIK O'GANISHNING AHAMIYATI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.10648724

Agzamxo'jaev Olimxo'ja Anvar o'g'li

olimxoja1992@gmail +99891 166 01 04

Annotatsiya: Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida milliy iqtisodiyotning modernizatsiyalashuvi va jahon xojaligiga integratsiyalashuvi ko'p jihatdan to'g'ri va asoslangan investitsiya siyosatiga bog'liqdir. Mamlakatimizda investitsion faoliyatni iqtisodiy muhit shart-sharoitlariga muvofiq rivojlantirish, ularni jamiyat iqtisodiy hayotining barcha jabhalaridagi faolligini ta'minlash, milliy ishlab chiqarish jarayonining modernizatsiyalashuvi hamda barqaror iqtisodiy o'sishni ta 'minlashning muhim omillaridan biri bo'lib kelmoqda.

Kalit so'zlar: Investitsiya, statistik tadqiq, iqtisodiyotni rivojlantirish, chet el investitsiyalarning o 'rni va axamiyati, statistik usullar, investitsiyalarni jalb etish, investitsiya loyixalari samaradorligi.

ЗНАЧЕНИЕ СТАТИСТИЧЕСКОГО ИЗУЧЕНИЯ ПРИВЛЕЧЕНИЯ ИНОСТРАННЫХ ИНВЕСТИЦИЙ

Аннотация: В условиях экономической либерализатсии модернизатсия натсионалной экономики и ее интегратсия в мировое хозяйство во многом зависят от правилной и обоснованной инвестиционной политики. Одним из важных факторов является развитие инвестиционной деятелности в нашей стране в соответствии с условиями экономической среды, обеспечение их активности во вцех сферах экономической жизни общества, модернизатсия натсионалного производственного протсесса и обеспечение стабилного экономического роста

Ключевые слова: Инвестиции, статистические исследования, экономическое развитие, рол и значение иностранных инвестиций, статистические методы, инвестиционная привлекателност, эффективност инвестиционных проектов.

THE SIGNIFICANCE OF STATISTICAL STUDY OF FOREIGN INVESTMENT ATTRACTION

Abstract: In the conditions of economic liberalization, the modernization of the national economy and its integration into the world economy depend to a large extent

on the correct and well-founded investment policy. Development of investment activity in our country in accordance with the conditions of the economic environment, ensuring their activity in all aspects of the economic life of the society, modernization of the national production process and ensuring stable economic growth is one of the important factors.

Key words: Investment, statistical research, economic development, role and importance of foreign investments, statistical methods, investment attraction, efficiency of investment projects.

KIRISH

Yurtimizda o'tkazilayotgan iqtisodiy siyosat jahon iqtisodiy hamjamiyatiga integratsiya jarayonini faqat davlatning tarkibiy tuzilishi bo'yicha emas, balki xususiy sektor darajasida ham jadallashishini nazarda tutadi. Ochiq bozorning faoliyat ko'rsatishi uchun yaratilayotgan sharoit G'arb va Sharq ishbilarmonlarining mamlakatimizga qiziqishini uyg'otmoqda. Bugungi kunda bizning tadbirkorlarimiz ham xorijiy investorlarni hamkorlikka jadal jalb etmoqda. Ayni damda, xorijiy investitsiya korxonalarini barpo etish quyidagi bosqichlarni o'z ichiga olmoqda:

• korxonani tashkil etish sabablarini inobatga olish;

• ishonchli sherik tanlash;

• xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona barpo etish haqida qaror qabul qilish.

So'ngi bir necha yil ichida O'zbekiston jadal iqtisodiy o'zgarishlarni boshdan kechirdi va xalqaro hamjamiyatda biznes va investitsiyalar uchun turli xil to'siqlarini bartaraf etishda ochiqlik, yangilanish va qatiyatlilik ramzlaridan biri sifatida tobora ko'proq namoyon bo'lmoqda.

O'zbekiston Respublikasining "Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida"gi Qonunini samarali ijro etilishi uchun investorlar bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, hokimliklar, xorijdagi diplomatik vakolatxonalar va tijorat banklari rahbarlari o'rinbosarlaridan iborat bo'lgan davlat hokimiyat organlari hamkorligining 4 bosqichli mexanizmi muvaffaqiyatli yo'lga qo'yilgan. Ushbu mexanizm investorlarning barcha so'rovlariga tezkor javob qaytarish va qonunda nazarda tutilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishining samaradorligini kerakli tarzda nazorat qilish imkonini beradi.

Adabiyotlar sharhi

Hududlarga chet el investitsiyalarni jalb qilish borasida xorijiy mamlakatlar olimlaridan Yaroslav Pushak, Mehdi Behname, Henryk Dzwigol, Miriam Ruiz, Olena Aleinikova va boshqalar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishgan. Mahalliy

iqtisodchi olimlar D.G'.G'ozibekov, N.G'.Karimov, R.X.Xojimatov, H.H.Imomov, A.V.Vaxabov, M.R.Raximova, A.E.Ishmuxamedov, T.M.Axmedov va boshqalarning ilmiy tadqiqot ishlarida investitsiyalarning iqtisodiy mazmun-mohiyati, vazifalari, mamlakat iqtisodiyotida tutgan o'rni, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va undan samarali foydalanish nazariyalari kabilar o'z aksini topgan. Xususan, xorijiy investitsiyalar atamasiga 1947 yilda AQShda nashr etilgan F. Henius nomidagi Tashqi savdo lug'atining 2-nashrida: "Xorijiy investitsiyalar - bir mamlakatdan eksport qilinadigan va boshqa mamlakat hududiga kiritilgan investitsiyalar" deya ta'riflanadi [1], Rus olimi A.V. Kochemasovaning fikricha, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar - bu investorning kapital qo'yilmalari ob'ektini boshqarishini ta'minlaydigan uzoq muddatli sarmoyadir. Shunday qilib, to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar - bu investor (yuridik shaxs, chet el kompaniyasi) tomonidan uzoq vaqt davomida nazorati amalda o'rnatiladigan kapital (moliyaviy yoki asosiy vositalar) hisoblanadi[2].

Oksan Bayulgen esa o'z izlanishlarida bir qancha mamlakatlar ichidagi qarorlarni qabul qilish jarayonini tahlil qilib, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarning muxoliflari va tarafdorlari o'rtasidagi munosabatlarni aniqlaydigan va shakllantiruvchi institutsional tuzilish ilgari o'ylagandan ko'ra ancha murakkab va qiziqroq ekanligini isbotlagan [3].

Professor D.G. G'ozibekov xorijiy investitsiyalarni quyidagicha ta'riflaydi: "Chet el investitsiyalari bir iqtisodiyot sub'ekti kapitalini o'zga iqtisodiyotga muayyan muddatga bog'lash bo'lib, ichki investitsiyalardan risklar kengligi bilan farqlangan holda, huquqiy sharoitlarning, investitsiya muhitining o'zgarishi bilan tavsiflanadi va natijada mamlakatlar va mintaqalar bo'ylab kapital ko'chishi yuz beradi" [4].

Xoshimov esa: "chet el investitsiyalari - chet el mulkdorlari tomonidan ma'lum kapitalni bir iqtisodiyotdan mutlaqo boshqa mamlakat iqtisodiyotining qonun bilan ta'qiqlanmagan turli tarmoqlariga aniq va noaniq risklarni hisobga olgan holda o'z manfaatiga erishish, nisbatan yuqori darajada samara olish maqsadida muayyan muddatga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklardir" deya ta'riflaydi [5].

Professor Sh.Mustafaqulov o'z monografiyasida xorijiy investiyalarning mamlakat hududlariga ta'sirini baholay turib, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar oqimini mamlakat iqtisodiyotiga yo'naltirish bilan bir qatorda, ijtimoiy-siyosiy masalalar ham hal etiladi..., investorlarning qarorlariga nafaqat iqtisodiy naflik, balki ijtimoiy naflik ham sezilarli ta'sir ko'rsatadi deya ta'kidlaydi [6].

Tadqiqot metodologiyasi

Ushbu maqolaning ilmiy-nazariy asosi sifatida iqtisodiy adabiyotlar hamda ilmiy maqolalar, xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlarning investitsiya faoliyati, mamlakat hududlariga investitsiyalarni jalb qilish va ulardan samarali foydalanish bo'yicha izlanishlari, ularning yozma va og'zaki fikr-mulohazalarini tahlil qilish, iqtisodiy jarayonlarni kuzatish, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga tizimli yondashuv bilan birga jahondagi mavjud usul va yondashuvlar tahlillariga asoslanib, xorijiy investitsiyalarni rivojlanishini statistik baholash va Respublikamizda investitsiyalar oqimini nazorat qilish uchun korrelyatsion regression taxlil hamda indekslar usulidan foydalanib, uni rivojlantirishdagi muammo va kamchiliklar bo'yicha taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqildi.

Tahlil va natijalar

O'zbekiston Respublikasida investitsiya xususida qonuniy hujjatlar 1991 yildan boshlab qabul qilindi va o'tgan vaqt ichida ular ancha takomillashtirildi. O'zbekiston Respublikasining "Investitsiya to'g'risida"gi Qonuniga muvofiq investitsiya bu iqtisodiy samara (foyda, daromad) olish yoki ijobiy ijtimoiy natijaga erishish uchun sarflanadigan pul mablag'lari, banklarga qo'yilgan omonatlar, paylar, qimmatli qog'ozlar (aksiya, obligatsiyalar), texnologiyalar, mashinalar asbob-uskunalar, litsenziyalar va samara beradigan boshqa har qanday boyliklardir. Bu iqtisodiy ta'rif investitsiyalarning bozor iqtisodiyoti sharoitida to'laligicha faoliyat ko'rsatishini aniq tasdiqlaydi. Jumladan, investitsiyalarning o'ziga va investitsiya faoliyatining ob'ektlariga keng ta'rif berilgan hamda investitsiyalarning bevosita iqtisodiy va ijtimoiy samara olishga muqarrar bog'liqligi ta'kidlab o'tilgan. Demak, investitsiyaga bozor munosabatlaridan kelib chiqib berilgan ta'rifning o'zidayoq investitsion jarayonning hajmi, asosiy bosqichlari, ya'ni jamg'armalar (resurslar), qo'yilma mablag'lar (sarf-xarajatlar), samara (daromad, foyda) aniq va ravshan ko'rsatib o'tilgan. Xuddi shu kabi yondashuv investitsion faoliyatning bozor munosabatlariga o'tishi uchun zamin yaratadi, bu esa, moliyaviy moddiy va aqliy boyliklarni qayta taksimlashning vertikal va gorizontal usullaridan bir xilda foydalanishni ta'minlab beradi.

Asosiy kapitalga investitsiyalar diriamikasi 195,9 trln. so'm 210,2 trln. so'm 239,B trln. so'm 226,6 trln. so'm 352,1 tin. so'm

2019- yil

:7tl

2020- yil

2021-yil

2022-yil

2023- yil

1-rasm. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ramiy sayti.

2023- yilning yanvar-dekabr oylarida jami 352,1 trln. so'm asosiy kapitalga investitsiyalar o'zlashtirilib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 122,1 % ni tashkil etdi. Asosiy kapitalga investitsiyalarning tarkibida 66,4 % yoki 233,8 trln. so'm investitsiyalar jalb etilgan mablag'lar hisobidan moliyalashtirilgan bo'lsa, korxona, tashkilot va aholining o'z mablag'lari hisobidan 33,6 % yoki 118,3 trln. so'm moliyalashtirildi.

Asosiy kapitalga investitsiyalar— yangi asosiy fondlami sotib olish va takror ishlab chiqarishga yo naltirilgan xarajatlar majmuirii bildiradi.

YAlMga nisbatan ulushi

33.0 %

O'Z- mablag'lari 11S,3 trln. so'm

Markazlashmagan investitsiyalar 307,3 trln. so'm

Jalb etilgan mablag'lar 233,8 trln. so'i

Markazlashgan investitsiyalar 44,0 trln. so'm

Xorijiy investitsiya

va kreditlar 187,9 trln. so'm

Jami investitsiyalar hajmi

2-rasm. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ramiy sayti.

Shuningdek, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 44,8 trln. so'mni tashkil etgan bo'lsa, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 307,3 trln. so'm investitsiyalar o'zlashtirildi.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida korxona va tashkilotlarning o'z mablag'lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar - 84,9 trln. so'm yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 24,1 % ini tashkil etdi. Aholi mablag'lari hisobidan jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 9,5 % i yoki 33,3 trln. so'mi o'zlashtirildi. To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar hisobidan o'zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 84,3 trln. so'mni tashkil etdi va jami investitsiyalardagi ulushi 2022-yilning mos davriga nisbatan 9,1 % punktga ko'payib, 24,0 % ni tashkil etdi.

о R "Yangi O'zbekistonda statistika nazariyasi va amaliyotidagi islohotlar: muammolar va yechimlar" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman (E)ISSN: 2181-1784 3(24), Dec., 2023 www.oriens.uz

3-rasm O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ramiy sayti.

Shuningdek, tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag'lari hisobidan 22,3 trln. so'm (jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 6,3 % ini tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 0,3 % punktga ko'paydi), O'zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar 21,2 trln. so'm (6,0 % va 0,3 % punktiga ko'paydi), kafolatlanmagan va boshqa xorijiy investitsiya va kreditlar 82,4 trln. so'm (23,4 % va 1,2 % punktga ko'paydi ), Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi 1,6 trln. so'm (0,4 % va 0,5 % punktga kamaydi), Respublika budjeti 20,4 trln. so'm (5,8 % va 2,2 % punktga kamaydi), Suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg'armasi tomonidan 1,6 trln. so'm (0,5 % va 0,6 % punktga kamaydi) miqdorida asosiy kapitalga inestitsiyalar o'zlashtirildi.

Investitsiyalarning mohiyatini ochishda ularning maqsadlari va ular bilan bog'liq bo'lgan risklar qayta ishlab chiqarish, qaratilgan soha va qo'yish

ob'ektlaridan, investitsiyalar sub'ektlari va xarakat yo'nalishlaridan kelib chiqqan holda ularni tasniflashni maqsadga muvofiqdir. Investitsiyalar aniq va noaniq, lekin ehtimoli bor risklar ostida kapitalni muayyan jarayonlarga, muayyan vaqtga bog'lash bo'lib, uning hozirgi qiymatini saqlash, kapitallashtirish va jamg'arish maqsadiga qaratiladi.

Iqtisodiy kategoriya sifatida investitsiya quyidagicha tasniflanadi:

- birlamchi (avaylangan) jamg'arilgan kapitalni ko'paytirish maqsadida kapitalni tadbirkorlik ob'ektlariga j oylashtirish;

- investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida investitsiya faoliyati ishtirokchilari o'rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir.

Xorijiy mamlakatlarning tajribasi va investitsiya to'g'risida o'zimizda qabul qilingan qonunlarning tahlilidan kelib chiqib, investitsiyalar - daromad olish, samarali ishlab chiqarishga erishish, keng iste'molchilarning ehtiyojini qondirish maqsadida iqtisodiyotning turli tarmoqlariga, davlat va mulkchilikning turli shakllaridagi korxona, tashkilot, firmalar va fuqarolar tomonidan uzoq muddatga qo'yiladigan barcha mulkiy, moliyaviy va aqliy (intellektual) boyliklardir.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir investitsiya turining o'ziga xos o'rni bo'ladi. Moliyaviy investitsiyalar tarkibiga mahalliy va xorijiy mamlakatlarning pul birliklari, banklardagi omonatlar, depozit sertifikatlar, aksiyalar, obligatsiyalar, veksellar va boshqa qimmatli qog'ozlar hamda tenglashtirilgan boyliklar kiradi.

Moddiy investitsiyalar tarkibiga asosiy fondlar, ya'ni binolar, asbob-uskunalar, inshootlar, kommunikatsiyalar va boshqa turdagi asosiy ishlab chiqarish fondlarining aktiv va passiv qismlari kiradi.

Aqliy (intellektual) investitsiyalar miqdori juda rang-barangdir, ya'ni ular mulkiy huquqlar shaklidagi investitsiyalar aqliy mehnatga oid shakldagi investitsiyalar va tabiiy resurslardan foydalanish shaklidagi investitsiyalardan iborat.

Mulkiy huquqlar guruhiga kiradigan investitsiyalarning xillari bozor munosabatlarining nechog'lik rivojlanganligiga, milliy bozorlarning o'ziga xos tomonlariga qarab har xil bo'ladi. Aqliy mehnatga oid haq-huquqlar shaklidagi investitsiyalar tarkibiga mualliflik huquqlari, "nou-xau", kashfiyotlar, tovar belgilariga beriladigan litsenziyalar va boshqa xil egalik huquqlari kiradi.

Investitsiyalar - bu hali buyumlashmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga qo'yilgan kapital. O'zining moliyaviy shakliga ko'ra, ular foyda olish maqsadida xo'jalik faoliyatiga qo'yilgan aktivlar hisoblansa, iqtisodiy xususiyatiga ko'ra, u yangi korxonalar qurishga, uzoq muddatli xizmat ko'rsatuvchi mashina va asbob-uskunalarga hamda shu bilan bog'liq bo'lgan aylanma kapitalning o'zgarishiga ketgan xarajatlardir.

Investitsiyalar xususiy sektor va davlat tomonidan mamlakat ichkarisida va

uning tashqarisida turli ishlab chiqarishlarga va qimmatbaho qog'ozlarga (aksiyalar, obligatsiyalar) qo'yilishi mumkin. Iqtisodiy o'sish uchun yo'naltiriladigan investitsiyalar yalpi va sof investitsiyalarga ajratiladi. Yalpi investitsiyalar - bu ishlab chiqarish vositalarining iste'mol qilingan qismini qoplash hamda ularni qo'shimcha o'sishi maqsadida ishlab chiqarish jamg'armalari va aholi mablag'lari qo'yilmalaridir. Boshqacha so'z bilan aytganda, yalpi investitsiyalar o'z ichiga amortizatsiya va sof investitsiyalarni qo'shadi. Sof investitsiyalarni aniqlash uchun yalpi investitsiyalardan amortizatsiya ajratiladi. Sof investitsiyalar yoki jamg'arish fondi bo'lib, resurslarni o'stirish yoki ularning sifatini oshirishga xizmat qiladi. Sof investitsiyalar manbai bu jamiyatda yaratilgan sof mahsulotdir. Shu mahsulotning bir qismi ishlab chiqarish vositalari shaklida investitsiya resurslariga aylana oladi. Demak, investitsiyalar iqtisodiy o'sishga ko'p tomonlama ta'sir etadi, u birinchi dan yangi texnologiyalarni joriy etish orqali mehnat unumdorligini oshiradi; ikkinchidan qo'shimcha ish joylarini yaratib, ishlab chiqarishga yangi mehnat resurslarini jalb etadi; uchinchidan, yangi tabiiy resurslarni xo'jalik oborotiga tushiradi, ya'ni ishlab chiqarishni tabiiy resurslar bilan ta'minlashga xizmat qiladi. Shuning uchun ham iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda investitsiyalashni amalga oshiruvchi sub'ektlar (yuridik va jismoniy shaxslar) har tomonlama davlat tomonidan rag'batlantiriladi, jumladan o'z mablag'larini qayta investitsiyalarga safarbar etilgan qismi soliqlardan to'liq ozod etiladi.

Iqtisodiy o'sish investitsiya resurslarisiz bo'lishi mumkin emas, bu resurslar o'z mohiyati bilan ishlab chiqarishni rivojlantirishga qaratilgan mablag'lardir. Pul mablag'lari shaklidagi investitsiyalar nominal investitsiyalardir. Bu investitsiyalar moddiylashib, amalda ishlab chiqarishga jalb etilgandan so'ng real investitsiyalarga aylanadi va iqtisodiy o'sishni ta'minlaydi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Yuqoridagilardan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, mamlakatimiz hududlariga xorijiy hamda mahalliy investitsiyalarni jalb qilishda quyidagi ustuvor yo'nalishlarni belgilash maqsadga muvofiq: - mamlakatimiz hududlarini iqtisodiy-ijtimoiy afzallik va tabiiy salohiyatini dunyo investorlariga yanada ko'proq ko'rsatishga qaratilgan tashviqottarg'ibot, marketing ishlarini keng yo'lga qo'yish; - mamlakat hududlarida mavjud tabiiy-resurs salohiyatini hisobga olgan holda, hududiy investitsiya siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish. Bunda tabiiy-resurs, iqtisodiy, investitsion salohiyati yuqori bo'lgan Toshkent shahri, Toshkent, Samarqand, Farg'ona viloyatlariga imtiyozlar nisbatan kam yoki umumiy bo'lgan qattiq investitsiya siyosatini, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo, Qoraqalpog'iston kabi hududlarga esa imtiyozlari nisbatan ko'proq bo'lgan engilroq investitsiya siyosatini amalga oshirish;

- ishchi kuchiga talab yuqori hududlar va ish o'rinlari kam hududlarda alohida imtiyozlar joriy qilish (misol uchun, Farg'ona, Namangan va Andijon viloyatlarida ishchi kuchi soni ko'pligi va ish o'rni o'rtasida nomutanosibliklar mavjudligi bois yaratilgan har bir ish o'rni uchun imtiyozlar berish). Yuqorida keltirilgan muammolarni hal qilish va tadbirlarni amalga oshirish hududlar rivojlanishiniva shu asosda milliy iqtisodiyotning rivojlanishi va uning investitsiya salohiyatini ortishiga katta turtki bo'ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. F. Henius nomidagi Tashqi savdo lug'ati, 2-nashr. 1947y. AQSh.

2. Кочемасова, А.В. Мировой опыт привлечения прямых иностранных инвестиций в условиях глобализатсии экономики / А.В. Кочемасова // Финансы и кредит. - 2022. - № 18. - С. 66-77.

3. Oksan Bayulgen. Foreign Investment and Political Regimes. Cambridge, 2020. 12-p.

4. D.E. G'ozibekov "Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari" T.: "Moliya" nashriyoti. 2013. 45- bet.

5. Q.B. Xoshimov "Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni soliqqa tortish va uni takomillashtirish yo'llari" iqtisod fanlari nomzodi ilmiy dar ajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya avtoreferati.T. BMA. 2004, 7-b.

6. Sh.I.Mustafakulov, Investitsion muhit jozibadorligi: nazariya, metodologiya va amaliyot. Monografiya. BMA. 2017. 208-b.

7. Asqarova M.T., Hakimov H.A. Makroiqtisodiy siyosat. O'quv qo'llanma. T.: TDIU, 2016. 314 b.

8. O'zbekiston Respublikasi Yillik Statistik to'plamlari (2020 yil, 2022 yil, 2023 yil).

9. Almatova D. Mintaqalarda investitsiyalar jalb etishning muhim yo'nalishlari. "O'ZIA" - "EVU" 1/2012.

10. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining rasmiy sayti. https://stat.uz/

11. O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya varzirligi rasmiy sayti.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.