Научная статья на тему 'CHOLG’U IJROCHILIGIDA MUSIQIY TA’LIM UZVIYLIGINI TA’MINLASH MASALALARI VA YECHIMLAR'

CHOLG’U IJROCHILIGIDA MUSIQIY TA’LIM UZVIYLIGINI TA’MINLASH MASALALARI VA YECHIMLAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
81
50
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Mohinabonu Asqarova

Mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilishning bugungi yangi bosqichida madaniyat va san’atning hayotimizdagi o’rni va ahamiyatini oshirish, yosh avlodimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ona yurtga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash ko’zlanayotgan maqsadimizdir

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «CHOLG’U IJROCHILIGIDA MUSIQIY TA’LIM UZVIYLIGINI TA’MINLASH MASALALARI VA YECHIMLAR»

CHOLG'U IJROCHILIGIDA MUSIQIY TA'LIM UZVIYLIGINI TA'MINLASH MASALALARI VA YECHIMLARI

Mohinabonu Asqarova

"Kino,televideniye va radio san'ati" fakulteti Professional ta'lim: xalq ijodiyoti cholg'u ijrochiligi ta'lim yo'nalishi 2-bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilishning bugungi yangi bosqichida madaniyat va san'atning hayotimizdagi o'rni va ahamiyatini oshirish, yosh avlodimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ona yurtga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash ko'zlanayotgan maqsadimizdir.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev

Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarning ta'lim-tarbiyasiga alohida e'tibor qaratilgan. Bu imkoniyatlardan foydalanib aynan hozir kerakli bilm-ko'nikmalarni o'zimizda hosil qila olishimiz hamda kelajagda vatan ravnaqiga foyda keltiruvchi inson bo'lib shakllanishimiz o'zimizning qo'limizda!

"Hozirgi vaqtda oldimizda naqadar ulkan vazifalar turganini barchamiz yaxshi tushunamiz. Biz Vatanimizning buyuk kelajagini birgalikda barpo qilamiz,ko'zlangan maqsadlarimizga albatta erishamiz!"

Sh.Mirziyoyev

Barchamizga ma'lumki poytaxtimiz Toshkent shahrida deyarli barcha sohada faoliyat olib boruvchi, oily o'quv dargohlari mavjud. Ular orasida O'zbekiston Davlat san'at va madaniyat instituti o'zining alohida o'rniga ega. Hozirgi kunda bizning oliydargohda 4 ta fakultet bo'yicha talabalar o'z qizziqqan yo'nalishlari asosida ta'lim oladilar.

1.Teatr san'at

2.Kino televideniye va radio san'ati

3.Kutubxona va axborot faoliyati

4.Xalq ijodiyoti

Bugungi kunda har bir fakultetlar ish faoliyatini a'lo darajada olib bormoqda desak mubolaga' bo'lmaydi. Jumladan bizning "Kino, televideniye va radio san'ati" fakultetida ish olib borayotgan har bir ustoz va muallimlar o'z ishlariga sadoqat va

ma'suliyat bilan yondashib, talabalarga ta'lim berib kelishmoqda. Shu jumladan, "Cholg'u ijrochiligi" yo'nalishi ustozlari ham. Shu kungacha bizning ustozlar qo'lidan qanchadan-qancha san'at darg'alari, xalq xizmatidagi san'atkorlar uchirma bo'lishgan. Bizning yo'nalishda hozirgi kunda ko'p yillik tajribaga ega bo'lgan mahoratli ustozlar ta'lim berib kelishmoqda. Xikmat Rajabov, O'rozali Toshmatov, Dilmurod Islomov, Komiljon Shermatov, Yusuf Voxidov,Xurshid Beknazarov, Feruza Hakimova kabi ustozlarimiz bunga yaqqol misol bo'ladi. Ushbu ustozlarning qo'llarida ta'lim olish albatta biz uchun faxrdir. Bugungi kunda kafedramiz qoshida "Talabalar orkestri" tashkil etilgan bo'lib, unga dotsent Xikmat Rajabov boshchilik qilib kelmoqda.

Dars jarayonida orkestr ko'plab O'zbek hamda jahon xalqlari asarlarini ijro etishadi. M.Leviyev " Vals"-Mahallada duv-duv gap, D.Zokirov "Ko'rmadim", F.Alimov "Zebomisan yo", X.Rajabov " Guli bodom", X.Rajabov " Naqshi noz", F.Alimov "Kansert", O'zbek xalq kuylari "Alla", " Buxorcha", "Dildor", " Xorazmcha", Xachaturyan " Vals", Bethoven "Virus", A.Ismoilov "Oh kim ishq", D.Zokirov "Ey sabo", A.Nazarov "Taronalar bazmi" kabi ko'plab asarlar shular jumlasidandir.

Institutda qanday tadbir bo'lib o'tishidan qat'iy nazar orkestr jamoasi o'z chiqishlari bilan kansert dasturlaridan alohida o'rin egallaydi. Shu bilan birga "Talabalar orkestri" shu kungacha bir necha marotaba yakka kansert dasturlarini ham tomoshabinlarga havola etishgan. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad, tomoshabinlarni madaniy, estetik hordiq bilan ta'minlashdan iboratdir.

Musiqa bu qalb taskinidir. Agarda u jonli tarzda ijro etilgan musiqa bo'lsa shak-shubhasiz tinglovchini hayollar og'ushiga yetaklaydi. Ijro etilgan milliy asarlarimiz esa milliyligimizni yanada chuqurroq anglashga yordam beradi. Shuni aytib o'tish joizki 2021-yil tashkil etilgan "Mahallada duv-duv gap" loyihasida ustozlar hamda ular boshchiligida talabalarimiz "Orkrstr", "Ansambl" ijrosida hamda yakka ijrochi ko'rinishida faol ishtirok etdilar.

Shuni alohida ta'kidlab o'tish joizki kafedramiz o'qituvchi va talabalari turli xil xalqaro festival, ko'rik tanlovlarda ishtirok etib kelishadi. Uzoqqa bormaylik, yaqindagina ya'ni 2021-yil 14-15-dekabr kunlari Qozog'iston Respublikasining Kostanay shahrida o'tkazilgan "Turki alemi" Xalqaro xalq cholg'ulari orkestr va ansambllari festivalida kafedramiz o'qituvchi hamda talabalaridan tuzilgan ansambl yurtimiz nomidan ishtirok etib, o'zbek milliy san'atini namoyish etib kelishdi. Bundan tashqari 2021-yil 24-26-noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida o'tkazilgan Xalqaro yoshlar musiqa festivalida kafedramizning ikki nafar namunali talabalari: Sardorbek Rashidov hamda Xolmirzayeva Niginalar ishtirok etib, o'z san'atlarini namoyish qilishdi!

Shu kungacha orkestr jamoasi bir qancha ijodiy safarlar uyushtirib kelmoqdalar. Bunga misol qilib yaqindagina Sirdaryo viloyatidagi 1-sonli BMSM ga tashrifni aytib o'tishimiz mumkin.

Ushbu tashrifdan maqsad, o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yish, hamda musiqa maktabida ta'lim olayotgan jajji bolajonlarda ko'nikma va malakalar hosil qilishdan iboratdir. Shu bilan bir qatorda musiqa maktabida yetuk va malakali ustozlarimiz tomonidan mahorat darslari ham olib borildi.

Darhaqiqat ushbu maqolam musiqa hamda cholg'u ijrochiligi san'atining bir bo'lagi orkestr to'g'risida bo'lar ekan, avvalambor ushbu maqolani o'qiydigan, xalq cholg'ulari orkestri haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lmagan mushtariylar uchun ozgina ma'lumot berib o'tmoqchiman. Orkestr o'zi nima?

Orkestr- yunoncha so'zdan olingan bo'lib, orchestra-yunon teatrida sahnaning old maydonchasi degan ma'noni bildiradi. Orkestr bu turli cholg'u asboblarini ijro etuvchi sozandalardan tuzilgan hamda sarlarni birgalikda jamoaviy tarzda ijro etuvchi sozandalar jamoasidir. Orkestr ansambldan drijyor tomonidan boshqarilishi va ba 'zi partiyalar yakka sozlarda emas, balki sozandalar guruhi tomonidan ijro etilishi bilan farqlanadi. Sozlarning turlari va tuzilishiga ko'ra, orkestrlar simfonik orkestr, xalq cholg'u asboblari orkestri, kamer orkestri, puflamalar orkestri, torli cholg'ular orkestri, Estrada orkestri, jaz orkestri va boshqa turlarga bo'linadi. O'zbekistonda orkestrlarning deyarli barcha turlari mavjud. Bizning Cholg'u ijrochiligi kafedrasi qoshida tuzilgan Xalq cholg'ulari talabalar orkestri mavjud. Agar musiqa, ijod, ijodkorlik orkestrlarning har bir turi haqida so'z olib boradigan bo'lsam tabiiyki siyohdon siyohlari ham ozlik qiladi. Shuning uchun hozir xalq cholg'ulari orkestri haqida qisqacha ma'lumot berib o'tmoqchiman.

Musiqa sohasidan xabari yo'q soha vakillari hayolida, xalq cholg'ulari orkestri o'zi nima u qanday tuziladi degan savol tug'ilishi tabiiy hol. Demak xalq cholg'ulari orkestri o'zi nima, u qanday tashkil etiladi?

Xalq cholg'ulari orkestri- orkestr turi; ko'p ovozli musiqa asarlarini ijro etish uchun moslashtirib qayta ishlangan milliy sozlardan iborat. Turli cholg'ular guruhidan tashkil topishi mumkin. Turli xalqlarda keng tarqalgan milliy chol'gu ansambllar tarkibida oiladosh cholg'ular guruxlarining mavjudligi, garmoniya va polifoniya uslubidagi asarlarning muayyan kuy yo'llarini ijro etish imkoniyatlari bilan ajralib turadi.

O'zbekistonda birinchi Xalq cholg'ulari orkestri 1937-yilda N.Mironov tashkil etgan " Nota orkestri" dir. Mazkuz jamoa O'zbek davlat filarmoniyasining ashula va raqs Katta ansambli sozandalaridan qaror topdi. Tarkibi ananaviy xalq cholg 'ulari,

fortepiano, truba, trombondan iborat bo'lib, repertuaridan qayta ishlangan "Qarinavo", "Segoh" kabi o'zbek mumtoz kuylari hamda chet el kompozitorlarining ommabop musiqa namunalari o'rin olgan. 1938-yilda O'zbek davlat filarmoniyasi qoshida O'zbek xalq cholg'ulari orkestri tashkil topdi. Asoschisi- A.Petrosyans. Mazkur jamoa tarkibibiga dasatlab, an'anaviy , so'ngra qayta ishlangan hamda yangitdan yaratilgan sozlar kiritilgan. Repertuaridan: M.Buruxonov, S.Aliyev, S.Gabrielyan, B.Giyenko va boshqa tomonidan qayta ishlangan o'zbek xalq kuylari, O'zbekiston kompozitorlari yozgan uvertyura, rapsodiya, poema, konsert va simfoniya kabi yirik shakldagi asarlar hamda chet el mualliflarining ommabop musiqa asarlari o'rin olgan.

1957-yil o'zbekiston radiosi qoshida Xalq cholg'ulari orkestri tashkil etildi. Asoschisi, birinchi badiiy rahbari va bosh drijyori-D.Zokirov . Ijro uslubida ko'p ovozli musiqa tamoyillari bilan milliy musiqa an'analari uyg'unlashgan. Orkestr tarkibida sozanda sifatida faoliyat ko'rsatgan bastakorlar: M.Mirzayev, F.Toshmatov, K.Jabborov, S.Kolonov, X.Jo'rayev va boshqalar orkestr uchun ko'pgina asarlar yaratishgan. Repertuaridan, D.Zokirov, T.Jalilov, S.Yudakov, S.Hayitboyev, M.Bafoyev va boshqa o'zbek kompozitrolari asarlari asosiy o'rin olgan.

Va nihoyat 1991-yil "So'g'diyona" o'zbek xalq cholg'ulari kamer orkestri tashkil topdi. Asoschisi -O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, professor Feruza Abduraximova. Repertuaridan qayta ishlangan o'zbek kuylari hamda zamonaviy o'zbek kompozitorlari asarlari o'rin olgan. Mazkur jamoa chet el mamlakatlari, masalan; AQSH,Ispaniya, va boshqa ko'plab davlatlarda gastrol safarlarida bo'lgan.

Modomiki orkestr xaqida gap borar ekan, drijor haqida ham to'xtalib o'tishimiz darkor.

Drijyor-fransuz tilidan olingan bo'lib, driger-yo'naltirish, boshqarish, rahbarlik qilish degan ma'noni bildiradi.

Drijyorlik- musiqa ijrochiligi san'atining murakkab turi, musiqa asarini ijroga tayyorlash jarayonida hamda bevosita tinglovchi- tomoshabinlar oldida ijrochilar , masalan, orkestr, xor, ansambl, opera, balet jamoalari va boshqalarga rahbarlik qilish. O'zbekistonda ilk drijyorlar orasidan F.L.Leysek, N.Mironov, V.Uspenskiy ba boshqalar bo'lgan. O'zbek davlat filarmoniyasi, Navoiy nomidagi opera va balet teatri, Muqimiy nomidagi o'zbek musiqali drama teatrida simfonik orkestrlari tashkil etilgach, N.Olimov,A.Kozlovskiy, M.Ashrafiy, B.Inoyatov, M.Nasimov, T.Sodiqov, F.Shamsutdinov, A. Abduqayumov, D.Abdurahmonova, Z.Haqnazarov, G'.To'laganov, N.Xalilov, H.Shamsutdinov, B.Rasulov va boshqa drijyorlar yetishib chiqdi.

Bugungi kunda bizning oliydargohda ham shunday xalq cholg'ulari orkestri tashkil etilgan.

Cholg'u ijrochiligida musiqiy ta'lim uzviyligini ta'minlash Providing the integrity of music education in instrumental performance

Darhaqiqat, bugungi jadal rivojlanib borayotgan zamonda har bir soxaning o'z kamchiligi bor.Axir aytishadilarku ish bor joyda kamchilik bo'ladi. Bizning oliygoh har tomonlama talablarga javob beradi desak mubolag'a bo'lmaydi. Lekin, shuni aytib o'tishim kerakki ayrim soxamizga bog'liq ayrim kemtikliklarni aytib o'tmasdan iloj yo'q. Chunki bu kamchiliklar ta'lim olayotgan talabalarning kelajakdagi faoliyatiga hamda yaxshi pedagog bo'lib yetishishiga o'zining yaxshigina ta'sirini ko'rsatmasdan qolmaydi. Shuningdek O'zbekiston Davlat san'at va madaniyat instituti " Kino, televideniye va radio san'ati" fakulteti Xalq ijodiyoti: professional ta'lim cholg'u ijrochiligi yo'nalishida ham ayrim kamchiliklar mavjud deb aytib o'tmog'imiz darkor. Barchamizga ma'lumki, Cholg'u ijrochiligi kafedrasi qoshida " Talabalar orkestri " tashkil etilgan. Ushbu orkestr tuzilishidan ko'zlangan asosiy maqsad shundan iboratki, dars mobaynida talabalar yakka, mutaxassilik va guruhli darslarda olgan bilimlaridan tashqari milliy, jahon, klassik, estrada, maqom va boshqa turdagi ko'plab asarlarni ijro etishadi hamda bilmagan narsalarini o'rganishadi. Shuningdek talabalar o'zlari ijro etadigan cholg'u asboblarining ijro etilishi, tuzilishi, va aynan qaysi asbob qanday kuylarda ijro etilishi haqida bilib olishlari mumkin. Lekin afsus bilan shuni aytib o'tamanki, bugunki kunda orkestr jamoamiz to'liq tarkibda bo'lsada, biroq ayrim cholg'u asboblarini yetishmasligi ijod jarayonimizga o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatmasdan qolmayabdi.

Misol qilib aytadigan bo'lsam, biron bir asarni ijro etmoqchi bo'lsak, u asar talab darajasida chiqishi uchun bizga qaysidir cholg'u yetishmay turadi.Albatta bu kemtiklik ijod qilayotgan ijodkorning ishiga va asarning to'liq shakllanishiga o'zining ta'sirini ko'rsatmay qolmaydi. Ayni damda biz uchun asosan urma zarbli cholg'u asboblar turiga kiruvchi; litavra, dovul, nog'ora, ksilafon kabi orkestr ijrosida o'z ovozi bilan alohida o'rin oladigan cholg'u asboblari yetishmaydi. Ushbu cholg'ularning yo'qligi nafaqat orkestr uchun, balki yakka dars mashg'ulotlari olib borilishi uchun ham zarur deb o'ylayman. Axir Oliy ta'limga qadam qo'ygan har bir talaba bitirar chog'ida professional pedagog bo'lib yetishib chiqmog'i lozim.

Murojaat o'rnida Madaniyat hamda Oliy ta'lim vazirligi bu masalaga ijobiy yondashib, ko'rib chiqishlarini iltimos qilib qolamiz.

Oliygohimizning yuqorida keltirib o'tilgan kerakli cholg'u asboblari bilan ta'minlanishi albatta o'zining ijobiy ta'sirini ko'rsatadi.

REFERENCES

1. "Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston Davlatini birgalikda barpo etamiz." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev

2.B.Abdumannon " Xalq cholg'u asboblarining shakllanishi" 3.Internet sayti: www.Ziyouz.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.