Научная статья на тему 'TINGLOVCHILAR ORASIDA OʻZBEK MILLIY CHOLGʻULAR ORKESTRI VA ANSAMBL IJROCHILIGI TARGʻIBOTI MASALALARI'

TINGLOVCHILAR ORASIDA OʻZBEK MILLIY CHOLGʻULAR ORKESTRI VA ANSAMBL IJROCHILIGI TARGʻIBOTI MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
141
37
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
koʻpovozli musiqa / ijrochilik sanʼati / ijro repertauari / targʻibot / milliy cholgʻular orkestri / art marketing / tinglovchi. / многоголасная музыка / исполнительское искуcство / репертуар / оркестр национальных инструментов / арт маркетинг / слушатель.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Sadullayev Nodirbek Allamberdiyevich

Mazkur maqolada oʻzbek milliy cholgʻular orkestri va ansmbl ijrochiligi tarqqiyoti, uning oʻziga xos yutuqlari haqida soʻz boradi. Unda yoʻnalishning istiqboli va mavjud muammolarining tahlili, ularning yechimlari haqida xulosalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье говорится об исполнительном искусстве оркестра,национальных инструментов,о составе ансамбля и свойственном им исполнений.В нѐм анализ будущих направлений и существующих проблем, их решения и выводы

Текст научной работы на тему «TINGLOVCHILAR ORASIDA OʻZBEK MILLIY CHOLGʻULAR ORKESTRI VA ANSAMBL IJROCHILIGI TARGʻIBOTI MASALALARI»

TINGLOVCHILAR ORASIDA O'ZBEK MILLIY CHOLG'ULAR ORKESTRI VA ANSAMBL IJROCHILIGI TARG'IBOTI MASALALARI

Sadullayev Nodirbek Allamberdiyevich

O'zbekiston davlat konservatoriyasi 1 kurs magistranti

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada o'zbek milliy cholg'ular orkestri va ansmbl ijrochiligi tarqqiyoti, uning o'ziga xos yutuqlari haqida so'z boradi. Unda yo'nalishning istiqboli va mavjud muammolarining tahlili, ularning yechimlari haqida xulosalar berilgan.

Kalit so'zlar: ko'povozli musiqa, ijrochilik san'ati, ijro repertauari, targ'ibot, milliy cholg'ular orkestri, art marketing, tinglovchi.

АННОТАЦИЯ

В данной статье говорится об исполнительном искусстве оркестра,национальных инструментов,о составе ансамбля и свойственном им исполнений.В нём анализ будущих направлений и существующих проблем, их решения и выводы.

Ключевые слова: многоголасная музыка, исполнительское иску^тво, репертуар, оркестр национальных инструментов, арт маркетинг, слушатель.

ABSTRACT

This artich discusses the development of the Uzbek national orchestra and ensemble performance its specific achievements. It contains an analysis of future directions and existing problems, their solutions and conclusions.

Keywords: Polyhonic music,performing arts, performance repertoire, promotion national instrument of orchestra,art marketing,listens.

Zamonaviy tinglovchi uchun bugun misli ko'rilmagan darajada imkoniyatlar mavjud. Internet tarmoqlari dunyoning hohlagan mamakati ijrochiliarining har qanday ijrolarini taqdim eta oladi. Turli mamlakatlarning minglab turdagi musiqiy audio-video ma'lumotlari barchasi zamonaviy tinglovchi uchun muhayyo. U hohlagan narsasini tanlab eshita oladi. Aynan mana shu omil zamonaviy yoshlarimizning musiqiy didi, musiqiy tafakkuri va dunyoqarashlari shakllanishida muhim ahamiyat kasb etib borayotganligi sir emas. Buning o'ziga xos ijobiy va salbiy jihatlari ham hammaga ma'lum. Bunday holatda milliy musiqa ijrochiligimizni

to'g'ri rivojlantirish, uni turli salbiy oqibatlardan himoya qilish masalasi ham yo'q emas, albatta. Buning uchun birinchi navbatda internet tarmoqlarida berib borilayotgan musiqiy audio-video yozuvlarining sifati, uning mazmun-mohiyati, ularning milliy xususiyatlarimizga mosligi, bugungi yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati kabi jihatlarga e'tibor qaratmoq zarur deb hisoblaymiz.

XX-asrning boshlarida kirib kelgan ko'povozli musiqa ijrochiligi o'tgan asr mobaynida o'ziga xos tarzda rivojlanib, takomillashib, ijrochilik san'atida o'ziga xos o'ringa ega bo'ldi. O'tgan davrga nazar tashlaydigan bo'lsak bu yo'nalishning qo'lga kiritgan bir qancha yutuqlarini kuzatishimiz mumkin. Dastlabki katta ansambl 1936 yili To'xtasin Jalilov tomonidan tashkil etilgan bo'lib, 1937 yilda esa M.Mironov tomonidan milliy cholg'ulardan katta orkestri tuziladi, keyinchalik A.I.Petrosyans tomonidan bu orkestr takomillashtiriladi va natijada bu orkestr filarmoniya qoshidagi T.Jalilov nomidagi katta orkestrga aylanadi. O'zbekiston radio komiteti qoshida Doni Zokirov nomidagi o'zbek xalq cholg'ulari orkestri faoliyat olib borgan bo'lsa, mustaqillikdan keyin ijrochilik san'atiga dadil qadamlar bilan kirib kelgan «Sug'diyona» o'zbek xalq cholg'ulari kamer orkestri bu yo'nalishdagi ishlarni jadallashtirishga o'z hissasini qo'shdi.

Bundan tashqari mana shu davrda teatr san'ati va musiqali drama janrining rivojlanishida ham ko'p ovozli cholg'u musiqasining ham o'ziga xos yo'lini ko'rishimiz mumkin. Bunga misol qilib Muqimiy nomidagi musiqali drama teatrining orkestri, viloyatlardagi musiqali drama teatrlarida faoliyat olib borayotgan orkestr va ansambllarning faoliyati natijasida ko'p ovozli musiqa san'ati rivojlanib bordi. Bugungi kungacha rivojlanib kelgan bu san'at turining hozirgi ahvoli qanday? Uning istiqbollari qanday? Uni yanada takomillashtirish uchun qanday vazifalar turibdi? Qanday dolzarb muammolar mavjud? Shu kabi bir qancha savollarga javob topish bugungi kundagi ijrochilik san'atidagi dolzarb masalalardan deb hisoblayman.

Yuqorida ta'kidlanganidek, O'zbekistonda orkestr ijrochiligi targ'ibotida filarmoniya qoshidagi T.Jalilov orkestri va avvalgi O'zbekiston radio komiteti qoshidagi D.Zokirov nomidagi orkestr xamda "Sug'diyona " orkestri jamoalari xizmatlari katta. Shunga qaramay mustaqillik davrining dastlabki yillarida filarmoniya qoshidagi va radio komitet qoshidagi orkestrlar faoliyatida biroz turg'unlik xolati kuzatilganligi bois aynan shu davrda tashkil topgan "Sug'diyona" kamer orkestri birdaniga xalq orasida tanilib o'ziga xos yutuqlarga erisha boshladi. "Katta jamoalar o'z dolzarbligini yo'qotgan bir paytda, "Sug'diyona" o'zining yengil ko'tarilishi bilan o'zbek musiqasini ommalashtirish chegaralarini kengaytirib Yevropa va Osiyo bo'ylab konsertlar bera boshladi" va nafaqat O'zbekistonda balki xorijiy davlatlarda ham o'zbek musiqasini targ'ibot qilishga ulgurdi va bunga muvaffaq bo'ldi. Professor Odiljon Nazrovning "Maqsad sari yo'l" kitobida

ta'kidlanishicha "Sug'diyona" orkestrining bugungi kundagi repertuarida 1000 dan ortiq asarlar mavjud. Shu o'rinda bir narsaga to'xtalib o'tsak "Sug'diyona" orkestrining muvaffaqiyatiga nima sabab bo'ldi, menimcha orkestrning xalqona yo'lni tanlagani, orkestr jamoasidagi sozandalarning xam ko'p ovozli ham milliy yo'nalishda ijro eta olishlari, konsert dasturlarini shu ikkita yo'nalishda teng olib borilganligi va repertuarning yangiligi, hamda, aynan xalqqa yaqin bo'lgan asarlarni qayta moslashtirilganligi deb bemalol aytishimiz mumkin. Yana bir muhim omil estrada yo'nalishiga xos bo'lgan asarlarni kirib kelishi, ya'ni xalq qabul qiladigan asarlarni topib tanlab bu yo'nalishda o'ziga xos izlanishlar olib borilganligi orkestr muvaffaqiyat sabablaridan biridir.

Orkestr va ansambllarning tinglovchilar orasida yanada ommalashishida 1996 yildan boshlab Toshkentda "Toshkent bahori" keyinchalik 2001 yildan boshlab "Navro'z Sadolari" deb nomlangan dastlab respublika keyinchalik xalqaro miqyosdagi o'tkaziladigan festivallarning ahamiyati katta bo'ldi. Buni bu festivallarda yildan yilga ishtirokchilarning ko'payib borishi, ijro repertuarlarining o'zgarib murakkablashib borishi, jamoalarning soni ortishi, yosh dirijyorlarning yetishib chiqishi va keyinchalik viloyatlarda ham davom ettirilishini kuzatish mumkin. Nukus shahrida Nesipbay Alekeyev tomonidan tashkil etilgan "Jaslar"orkestri, Andijonda tashkil etilgan "Tarona" orkestri, Buxoroda Dilmurod Hamroyev, Qarshida Gulnoza Hamrayeva, Farg'onada Dilorom Alimova tomonidan tuzilgan ko'p ovozli ansambllar va ularni viloyat tadbirlariga jalb etilishi ham ko'p ovozli ijrochilik targ'ibotini ko'rinishi deb aytishimiz mumkin. Ko'povozli ijrochilik targ'ibotida O'zbekiston davlat konservatoriyasida yangi tashkil etilgan kamer orkestrlar va O'zbekiston davlat Madaniyat va San'at institutida uch-to'rttadan o'quv orkestrlarining viloyat va tumanlarga borib konsertlar berib kelayotganini ham alohida ta'kidlash mumkin.

Shu o'rinda aytib o'tishimiz joizki targ'ibot qilish uchun har xil tashviqot va reklama vositalaridan foydalanish bugungi kunda keng yo'lga qo'yilgan. Jahon tajribasida prodyusserlik faoliyatlari va buni tizimga solib konsertlar tashkil qilish yo'nalishi allaqachon paydo bo'lgan va ingliz tilida "art marketing" deb atalib allaqachon fan darajasiga yetgan. Bugungi zamonaviy shou biznes va ijrochilik san'atining eng mashhur vakillarining jahon miqyosida ommalashishida art marketingning o'rni juda katta. Mamlakatimizda ham asta-sekin art marketing tizimi yo'lga qo'yilib bormoqda. Prodyuserlik, art menejment sohasi shakllanib san'at yo'nalishida yaratilayotgan mahsulotni tinglovchilar, ya'ni iste'molchilarga yetkazishda zamonaviy tarzda yetkazib berish ishlari shakllanmoqda. Albatta bunday yo'nalishda ishlash bugungi kunda har qanday mahsulot targ'ibotining asosi bo'lib ulgurgan. Shunday bo'lsada, san'at sohasi ham o'z mahsuloti sifati ustida ishlashi,

Cholg'u ijrochiligida musiqiy ta'lim uzviyligini ta'minlash Providing the integrity of music education in instrumental performance

eng muhimi, uning mazmun mohiyatiga ko'proq e'tibor qaratishi, yaratilayotgan asarlar eng avvalo bizning milliy an'analarimimiz, qadriyatlarimiz talablari asosida bo'lishiga jiddiy e'tibor qaratishimiz zarur. Chunki, san'at omma ongiga tez ta'sir qiladigan muhim vositalardan biri. Aynan, shu sababdan ham biz yoshlarimiz tarbiyasiga to'g'ridan to'g'ri jiddiy ta'sir etish kuchiga ega bo'lgan bu muhim vositaga e'tibor bilan yondoshishimiz lozim.

Ushbu maqolamizda ko'p ovozli musiqaning targ'iboti xaqida so'z yuritar ekanmiz, bugungi kunda buning uchun hukumatimiz tomonidan ancha yaxshi sharoitlar yaratilgan alohida ta'kidlash muhim. Mamlakatimizda dunyoning uncha muncha davlatida bo'lmagan BMSMlar soni va ularning faoliyati, o'quvchilarni qamrab olganligi, ularga eng zamonaviy shaklda ta'lim-tarbiya berib kelinayotganligini e'tirof etish joiz. Bunday sharoitlarda mutaxassislardan muntazam o'z ustida izlanib, tinmay ijod qilish, tinglovchilarni sifatli mahsulot - ya'ni, mazmunli musiqiy asarlar bilan ta'minlash talab etiladi. Shunday bo'lsada, bugun konservatoriya, San'at va madaniyat instituti, universitetlarning musiqa yo'nalishlarini tamomlagan orkestr va ansambl ijrochisi uchun viloyatlarda ish o'rinlari yetarli emasligi achinarli. Viloyat markazlaridagi musiqali drama teatrlarida orkestr tarkibi uchun yetarli shtatlar mavjud emasligi natijasida spektakllar fonogrammalar orqali sahanalashtiriladi. Vaholanki, agar mavjud teatrlarga orkestr shtatlari berilsa qanchadan qancha yoshlar ish bilan ta'minlanishi bilan birga ko'p ovozli musiqa taraqqiyotiga o'ziga xos turtki vazifasini o'tagan bo'lardi. Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash mumkinki, milliy cholg'ularda ko'p ovozli musiqani tinglovchilar orasida targ'ibot qilish uchun butun bir kompleks harakatlar qilinishi, ijrochilarimizning darajasini o'stirish, jahon tajribasi bilan almashish, cholg'ulashtirishning yangi yo'nalishlarini topish, yangi cholg'ularni jalb qilish, hamda, turli ifoda vositalari orqali biz tinglovchilar orasida ko'p ovozli orkestr va ansambllarning targ'ibotini yo'lga qo'yishimiz mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

l.O.Matyoqubov. "Dodekogramma", "Istiqlol", T.,2005 2.O.Nazarov. "Maqsad sari yo'l", "Ilm-ziyo-zakovat", T., 2021

3.Ш.Умаров "Рождение оркестра Узбекских народных инструментов "2018 https .// Ws-conference.com//

4.K.Olimboyeva,M.Axmedov. "O'zbekiston xalq sozandalari",T., 1959

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.