Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON KOMPOZITORLIK IJODIYOTIDA MAQOM AN’ANALARI'

O‘ZBEKISTON KOMPOZITORLIK IJODIYOTIDA MAQOM AN’ANALARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
18
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
simfoniya / kompozitor / ijod / maqom / an’ana / tembr / orkestr / tematizm / cholg‘u / milliylik / imitatsiya / uslub / turkum / partitura

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Nurali Erkaev

Mazkur maqola O‘zbekiston kompozitorlik ijodiyotining orkestrlashtirish sohasida maqom an’analarining qo‘llanilishi hususidadir. Simfonik asarlarda maqom kuy yo‘llari, shakli va tembrini orkestr cholg‘ulari vositasida bayon etgan o‘zbek kompozitorlarining orkestrlashtirish uslublari tadqiqlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON KOMPOZITORLIK IJODIYOTIDA MAQOM AN’ANALARI»

O'ZBEKISTON KOMPOZITORLIK IJODIYOTIDA MAQOM AN'ANALARI

Nurali Erkaev maestro_929@mail.ru O'zbekiston davlat konservatoriyasi

Annotatsiya: Mazkur maqola O'zbekiston kompozitorlik ijodiyotining orkestrlashtirish sohasida maqom an'analarining qo'llanilishi hususidadir. Simfonik asarlarda maqom kuy yo'llari, shakli va tembrini orkestr cholg'ulari vositasida bayon etgan o'zbek kompozitorlarining orkestrlashtirish uslublari tadqiqlangan.

Kalit so'zlar: simfoniya, kompozitor, ijod, maqom, an'ana, tembr, orkestr, tematizm, cholg'u, milliylik, imitatsiya, uslub, turkum, partitura

TRADITIONS OF MAQOM IN WORKS OF UZBEKISTAN COMPOSERS

Nurali Erkaev maestro_929@mail.ru State Conservatory of Uzbekistan

Abstract: This article is about the use of maqom traditions in the field of orchestration of the compositional works of Uzbekistan. The orchestration methods of Uzbek composers, who expressed the melody lines, form and timbre of the symphonic works by means of instruments of the orchestra, were researched.

Keywords: symphony, composer, work, maqom, tradition, timbre, orchestra, theme, instrument, nationality, imitation, style, series, score.

Jahon musiqa tarixida o'zbek kompozitorlik maktabi o'z o'rniga ega bo'lib, zabardast ijod namoyandalarining simfonik asarlari buning dalilidir. O'zbekiston kompozitorlik ijodiyotida cholg'ulashtirish istiqbollari aynan hozirgi kunga qadar yaratilgan noyob partituralar negizida shakllanib, avloddan-avlodga o'tib kelmoqda. Mazkur ijod maktabining A.Kozlovskiy, G.Mushel, M.Burhonov, I.Akbarov, F.Yanov-Yanovskiy, R.Vildanov, T.Qurbonov, M.Tojiev, M.Mahmudov, U.Musaev, N.G'iyosov, A.Ergashev kabi vakillarining simfonik asarlari cholg'ulashtirish uslublari alohida e'tiborlidir. Bularning partituralari vositasida yosh avlod kompozitorlar izlanib, o'z ijodiy yo'llarini, istiqbollari uslublarini shakllantirmoqda.

O'zbek simfonizmining asoschilaridan, 19 ta simfoniya muallifi Mirsodiq Tojiev partituralari avvalo tematizm borasida G.Maler, D.Shostakovich kabi betakror kompozitorlar safidan munosib o'rin oldi. Simfoniyanavis Tojiyev haqiqatan

orkestrona tafakkur sohibi bo'lib, faktura va tembrlar negizida ham muvaffaqiyatli novatorlik ijodini olib borgan.

Tojiyevning 11-simfoniya partiturasi maqom ana'analari asosida orkestrlashtirish negizida qiyosiy tahlil etish dolzarbdir. Muallif bu asarida qo'llagan cholg'ulashtirish uslublari hozirgi qator ijodkorlar uchun ibratlidir. Aynan ushbu simfoniya misolida orkestrlashtirish uslublarini o'rganish, tadqiq etish va bevosita talqin etish muhim sanaladi. M.Tojiev "Munojot" mavzusini vokal xoreografik poema (1977), Uchinchi simfoniya (1972), va nihoyat "Munojot" turkumiga asoslangan 11-simfoniyada (1983) - yirik janr vositasida to'laqonli bayon etgan.

Simfoniya mavzusi, badiiy g'oyasiga ko'ra tom ma'noda orkestrona ifodalanib, o'zbek xalq cholg'ulari tembrini aks ettirish barobaridagi talqinlarga boy. Alt fleyta -nay, torli cholg'ular - dutorlar, arfa, fortepiano mikstida ham - dutorlar ansambli sadolanadi. Simfonik cholg'ularda milliy sozlar tembrini izlash, mikstlarini yaratish borasida, aynan nay sadolarini aks ettirish jarayonini o'z vaqtida ustoz kompozitor A.F.Kozlovskiy quyidagicha ta'kidlagan: "Ushbu misolda, hamda "Aynini o'qib" va "Oktyabrga shon-sharaf' poemalarida ko'rganimiz kabi, nay ohangining to'liq badiiy o'xshashligi pikkoloning quyi registrdagi kantilenasi, ya'ni xarakterli puflab ijro etish va o'ziga xos nolalar orqali erishiladi. Qizig'i shundaki, bu holda nayning "cheklangan imkonyatlari" ga taqlid qilish elementi birinchi o'ringa chiqadi. Va bu yerda, kuylayotgan pikkoloning past registridagi ushbu cheklanishni ta'kidlanishi, qanchalik paradoksal ko'rinsa ham, yangi, boyitilgan ohang sifatini beradi1.

A.Kozlovskiyning maqolasida aytilgan fikrlardan farqli o'laroq, M.Tojiev mavzuni nayga taqlidan yoritishda alt fleyta va vibrafon cholg'ularini juftlangan holidan foydalanagan. Torli sozlar esa pedalli fakturada garmonik fon vazifasini bajarib, dutor tembrini arfa va fortepiano cholg'ulari orqali ifodalagan. Mavzuga jo'rlanuvchi sozlarning garmonik tuzilmasiga ahamiyat berilganda, kompozitor sof kvarta va kvinta intervallarini qo'llaganligi oydinlashadi. Bunda arfa va fortepiano cholg'ulari quyi registrda bayonlanib, iqtiboslangan ashula yo'liga dutor sadosi yordamida ham usul vazifasini bajargan. Ya'ni tembrlarning kontrasti uzoq vaqt davomida o'zgarmaydi. Mavzuning mahzunligi, mungli ruhiyatni ifodalashda tembrlar asta-sekin, bosqichma-bosqich qo'shilib boradi2:

Partiturada zamonaviy yozuv uslublari keng qo'llanilib, mavzu jo'rligida torli cholg'ular aleatorika texnikasiga xos bayonlangan. To'liq orkestrona ifodalangan simfoniyaning bosh mavzusi yana bir noodatiy mikstda ifodalangan. Alt fleyta va fagot mavzuni ifodalasa, litavra va katta baraban kombinatsiyasi milliy doira tembrini

1 Козловский А. Отражение тембров узбекских народных инструментов в симфоническом оркестре. //Вопросы музыкальной культуры Узбекистана. Вып. I. Ташкент, 1961. С.146.

2 Tojiev M. П^тйшуа. Рапйша. Qo'lyozma.1983 уП.

yaratadi. Bunda litavra tayoqcha yordamida emas, balki sozanda qo'li bilan "yumshoq" ijro etilishi ko'rsatilgan.

Tematizm darajasida bayonlangan bosh mavzu rivoji davomida goboy va truba cholg'ularida ifodalanib, asarning tuttisida 4 ta valtorna karnay sadolarini yaratadi. Gorizontal harakatda shakllangan kuy yo'li yog'och damli cholg'ular va torli sozlar juftligida o'zaro mikstlarni hosil etgan. Aynan goboy va ikkinchi truba, torli cholg'ularning divizi uslubida bo'linib ijrosi unisonda yoritilgan. Ya'ni birinchi skripkalarning yarmi birinchi taktda ijroni boshlasa, qolgan yarmi ikkinchi taktdan ikkinchi truba va ingliz rojogi bilan juftlangan tarzda yangraydi. Ikkinchi skripka, alt va violonchel ham ikki guruhga bo'lingan holda ifodalangan. Ushbu lavhada fagotlar, valtornalar va kontrabaslar yuqori registrda garmonik vazifasini bajaradi. Cholg'ulashtrishdagi torli cholg'ularni mazkur uslubda ifodalanishi o'z davrida o'zbekiston kompozitorlik ijodiyotida yangilik hisoblanib, o'zbek simfonizmida an'ana darajasida shakllandi deyish mumkin. Kompozitor M.Tojiyev yuqoridagi mikstlarni o'z asarlarida joriy etgan ilk o'zbek kompozitori hisoblanadi. Torli cholg'ularning barchasi deyarli bir registrda yangrashi o'zbekona ohangdoshlikni ifodalashda qo'llanilgan. Bilamizki, o'zbek an'anaviy musiqasida fon vazifasi bir maromda, bir registrda ifodalanadi. "Munojot" kuy yo'lining uslubi, ijro yo'li simfonizm darajasida aks ettirlganligini tinglash mumkin.

Simfoniyaning 11-raqamida kompozitor orkestrlashtirishning yana bir mikstini taqdim etadi. Unda fleyta, goboy va birinchi skripka juftligidagi unison va arfa, altt, violonchelt sozlari jo'rligi milliy cholg'ular ansambli sadolarini aks ettiradi. Orkestrlashtirishda aynan altt va violonchelt sozlarining divizisi namoyonlanadi. Col legno ijro uslubida dutor sadolarini tinglash mumkin. Unga arfa sozi bilan juftlanganligi orkestrona bayonlangan.

M.Tojiev orkestrlashtirish uslubi asarning har bir lavhasini aniq va teran yangrashiga erishish yo'lida orkestr cholg'ularidan unumli foydalanganini simfoniya tuttisida tinglash mumkin. 17-raqamda kompozitor kulminatsion jumlaga ikki takt davomida tayyorlab, asarda bas vazifasini bajaruvchi sozlardan fagot, kontra fagot, trombon, tuba, violonchelt va kontrabaslarni qo'llagan. Asarning avjida esa barcha sozlar ishtrok etib, asosiy kuyli, jo'rnavozlik, garmonik va bas vazifalarini aniq ifodalagan. Ushbu lavhada dissonasli akkord yangrab torli cholg'ulardan birinchi va ikkinchi skripkalar divizisi 8 ovozga bo'linib, klaster yangraydi. Bunda nafaqat yuqori registr tovushlari dissonaslar asosida tuzilgan, balki quyi registrni ifodalovchi cholg'ular ham sekunda intervali asosida bayonlangan. Orkestrona ifodaning ushbu uslubi hayqiriq va kuchli talvasa obrazini gavdalantirishda unumli bo'lgan. Lavhada valtornalarning ritmik ko'rinishda harakatlanishi esa og'ir, vazmin uslubda yangraydi.

Kompozitor asarning rivoji davomida nafaqat kuy yo'li balki tembr borasidagi rivojlovni ham birgalikda olib borgan. Asar avjida torli cholg'ular doimiy ravishda ijro etilsa, uning juftlanishi yog'och va mis damli sozlarda o'zaro suhbat asosida almashinib boradi. Tonal jihatdan turli ohanglarga modulyatsiyalanadi. Ushbu tuttida harakatchan kuy motivini fleyta pikkolodan tortib kontrabas sozigacha barcha sozlar yangrasa, ikki taktdan so'ng goboy, ingliz rojogi va klarnet torli cholg'ular bilan juftlanadi. Mazkur tuttida qo'llanilgan orkestrona uslub boshqa kompozitorlarning simfonik ijodida kuzatiladi.

M.Tojiyevning 11-simfoniya tembrlar variatsiyasi talqini deya ham ta'rifiga to'laqonli ravishda munosib. Bunga sabab birgina kulminatsiyada bir qancha tembrona variatsiyani uchratish mumkin. Asarning 24-raqamida klasterga asoslangan garmonik qatlam yirik cho'zimda orkestrning barcha cholg'ulari yordamida jaranglaydi. Faqatgina litavra mayda cho'zimli harakatda solo ijro etadi. Simfoniya avjida mavzuni litavra yoritib berishi, asosiy omil sifatida gavdalanishi mohirona aks ettirilgan.

XX asr musiqa san'atida zamonaviy tendentsiyalar, innovatsion yondashuvlarga boy bo'lib, O'zbekiston kompozitorlari ijodida ham o'z tasdig'ini topgan. Kompozitor M.Tojiyev simfoniyalari zamonaviy nota grafikalari bilan boyitilgan, o'z davrida innovatsion g'oyalar bilan e'tirof etilgan. Uning nafaqat 11-simfoniyasi balki, deyarli barcha asarlarida polifonik usulblar mavjud, ammo simfonik ijodida zamonaviy nota grafikalarisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Mazkur tahlil etilayotgan simfoniya milliy ohang va milliy sozlarni orkestr vositasida orkestrona ifodalash bilan cheklanib qolmay, zamonaviy nota grafikalarini qo'llanilishi asnosida hozirgi kun kompozitorlariga o'rnak bo'ladi. Kompozitorning ushbu simfoniyasining 80-raqamida ham zamonaviy yondashuvni uchratish mumkin. Lavhada torli cholg'ular ko'rsatilgan faktura asosida belgilangan taktga qadar ushbu uslubda ijro etish lozimligi, shu bilan birga truba va trombon sozlarining kadentsiya sifatida ijro etiladigan zamonaviy nota yozuv usulblari namoyonlangan. Truba va trombon sozlarining ijrosi o'zbek milliy surnay, karnay sadolariga yaqin bo'lib, orkestr vositasida imitatsiyalangan:

NO u L ra—r r r r rr

/ 11 a

V r ? = nv

Zamonaviy nota grafikalarni qo'llashga intilgan kompozitor asar finalida ham deyarli barcha cholg'ularga aleotorik usulbda ijro etishni ifodalagan. Asarning 27-raqamida kompozitorning yana bir orkesrlashtirishning zamonaviy ifodasini uchratish mumkin. Unda litavra cholg'usining noan'anaviy ijro uslubi qo'llanilgan. Kompozitorning izoiga ko'ra litavrada tayoqchalar emas, balki qo'llar bilan ijro etish

lozim. Shu bilan birga bir qo'lda litavra yumaloq doirasining o'rtasiga va ikkinchi qo'lda esa chetki qismiga zarb berish lozim. Ijodkor ushbu uslubni litavra nota qatoriga flajolet grafikasi bilan qo'llagan. Litavraga qo'llanilgan usulni katta barabanda ham juftlangan holda tinglash mumkin. Ushbu kombinatsiyaga kuy yo'lini altt fleyta va fagot cholg'ulari ijro etadi. Alt fleyta va fago sozlarining quyi registrdagi o'zaro miksti asar davomida ilk marotaba yangrab, yangi tembrni aks ettiradi.

Yuqorida ta'kidlangan zamonaviy innovatsion yondashuvni kontrabas cholg'usida ifodalanganligini tahlil jarayonida badiiy g'oyaviy jihatdan muvaffaqqiyatli qo'llanilganligi aniqlandi. Bunda oltita kontrabas cholg'ulariga katta oktava lya tovushidan kichik oktava re tovushigacha bo'lgan ketma-ketlik ko'rsatilib, lavha boshida ko'rsatilgan uslubni ko'rsatilgan joyga qadar ijro etilishini uzun qora grafik ko'rsatkich bilan ifodalagan. Kompozitor bunda sonorik va aleotorik kompozitorlik texnikalarini qo'llaganligi, ushbu uslub orqali simfoniyada yangi tembrona yondashilganligi lavha bilan isbotlandi. Aynan sonorik ohang fonida alt fleyta va fagot sozlarining milliy ohangdoshlikni aks ettirilishini innovatsion g'oya deyish mumkin. Ushbu lavhada yangragan mavzu tematizm darajasida yaratilgan bo'lib, asar davomida turli cholg'ularda, ijro imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda qo'llanilgan. Mavzu uzluksiz ohangdoshlik sifatida yoritilgan. Aynan 37-raqamda fortepiano cholg'usi tokkata fakturasida ham yangraydi. Uslub o'ziga xos ohangni yangrashiga olib kelib, asarga tembrona sof ohangni olib kirgan:

. 37

i f--- ? C: 2 Itk A ñ ñ * m m t p f

i ,

• ' ■ • ■

M.Tojiyevning 11-simfoniyasi faktura, tembr borasida innovatsion g'oyalarning aks etganligining namunasidir. Tahlillar davomida ma'lum bo'ldiki, tembrlarning kontrasti asarning badiiy-g'oyaviy maqsadini amalga oshirishda zamonaviy, innovatsion yondashuvlarga tayanilgan. Buning yana bir dalili asarda fleksaton cholg'usi ham qo'llanilgan. Bunda kompozitor tam-tam va fleksaton yordamida o'ziga xos epizodik ohangga erishgan.

Kompozitor asarning finalida polifonik uslublardan unumli foydalanib, turli orkestrona kombinatsiyalar, tembrona kontrast orqali ifodalagan. Cholg'ularning ijro imkoniyatlarini erkin tarzda foydalanib, finalda valtorna sozini karnaylar ansambli sifatida yangrashiga erishgan. M.Tojiyevning orkestrlashtirish an'analarini tahlil etish jarayonida shakllangan xulosalar:

- orkestrda o'zbek xalq cholg'ularining tembrlarini o'hshatish (imitatsiyalash);

- zamonaviy nota grafikalar va kompozitorlik texnikaalrini orkestrlashtirish jarayonida qo'llash orqali yangi an'analarini shakllantirish.

Mustaqillik yillarida simfonik asarlarida maqom an'analariga murojaat etgan kompozitorlarimiz talaygina. Ulardan Sh.Sobirov, F.Akramov, J.Shukur kabi kompozitorlar simfonik va kamer asarlarida maqom an'analarini munosib qo'llayotgan davomchilaridandir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Янов-Яновский Ф.М. Нотная графика, тембр и фактура в современной инструментовке. Ташкент. 2008. 45 c.

2. Янов-Яновская Н.С. Узбекская симфоническая музыка. Издательство литературы и искусства имени Гафура Гуляма. Т., 1979.ст. 19.

3. Матякубова С. Воспоминания. Статьи. Документы. Стихотворения. Монография. Ташкент: «Musiqa», 2015. 234 с.

4. G'ofurbekov T.B. Musiqa - mening Borlig'im 75. "Navro'z" nashriyoti. 2015 y. 60-63 betlar.

5. Кутлучурина А.А. Мустакиллик йилларида Узбекистон композиторлари ижодининг анъанавий ва замонавий мусикий тафаккури фактура кесимида: Санъатшунослик фанлари буйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси автореферати. 17.00.02 - мусика санъати. Т.,2022. 155 бет.

6. Tojiev M. 11-simfoniya. Parittura. 1983 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.