Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON QISHLOQ XO‘JALIGIDA ELEKTRON SUG‘URTALASHNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI'

O‘ZBEKISTON QISHLOQ XO‘JALIGIDA ELEKTRON SUG‘URTALASHNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sug‘urta / sug‘urta bozori / innovatsiya / raqobat / moliya / globallashuv / integratsiya.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Utemuratova Rayxan Baxadirovna, Rustamov Narzillo Istamovich

Mazkur maqolada mamlakatimizda sug‘urta bozorini amaldagi holati va uni davlat tomonidan tartibga solish yo‘nalishlari, ushbu jarayonda xorij tajribasidan foydalanish, uning eng ma’qul tomonlarini olish tadqiq etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON QISHLOQ XO‘JALIGIDA ELEKTRON SUG‘URTALASHNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI»

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz

O'ZBEKISTON QISHLOQ XO'JALIGIDA ELEKTRON SUG'URTALASHNI

RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

1 Utemuratova Rayxan Baxadirovna, 2 Rustamov Narzillo Istamovich

Toshkent amaliy fanlar universiteti 2-talabasi Toshkent amaliy fanlar universiteti, "Tarmoqlar iqtisodiyoti"kafedrasi mudiri, Iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) narzillo.rustamov.77@mail.ru utemisov.1983@mail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.13383955 Annotatsiya: Mazkur maqolada mamlakatimizda sug'urta bozorini amaldagi holati va uni davlat tomonidan tartibga solish yo'nalishlari, ushbu jarayonda xorij tajribasidan foydalanish, uning eng ma'qul tomonlarini olish tadqiq etilgan

Kalit so'zlar: sug'urta, sug'urta bozori, innovatsiya, raqobat, moliya, globallashuv, integratsiya.

1 KIRISH

Bugungi kunda sug'urta kompaniyalari tomonidan nafaqat mamlakatimizdagi, balki xorijiy mijozlarni ham ishonchini qozona oladigan sug'urta xizmatlarining keng turlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, mintaqaviy sug'urta xizmatlarini kengaytirish, sug'urta kompaniyalari moliyaviy resurslarini samarali boshqarish milliy sug'urta bozorini rivojlantirishdagi asosiy muammolardan biridir.

Bu holat mazkur mavzuning dolzarbligini ifodalaydi. Sug'urta insoniyat tarixining tadrijiy rivojlanishi bosqichlarida moliyaviy munosabatlarning ajralmas tarkibiy qismi sifatida iqtisodiyotga ta'sir etuvchi muhim omil bo'lib kelgan.

Zamonaviy davrdagi globallashuv jarayonida sug'urta bozorining innovatsion rivojlanishi jadal o'zgarishlar qamrovida kechayotganligi mazkur institut faoliyatini nazariyamaliy tadqiq etish dolzarb ekanligini anglatadi. Sug'urta bozori har qanday mamlakat iqtisodiyotining asosiy segmenti hisoblanadi, ayni vaqtda, bevosita uning ravnaqiga ham xizmat qiladi. Shu bilan birgalikda qayd etish lozimki, sug'urta faoliyati o'ziga xos tarzda shakllangan va keng qo'llanilayotgan ijtimoiy hodisa bo'lib, barqarorlik omili sanaladi.

Mamalakat sug'urta bozori rivojini prognozlash o'z navbatida, biznes sub'ektlari va aholi manfaatlari himoyasini kafolatli darajada ta'minlash instituti sifatida sug'urta faoliyatini rivojlantirish yo'nalishlarini tadqiq etish zaruratini keltirib chiqardi.

2 ASOSIY QISM

Sug'urta moliyaning integratsiyalashgan shakllaridan hisoblanadi. Dunyoning yirik sug'urta kompaniyalari, birgalikda sug'urtalash va qayta sug'urtalash operatsiyalarini amalga oshirish uchun birlashadilar. Ko'pgina mamlakatlarda xorijiy sug'urta kompaniyalarini milliy bozorlarga kirishiga ruxsat etilgan.

Masalan, 1992 yildagi Maastrixt shartnomasiga asosan, Yevropa mamlakatlarida xorijiy kapitalni cheklash bo'yicha barcha to'siqlar olib tashlandi va Yevropada yagona sug'urta bozorini shakllantirishga qaratilgan tadbirlar boshlandi. Shunday bo'lsada, milliy sug'urta bozorlari o'ziga xos xususiyatlarni saqlab qolmoqda. Bu xususiyatlar birinchidan, sug'urta sohasining tarkibi va taklif etilgan sug'urta himoyasining turlariga taalluqlidir. Masalan, hayotni sug'urtalash, sug'urta bo'yicha yig'iladigan badallarning 77 foizini tashkil etsa, bu ko'rsatkich Yevropada - 47 foiz, Shimoliy Amerikada - 42 foizni tashkil etadi. Bunday tafovutning yuzaga kelishiga asosiy sabab, davlat tomonidan ijtimoiy himoya past bo'lgan mamlakatlarda, aholining pensiya ta'minotini o'zlari hal qilishidir.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 - 2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturining 136-bandiga muvofiq qishloq xo'jaligida sug'urtalash tizimini takomillashtirish, shu jumladan, «Qishloq xo'jaligi tavakkalchiliklarini sug'urtalash to'g'risida»gi qonunini qabul qilidi.

Ushbu qonunga asos O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirishni moliyaviy qo'llab-quvvatlashning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida» 2022 yil 6 oktyabrdagi PQ-387-son qarorining 4-bandiga muvofiq qishloq xo'jaligini davlat tomonidan moliyaviy qo'llab-quvvatlash va sug'urtalashning yangi mexanizmlari joriy etish tug'risidagi qarori ham qabul qilindi. Bunga muvifiq Moliya vazirligi, Qishloq xo'jaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2023 yil 1 iyulga qadar ilg'or xalqaro tajribalarni atroflicha o'rgangan holda «Qishloq xo'jaligi tavakkalchiliklarini sug'urtalash to'g'risida»gi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish belgilangan.

PPSUTLSC-2024

. .itiifl PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE 55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of

I Li I THE2eTcENTuRv

TASHKENT, 6-8 MAY 2004

Yuqoridagidan kelib chiqib 2023-yilning 25-may kuni O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining "Sug'urta va risklarni moliyalashtirishni takomillashtirish" loyihasi (IRFF loyihasi) tomonidan "O'zbekistonda qishloq xo'jaligi sug'urtasi istiqbollari" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qishloq xo'jaligi vazirligi, vazirliklar va idoralar, Sug'urta bozori professional ishtirokchilari uyushmasi, sug'urta kompaniyalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, mustaqil ekspertlar, shuningdek BMTTD va boshqa bir qator xalqaro tashkilotlar va kompaniyalar vakillari ishtirok etishdi. Davra suhbatini Iqtisodiyot va moliya vazirligi Sug'urta bozorini rivojlantirish O'zbekistonda qishloq xo'jaligi sohasida sug'urta bozorini rivojlantirishning muhim ahamiyatga ega ekanligini ta'kidladi.

BMTTDning O'zbekistondagi vakolatxonasi Inklyuziv o'sish klasteri rahbari Bahodir Bekov kirish so'zida qishloq xo'jaligi sug'urtasini rivojlantirish agrar soha yetakchi o'rinda turadigan davlatlarda, jumladan O'zbekistonda ham dolzarb masala ekanligiga to'xtaldi. Qishloq xo'jaligi sug'urtasining rivojlanishini muntazam ravishda qo'llab-quvvatlash bo'yicha strategiya va shu orqali oziq-ovqat xavfsizligi tizimlarining barqarorligini ta'minlash zarurligini ta'kidladi. Shuningdek, fermerlar va tomorqa yer egalari, aholi o'rtasida qishloq xo'jaligi sug'urtasining afzalliklarini tushuntirish ishlarini yanada kengaytirish zarurligi takidlandi. Davra suhbati kun tartibiga ko'ra BMTTD loyihasi rahbari va xalqaro eksperti tomonidan tayyorlangan taqdimotlar eshitildi.

BMTTD loyihasi rahbari Orzimurod G'aybullayev "Sug'urta va risklarni moliyalashtirishni takomillashtirish" loyihasining asosiy maqsadi va 2023-yilga mo'ljallangan rejalari bilan tanishtirdi va davra suhbati qatnashchilarini umumiy maqsadlarga erishish yo'lida hamkorlik qilishga chaqirdi 3 XULOSALAR

Loyihaning xalqaro eksperti d-r Rom Aviv:

"O'zbekistonda qishloq xo'jaligi sug'urtasi istiqbollari" to'g'risida ma'ruza qildi va o'z suzida Shveysariya, Ispaniya, Turkiya, AQSh, Isroil, Uganda davlatlarida amaliyotda foydalanilayotgan qishloq xo'jaligi sug'urtasi tizimi to'g'risida ma'lumot berdi. Xalqaro ekspert O'zbekistondagi qishloq xo'jaligi sug'urtasi joriy holatining chuqur tahlili va ilg'or chet el tajribasi asosida O'zbekiston uchun yangi bo'lgan Qishloq xo'jaligi sug'urtasi tizimini": (Agricultural Insurance Pool of Uzbekistan (AIPU) joriy qilishni tavsiya qildi.

www.in-academy.uz

Natijada Elektron turdagi sug'urta xizmatlarini ko'rsatish tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlanmoqda. Unga ko'ra, sug'urtaning barcha turlari elektron tarzda rasmiylashtiriladi. Nizomda shuningdek sug'urta shartnomasini rasmiylashtirish, uni muddatidan oldin bekor qilish, sug'urta polislarini ro'yxatga olish, xabarnomalar yuborish tartibi belgilanmoqda

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

[1] Каленов, К.Т. (2014). Зарубежный опыт новых инструментов в области сельскохозяйственного страхования. The Way of Science, 51.

[2] Каленов, К. (2021). Аграр со^ада сугурта хизматларини йулга куйишнинг жа^он тажрибасидан фойдаланиш. Economics and education, (4), 343-347.

[3] Tlegenovich, K.K., Istamovich, R.N., & Baxadirovna, U.R. (2024). Modern Trends and Factors of Financial Development of the Agricultural Sector in the Republic of Karakalpakstan, Taking Into Account Agricultural Insurance. Information Horizons: American Journal of Library and Information Science Innovation (2993-2777), 2(1), 97101.

[4] Kalenov, K., & Utemuratova, R. (2024). Information necessary for the distribution of liability between partners in export cargo logistics services insurance the Republic of Uzbekistan. Modern Science and Research, 3(1).

[5] Kalenov, K., & Utemuratova, R. (2023). Qishloq xojligi korxonаlаridа ха!^^:'!^ o'zаro sug'urtаlаsh jаmiyatlаri tаshkil etish orqаli sug'urtаlаshning xorij tаjribаsidаn foydаlаnish. Евразийский журнал академических исследований, 3(3 Part 2), 100-105.

[6] Каленов, К. Т. (2021). Тенденции и факторы финансового развития аграрного сектора с учетом агрострахования в республики Каракалпакстан.

[7] Каленов, К.Т., & Калимбетов, Б.И. (2022). Экономическое развитие аграрного сектора сложно экологических зон: на примере Республики Каракалпакстан. In Экономическое развитие России: точка баланса в мировой экосистеме и инфраструктура будущего (pp. 123-129).

[8] Каленов, К. (2021). Использование мировой практики отключения страховых услуг в аграрной сфере. Экономика и Образование, (4), 343-347.

[9] Kalenov, K.T., Kalbaeva, I.E., & Koblanov, Z.K. (2014). Prospects for livestock insurance in the republic of uzbekistan. The Way of Science, 16.

[10] Каленов, К.Т. Ауыл хожалыгы кэрханаларында камсызландырыу хызметлерин классификациялау тийкарында жолга койыу. Министерство высшего и среднего специального образования Республики Узбекистан Каракалпакский государственный университет имени бердаха, 184.

[11] Tursynbaevich, A.R., Tlegenovich, K.K., & Kairatovich, K.Z. (2023). China urganish market and export kilinadigan village household products insurance products. Journal of economy, tourism and service, 2(5), 1-7.

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT.MM.Y20M WWW.in-aCademy.UZ

[12] Адильчаев, Р.Т., Каленов, К.Т., & Узаков, Р.М. (2021). Тенденции и факторы финансового развития аграрного сектора с учетом агрострахования в Республике Каракалпакстан. In Управление в XXI веке-проблемы и перспективы (pp. 302-310).

[13] Каленов, К., & Юлдашева, А. (2024). Туризмни доиймий ривожлантиришда транспорт со^асининг истщболлари. Pedagogical sciences and teaching methods, 3(30), 15-18.

[14] Kalenov, K., & Ganieva, E. (2024). Respublikamizda turizm sohasini doyimiy rivojlantirishda transport xizmatini takomillashtirish. Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan, 2(2), 333-337

[15] Kalenov K.T., Rustamov N.I., & Utemuratova R.B (2024/1/17). Modern Trends and Factors of Financial Development of the Agricultural Sector in the Republic of Karakalpakstan, Taking Into Account Agricultural Insurance. Information Horizons: American Journal of Library and Information Science Innovation. 2 (1), 97-101.

[16] Каленов, К.Т., & Утемуратова Р.Б., (2023). Узбекистонда инсон капиталидан самарали фойдаланиш муаммолари. Innovatsion texnologiyalar: ilmiy g'oyalar va ishlanmanalarni amaliyotga joriy etish masalalari va yechimlari" mavzusidagi xalqaro qo'shma ilmiy-amaliy anjumani. 1 (1), 224-226

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.