Научная статья на тему 'MAMLAKATIMIZ QISHLOQ XO`JALIGIDA SUG‘URTA TIZIMIGA INNOVATSION YONDASHUV'

MAMLAKATIMIZ QISHLOQ XO`JALIGIDA SUG‘URTA TIZIMIGA INNOVATSION YONDASHUV Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
sug’urta tizimi / sug’urta bozori / qishloq xo`jaligi / innovatsion yondashuv / sug’urta hodisasi / dehqon va fermer xo`jaliklari

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Anvarova Zarrina

Ushbu maqolada mamlakatimiz qishloq xo`jaligida sug`urta tizimiga innovatsion yondashuv haqida nazariy ma’lumotlar va amliy jihatlari o’rganilib, talkiflar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAMLAKATIMIZ QISHLOQ XO`JALIGIDA SUG‘URTA TIZIMIGA INNOVATSION YONDASHUV»

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

MAMLAKATIMIZ QISHLOQ XOJALIGIDA SUG'URTA TIZIMIGA INNOVATSION YONDASHUV

Anvarova Zarrina

Buxoro davlat universiteti Iqtisodiyot kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11446002

Annotatsiya. Ushbu maqolada mamlakatimiz qishloq xojaligida sugurta tizimiga innovatsion yondashuv haqida nazariy ma'lumotlar va amliy jihatlari o'rganilib, talkiflar keltirilgan.

Kalit so'zlar: sug'urta tizimi, sug'urta bozori, qishloq xojaligi, innovatsion yondashuv, sug'urta hodisasi, dehqon va fermer xo jaliklari.

Аннотация. В данной статье изучаются теоретические сведения и практические аспекты инновационного подхода к системе страхования в сельском хозяйстве нашей страны и даются предложения.

Ключевые слова: система страхования, страховой рынок, сельское хозяйство, инновационный подход, страховой случай, дехканские и фермерские хозяйства.

Abstract. This article studies theoretical information and practical aspects of an innovative approach to the insurance system in agriculture in our country and makes suggestions.

Keywords: insurance system, insurance market, agriculture, innovative approach, insurance case, dehkan andfarms.

KIRISH.

Davlatimizda qishloq xojligining sug'urta tizimidagi tendensiyalarni aniqlash, un ing innovatsion yo'nalishlarini tizimga joriy etish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Innovatsion yo'nalishlarni joriy etish nafaqat axborotni raqamlashtirish va uni zamonaviy telekommunikatsiya kanallari yordamida tarqatish, balki sug'urta tizimi uchun mijozlarga xizmat ko'rsatishni yaxshilashga qaratilgan zamonaviy telekommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarni qo'llash jarayoni sifatida ham ta'riflangan.

Bu borada mamlakatimiz iqtisodiyotiga innovatsiyaning muhim shakli sifatida raqamli texnologiyalarning tezkorlik bilan joriy etilishi dolzarb ahamiyatga ega. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020 yil 25 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida "Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha x arajatlarni kamaytiradi"1 , deb alohida ta'kidlanganligi bejiz emas1.

Qishloq xo'jaligidagi fermer va dexqon xo'jaliklari faoliyati samaradorligiga ob-havoning keskin o'zgarishi bilan har-xil tabiiy ofatlar natijasida yetkazilgan zarar bevosita ta'sir etadi. Shuning uchun oxirga yillarda qishloq xo'jaligida sug'urta munosabatlarini keng rivojlantirish bo'yicha bir qator izlanishlar olib borilish bilan birga uning amaliy jihatlariga ham keng e'tibor berildi. Ayniqsa, 2017-2021 yillarga mo'ljallangan Xarakatlar strategiyasida sug'urta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning hajmini ularning yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobiga kengaytirish masalasi ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan . Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 iyundagi "Paxta xom ashyosi va boshoqli don ekinlarining bo'lg'usi hosilini sug'urtalash tizimini takomillashtirish to'g'risida" 505-sonli qarori hamda 2019 yil 30 sentyabrdagi "Aholi xonadonlarida va chorvachilik

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi//Xalq so'zi, 2020 yil 26 yanvar.

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

yo'nalishida faoliyat ko'rsatayotgan xo'jalik yurituvchi sub'ektlarda parvarishlanayotgan chorva hayvonlarini sug'urta qilish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 830- sonli qarorlari qishloq xo'jaligida sug'urta tizimini keng rivojlantirishga qaratilgan muhim xuquqiy-me'yoriy xujjatlar hisoblanadi.

"O'zagrosug'urta" davlat aksionerlik sug'urta kompaniyasi qishloq joylarida tovar ishlab chiqaruvchilar va aholiga sug'urtaviy himoya xizmatini ko'rsatadi. 189 ta hududiy bo'limga ega ushbu kompaniya qirqdan oshiq xizmat turini taklif etadi. Bu tadbirkorlarning asosiy mablag'lari, qishloq xo'jaligi ekinlarining hosili va ularni qayta ekish, korxonalarning tijorat banklari tomonidan ajratiladigan imtiyozli kreditlarni qaytarish uchun javobgarligi va hokazolarni sug'urtalashdir.

Agrosanoat ishlab chiqarishning tavakkalchilik darajasining yuqoriligi bevosita qishloq xo'jaligi korxonalarining moliyaviy-iqtisodiy ahvoliga ta'sir qiladigan ob-havo sharoitiga bog'liqdir. Bu esa katta miqdorda sarmoyalar jalb qilinishga ham ta'sir ko'rsatadi. Kafolatli sug'urta himoyasining mavjudligi kredit resurslaridan foydalanishda muhim ahamiyatga ega bo'lib, ushbu tarmoqqa mablag' sarflashning jozibadorligini oshiradi.

Hozirgi vaqtda qishloq xo'jaligida sug'urta munosabatlarni yanada rivojlantirishning ob'ektiv zarurligi quyidagilardan iborat, ya'ni:

- global iqlim o'zgarishi oqibatida tabiat xodisalarining qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishiga, ayniqsa o'simlikchilik tarmog'iga ta'sirining keskin ortishi, qishloq xo'jaligi korxonalarining har yili sel kelishi, do'l yog'ishi,bo'ron, haroratning anomal tarzda ko'tarilishi, keskin sovuq oqibatida muzlashlar, zararkunanda va kasalliklar ko'payishi, suvsizlik hamda boshqa tabiat hodisalari tufayli katta iqtisodiy zarar ko'rishlari sug'urta tizimini tubdan isloh qilish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda;

- qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishiga investisiya mablag'larini jalb qilishni yanada rag'batlantirishda sug'urta mexanizmlarini takomillashtirish zaruriyati. Ma'lumki, oxirgi yillarda hukumatimiz tomonidan qishloq xo'jaligini har tomonlama modernizatsiya qilishga alohida e'tibor berilmoqda. Bu nafaqat qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini texnik va texnologik jihatdan yangilash balki xo'jalik yuritish va boshqarishning yangicha shakllarini joriy qilish bilan ham tavsiflanmoqda. Bunda qishloq xo'jaligidagi xatarlarni sug'urtalashda nafaqat qishloq xo'jaligini korxonalarini moliyaviy barqarorligini ta'minlash balki sug'urtaning agrar sohaga katta miqdorda investisiyalarni jalb qilishni rag'batlantiruvchi mexanizmlarini ishlab chiqishni va amaliyo tga joriy qilishni ob'ektiv zaruriyatga aylantirdi;

- agrar sektorda turli yo'nalishlardagi agroklasterlar, kooperatsiyalarni tashkil etilishi, sohaga xususiy sektorni yanada kengroq jalb qilinishi, davlat-xususiy sherikchilik asosidagi korxonalarning ko'payishi ular tomonidan ma'lum xatarlarga eng ta'sirchan bo'lgan qishloq xo'jaligiga katta mablag'larning sarflanishi ularni qaytmaslik xavfini sug'urtalashning yangi usullarini topishni taqozo qilmoqda;

- innovasion iqtisodiyotga o'tish, ilm-fan yangiliklarini qishloq xo'jaligiga ishlab chiqarishiga keng joriy qilish sharotida innovasion texnologiyalarni joriy etish jarayonidagi xavflarni sug'urtalashning yangi mexanizmlarini amaliyotiga joriy qilishni zaruriyat qilib qo'ymoqda, jumladan, innovasion jarayonga jalb etilgan mablag'lar qaytmaslik xavfini sug'urtalash, innovasion texnologiyani joriy etishdan ko'zlangan foydani ola olmaslik havfini sug'urtalash, yagona na'munada yaratilgan innovasion uskunaning zararlanishi yoki yo'qotilishni sug'urtalash va boshqalar.

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

Shuni alohida qayd etish kerakki, mamlakatimizda ham raqamli texnologiyalarning bir ko'rinishi sifatida elektron sug'urta turlarini rivojlantirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Masalan, "Kafolat" sug'urta kompaniyasining veb-saytida quyidagi ma'lumotlar mavjud: "Sug'urta polisini uyingizdan chiqmagan holda daqiqada rasmiylashtirishni xohlaysizmi? www.kafolat.uz orqali arizalarni rasmiylashtiring", "Sug'urta xizmatlari mobil dasturi orqali". Ushbu jumlalarni chuqurroq tahlil etadigan bo'lsak, unda sug'urta xizmatlarini ko'rsatishdagi innovatsion yondashuvni, aniqroq qilib aytganda, sug'urtaning raqamlashtirilgan qiyofasini kashf etish mumkin2.

"O'zbekinvest" sug'urta kompaniyasi tomonidan onlayn sug'urta xizmatlari ko'rsatishga ixtisoslashgan "insurance.uz" loyihasi amaliyotga tatbiq etildi. Sug'urta mahsuloti iste'molchilari o'zlarini qiziqtirgan sug'urta mahsulotlarini onlayn tarzda internetdagi ushbu saytdan xarid qilishlari mumkin bo'ladi. Hozirgi kunda ushbu kompaniya, nafaqat, onlayn sug'urta xizmatlarini ko'rsatmoqda, balki sug'urta hodisalari sodir bo'lishi natijasida yetkazilgan zararlarni qoplashda ham onlayn tizimidan samarali foydalanmoqda. Shu o'rinda, sug'urta xizmatlarini mijozlarga onlayn taklif etish boshqa sug'urta kompaniyalarida ham yaxshi yo'lga qo'yilganligini qayd etib o'tish zarur3.

Bundan ko'rinib turibdiki, mamlakatimizda ham sug'urta bozorini yanada rivojlantirish hamda mazkur sohani raqamli texnologiyalar asosida qayta qurollantish, provardida esa, aholining sug'urta va sug'urta bozori haqidagi bilim va tasavvurlarini oshirish bo'yicha keng ko'lamli islohotlar olib borilayotganligidan hamda " ... zamonaviy sug'urta bozori rivojlanishining muhim omili sohani raqamlashtirish ekanligi, u sug'urta kompaniyasining biznesi, faoliya ti tavsifini hamda sug'urta xizmatlarini taqdim etish, taqsimlash va foydalanish ko'rsatkichlarini yuqori bosqichga olib chiqish imkoniyatlarini oshirishligi"4 bo'yicha samarali amaliy xarakatlar olib borilayotganligidan dalolat beradi.

Xulosa va takliflar.

Xulosa qilib, qishloq xo'jaligi sug'urta bozorini raqamli texnologiyalar, avtomatlashtirish asosida samarali tashkil etish, qishloq xo'jaligi sug'urta kompaniyalari va sug'urta qildiruvchilarga tegishli ma'lumotlarning ishonchli saqlanishi va muhofaza etilishini ta'minlash choralarini ko'rish, qishloq xo'jaligi sug'urta xizmatlarini global internet tarmog'i orqali xarid qilish bo'yicha yuridik va jismoniy shaxslarga imkoniyat va shart-sharoitlar yaratish maqsadga muvofiqdir.

Qishloq xo'jaligida sug'urtalash tizimini kelgusida rivojlantirish bo'yicha bir qator nazariy va amaliy ahamiyatga molik chora-tadbirlar ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo'ladi, ya'ni:

- qishloq xo'jaligida sug'urtalash tizimini fermer xo'jaliklarining moliyaviy holatiga ta'sirini o'rganish va sug'urtaning rag'batlantiruvchi mexanizmlarini takomillashtirish hamda amaliyotga joriy etish;

- qishloq xo'jaligida sug'urtalash tizimini rivojlantirish bo'yicha xorijiy tajribalardan foydalanishning asosiy yo'nalishlari bo'yicha ilmiy assolangan tavsiyalar ishlab chiqish;

- qishloq xo'jaligi korxonalari bilan sug'urta tashkilotlari o'rtasidagi tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy munosabatlarini takomillashtirish bo'yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar tayyorlash;

2 "Kafolat" sug'urta kompaniyasi saytining bosh sahifasi// www.kafolat.uz.

3 "O'zbekinvest" onlayn sug'urta sohasida insurance.uz ni taklif etadi. (2019). //www.uzbekinvest.uz

4 F.Ubaydullaev, Z.Umrzoqov. "Sug'urta bozorining bugungi holati va istiqbollari". https://uza.uz/uz/posts/sugurtabozorining-bugungi-holati-va-istiqbollari_420317

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

- sug'urta tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalarda belgilangan majburiyatlar o'z vaqtida va sifatli bajarilishi ta'minlanishi kerak. Bunda "Vaqtida shartnoma vaqtida to'lov" - tamoyili bo'yicha ish tashkil qilinishi zarur;

-sug'urta xodisasi sodir bo'lganda talab etiladigan hujjatlarni qisqartirilishi va tartib qoidalar soddalashtirilishi lozim;

-sug'urta bo'yicha fermer xo'jaliklarini muntazam bohabar qilib turuvchi tizim yaratilishi, axborot-kommunikatsiya rivojlangan sharoitda barcha sug'urta munosabatlari masalan shartnoma tuzish, axborot bilan ta'minlash va boshqa jarayonlar bajarilishi oson va tez bo'lishi uchun onlayn platforma yaratilishi maqsadga muvofiq bo'ladi va yaxshi natijalarga olib keladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi//Xalq so'zi, 2020 yil 26 yanvar.

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 iyundagi "Paxta xom ashyosi va boshoqli don ekinlarining bo'lg'usi hosilini sug'urtalash tizimini takomillashtirish to'g'risida" 505-sonli qarori.

3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 sentyabrdagi "Aholi xonadonlarida va chorvachilik yo'nalishida faoliyat ko'rsatayotgan xo'jalik yurituvchi sub'ektlarda parvarishlanayotgan chorva hayvonlarini sug'urta qilish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 830-sonli qarori.

4. M Sharapova. "Iqtisodiy islohotlar sharoitida O'zbekiston Respublikasida sug'urta bozorini rivojlantirish yo'llari". "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842. 22.03.2022. 1179-b.

5. "Kafolat" sug'urta kompaniyasi saytining bosh sahifasi// www.kafolat.uz.

6. "O'zbekinvest" onlayn sug'urta sohasida insurance.uz ni taklif etadi. (2019). //www.uzbekinvest.uz

7. Assessment of the risk of bankruptcy of the enterprise Jan, 20 2023

8. Iqtisodiyot Transdisiplinarlik bilish www.ugb.ro/etcjild. XIV,1/2011-son 2023y 248-259.

9. "Pravda Vostoka" gazetasi Raqamli iqtisodiyot: "Taraqqiyot sari qisqa yo'l -

10. Raqamlashtirish" 17 sentyabr 2020 20199

11. "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun, 2020 yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.